Afrika iqlimi va ichki suvlari




Download 1,66 Mb.
bet19/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

Afrika iqlimi va ichki suvlari

Afrika — eng issiq materik. Bu uning katta qismi yoritilish mintaqasida joylashganligidandir. Sayyoramizdagi eng issiq harorat shu yerda kuzatilgan (Triрoli shahri yaqinida +58°C). Lekin eng baland tog‘larda doimiy qor va muzliklar bor. Afrika iqlimining o‘ziga xos xususiyatlari iqlim mintaqalarida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Afrika deganda dastlab jazirama issiqda chiniqqan, qora tanli, jingalak sochli odamlar ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Haqiqatan ham Afrikaga „issiq materik" nisbati bejiz berilmagan. Tropiklar oralig‘ida Quyosh ufqdan juda balandda va har yili ikki marta zenitda bo‘ladi. Shuning uchun uning juda katta qismida xohlagan oyning o‘rtacha harorati +20°C dan ortiq. Hatto eng shimoliy va janubiy qismlarida qish oyining o‘rtacha harorati +10 +15 °C dan pastga tushmaydi.
Afrika iqlimining tarkib topishida uning geografik o‘rni, havo bosimi va massalari, relyefi, okean oqimlari kabi omillar kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ekvatorga yaqin joylashgan o‘rniga ko‘ra juda katta miqdorda quyosh radiatsiyasini (yiliga bir kv sm ga 160-200 kkal) oladi. Yil fasllari yog‘in miqdoriga qarab farqlanadi. Ekvatorial hududlarda past bosimli mintaqalar, tropik kengliklarda esa yuqori bosimli mintaqalarning tarkib topishi Quyoshning balandligiga bog‘liq. Shunga binoan materik ustida ekvatorial, tropik va mo‘tadil havo massalari harakatlanadi.
Materik iqlimining shakllanishida doimiy shamollar — passatlarning ta’siri kuchli. Yil davomida Atlantika okeanidan esadigan nam havo massalari Gvineya qo‘ltig‘i sohillari va ekvatorial zonalarga juda ko‘p yog‘in keltiradi. Masalan, Gvineya qo‘ltig‘i sohilidagi Debunja hududiga yiliga 10 000 mm gacha yomg‘ir yog‘adi.
Afrikaning yer usti va yer osti suvlari uning ichki suvlarini tashkil etadi. Ularni havzalar bo‘yicha o‘rganib chiqamiz. Bular Atlantika va Hind okeani havzalari hamda berk havzalardir. Afrikaning yer usti suvlari daryolar, ko‘llar, suv omborlari, kanallardan iborat. Afrikaning eng yirik Nil, Kongo, Niger, Oranj daryolari hamda Viktoriya, Tanganika ko‘llari Atlantika okeani havzasida joylashgan.
Nil - dunyodagi eng uzun (6671 km) daryo. U Sharqiy Afrika yassitog'ligidan boshlanadigan Oq Nil bilan Efiopiya tog‘ligidan boshlanadigan Ko‘k Nil irmoqlarining qo‘shilishidan Nil nomini oladi. Uning irmog‘i Kagera 3° j.k.dan boshlanib, Viktoriya ko‘liga quyiladi. Oq Nil shu ko‘ldan oqib chiqadi. Nil daryosi O‘rta dengizga quyilish joyida katta delta hosil qiladi. Yuqori va o‘rta oqimlarida ostonalar ko‘p. Suv oqimining deyarli 70%i sug‘orishga, bug‘lanishga va tuproqqa shimilishiga sarf bo‘ladi. Vatandoshimiz al-Farg‘oniy (IX asr) birinchi bo‘lib Nil daryosi misolida suv sarfini o‘lchaydigan «nilometr» qurilmasini bunyod etgan.
Kongo (Zair) uzunligiga (4320 km) ko‘ra Afrikada ikkinchi, lekin sersuvligi (1414 km.kub) va havzasining maydoniga (3691 ming km.kv) ko‘ra dunyoda Amazonka daryosidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Uning Lukuga irmog‘i Tanganika ko‘lidan boshlanadi. Daryoning suv sarfi yil davomida deyarli o‘zgarmaydi. Bunga sabab yillik yog‘inlarning bir me'yorda yog‘ishidir. Kongo quyi va yuqori oqimida ko‘plab ostonalar va sharsharalar hosil qilgan. Jumladan, quyi oqimida Livingston sharsharalar guruhi mavjud. O‘rta oqimida ekvatorni ikki marta kesib o‘tadi. U Nil daryosidan farq qilib, delta hosil qilmaydi.
Niger uzunligiga va havzasining maydoniga ko‘ra Afrikaning uchinchi daryosi. Yuqori va quyi oqimlarida ostonalar va sharsharalar ko‘p. O‘rta oqimida Sahroyi Kabirga tutash tekis va botiq relyefli cho‘l zonasidan oqib o‘tadi. Daryo o‘z yo‘nalishini bir necha marta (shimolga, sharqqa, janubga tomon) o‘zgartiradi. Quyi oqimida katta delta hosil qiladi.
Oranj daryosi Afrikaning janubida joylashgan. U sharqda Drakon tog‘laridan boshlanib, g‘arbda Atlantika okeaniga quyiladi. Daryo tor o‘zandan oqadi. Ostonalar va sharsharalari ko‘p. Kema qatnamaydi. O‘rta oqimida suvi cho‘llarni o‘zlashtirishga sarflanadi.
Afrikaning Zambezi, Limpopo, Rufiji, Tana, Jubba, Uabi-Shebelle va boshqa ko‘plab kichik daryolari Hind okeani havzasidan o‘rin olgan. Bulardan eng yirigi Zambezi daryosidir (uzunligi 2660 km). Daryoda ko‘plab ostonalar va sharsharalar hosil bo‘lgan. Quyi oqimida delta tarkib topgan va kemalar qatnaydi. Daryodagi Viktoriya sharsharasi keng (1800 m) suv oqimini hosil qilib, 120 m balandlikdan tor daraga oqib tushadi. Bu dunyodagi eng yirik va go‘zal manzarali sharsharalardan hisoblanadi.
Berk havzada joylasngan Shan daryosi Chad ko‘liga quyiladi. Afrikaning barcha yirik daryolarida baliqlar mo‘l. Viktoriya, Tanganika, Nyasa ko‘llari asosiy ko‘llardir. Viktoriya tektonik botiqda, qolgan ikkitasi Afrika yer yorig‘ida joylashgan, Barchasi oqar ko‘llardir. Chad, Rudolf, Rukva oqmas ko'llar guruhiga kiradi. Chad ko‘liga yog‘ingarchilik paytida daryolar ko‘p suv keltiradi. Bu paytda ko‘l maydoni ikki baravar kengayadi. Chuchuk ko‘l hisoblanadi. Rudolf va Rukva sho‘r ko‘llardir.
Yer osti suvlari Afrikaning qurg‘oqchil hududlarida yagona suv manbai hisoblanadi. Sahroyi Kabir, Namib, Kalahari va Somali cho‘llarida yer osti suvlari topilgan. Tadqiqotchilar nafaqat chorva mollari uchun, balki ma'lum miqdorda qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish va bog‘larni bunyod etish uchun yer osti suv havzalari borligini aniqlashgan.


  1. Download 1,66 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   171




Download 1,66 Mb.