Yevropaning geologic tuzilishi, tektonikasi relyefi va foydali qazilmalari




Download 1,66 Mb.
bet11/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

Yevropaning geologic tuzilishi, tektonikasi relyefi va foydali qazilmalari

Geologik tuzilishi - Yevropaning tabiiy kartasida qator yirik orografik birliklar aniq ko`rinib turadi. Bulardan eng yirigi Yevropa tekisligidir. Yevropa tekisligi deganda Yevropaning Sharqiy Yevropa tekisligi, Germaniya-Polsha tekisligi va Yutlandiya yarim oroli tekisliklarini o`z ichiga olgan xudud tushuniladi. Yevropa tekisligidan farq qilib Sharqiy Yevropa platformasi platformada emas, balki qalqonda joylashgan Fennoskandiya tekisliklari Yevropa tekisligiga kirmaydi. Sharqiy Yevropa tekisligi bilan Germaniya-Polsha tekisligi o`rtasidagi chegara juda shartli bo`lib, sobiq Sovet-Polsha davlat chegarasi bo`ylab o`tqazilgan edi.
Yevropa tekisligidan shimolda va shimoli-g`arbda Fennoskandiya pasttekisliklari va yassi tog`liklari bor. Bular g`arbda Skandinaviya tog`lariga borib tutashadi. Germaniya Polsha tekisliklaridan janubrokda Gersin Yevropasi deb ataladigan o`rtacha balandlikdagi tog`lar va o`r-qir tekisliklar polosasi cho`zilgan. Bu polosa g`arbda, Fransiya xududida juda keng bo`lib, sharqda torayadi va Sharqiy Yevropa tekisligi chekkasiga kelib tugaydi. Bu polosada Markaziy Fransiya massivi Shvarsvald, Vogeza, Reyn Slanetsli tog`lari va Chexiya tog` massivi hamda uning chekka tog`lari joylashgan.
Yevropa orografiyasining ko`pgina xususiyatlari uning geologik taraqqiyoti va tektonik tuzilishi tarixini aks ettiradi.
Yevropa geologik tarixi taraqqiyotida bir necha asosiy bosqichlari bo`lgan.
Xozirgi relyef xususiyatlari va uning tarkib topish tarixi G`arbiy Yevropada quyidagi strukturali-morfologik regionlarni ajratishga imkon beradi: A) Shimoliy G`arbiy Yevropa, B) Islandiya, V) Germaniya-Polsha tekisligi, G) Yevropadagi gersin tog`lari oblasti, D) Yevropa Alp-Karpat tog`lari oblasti, YE) Janubiy tog`li Yevropa.
Shimoliy G`arbiy Yevropa tarkibiga Baltika qalqoni va kaledon antekliza strukturali qiradi. Ular qadimdan bir-biriga qo`shilib ketganligidan kaledon bosqichidan so`ng asosan kontinental sharoitda bir xilda taraqqiy qilgan.
Skandinaviya tog`lari tog`li Fennoskandiyaning eng baland va o`r-qir qismidir. Bu tog`lar turlicha balandlikdagi yassi tog`liklardan iborat bo`lib, Qoyali o`tkir cho`qqilar va shu yassi tog`liklardan ko`tarilib turadi.
Skandinaviya tog`laridan sharqda pastroq Norland yassi tog`ligi bor, bu yassi tog`lik Botnik qo`ltig`iga tomon zinapoya shaklida pasayib boradi.
Britaniya orollarining tog`li rayonlari kelib chiqishi hamda morfologiyasiga ko`ra Skandinaviya tog`lariga o`xshaydi. Bu tog`lar Skandinaviya tog`laridan past (Ben-Nevis-1343 m).
Atlantika okeanining shimoliy qismida Islandiya oroli bor. Bu orol Shimoliy Atlantika materigining cho`kishi va asosan bazaltli lavalarning oqib chiqishi natijasida paydo bo`lgan. Butun orol kaynozoyda oqib chiqqan lava qoplamidan tarkib topgan.
Yevropaning gersin xarakatlari ro`y bergan joylari relyefining asosiy xususiyati o`rtacha balandlikdagi burmali-palaxsali tog`lar va sertepa qirralardir: Markaziy Fransiya tog` massivi, Vogeza, Rudali tog`lar, Sudet, Shumova tog`lari, Reyn Slanetsli tog`lari va boshqalar. Bu tog`larni tepalari gumbaz shaklida bo`lib, yon bag`irlari eroziya natijasida kuchli yuvilgan. Tog` tepalari bilan yon bag`irlari relyeflarining katta farq qilishi ularning turli yo`llar bilan paydo bo`lish oqibatidir.
Tog`lar orasida joylashgan Gersin Yevropasi tekisliklari sineklizalar- paleozoy fundamenti xavzalari yoki tog` etagidagi bukilmalar va grabenlarga (Yuqori Reyn grabeni) to`g`ri keladi. London va Parij xavzalari tekisliklari, Shvaba-Frankoniya va Tyuringiya baland tekisliklari sineklizalari joylashgandir: ularning relyefi zinasimon kuestalidir.
Yevropa Alp-Karpat tog`lari oblasti uchun ancha baland burmali va burmali-palaxsali tog`lar bilan tog` orasidagi va tog` etagidagi tekisliklar xarakterlidir. Burmali tog`lar Alp tektonikasi oblastining shimoliy qismida yoy shaklida bukilgan tizmalar zanjiridan iborat. Bu tizmalar, Alp, Karpat va Stara Planina tog`laridir.
Alp tog`lari xozirgi relyefining tarkib topishi tarixi murakkab. Bu tog`larning yirik strukturali xususiyatlari Alp orogenezi natijasida bu orogenezning turli bosqichlarida paydo bo`lgan. Kuchli daryo va muz eroziyasi mezorelyef va mikrorelyefni vujudga keltiradi.
Karpat tog`lari Alp tog`larini orografik va tektonik davomidir. Karpat tog`lari Alp tog`laridan ancha farq qiladi. Bu farqlar Karpat tog`larining pastroq bo`lishida ham, tog` muzlik Relyefining kamroq tarqalishida ham o`z aksini topgan.
Stara Planina tog`lari Relyefiga ko`ra Karpat tog`lariga o`xshaydi. Yevropaning Alp-Karpat tog`lari oblastidagi pastroq akkumulyativ tekkisliklar O`rta Dunay, quyi Dunay, Venetsiya-Padan va Garonna tekisliklarining tarkib topishi Alp burmali tog`larining paydo bo`lishi bilan bog`liqdir.
G`arbiy Yevropada ko`pgina foydali qazil-malarning, ayniqsa rudali qazilmalarning geografik tarqalishi asosiy tektonik oblastlar bilan juda bog`liqdir.
G`arbiy Yevropaning kaledon oblastida rudali qazilmalar ancha kam. Skandinaviyada kolchedan, titan, magnetit va mis-nikel rudalarining ayrim konlari asosiy jinslar intruziyasi bilan bog`liq.
Gersin tektonika oblastida nordon jinslar intruziyalarida uchraydigan rudali konlar: qalay, polimetall, uran va mis rudalari keng tarqalgandir.
Alp oblastidagi intruziyalar bilan xromit, simob konlari, mis kolchedani konlari, polimetall rudalari, boksit, neft, tuz konlari bilan bog`likdir.
Eng yirik temir ruda konlari Lotaringiya temir-ruda xavzasida joylashgan. Bu konlarning vujudga kelishi cho`kindi jinslar bilan bog`liq bo`lib, ular gersin fundamentining mo`ldasimon sineklizasida joylashgan. Rudali qatlam qora qumtoshlari orasida o`rnashgan. Rudali qatlam lateritlari suv yuvib ketishi va ularning dengiz yaqinida cho`kishidan hosil bo`lgan. Ruda tarkibida 30-50 foiz temir bor.
Temir rudasining Tyuringiya xavzasi. Normandiya, rudali tog`lar, Uelsdagi past navli cho`kindi konlari ikkinchi darajali ahamiyatga ega.
Xromit asosan Bolqon yarim orolining g`arbida bo`lib, o`ltra asosiy magmatik jinslar orasidadir. Bu jinslar chuqur yoriqlar orqali bo`r va uchlamchi davr qatlamlari orasiga kirib kelgan.
Asosiy mis rudasi konlari O`rta dengiz bo`yidadir. Ko`pincha mis kolchedani asosiy ruda xisoblanadi. Konlar gidrotermal yo`l bilan hosil bo`lgan. Ulardan eng yiriklar Ispaniyadagi Rio-Tinto va Yugoslaviyadagi Bordir. Norvegiyaning kaledon strukturalari intruziyalaridagi pirit konlari: Reros, Sulitelma, Lyokken kamroq ahamiyatga ega.
Energetika foydali qazilmalari orasida G`arbiy Yevropada ko`mir yetakchi o`rin tutadi. G`arbiy Yevropadagi asosiy toshko`mir konlari gersin tog` etagi bukilmalaridagi o`rta va yuqori karbon qatlamlaridadir. Buyuk Britaniya ko`mir xavzalari, shimoliy Fransiya va Belgiya havzalari, Quyi Reyn-Vestfaliya havzasi, Saar va Lotaringiya havzalari.
G`arbiy Yevropada neft kam. G`arbiy Yevropadagi ko`pgina mamlakatlar neftni chetdan keltirishga majbur. Mavjud neft konlari odatda Alp tog`lari etaklaridagi uchlamchi davr yotqiziqlari orasidadir. Karpat tog`larining tashqi yoyi bo`ylab joylashgan flish qatlamlarida va tog` oralig`idagi xavzalarning (Ruminiya) neft konlari eng katta ahamiyat kasb etadi. Albaniya xududidagi Dinara tog`-larining g`arbiy zonasida ham anchagina neft zapaslari bor, bu yerda neftdan tashqari bitum konlari ham uchraydi.
G`arbiy Yevropada rudamas foydali qazilmalardan anchagina mikdorda tuz, oltingugurt va xilma-xil qurilish materiallari bor.
Natriy va kaliy tuzlari eng katta sanoat ahamiyatiga ega. Bu tuzlarning asosiy konlari Germaniya-Polsha Passtekisligining yotqiziqlarida bo`lib, u yerlarda yer osti tuz gumbazlari bor.


  1. Download 1,66 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   171




Download 1,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yevropaning geologic tuzilishi, tektonikasi relyefi va foydali qazilmalari

Download 1,66 Mb.