Yer tabiatining shakillanishiga ritmiklik, sikliklik va davriylik hodisalarning ta’siri




Download 1,66 Mb.
bet3/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

Yer tabiatining shakillanishiga ritmiklik, sikliklik va davriylik hodisalarning ta’siri

Aylanma harakatlar murakkabligi bo'yicha turlichadir. Ayrim aylanma harakatlarda moddaning mexanik aralashmasi (masalan, atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasi, okean oqimlari) yuz bersa, boshqalarida modda holatining o'zgarishi (masalan, suvning aylanma harakatida gaz, suyuq, qattiq holatga o'tishi) kuzatiladi, uchinchi xilida esa kimyoviy aylanish (fotosintez reaksiyasi) kuzatiladi.
Bir butunlik hamda modda va energiyaning aylanma harakati qonuniyatlarini o'rganish tabiatdan, uning boyliklaridan to'g'ri foydalanishda juda muhim.
Ritmiklik deb, bir yo'nalishda rivojlanuvchi tabiiy hodisa va jarayonlarning muayyan vaqt davomida takrorlanib turishiga aytiladi. Ritmiklikning ikki xil shakli ajratiladi:
-davriylik-bir xil davom etadigan ritmiklik bo'lib, hodisa va jarayonlarning aniq bir vaqt davomida takrorlanib turishi;
-sikllik-vaqti-vaqti bilan davom etadigan ritmiklik bo'lib, hodisa va jarayonlarning turli muddatda takrorlanishi.
Ritmik hodisalar turlicha davomiylikda bo'ladi: ko'p asrlik, asr ichidagi, yillik, sutkalik. Yer tarixidagi eng katta ritmiklik quyosh sistemasining galaktika markazi atrofda aylanishi bilan bog'liq va 180-220 mln yilni o'z ichiga oladi. Yer tarixida ular tektonik davrlarda namoyon bo'lgan: kaledon (kembriy, ordovik, silur), gersin (devon, tosh ko'mir, perm), mezozoy (trias, yura, bo'r), kaynozoy.
Bu davrda tektonik harakatlar, vulqon otilishlari faollashadi, materiklarning qiyofasi, iqlim, oxir oqibatda Yer tabiati o'zgarishini keltirib chiqaradi.
Ko'p asrlik ritmik hodisalardan 18GG-2GGG yil davom etadigan ritmiklik yaxshi o'rganilgan. Bu hodisa Yerda qalqish hodisasini hosil qiluvchi kuchlarning o'zgarishi bilan bog'liq. Taxminan, 1800-yilda bir marta Quyosh, Oy va Yer bitta tekislik va bitta to'g'ri chiziqda joylashadi. Quyosh bilan Yer orasidagi masofa eng kichik bo'ladi. Bu hodisada 3 faza-transgressiv, regressiv, oraliq fazalari ajratiladi.
Asr ichidagi ritmik hodisalardan Quyosh faolligi bilan bog'liq bo'lgan 11, 22 va 33 yillik siklliklar yaxshi o'rganilgan. Olimlarning fikricha, ushbu siklliklar bilan Yerdagi ko'p jarayonlar bog'liq: epidemiyalarning tarqalishi, vulqon faolligining kuchayishi, siklonlar hosil bo'lishining ortishi, qurg'oqchiliklar yoki zararkunanda hasharotlarning (masalan, chigirtkalar) ko'payishi va h.k.
Yillik (fasliy) ritmiklik Yerning Quyosh atrofidagi harakati va aylanish o'qining 66,5° qiyaligi bilan bog'liq. Yil fasllarining almashinishi bilan bog'liq fasliy ritmiklik barcha geosferalarda kuzatiladi: atmosferada namlik, harorat, atmosfera yog'inlarining yillik o'zgarishi, mussonlar (mavsumiy shamollar) ning esishi va hokazolar. Litosferada yil davomida nurash va boshqa ekzogen jarayonlarning faolligi o'zgaradi. Gidrosferada suvning harorati, sho'rligi, zichligining yillik o'zgarishi, baliqlarning mavsumiy migratsiyasi kabilar kuzatiladi. Fasliy ritmiklik tirik organizmlarda birmuncha aniq namoyon bo'ladi.
Turli kengliklarda har xil miqdordagi fasllar ajratiladi. Ekvatorial kengliklarda yil bo'yi issiq va nam, faqat bitta fasl hukmron. Subekvatorial kengliklarda 2 ta fasl ajratiladi-quruq va nam. Mo'tadil kengliklarda yilning to'rt fasli aniq ifodalangan-bahor, yoz, kuz va qish.
Fasliy ritmiklikning sababi turli kengliklarda turlicha: quyi kengliklarda namlik bilan, mo'tadil kenglikda quyosh radiatsiyasi faolligining o'zgarishi bilan, qutbiy kengliklarda esa yorug'lik bilan bog'liq.
Sutkalik ritmiklik Yerning o'z o'qi atrofda aylanishi natijasida vujudga keladigan tun va kunning almashinishi bilan bog'liq. Sutkalik ritmiklik barcha meteoelementlarning sutka davomida o'zgarishida namoyon bo'ladi: fotosintez faqat kunduzi, yorug'da sodir bo'ladi. Inson ham "quyosh soati" bo'yicha yashaydi: organizmning faolligi soat 2 dan 5 gacha va 12 dan 14 gacha pasayadi. Bu paytda yurak urishi chastotasi sekinlashadi, xotira bo'shashadi, tana harorati pasayadi. Ritmiklik geografik qobiq rivojlanishining muhim qonuniyatlaridan biri bo'lib, ularni o'rganish tabiiy hodisa va jarayonlarni prognoz qilishda muhim ahamiyatga ega.
XXI-asrning boshlarida Yer aholisi 8 milliard kishidan oshdi va insonning tabiatga ta'siri sayyoraviy nisbatlarga yetdi. Ushbu ta'sirning asosiy shakllari quyidagilardir: ifloslantiruvchi moddalar chiqindilari, o'rmonlarni kesish, shudgorlash va melioratsiya, texnologik jarayonlarga katta miqdordagi chuchuk suvlarni jalb qilish, tabiiy landshaftlarning o'zgarishi va ularning tabiiy-antropogen va antropogenga aylanishi, demografik va ijtimoiy bosimning kuchayishi, iqtisodiy bosimning o'ziga xos shakllarining kengayishi va boshqalar. Ko'pincha mahalliy hududda amalga oshiriladigan bunday ta'sirlar keng maydonlarni qamrab olgan salbiy zanjirli reaktsiyalarni keltirib chiqaradi, bu esa oxir-oqibat geografik qobiqga tahdid soladi.


  1. Download 1,66 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171




Download 1,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yer tabiatining shakillanishiga ritmiklik, sikliklik va davriylik hodisalarning ta’siri

Download 1,66 Mb.