|
O’znekiston iqlimi va ichki suvlari
|
bet | 35/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblari34. O’znekiston iqlimi va ichki suvlari
Oʻzbekiston iqlimi — keskin kontinental iqlim. O‘zbekiston Respublikasi Yevrosiyo qitʼasining 37 va 45 °C shimoliy kenglik, 56 va 73 gradus sharqiy tekislikda joylashgan. Oʻzbekiston Respublikasining maydoni 447.7 ming km² ni tashkil etadi va shundan 78.8% ini tekisliklar, 21.2% ini tog‘liklar va tog‘ oldi hududlarni oʻz ichiga oladi. Xududining deyarli 5/4 qismi yarimchoʻl va choʻlliklarni, qolgan qismi janubiy-sharqiy va sharqiy xududlarda baland togʻliklardan iborat[1]. Oʻzbekistonda kontinental iqlimning paydo boʻlishida uning geografik oʻrni, quyosh radiatsiyasi hamda atmosfera sirkulatsiyasi taʼsir etadi. Asosan uzoq qurgʻoqchilik, issiq yoz, yomgʻirli bahor va noustivor qishni tashkil etadi. Mamlakat hududiga turli havo oqimlarining kirib kelishi uchun juda oson hudud hisoblanadi. Shimol, shimoliy-gʻarb va gʻarbiy tarafdan atlantika va arktika havo oqimlari kirib keladi. Respublikida iyul oyining oʻrtacha havo harorati shimolda 26 °C dan janubga 30 °C gacha oʻzgaradi. Yanvar oyining o‘rtacha havo harorati shimolda −8 °C gacha, janubda esa 0 °C gacha yetadi. Eng past havo harorati −38 °C ni tashkil (Ustyurt tekisliklarida) etadi[1].
Iqlim hosil qiluvchi omillar
Mamlakatning shimoliy qismiga yozda (22-iyun hisobida) quyoshning 71-72° burchakda nur sochishi maʼlum boʻlsa, janubida ushbu hisob 76° ga teng. Shu bilan birga shimolda quyosh yil davomida 2500-2800 soat nur sochsa, mamlakat janub tomoni esa 3000-3100 soat quyosh nuri ostida boʻladi[2].
Qishda Respublika hududiga shimoli sharqdan va shimoldan kirib kelgan havo oqimlari huduning janubiy qismlarigacha yetib boradi. Shu sababdan ham havo ochiq boʻladi ammo havo harorati tushib, sovish kuzatiladi.
Yozda Oʻzbekiston hududining asosan tekislik qismi meyoridan oshiq isib ketishi natijasida termik oʻchoq paydo boʻladi. Soʻng, havo juda isib, mahalliy kontinental Тuron tropik havosi vujudga keltiradi. Ushbu past bosimni toʻldirish uchun shimoli gʻarbdan va gʻarbdan salqin havo massasi kirib keladi. Ammo havo qiziganligi sababli bu havo oqimlari yogʻin havoni olib kelmaydi. Bu havo oqimi mamlakat togʻli hududlarida nisbatan havo salqin boʻlganligi sbabli yomgʻir va qor yogʻishiga olib keladi.
Haroratning taqsimlanishi
Haroratning taqsimlanishi bevosita yillik oʻrtacha harorat bilan oʻlchanadi. Ushbu daraja Toshkentda +11,9 °C, Nukusda +10,8 °C, Termizda esa +17,0 °C ni tashkil etadi [3].
Mamlakat hududida yoz asosan quruq va issiq boʻlib, uning past tekislik qismida iyulda oʻrtacha harorat +26 +30 °C ga yetsa, janubda esa +31 +32 °C ga yetadi. Eng baland havo harorati Toshkentda +44 °C, Termizda +50 °C gacha qiziydi. Qumlar sirti +75 +80 °C gacha isiydi. Qish oylaridagi oʻrtacha harorat Respublika hududida shimoli gʻarbdan (Ustyurtda –10 –11°C) janubi sharqqa tomon (Toshkentda +0,9 °C, Samarqandda +0,3 °C, Termizda +2,8 °C) ilishi kuzatiladi. Baʼzida Arktika va Sibir havo oqimlarining kelishi va muqum qolishi oqibatida qishda havo soviydi, kuzatilgan eng past harorat Surxondaryoda –20°C, Toshkentda –30°C, Ustyurtda –38°C gacha soviydi
2015-yilda mamlakatning koʻp joylarida o‘rtacha yillik havo harorati odatdagidan 0.8-2.2 °C ga oshgan[1].
Shuningdek, togʻlarga, umuman olganda yuqoriga koʻtarilgan sari havo harorati pasayib boraveradi.
Ichki suvlarga daryolar, ko‘llar, muzliklar, yerosti suvlari kiradi. O‘zbekiston ichki suvlari orasida inson hayoti va xo‘jalik faoliyati uchun eng muhimi daryolardir.
Daryolari. Respublikamiz daryolari berk havzaga kiradi va ular hudud bo‘yicha notekis taqsimlangan. Daryolar, asosan, tog‘lardan boshlanadi, tekislikka chiqqach, sug‘orishga sarflanib, yerga shimilib, bug‘lanib, suvi kamayib qoladi, ayrimlari cho‘llarda tugaydi.
O‘zbekiston daryo tarmoqlarining zichligi hudud bo‘yicha bir xil emas. Tekislik qismida daryolar juda siyrak bo‘lib, har kv km maydonga daryoning 20 m uzunlikdagi qismi to‘g‘ri keladi. Aksincha, tog‘ va adirlarda daryolar tarmog‘i zich. Bunga asosiy sabab, tog‘larda tekislikdagiga nisbatan yog‘inlar ko‘p tushadi, harorat pastligidan mumkin bo‘lgan bug‘lanish va shimilish kam bo‘ladi. Natijada, yog‘inning ko‘p qismi daryo oqimiga aylanadi.
O‘zbekistonning tog‘ daryolari tor o‘zanda tez, shiddat bilan oqadi. Ular, asosan, tagini yuvib, sharshara va ostonalar hosil qiladi. Tekislikka chiqqach esa keng vodiyda tarmoqlanib, sekin oqadi.
O‘zbekiston daryolari to‘yinish jihatidan ham bir xil emas. Respublikamizdagi Amudaryo, Zarafshon, Isfayramsoy, Norin, So‘x, Isfara kabi daryolarning bosh qismi 4500 m dan baland tog‘lardagi muzliklar va doimiy qorlarning erishidan to‘yinadi. To‘linsuv davri iyul — avgustga to‘g‘ri keladi, chunki yoz oylarida havo haroratining ko‘tarilishi tufayli muz va qorlar tez eriydi.
O‘zbekistonning 3400 m balandlikdan boshlanuvchi Sirdaryo, Norin, Qoradaryo, Chirchiq, Surxondaryo kabi daryolari qor va muz suvlaridan to‘yinadi. Bu daryolarda suv may —iyun oylarida ko‘payib ketadi. Suvining kamayishi dekabr — fevral oylariga to‘g‘ri keladi.
Respublikamizda Qashqadaryo, G‘uzordaryo, Sangzor, Ohangaron, G‘ovasoy kabi daryolar balandligi 3400 m dan ortmaydigan tog‘lardan boshlanadi. Bu daryolarning suvi ertaroq, ya’ni aprel — may oylarida, qorlarning erishi natijasida ko‘payadi va yillik oqimning 60 foizi shu oylarga to‘g‘ri keladi. Yozda daryolar suvi kamaya boshlaydi.
O‘zbekistonning 2000 m dan past tog‘laridan boshlanuvchi Zominsuv, Sheroboddaryo, To‘sunsoy kabi daryolari, ko‘plab soylar, qor-yomg‘ir va yerosti suvlaridan to‘yinadi. Shu sababli bu daryolarning suvi bahorda — aprel — may oylarida ko‘payadi va yillik oqimning 80 foizini tashkil etadi. Aksincha, yozda daryolar suvi juda kamayib, ba’zi soylarning suvi qurib qoladi.
O‘zbekiston daryolari tog‘li qismida shiddat bilan oqishi sababli ularning ko‘p qismi muzlamaydi. Faqat nishab kam bo‘lgan keng vodiylardagina qisman yoppasiga muzlashi mumkin. Tekislik qismidagi daryolari esa bir-ikki oy muzlaydi, lekin respublikaning janubiy qismidagi daryolar muzlamaydi.
|
| |