|
O’zbekistonning geoekologik muammolari va ularning yechimi
|
bet | 38/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblari37. O’zbekistonning geoekologik muammolari va ularning yechimi
O‘zbekistondagi lokal geoekologik muammolarni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ularning har tarafl ama kompleks tahlili va kelib chiqishi sababiga ko‘ra quyidagi genetik guruhlarini ajratish mumkin: 1) atmosfera havosining ifloslanishi bilan bog‘liq muammolar – yirik shaharlar va sanoatlashgan hududlarda; 2) suvdan intensiv foydalanish bilan bog‘liq muammolar – zovur suvlarining ko‘llarda to‘planishi, chuchuk suvlarning yetishmasligi, chuchuk suv havzalarining ifl oslanishi va h.k.; 3) yerdan intensiv foydalanish bilan bog‘liq muammolar – eroziya, sho‘rlashish, yaylovlarning degradatsiyaga uchrashi; 4) geotizimlarga texnogen ta’sir bilan bog‘liq muammolar – konchilik sanoati chiqindilarining to‘planishi, geotizimning buzilishi, og‘ir texnikaning yaylovlarni payhon qilishi va h.k.; 5) chorvaning intensiv boqilishi va buta-daraxtlarni kesish bilan bog‘liq muammolar; 6) rekreatsiya obyektlaridan foydalanish bilan bog‘liq muammolar; 7) zaharli kimyoviy moddalarning tabiiy muhitni ifloslashi bilan bog‘liq muammolar va h.k.
Geoekologik muammolarni yechimining ilmiy asoslari. Ushbu muam molarning yechimi tizimli tahlilga bog‘liq. Tizimli tahlil natijasida muammoning asosiy xususiyatlari, ko‘lami, rivojlanish bosqichlari, yo‘nalishlari, sabablari va omillari, oqibatlari va boshqalar ayon bo‘ladi. Geoekologik muammolarni tadqiq etishda asosan hududiy, geotizimli va ekologik prinsiplar qo‘llaniladi.
Hududiy prinsipni qo‘llash, muammoning hududiy miqyosini aniqlashga, uning rivojlanish chegaralarini, tarqalish arealini ajratishga imkon beradi. Mazkur prinsip hudud yaxlitligi, uning boshqa hududlar bilan aloqasi, o‘zaro bog‘liqlik va ta’sirda bo‘lishini bilishga imkon beradi.
Geotizimli prinsip geoekologik muammoni o‘rganish uchun geografik asos hisoblanadi, chunki u hududning tuzilishi to‘g‘risida axborot berish bilan birga uning qanday tabiiy xususiyatlarga, resurslarga ega ekanligi haqida ma’lumotlarni olishga imkon beradi.
Mazkur prinsip geotizimlar chegaralarining joylashuvini, ularning nisbati, bir-birlariga nisbatan past-balandligi, tarkibiy-dinamik holati haqida ma’lumot beradi. Ushbu prinsip muammoning ko‘pgina xususiyatlarini baholashda, kelajakda bo‘ladigan o‘zgarishlarni oldindan prognoz qilishda, turli tadbirlar tizimini asoslashda va ularni qo‘llashda, barcha turdagi kartalarni tuzishda asos bo‘ladi.
Ekologik prinsipning qo‘llanilishi tirik organizmlar, jumladan insonning atrof-muhit bilan o‘zaro aloqalari, ta’siri va munosabatda bo‘lishi nazarda tutilganligi bilan bog‘liq. Ekologik muammoning mantiqiy ma’nosi ham aslida tirik organizm bilan jonsiz tabiat orasidagi o‘zaro aloqa va munosabatlarning buzilishidan iboratdir. Ushbu munosabatning ziddiyatlashuvi muayyan geotizimlarda ro‘y berib, hududiy xususiyatga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham mazkur muammoni geoekologik muam mo sifatida tadqiq etish zarur.
Geoekologik muammoni bartaraf etish deganda, avvalo, dastlabki tabiiy muvozanatni qayta tiklashni tushunmoq lozim. Tabiiy muvozanat (ekologik muvozanat)ni qayta tiklash – tabiiy komponentlar va geotizimlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik, aloqadorlik va harakatni dastlabki holatiga yaqinlashtirishdir, lekin uni asl holiga qaytarib bo‘lmaydi. Buzilgan tabiiy muvozanatni qayta tiklash tadbirlarida aho lining yashash sharoiti va sog‘ligini ham avvalgi holatiga olib kelish lozim. Masalan: Orol va Orolbo‘yi bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan regional geoekologik muammo bo‘lib, ularning yechimi o‘zaro bog‘liq kompleks tadbirlarni baravariga qo‘llagan holdagina hal qilish mumkin. Bunda, eng birinchi navbatda, tashqaridan kelayotgan suvning toza va miqdorining ko‘p bo‘lishiga erishish lozim. Chunki, muammoni tezlatuv chi kuch qurg‘oqchil iqlim sharoitida cho‘llashish hodisasidir. Lokal geoekologik muammolar yechimi eng sodda muammolar bo‘lib, ularni bartaraf etishda, eng avvalo, geoekologik muammoli hududning tabiiy geograf sharoiti va tabiiy qonuniyatlari chuqur o‘rganilishi lozim. Har bir geotizimning xususiyatlariga mos xo‘jalik tarmoqlari va tabiatdan foydalanish chora-tadbirlarini qo‘llash orqali bunday muammolarning oldi olinadi. Masalan, yerlardan sug‘orma dehqonchilikda foydalanilishda har bir geotizimning xususiyati o‘rganilib, so‘ngra shunga mos ekin turlari, sug‘orish usuli va me’yorlari, agrotexnika tadbirlarini qo‘llash, ya’ni tabiat bilan munosabatda uning qonunlarini buzmaslik kutilgan natijalarga erishish kafolatidir.
|
| |