• 39. O’zbekiston tabiiy Geografik rayonlashtirish tajribalari
  • O’zbekiston tabiatini muhofaza qilish




    Download 1,66 Mb.
    bet39/171
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,66 Mb.
    #231734
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   171
    Bog'liq
    attaestatsiya javoblari

    38. O’zbekiston tabiatini muhofaza qilish
    Ўзбекистон мустақилликка эришгач, табиат муҳофазаси муаммоларини жадал ва катта масъулият билан ҳал қилишда янги босқич бошланди. Ўзбекистон Республикаси Конституциясида ¸Фуқаролар атроф табиий муҳитга эҳтиёткорона муносабатда бўлишга мажбурдирларº (50-модда), ¸Ер, ер ости бойликлари, сув, ўсимлик ва ҳайвонот дунёси ҳамда бошқа табиий захиралар умуммиллий бойликдир, улардан оқилона фойдаланиш зарур ва улар давлат муҳофазасидадирº (55-модда) деб мустаҳкамлаб қўйилган. Ҳозирда Ўзбекистоннинг атроф муҳит ва табиат бойликларидан фойдаланиш ҳамда уларни муҳофаза қилишга оид қонунчилиги 80 га яқин қонун ва қарорларни ўз ичига олади. Барқарор ривожланишнинг миллий стратегияси ва Атроф муҳитни муҳофаза қилиш ҳаракатининг миллий режаси ишлаб чиқилди ва қабул қилинди, шунингдек, Чўллашишга қарши кураш ҳаракатлари миллий режаси ҳам тайёрланган. Эндиликда геоэкологик муаммолар ҳукуматнинг доимий назорати остида: бу борада илк муваффақиятлар қўлга киритилмоқда, қишлоқ хўжалиги ерларидан тобора оқилона фойдаланилмоқда, атроф муҳит ҳолати кўп шаҳар ва регионларда яхшиланмоқда, қазилма бойликларни нес-нобуд қилишга чек қўйилмоқда. 1991 йилда ¸Экосанº халқаро экология ва саломатлик жамғармаси ташкил этилган. Бу жамғарма Ўзбекистон ва умуман, бутун Марказий Осиё минтақаси геоэкологик ҳолатини яхшилашга, атроф муҳитни муҳофаза қилишга, аҳолининг саломатлигини ҳимоя қилиш ва соғлом зурриётни сақлаб қолишга қаратилган дастур ва лойиҳаларни амалга оширади.
    39. O’zbekiston tabiiy Geografik rayonlashtirish tajribalari
    O'zbekiston hududining tabiiy geografik rayonlashtirilishi hududiy bo'linishi xususiyatlarini o'rganishda o'lkamiz tabiatining umumiy geografik sharoitlarini tatqiq qilish muhim ahamiyatga ega. Biz tabiiy geografik rayonlashtirish deganda, hududlarni muayyan o'xshash xususiyatlariga qarab, regional birliklarga ajratish jarayonini tushunamiz. Shu jumladan, O'zbekiston hududi o'lka, provintsiya, kichik provintsiya, okrug, tabiiy rayon hatto landshaft kabi kichik taksonomik birliklarga ajratib o'rganiladi. Mamlakatimiz hududining tabiiy geografik rayonlashtirilishi ancha munozarali masalalardan biri bo'lib, hozirgacha O'zbekiston hududining yagona amal qiladigan tabiiy geografik rayonlashtirish sxemasi ishlab chiqilmagan. Bu esa o'z navbatida hududlar miqyosida tabiiy resurslardan foydalanish va hududiy chegaralarini ajaratishda ko'plab muammolarni yuzaga keltirib chiqaradi.
    O'rta Osiyo jumladan Turkiston (O'zbekiston) hududini bir butun tabiiy geografik rayonlashtirish masalasi bilan V.N Cheterkin (1944), P.S.Makeev (1956), M.A.Glazovskaya (1953), T.V.Zvonkova (1961), L.N.Babushkin (1964), N.A.Gvozdetskiy (1968), N.A.Kogay (1979) ning olib borgan tatqiqotlari va ilmiy izlanishlari diqqatga sazovordir. Shu bilan birga L.S.Berg, R.I.Abolin, I.P.Gerasimov, A.N. Rozanov, E.P.Korovin ham O'zbekiston hududining tabiiy geografik rayonlashtirilishi masalalari bilan shug'ullanishgan. Ularning ilmiy izlanishlari keyinchalik O'zbekiston hududining tabiiy geografik bo'linishi sxemasining yaratilishiga asos bo'ldi. Mamalaktimiz hududining regional tamoyil asosida TGR va bu sohada yuksak natijalarga erishgan rus professorlari L.N.Babushkin va N.A.Kogaylarning xizmatlari benihoya katta. Ular 1964 - 1965 - yillar davomida O'zbekiston hududining tabiiy geografik rayonlashtirish muammolari va tatqiqot natijalari o'rgangan va undan foydalanib mamlakatimiz hududining TGR sxemasini ishlab chiqishga muvaffaq bo'ldilar. Ularning 1964 - yilda nashr etilgan, Voproso geograficheskogo rayonirovaniya Sredney Azii i Uzbekistana " nomli monigrafiyasida O'rta Osiyo va O'zbekiston hududi shu darajada sinchiklab o'rganilganki, hozirgi kunga qadar bu rayonlashtirishga teng keladigan ish yuzaga kelgan emas. Quyida biz ushbu tabiiy geografik rayonlashtirish sxemasi bilan yaqindan tanishamiz va atroflicha muhokama etamiz. Tabiiy geografik rayonlashtirish sxemasi taksonomik birliklar sinfi: o'lka, provintsiya, kichik provintsiya, okrug, tabiiy rayon, landshaft kabi tabiiy geografik komplekslarni o'z tarkibida birlashtiradi. Ma'lumki O'zbekiston hududining asosiy qismi Turon tabiiy geografik provintsiyasiga, faqat Ustyurt platosi Markaziy Qozog'iston provintsiyasi tarkibiga kiradi. O'zbekiston hududi Turon provintsiyasining bir qismi bo'lib, tabiiy komplekslarni unsurlarining farqi uning tekislik, tog' va tog' oldi zonalarida yaqqol ko'zga tashlandi. Ko'pchiliklar olimlar rayonlashtirishning sxemasini materik doirasida mintaqa, geotip, sektor, zona kabi birliklarni ajratsa, L.N.Babushkin va N.A.Kogay materik ichida bevosita tabiiy geografik o'lkani ajratadi va tabiiy geografik o'lkaga quyidagicha: ,, Tabiiy geografik o' lka -tabiiy geografik rayonlashtirishning yirik birliklaridan biri bo'lib, u materikning katta qismida shakllangan o'zining iqlimi, geomorfologiyasi, gidrologiyasi ya'ni geoligik shart sharoitlarining umumiyligi bilan hamda gorizontal zonalarining balandlik mintaqalari bilan ma'lum darajada bog'liqligining o'ziga xosligi bilan boshqalardan ajralib turadigan hududiy kompleks " deb ta'riflaydi. Shu sababli O'rta Osiyoni alohida tabiiy geografik o'lkaga ajratishimiz mumkin. O'rta Osiyo bir-biridan tabiiy sharoitining kompleks xususiyatlariga ko'ra: Turon, Jung'oriya -Tyanshan, Markaziy Qozog'iston va Pomir-Tibet kabi provinsiyalarga bo'linadi. Provintsiyasini ajratishda quyidagi xususiyatlar asos qilib olinadi. Yer yuzasini tabiiy sistemalarga bo'linishid a tabiiy geografik o'lkalar orasida o'ziga xos o'rni, orografiyasi, makroreylefi xususiyatlarining takrorlanmasligi;
    O'ziga xos iqlim rejimi va tabiiy sharoitga ega bo'lishi kerak. O'zbekiston hududini Qoraqalpog'iston Ustyurtidan tashqari barcha qismini Turon provinsiyasi tarkibiga kiritiladi. O'zbekistonning asosiy qismini tashkil etgan Turon provinsiyasi egallagan o'rniga ko'ra R.I.Abolinning Turkiston okrugiga, E.P.Korovin va A.N.Rozanovning O'rta Osiyo (Turon) tuproq botanik provinsiyasiga, A.B.Genusov, B.V.Gorbunov va N.V.Kimberglarning Turon tuproq - iqlim provinsiya, L.N.Babushkinning Turon iqlim provintsiyasi, R.S.Vernikning Turon botanik iqlim provintsiyasiga to'g'ri keladi. Navbatdagi tasnif birligidan kichik provintsiyalar guruhi o'rin olgan. O'zbekiston hududida tekislik va tog' oldi tog' kichik provintsiyalariga ajratishimiz mumkin. Kichik provinsiyalarni tasniflashda hududni umumiyligi, vujudga kelishi va rivojlanish tarixi, neogen va antropogen davrlarda umumiyligi hamda o'ziga xos zonal tipi ga ega ekanligi bilan farqlanadi. Respublikamiz hududidagi tog' va tekislik landshaftlari shakllanishida bir qancha tavofutlar yuzaga keladi. Tog'larda denudatsiya, tog' jinslarining yemirilish va yuvilishi jarayoni ja'dal kechgan bo'lsa, tekislik qi smi uzoq davr mobaynida dengiz ostida qolib, cho'kindi jinslar to'plangan. O'zbekiston tog'li qismi asosan gersin tog' hosil bo'lish bosqichida hosil bo'lgan, paleozoy jinslari keng tarqalgan va so'nggi orogenik harakatlar natijasida ko'tarilib qolganligini ko'rishimiz mumkin. Shu nuqtai nazardan tog' va tekisliklar o'rtasidagi chegarani aniqlash ancha munozarali masalalardan biri hisoblanadi. E.M.Murzayev tog' va tekisliklar o'rtasidagi chegarani lyossli tili osti tekisliklari tutashgan yerdan o'tkazsa, tuproqshunos olimlar och tusli bo'z tuproqning quyi qismidan, L.N.Babushkin va N.A.Kogay landshaft belgilariga qarab ushbu chegarani Mirzacho'lning alltuvial tekisliklari va Nurota tog' oldi prollyuvial tekisliklarini Qizilqum bilan tutashgan yeridan, Qashqadaryoning allyuvial tekisliklarining Dengizko'l yassitog'ligi bilan tutashgan qismidan o'tkazishgan.

    Download 1,66 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   171




    Download 1,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston tabiatini muhofaza qilish

    Download 1,66 Mb.