• Darsning maqsadi: Ta’limiy
  • Dars jihozi
  • Dars tipi
  • Yangi mavzu bayoni: Darsning rejasi
  • Raqamlarni jonlantirish
  • Xorazm viloyati Urganch tumani




    Download 50,5 Kb.
    Sana10.10.2020
    Hajmi50,5 Kb.
    #12056



    Xorazm viloyati Urganch tumani

    10-son umumiy o’rta ta’lim maktabning geografiya fani o’qituvchisi Saporova Bahmaljonning “Yevrosiyoning ichki suvlari” mavzusida yozgan bir soatlik dars ishlanmasi

    Mavzu: Yevrosiyoning ichki suvlari

    Darsning maqsadi:

    Ta’limiy: o’quvchilarga yevrosiyo materigi haqida yangi bilimlar berish, ichki suvlari, joylashish xususiyatlari, to’yinish tiplari haqida ma’lumot berish.

    Tarbiyaviy: o’quvchilarni darslikdan tashqari adabiyotlarni o’qishga yo’naltirish, o’z maqsadiga erishish uchun harakat qilish ruhida tarbiyalash, jamoa bo’lib ishlash, berilgan vazifani bajarishda ma’suliyatni sezish ko’nikmalarini tarkib toptirish.

    Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, nutq madaniyatini o’stirish, o’z-o’zini boshqarishga yo’naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.

    Dars jihozi: dunyoning tabiiy xaritasi, Yevrosiyo materigining tabiiy xaritasi, darslik, geografiyaga oid albom va rasmlar, tarqtma materiallar, atlas, yozuvsiz xarita.

    Dars metodi: mustaqil ishlash, amaliy ish, interfaol usullar: “Aqliy hujum”, “Juftlikda ishlash”, “Guruhlar bilan ishlash”, “Konseptual xarita”, “Geografik topishmoqlar”.

    Dars tipi: aralash.

    Dars turi: noan’anaviy.
    Darsning borishi:

    Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash. Rag’bat uchun turli shakllardagi matematik figuralar: “5”- qizil rangli beshburchak, “4”- yashil rangli to’rtburchak, “3”- ko’k rangli uchburchak, noto’g’ri javob uchun sariq rangli doira beriladi. Dars oxirida eng ko’p figura to’plagan guruh g’olib bo’ladi.

    Guruhlash: o’quvchilar 5ta guruhga ajraladi. Guruhlarda ishlash qoidalari doskaga yozib qo’yiladi.



    Oltin qoidalar:

    1. faollik

    2. vaqtga rioya qilish

    3. fikrni takrorlamaslik

    4. o’zaro hurmat

    5. to’g’ri javob uchun rag’bat

    6. o’ng qo’l qoidasi

    7. “bir yoqadan bosh chiqarish”

    8. intizom

    I guruh –Nil

    II guruh-Murrey

    III guruh-Amazonka

    IV guruh- Missisipi

    V guruh-Xuanxe

    Guruhlarga Yevrosiyo materigining geografik o’rni va relyefi mavzulari bo’yicha “Biz bilgan bilimlar” topshirig’i beriladi. Har bitta guruh o’z nomiga mos keladigan materik haqidagi bilimlarini quyidagi reja asosida ta’riflab beradi.



    KONSEPTUAL XARITA

    Foydali qazilmalar

    Yangi mavzu bayoni:

    Darsning rejasi:

    1. Ichki suvlarning joylashishi

    2. Daryolarning to’yinish tiplari

    3. Yevrosiyo ko’llari

    4. Ko’p yillik muzloq yerlar

    Yangi mavzu o’qituvchi tomonidan darsning rejasi asosida slaydlardan foydalangan holda tushuntiriladi.

    O’tilgan mavzuni mustahkamlash: Guruhlarga bittadan geografik topishmoqlar beriladi.


    Topishmoqlar

    1. Meni so’rashadi, kelsam qochishadi. (yomg’ir)

    2. Yorug’i bor, dovrug’i bor,

    O’zi yo’q ovozi bor. (momaqaldiroq)

    1. Oyog’i yo’q-qochadi,

    Qanoti yo’q –uchadi. (shamol)

    1. Ko’kda supra ochildi,

    Uni yerga sochildi. (qor)

    1. O’zi tanho- yagonadir,

    Tabiatga chin onadir.

    Tilla barkash yarqiraydi,

    Baxt ulashib charaqlaydi. (quyosh)
    Raqamlarni jonlantirish: guruh a’zolariga 5 yo’lakcha ajratilgan qog’ozlar tarqatiladi. O’tilgan 5ta materik –Afrika, Avstraliya, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika va Yevrosiyo materiklari bo’yicha daryo va ko’llar nomi beriladi.


    Afrika

    Avstraliya

    Shimoliy

    Amerika


    Janubiy Amerika

    Yevrosiyo






























    Daryo va ko’llar tartib bilan o’qiladi. Guruh a’zolari raqamni kerakli joyga qo’yadilar.



    1. Kongo 6. Dnepr

    2. Orinoko 7. Eyr

    3. Darling 8. Sarez

    4. Marakaybo 9. Rukva

    5. Missuri 10. Vinnipeg

    To’gri javoblar: Afrika-1, 9; Avstraliya-3, 7; Shimoliy Amerika-5, 10; Janubiy Amerika-2, 4; Yevrosiyo-6, 8.

    Guruh a’zolari raqamlarni kerakli joyga qo’yib bo’lgach, tagidan bir qator qilib 10ta raqam yozadilar va “√” yoki “?” tarzida tekshiriladi. To’g’ri bajargan guruhlar rag’batlantiriladi.



    O’quvchilarni baholash: dars yakunida guruhlar to’plagan matematik figuralar sanalib, ballar hisoblanadi. G’olib guruh aniqlanib rag’batlantiriladi.

    Uyga vazifa: mavzuni o’qib gapirib berish. Atlasdagi “Yevrosiyoning ichki suvlari”ni yozuvsiz xaritaga tushirish.

    Adabiyotlar




    1. 6-sinf Geografiya darsligi

    2. www.ziyonet.uz

    Download 50,5 Kb.




    Download 50,5 Kb.