• Talaba(F.I.Sh.) Mamasaitov Ilhomjon Yengil sanoat va to‘qimachilik fakulteti 4-kurs 41-18 YeSTJ guruhi Amaliyot boshlanishi: 06.09.2021
  • Farg‘ona - 2021-2022 KIRISH
  • Tabiiy tolalar




    Download 1.89 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana06.02.2022
    Hajmi1.89 Mb.
    #17159
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    mamasaitov i pdf
    g\'ofurov z tostemirov, hisobot mamasaitov, amaliyot hisobot Mamasaitov I, Махмудов С, Ijara shartnoma 1695194986941, file, qaror, kr


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
    OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
     
    FARGʻONA POLITEXNIKA INSTITUTI 
     
    YENGIL SANOAT VA TO‘QIMACHILIK FAKULTETI 
     
    “TABIIY TOLALAR” kafedrasi 
     
    BITIRUVOLDI AMALIYOTI 
    H I S O B O T I 
    Talaba(F.I.Sh.) Mamasaitov Ilhomjon 
     
    Yengil sanoat va to‘qimachilik fakulteti 4-kurs 41-18 YeSTJ guruhi 
     
    Amaliyot boshlanishi: 06.09.2021 
     
    Amaliyot tugashi: 22.01.2022 
     
    Bitiruvoldi amaliyotini o‘tkazish joyi: 
    __________________________________________________________ 
     
    Amaliyotchi talaba: _____________ 
    (IMZO) 
     
    Institutdan rahbar: _______________
    (IMZO)
     
    Korxonadan rahbar ______________ 
    (IMZO, MUHR) 
     
    Kafedra mudiri: ______________ 
    ( IMZO) 
     
     
    Farg‘ona - 2021-2022 


     
    KIRISH 
    So‘nggi yillarda respublikada yengil sanoatning to‘qimachilik, tikuv-
    trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab 
    chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarning turlari va assortimentini kengaytirish, 
    shuningdek, tarmoq korxonalarining investitsiya va eksport faoliyatini har 
    tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga 
    oshirilmoqda. 
    Ko‘rilgan chora-tadbirlar respublikada ishlab chiqarilayotgan paxta 
    tolasining 80 foizdan ko‘prog‘ini va ip kalavaning 45 foizdan ko‘prog‘ini qayta 
    ishlash bo‘yicha quvvatlarni yaratish, shuningdek, 2018-yilda tayyor mahsulot 
    eksport hajmini 1,6 milliard AQSh dollariga yetkazish imkonini berdi. 
    Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport 
    salohiyatini oshirish uchun berilgan imtiyozlar va preferensiyalar mahalliy tayyor 
    charm ishlab chiqarish hajmini 6 foizga va krast bosqichidagi charm ishlab chiqarish 
    hajmini 44 foizga oshirish imkonini yaratdi. 
    Shu 
    bilan 
    birga 
    jahon 
    bozorlaridagi 
    raqobatning 
    kuchayishi, 
    texnologiyalarning rivojlanishi va xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan mahsulot 
    ishlab chiqarish xarajatlarining kamaytirilishi ushbu sohalarni rivojlantirish 
    bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilishini talab etmoqda. 
    Yengil sanoatning jadal va barqaror rivojlanishini ta’minlash, mahalliy 
    xomashyoni chuqur qayta ishlash orqali birinchi navbatda tashqi bozorlarda 
    raqobatbardosh bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega to‘qimachilik, tikuv-
    trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni 
    diversifikatsiya qilish va kengaytirish, shuningdek, salohiyatli xorijiy investorlarni 
    jalb etish maqsadida: 
    1. Quyidagilar: 
    xomashyoni chuqur qayta ishlash asosida bozor talablaridan kelib chiqqan 
    holda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal 
    va mo‘ynachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishning 2020 — 2025-
    yillarga mo‘ljallangan maqsadli parametrlari 

    va 
    2-ilovalarga 
    muvofiq; 
    2019-2020-yillarda yengil sanoatning to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-
    poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini qo‘llab-quvvatlash va jadal rivojlantirish 
    bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 
    3-ilovaga 
    muvofiq tasdiqlansin. 
    O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiyot 
    va sanoat vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” va “O‘zcharmsanoat” uyushmalari 
    bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qaror bilan tasdiqlangan maqsadli 
    parametrlarning bajarilishini so‘zsiz ta’minlashga qaratilgan investitsiya loyihalari 
    ro‘yxatini tasdiqlasin. 
    2. Belgilab qo‘yilsinki: 
    a) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali yarim tayyor 
    charmni (TIF TN bo‘yicha 4104, 4105, 4106 21 000 0 kodlari) olib chiqishda 2021-


    yilning 1-yanvaridan boshlab eksport qilinadigan mahsulot qiymatining 10 foizi 
    miqdorida yig‘im undiriladi; 
    Oldingi
     tahrirga qarang. 
    b) O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi va 
    trikotaj matoni olib chiqishda 2021-yil 1-yanvardan boshlab olib chiqiladigan har 
    bir kilogramm ip-kalava uchun 0,01 AQSh dollari, 2022-yil 1-yanvardan olib 
    chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava va trikotaj mato uchun 0,05 AQSh dollari, 
    2023-yil 1-yanvardan — 0,1 AQSh dollari, 2025-yil 1-yanvardan — 0,2 AQSh 
    dollari miqdorida yig‘im undiriladi; 
    (2-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
    2021-yil 8-fevraldagi PQ-4982-sonli 
    qarori 
    tahririda — Qonun hujjatlari 
    ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 07/21/4982/0094-son) 
    Oldingi
     tahrirga qarang. 
    v) mazkur bandning 
    “b” kichik bandida
     ko‘rsatilgan mablag‘larning (trikotaj 
    mato eksportidan undirilgan yig‘imlar bundan mustasno) 5 foizi, 
    “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining alohida bank hisob raqamiga quyidagilar 
    uchun yo‘naltiriladi: 
    (2-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi 
    Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-53-sonli 
    Farmoni 
    tahririda — 
    Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 06/22/53/0052-son) 
    to‘qimachilik va tikuv-trikotaj tarmoqlari korxonalarida xalqaro 
    standartlarni joriy etish, tayyor mahsulotlarni tashqi bozorlar talablarini hisobga 
    olgan holda sertifikatlash bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish; 
    tarmoq korxonalarining xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok 
    etish, milliy brendlarni yaratish va ilgari surish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash; 
    ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, kadrlarni 
    tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, jumladan ularni xorijga 
    o‘qish uchun yuborish; 
    “O‘zto‘qimachiliksanoat” 
    uyushmasining 
    moddiy-texnik 
    bazasini 
    mustahkamlash, uning ijro etuvchi apparati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, 
    shuningdek, Uyushmaning xorijiy vakolatxonalarini saqlash va xorijiy 
    mutaxassislarni jalb etish xarajatlarini kompensatsiya qilish; 
    “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi a’zolari umumiy yig‘ilishining qarori 
    bilan belgilangan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlar. 
    “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy 
    muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu bandning 
    “v” 
    kichik bandida 
    ko‘rsatilgan mablag‘lar bo‘yicha daromadlarni shakllantirish va 
    mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini kiritsin hamda unda 
    har yili daromadlar va xarajatlar smetasi tasdiqlanishini, shuningdek, ushbu 
    mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan Uyushma a’zolarining umumiy 
    yig‘ilishi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan nazorat olib 
    borilishini nazarda tutsin. 


    3. 2020-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: 
    hisobot davri natijalari bo‘yicha yalpi tushumning umumiy hajmida tayyor 
    tikuv-trikotaj mahsulotlarining eksporti 60 foizdan kam bo‘lmagan eksport ulushiga 
    ega bo‘lgan korxonalar 2023-yil 1-yanvarga qadar mol-mulk solig‘ini to‘lashdan 
    ozod etiladi; 
    to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalari 
    korxonalarining foyda solig‘i bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazasi yetti yil davomida 
    teng ulushlarda zamonaviy tozalash va kanalizatsiya inshootlarini qurish bo‘yicha 
    xarajatlar summasiga kamaytiriladi; 
    Oldingi
     tahrirga qarang. 
    chorva mollarini so‘yish bo‘yicha zamonaviy avtomatlashtirilgan 
    majmualarga ega va ularni yangidan ishga tushirayotgan tashkilotlar va terini qayta 
    ishlovchi korxonalar 2023-yil 1-yanvarga qadar yer solig‘i to‘lashdan ozod etiladi; 
    (3-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
    2021-yil 8-fevraldagi PQ-4982-sonli 
    qarori 
    tahririda — Qonun hujjatlari 
    ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 07/21/4982/0094-son) 
    “O‘zto‘qimachiliksanoat” va “O‘zcharmsanoat” uyushmalarining xorijiy 
    konsultantlari, shuningdek, to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va 
    mo‘ynachilik sohalari korxonalarida mehnat faoliyatini yuritayotgan xorijiy 
    mutaxassislar O‘zbekiston Respublikasidagi daromad manbalari bo‘yicha jismoniy 
    shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini uning belgilangan stavkasidan 50 foiz 
    miqdorida to‘laydi. 
    4. Belgilansinki, “O‘zpaxtasanoat” AJ tomonidan 2018 — 2020-yillar 
    hosilidan paxta tolasini mahalliy to‘qimachilik korxonalariga birja savdolarida 
    milliy valyutaga sotish mahsulot yuklab jo‘natilgan kundan 90 kun mobaynida 
    yakuniy hisob-kitob qilgan holda 35 foiz oldindan to‘lov asosida amalga oshiriladi. 
    5. “O‘zpaxtasanoat” AJga paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va 
    klasterlariga sotish nazarda tutilgan paxta tozalash zavodlari va tayyorlov 
    maskanlarining baholash qiymatidan quyidagi chegirmalarni taqdim etish 
    masalasida paxta tozalash zavodlarining boshqaruv organlarida tashabbus bilan 
    chiqish tavsiya etilsin: 
    bir yil mobaynida to‘langanda — 50 foiz miqdorida; 
    ikki yil mobaynida to‘langanda — 40 foiz miqdorida; 
    uch yil mobaynida to‘langanda — 30 foiz miqdorida. 
    Bunda paxta tozalash zavodlari va tayyorlov maskanlarining chegirmalarni 
    hisobga olgan holdagi bahosi ularning balans qiymatidan past bo‘lishi mumkin 
    emas. 
    6. Belgilansinki: 
    paxta-to‘qimachilik 
    ishlab chiqarishlari va klasterlarining paxta 
    xomashyosini yetishtirish bo‘yicha xarajatlarini moliyalashtirish uchun 2019-yilda 
    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat 


    tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) 
    kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar faqat 11 oy 
    o‘tganidan so‘ng qaytariladi, har bir transh uchun qaytarish muddatini hisoblash esa 
    paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlariga mablag‘lar kelib tushgan 
    paytdan boshlanadi. Xuddi shunday tartib tijorat banklari tomonidan Jamg‘arma 
    kredit resurslarini qaytarishda ham qo‘llaniladi; 
    paxta urug‘lik chigitini ishlab chiqarish paxta-to‘qimachilik ishlab 
    chiqarishlari va klasterlari tomonidan mustaqil amalga oshirilishi mumkin; 
    paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasteri doirasida o‘z ehtiyojlari 
    uchun ishlab chiqarilayotgan paxta tolasini sertifikatlash ixtiyoriy ravishda amalga 
    oshiriladi. 
    7. Tijorat banklariga paxta xomashyosini yetishtirish va yig‘ib olishni 
    moliyalashtirish uchun valyuta kredit liniyalari jalb qilinishini ta’minlash tavsiya 
    etilsin. 
    8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kelgusi yil uchun paxta 
    xomashyosi yetishtirishning prognoz hajmlari va g‘o‘zani navlari bo‘yicha 
    joylashtirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarorlari oldingi yilning 1-oktabridan 
    kechiktirmasdan qabul qilinishini ta’minlasin. 
    9. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi O‘zbekiston-
    Koreya o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparki belgilangan tartibda tasdiqlanadigan 
    ro‘yxat bo‘yicha o‘z ehtiyojlari uchun olib kiradigan, O‘zbekiston Respublikasida 
    ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik 
    hujjatlar, dasturiy ta’minotlar uchun 2023-yil 1-yanvarga qadar bojxona 
    to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin. 
    Toshkent viloyati erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari 
    ma’muriy kengashi bir oy muddatda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat 
    instituti qoshidagi O‘zbekiston-Koreya o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparkining 
    buyurtmanomalariga binoan “Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududidan 
    to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya 
    loyihalarini amalga oshirish uchun yer maydonlari ajratilishini ta’minlasin. 
    10. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 
    Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy 
    muddatda to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalari 
    korxonalarida zamonaviy tozalash inshootlari qurishni va mavjudlarini 
    modernizatsiya qilishni moliyalashtirish uchun donor mamlakatlar, xalqaro hamda 
    xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy 
    davlatlar bank tuzilmalarining texnik ko‘mak mablag‘larini (grantlarini) jalb etish 
    bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rsin. 
    11. Toshkent shahar hokimligi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga 
    mahalliy to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning 
    doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi ko‘rgazma maydonchasini tashkil qilish uchun 
    Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 44-b uy manzilida joylashgan 
    uch qavatli binoni unga tutash hududi bilan balans qiymatida topshirsin. 


    12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga hamda 
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga 
    4-
    ilovaga 
    muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 
    13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-oktabrdagi 
    “To‘qimachilik sanoati xomashyo bazasini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha 
    chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3314-son 
    qarori 
    o‘z kuchini yo‘qotgan deb 
    hisoblansin. 
    14. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan 
    birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan 
    o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni O‘zbekiston Respublikasi 
    Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 
    15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining 
    Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi 
    R.A. G‘ulomov zimmasiga yuklansin. 

    Download 1.89 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 1.89 Mb.
    Pdf ko'rish