• YAkka tartibdagi tadbirkorlik
  • Tadbirkorlik faoliyati turlari 2-mavzu. Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari




    Download 362,3 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet11/20
    Sana13.06.2024
    Hajmi362,3 Kb.
    #263204
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
    Bog'liq
    Tadbirkorlik faoliyati turlari 2-mavzu. Tadbirkorlik faoliyatini

    reklama qilishdir. 
    Firma o‘z imkoniyati, xizmat 
    ko‘rsatishning taxminiy narxi, muvaffaqiyatli bajarilgan loyihalar haqida turli xildagi reklama 
    ma’lumotlarini va reklama e’lonlarini tarqatadi. Mijozlarni jalb qilishda vositachilar yordamidan 
    keng foydalaniladi. Vositachilar sifatida o‘z rahbarining ishonchini qozongan firma xodimlari bo‘lishi 
    mumkin. G‘arb mamlakatlarida bunday vositachilarni topish uchun maxsus uslublar ishlab chiqilgan. 
    Bu maqsadlar uchun alohida mablag‘lar ajratiladi. Albatta, maslahatchi firmaning obro‘sini belgilab 
    beruvchi omil – bu o‘tmishda muvaffaqiyatli olib borilgan faoliyatdir. Yirik, hatto o‘rtamiyona 
    firmalarning ijobiy tavsiyasi – eng yaxshi reklamadir. 
    Umuman firmaga maslahatchilar kerakmi? O‘zbekiston iqtisodiyotini tiklanish vaqtida, ba’zi 
    korxonalarda tubdan islohotlar olib borilayotgan davrda, nihoyatda ko‘p muammolar yuzaga 
    kelmoqda. SHu muammolarni oqilona echish uchun maslahatchilar salohiyati oshib borishi aniq. SHu 
    bilan birga moliyaviy imkoniyat cheklanganligi tufayli maslahatchilarni firmaning u yoki bu 
    muammolarini echish uchun taklif qilish maqsadga muvofiqdir. Muammolarni hal etish korxonaning 
    strategik rivojlanish muammosini echishdan boshlash kerak. Ana shundan keyin marketing
    innovatsion imkoniyat va boshqa muammolarni hal qilishga o‘tish kerak. 
    a.
     
    Tadbirkorlik shakllari 
     
    O‘zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to‘g‘risida» gi qonuninng 5-moddasiga binoan 
    tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud: 
    -
    yakka tartibdagi tadbirkorlik; 
    -
    xususiy tadbirkorlik; 
    -jamoa tadbirkorligi; 
    -
    aralash tadbirkorlik. 
    YAkka tartibdagi tadbirkorlik 
    – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning eng oddiy 
    shakli bo‘lib, uni tashkil qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 14 
    fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to‘g‘risidagi 
    Nizom» bilan belgilanadi. Ushbu nizomga muvofiq yakka tadbirkor o‘z faoliyatini yuridik shaxs 
    tashkil qilmay amalga oshirishi mumkin. YAkka tartibdagi tadbirkorlar odatda mayda ishlab 
    chiqarish bilan shug‘ullanadilar. 
    YAkka tartibdagi tadbirkorlik o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi: 
    -
    shaxsiy tadbirkorlik; 
    -
    birgalikdagi tadbirkorlik. 
    SHaxsiy tadbirkorlik tushunchasi «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari 
    to‘g‘risida»gi qonunning 15-moddasida quyidagicha bayon etiladi: «SHaxsiy tadbirkorlik yakka 
    tartibdagi tadbirkorlarning o‘zi tomonidan mulk huquqida, shuningdek, mulkka egalik qilish va 
    (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga mulkiy huquq tufayli o‘ziga tegishli bo‘lgan 
    mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi». 
    Ushbu qonunning 16--moddasiga binoan birgalikdagi tadbirkorlikka quyidagilar 
    kiradi: 
    -
    er-xotinning umumiy mol-mulki negizida amalga oshiriladigan oilaviy 


    tadbirkorlik; 
    -
    dehqon xo‘jaligining umumiy birgalikdagi mulki negizida amalga oshiriladigan 
    dehqon xo‘jaligi; 
    -
    o‘zlariga umumiy ulushi mulk huquqida tegishli bo‘lgan umumiy mulk negizida 
    yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshiradigan shirkat xo‘jaligi. 
    YUridik shaxs tashkil qilmay, o‘z faoliyatini amalga oshiradigan tadbirkor sifatida 
    ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxsga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvoxnoma 
    beriladi va u jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish reestrida qayd qilinadi. Ushbu guvohnoma 
    bankda hisob-kitob varag‘i ochish, soliq organlaridan ro‘yxatdan o‘tish, muhr va boshqa 
    rekvizitlarni tayyorlash uchun asos bo‘lib hisoblanadi. 
    O‘zbekistan Respublikasida «Xususiy tadbirkorlik to‘g‘risidagi Nizom»da xususiy 
    tadbirkorlik faoliyatiga quyidagicha ta’rif berilgan: 

    Download 362,3 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




    Download 362,3 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadbirkorlik faoliyati turlari 2-mavzu. Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari

    Download 362,3 Kb.
    Pdf ko'rish