participate in short conversations with others




Download 5.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana20.06.2023
Hajmi5.41 Mb.
#74418
1   2   3
Bog'liq
2022йил 4 сон
Mehrni unutma, mexanika, 1. Qanday konfiguratsiyalarni bilasiz Kompyuterni yig\'ish qanda, 2 5384177809788764218, Geotex.Foyd.adabiyotlar, 1266109, 8-16 ТЖБАКТ, matematika-tadbir-bayonnoma, Baxtiyor.uz-Tarjimai-hol, MY CAPITAL ENGLISH TRADITIONS., 1-mavzu, Bino va inshoatlardagi alohida konstruktiv elementlarini texnik holatini baholash, BOSHLONG\'ICH SINF O\'QUVCHILARNING AXBOROT SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISH, 1-курс практика

participate in short conversations with others. 
Stuttering can develop, generally resulting 
in slowed-down speech with a few letter 
enunciation errors (f, v, s, z). At the beginning 
of this stage toddlers tend to be missing 
function words and misunderstand how to 
use verb tenses. Over time they start including 
functional words, pronouns, and auxiliary 
verbs. This is the stage at which most children 
FILOLOGIYA FANLARI


131 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
can pick up on emotional cues of the tone 
of adults' conversation. If negative feedback 
is distinguished by the child, this ends with 
fear and avoidance of the associated verbal 
and nonverbal cues. Toddlers develop the 
skills to listen and partially understand what 
another person is saying and can develop 
an appropriate response. 5–10 years of age: 
Much language development during this 
time period takes place in a school setting. 
At the beginning of the school age years, a 
child's vocabulary expands through exposure 
to reading, which also helps children to learn 
more difficult grammatical forms, including 
plurals and pronouns. They also begin to 
develop metalinguistic awareness which 
allows them to reflect and more clearly 
understand the language they use. They 
therefore start to understand jokes and 
riddles. Reading is a gateway for learning new 
vernacular and having confidence in complex 
word choices while talking with adults. This 
is an important developmental stage socially 
and physiologically for the child. School-aged 
children can easily be influenced through 
communication and gestures. As children 
continue to learn communication, they realize 
the difference between forms of intentions 
and understand that there are numerous 
different ways to express the same intent, 
with different meaning
3
. 10–18 years of age: 
By the age of 10, the child's cognitive potential 
has matured and they can participate fully and 
understand the purpose of their conversations. 
During this time, the sophistication and 
effectiveness of communication skills 
increase and understanding of vocabulary and 
grammar increases as a result of education. 
Adolescents go through changes in social 
interactions and cognitive development 
that influence the way they communicate. 
They often use colloquial speech (slang), 
however, which can increase confusion and 
misunderstandings
4
. An individual's style 
of interpersonal communication depends 
on who they are communicating with. Their 
relationships change influencing how they 
communicate with others. During this period, 
adolescents tend to communicate less with 
their parents and more with their friends. 
When discussions are initiated in different 
channels of communication, attitude and 
predispositions are key factors that drive 
the individual to discuss their feelings. This 
also shows that respect in communication 
is a trait in interpersonal communication 
that is built on throughout development. The 
3 S.Thornbury, How to teach writing, Pearson 2016 p 93.
4 S. Thornbury, How to teach vocabulary, Pearson 2016 p 34.
5 L. Freeman and Anderson Techniques and Principles in Language Teaching, Oxford p 52.
6 J. Kang Shin Teaching young learners English, National Geographic Learning p 114.
end of this adolescent stage is the basis for 
communication in the adult stage. 
Children versus adults Language 
development and processing begins before 
birth. Evidence has shown that there is 
language development occurring antepartum. 
De Casper and Spence performed a study in 
1986 by having mothers read aloud during the 
last few weeks of pregnancy. When the infants 
were born, they were then tested. They were 
read aloud a story while sucking on a pacifier; 
the story was either the story read by the mother 
when the infant was in utero or a new story. 
The pacifier used was able to determine the 
rate of sucking that the infant was performing. 
When the story that the mother had read 
before was heard, the sucking of the pacifier 
was modified. This did not occur during the 
story that the infant had not heard before. The 
results for this experiment had shown that the 
infants were able to recognize what they had 
heard in utero, providing insight that language 
development had been occurring in the last 
six weeks of pregnancy
5
. Throughout the first 
year of life, infants are unable to communicate 
with language. Instead, infants communicate 
with gestures. This phenomenon is known as 
prelinguistic gestures, which are nonverbal 
ways that infants communicate that also had 
a plan backed with the gesture. Examples of 
these could be pointing at an object, tugging 
on the shirt of a parent to get the parent's 
attention, etc. Harding, 1983, devised the 
major criteria that come along with the 
behavior of prelinguistic gestures and their 
intent to communicate
6
. There are three major 
criteria that go along with a prelinguistic 
gesture: waiting, persistence, and ultimately, 
development of alternative plans. This process 
usually occurs around 8 months of age, where 
an appropriate scenario may be of a child 
tugging on the shirt of a parent to wait for the 
attention of the parent who would then notice 
the infant, which causes the infant to point to 
something they desire. This would describe 
the first two criteria. The development of 
alternative plans may arise if the parent does 
not acknowledge what the infant wants, 
the infant may entertain itself to satisfy the 
previous desire. 
As a conclusion I can say that learning 
the language is very crucial nowadays in 
all educational spheres, for that reason all 
teachers should increase their language 
learning abilities during teaching through the 
different pedagogical methods.
FILOLOGIYA FANLARI


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
132 
АLISHER NАVOIY IJODIDА АKS 
ETGАN BOSHQАRUV MАSАLАSIGА 
OID BА’ZI MULOHАZАLАR
Ikrom Qo‘chqarovich Bo‘ronov -
o‘qituvchi, Jizzax davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada Xuroson davlatining o‘z davridagi yuksalishiga shaksiz, katta 
hissa qo‘shgan Navoiy shunchaki topshiriqlarni bajarish bilan emas, balki tashabbus ko‘rsatish, tashkil 
etish, taʼminlash va nazorat qilish, boshqaruv faoliyati haqida nodir qarashlar bilan ham buyuk davlat 
arboblari qatoridan joy olgani yoritib beriladi.
Аннотация: В статъе также подчеркивается тот факт, что Навои, несомненно внесший 
значител-ный вклад в становление Хорасанского государства, был государственным 
деятелем, обладавшим уникалными взглядами в решении государственных проблем и 
инициативностю в организационных и надзорных вопросах.
Abstract: The article also emphasizes the fact that Navoi, undoubtedly making a significant 
contribution to the formation of the Khorasan state in his time, was not only one of the great statesmen 
in fulfilling thestate tasks, but also with his unique views on initiative, organization, provision and 
control.
Kalit so‘zlar: siyosiy jarayonlar, harbiy munosabatlar, boshqaruv tizimi, siyosiy guruhlar, tabaqalar 
va ularning o‘rtalaridagi munosabatlar, boshqaruv qarorlari, ijtimoiy ahvol, iqtisodiy munosabatlar, 
diplomatik aloqalar, “Xazoyin ul-maoniy”, “G‘aroyib us-sig‘ar”, “Navodir ush-shabob”, “Badoyiʼ ul-vasat”, 
“Favoyid ul-kibar”.
Ключевые слова: политические процессы, военные отношения, система управления, 
политические группы, классы и отношения между ними, управленческие решения, социалная 
ситуация, экономические отношения, дипломатические связи, «Хазаин ал-маани», «Гараиб ас-
сигар», «Навадир аш-шабаб», «Бадои ал-васат», «Фавоид ал-кибар».
Keywords: political processes, military relations, system management, political groups, classes 
and relations between them, management decisions, social situation, economic relations, diplomatic 
ties, «Khazain ul-maaniy», «Garaib us-sigar», «Navadiru sh-shabab», «Badoi ul-wasat», «Favoid ul-
kibar».
Navoiy mutlaq monarxiya hukmronligi 
davrida yashadi. Umuman tarixiy hukmdorlar 
haqida gapirganda ularning mutlaq monarxlar 
bo‘lganligini taʼkidlash kerak. Аlbatta, Husayn 
Boyqaro nozik ko‘ngilli, sheʼriyat, adabiyot, 
tarix va boshqa bir qator fan va sanʼat turlarini 
yaxshi tushunuvchi olim va shoir tabli inson 
bo‘lganligi tarixdan maʼlum. Shu bilan birga 
uning birlamchi ishi mamlakatni idora qilish va 
bu jarayonlarda o‘z davlati, siyosati, boshqaruvi, 
maqsad va manfaatlariga qarshi turganlarni 
beshafqat jazolash bilan ham belgilanardi. 
Bu jihatlardan u boshqa hukmdorlardan katta 
farq qilmasdi, deyish mumkin. Hukmdorga xos 
bu majburiyatlar O‘rta asrlarda barcha xalqqa 
maʼlum edi va hukmdor ham xalqni, boshqaruv 
tizimini, xizmatchi va xodimlarni qo‘rquv va 
umid orasida tutish bilangina o‘z saltanatini 
saqlab tura olishini yaxshi tushungan. 
Boshqaruv tizimi xodimlari ham buni yaxshi 
anglashar edi. Lekin yashash uchun kurash 
jarayonlari ularni kerak bo‘lsa maqsadlari 
yo‘lida hohlagan vaqtida kuydirib yuborishi 
mumkin bo‘lgan ajdarho og‘zida ushlashdan 
qaytara olmas edi. Navoiy bu holatni tasvirlar 
ekan, “Shohni ajdarhog‘a nisbat qilibturur kim”, 
unga xizmat qilishdan odamlarning “ganj umidi 
ham” (boylik, farovonlik hokimiyat va boshqa) 
va “ranj biymi ham” (xavf-xatarlarga duchor 
bo‘lish qo‘rquvi) borligini taʼkidlaydi. Аlbatta, 
Navoiy davridagi boshqaruv tizimida yo‘l 
qo‘yilgan xato yoki qarshiliklar uchun jazolash 
tamoyillari bugungi demokratik davlatchilik 
tizimlari jazolash tamoyillaridan katta farq 
qiladi. Navoiy bu mazmunni quyidagi qitʼasida 
bayon etgan:
Jahon ganjina shoh erur ajdaho 
Ki, o‘tlar sochar qahri hangomida. 
FILOLOGIYA FANLARI


133 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
Аning komi birla tirilmak erur, 
Maosh aylamak ajdaho komida
1
.
“Badoyiʼ 
ul-vasat”. 
“Xazoyin 
ul-
maoniy”ning uchinchi devoni “Badoyiʼ ul-
vasat”, deb ataladi. Unda qaysi yosh va 
davridagi sheʼrlari to‘planganligini Navoiyning 
o‘zi shunday ifodalaydi: “Va kuhulat ayyomikim, 
o‘ttuz beshdin qirq beshga degincha qiyos 
qilsa bo‘lg‘aykim, bu fusulning xazonidurkim, 
tiriklik bog‘ining bargrezining nishonidur, aning 
taʼrifida “Badoyiʼ ul-vasat” bila o‘tkardim”
2

Navoiyning o‘z so‘zlaridan kelib chiqadigan 
bo‘lsak, mazkur sheʼrlar uning Husayn Boyqaro 
davlatida yuqori lavozimlarda shijoat bilan 
ishlab yurgan kezlarida qilingan ijod mahsuli 
sifatida namoyon bo‘ladi. Shu tufayli bo‘lsa 
kerak, boshqaruvga aloqador maʼnolarni 
ifodalashda Navoiy endi uning ko‘p sir-
asrorlarini egallagan, tajribali, boshqalarga 
o‘z tajribalaridan chiqargan xulosalari bilan 
yo‘l ko‘rsatadigan, ibratli rahbar mavqeida fikr 
yuritadi.
Mazkur devondan Navoiyning Husayn 
Boyqaroga atab yozgan bir qasidasi ham o‘rin 
olgan bo‘lib, unda shoir, albatta o‘z zamonasi 
va qasida anʼanasiga ko‘ra hukmdorni ko‘klarga 
ko‘tarib maqtaydi. Uni xalq istagan hukmdor 
sifatida taʼriflaydi. Lekin, Husayn Boyqaro 
chindan ham xalq istagan hukmdor edimi? 
O‘sha davr tarixiy voqeligini kuzatadigan 
bo‘lsak, shuni aytish kerakki, Husayn Boyqaro 
hokimiyatni qo‘lga olguniga qadar Xuroson 
ham, Hirot ham nizolar makoniga aylangan edi. 
Uni bir tomondan Movarounnahr hukmdorlari 
qo‘lga olishga intilgan bo‘lsalar, ikkinchi 
tomondan atrofdagi kichikroq hukmdorlar ham 
shunga harakat qilishar, oqibatda xalq ham, 
boshqaruv tizimi ham tinchlik, barqarorlikka 
erisha olmayotgan edi. Hukmdorlarning tez-
tez almashinuvi boshqaruv tizimini ham izdan 
chiqargan, xizmatchi va xodimlar ko‘pga 
bormas va doimiy tahlikada hayot kechirganlar. 
Husayn Boyqaro hokimiyatni qo‘lga olgandan 
keyin, o‘z atrofi, yaʼni mamlakat chegaralari 
va boshqaruv tizimini mustahkamladi va bu 
natija berib, mamlakatda ancha barqarorlik 
yuzaga keldi. Shu kabi boshqaruv tizimi 
xodimlarida ham barqaror faoliyatga ishonch 
mustahkamlandi. Mana shu nuqtai nazardan 
olganda Navoiy aytganidek, Husayn Boyqaro 
o‘z faoliyatining boshlanishida ham jamiyat va 
ham boshqaruv tizimi tarkibi istagan hukmdor 
edi. Keyinchalik, o‘n yillardan so‘ng Navoiy uni 
ichkiligu maishatga berilib ketib, birgalikda 
qilgan orzulari barbod bo‘lganligini aytib 
afsuslangan edi. 
Qasidada Navoiy Husayn Boyqaroga 
tegishli bo‘lgan ayrim xislatlarni ham taʼriflab 
1 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20жилдлик. 4-жилд. Наводир уш-шабоб. – Тошкент: Фан, 1989. 500 -bet
2 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20жилдлик. 3-жилд. Ғаройиб ус-сиғар. – Тошкент: Фан, 1988.18-bet
3 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20жилдлик. 5-жилд. Бадойеъ ул-васат. – Тошкент: Фан, 1990.488-bet
4 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20жилдлик. 5-жилд. Бадойеъ ул-васат. – Тошкент: Фан, 1990.493-bet
5 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20жилдлик. 5-жилд. Бадойеъ ул-васат. – Тошкент: Фан, 1990.492-bet
o‘tadi. U o‘z do‘stini boshqaruv ishlarini 
tashkil qilish va olib borishda “Doroyi azim”ga 
o‘xshatadi. Fanlar ichida, ayniqsa, ko‘ngil fani 
bo‘lgan sheʼriyatga, cheksiz sirlar makoni 
bo‘lgan osmon yoritqichlari ilmi – ilmi nujum 
(astronomiya va astrologiya)ga, musiqaga, 
xususan, chang cholg‘usiga qiziqishlari baland 
bo‘lgani, changda hatto, Navoiy sheʼriga 
kuy bastalagani, unga yaqin bo‘lganlar ham 
uning bu sohalardagi bilimlariga hurmat bilan 
qaraganini yozadi:
Soz etib changu tuzub ul unga ruhafzo 
surud,
Kim, malak ko‘ngliga solib aysh ila may 
rag‘batin.
Cholibon naqshu amal bog‘lab Navoiy 
sheʼrig‘a,
Iyd jashni xush tutarg‘a shoh bazmi 
ishratin
3
.
Navoiy taʼrifiga ko‘ra Husayn Boyqaro 
turli ilmu kasb ustalari bilan nihoyatda 
xushmuomalada bo‘lgan, ular unga hatto 
hukmdor emas, o‘zlarining yetakchi ustozlari 
kabi qarashgan. Bu Husayn Boyqaroning oddiy 
xalqning ko‘ngliga yo‘l topa olish, sheʼriyatda 
qator shoirlarni hijolat chektiradigan qobiliyat, 
boshqaruvda so‘z bilan, yumshoq muomala 
bilan amaldorlar ko‘nglini ola bilish kabi 
salohiyatiga ega bir rahbar bo‘lganligini ham 
bildiradi:
Tabʼing ollinda sahob andoq hayodin 
terlabon,
Kim, hamul sudin yub o‘zdin durfishonlig‘ 
tuhmatin.
Hilming ollinda jibol andoq o‘zin topib 
xafif,
Kim, tahattukda begonmay barqi Xotif 
surʼatin
4
.
Shu bilan birga Navoiy tavsifiga ko‘ra 
hukmdor nizoli vaziyatlarda birov yaqinlasha 
olmaydigan darajada qahrli, Rustam kabi 
qaytmas va urush yoki nizolarni hal qilishning 
eng yaxshi choralarini topishda o‘tkir aql 
sohibi, yengilmas jangchi xislatlariga ega 
bo‘lgan. Shunday salohiyatga ega bo‘lsa-da, 
Navoiy uni “shohlar darveshi” sifatida taʼriflab 
kamtarligini ko‘p bora taʼkidlaydi:
Shohlar darveshiyu darveshlar shohiki, 
haq
Shoh qildi suvratin, darvesh qildi siyratin
5

Navoiy xizmat xodimlarning odamlar 
bilan muloqot qilish masalalariga doir ayrim 
tajribalarini ham sheʼrga solgan. Uning ijodini 
o‘rganish natijalaridan bizga maʼlumki, u 
odamlarni boy yoki kambag‘alga ajratmagan, 
hatto ayrim sheʼrlarida qayd etilganidek, 
yaxshi va yomonga ham ajratmagan, chunki 
FILOLOGIYA FANLARI


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
134 
bu haqda o‘zi keyinchalik “Kimga qildim bir 
vafokim, yuz jafosin ko‘rmadim”, deb yozgan 
edi. Odamlarga ularning mulkdorligiga qarab 
muomalada bo‘lish Navoiy el mushkulini hal 
qilish vazifasini bajaradigan lavozimiga ham, 
maʼnaviyatni g‘oyatda chuqur his etadigan 
qalbiga ham to‘g‘ri kelmas edi. U davlat 
xizmati xodimlariga ish, shart-sharoitlar, 
vaziyat, holat va umuman boshqaruvchi 
xabardor bo‘lishi kerak bo‘lgan har qanday 
maʼlumotlar, suhbatlarda qandaydir alohida 
kishilarga bog‘lanib qolmaslik, ularning turli-
tuman bo‘lishiga erishish va bunda, albatta, 
xabar, maʼlumot, gapni kim gapirayotganligiga 
emas, aytilgan gapning nimaga arzishiga 
ahamiyat berish kerakligini uqtiradi. Shu 
maʼnoda bo‘lsa kerak, uning bu boradagi 
tamoyili hazrati Аli ibn Аbu Tolibning “unzur 
limoqola lotanzur limanqola”, degan iborasiga 
asosan odamlarning kimligiga emas, aytgan 
so‘zlarining maʼnosiga eʼtibor qaratish bo‘lgan:
Chun g‘araz so‘zdin erur maʼni anga,
Noqil o‘lsa xoh xotun, xoh er.
So‘zchi holin boqma, boq so‘z holini,
Ko‘rma kim ne der ani, ko‘rgilkim ne der
6
.
To‘g‘rilik har bir ishda bugungi rahbar 
shaxslarning ham oldida turadigan muhim 
talablardan hisoblanadi. To‘g‘rilikdan voz 
kechilishi, undan chekinilishi boshqaruvchining 
ham, boshqaruvning ham yuzlab illatlar hosil 
qilishiga olib boradi, bu illatlar zanjir kabi 
bog‘lanib, bir-birini hosil qiladiki, keyin uning 
chigalini ming urinish bilan yechib bo‘lmaydi.
Аslida boshqaruv ishida chigalliklarning 
yuzaga kelishi Navoiy qarashlari bilan ham 
aytganda mana shu to‘g‘rilikning inkor 
etilishidadir. Navoiy butun umr targ‘ib qilgan 
adolatning asosi ham to‘g‘rilik bilan bog‘lanadi. 
Biroq, to‘g‘rilikni niqob qilib olib, hammani to‘g‘ri 
bo‘lishga chorlab, o‘zi allaqachonlar undan voz 
kechgan boshqaruv xodimlari Аlisher Navoiy 
davrida ham bo‘lgan. Yuqorida aytilgani kabi, 
odamlar boshqaruv xodimlari xatti-harakati, 
feʼl-atvori, munosabatlaridan o‘rnak oladilar, 
ular to‘g‘ri bo‘lsa bular to‘g‘ri, ular egri bo‘lsa, 
bular egri. Bu masalalar haqida Navoiy kelajak 
avlodlarga ajoyib bir qitʼa hadya qilib ketgan:
Tuzlukka moyil o‘lki, ishing borg‘ay ilgari,
Yuz mushkul o‘lsa, yo‘qsa ming ollingda 
har zabon.
Yuz safha bir qalam bila kotib qilur raqam,
Ming qo‘yni bir aso bila har yon surur 
chubon
7
Bugungi kunda boshqaruv madaniyatiga 
doir maʼnaviy xislatlar ko‘plab tadqiqotchilar 
tomonidan 
o‘rganilgan, 
tahlillar 
qilinib, 
mezonlashtirilgan, hatto ular yuzasidan 
taʼlim berish texnologiyalari va mexanizmlari 
ishlab chiqilgan. Shunga qaramay boshqaruv 
6 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20жилдлик. 5-жилд. Бадойеъ ул-васат. – Тошкент: Фан, 1990.497-bet
7 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20жилдлик. 5-жилд. Бадойеъ ул-васат. – Тошкент: Фан, 1990.498-bet
8 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20жилдлик. 5-жилд. Бадойеъ ул-васат. – Тошкент: Фан, 1990.510-bet
9 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20жилдлик. 3-жилд. Ғаройиб ус-сиғар. – Тошкент: Фан, 1988.18-bet
xizmati xodimlarini jamiyat ichida yetarli obro‘-
eʼtiborga ega deb bo‘lmaydi.
Nazarimizda, bu ularning boshqaruv 
lavozimlari uchun belgilangan vazifalaridan 
tashqari, 
o‘z 
maʼnaviy 
xarakterlaridagi 
kamchiliklaridan yuzaga kelayotgan holat 
deyish mumkin. Shu maʼnoda Navoiy kishining 
obro‘-eʼtibori to‘kilishi, qadrsizlanishi, el 
nazaridan qolishining sabablari ularning “tund” 
(darg‘azab)lik, “baxl” (yaxshilik istamaslik) 
va “molga maylu hirs” kabi xislatlaridan kelib 
chiqishiga ishora qilgan:
Uch kishidan uch ish yomon ko‘rinur,
Sanga arz aylay ahli dunyodin:
Shohdin tundlug‘, g‘anidin baxul,
Molg‘a maylu, hirs donodin .
Navoiy insonni manfaatlar boshqarishini 
taʼkidlab o‘tadi. Kim bo‘lishidan qatʼiy nazar 
insonlar o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlarida 
muayyan 
manfaatlarni 
ifodalaydilar. 
Lekin, nazarimizda, Navoiyni ajablantirgan 
narsa 
shundan 
iboratki, 
boshqaruv 
tizimida faoliyat ko‘rsatadigan kishilarning 
aksariyatida bu manfaat taʼmadan iboratdir. 
Ular o‘z faoliyatlarida taʼmaning xilma-xil 
ko‘rinishlarini namoyon etadilar va bularni 
mehnat faoliyatlarining asosiy maqsadiga 
aylantiradilar. Ijtimoiy manfaatlarga xizmat 
qilishga yo‘naltirilgan boshqaruv lavozimida 
turib, manfaatlarni shunday toraytirish 
ko‘plab boshqaruvchilarga xoski, bu davlat va 
siyosat ishini ortga sudrashning eng asosiy 
sabablaridan biridir. Toki boshqaruv tizimidagi 
har bir lavozimda manfaat shu lavozimdan 
ko‘zlangan manfaat darajasiga yetmas ekan, 
jamiyat hayotida o‘zgarish yuz bermaydi. 
Navoiyning bu qarashini uning hikmatlaridan 
biri deyish mumkin, chunki u buni o‘z hayoti 
bilan isbotlagan davlat arboblaridan biri 
hisoblanadi:
Ey Navoiy, ahli olamda tamaʼsiz yo‘q kishi,
Har kishida bu sifat yo‘qtur, anga bo‘lg‘ay 
sharaf.
San agar tarki tamaʼ qilsang, ulug‘ ishdur 
bukim,
Olam ahli barcha bo‘lg‘ay bir taraf, sen bir 
taraf
8

“Favoyid 
ul-kibar”. 
“Xazoyin 
ul-
maoniy’dagi mazkur devon Navoiyning o‘zi 
taʼkidlab o‘tgani kabi keksaygan davrlaridagi 
sheʼrlarini va ular tarkibida ifodalagan 
qarashlarini qamrab oladi: “Va qirq beshdin 
oltmish yaqinig‘achakim taʼyin qilsa bo‘lg‘aykim, 
bu fusulning qishidurkim, kishining xam qad 
bila adam yo‘lig‘a kirib, zamon ahli bila xayrbod 
qilishidur, aning duosida “Favoyid ul-kibar”; bila 
nihoyatqa yetkurdum”
9
.
Аlisher Navoiyning yoshiga oid hayoti 
va faoliyatiga eʼtibor qaratadigan bo‘lsak, bu 
FILOLOGIYA FANLARI


135 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
1485 yillardan keyingi davrlarni o‘z ichiga 
qamrab oladi. O‘sha davrda Navoiy davlat 
xizmatida bo‘lib, ikki yilga yaqin Mozandaron 
viloyatining hokimi lavozimida ishlagan bo‘lsa, 
keyin umrining oxiriga qadar “muqarrabi 
hazrati Sulton” (bosh davlat maslahatchisi) 
maqomida bo‘ldi. Yuqorida biz Navoiyning 
o‘sha davrda ijtimoiy, iqtisodiy, xalqaro 
munosabatlar, madaniy, maʼrifiy nuqtai 
nazardan amalga oshirgan bir qator ishlariga 
to‘xtalib o‘tgan edik. Navoiy garchi rasmiy 
lavozimda bo‘lmagan esa-da, Husayn Boyqaro 
uning davlat xizmatidagi yuksak mavqeini 
saqlab qolgan. Navoiy davlat hokimiyati 
yig‘inlarida ilgarigi kabi o‘z maqomida va 
hamisha ko‘riladigan masalalarga munosabat 
bildirish imkoniga ega bo‘lgan va uning o‘sha 
davr siyosiy tizim barqarorligini taʼminlashda 
katta xizmatlari bo‘lgan. Masalan, Navoiy 
umrining so‘nggi yillarida Husayn Boyqaro 
Mashhadga safar qiladi va u yerda uzoq 
ushlanib qoladi. Navoiy bir tomondan bemor, 
boshqa tomondan haj safariga chog‘lanib 
yurgan bo‘lsa ham, mamlakat ishlariga befarq 
qaray olmagan. Hatto, siyosiy idora tizimi va 
obro‘li jamoat vakillari uning oldiga Husayn 
Boyqaro safardan qaytguniga qadar haj safarini 
kechiktirib turishni iltimos qilib kelganlari ham 
maʼlum. Bularning barchasi Navoiyning davlat 
siyosiy hokimiyati va jamiyat orasida juda 
katta mavqega ega bo‘lganligini isbotlaydi.
Navoiyning 
keksalik 
davridagi 
boshqaruvga oid qarashlari ana shu jihatlarga 
ko‘ra ham asosan pand-nasihatlar tarzida o‘z 
ifodasini topadi. Mazkur nasihatlarda Navoiy 
endi umumiy, boshqaruv tizimining barcha 
vakillariga birday tegishli bo‘lgan masalalarda 
fikr yuritadi. Masalan, bir qitʼasida u shunday 
deydi:
Har kishikim topsa davron ichra johu 
eʼtibor Kim, aning zotida bedodu sitam bo‘lg‘ay 
qilig‘. 
Yaxshilig‘ gar qilmasa, bori yomonlig‘ 
qilmasa,
Kim, yomonlig‘ qilmasa, qilg‘oncha 
bordur yaxshilig‘
10
.
Yaʼni, ko‘pgina insonlar davr kelib, ulug‘lar 
nazariga tushib, mansab-u lavozimlarga 
erishadilar va jamiyat eʼtiboriga tushadilar. 
Lekin, bu erishgan maqomlari ularni yanada 
yaxshilik sari emas, zulmu sitam, yomonlig-u 
zararkunandalik sari o‘zgartirib yuboradi. 
Navoiy ularga murojaat qilar ekan, amal, 
lavozimlarga erishganda yaxshi xislatlarni 
saqlab qolish, odamlarga yaxshilik qilish, hech 
10 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдлик. 6-жилд. Фавойид ул-кибар. – Тошкент: Фан, 1990. 523-bet
11 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдлик. 6-жилд. Фавойид ул-кибар. – Тошкент: Фан, 1990. 529-bet
12 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдлик. 6-жилд. Фавойид ул-кибар. – Тошкент: Фан, 1990. 541-bet
bo‘lmaganda yomonlik qilishdan tiyilishga 
chaqiradi.
Boshqaruv sohasida keng eʼtibor 
qaratiladigan 
masalalardan 
biri 
shuki, 
boshqaruvchining 
boshqalar 
bilan 
qiladigan muomalasidir. Ko‘plab boshqaruv 
masalalariga qaratilgan tarixiy asarlarda 
odamlar bilan muomalada qahrdan tiyilish va 
xushmuomalali bo‘lish taʼkidlab kelinadi. Bu 
haqda Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk, 
Kaykovuslarning asarlarida ham batafsil 
to‘xtalib o‘tilgan. Navoiy ham o‘z asarlarida bu 
masalaga eʼtibor qaratib, uning muhimligini 
taʼkidlab o‘tgan. O‘sha asarlarida Navoiy 
ko‘proq boshqaruv tizimidagi faoliyatda so‘z 
muhim ahamiyat kasb etib, xodim o‘zi ifoda 
etgan so‘zi bilan muayyan voqeʼlikni yuzaga 
keltirishiga ishora qiladi. Bu voqeʼlik yo o‘zi 
yoki boshqa birov uchun halokatli bo‘lishi 
mumkinligi, shuning uchun biror bir masala 
yuzasidan fikr bildirishda uni aylantirib, 
cho‘zish kerak emasligini taʼkidlaydi:
Og‘zinga kirgan takallum rishtasin 
chekma uzun,
Kim bu ishtin sarnigunluq yuzlanib, 
nuqson kelur. 
Ko‘rki, chun og‘zig‘a kirgan rishtasig‘a 
berdi tul, 
Аnkubut al rishtadin har dam nigunsor 
osilur
11
.
Mazkur devondan Аlisher Navoiyning 
bir qator fardlari ham o‘rin olganki, ular 
boshqaruv tizimi xodimlariga, umuman 
olganda, barcha odamlarga birdek taalluqliligi 
bilan, shuningdek, chuqur hikmatli mazmuni 
bilan eʼtiborni tortadi va ayni vaqtda ular katta 
tarbiyaviy ahamiyat ham kasb etadi. Masalan:
Kishi aybin yuziga qilma izhor,
Taammul ayla o‘z aybingg‘a zinhor
12
.
Navoiyning mazkur kulliyotiga oid va 
boshqa janrda yozilgan sheʼrlarida ham 
uning boshqaruv haqidagi keng miqyosdagi 
qarashlari o‘z ifodasini topgan. 
Xulosa qilib aytganda, biz bu o‘rinda 
Аlisher Navoiyning davlat, siyosat, hukmdor, 
siyosiy 
tizim, 
boshqaruv 
madaniyati, 
boshqaruv xodimlari va ularning o‘ziga xos 
va farqlanuvchi xususiyatlari haqida “Xazoyin 
ul-maoniy” devonlaridagi ayrim qitʼalarida 
ifodalangan qarashlarigagina to‘xtalib o‘tdik. 
Navoiyning 
davlat, 
jamiyat, 
boshqaruv 
madaniyati, 
insonparvarlik 
masalalariga 
qaratilgan qarashlari uchun xarakterli bo‘lgan 
g‘oyalar uning lirik sheʼriyatida keng o‘rin 
egallaydi.
FILOLOGIYA FANLARI


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
136 
FRAZEOLOGIK SINONIMLARNINIG 
LEKSIK FORMAL TARKIBI TADQIQI
Dilshod G‘aybullayevich Ochilov -
o‘qituvchi, Jizzax davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya: Mazkur maqola frazeologik sinonimiya masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, bunda 
ikki komponentli frazeologik sinonimlar, ularning grammatik qurilishi, grammatik qurilishi bir xil 
bo‘lgan frazemalar, ot va fe’l, ot va sifat modelida tuzilgan frazeologizmlar tadqiq etilgan.
Аннотация: Данная статъя посвящена вопросам фразеологической синонимии, в 
которой рассматриваются фразеологические синонимы с двумя компонентами, изучение их 
грамматической конструкции, словосочетания с одинаковой грамматической конструкцией, 
фразеологизмы, образованные по модели существителного и глагола, существителного и 
прилагателного. учился.
Abstract: This article is devoted to the issues of phraseological synonymy, in which 
phraseological synonyms with two components, the study of their grammatical construction, 
phrases with the same grammatical construction, phraseological units formed in the model of 
noun and verb, noun and adjective are studied.
Kalit so‘zlar: frazeologik sinonimiya, sinonimiya, frazeologik variatsiya, grammatik qurilish, 
komponent, model, sintaktik vazifa.
Ключевые слова: фразеологическая синонимия, фразеологическая вариация, 
грамматическая конструкция, компонент, модел, синтаксическая функция.
Keywords: phraseological synonymy, synonymy, phraseological variation, grammatical 
construction, component, model, syntactic function.
Frazeologik 
sinonimiya 
masalalari 
tilshunos olimlarninig diqqat e’tiborini doimo 
tortib kelgan. Sinonimiya masalalari ko‘proq 
leksikaga nisbatan qo‘llanilgan va ular leksik 
materiallar asosida ilmiy tadqiq etilgan. 
Frazemalarga nisbatan esa sinonimiya 
tushunchasini birinchi bo‘lib tilshunoslikka 
A.V.Kunin tatbiq etgan. Keyinchalik esa rus 
tili va yevropa tillari asosida frazeologik 
sinonimiya tadqiq etilib, ko‘plab ilmiy 
maqolalar, monografiyalar, dissertatsion ishlar 
yuzaga keldi. 
O‘zbek tilida frazeologik sinonimiya 
masalalariga bag’ishlangan ilmiy tadqiqot ishi 
birinchi bo‘lib Sh.Rahmatullayev tomonidan 
amalga oshirilgan. U o‘zining “O‘zbek 
frazeologiyasininig ba’zi masalalari” nomli 
asarida tilimizdagi frazeologik sinonimiyaninig 
eng muhim jihatlarini tadqiq etgan. Shu bilan 
birga frazeologik sinonimiya va variatsiya 
masalarininig 
ayrim 
bahsli 
o‘rinlarga 
munosabat bildirgan. Olim frazeologik 
variatsiyada frazeologik ma’noni yuzaga 
keltiruvchi omil sifatida qaraydi. Shuningdek, 
u yana asarida frazeologik sinonimiyalarninig 
yuzaga kelishi frazeologik shakllanishning 
1 Ш.Раҳматуллаев. Ўзбек фразеологиясининиг баъзи масалалари, 1966,Тошкент, 61- бет.
yuzaga kelishiga sabab bo‘lishini ta’kidlaydi. 
Frazeologik sinonimiya yangi formaninig 
yuzaga kelishi emas. Frazeologik sinonimiya 
yangi forma va o‘xshash ma’noli til birligininig 
yuzaga kelishidir. Shu ma’noda frazeologik 
sinonimiyani formal o‘rganish ham ilmiy 
qimmatga, amaliy ehtiyojga ega va ular o‘zbek 
tilidagi frazeologik birliklarning taxminan 
to‘rtdan biriga (iboralarning 20-25 foiziga) 
xos
1
, deb ta’kidlab o‘tadi. Keyingi tadqiqotlar 
ham frazeologik sinonimlarning miqdori 
taxminan to‘g‘riligini tasdiqlaydi. Shunday 
ekan ular ma’no jihatidan bir uyaga ikkitadan 
beshtagacha birlashishi mumkin. Aslida 
frazeologik sinonimiyada bir uyaga birlashgan 
frazemalarning leksik tarkibi turlicha bo‘lishi 
mumkin. Frazeologik sinonimiya bo‘lishi uchun 
leksik komponentning miqdori rol o‘ynamaydi. 
Ular anglatgan ma’no birinchi planga chiqadi. 
Umuman olganda bu frazeologik sinonimiya 
uchun formal holat hisoblanmaydi va unga 
asosan frazemaning ma’no mutanosibligi 
hisobga olinadi. Shu sababli ham leksik 
sinonimiya ot so‘zlar orasida ko‘plab uchraydi. 
Frazeologik sinonimiyada esa birinchi o‘rinni 
fe’l turkumiga to‘g‘ri keluvchi iboralar egallaydi. 
FILOLOGIYA FANLARI


137 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
Misollar sifatida “adi-badi”ga bormoq - “san-
man”ga bormoq frazemalari fe’l so‘z turkumiga 
to‘g‘ri keluvchi frazema, “bag‘ri tosh” – “mehri 
tosh” kabi frazemalar sifat so‘z turkumiga mos 
keluvchi frazema, “bir og‘iz”dan - “bir ovoz”dan 
frazemalari esa ravish so‘z turkumiga to‘g‘ri 
keluvchi frazema, “kim biladi” – “xudo biladi” 
kabi frazemalar esa modal frazemalar 
sanaladi. Bunday frazemalarninig leksik tarkibi 
deyarli bir xildir. Ta’kidlash lozimki, bir so‘z 
turkumiga tegishli so‘zlargina sinonim bo‘lishi 
leksikaga xos hisoblanadi. Ammo frazemalar 
ham shunday yondashuvni saqlaydi. “Boshiga 
yetmoq” - “boshini yemoq”, “bahrini ochmoq” - 
“bahri ochildi”, “dimog‘i ochildi” - “dimog‘i chog‘ 
bo‘ldi” - “dimog‘ini chog‘ qilmoq” - “kayfi chog‘ 
bo‘ldi” - “kayfini chog‘ qilmoq” va boshqalar.
Ikki komponentli frazeologik sinonimlar: 
“aqli kirdi” - “aqlini tanimoq” kabi frazemalar 
ikki komponentli ot fe’l modelida qurilgan 
va unda faqat fe’llar o‘zgargan. Masalan: 
“yaxshi ko‘rmoq” – “ko‘ngil bermoq”, “javob 
bermoq” - “javob qaytarmoq”, “ko‘zi yetdi” - 
“aqli yetdi”, “qo‘ldan bermoq” - “boy bermoq”, 
“yo‘lga qo‘ymoq” - “yo‘lga solmoq”, “quloq 
solmoq” – “gapiga kirmoq”, “bo‘yniga olmoq” 
- “tan olmoq”, “esi og‘di” – “hushi ketdi”, “to‘g‘ri 
kelmoq”- “mos kelmoq”, “to‘g‘ri kelmoq” - “o‘ng 
kelmoq”, “baland kelmoq” - “ustun kelmoq” - 
“g‘olib kelmoq”, “boshi qotdi” - “miyasi qotdi” 
- “boshi shishdi”, “ko‘zi qiymadi” - “ko‘ngli 
bo‘lmadi” - “ko‘ngli bormadi”, “ko‘zi qiymadi”- 
“ko‘ngli bo‘lmadi” - “ko‘ngli bormadi”, “aqldan
ozmoq” - “esidan og‘moq”- “esi og‘di” va 
hokazo.
Frazeologik 
sinonimlarninig 
leksik 
tarkibini o‘rganish bir tomondan, iboralarda 
sinonimlik va variantlik masalasini hal etishda, 
ikkinchi tomondan, sinonimlarninig paydo 
bo‘lishini aniqlashda yordam beradi. 
Ikki iboraniing o‘zaro sinonim bo‘lishida 
komponentlarininig miqdori ahamiyatsiz. 
Sinonimlar ayrim hollarda ozroq, ayrim hollarda 
ko‘proq so‘zdan tarkib topgan bolishi mumkin. 
Bundan qat’iy nazar ko‘pchilik hollarda 
sinonim iboralar tarkibida qatnashuvchi 
komponentlarninig miqdori son jihatdan 
bir-biri bilan teng bo‘ladi. Bu ayniqsa, ikki 
komponentli iboralar orasida ko‘p uchraydi. 
Uch komponentdan tashkil topgan bir qancha 
iboralar, shuningdek, to‘rt komponentdan 
tarkib topgan ba’zi sinonim iboralarda ham 
komponentlarninig miqdori teng bo‘ladi.
Komponentlarninig 
miqdori 
bir-biri 
bilan teng bo‘lmagan sinonimlarda turlicha 
nomutanosiblik mavjud: biri ikkita, biri uchta 
komponent, biri to‘rtta komponent, biri esa 
beshta komponentlardan iborat bo‘ladi.
Iboralarninig leksik tarkibini o‘rganishda 
bir tomondan, komponentlarninig miqdorini, 
ikkinchi tomondan, sinonimiya uyasidagi 
iboralarninig miqdorini hisobga olish zarur.
Ikki 
komponentli 
iboralarning 
bir 
komponenti ayni bir so‘z, ikkinchi komponenti 
esa boshqa so‘z bo‘ladi. Bunda so‘z 
komponentlar ot so‘z turkumiga xos bo‘ladi: 
ikki og‘iz – ikki shingil, og‘zi bormadi - tili 
bormadi, boshiga yetmoq - boshini yemoq, 
yo‘l olmoq - yo‘l solmoq. Fe’l so‘z bo‘ladi: jiniga 
yoqmaslik – jini suymaydi, ep bilmaslik – ep 
ko‘rmaslik, jigardan urmoq - yuragidan urmoq, 
jonini hovuchlab - yuragini hovuchlab, ichi qora 
- yuragi qora. Sifat so‘z bo‘ladi: duch kelgan - 
to‘g‘ri kelgan, ko‘ngli bo‘sh - ko‘ngli yumshoq, 
ko‘zi ochiq - ko‘zi tirik, haddan tashqari - haddan 
ziyod. Ba’zan olmosh va taqlidiy so‘z bo‘ladi: 
“san-man” ga bormoq - adi-badiga bormoq; 
kim biladi – xudo biladi.
Frazeologik sinonimlarning grammatik 
qurilishi 
tadqiqi. 
Frazeologizmlarning 
grammatik qurilishini aniqlash va o‘rganish 
nazariy jihatidan ham va amaliy jihatidan ham 
muhim ahamiyatga ega. Frazeologizmlar 
grammatik qurilishining o‘zaro o‘xshashlik va 
farqli tomonlarini o‘rganish, frazeologizlarning 
grammatik qurilishini, ularninig birikmaga 
yoki gapga tengligini aniqlash imkoniyatini 
yaratadi, grammatik shakllarga ega bo‘lishini, 
frazemalarning sintaktik vazifalarini, ularninig 
grammatik konteksti va leksik kontekstini va 
ularning variantlarining mavjudligini aniqlash 
imkoniyatini yaratadi.
Umuman 
olganda, 
frazemalarning 
grammatik qurilishi o‘zaro bir xil va har 
xil bo‘ladi. Ammo bular ham ma’lum belgi 
xususiyatlari bilan farqlanib turadi. Grammatik 
qurilishi jihatidan frazeologizmlar ikki guruhga 
ajratiladi.
Grammatik qurilishi bir xil frazemalar. 
Bu turga kiruvchi frazemalarning barchasi bir 
xil grammatik qurilishli bo‘ladi. 1. Frazemalar 
birikmaga teng qurilishli bo‘ladi. Grammatik 
jihatdan bir qurilishga ega bo‘lib, frazemalar 
komponentlarining grammatik bog‘lanish 
shakli, shuninigdek, qaysi turkum so‘zi bilan 
ifodalanishi ham bir xil bo‘ladi. Ya’ni shunday 
frazeologik modellar yuzaga keladi. Kuzatishlar 
shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘plab frazemalarning 
komponentlari ot bilan fe’ldan tarkib topadi. 
Bu frazeologik model eng ko‘p uchraydi. 
Ot 
va 
fe’l 
modelida 
tuzilgan 
frazeologizmlar. Bu frazeologizmlar asosan 
ikki komponentli bo‘lib, ular ot so‘z turkumiga 
va fe’l so‘z turkumiga tegishli bo‘ladi, misollar: 
FILOLOGIYA FANLARI


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
138 
yuragi yorildi, ko‘ngli ochildi, yoqasidan 
ushlamoq, hayratda qolmoq, ensasi qotdi, 
hafsalasi pir bo‘lmoq, o‘pkasi to‘lmoq, dog‘da 
qolmoq, terisiga sig‘maydi, g‘ashi kelmoq, 
yurakka sig‘maydi, esxonasi yorilmoq, g‘azabi 
qaynamoq, diydoring qursin, yer yetkur, uying 
kuysin, beting qursin, yuragini ochmoq, yuragini 
bo‘shatmoq, so‘zida turmoq, tulkilik qilmoq, 
ajab qilmoq, ajali yetmoq, azaga aylantirmoq, 
azob chekmoq, aynab qolmoq, aytishib qolmoq, 
alami kelmoq, aljib qo‘ymoq, amalga oshmoq, 
amalga minmoq, andishaga bormoq, arvoh 
urmoq, armonda qolmoq, baloga uchramoq, 
balodan qutilmoq, baloga qolmoq, barakasi 
uchmoq, bardosh bermoq, baxti ochilmoq, 
bas kelmoq, bag‘riga bosmoq, bag‘riga olmoq, 
bag‘rida ezmoq va boshqalar. Bular tilimizdagi 
frazeologizmlarning ko‘pchiligini tashkil etadi. 
Misollardan ko‘rinadiki, ular tuzilishiga ko‘ra ikki 
komponentli bo‘lib, morfologik xususiyatiga 
ko‘ra ot-fe’l modelida tuzilgan.
Shuni ta’kidlash kerakki, ular tarkibidagi 
birikma komponentlari grammatik jihatdan 
shakllangan bo‘ladi, ot va fe’l bir-biri bilan 
turlovchi va tuslovchi, ya’ni kelishik, egalik, 
tuslovchi affikslar bilan sintaktik munosabatga 
kirishadi. Jumladan, “hayratda qolmoq” 
frazeologizmida so‘zlar o‘zaro kelishik (-da) va 
fe’lning tuslovchi affikslari, “o‘pkasi to‘lmoq” 
frazeologizmida esa (-si) egalik va fe’lning 
tuslovchi affikslari, “yoqasini ushlamoq” 
birikmasida (-si) egalik, (-ni) kelishik affikslari 
va fe’lning tuslovchi qo‘shimchalari orqali 
o‘zaro sintaktik munosabatga kirishadi. 
Ot va sifat modelidagi frazeologizmlar. Bu 
frazeologizmlar o‘zaro grammatik usul bilan 
birikishidan tashqari leksik frazeologik usul 
bilan ham obrazli ifodalar hosil qiladi. Mazkur 
frazeologizmlar kishilar holatini, xarakterini 
va turli ko‘rinishlarini ifodalaydi: “ta’bi xira”, 
“ta’bi xufton”, “aqli kalta”, “kayfi buzuq”, “yuragi 
g‘ash”, “ahloqi buzuq”, “ko‘ngli xira”, “beti qattiq”, 
“baxti qora”, “yumshoq supurgi”, “yuragi keng”, 
“yuragi toza”, “bag‘ri keng”, “ko‘ngli toza”, “yuzi 
yorug‘”, “beli baquvvat”, “chehrasi ochiq”, “dili 
toza”, “vujudi pok”, “iymoni salomat”, “aqli 
butun”, “yuragi qora”, “dami baland”, “dili o‘tkir”, 
“tili shirin” va boshqalar. Gapda bular ega 
kesim munosabatiga ega bo‘lmaydi, chunki 
frazeologizmlar gapda bir sintaktik vazifani 
bajaradi, ularni gap bo‘laklariga ajratish 
maqsadga muvofiq emas. Shuningdek, 
sifat so‘z turkumi birikma oldida kelib 
frazeologizmlar hosil qiladi. Bularga “yumshoq 
supurgi”, “oq ko‘ngil”, “shirin so‘z”, “katta og‘iz”, 
“ochiq ko‘ngil”, “oq ko‘ngil”, “yengil oyoq”, “qora 
xat” va boshqalar misol bo‘la oladi. 
Ot-ot-fe’l modelidagi frazeologizmlar. 
Bu turkum frazeologizmlar turli ma’nolar 
kasb etadi. Ular ko‘pchilik holatlarda tugal bir 
fikrni anglatadi hamda grammatik jihatdan 
shakllangan bo‘lib, ular bu xususiyatlari bilan 
gapga tengdir. Masalan, “og‘zi qulog‘iga yetdi”, 
“og‘zining tanobi qochdi”, “labining tanobi 
qochdi”, “boshi ko‘kka yetdi”, “boshi osmonga 
yetdi”, “quvonchi ichiga sig‘maydi”, “do‘ppisini 
osmonga otmoq”, “ko‘kragi tog‘day ko‘tarildi”, 
“tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi”, “bag‘ri qon 
bo‘lmoq”, “yurak bag‘ri qon bo‘ldi”, “boshida 
tosh chaqmoq”, “boshida yong‘oq chaqmoq”, 
“boshi yostiqqa tekkanda”, “burnini osmonga 
ko‘tarmoq”, “bo‘yni yor bermadi”, “gapga gap 
qaytarmoq”, “dami ichiga tushib ketdi”, “dili 
siyoh bo‘ldi”, “jonidan umidini uzmoq”, “joni 
tomog‘iga keldi”, “ichidan it tirnadi”, “ichini 
mushuk tatalayapti”, “kuli ko‘kka sovurildi”, 
“ko‘zini yog‘ bosdi”, “ko‘zi moshdek ochildi” va 
boshqalar.
Frazeologik birliklarni kompleks, formal 
tahlil etish, ularning grammatik mohiyatini 
hamda 
frazeologik 
birliklarning 
milliy-
madaniy xususiyatlarini anglash, frazemalar 
tarkibidagi komponent leksemaning semantik 
strukturasidagi lingvo-madaniy ma’nosini 
izohlash imkoniyatini yaratadi. 
FILOLOGIYA FANLARI


139 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
KOMIL XORAZMIY G‘AZALLARIDA 
OBRAZLAR POETIKASI
Nigora Abdumannonovna Bo‘tayeva -
o‘qituvchi, Jizzax davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada Xorazm adabiy muhitining yorqin vakillaridan Komil Xorazmiy 
g‘azallarida obrazlar poetikasi masalasi tahlilga olingan. Xususan, g’azallarda oshiq-ma’shuqa-
raqib obrazlarining badiiy talqini germenevtik metod asosida o‘rganilgan. Shuningdek, maqolada 
keltirilgan g‘azallarning badiiy tahliliga, mazmuni va shoir badiiy mahoratiga ham e’tibor qaratilgan.
Аннотация: В данной статъе анализируется вопрос поэтики образов в газелях Камиля 
Хорезми, одного из ярких представителей литературной среды Хорезма. В частности, 
на основе герменевтического метода изучена художественная интерпретация образов 
любовника-любовника-соперника в газелях. Также внимание уделяется художественному 
анализу газелей, представленных в стате, их содержанию и художественному мастерству 
поэта.
Abstract: In this article, the issue of the poetics of images in the ghazals of Kamil Khorezmi, 
one of the prominent representatives of Khorezm's literary environment, is analyzed. In particular, 
the artistic interpretation of the images of lover-lover-rival in ghazals was studied based on the 
hermeneutic method. Also, attention is paid to the artistic analysis of the ghazals presented in the 
article, their content and artistic skill of the poet.
Kalit so‘zlar: Aruz she’r tizimi, Komil Xorazmiy ijodi, obraz masalasi, badiiy talqin, oshiq, 
ma’shuqa, raqib, shakl va mazmun.
Ключевые слова: система поэзии Аруз, творчество Камиля Хорезми, проблема образа, 
художественная интерпретация, любовник, возлюбленная, противник, форма и содержание.
Keywords: Aruz poetry system, Kamil Khorezmi's work, image problem, artistic interpretation, 
lover, mistress, opponent, form and content.
G‘azal Sharq mumtoz adabiyotida 
eng sermahsul va yetakchi janrlar sirasiga 
kiradi. Bilamizki, aruz she’r tizimi arab 
she’riyatida 
vujudga 
kelgan 
bo‘lsa-da, 
Sharq she’r dunyosida o‘z kamolotiga yetdi. 
Turli zamonlarda yaratilgan g‘azallar jilosi 
bugungi kun kitobxonining ham diqqat-
e’tiboridadir. Aytish lozimki, XIX asr oxiri-XX 
asr boshlari Xorazm adabiy muhitining yorqin 
vakillaridan biri Komil Xorazmiy g’azaliyoti 
adabiyotshunoslik ilmida atroflicha o‘rganilgan 
emas.Garchand o‘tgan asrda shoir hayoti 
va ijodi borasida tadqiqotlar olib borilgan, 
asarlari qayta- qayta nashr etilgan, ammo 
ijodkor asarlarining badiiy tahlili, g’azallardagi 
mazmun, shakl, obraz poetikasi masalalari 
yetarli darajada tadqiq qilinmagan. Bu daf’a siz 
bilan mumtoz she’riyatimizda o‘z ovoziga ega 
bo‘lib, zamonasida salmoqli darajani ishg‘ol 
etgan shoir Komil Xorazmiy g‘azallarida oshiq- 
ma’shuqa-raqib obrazlari uchligining badiiy 
talqini haqida suhbatlashsak.
Komil ijodi mavzulari rang-barang: Ishq-
muhabbat, may-u mahbub, ma’rifatparvarlik, 
1 Jo‘raqulov U. “Nazariy poetika masalalari”. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot – matbaa ijodiy uyi. Toshkent – 2015 y.164-165 betlar.
do‘stlik, ijtimoiy hayot, o‘zaro ahillik, birdamlik 
g‘oyalarini ilgari sursa-da, g‘azallarining asosiy 
qismini ishqiy lirika tashkil qiladi. Shoir bu 
g‘azallarda ishqiy kechinmalarni to‘laqonli 
tasvirlash pirovardida obrazlarni o‘ziga xos 
talqin etadi. Sharq islom dunyosida esa, 
arab g‘azaliyoti, forsiy va turkiy dostonchilik, 
xamsachilik ushbu uchlikni oshiq- ma’shuqa- 
raqib (yoki ag‘yor) tarzida talqin etadi. Voqean, 
“Qur’oni karim”ning “Baqara”surasi, 36-oyati 
tarkibida 
keladigan:“Sizlar 
bir-biringizga 
dushmansiz”, degan Olloh kalomi, bevosita, 
uning o‘zi tomonidan yaratilgan uch yaratiqqa 
– Odam alayhissalom, Momo Havvo va Iblisga 
qaratilgan edi. Keyinchalik Sharq adabiyotidagi 
oshiq- ma’shuqa-raqib uchligiga aynan shu 
voqea asos bo‘ldi
1
.
Xo‘sh, Komil bu masalani asarlarida 
qanday talqin etadi? Keling, g‘azallarga bir qur 
nazar tashlaylik. Quyidagi g‘azalda shoir uchlik 
masalasini shunday talqin qiladi:
Fig‘onkim, ul parivash kulbama bir kelmay 
o‘lturdi,
Firoqida nechuk erkonin holim bilmay 
FILOLOGIYA FANLARI


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
140 
o‘lturdi.
Jamolidin qilib ag‘yor bazmin har kecha 
ravshan,
Kelib bazmimg‘a bir kun, gul kibi ochilmay 
o‘lturdi
2
.
Misralar avvalida oshiq mahbubasining 
hajrida fig‘on chekib, dardi dunyoga 
sig‘mayotganligini, lekin sevimli yor o‘z 
oshig‘iga beparvoligi, oqibatda uning holi 
yomonlashib borayotganini bayon etsa, 
keyingi baytda go‘zal bazmini obod etib, 
uning dilini vayron etganini ta’kidlaydi. Shuni 
aytish lozimki, g‘azaldagi oshiq obrazi-shoir 
shaxsining in’ikosidir. Parivash-ma’shuqa, 
raqib esa shoir nazdida bu o‘rinda ag‘yor deb 
keltiriladi, lug‘aviy ma’nosidan kelib chiqilsa, 
bu so‘z g‘ayri, o‘zga so‘zlari bilan ma’nodoshlik 
kasb etadi
3
. Demakki, shoirning rashki, 
hislarining dushmani “begona”larga mehr 
ko‘rsatayotgan pariga. Mumtoz shoirlarimiz 
ijodida “gul”, “yor”, “oy” tushunchalari asosan 
ma’shuqa 
ma’nosida 
qo‘llangan. 
Shoir 
so‘zni ko‘chma ma’noda qo‘llash orqali fikrni 
aniqroq ochadi, uni o‘qigan kitobxon esa u 
haqda obrazli tasavvurga ega bo‘ladi. Ushbu 
g‘azalning 4-baytida avvalgi misralarda pariga, 
gulga menzalgan go‘zal - “qotil” maqomini 
oladi va oshiq-shoir raqibini yuzi qora deb 
ataydi. Oshiq o‘zidan o‘tayotgan hajr soatlarini 
ming yillarga tenglashtiradi.Ya’ni, 
Ming yillarda birdam yod qilmay, vahkim, 
ul qotil,
Raqibi ro‘ siyahdin bir nafas ayrilmay 
o‘lturdi.
“G‘azal murakkab va ancha qiyin janr. 
G‘azalnavisdan oz so‘zda ko‘p ma’no berish, fikr 
durdonalarini badiiy tashbeh sadaflari ichida 
taqdim etuvchi janr”
4
. Yuqoridagi g‘azalda shoir 
til xazinasi dur-u gavharlaridan ustalik bilan 
foydalanadi. Har baytda “o‘lturdi” so‘zining 
radif sifatida takrorlanishi g‘azalni yanada 
jozibali bo‘lishini ta’minlagan. G‘azalning turli 
o‘rinlarida berahm ma’shuqani turlicha nomlar 
bilan: birinchi baytda “parivash”, uchinchi 
baytda “sangdil”, to‘rtinchi baytda “qotil” 
deb ataydi. Va misralarda bevafo yorning bu 
nomlarni sifatlovchi xususiyatlarini shoirona 
lutf ila keltirib o‘tadi.
Navbatdagi g‘azalda oshiqning raqibi 
ko‘zgu. Oshiq ko‘zguga boqqan yorining 
jamolini undan qizg‘onadi. Go‘zalning husnu 
jamolini ko‘rgan ko‘zguning xarob holi juda 
chiroyli tarzda mana bunday tasvirlanadi:
Xabar topmish bu mahfilda jamolingdin 
magar ko‘zgu,
Kamoli hayrat ila o‘zdin o‘lmish bexabar 
2 Komil Xorazmiy, “Devon”- T.: 1975y. 157-bet.
3 Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati 4-jildlik.:T.Fan.(1983-1985). 1-jild. 
4 Vohidov E. “Aruz haqida”. Toshkent. 1972 y. 21-bet.
5 Komil Xorazmiy, “Devon”- T.: 1975y. 142-bet
6 Komil Xorazmiy, “Devon”- T.: 1975-y. -b.102
ko‘zgu.
Uzori otashining shu’lasi boqg‘och, yoqor 
jonim,
Ko‘rubmu hech nozir zohir etkanni sharar 
ko‘zgu
5
.
Bu majlisda ko‘zgu sening jamolingdan 
xabar topdi, ya’ni sen ko‘zguga bir 
qaraganingdan u hayratdan o‘z aql-u hushini, 
o‘zligini unutdi. Sochlari olovining shu’lasidan 
oshiqning 
joni 
otashda 
qovrilmoqda. 
Bizningcha, bu g‘azalda oshiqning qalbi dunyo 
ishqi bilan emas, Olloh ishqi bilan band. Olloh 
ishqidan barcha qalblarda uchqunlar bo‘lsa-
da, oshiq o‘z ishqini barchadan avlo sanaydi. 
Oshiq-haqsevar, u qalbini ishg‘ol etgan 
Robbisiga shunday murojaat qiladi:
Ruhing mir’otini tut zohidi xudbin ko‘zidin 
dur,
Ne bahra topgusi ko‘rgan bila ul bebasar 
ko‘zgu.
Ruhing oyinasini o‘zini sevuvchi yolg‘onchi 
taqvodorlardan uzoq tut, chunki ularning qalb 
ko‘zlari ko‘r, ko‘rganlarini qalban anglamaydilar, 
deydi. U shunday deb Olloh jamolini yolg‘onchi 
zohiddan qizg‘onadi va
Jamoli jilvasin Komil zamiridin tamosho 
qil,
Ki mazharliqg‘a loyiq bo‘lmag‘oy ul yuzga 
har ko‘zgu.
Uning jamoliga Komilning ko‘nglidan 
boq, bu nafosatga boqishga har qaysi ko‘zgu 
loyiq emas, eng munosibi ko‘ngil ko‘zgusidir, 
demoqchi. 
Bilamizki, 
g‘azal 
janrining 
alohidaligi, avvalo, yor husn-u jamolini go‘zal 
tasviri inshosi etmog‘idadir. Shu o‘rinda, Komil 
qalami yor jamolini betakror ranglar bilan 
chizadi. Alamli jihati shuki, bu husn-nafosat 
boshqalar nigohini ham o‘ziga jalb etadi. Bu 
holatdan oshiq yana azobda.
Jon ofati erkandur, ey mahvash sanam, 
qosh-u ko‘zung,
Soldi boshimg‘a yuz tuman ranj-u alam 
qosh-u ko‘zung
6
.
Shoir endi o‘z azoblariga sanamning 
qoshu 
ko‘zini 
sababchi 
deb 
biladi. 
Ma’shuqaning o‘zgalarga tushgan nigohi, ya’ni 
ming noz-u jilvasi bechora oshiq uchun yuz 
ming sitam ekanligini aytadi:
Ming noz-u jilva aylabon ag‘yorga, 
faryodkim,
Aylar mango yuz ming sitam qosh-u 
ko‘zung.
Oshiq g‘azalning turli o‘rinlarida raqibini 
ag‘yor, ya’ni, dushman deb ataydi va uning 
oldida o‘zini ojiz sanaydi. Raqibiga qarshi 
hech chora ko‘rolmay, sevgilisining u tomon 
FILOLOGIYA FANLARI


141 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
bir qarab qo‘yishi ham bo‘sa olgandek karam 
sifatida qabul qiladi.
Har dam solursen noz ila bo‘ynungg‘a 
ag‘yor ilgini,
Nedur mango bir bo‘sani qilsa karam 
qosh-u ko‘zung.
Ko‘rdikki, oshiq qasoskor emas, u 
faqatgina yorning vafosi, birgina mehrvash 
nigohi ilinjida. U “o‘ldiraman”, “yondiraman”, 
demaydi. Vasl umidida yashashda davom 
etadi. Lekin “husn shohi” bevafolik yo‘lini 
tanlagan, o‘zining oshig‘iga, sodig‘iga beparvo. 
Ul oyni hiylavu afsun ila to g‘ayr ozdurmish,
Mani bechoradin bilkull oning ko‘nglini 
tindurmish. 
Maqomim aylabon hajrida bekaslik 
biyoboni,
Visoli shahrida ag‘yor tun-kun anjuman 
qurmish.
Mango aylab jafou javrini andozadin 
berun,
Raqibu muddaiyg‘a iltifotin haddin 
oshurmish.
Xadangi 
marhamatg‘a 
aylabon 
dushmanlarin omoch,
G‘amu bedod o‘qini do‘stlarning jonig‘a 
urmish.
Ichib jomi visolin o‘zgalar guldek bo‘lub 
xandon,
Berib zahri firoqin, ro‘zi shab rangimni 
so‘ldirmish.
Ko‘ngil xilvatsaroyi rozig‘a mahram qilib 
xasmim,
Menga til uchidin so‘z aytib asrorini 
yoshurmish
7

Yuqoridagi g‘azalda shoir raqib obrazini 
har tusda jilvalantiradi, baytlar osha so‘zning 
yanada ta’sirchan shakllarini qo‘llay biladi. 
Bu uning shoirona mahorat va badiiy zehnini 
namoyon qiladi. Avvalida hiylakor “g‘ayr”, 
“ag‘yor”, uchinchi baytda “raqibi muddaiy”, 
keyingi o‘rinlarda “dushman”, “o‘zga”, “xasm” 
deya ta’riflaydi. Biror o‘rinda raqibning 
qilmishlariga chora topilmasada, g‘azal 
mazmunida oshiq tuyg‘ulari kushandasidan, 
unga ro‘yxushlik bergan dildordan norozi 
ohanglar kuchayib boraveradi. Yana bir 
g‘azalda shoir o‘z rashkini oshkora bayon etadi:
Iltifot qilmasman sarvu 
gul sori, ey gul,
Yuzu qadinga bo‘lmish 
vola aqlu hayron ko‘z.
Masti noz o‘lub chiqsang 
7 Komil Xorazmiy, “Devon”- T.: 1975-y. -b.80.
8 Komil Xorazmiy, “Devon”- T.: 1975-y.-b 70.
9 Komil Xorazmiy, “Devon”- T.: 1975-y. –b 50.
rashk o‘tiga yong‘umdir,
Negakim 
jamolingg‘a 
solur ahli davron ko‘z
8
.
Lekin oshiq yoriga tikilgan har nigohni 
raqib deb bilmaydi. Kimki, ma’shuqasining 
karamiga sazovor bo‘lsa, o‘sha unga chin 
dushmandir. “Gulruh” radifli g‘azalda esa, 
oshiq-ma’shuqa-raqib uchligi quyidagicha 
talqin etiladi.
Ko‘z uchidin mango qilmay nigoh bir 
dam, oh
Qilur ulusg‘a o‘kush ehtirom ul gulruh
9
.
Ushbu baytda uchlik – oshiq – man, 
raqib – ulus, ma’shuqa – gulruh so‘zlari bilan 
ta’riflanadi. Ko‘rinadiki, g‘azal shoir hislarining 
tarjimoni bo‘lib, shoir ruhiyati oshiq obrazida 
gavdalanadi. Uning afsuslari, zoru nolalari, 
anduhlari, armonlari ushbu obraziga jamlanadi.
Dilimga dog‘ solib loladek raqib bila,
Ichar chamanda mayi lolafom ul gulruh.
Mayi visol ila dunlarni shodkom aylab,
Hamisha qildi meni talxkom ul gulruh.
Yuqoridagi baytda, raqib obraziga yangi 
talqin berildi, endi shoir uni dun ya’ni tuban, 
past deb ataydi. Sitamkor go‘zaldan umidini 
uzmagan oshiq keyingi misralarda shunday 
xitob qiladi:
Meni ham etkamu, yorab, shamimi 
zulfidin,
Jahonni qildi muattar mashom ul gulruh.
G‘azal so‘ngida dunyo oshiqlari jam bo‘lsa 
ham ishqda bir undek sobit bo‘lolmasliklarini 
aytadi.
Agarchi olam elidur g‘ulomi Komildek,-
Valek topmag‘usi bir g‘ulom ul gulruh.
Xulosa 
qilib 
aytganda, 
mislsiz 
muhabbati va o‘rtanishlari evaziga hech narsa 
kutmaydigan chin oshiq ruhiy dunyosining nurli 
tovlanishlari aks etgan yuqoridagi g’azallarni 
tahlil qilish uning jozibasini to‘laroq, ta’sirliroq 
anglash imkonini beradi. Komil Xorazmiy 
g‘azallarida oshiq obrazi alamzada, qasoskor 
sifatida emas, sabrli, sadoqatli, o‘z maqsadida 
sobit inson sifatida gavdalanadi. U muhabbat 
va hijron mavzusini to‘laqonli kuylash uchun 
mazmunga qancha e’tibor qilsa, asar shakliga 
ham alohida e’tibor beradi. Shoir she’riyatida 
vaznlarning ravonligi, qofiyalarning to‘laligi 
va o‘ynoqiligi, tasvirning rang-barangligi, ichki 
ruhiy kechinmalarning jonli va yorqinligi, 
komilona badiiy mahorat yaqqol namoyon 
bo‘ladi.
FILOLOGIYA FANLARI


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
142 
YETIMLIK MAVZUSINING MILLIY 
ISTIQLOL KONSEPSIYASI ASOSIDAGI 
POETIK IFODALANISHI
Matluba Toxirovna Norbaboyeva -
o‘qituvchi, Shahrisabz davlat pedagogika instituti 
Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada mustaqillik davrida yaratilgan badiiy nasrda yetimlik motivi 
va “Yetim bola” obrazi poetik talqin etilgan. Bu davrda yaratilgan badiiy nasrda yetimlik mavzusi 
milliy istiqlol konsepsiyasi asosida ifodalanganligi bilan boshqa asarlardan farq qilishi ko‘rsatilgan. 
Nasrdagi bosh, ikkinchi darajali va epizodik yetim bolalar obrazi tahlil qilingan.
Аннотация: В данной научной статье поэтически осмыслен мотив сиротства и образ 
«Сироты» в художественной прозе, созданной в период независимости. Художественная проза, 
созданная в этот период, показывает, что тема сиротства отличается от других произведений 
тем, что она выражена в Концепции национальной независимости. Анализируются образы 
детей-сирот начального, второго и эпизодического звеньев в прозе.
Abstract: This scientific article poetically interprets the motif of orphanhood and the image 
of the “Orphan” in the artistic prose created during the period of independence. The artistic prose 
created during this period shows that the theme of orphanhood differs from other works in that it is 
expressed based on the concept of national independence. The image of the head, secondary and 
episodic orphans in prose is analyzed.
Kalit so‘zlar: yetimlik motivi, yetimlik mavzusi, “Yetim bola” obrazi, epizodik obraz, ikkinchi darajali 
obraz.
Ключевые слова: мотив сиротства, тема сиротства, образ «Мальчик-сирота», 
эпизодический образ, вторичный образ.
Keywords: motif of orphanhood, theme of orphanhood, “Orphan boy” image, episodic image, 
secondary image.
Qadimdan adabiyotda asosiy obraz 
inson obrazi bo‘lib kelgan. Inson obrazi 
xarakter darajasiga ko‘tarila oladigan obraz. 
Aristotelning “Poetika” asarida xarakterdan
to‘rt maqsad: qahramonning oliyjanob 
bo‘lishi; xarakter mardona bo‘lishi kerakligi 
(bu esa ko‘proq erkaklarga xos); xarakterning 
hayotiy bo‘lishi va xarakterning izchil bo‘lishi 
– mana shu xususiyatlar ko‘zda tutiladi
1

O‘zini anglash yunon romanlaridagi 
inson obrazini shakllantiruvchi markaz 
hisoblanishini M.Baxtin ham ta’kidlab o‘tgan. 
M.Baxtinning “Romanda zamon va xronotop 
shakllari. Tarixiy poetikadan ocherklar” 
kitobida “ertakdagi odam obrazi” hamda 
“bolalar obrazi”
2
haqida ham so‘z yuritilgan.
B.Sarimsoqov “Badiiylik asoslari va 
mezonlari” asarida ham obraz va obrazlilik 
masalasiga 
alohida 
to‘xtaladi. 
“Real 
1 Aristotel. Poetika. – T.: Yangi asr avlodi, 2011. – B.40.
2 Baxtin M. Romanda zamon va xronotop shakllari. Tarixiy poetikadan ocherklar. (rus tilidan U.Jo‘raqulov tarjimasi). – T.: Akademnashr, 2015. – 288 b.
3 Sarimsoqov B. Badiiylik asoslari va mezonlari. – T.: 2004. – B.13.
borliqdagi, inson ruhiyatidagi, turli-tuman 
o‘zgarishlar va kechinmalarni ijodkor o‘z 
ongi, dunyoqarashi, estetik ideali, g‘oyaviy 
maqsadi orqali sintez qilishi oqibatida badiiy 
obraz shakllanadi”
3
. Adabiyotda badiiy obraz, 
“Yetim bola” obrazini alohida o‘rganishni 
ham dolzarb muammolardan biri sifatida
kiritish mumkin. 
Istiqlol davrida yaratilgan nasriy 
asarlarda yangicha tasvirlar, yangicha 
uslublar ko‘zga tashlanadi. Aynan shu davrda 
o‘zbek adabiyotida yetimlik motivi va “Yetim 
bola” obrazi roman, qissa, hikoyachilikda 
ham kuzatiladi. Bu davrda O‘.Hoshimov, 
L.Bo‘rixon, A.Yo‘ldosh, Q.Norqobil kabi 
ijodkorlarning asarlarida yetimlik motivi 
bilan bog‘liq tasvirlar uchraydi. 
Yozuvchi L.Bo‘rixonning “Jaziramadagi 
odamlar” 
romani 
o‘zbek 
adabiyotida 
FILOLOGIYA FANLARI


143 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
yangicha uslubni olib kirdi. Roman jazirama 
cho‘lni obod qilgan cho‘lquvarlar hayotidan 
so‘zlaydi. Qahramonlari o‘zgacha olam. 
Romanda yetim bola obrazi – epizodik 
obraz. Romanda yetimlik motivi o‘tmishni 
eslash, 
xotirlash 
orqali 
tasvirlanadi. 
Romanni hikoya qiluvchi Samad otasi 
Ergashning erta yetimlikdan qiynalganligi 
haqida ammasining xotiralari orqali biladi. 
Romandagi mulla Mirza buva obrazi orqali 
birinchi xotini o‘lgan, bir etak bolalari ustiga 
yana uylangan hamda ikki qiz-u bir o‘g‘il 
tug‘ib bergan bu xotini ham olamdan o‘tib 
bolalari onasiz qolishgani ham eslanadi. 
Milliy istiqlol nasrida yetimlik sarguzashtlari 
asosan bolalik xotiralarini eslash, xotirlash 
bilan bog‘liq tasvirlar orqali kechganligi 
romanni o‘qish davomida seziladi.
Yozuvchi 
O‘ktam 
Usmonning 
“Girdob” romanida ham Mahamad chatoq 
obrazi tasvirlanadi. Romanda Mahamad 
chatoq – bosh qahramon emas, ikkinchi 
darajali qahramon. Uning taqdiri juda 
murakkab kechadi. Asar bosh qahramoni 
Azizga Mahamad chatoq o‘z boshidan 
kechirganlarini aytib beradi. U o‘zining to‘rt 
yoshida yetim bo‘lib qolganligini uyida uxlab 
yotganida ur-to‘polon bo‘lib, kimlardir bostirib 
kirib ota-onasini, olti yoshli opasini o‘ldirib 
ketganligini, o‘zi qo‘rqib tanchaning ichiga 
yashirinib tirik qolganligini achinib so‘zlab 
beradi. Chatoq degan laqabni ham shundan 
orttirganini ma’lum qiladi. Bunday tasvirlar 
badiiy asarlarda ko‘plab uchraydi. Romanda 
yetimlik motivi davrning, ijtimoiy hayotning 
ta’siri natijasida yuzaga kelgan. Mahamad 
chatoqning so‘zlab bergan hikoyasidan 
uning uyiga bosmachilarning bostirib kirgani 
va buning natijasida ota-onasiz yetim bo‘lib 
qolish syujeti keltirilgan. Bu holatlar ham 
badiiy asarga ijtimoiy-tarixiy omil ta’sirida 
ko‘chib o‘tgani ma’lum. Mustaqillik davrida 
yaratilgan badiiy nasrda ham yetimlik 
motivi Birinchi va Ikkinchi jahon urushidan 
ta’sirlanish, yetim bolalarning ko‘pligi 
natijasida sodir bo‘lganligini ko‘rsatadi. 
O‘.Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanida 
ham yetimlik motivi uchraydi. Bu romanda 
ham yetimlik motivining yuzaga kelishida 
urushning ayanchli oqibatlari, yetimlar 
sonining ortishi, ota-onasiz qarovsiz qolib 
ketgan yetim bolalarning ko‘pligi asosiy 
sabab bo‘lgan. “Ikki eshik orasi” romanida 
Ra’noning Umar zakunchi bilan qochib 
ketishi va o‘gli Muzaffarning otasi Shomurod 
qo‘lida qolib ketishi, o‘gay onasi qo‘lida 
ulg‘ayishi tasvirlangan. Ikkinchi jahon urushi 
tufayli bolalarning tirik yetim bo‘lib qolishi, 
otasiz yoki onasiz yetim bo‘lib qolishi kabi 
holatlar ko‘p bo‘lganligi shu davr ruhida 
tarbiyalangan yozuvchilarni urush motivi 
haqida yozishga undagan. Ikkinchi jahon 
urushida ko‘p holatda otaning halok bo‘lishi 
tufayli yetimlik yuzaga kelgan. Ammo ayrim 
onalarning o‘z bolasini tashlab ketishi tufayli 
ham tirik yetimlar soni ko‘paygan. “Ikki 
eshik orasi” romanida urushning bolalarga 
ko‘rsatgan jabri ham tasvirlangan.
O‘.Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi 
bitiklar” asarida “Dastxat” nomli kichik hikoya 
keltirilgan bo‘lib, unda yozuvchining “Bolalar 
uyi”ga borishi va taassurotlari juda achinarli 
tarzda hikoya qilinadi. Mavzu – yetimlik 
mavzusi. Yozuvchi o‘zini ta’sirlantirgan 
holatni 
kitobxonga 
ulashadi. 
Adibni 
ta’sirlantirgan holat shuki, bolalar tadbirda 
raqs tushayotganlarida bir qizchaning 
poyabzali muallifning e’tiborini tortadi. 
Poyabzalning bir poyi boshqa, ikkinchi poyi 
boshqa. Qizcha dunyolarga sig‘may raqs 
tushayotgan bo‘lsa-da, uning ko‘zlarida bir 
mung borligini adib butun vujudi bilan his 
qiladi. Qizchaning bir ko‘zi quvonchdan 
porlasa, birida adoqsiz g‘am. Yozuvchi 
“Bolalar uyi” esdaliklari jurnalida ana shu 
bolalarning ota-onalarini dunyodan o‘tgan 
bo‘lsa, oxirati obod bo‘lsin, tirik bo‘lsa yuzlari 
qaro bo‘lsin deya yozib dastxat qoldiradi. Buni 
adibning bolalarning quvonchini o‘g‘irlagan 
yetimlikka qarshi isyoni deb tushunish ham 
mumkin.
Q.Norqobilning 
“Quyoshni 
kim 
uyg‘otadi?”, “Urush tugasa ayting qaytib 
kelaman”, “Daryo ortidagi yig‘i”, “Osmon 
ostidagi sir” kabi asarlarida urush motivi 
yetakchilik qilib, ularda urushni eslash 
va undan ta’sirlanish, urushning achchiq 
xotiralari kuzatiladi. Adibning asarlari real 
tarixiy davr va undagi insonlar taqdirini 
akslantirgan. Adibning asarlarida asosiy 
mavzu urush mavzusi bo‘lib, asarda 
urushning ayanchli fojiasi – bolalarning 
yetim bo‘lib qolishi ko‘rsatilgan. Bu asarlarni 
o‘qish davomida adibning urushga nafratini 
his qilish mumkin. Ayniqsa, “Urush tugasa 
ayting qaytib kelaman” kinohikoyasida 
FILOLOGIYA FANLARI


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
144 
ham 2014-yil Dombasdagi qirg‘inbarot 
urushlar tasviri bor. Ikkinchi jahon urushidan 
achchiq xotiralar bilan yashayotgan va 
vatanga qaytish umidini uzmagan yetim 
qizcha Dombasdagi takror taqdirdan 
qochib qabr toshi yoniga boradi. Asarda 
qizchaning qo‘li bilan yozilgan “Qabr toshda 
esa bundan uzoq yillar oldin kampirning 
bolalaligi o‘sha – qizaloq yozgan o‘sha aji-
buji yozuvni o‘qiymiz: “Men ketdim. Urush 
tugasa xabar beringlar. Qaytib kelaman!”
4
– 
degan yozuvlar inson qalbini titratadi. Dunyo 
tarixda shuncha urushni ko‘rib ham yana 
urushmoqda, insoniyat xatosini qachon 
tushunib yetadi? Urushdan faqat bolalar jabr 
ko‘rmoqda, urush yetimlarni ko‘paytirmoqda. 
Kinohikoya badiiy ta’sirchan ruhda yozilgan. 
Yozuvchi unda jonli urush manzaralari, real, 
hayotiy detallardan unumli foydalangan. 
Kinohikoyadagi yetimlik motivi urush ta’sirida 
yuzaga kelgan.
Adibning 2014-yilda yozilgan “Osmon 
ostidagi sir” qissasida ham yetimlik motivi bor. 
Qissada afg‘on urushining achchiq xotiralari, 
urushda qatnashgan yigitning befarzand 
bo‘lib qolishi oqibatida xotinining xiyonati 
tufayli dunyoga kelgan yetim bola obrazi 
tasvirlangan. Afg‘on urushining ayanchli 
og‘riqlarini, xotiralarini totish bilan birga bir 
umr farzand ko‘rish baxtidan mahrum bo‘lgan 
To‘lqin tankning taqdiri ko‘rsatilgan. Xotini 
Xayrinisoning Ro‘zi maxsumdan bola orttirib 
olganiga chiday olmagan To‘lqin tank o‘zini 
osib o‘ldiradi. Odamlar Yodgoroyni To‘lqin 
tankning qizi deb bilishadi. Uning gimnastika 
bo‘yicha jahon chempioni bo‘lganidan 
hayratlanishadi. Xayrinisoning sirini hech 
kim bilmaydi. Qissada urushning bevosita 
ta’siri tufayli yetimlik motivi yuzaga kelgan. 
Yozuvchi Q.Norqobilning asarlarida yetimlik 
urush tufayli yuzaga keladi. Afg‘on urushining 
bevosita yoki bilvosita ta’siri orqali yetim 
bo‘lib qolish masalalari ko‘rsatilgan bo‘lib, 
urush xotiralari bilan azoblanib yashaydigan 
insonning hayoti tasvirlangan.
A.Yo‘ldoshevning “Daryo” romani ham 
2011-2014-yillarda yozilgan bo‘lib, unda 
daryo atrofida yashovchi odamlar hayoti va 
taqdiri tasvirlangan. Q.Yo‘ldoshevning roman 
personaji Tojiboy haqida: “Bolalar uyida 
voyaga yetgan, hech kimdan mehr ko‘rmay 
4 Norqobil Q. Urush tugasa qaytib kelaman…Kinohikoya. – T.: 2014. – B.4.
5 Yo‘ldoshev Q. Ochqich so‘z. – T.: 2017. – B. 144-163.
6 Yo‘ldoshev A. Daryo. Roman. – T.: 2016. – B. 348.
o‘sgani sabab hayotdan norozi, odamlardan 
alamzada”
5
– degan fikrlarni keltiradi. Bolalar 
uyida o‘sgan Dilobar, Tamara, Jo‘raboy, Tojiboy 
kabi personajlarning taqdirida o‘z yo‘lini topa 
olmagan, yetimlikda ulg‘aygan bolalarni 
ko‘ramiz. Romanda bu personajlar – ikkinchi 
darajali obrazlar. Darhaqiqat, ota-ona mehrini 
ko‘rmagan, tug‘ilgandayoq shafqatsizlikka 
uchragan bu bolalar jamiyatga, odamlarga 
nisbatan alamzada. Ayniqsa, Tojiboyning 
o‘z qishlog‘iga qaytishini xohlamasligining 
sababi u yerda uni “fohishaning bolasi” deb 
haqoratlashidir. “ – Xo‘sh, men bu dunyoga 
kelib nima ko‘rdim, Dilya? Onam tirik bo‘la 
turib yetimxonaga tushdim. Shu bilan bolalik 
ham ketdi qulog‘ini ushlab. O‘zimning 
tug‘ilgan 
mahallamga 
borolmasam. 
Haligacha odamlar farishtaday pok onamni 
“Fohisha” deb atashadi. Meni muhabbat 
tufayli dunyoga kelgan bolani “Haromi!” 
deb barmoqlarini bigiz qilib ko‘rsatishadi”
6

Ko‘rib o‘tilayotgan asarlar tahliliga to‘xtalsak, 
ota-onasi tirik bo‘la turib yetimxonada 
tarbiyalanayotgan bolalar hayotdan norozi 
kayfiyatda ulg‘ayayotganini izohlash mumkin, 
ammo jinoyatchilar yetimxonadan chiqadi 
deyishdan yiroqmiz, yetimxonada ulg‘ayib 
jamiyatda o‘z o‘rnini topib ketganlar qancha. 
Bolaning qanday inson bo‘lib yetishishi, 
uning kelib chiqishiga, irsiyatiga, tarbiyasi 
va atrof-muhit ta’siriga ham bog‘liq. Asarda 
bolalar uyida tarbiyalangan Tolyan o‘zining 
SPID ekanligidan xabar topgach, Tamara 
bilan nikohdan o‘tish arizasini qaytarib olib 
go‘yoki qahramonlik ko‘rsatgandek tuyuladi, 
ammo uning faqat men o‘lamanmi, o‘zim 
bilan birga nechtasini olib ketaman, deya 
ayollarga kasalini qasddan yuqtirishi, bu 
obrazning vahshiyona qiyofasini ko‘rsatadi, 
kishida bunday kimsalarga nisbatan nafratni 
ifodalaydi. 
Romanda Jamilaning daryoga cho‘kib 
o‘lishi va bolasi Dilmurodning onasiz 
yetim o‘sishi syujeti bor. Otasi Tohir esa 
Dilmurod voyaga yetgunga qadar uylanmay, 
uni parvarish qiladi. Romanda Dilya 
(Dilobar) obrazining faqat otasi bor edi, o‘z 
yordamchisi Rustamning ochko‘zligi tufayli 
yurak xurujidan vafot etib yakka-yu yagona 
qizi Dilya bolalar uyiga tushib qolishiga, u 
yerdan esa pastkash, razil insonga aylanib 
FILOLOGIYA FANLARI


145 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
chiqishiga sabab bo‘lgan.
A.Yo‘ldoshning 
“Mashaqqatlar 
osha yulduzlar sari” kitobidan o‘rin olgan 
2014-yilda yozilgan “Yetim so‘z” hikoyasida 
yetimlarga soxta munosabatda bo‘lgan ayrim 
mansabparast kimsalarning xatti-harakatlari 
“Yetim bola” obrazi Sunnat tomonidan 
fosh etilgan. Adib obrazni tasvirlashda 
o‘zgacha uslubdan foydalangan. Hikoyada 
“Yetim bola”ni aqlli, ziyrak, xushyor bola 
sifatida ifodalagan. Sunnatning ustalik bilan 
laganbardor, xushomadgo‘y kimsalarning 
nomlariga mas’ullar nomidan alohida-
alohida iltimosnoma yozib uch-to‘rt oyga 
uyida yashab turishini so‘rashi ularning 
asl yuzlarini ko‘rsatishlariga sabab bo‘ldi. 
“Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchisining bu 
xatti-harakatlari jamiyatdagi mansabdorlarga 
– o‘zlarining soxta saxovatpeshaligini 
ko‘z-ko‘z qiladiganlarga ma’naviy tarsaki 
bo‘lib tushdi. Hikoyada “Yetim bola” 
obrazi – asosiy obraz. Jamiyatda shunday 
insonlar borki, hatto yetimlardan ham o‘z 
manfaatlari yo‘lida foydalanib mavqelarini 
mustahkamlab olishdek uyatli ishga qodir. 
Hikoyada mana shunday kimsalarning 
maqsadlari fosh etilgan. Hikoyada yetimlik 
mavzusi hayotiy-maishiy, ijtimoiy omillar 
ta’sirida yuzaga kelgan. Adib asarda ayrim 
zamondoshlarimizning 
“Mehribonlik 
uyi”da tarbiyalanayotgan “Yetim bola”larga 
shubha bilan qarashlari, ularning nasl-
nasabini bilmay turib uyiga kirita olmasligi, 
o‘z bolalarining tarbiyasiga salbiy ta’siri 
haqidagi o‘ylarini Sunnatning ziyrakligi 
orqali yaqqol ko‘rsatib bergan. Hikoya 
so‘ngida Sunnatning o‘zini tutishidan, 
xushomadgo‘ylarga munosabatidan ularning 
minnatli koshonasidan davlatning beminnat 
uylari ming marta afzalligini anglash qiyin 
emas. Hikoyadagi yetimlik motivining 
boshqa asarlardan farqi shundaki, bunda 
“Yetim bola”larning jamiyatga, insonlarga 
munosabati ifodalangan. Yuqorida ko‘rib 
o‘tgan asarlarimizda esa jamiyatning, 
insonlarning “Yetim bola”larga munosabati 
ko‘rsatilgan edi.
Xulosa 
o‘rnida 
shuni 
ta’kidlash 
mumkinki, milliy istiqlol konsepsiyasi 
asosida yaratilgan bu asarlarda “Yetim 
bola” obrazi ikkinchi darajali qahramon yoki 
epizodik obraz sifatida ko‘rsatilgan. Yetimlik 
holati ham asosan urushdan ta’sirlanish, 
urush xotiralarini eslash orqali yoki ota-ona 
qaramog‘idan mahrum bo‘lish tufayli yuzaga 
kelgan. Q.Norqobilning asarlarida urush 
motivi orqali yetimlik mavzusi yoritilsa, 
A.Yo‘ldosh asarlarida ona-onasi tomonidan 
tashlab ketilish orqali yetimlik motivi yuzaga 
kelgan, yetimlarning jamiyatga bo‘lgan 
nafrati, alamzadaligi aks ettirilgan, L.Bo‘rixon 
asarlarida esa yetimlik mavzusi yetimlikni 
eslash, o‘tmish bolalikni xotirlash orqali 
kechgan.
FILOLOGIYA FANLARI


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
146 
LAKUNALARDA MILLIY-
MADANIYATNING IFODALANISHI
Ilhom Rozmamatovich Kazakov -
f.f.n., dotsent, Qoraqalpoq davlat universiteti
Annotatsiya: Maqolada o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari milliy nigohi ayrim tushunchalar ta’rifida 
bir-biriga muvofiq kelmasligi, bu esa lakuna hodisasini yuzaga keltirishiga doir mulohazalar aks etgan.
Аннотация: В статъе отражены мнения о том, что националные воззрения узбекского и 
каракалпакского народов не согласуются друг с другом в определении некоторых понятий, 
что создает явления лакуны. 
Аbstract: The article reflects the opinions that the national views of the Uzbek and Karakalpak 
peoples do not agree with each other in the definition of some concepts, which creates lacuna 
phenomena.
Kalit so‘zlar: urf-odat, an’ana, marosim, milliy-madaniyat, milliy nigoh, leksika, til sohibi. 
Ключевые слова: обычай, традиция, обряд, народная култура, националный облик, 
лексика, владелец языка.
Keywords: custom, tradition, ceremony, national-culture, national look, lexicon, language owner.
Keyingi 
yillarda 
lingvokulturologiya 
sohasi doirasidagi tadqiqotlarda til va 
madaniyat yaxlitligi, ya’ni tilning madaniyatda 
yoki madaniyatning tilda aks etishi masalasi 
kun tartibidagi dolzarb darajaga ko‘tarildi. 
Xususan, lingvokulturologik birliklar tarkibiga 
mansub lakuna hodisasi talqini e’tibortalab jihat 
ekanligini ta’kidlash joiz. Bu hodisani qardosh 
xalqlar 
milliy-madaniyatini 
ifodalashga 
xoslangan leksika misolida o‘rganish tillararo 
va madaniyatlararo izohtalab tushunchalar 
haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish imkonini 
beradi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, lakuna 
bu – bo‘shliq degan ma’noni anglatadi. Ya’ni, 
muayyan millat madaniyatini istifoda etuvchi 
leksika boshqa xalq tilida uchramaydi, agar 
mavjud bo‘lsa ham u butun mazmun-mohiyatni 
o‘zida aks ettira olmaydi. 
Qadimdan 
o‘zbek 
xalqi 
orasida 
chaqaloqning dastlabki «qorin sochi» ni 
olish katta tantanaga aylanganligini alohida 
ta’kidlash kerak. Bizning ota-bobolarimiz 
o‘tmish davrlardan sochda insonning joni, 
barcha kuch-qudrati jam bo‘ladi degan 
tasavvurda yashaganlar. Ular o‘z farzandining 
«qorin soch» larini o‘zlari olishdan qo‘rqqan. 
Shu sababli ko‘p farzandli, piru badavlat, keksa, 
tabarruk yoshdagi onaxonlarga o‘sha «qorin 
sochi» ni oldirishni odat tusiga aylantirgan. 
Olingan «qorin sochi» ni esa avaylab-asrab 
mevali daraxtning ostiga ko‘mganlar. Tojik 
1 Зарубин И.И. Рождение шугнанского ребенка и его первые шаги. // Сбр. В.В.Бартольду. Ташкент, 1927. 372 с.
2 Аширов А. Ўзбек халқининг қадимий эътиқод ва маросимлари. Тошкент: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси, 2007. 83-бет.
3 Черчиев А.М. О мотиве чудесных волос в дагестанской мифологии // Проблемы мифологии и верований народов Дагестана. Махачкала, 1988. 52-59 с; Жўраев М. Соч магияси 
билан боғлиқ маросимлар // Ўзбекистон энциклопедияси. Янгича қарашлар ва назарий методологик ёндашувлар. Тошкент, 2004. 190-198-бетлар.
xalqi ham «qorin sochi» tushunchasiga ega. 
Ular bolasining olingan «qorin sochi» ni avaylab 
biror matoga o‘rab, mevali daraxt shoxiga 
osib qo‘yishgan. Uning zamirida chaqaloq 
kelajakda iqboli, istiqboli porloq bo‘lib, xuddi 
shu daraxt kabi hosil bersin, degan niyat 
yashiringan
1
. Bunda biz inson sochi bilan jon 
tushunchasining bog‘langanligini, qolaversa, 
sochni mevali daraxt tagiga ko‘mish bilan 
serpushtlik e’tiqodi unsurlarini ko‘ramiz
2

Soch bilan bog‘liq bunday odat dunyoning 
juda ko‘plab xalqlar hayotida saqlanib keladi. 
Dunyo xalqlarida soch magiyasi bilan aloqador 
ko‘plab ma’lumotlar uchraydi
3
. Haqiqatan 
ham, ibtidoiy davrlardanoq, odam o‘z sochini 
juda e’zozlagan, tanasining ajralmas bir 
qismi, qandaydir ilohiy qudratga ega jonli 
narsa deb hisoblagan. Shu sababli sochini 
uzun qilib o‘stirib yurishni afzal bilgan. Agar 
ibtidoiy odamlar sochini oldirsa, o‘zlarining 
magik qudratidan mahrum bo‘ladigandek 
hisoblashgan. Shunga bog‘liq ravishda ular 
sochlarini o‘ta avaylab, uni oyog‘osti bo‘lishiga 
yo‘l qo‘ymagan. Shuni ham qayd qilish muhimki, 
«Chaqaloqning dastlabki «qorin sochi» ni 
olish islomdan avvalgi an’ana bo‘lib, u bolani 
jamiyat hayotiga qo‘shilishi ramziy bosqichini 
anglatuvchi an’anaviy marosimning bir 
ko‘rinishi bo‘lsa kerak. Bola dastlabki sochining 
olinishi uning ona qornidagi hayotidan butkul 
ajralganligi va insonlar olamiga qo‘shilganligini 
FILOLOGIYA FANLARI


147 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
anglatadi»
4

Qoraqalpoqlarda boshqa xalqlardagi kabi, 
albatta, bolaning sochiga ehtiyotkorlik bilan 
munosabatda bo‘lib kelinadi. Bu xalqda ham 
«qorin sochi» // «qarın shashı» tushunchasi 
mavjud. Ammo u o‘zbek xalqidagi singari «qorin 
sochi» udumi bilan bog‘liq barcha jarayonlarni 
to‘liq qamrab olmaydi. Qoraqalpoqlarda yosh 
bolaning sochiga aloqador «aydar shash» 
tushunchasi qo‘llaniladi. «Qaraqalpaq tiliniń 
túsindirme sózligi» da «aydar – belgi, yosh 
bolalar boshi tepasiga qo‘yiladigan bir tutam 
soch» deb izohlangan. Mamannıń qalpaǵın 
alıp mańlayınan bir súydi (T.Qayıpbergenov). 
Xalıq jıyın jıyıp hayalına keńesip,hár balaǵa 
aydar taǵıp, at qoydı (A.Dabılov)
5
. Qoraqalpoq 
xalqida «aydar shash» qo‘yish odati qadimgi 
davrlardan e’tiboran vujudga kelgan. «Aydar 
shash» ni barcha oiladagilar o‘z bolasiga 
qo‘ymagan. Ko‘pincha uzoq fursat tirnoqqa 
zor bo‘lib, farzand ko‘rishni orziqib kutgan va 
murodlari ushalgan oilalargina o‘g‘liga ana 
shunday soch qo‘yishni odatga aylantirgan. 
Bunda voyaga yetayotgan bola qirq kunlik 
davrida uning ona qornidagi sochi olinib, boshi 
tepasida bir tutam soch qoldirilgan. Bu soch 
chiroyli qilib o‘rilgan va unga har xil rangdagi 
munchoqlar bog‘lab qo‘yilgan. «Shuni ham 
aytish kerakki, agar go‘dak qiz bola bo‘lsa, 
uning qulog‘i old tarafidan kokil qo‘yilgan. 
Qiz bolaning kokili yig‘ilib, qulog‘ining ortiga 
tashlangan»
6

«Aydar shash» bola 5-6 yoshga 
kirguncha, ya’ni sunnat to‘yiga qadar, ba’zan 
esa 12 yoshigacha olinmagan. Shu vaqtga 
qadar qaychi tegmagan «aydar shash» deyarli 
bolaning yelkasigacha tushadigan darajaga 
yetgan. Sochni tabarruk yoshga kirgan, xalq 
orasida katta obro‘-e’tibor qozongan kishilarga 
oldirishib, unga sarpolar yoki pul berib rozi 
qilishgan. «Aydar shash» ni oldirish vaqtida ota 
kambag‘alroq odam bo‘lsa, to‘rt-besh kishilik 
dasturxon yozgan, o‘ziga to‘q oilalar esa yaqin-
yiroqdan mehmonlar chorlab, dabdabali to‘y 
bergan. Shuning uchun ham qoraqalpoqlar 
bu to‘yni «to‘qlikka sho‘xlik» nishonasi deb 
ataydi»
7

«Aydar shash» ning bola sunnat 
to‘yigacha olinmasligini shunday tavsiflash 
mumkinki, ota-onalar o‘z farzandlari ana shu 
4 Абашин С.Н. Кокил // Ислам на территории бывшей Российской империи: Энциклопедический словарь. Вып. 4. М., 2003. 44-45 с
5 Қарақалпақ тилиниң түсиндирме сөзлиги. 1-том. Нукус: Қарақалпақстан, 1982. 40-бет.
6 Низанов М. Қорақалпоқлар. Иккинчи китоб. Нукус: «Билим», 2021. 363-364-бетлар.
7 Низанов М. Қорақалпоқлар. Иккинчи китоб. Нукус: «Билим», 2021. 364-бет.
8 Жўраев М. Кўрсатилган манба. 191-бет.
9 Фирштейн Л.А. О некоторых обычаях и поверьях, связанных с рождением ребенка у узбеков южного Хорезма // Семья и семейные обряды у народов Средней Азии И 
Казахстана. М., 1978. 201-203 с; Шаханова Н.Ж. Половозрастная стратификация традиционного общества казахов / конец XIX начале XX в.) // Этнос и этнические процессы. М., 
1993. 141-142-с; Абашин С.Н. Кокил // Ислам на территории бывшей Российской империи: Энциклопедический словарь. Вып. 4. М., 2003. 44-45-с.
10 Аширов А. Кўрсатилган манба. 84-85-бетлар.
11 Абашин С.Н. Кўрсатилган манба. 44-45-бетлар.
vaqt oralig‘ida o‘ta mo‘rt, nozik bo‘ladi, degan 
xayolda ularni har xil insu-jinslardan asrash 
kerak, deb hisoblashgan. Sochning bola boshi 
tepasida qoldirilishiga sabab, unga qaragan 
kishilar nigohi dastavval o‘sha sochga tushadi. 
Shu soch bolani ko‘z tegishidan, suqlardan 
asrab, himoya vazifasini o‘taydi, degan 
tasavvur bo‘lgan. O‘zbek folklorshunos olimi 
M.Jo‘rayevning qayd qilishicha, o‘tmishda 
kishilarning 
ijtimoiy 
hayotdagi 
voqea-
hodisalarga bo‘lgan mifologik qarashlari 
natijasida ana shunday soch bilan bog‘liq 
«soch to‘yi», «kokil to‘yi», «haydar qo‘yish», 
«soch siypatar» singari magik xarakterdagi 
udumlarni yuzaga keltirishga asos bo‘lgan
8

O‘zbek xalqida yana bitta soch bilan bog‘liq 
«kokil» tushunchasi mavjudki, u qoraqalpoqlar 
milliy-madaniyatida kuzatilmaydi. Dunyodagi 
boshqa qator turkiy xalqlar kabi o‘zbeklarda 
ham bepusht, bolasi turmay, iltijolari ijobati 
orqali farzand ko‘rganlar, ba’zan esa o‘g‘li ko‘p 
bo‘lib, qiz ko‘rishni orzu qilganlar va nihoyat, 
aksincha, qizlari ko‘p bo‘lib, o‘g‘il tilaganlar 
tug‘ilgan farzandlarining «qorin sochi» ni 
oldirganlarida 
muqaddas 
qadamjolarga, 
ziyoratgohlarga bag‘ishlab bir tutam «kokil» 
qo‘yish odati bor
9
. Bunday harakat zamirida 
umri uzoq, rizqi ziyod bo‘lsin, unga hech 
qachon ziyon-zahmat yetmasin, degan ezgu 
niyat mujassam. 
Ta’kidlash muhimki, ayol kishi iqtisodiy 
imkoniyati bo‘lgan vaqtlarda qarindosh-
urug‘lari bilan tabarruk joylarga jonliq olib kelib 
qurbonlik qilgan. Qo‘yning o‘ng oyog‘i farzand 
tilab bergan shayxga taqdim etilgan. Bundan 
oldin shayx bola kokilini olib qo‘ygan. Ushbu 
kokil oldirish marosimida shayxga bir kiyimlik 
sarpo hadya qilingan. Bunday paytda farzand 
ko‘rgan ayol shayxdan bolasi kokilini qaytarib 
olgan. Farzandi kokilini tashlab ketishni 
istamagan ayol shayxdan bolasi kokilini o‘ziga 
qaytarib berishini so‘rab ma’lum miqdorda pul 
bergan
10
. Umuman, kokil qo‘yish odati qadimgi 
turkiylar va mo‘g‘illarda ham bo‘lganligi ushbu 
odatning uzoq tarixiy asosga ega ekanligidan 
dalolat beradi
11

Qoraqalpoqlar 
milliy-madaniyatidan 
guvohlik beruvchi yosh bolalar sochida 
qoldiriladigan «aydar shash» o‘zbek xalqining 
milliy nigohini aks ettiruvchi «kokil» ga 
FILOLOGIYA FANLARI


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
148 
birmuncha o‘xshaydi. Farqli jihat shuki, 
o‘zbeklar orasida «kokil» yana bir qancha 
ma’nolarni ifodalash xususiyatiga ega. «O‘zbek 
tilining izohli lug‘ati» da «kokil» quyidagicha 
izohlangan: kokil – peshona, gajak; bir tutam 
soch; toj. 1. Soch o‘rimi. Mayda o‘rilgan qora, 
uzun kokillari beliga tushadi. Munisaxon 
yengil kiyimida, uzun va yo‘g‘on-yo‘g‘on ikki 
kokilini boshiga o‘ragan, uning ustidan tagdo‘zi 
do‘ppi ko‘rinib turar edi (A.Qahhor, Sarob). 2. 
Eski vaqtda yosh yigit-bachchalarni o‘yinga 
solishda boshiga kiydiriladigan uzun yasama 
soch. Xuddi mana shu mehmonxonada 
tong otguncha kartabozlik bo‘lar, yosh-
yosh yigitlarga kokil solib o‘ynatishardi 
(S.Ahmad, Hukm). 3. Nazr qilib, yosh bolalar 
boshida qo‘yiladigan (ma’lum vaqtgacha 
qoldiriladigan) bir o‘rim soch. Uchinchi sinfga 
o‘tganidayam, Toshtemirning ikki qarich 
keladigan kokili bor edi (S.Siyoyev, Yorug‘lik). 
4. Ba’zi narsalar uchiga (boshiga) osib, 
qadab qo‘yiladigan soch, popuk va shunga 
o‘xshash narsa. U egniga zarbof to‘n kiygan, 
boshiga kokil osilgan dubulg‘a qo‘ndirib olgan 
edi (O.Yoqubov, Ko‘hna dunyo). Ko‘k satin 
belbog‘iga boylangan oq suyak sopli pichoq 
va kokillariga munchoq taqilgan qindoni 
otning yo‘rg‘asida tebranib boradi (H.Shams, 
Dushman). 5. ko‘chma. Ba’zi narsalarning 
shunga (kokilga) nisbatini qiyoslash ifodasini 
bildiradi. Endigina ko‘tarilayotgan quyosh zarrin 
kokillarini yozib jilva qilmoqda (T.Rustamov, 
12 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 2-жилд. Тошкент: ЎзМЭ, 2006. 453-454-бетлар.
Mangu jasorat). Tog‘larning ortiga qo‘yib asta 
bosh, Kokilin ohista yig‘ib oldi oy (Nurbek, 
Umid o‘g‘li). 6. max. Zargarlikda: quloq, soch, 
bo‘yin va qo‘ltiqqa taqiladigan bezaklar (isirg‘a, 
qo‘ltiqtumor va shu kabi ) larning osilib turgan 
qismlari; shokila
12
.
Xullas, o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari 
milliy nigohi, ya’ni atrofni kuzatishlari 
natijasida butun olam manzarasini oziga xos 
va mos tarzda anglashi ayrim tushunchalar 
ta’rifida bir-biriga muvofiq kelmaydi. Buni 
ushbu xalqlar milliy-madaniyatiga mansub 
muayyan leksika orqali birdaniga ular tarixi, 
o‘tmishiga doir to‘liq tasavvur hosil qilish 
imkoniyati 
chegaralanganligida 
ko‘rish 
mumkin. Darhaqiqat, ba’zan o‘zbek va 
qoraqalpoq xalqlari madaniyatiga daxldor 
leksika o‘zining noaniqligi bilan har ikki til 
sohiblari uchun g‘ayritabiiy holda qabul 
qilinadi. Bunday birliklar izohtalabdir. Tahlillar 
orqali xuddi ana shu masalaga e’tibor qaratib, 
faqat har ikki millat lisonining o‘zidagina 
ma’no mukammalligi qaror topgan, ular milliy-
madaniy xususiyatlarini tavsiflovchi leksik 
birliklarni qiyoslashga harakat qildik. Bu bilan 
o‘sha lisonga oid birlik ikkinchi tilda barcha 
imkoniyatlarini namoyish qila olmasligi, bu esa 
mazmunan bo‘shliqni yuzaga keltirishi, natijada 
lakuna deb talqin qilinadigan hodisaning sodir 
bo‘lishi haqidagi nuqtayi nazarlarimizni havola 
etdik. 
FILOLOGIYA FANLARI


149 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
TABIIY VA ANIQ FANLAR
TABIATNI MUHOFAZA QILISH VA UNDAN 
OQILONA FOYDALANISHDA GEOGRAFIK 
NOMLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI 
Koshkar Мaxkamovich Хakimov -
g.f.n.,professor, Jizzax davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya: Jahon miqyosida tabiatdan oqilona foydalanish va muhofaza qilish sohasida asrlar 
davomida to‘plangan ma’lumotlarni uzatish vositasi sifatida geografik nomlarning ijtimoiy-iqtisodiy 
jihatlarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’kidlash joizki, tabiiy landshaftlar va ularning 
tarkibiy qismlari ko‘p asrlik tabiat hodisalari va jarayonlarini kuzatish natijasida mahalliy aholi tomonidan 
geografik nomlarda to‘g‘ri batafsil bayon etilgan. Tabiat hodisalarini aks ettiruvchi toponimlar qatlami 
Yer yuzida eng keng tarqalgan qatlamlardan biri hisoblanadi.
Ba’zi geografik nomlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita uzoq ajdodlarimizning tabiiy muhitiga va 
ekologik tafakkuriga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ko‘p asrlar davomida 
ovchilar, dehqonlar, ko‘chmanchi chorvadorlar qimmatli tajriba to‘plashdi, bu esa tabiatni muhofaza 
qilish va tabiatni boshqarishni optimallashtirish uchun yilning ma’lum bir vaqti bilan cheklash imkonini 
berdi. Ushbu maqolada tabiatni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish haqida ma’lumot 
beruvchi toponimlardan amaliy foydalanishga ustuvor ahamiyat beriladi.
Аннотация: В мировом масштабе особое внимание уделяется изучению социално-
экономическим аспектам географических названий как средству передачи данных накопленные 
веками в области рационалного исползования и охраны природы. Необходимо отметит, что 
природные ландшафты, их компоненты были точно детализированы местным населением в 
географических названиях в резултате многовековых наблюдений за природными явлениями 
и процессами. Не зря, пласт топонимов, отражающих природные явления - один из самых 
широко распространенных на Земле. 
Некоторые географические названия прямо или косвенно указывают на бережное 
отношение к окружающей природной среде и экологическое мышление наших далеких 
предков. За многие века охотники, земледелцы, кочевники-скотоводы накопили ценный 
опыт, с целю охраны природы и оптимизации природоползования позволявший ограничиват 
свой промысел каким-то временем года. В данной статъе приоритетное внимание уделяется 
практическому исползование топонимов предоставляющих информацию об охране природы 
и их рационалное исползования. 
Abstract: In the world scale, special attention is paid to the study of the socio-economic aspects 
of geographical names as a means of transmitting data accumulated over the centuries in the field of 
rational use and nature protection. It should be noted that natural landscapes and their components 
were accurately detailed by the local population in geographical names as a result of centuries-old 
observations of natural phenomena and processes. Not in vain, the layer of toponyms reflecting 
natural phenomena is one of the most widespread on Earth.
Some geographical names directly or indirectly indicate a careful attitude to the natural environment 
and ecological thinking of our distant ancestors. For many centuries, hunters, farmers, nomadic cattle 
breeders have accumulated valuable experience, which, in order to protect nature and optimize nature 
management, made it possible to limit their fishing to some time of the year. In this article, priority 
is given to the practical use of toponyms providing information about nature conservation and their 
rational use.
Kalit so‘zlar: geografik nom, geografik obyekt, ekologik toponim, tabiatni muhofaza qilish, tabiiy 
landshaft, optimallashtirish, tabiatdan foydalanish.
Ключевые слова: географическая названия, географический объект, экологический 
топоним, охраны природы, оптимизация, природоползования.
Keywords: geographical names, geographical object, ecological toponimy, defending of nature, 
optimization, nature management. 
Hozirda inson yashab va doimiy munosabatda bo‘lib kelayotgan tabiat 


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
150 
va uning tarkibiy qismlari, ya’ni tabiiy 
landshaft komponentlarining hududiy va 
tarixiy tarqalish areallarini aniqlash va 
o‘rganish soha mutaxassislari oldida turgan 
muhim va dolzarb masala hisoblanadi. 
Ma’lumki, tabiiy muhitdagi obyektiv voqea-
hodisalarning mohiyatini anglab yetish har 
doim ham oson kechmagan, ko‘pincha ular 
kishilardan alohida e’tiborni talab qilgan. 
Shuning uchun, odamlar kundalik hayotda, 
atrofdagi olam bilan muloqot qilishda, 
tabiiy obyektlarning boshqalardan farq qilib 
turadigan alomatlariga e’tibor berib, ularni 
bir-biridan farqlash maqsadida nomlashgan. 
So‘nggi yillarda tabiatdan oqilona 
foydalanish va uni muhofaza qilish 
yo‘nalishida asrlar davomida yig‘ilgan, 
madaniy meros darajasidagi ma’lumotlarini 
avloddan-avlodga yetkazib berish vositasi 
sifatida geografik nomlar tahliliga ustuvor 
ahamiyat berilmoqda. Chunki inson tabiiy 
muhitni o‘zlashtirib, undagi geografik 
obyektlarni birini ikkinchisidan farqlash 
uchun ularga nom beradi. Binobarin, har 
qanday joy nomi - geografik qobiq, ya’ni 
geografik muhitni, aniqrog‘I, uning xo‘jalik 
faoliyati uchun o‘zlashtirilgan qismini 
mahsuli hisoblanadi. 
Shuning uchun, aniq bir hududiy 
birlikning tabiiy sharoiti, o‘simlik va hayvonot 
olami, tabiiy resurslari haqida ma’lumot 
beruvchi joy nomlardan kishilar amaliy 
maqsadlarda foydalanib kelishadi. Bu 
birinchi navbatda, toponimlarning geografik 
obyektning haqiqiy holatini aks ettirishi va 
ishonchli ma’lumot olish imkoniyatini berishi 
bilan bog‘liq. 
Ijtimoiy-iqtisodiy asosga ega bo‘lgan 
geografik 
nomlar 
kishilarda 
tabiiy-
antropogen obyektlarga nisbatan egalik 
hissini shakllantiradi, ulardan oqilona, 
tejamkorlik bilan foydalanishni tashkil 
etishga ko‘maklashadi. Tabiiy obyektlarga 
jamoa mulkini anglatuvchi nomlar ma’lum 
hududda yashovchi xalqlarning ekologik 
madaniyatidan darak berib, aholining 
ekologik tarbiyasida katta ahamiyat kasb 
etadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, tabiatni 
muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish 
tuyg‘usi ko‘plab xalqlarning ongu tafakkurida 
azaldan shakllangan bo‘lib, bu holat o‘z 
1 Мурзаев Э.М. География в названиях. -М.; «Наука», 1979. стр. 19
navbatida geografik obyektlarni nomlashga 
ham ta’sir ko‘rsatgan. Ma’lumki, ekologik 
muammolar - bu ma’lum bir hududda 
jamiyatni tabiatga nojo‘ya ta’siri natijasida 
geografik muhitda sodir bo‘ladigan salbiy 
oqibatlar bo‘lib, ular kishilarning sog‘lig‘i 
yoki hayotiga xavf tug‘dirishi, iqtisodiyot 
tarmoqlarining rivojlanishi, tabiiy resurslarni 
tiklanishi, atrof-muhit musaffoligiga hamda 
ekotizimlarni yo‘qolib ketishiga jiddiy ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin. 
Rus 
toponimisti 
E.M.Murzayev 
ta’kidlaganidek, geografik obyektlar o‘zini-
o‘zi nomlamaydi, balki ularga nom kishilar 
tomonidan beriladi. Nomlash jarayonida 
inson, eng avvalo, ma’lum bir geografik 
obyektga xos bo‘lgan, eng ko‘zga yaqqolroq 
ko‘ringan belgi, alomatdan kelib chiqib 
nomlaydi. Belgi - geografik obyektni 
nomlashda muhim psixologik kategoriya 
bo‘lib xizmat qiladi. U nom tanlashga turtki 
beradi, toponimning paydo bo‘lish sababini 
tushuntiradi
1

Aholi tabiiy landshaftlar va ularning 
tarkibiy qismlari, tabiat hodisalari va 
jarayonlarini ko‘p asrlar davomida kuzatib, 
ularni geografik nomlar yordamida to‘g‘ri va 
batafsil bayon qilgan. Shuning uchun, tabiat 
hodisalarini aks ettiruvchi toponimlar Yer 
yuzida eng keng tarqalgan qatlamlardan biri 
hisoblanadi. Ba’zi geografik nomlar to‘g‘ridan-
to‘g‘ri yoki bilvosita tabiatga ehtiyotkorona 
munosabatda bo‘lish, ularni asrab-avaylash 
zaruriyatini o‘zida aks etadi. 
Tabiatdan oqilona foydalanish va uni 
muhofaza qilish maqsadida to‘plangan 
ma’lumotlarini keyingi avlodlarga yetkazib 
berishda 
geografik 
nomlar 
vositachi 
vazifasini bajaradi. Binobarin toponimlarning 
ijtimoiy-ekologik jihatlariga, ya’ni mintaqaning 
tabiiy-ijtimoiy sharoiti, o‘simlik va hayvonot 
olami, tabiiy resurslaridan foydalanish, 
tabiatni e’zozlash, asrab-avvaylash, to‘g‘ri 
muomalada bo‘lish maqsadida ularga 
ustuvor ahamiyat berilmoqda.
Turkiy va mo‘g‘ul tillarda ko‘rug‘, qo‘riq 
- “himoya” ma’nosidagi so‘z bor. Ba’zi o‘zbek 
shevalarida qo‘riq so‘zi daryolar bo‘yidagi 
unumdor o‘tloqlarni bildiradi. Qozoq tilida 
esa boy o‘tloq, mo‘l yaylov ma’nosida 
qo‘llaniladi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 
qo‘riq so‘zi zahiralangan, saqlangan degan 
TABIIY VA ANIQ FANLAR


151 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
ma’noni bildiradi. Akademik V.V.Bartoldning 
yozishicha, o‘tmishda mo‘g‘ullar aslzodalar, 
xonlar, lashkarboshilar dafn etilgan joylarni 
qurik, Chingizxon qabri joylashgan joy esa 
“ihe kurik”, ya’ni buyuk qo‘ruq deb atashgan
2
.
Professor Suyun Qorayev ta’kidlashicha, 
qo‘riq so‘zi mo‘g‘ul tilidan o‘zlashgan. 
Biroq shoh mulki ma’nosidagi bu atama 
mug‘ullarni O‘rta Osiyoni bosib olishidan 
oldin ham qo‘llanilgan. Masalan, Muhammad 
Narshaxiy ming yil avval, ya’ni mo‘g‘ullarning 
O‘rta Osiyoga bostirib kirishidan qariyb 
uch asr oldin yozgan “Tarixi Buxoro” nomli 
asarida qo‘riq so‘zini “shoh mulki” ma’nosida 
qo‘llagan. Hozirgi O‘zbekiston toponimiyasi 
tarkibida Qo‘riq, Qo‘riqsoy, Kattaqo‘riq 
kabi aholi punktlari nomlari mavjud, ular 
qo‘riqlangan (taqiqlangan), katta qo‘riqxona 
degan ma’nolarni anglatadi
3
.
Suv va yerga sig‘inish odatda turkiy 
xalqlarga azaldan xos bo‘lgan. Chunki 
suv inson hayotida muhim rol o‘ynaydi 
va uning iqtisodiy faoliyatining ko‘plab 
sohalarini qamrab oladi. Rus etnograf olimi 
G.P.Snesarev Xorazmdagi suv ma’budasi 
Vaxshvaraga sig‘inish izlari haqida gapirar 
ekan, bir paytlar suv ma’budasi Vaxsh nomi 
bilan atalgan Amudaryoga qurbonliklar 
keltirilishini tilga oladi. Olimning yozishicha, 
qadimgi xorazmliklar bahor oldidan “suv ko‘p 
bo‘lsin, hosil mo‘l bo‘lsin, yurt obod bo‘lsin” 
degan niyatlar bilan ho‘kiz jasadini daryoga 
tashlaganlar
4
.
O‘rta Osiyo toponimiyasining bilimdoni 
E.Murzayevning 
yozishicha, 
Yenisey 
tosh bitiklarida “turk yduk yarch sube - 
“turklarning muqaddas yer va suvi” degan 
runik yozuvni topishgan. Turkiy tillarning 
yana bir taniqli tadqiqotchisi S.E.Malov bu 
yozuvni Vatan deb tarjima qilish mumkin, 
deb hisoblaydi
5
. Darhaqiqat, Ona zaminni 
ko‘plab xalqlar e’zozlagan. Bu faktlarning 
barchasi farovonligi ko‘p jihatdan bunga 
bog‘liq bo‘lgan turkiy xalqlar orasida musaffo 
tabiatga 
ehtiyotkorona 
munosabatda 
bo‘lish, uning boyliklarini asrab-avaylash va 
g‘amxo‘rlik qilishidan dalolat beradi.
Muhofaza qilinadigan hududlarning 
turli shakllari orasida qo‘riqxonalar va 
2 Бартольд В.В. Сочинения. -М.; том 4. стр.58
3 Караев С. Топонимия Узбекистана с топонимическим словарем. -Т.; «Турон замин зиё», 2015.
4 Снесарев Г.П. Реликты домусульманских верований и обрядов у узбеков Хорезма. - М.: 1969. 336 с.
5 Малов С.Е. Памятники древнетюркской письменности. - М.: 1951. 451 с.
6 Хакимов Кошкар Махкамович. Жиззах вилояти топонимлари. -Жиззах.: “Сангзор”. 2014. 204 бет.
milliy bog‘lar muhim o‘rin tutadi. Hozirgi 
kunda O‘zbekistonda 9 ta qo‘riqxona, 16 
ta buyurtmaxona va 2 ta milliy tabiat bog‘i 
mavjud. Ular joylashgan hudud davlat 
himoyasida bo‘lib, o‘zlari joylashgan aholi 
punktlari nomi bilan ataladi. Qo‘riqxonalarda 
tipik yoki noyob ekotizimlarni himoya qilish, 
mahalliy fauna va florani saqlab qolish va 
ko‘paytirish, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish 
uchun mo‘ljallangan va shu bilan birga 
qat’iy tartibga solingan dam olish va turizm 
maskani bo‘lib xizmat qiladi.
Buyurtmaxona (zakaznik) – aniq bir 
hudud yoki akvatoriyaning bir qismi. Unda 
qo‘riqxonadagidek barcha tabiat majmuasi 
emas, balki uning ayrim elementlari - o‘simlik, 
tuproq, hayvonot dunyosi, foydali qazilmalari 
va boshqa qismlari qonun bilan qo‘riqlanadi 
va o‘simlik, hayvonlari ko‘paytiriladi. Bunday 
joylarda nodir, foydali o‘simlik va hayvonot 
turlari 
ko‘paytirilib, 
boshqa 
joylarga 
tarqatilishi ham mumkin. Buyurtmaxonalar 
qo‘riqlanadigan hudud bo‘lsa-da, ulardan 
foydalanish tartibi unchalik qattiq emas, 
vaqtinchalik chegara bilan cheklangan va 
qisman foydalanish imkoniyati mavjud
6
.
Hozirgi o‘zbek tilida bokira tabiatni 
asrab-avaylashga e’tiborli munosabatni 
bildiruvchi so‘zlar ko‘p: aziz, ota, bobo, gur, 
mozor, avliyo. Diniy va huquqiy asosga 
ega bo‘lgan bu so‘zlar aholi punktlar 
nomlari tarkibida uchraydi, bu hududning 
qo‘riqlanadigan rejimi va tabiatini bevosita 
ko‘rsatadi. Masalan, Aziztepa, Nurota, 
Sufimozor, Avliyota va boshqalar.
Aziz-avliyolar, islom dini peshvolarining 
ismlari qo‘yilgan geografik obyektlar, mahalliy 
xalq tomonidan obod qilingan va so‘lim tabiat 
go‘shalariga aylantirilgan. Bunday nomlar 
bir tomondan o‘sha maskanga ziyoratchilar 
oqimini ko‘paytirib, iqtisodiy jihatdan foyda 
ko‘rilishiga sabab bo‘lsa, boshqa tomondan 
o‘sha hudud tabiatini ekologik jihatdan toza 
va ozoda saqlashga yordam beruvchi diniy-
huquqiy himoya vositasi sifatida ahamiyatli 
ekanligini ham unutmaslik kerak. 
Nomshunos olim Suyun Qoraevning 
qayd etishicha, mahalliy xalqlarning e’tiqodiga 
ko‘ra, shunday joylar borki, unga har doim 
TABIIY VA ANIQ FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
152 
ham borilmaydi. Faqat qurbonlik qilinadigan 
paytlarda diniy marosimlarni bajarish uchun 
faqat erkaklar borishadi. Bundan shunday 
xulosa kelib chiqadiki, muqaddas qadamjoylar 
- daryolar, ko‘llar, tog‘lar muqarrar ravishda 
mahalliy aholi tomonidan qo‘riqlangan, va 
beixtiyor yovvoyi tabiat qo‘riqxonalari toifasiga 
kiritilgan
7

E’tiborli tomoni shuki, ko‘p asrlar avval 
rasmiy hujjatlar paydo bo‘lishidan ancha 
ilgari davlat bu haqda hali o‘ylamagan qadim 
zamonlardan boshlab xalq tabiatni asrash 
haqida qayg‘urgan, uning ne’matlaridan 
qachon va qayerda zararsiz foydalanish 
mumkinligini aniq bilgan
8
.
Bu jarayonda nom berilayotgan obyektni 
ahamiyati muhimligini ta’kidlovchi, ulug‘lovchi 
(aziz, azim, buyuk, bobo, ota, cho‘n, sar, ulug‘...), 
ilohiylashtiruvchi (avliyo, mozor, masjid, yetti, 
islom, imom, jannat, zohid, ko‘k, payg‘ambar, 
oq (safed)...), qo‘rqituvchi (ajina (jin), alvasti, 
arvoh, borsakelmas, dev, devgar, devona, 
jinni, yomon (jomon), kallaxo‘r, yalong‘och, 
o‘ldi, qaroqchi, qirildi...) yoki kishilarning 
orzu-istaklarini ifodalovchi (baxt, bog‘, bahor, 
boy, bo‘ston, namuna, obod, chaman...) 
7 Караев Суюн. Топонимия Узбекистана с топонимическим словарем. –Т.: 2015. 550 стр.
8 Хакимов Кошкар Махкамович. Топонимика. –Т.: “Мумтоз сўз”. 2016. 368 бет.
9 Отақулов Позилжон Собирович. Географик номлар шаклланишида минтақавий табиий-ижтимоий хусусиятларнинг ўрни ва аҳамияти (Фарғона водийси мисолида). Дис... гео... 
фан... бўйича фалсафа доктори. Фарғона, 2021. -б.46
terminlardan foydalaniladi
9
.
Tabiiy landshaft va uning tarkibiy 
qismlarini muhofaza qilish va oqilona 
foydalanishda joy nomlarini o‘rni va ahamiyatini 
tahlil qilib, quyidagi xulosalarni bayon qilish 
mumkin: 1) geografik nomlar aniq bir tarixiy 
sharoitda paydo bo‘lgan va tabiat bilan 
jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlarni o‘zida 
aks etadi; 2) toponimlarning katta qismining 
shakllanishida tabiiy landshaft va uning 
tarkibiy qismlari asos vazifasini bajargan; 3) 
joy nomlari tabiatni muhofaza qilish va undan 
oqilona foydalanishda yordam beradi; 4) joy 
nomlarini hudud tabiatining o‘ziga xos tili, uning 
mantiqiy ifodasidir; 5) hudud tabiiy landshafti 
va uning tarkibiy qismlari negizida shakllangan 
joy nomlari tabiiy landshaftning, tarixi, 
dinamikasi va xususiyatlari haqida «gapiradi»; 
6) joy nomlari yordamida tabiatning hududiy 
jihatlarini tadqiq etish, ularning o‘tmishdagi 
geografik holatini aniqlash imkoniyati mavjud; 
7) geografik nomlar yordamida hududning 
relyef shakli, tuproq, o‘simlik va hayvonot 
dunyosini tarqalish areali va rivojlanish 
bosqichlarini aniqlash mumkin.
MAKTAB О‘QUVCHILARIDA LOYIHALASH 
MADANIYATI MAZMUNI
Rabbim Mixliyevich Yusupov -
t.f.n., dotsent, Jizzax davlat pedagogika universiteti
Bekzod Burxon o‘g‘li Abdug‘aniyev -
о‘qituvchi, Jizzax davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada loyiha, loyihalash, loyihalash madaniyati mazmuni va turli 
sohalar bo‘yicha qo‘llagan xorijiy olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlar tahlillari keltirib 
о‘tilgan. Shuningdek, maktab o‘quvchilarining loyihalash madaniyatini shakllantirish bosqichlari va 
buning uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Bundan tashqari, 
robototexnika o‘quvchilarning loyihalash madaniyatini rivojlantirish vositasi sifatida ko‘rib chiqilgan.
Аннотация: В данной статъе представлено содержание дизайна, дизайна, дизайн-културы 
и проведен анализ научных работ, проведенных зарубежными учеными в различных областях. 
Также дана подробная информация об этапах формирования проектной културы школников 
и необходимых для этого условиях. Кроме того, робототехника рассматривалас как средство 
развития дизайнерской културы учащихся.
Abstract: In this article, the content of the design, design, design culture and the analysis of 
scientific works conducted by foreign scientists in various fields are presented. Also, detailed 
information about the stages of formation of the design culture of schoolchildren and the necessary 
conditions for this is given. In addition, robotics was considered as a means of developing students' 
design culture.
Kalit sо‘zlar: loyiha, loyihalash, loyihalash madaniyati, robototexnika
Ключевые слова: проект, дизайн, култура дизайна, робототехника.
Keywords: project, design, design culture, robotics 
Globallashuv sharoitida ta’lim, ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish sohalarida 
TABIIY VA ANIQ FANLAR


153 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
samaradorlikni yaxshilash, raqobatga bardoshli 
kadrlar, sifatli mahsulotlarni tayyorlashga 
bо‘lgan ehtiyoj, talab hamda takliflarning 
eng ommabop turlaridan biri – ta’limiy 
robototexnika vositasida о‘quvchilarning ijodiy 
qobiliyati, loyihalash madaniyatini rivojlantirish 
о‘ta dolzarb masala sifatida kun tartibiga 
qо‘yilmoqda. Chunki, bugungi kunda jamiyatda 
ta’lim, ishlab chiqarish, xizmat kо‘rsatish 
va boshqa sohalarida yо‘lga qо‘yilayotgan 
faoliyatning katta qismi robototexnika 
yordamida amalga oshirilmoqda. Pedagogik 
kuzatishlar yoshlar mazkur texnologiya 
imkoniyatlaridan foydalanish haqida umuman 
yoki tо‘liq xabardor emasligini kо‘rsatmoqda. 
Maktab 
jamiyatning 
eng 
muhim 
institutlaridan biri sifatida о‘quvchi shaxs 
sifatida shakllanadigan, davlat, jamiyat 
hayotida faol ishtirok eta oladigan, tez 
о‘zgaruvchan ijtimoiy-madaniy va pedagogik 
innovatsiyalar 
sharoitida 
ijtimoiylasha 
oladigan, davlat ta’lim siyosatiga qо‘yiladigan 
quyidagi talablarni belgilaydi: 
1) о‘quvchilarning butun hayoti davomida 
va barcha ta’lim muhitida zamonaviy 
bilim, kо‘nikma va malakalarni egallashiga 
kо‘maklashish; 
2) о‘quvchilarning о‘quv va ijodiy 
faolligini shakllantirish platformasi sifatida 
maktablarning yetakchiligini ta’minlash; 
3) 
sinfda 
va 
darsdan 
tashqari 
mashg‘ulotlarda о‘zaro hamkorlik orqali 
о‘quvchilarning loyihaviy kompetensiyalarni 
egallashiga kо‘maklashish, shuningdek, tashqi 
muhit bilan samarali aloqalardan foydalanishni 
ta’minlash.
Bugungi kunda maktab о‘quvchilarning 
о‘quv va ijodiy faoliyatini shakllantirishda 
katta tajribaga ega bо‘lishiga qaramay shuni 
ta’kidlash joizki, о‘quv jarayonini tashkil 
etishning an’anaviy shakllari kamchiliklardan 
xoli emas. Ular quyidagilarni о‘z ichiga oladi: 
1) maktabning ta’lim muhiti zamonaviy 
loyihaviy ta’lim olishga yо‘naltirilmagan, bu 
esa о‘z navbatida о‘quvchilarda shakllangan 
loyihalash 
madaniyati 
yetarli 
darajada 
shakllanmaganligini kо‘rsatdi; 
2) о‘quvchi shaxsining ijodiy rivojlanishiga 
salbiy ta’sir kо‘rsatadigan faktga asoslangan 
deklarativ shakldagi axborotlarni uzatishga 
yо‘naltirilgan faoliyat, fikrlashi va xatti-
harakatlar, turg‘un stereotiplar mavjudligi; 
3) 
о‘qituvchilar 
tomonidan 
ta’lim 
muhitining resursi sifatida yetarli darajada 
foydalanmasligi. 
Shakllangan 
loyihaviy 
madaniyat, 
maktabda ta’lim jarayoni natijasida kо‘p 
jihatdan samarali boshqaruv mexanizmlariga, 
maktab ta’lim maydonining barcha tarkibiy 
qismlarining о‘zaro ta’sirlashuvchanligiga 
bog‘liq. (muhit, usullar, pedagogik boshqaruv 
texnologiyalari, ta’lim shakllari va vositalari) 
Shularni hisobga olib, о‘quvchilarning 
loyihaviy 
madaniyatini 
shakllantirishning 
yetakchi omillari va uni tashkil etishning asosiy 
tamoyillarini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Sо‘ngi yillarda ta’lim, ishlab chiqarish, 
xizmat kо‘rsatish va boshqa kо‘plab sohalarda 
mutaxassislarning loyihalash madaniyatini 
shakllantirishga va rivojlantirishga alohida 
e’tibor qaratib kelinmoqda. Ma’lumki XXI 
asr boshlarida pedagogika nazariyasi va 
amaliyotida yangi yо‘nalish – loyihaviy (ijodiy) 
pedagogika paydo bо‘ldi. Uning rivojlanishi esa 
dunyoda sodir bо‘layotgan ijtimoiy-madaniy 
va innovatsion о‘zgarishlar bilan belgilanadi. 
Bunday о‘zgarishlar mamlakatimizda mavjud 
ta’lim tizimiga ham о‘z ta’sirini о‘tkazmoqda. 
Ma’lumki, har qanday muammoning 
dolzarbligi har qanday faoliyatning samarasi uni 
dastavval puxta rejalashtirish, loyihaviy (ijodiy) 
yondashuv asosida aniq va mukammal, о‘ziga 
xos bо‘lgan yechimini topishga e’tibor qaratish 
bilan belgilanadi. Maktab о‘quvchilarida 
loyihalash madaniyatini shakllantirish quyidagi 
holatlar bilan belgilanadi:
1)о‘quvchilarda mustaqil, ijodiy fikrlash 
qobiliyati shakllanadi yoki ijodkorlik tafakkuri 
rivojlanadi;
2)ularning estetik didi о‘sadi va buning 
natijasida borliqqa nisbatan estetik munosabat 
qaror topadi;
3)о‘quvchilarda loyihalash vositalaridan 
о‘rinli, maqsadli va samarali foydalanish 
ehtiyoji yuzaga keladi;
4)о‘quvchilarda 
loyiha 
madaniyatini 
rivojlantirish jarayonida axborot, media 
resurslariga kirish va axborot almashish 
kontekstida ichki va tashqi muhitning 
konfiguratsiyasi sifatida ochiqlik, individual 
ta’limga bо‘lgan qiziqish va ehtiyojlarga qarab 
ta’lim muhitini kengaytirish imkoniyati taqdim 
etiladi;
5)о‘quvchilar va о‘qituvchilarning о‘zini 
о‘zi rivojlantirish, о‘z-о‘zini tartibga solish, 
о‘z taqdirini о‘zi belgilash imkoniyatini 
belgilaydigan ta’lim muhitining rivojlanayotgan 
tabiati, bu individual rivojlanish trayektoriyasini 
yaratishga imkon beradi;
6)о‘quv predmeti muhitini modellashtirish 
va loyihalashda barcha ta’lim subyektlarning 
qiziqishlari va imkoniyatlarini maksimal 
darajada hisobga olgan holda qо‘shma loyiha 
faoliyatining maxsus shakllarini ishlab chiqish;
TABIIY VA ANIQ FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
154 
Uzluksiz 
ta’lim 
tizimining 
turli 
bosqichlarida 
о‘quvchilarda 
loyihalash 
madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish 
jarayoni mohiyatini ochib berishda “loyiha”, 
“loyihalash” va “loyihalash madaniyati” 
tushunchalari tayanch atamalar sifatida 
foydalaniladi. Shu sababli ayni vaqtda ularning 
mazmun-mohiyati bilan tanishib chiqish, kо‘rib 
chiqilayotgan umumiy jarayon haqida yaqqol 
tasavvurga ega bо‘lishni ta’minlaydi. 
“О‘zbek tilining izohli lug‘ati”
1
da loyiha 
va loyihalash tushunchalari quyidagicha 
ta’riflangan: 
loyiha – [arabcha - rо‘yxat; nizom, qoida; 
reja, dastur]:
1. Bino, inshoot, mashina va shu 
kabilarni qurish yoki tiklash uchun ishlangan, 
tayyorlangan hujjatlar (chizma, hisob-kitob, 
andoza, nusxa va shu kabilar) majmui.
2. Qaror, farmon, qonun va shu kabi 
hujjatlarning dastlabki xomaki matni.
Loyihalash – Mо‘ljallangan obyektlar 
(asbob va jihozlar, bino va inshootlar, turli 
mashina va apparatlar, kiyim-bosh va 
mebellar)ning yangi xil va namunalarini qurish 
va yaratish uchun ularning loyihalarini tuzish 
va chizish. 
“Pedagogika fanidan izohli lug‘at”da 
loyihalash tushunchasiga shunday ta’rif 
berilgan: loyihalash - ta’limning mazmuniy 
qismini ishlab chiqishdan iborat bо‘lib, uning 
umumiy va aniq maqsadlar, о‘qitiladigan 
ma’lumot (fan) lar majmuasini aniqlash, har 
bir fanning mazmuni, soatlar va boshqalarni 
rejalashtirishdir
2

Shuni alohida qayd etib о‘tish joizki, 
“loyihalash” tushunchasi mualliflar о‘zlarinining 
pozitsiyasidan kelib chiqib holda faqatgina 
ta’lim jarayoniga nisbatan qо‘llanilgan. 
Biroq, zamonaviy sharoitda ushbu 
tushunchani kо‘plab sohalarda keng miqyosda 
qо‘llash mumkin. Masalan, og‘ir sanoat, 
yengil sanoat, qishloq xо‘jaligi, ta’lim, ishlab 
chiqarish va hokazo. Zero, mazkur sohalarda 
tashkil etiladigan faoliyat mazmunini, ularning 
yо‘nalishlarini dastlab loyihada aks ettirish, 
uning yordamida amaliy harakatlarni tо‘g‘ri 
rejalashtirish, uning natijalarini bashoratlash 
jarayonini tartibga solish, mavjud vositalar va 
intellektual imkoniyatlarini oqilona hisobga 
ola bilish, zarur shart-sharoitlarni yaratish, 
mablag‘, kuch va vaqtni tejamli sarflash 
imkoniyatini yaratadi.
M.N.Axmetova
3
“о‘qituvchining 
1 О‘zbek tilining izohli lug‘ati-О‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. Davlat ilmiy nashriyati. Toshkent-2022
2 Pedagogika fanidan izohli lug‘at/J.Hasanboyev va b. -Toshkent:”fan va texnologiya” nashriyoti, 200-245-bet
3 Ахметова, М.Н. Проектная культура будущего учителя Текст. / М.Н.Ахметова // Школьные технологии. — 2004. —№ 4. — С.210-220.
4 В.Д.Васильева. Проектная кулътура как цель профессионалной инженерной подготовки. // Знание. Понимание. Умение. – 2012. – № 2. – С. 249-252.
loyihalash 
madaniyati” 
tushunchasini 
quyidagicha 
sharhlaydi: 
о‘qituvchining 
loyihalash madaniyati – kasbiy-pedagogik 
madaniyatning muhim tarkibiy qismi bо‘lib, 
“loyihalash” mohiyati pedagogik faoliyatini 
ta’limiy-tarbiyaviy hodisa, jarayon va tizimlarni 
bashoratlash, rejalashtirish, yaratish va 
modellashtirish negizida innovatsion qayta 
qurish usuli hisoblanadi. Muallif qayd 
etganidek, loyihalash madaniyati nafaqat 
о‘qituvchi, balki zamonaviy sharoitda barcha 
sohalarda faoliyat yurituvchi mutaxassislar 
kasbiy 
madaniyatining muhim tarkibiy 
qismi hisoblanadi. Chunki, loyihalash orqali 
mutaxassis sohaga oid dolzarb muammolarni 
kо‘ra olish, ularning yechimini topish borasida 
asosli nazariy g‘oyalarni ilgari surish, 
bashoratlash, puxta rejalashtirish, izlanish, 
modellashtirish, yaratilgan loyihani tegishli 
davralarda ekspert, mutaxassislar e’tiboriga 
havola qilish va loyihalash ilgari surilgan 
nazariy g‘oyalarning amaliyotga tatbiqini 
ta’minlash kо‘nikma, malakalariga egaligini 
namoyon eta olishi zarur.
V.D.Vasilyeva
4
muhandislik faoliyatining 
о‘zi bevosita loyihalashdan iboratligi sababli 
zamonaviy 
ijtimoiy-madaniy 
vaziyatdan 
kelib chiqqan holda talabalik yillaridanoq 
bо‘lajak 
muhandislarda 
loyihalash 
madaniyatini shakllantirish muhim pedagogik 
vazifalardan biri ekanligini qayd etgan. 
Zamonaviy sharoitda esa texnika oliy о‘quv 
yurtlarida bо‘lajak muhandislarda loyihalash 
madaniyatini 
shakllantirish 
ustuvor 
va 
о‘ta muhim maqsadlardan biriga aylandi. 
Muammoning 
ilmiy-nazariy 
yechimini 
topish jarayonida muallif “muhandisning 
loyihalash 
madaniyati” 
tushunchasini 
pedagogik iste’molga kiritadi. Muhandisga 
xos loyihalash madaniyati – zamonaviy fan 
va texnika darajasiga mos keluvchi kasbiy 
bilimlar, ularning loyihalashga doir amaliy 
kо‘nikma va malakalarga muvofiqligini, amaliy 
loyihalashda 
innovatsion 
yondashuvlar 
hamda muhandislik-loyihalash vazifalarini 
yechishda nostandart va yaratuvchanlik 
qarorlarini topish, shuningdek, loyihalash 
uchun yetarlicha ma’lumotlar bо‘lmagan va 
tavakkal sharoitida harakatlanishga imkon 
beruvchi axloqiy sifatlar, loyihalash qarorlarini 
qabul qilish oqibatlarini bashoratlash, nafaqat 
anglash, balki о‘z kasbiy harakatlarining 
oqibatlari uchun javobgarlikni aks ettirishga 
tayyorgarlikni 
ifodalovchi 
kasbiy-shaxsiy 
TABIIY VA ANIQ FANLAR


155 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
fazilat.
Uning 
qayd 
etishicha, 
loyihalash 
madaniyati 
loyihalashdek 
о‘ziga 
xos 
hodisaning turli bosqichlarda namoyon bо‘lishi 
sanalib, uning dastlabki bosqichi loyihalash 
faoliyatining ijtimoiy qoidalar, huquqiy hamda 
texnik me’yorlar, loyihalashga qо‘yiladigan 
zamonaviy talablar, shuningdek, mavjud 
amaliy kо‘nikmalarga mosligi bilan belgilanadi. 
Loyihalash madaniyatining yuqori darajasi 
esa loyihalashda boshlang‘ich ma’lumotlar 
yetishmagan, biroq, xavf-xatar va tahlika 
omillari mavjud sharoitda nostandart va ijodiy 
injenerlik-loyihalash qarorlaridan foydalanish 
asosida 
izlanishga 
bо‘lgan 
qobiliyat, 
innovatsion 
yondashuv, 
bashoratlashga 
tayyorlik hamda qabul qilingan loyihalash 
qarorlari oqibatlari uchun mas’ullikning kо‘zga 
tashlanishi bilan tavsiflanadi
5

V.M.Dyukov va G.S.Pyankova
6
lar qayd 
etishlaricha, loyiha ta’limning “yadrosi” 
S.I.Ojegov, 
N.Y.Shvedovalar 
tomonidan 
takidlanganidek, loyiha qurilma, mexanizm, 
moslamaning avvaldan rejalashtirib, sо‘ngra 
ishlab chiqilgan rejasi sanaladi. Loyiha metodi 
esa о‘z-о‘zidan loyiha ta’limining asosiy 
elementi tarzida namoyon bо‘ladi. Loyiha 
metodi - ta’limning faol metodlaridan biri bо‘lib, 
uning yordamida intellektual faollik yuzaga 
keladi, guruh yoki jamoada ishlash malakasi 
shakllanadi, ta’lim oluvchini qiziqtiradigan 
muammo bо‘yicha faoliyat natijasi tarzida 
mustaqil ravishda vazifalarni belgilash va 
yechimini topish kо‘nikmalarini rivojlantiriladi.
Zamonaviy 
sharoitda 
loyihalash 
metodidan kо‘p hollarda texnik bilimlarni 
yorituvchi fanlarni о‘qitishda faol foydalanib, 
gumanitar fanlar, shu jumladan, pedagogika 
va psixologiyani о‘rgatishda esa undan 
foydalanishga 

qadar 
jiddiy 
e’tibor 
qaratilmagan. Biz ham bu fikrni qо‘llab-
quvvatlagan holda buning asosiy sababi 
о‘qituvchilarning о‘zlari loyihalash malakalari 
hamda madaniyatiga ega emasligini aytib 
о‘tishimiz kerak. Shu sababli bugungi kunda 
pedagogik loyihalash malakasi hamda 
loyihalash madaniyatini puxta о‘zlashtirgan 
о‘qituvchilarni shakllantirishni talab qiladi. 
Bu talabning yetarlicha hal qilinishi ta’lim 
mazmunini innovatsion qayta qurishga 
imkon beradigan pedagogik loyihalash 
kо‘nikma, malakalarni о‘zida yetarlicha 
shakllantira olgan о‘qituvchilarning yordami 
bilan о‘sib kelayotgan avlodning loyihalash 
madaniyatiga ega bо‘lishiga erishiladi. О‘z 
5 В.Д.Васильева. Проектная кулътура как цель профессионалной инженерной подготовки. // Знание. Понимание. Умение. – 2012. – № 2. – С. 249-252.
6 В.М.Дюков, Г.С.Пьянкова. Формирование проектной культуры: ввеение в проблему // Современные наукоемкие технологии. – Красноярск, 2010. – № 9. – С. 83.
7 О‘sha manba. -s. 80-83
navbatida bо‘lajak о‘qituvchilarning pedagogik 
loyihalash madaniyatiga ega bо‘lishi ta’lim 
tizimini rivojlantirish uchun zamin yaratadigan 
innovatsion dasturlar, yangicha mazmundagi 
о‘quv dasturlari, texnologiyalari, metodikalari, 
о‘qitishning ilg‘or shakllarini yaratishga yangi 
tipdagi ta’lim muassasalarining turkumini 
shakllantirishga xizmat qiladi.
V.M.Dyukov, G.S.Pyankova
7
lar “loyihalash 
madaniyati” 
tushunchasini 
quyidagicha 
sharhlangan: loyihalash madaniyati zamonaviy 
о‘qituvchiga xos kasbiy madaniyatning о‘ta 
muhim qismi bо‘lib, u pedagogik faoliyatni 
bashoratlash, rejalashtirish, yaratish, tatbiq 
etish va rejalashtirilgan ish natijalarini baholash 
asosida innovatsion qayta qurishni nazarda 
tutadi. Ularning “loyihalash madaniyati” 
tushunchasini sharhlash borasidagi taklifida 
fikr qisqa, lо‘nda, tо‘liq va tushunarli tarzda 
ifodalangan. Shu bois, tadqiqotimizda ularning 
fikrlariga qо‘shilamiz.
Mualliflarning 
mutaxassis 
sifatida 
о‘qituvchining 
loyihalash 
madaniyatiga 
egaligini turli sohalar bо‘yicha ma’lumotga 
ega kadrlarning innovatsion mohiyatiga ega 
kasbiy faoliyatini tashkil etishga tayyorliklari 
deb e’tirof etganlar. Bо‘lajak о‘qituvchilarda 
loyihalash madaniyatini shakllantirishga ularni 
kasbiy tayyorgarlik jarayonida loyihalash 
faoliyati asoslaridan ogoh qilmay, о‘quv 
loyihalarining turli shakllari bilan tanishtirmay, 
pedagogik loyihalash tafakkurni rivojlantirmay, 
shuningdek , loyihalash faoliyatini tashkil 
etmay va kasbiy – pedagogik jihatdan о‘z-о‘zini 
takomillashtirmay turib erishib bо‘lmaydi.
Ularning 
fikrlariga 
kо‘ra, 
shaxsda 
loyihalash madaniyatini shakllantirishning 
dolzarbligi 
zamonaviy 
mutaxassisda 
ilg‘or, madaniy rivojlanish, hayotiy ehtiyoj 
hamda amaliyotga mos keladigan sifatlarni 
yaratish imkonini berishi bilan izohlanadi. 
Quyidagi jihatlar esa shaxsda bir qator 
loyihalash madaniyatini shakllantirish bilan 
bog‘liq quyidagi imkoniyatning yuzaga 
kelishini ta’minlaydi: birinchidan, loyihalash 
muammoli-rivojlantiruvchi ta’limning rang-
barang bо‘lishiga imkon beradi; ikkinchidan, 
loyihalash istalgan ta’lim muassasasining 
yangi, zamonaviy, innovatsion qiyofasini 
belgilab beradi; uchinchidan, loyihalash loyiha 
ishtirokchilarining tafakkur turini о‘zgartiradi; 
tо‘rtinchidan, loyihalash shaxsga yо‘naltirilgan 
pedagogika g‘oyalarini amaliyotga joriy 
qilinishiga yordam beradi; beshinchidan, 
loyihalash mehnat bozorida о‘qituvchining 
TABIIY VA ANIQ FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
156 
raqobatga bardoshliligini о‘zgartiradi.
T.L.Stenina
8
e’tiborni 
talabalarda 
loyihalash 
madaniyatining 
muhim 
kо‘rinishlaridan biri – ijtimoiy loyihalashtirish 
madaniyatini shakllantirishga 
qaratilgan. 
Muallif tomonidan kо‘rsatilishicha, shaxsga 
xos loyihalash madaniyati negizida izlanish, 
axborot (ma’lumot) larni tahlil qilish, 
о‘zlashtirish va yangilash, bashoratlash 
hamda loyihalash qobilyatlariga egalik kо‘zga 
tashlanadi. Bu о‘rinda muallif fikrini birgina 
taklif bilan yanada mustahkamlash mumkin. 
Ya’ni shaxsga xos loyihalash madaniyati 
negizida izlanish, axborot (ma’lumot) larni tahlil 
qilish, о‘zlashtirish, yangilash, bashoratlash 
hamda loyihaning amaliyotga tadbiqi, uning 
ijtimoiy-amaliy ahamiyatini baholash kabi 
sifatlar namoyon bо‘lishiga erishish zarur. Shu 
bois ta’lim jarayonini maqsadli, majmuaviy 
tashkil etish asosida talabalarda innovatsion 
xarakterga 
ega 
loyihalash 
qarorlarini 
amaliyotga joriy qilish kо‘nikma, malakalarini 
shakllantirish 
maqsadga 
muvofiqdir. 
Muallifning e’tirofiga kо‘ra, ta’lim jarayonida 
talabalarni qadriyatli yо‘naltirish ularda ijtimoiy 
loyihalash 
madaniyatini 
shakllantirishga 
xizmat qiladi. Binobarin, qadriyatli yо‘naltirish 
о‘z navbatida bashoratlash va loyihalash 
vazifasini bajaradi va bu jarayonda talabalar 
kelajakda 
о‘zlari 
tomonidan 
о‘z-о‘zini 
rivojlantirish va takomillashtirish uchun 
sharoitni hosil qiluvchi faoliyatning ideal (har 
jihatdan puxta asoslangan, yetarlicha о‘ylab, 
rejalashtirilgan) modelini yaratadi.
G.A.Lyuks
9
loyihalash 
faoliyatini 
ijodkorlikning о‘ziga xos shakli sifatida 
pedagogik 
maqsadlar 
asosida 
kichik 
(loyihalash mohiyatiga kо‘ra о‘yin faoliyatida 
nima muhimligiga e’tiborni qaratish), о‘smir 
(yangi о‘quv fanlarni о‘rganish va о‘z kuchini 
sinab kо‘rish muhitidagi ehtiyojni inobatga 
olish), о‘spirin (mustaqil hayot ostonasidagi 
shaxsning istiqboldagi о‘z imkoniyatlarini 
rо‘yobga chiqarishga bо‘lgan intilishini nazarda 
tutish) yoshidagi о‘quvchilar bilan ishlashda 
ular rivojlanishining universal vositasi bо‘la 
oladi, deb hisoblaydi. 
8 Стенина Т.Л.Проектная культура студентов: аксиологический аспект // Казанский педагогический журнал. - 2010.-№ 5.-С. 132-137.
9 Г.А.Люкс. соsиального инноваsионное проектирование в региональной молодежной политике. Самара, 2003. 278 с
Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqqan 
holda biz о‘z tadqiqotimiz uchun “loyihalash 
madaniyati” ga quyidagi ishchi ta’rifni qabul 
qildik.
Loyihalash madaniyati – loyihalash 
faoliyatini 
tashkil 
etish 
jarayonida 
shakllanadigan kо‘nikma-malakalarning yuqori 
darajasi bо‘lib, u loyihalash faoliyatining ijtimoiy 
hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan 
talablar, texnik meyorlar, zamonaviy loyihalash 
qoidalariga mosligini ifodalaydi. Demak, 
loyihalash madaniyati negizida quyidagi 
asosiy elementlar kо‘zga tashlanadi: loyiha 
yoki loyihalashtirish g‘oyasi; umumiy va 
xususiy maqsadlar; loyihalash faoliyati; 
vositalar majmui; loyihalash faoliyatiga doir 
kо‘nikma va malakalar; ijodiy va innovatsion 
yondashuv; ma’lum sohaga oid hodisa, jarayon 
va tizimni bashoratlash, muayyan hodisa, 
jarayon va tizim bо‘yicha tashkil etiladigan 
faoliyatni rejalashtirish; ma’lum sohaga oid 
hodisa, jarayon va tizimni shartli belgi, sxema 
va timsollar yordamida loyihalashtirish; 
kо‘zda tutilayotgan hodisa, jarayon va tizimni 
modellashtirish; loyiha (model, dastur).
“Informatika va axborot texnologiyalari” 
kabi fan о‘qituvchilarining ta’lim jarayonini 
tashkil etishga ijodiy yondashishlari, ta’lim 
oluvchilarning yosh, psixologik va individual 
xususiyatlarini inobatga olgan holda ularga mos 
topshiriqlar majmuini shakllantira bilishlari, 
zarur о‘rinlarda metodik kо‘rsatmalarni 
berishlari shaxs tomonidan 
loyihalash 
madaniyatining samarali о‘zlashtirilishini 
ta’minlaydi. Bugungi kunda o‘quvchilarning 
loyihalash 
madaniyatini 
rivojlantiruvchi 
ko‘plab vositalarni uchratish mumkin. Xorijiy 
rivojlangan mamlakatlarda o‘quvchilarning 
loyihalash madaniyatini rivojlantiruvchi eng 
samaradorlikka ega vositalardan biri sifatida 
foydalanilmoqda. Ta’lim oluvchilarning ijodiy 
fikrlash qobilyati, boy tasavvurga egaliklari, 
mavjud vaziyatni tо‘g‘ri baholay olishlari, о‘quv 
faoliyatini oqilona rejalashtira olishlari ular 
tomonidan robototexnika yordamida g‘oyaviy, 
mantiqiy, texnik va texnologik jihatdan puxta 
loyihalarning yaratilishiga olib keladi. 
TABIIY VA ANIQ FANLAR


157 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MATEMATIKA 
FANINI O‘QITISHDA RAQAMLI TA’LIM 
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Abdivali Shamshiyev -
dotsent, Jizzax davlat pedagogika universiteti
Shaxnoza Xasanova -
magistrant, Jizzax davlat pedagogika universiteti
Saidazim Asrayev -
magistrant, Jizzax davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya: Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar tushunchasi, o‘quv jarayonida raqamli 
texnologiyalarning o‘rni, raqamli texnologiyalar asosida ta’limni axborotlashtirishning imkoniyatlari 
va ulardan foydalanish masalalari bayon qilingan. Umumta’lim maktablarida matematika fanini 
o‘qitishda raqamli texnologiyalarga asoslangan yangi o‘qitish vositalaridan foydalanish haqida fikr 
yuritilgan.
Аннотация: В данной статъе рассмотрено понятие цифровых технологий, рол цифровых 
технологий, возможности информатизации образования основанных на цифровых технологий 
и вопросы и исползования в образователном процессе. Рассмотрено исползование 
новых средств обучения основанных на цифровых технологий в обучении математике в 
общеобразователных школах.
Abstract: This article discusses the concept of digital technologies, the role of digital technologies, 
the possibility of informatization of education based on digital technologies and issues and use in 
the educational process. The use of new teaching aids based on digital technologies in teaching 
mathematics in secondary schools is considered.
Kalit so‘zlar: raqamlashtirish, raqamli texnologiyalar, o‘quv jarayoni, axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari, uzluksiz ta’lim tizimi, zamonaviy ta’lim.
Ключевые слова: цифровизация, цифровые технологии, образователный процесс, 
информационно-коммуникационные технологии, система непрерывного образования, 
современное образование.
Keywords: digitization, digital technologies, educational process, information and communication 
technologies, continuous education system, modern education.
Mamlakatimizda fan, ta’lim-tarbiya va 
ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash, 
uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, moddiy-
texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim 
shakllari va mazmuni takomillashtirish 
borasida olib borilayotgan islohotlar o‘quv 
jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish 
imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Zamonaviy 
jamiyat 
hayotiga 
raqamli texnologiyalarni jadal joriy etish, 
axborot makonini shakllantirish va elektron 
ta’lim tizimlarini rivojlantirish oliy ta’lim 
muassasalari talabalarining o‘quv jarayonini 
tashkil etish, ta’limga yondashuvlarni sifatli 
qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, ta’lim 
tizimini jadallashtirish to‘g‘risida yangi ilmiy 
va pedagogik g‘oyalarni shakllantirishga olib 
keladi. Raqamli va axborot texnologiyalarini 
ta’lim tizimiga va o‘quv jarayoniga keng joriy 
etish dunyo miqyosidagi tendensiya bo‘lib, 
yaqinda ta’lim tizimida sodir bo‘lgan eng 
muhim jarayonlardan birini anglatadi. 
Ta’limda zamonaviy tendensiyalardan 
biri bu raqamli texnologiyalarni ta’lim tizimiga 
kirishi. Ta’lim jarayonini raqamlashtirish faqat 
axborot texnologiyalardan foydalanishdan 
iborat emas. Internet, mobil va turli 
platformalar orqali onlayn tarzda amalga 
oshiriladigan ta’limda talaba va pedagogning 
moslashuvchanligi, ularni individuallashtirish, 
ta’limning ijodiy xususiyatini oshirishga 
qaratilgan yangi ta’lim modelini yaratish kabi 
muhim vazifalar kiradi.
Ta’lim tizimi bugungi kunda raqamli 
texnologiyalarga singib ketayotgani shunchaki 
hayratlanarli emas, chunki, bugungi kunda 
axborot makonida taklif etilayotgan ko‘plab 
narsalarni jiddiy tahlil qilish va pedagogik 
TABIIY VA ANIQ FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
158 
asoslash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
So‘nggi yillarda ta’limni «raqamlashtirish» 
muammolari, uning shakllanishiga ta’siri 
bo‘yicha biror-bir davlat loyihasi yoki so‘rovnoma 
asosida tadqiqotlar o‘tkazilmaganligi ham 
muhimdir
1
. Shu bilan birga, Internet tizimidagi 
muhitning yoshlar ongiga ta’sirining ahamiyati 
hukumatning, zamonaviy ommaviy axborot 
vositalarining 
ma’ruzalarida, 
pedagogik 
jamoatchilik muhokamalarida, magistrant va 
tadqiqotchilarning, shuningdek, deputatlarning 
izlanishlarida ham ko‘rishimiz mumkin. 
Raqamlashtirishga 
hozirgi 
kunda 
aniq 
ta’rif 
berilmagan. 
Ilmiy-tadqiqot 
ishlarida mualliflik ta’riflari mavjud. Jamiyat 
rivojlanishining hozirgi bosqichida ba’zi 
tadqiqotchilar va o‘qituvchilar tomonidan 
ta’limni axborotlashtirish raqamlashtirishning 
tarkibiy qismi sifatida qaralmoqda. Deyarli 
barcha tadqiqotlar ta’limni raqamlashtirish 
odamlarni jamiyatdagi o‘zgarishlarga va kasbiy 
muhitga moslashtirishning moslashuvchan 
ko‘nikmalarini rivojlantirishga olib keladi degan 
tushuncha bilan bog‘liq. 
Professional 
ta’limda 
raqamlashtirishning 
nazariy 
asoslari 
Y.M.Yegorova
2

A.A.Verbiskiy
3

G.A.Kruchinina
4
va boshqalarning asarlarida 
keltirilgan. Ilmiy adabiyotlarda “raqamli 
texnologiyalar” 
tushunchasi 
mualliflar 
tomonidan juda tor doirada yoritilgan. 
Normativ-texnik hujjatlar atamalari lug‘atida 
“raqamli texnologiyalar” tushunchasi “kodlar 
va signallarni ma’lum ketmaketlikda va ma’lum 
chastotada yozib olish uchun kompyuterlar yoki 
boshqa zamonaviy jihozlardan foydalanadigan 
texnologiyalar” deb talqin etiladi
5
Aksariyat 
mualliflar ta’limda raqamli texnologiyalarni 
raqamli 
va 
axborot 
kommunikatsiya 
texnologiyalariga asoslangan zamonaviy 
ta’lim muhitini tashkil etish usuli sifatida talqin 
etadilar. Ularning nuqtai nazariga qo‘shilamiz 
va ushbu ta’rifni tadqiqotimiz uchun asos 
sifatida ishlatamiz.
1 Шаронин Ю.В. Цифровые технологии в высшем и профессиональном образовании: от личностно ориентированной Smart-дидактики к блокчейну в целевой подготовке 
специалистов // Современные проблемы науки и образования. – 2019. – № 1. 4. Abdullayev, M., Saidahror, G., & Ayupov, R. (2020). Р
2 Егорова Е.М. Теоретические основы цифровизации в профессиональном образовании / Е.М. Егорова // Вопросы педагогики. – 2020. – № 6-1. – С.100-109.
3 Вербицкий А.А. Цифровое обучение: проблемы, риски и перспективы / А.А. Вербицкий // Электронный научно-публицистический журнал «Homo Cyberus». – – № 1(6). – 
[Электронный ресурс]. URL:http://journal.homocyberus.ru/VerbitskiyAA12019
4 Кручинин М.В. Применение цифровых технологий обучения в высшей школе: проблемы и перспективы, Swot-анализ / М.В. Кручинин, Г.А. Кручинина, Л.А. Петрукович // 
Казанский педагогический университет. – 2020. – № 3(140). – С. 64-75.
5 Словарь – справочник терминов нормативно-технической документации [Электронный ресурс] – URL: http: //normative_reference_dictionary.academic.ru
6 Козлова Н. Ш. Цифровые технологии в образовании // Вестник Майкопского государственного технологического университета. 2019. Вып. 1/40. С. 83–90.
7 Козлов Р. С., Козлова Н. Ш. Российская система образования в период цифровой трансформации //Учитель создает нацию (А.-Х. А. Кадыров): Сборник материалов IV 
Международной научно-практи- ческой конференции. 2019. С. 344–348.
8 Уваров А. Ю. Образование в мире цифровых технологий: на пути к цифровой трансформации. М.: Изд. дом ГУ-ВШЭ, 2018. – 168 с
N.S.Kramarenko, 
A.Y.Kvashin, 
S.D.Karakozova, A.E.Uvarova, O.B.Akimova va 
boshqalarning tadqiqotlarida resurslarning 
cheklanganligi va ta’lim xodimlarining raqamli 
savodxonligi yetarli emasligi sababli raqamli 
transformatsiya ta’lim tashkilotlariga kech va 
notekis ta’sir ko‘rsatishini hamda so‘nggi o‘n 
yilliklarda amalga oshirilgan ta’lim islohotlari 
juda qiyin bo‘lganligini ko‘rsatdi
6

Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, 
o‘quv jarayoni ishtirokchilari uchun raqamli 
texnologiyalarning mavjudligi o‘quv ishlari 
samaradorligini oshirish uchun zarur, ammo 
yetarli bo‘lmagan shartdir
7

Raqamli texnologiyalardan foydalanish 
bulutli hisoblash, jamoat yuqori tezlikdagi 
Internetning tarqalishi, aqlli raqamli vositalarni 
keng joriy etish, sun’iy intellekt usullaridan 
foydalanish va virtual texnologiyalarni keng 
joriy etish bilan bog‘liq.
A.Y.Uvarovaning 
tadqiqotlariga 
ko‘ra, «shaxsiylashtirilgan o‘qitish, yoki 
o‘quv jarayonini shaxsiylashtirilgan tashkil 
etish 
professor-o‘qituvchilarning 
ko‘p 
avlodlari orzusidir»
8
. U tevarak-atrofdagi 
olamni o‘zlashtirish jarayonida o‘zining 
bilish motivlarini rivojlantiruvchi va amalga 
oshiruvchi o‘quv ishlarining chuqur motivli 
subyekti sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Bugungi 
kunda raqamli texnologiyalarning rivojlanishi 
rivojlangan mamlakatlarda standartlashtirilgan 
mahsulotlarni ommaviy ishlab chiqarishdan 
ommaviy ravishda mavjud bo‘lgan individual 
mahsulotlarni 
moslashuvchan 
ishlab 
chiqarishga o‘tishga olib keldi. Shu bilan 
birga, ta’lim sohasida o‘quv jarayonini natijaga 
yo‘naltirilgan va shaxsga yo‘naltirilgan tashkil 
etishga o‘tish bo‘yicha ishlar boshlandi. Har bir 
talaba puxta ilmiy va gumanitar ta’lim oladi va 
zamonaviy kompetensiyalarni rivojlantiradi. 
Shu jihatdan ham raqamli texnologiyalarni 
ta’lim tizimida samarali qo‘llash bo‘yicha 
ishlarni jadallashtirish hamda bu bo‘yicha 
izlanishlarni olib borish muhim ahamiyat kasb 
TABIIY VA ANIQ FANLAR


159 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
etadi.
Ko‘plab 
izlanishlarning 
tahlilariga 
asosan raqamli texnologiyalar ta’lim sifatini 
oshirishda quyidagi imkoniyatlarni yaratadi
9

pedagogning mehnat sifatini oshirishga 
imkon yaratadi; katta hajmli axborotlar bilan 
ishlashni ta’minlaydi; ta’lim-tarbiya jarayonini 
shaffoflik, ochiqlik va tizimliligini kengaytiradi; 
ta’lim jarayonini diagnostika va monitoring 
qilish tizimini yanada samarali bo‘lishini 
ta’minlaydi va boshqalar. Ta’kidlash kerakki, 
raqamli texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy 
etilishi ko‘plab pedagogik va psixologik 
masalalarni samarali yechishga imkon 
yaratadi, jumladan,
10
raqamli texnologiyalar 
har bir talabaga individual yondashuv 
imkoniyatlarini beradi; raqamli texnologiyalar 
talabalarda axborot madaniyatining aksiologik 
va emotsional sifatlarini shakllantiradi; 
talabalarning o‘qish va o‘qishdan tashqari 
faoliyatning faol usullari va shakllarini 
kengaytiradi, onlayn rejimda hamkorliqda 
ishlashni osonlashtiradi; mustaqil ta’limni 
faollashtiradi va boshqalar.
Ta’lim 
tizimining 
raqamlashtirish 
bosqichiga o‘tishi jamiyatni raqamli davrga 
ishonchli o‘tishni va iqtisodiyotni raqamli 
o‘zgartirishni 
axborot 
texnologiyalari, 
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va 
axborot xavfsizligi sohasidagi yuqori malakali 
mutaxassislar bilan ta’minlashni ta’minlashi 
kerak. 
Raqamli 
transformatsiya 
tufayli 
zamonaviy sharoitda uzluksiz ta’lim tizimining 
rivojlanishi o‘quv jarayonini qurishga, shu 
jumladan, ilg‘or o‘quv texnologiyalaridan 
foydalangan holda zamonaviy elektron 
axborot-ta’lim muhitini yaratishga, ta’limni 
boshqarish strategiyasini amalga oshirishga 
va individual xususiyatlarga asoslangan o‘quv 
materiallarini moslashtirishga yangi talablarni 
qo‘yadi. 
Raqamli texnologiyalarga asoslangan 
yangi 
o‘qitish 
vositalari 
umumta’lim 
maktablarida 
matematikani 
o‘qitishda 
foydalanish quyidagi imkoniyatlarni yaratib 
bera oladi: o‘quvchilarni rag‘batlantiradi va 
ularning qiziqishini oshiradi; o‘quvchilarni 
kelajakdagi faoliyatiga tayyorlashga ko‘mak 
beradi. Hozirgi zamonda mehnat faoliyati 
9 Иванова Н.И., Кукушкина О.Ю. Социализация личности в цифровой среде // Материалы Международного молодежного научного форума «ЛОМОНОСОВ-2017» / Отв. ред. И.А. 
Алешковский, А.В. Андриянов, Е.А. Антипов. [Электронный ресурс]. - М.: МАКС Пресс, 2017.
10 Современные подходы в отечественном и зарубежном образовании: коллективная монография / отв. Ред. А.Ю. Нагорнова. - Ульяновск: Зебра, 2018. - 193-204.
o‘quvchilar qoniqish bilan ishlatayotgan 
kompyuterlar, texnologiyalar, dasturlar va 
qurilmalar yordamida boshqariladi; o‘rganish 
va o‘qitishning yangi imkoniyatlarini ochib 
beradi; o‘qituvchilarning kasbiy o‘sishi uchun 
ularga o‘z fanlari bo‘yicha o‘qitishning yangi 
usullarini kiritishga, yangi yondashuvlarni 
qo‘llashga, g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish 
va 
yangi 
ko‘nikmalarni 
rivojlantirishga 
imkoniyat yaratadi. O‘z resurslaridan oqilona 
foydalanishga imkoniyat yaratadi; o‘quv 
jarayonini oqilona boshqarish va nazorat qilish 
orqali vaqtni hamda mablag‘ni tejaydi. Raqamli 
texnologiyalarga asoslangan yangi o‘qitish 
vositalari darslarga tayyorgarlik jarayonini 
qisqartiradi va o‘qish jarayonini o‘quvchilar 
uchun qiziqarli hamda ko‘ngilochar qiladi; 
raqamli texnologiyalarga asoslangan yangi 
o‘qitish vositalari moslashuvchandir. Raqamli 
texnologiyalarga asoslangan yangi o‘qitish 
vositalari turli yoshdagi o‘quvchilar, turli 
darajadagi o‘qituvchilar uchun moslashtirilishi 
mumkin hamda ta’lim jarayonida o‘qituvchilar 
va o‘quvchilar uchun ko‘makdir.
Raqamli texnologiyalarga asoslangan 
yangi 
o‘qitish 
vositalaridan 
maktabda 
matematika darslarida foydalanish shuni 
ko‘rsatdiki, mazkur vositalar o‘qitish sifatini 
yaxshilash, 
samaradorligini 
oshirish, 
o‘qituvchi, talaba, talabalar guruhi, shuningdek, 
jamoa o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror 
toptirish, yagona maqsad sari intilish, har bir 
ta’lim oluvchi talabaning ichki imkoniyatlarini 
ro‘yobga chiqarish, shaxs sifatida namoyon 
bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit hamda 
muhitni yaratishda katta imkoniyatlarga ega. 
Eng muhimi o‘qituvchilar noan’anaviy ta’lim 
metodlarni tanlashda o‘rganilayotgan mavzu, 
muammo yoki hal qilinishi lozim bo‘lgan 
masalaga e’tibor qaratishlari lozim. Qolaversa, 
ularni qo‘llashda talabalarning yosh, psixologik 
xususiyatlari, dunyoqarash darajasi, hayotiy 
tajribalari inobatga olinsa, dars samaradorligi 
yanada oshadi. 
Xulosa sifatida aytish mumkinki, 
maktablarning bugungi kun sinf xonalari o‘n 
yil avvalgilaridan juda katta farq qiladi va 
sinf xonalari kompyuterlar, iPad, planshetlar, 
smart-doskalar va boshqa turdagi ta’lim 
texnologiyalari bilan jihozlangan. Dunyoning 
TABIIY VA ANIQ FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
160 
boshqa joylarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda 
ham raqamli avlodning yetti ekranli avlodi - 
televizor, kompyuter, planshet, tablet, fablet, 
smartfon va smartsoatlari paydo bo‘lmoqda. 
Bunday zich raqamli muhitga ega bo‘lish va 
u bilan doimiy o‘zaro munosabat natijasida 
bugungi kun o‘quvchi yoshlarining fikrlashi va 
axborotlarga ishlov berish jarayonlari oldingi 
fikr yuritish va axborot jarayonlaridan tubdan 
farq qilmoqda. Shu bilan birga, axborot va 
kommunikatsiya texnologiyalari – ta’lim 
tizimidagi barcha muammolarga yechim 
emas, balki raqamli avlod uchun ma’ruzalar va 
seminarlarni ma’lumotlarga boy va interaktiv 
qilib amalga oshirish vositasidir. Shuni ham 
ta’kidlab o‘tish lozimki, o‘qituvchilar o‘quvchi 
yoshlarning 
ehtiyojlariga 
yo‘naltirilgan 
interfaol o‘quv jarayonida asosiy rolni saqlab 
qoladi. O‘qituvchining obro‘si va uning 
faoliyatining samaradorligi faqatgina o‘quv 
fani doirasidagi bilimlar darajasi va uning 
pedagogik qobiliyatiga emas, balki muayyan 
o‘quv materialini to‘plash, qayta ishlash va 
o‘qitishda o‘qituvchining qanchalik zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini 
qo‘llash darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Boshqacha 
qilib aytganda, raqamli asrda ta’lim qayta ko‘rib 
chiqilishi va ta’lim paradigmasi o‘zgartirilishi 
shart, chunki o‘quvchi-yoshlar ortiq an’anaviy 
uslubda o‘qishni xohlamaydilar va o‘qituvchilar 
ham bu kabi odatiy usulda o‘qitishni davom 
ettirishlari kerak emas.
Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi 
va elektron ta’limning tarqalishiga olib 
keladigan 
raqamlashtirishning 
yangi 
tendensiyalari va bir vaqtning o‘zida yuzaga 
keladigan muammo va qiyinchiliklarni bartaraf 
etish sharoitida talabalarning samarali o‘quv 
jarayonini qurish dolzarb bo‘lib bormoqda. 
Raqamlashtirishni 
rivojlantirishning 
hozirgi darajasi va zamonaviy avlodning 
xususiyatlari elektron ta’limdagi to‘siqlarni yo‘q 
qilmoqda, bugungi kunda onlayn va oflayn 
ta’lim formatlari o‘rtasida unchalik raqobat 
mavjud emas, tadqiqotchilar onlayn va oflayn 
rejim integratsiyasi sharoitida o‘quv jarayonini 
qurishning nazariy va uslubiy asoslarini 
elektron muhitda aralash (gibrid) o‘rganish 
lozim degan fikrga qo‘shilishadi. 
Shuni qayd etish lozimki, ta’limni 
raqamlashtirish, birinchi navbatda, o‘quvchi 
va o‘qituvchilar o‘rtasida onlayn ko‘rinishdagi 
muloqot integratsiyasini rivojlantirsa, ikkkinchi 
tomondan, talabalarning o‘z ustida ilg‘or 
o‘quv texnologiyalaridan foydalangan holda 
mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shaklantiradi. 
Bu esa hozirgi rivojlanish jarayonida 
raqamlashtirishning yangi tendensiyalarini 
ta’lim jarayoniga qo‘llashda muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
TABIIY VA ANIQ FANLAR


161 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
“АMINLАR VА АROMАTIK АMINLАR” 
MАVZUSINI INTERFАOL USULLARDA 
O‘QITISH METODIKASI
Kamila Xamidovna Rashidova -
dotsent, Jizzax davlat pedagogika universiteti
Ozoda Jo‘raqulovna Akbarova -
magistrant, Jizzax davlat pedagogika universiteti
Gulrux Shirinboyevna Qayumova -
— o‘qituvchi, Jizzax shahar 19-maktab 
Annotatsiya: Ushbu maqolada “Aminlаr vа аromаtik аminlаr” mavzusini interfaol o‘qitish 
metodikasi keltirilgan. Mavzuni mustahkamlashda interfaol metodlardan: “Keys”, “Toifalash”, 
“Klaster”, “Venna diagrammasi” kabi metodlar ko‘rsatilgan.
Аннотация: В данной статъе представлена методика интерактивного преподавания 
темы «Амины и ароматические амины». Среди интерактивных методов укрепления темы 
показаны такие методы, как «Кейс», «Категоризация», «Кластер», «Диаграмма Венна».
Abstract: This article presents the methodology of interactive teaching of the topic “Amines 
and aromatic amines”. Among the interactive methods used to strengthen the topic: “Case”, 
“Categorization”, “Cluster”, “Venna diagram” methods are shown.
Kalit so‘zlar: Aminlar, aromatik aminlar, aminobirikmalar, azotli organik birikmalar, interfaol 
metodlar, reaksiya mexanizmi, oksidlanish - qaytarilish reaksiyalar, Gofmаn reаksiyаsi.
Ключевые слова: Амины, ароматические амины, аминосоединения, азотсодержащие 
органические соединения, интерактивные методы, механизм реакции, окислително-
восстановителные реакции, реакция Гофмана.
Keywords: Amines, aromatic amines, amino compounds, nitrogen organic compounds, 
interactive methods, reaction mechanism, oxidation-reduction reactions, Hoffmann reaction.
Azotli organik birikmalar ichida 
eng amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan 
birikmalar bular: aminlar va aromatik 
aminlar. Аminobirikmаlаrning аmmiаk 
molekulаsidаgi 
vodorod 
аtomlаrini 
uglevodorod rаdikаllаrigа аlmаshinishidаn 
hosil bo‘lgаn birikmаlаr deb qаrаsh 
mumkin. Аmmiаkdаgi bittа vodorod 
rаdikаlgа аlmаshsа birlаmchi, ikkitа 
vodorod аlmаshsа ikkilаmchi vа uchtа 
vodorod аlmаshsа uchlаmchi аmin hosil 
bo‘lаdi
1
,
2
Nomlаnishi 
vа 
izomeriyаsi. 
Аminobirikmаlаrni empirik nomenklаturа 
bo‘yichа nomlаshdа аminoguruh bilаn 
bog‘lаngаn rаdikаl nomi oxirigа аmin so‘zi 
qo‘shib o‘qilаdi. Sistemаtik nomenklаturа 
1 А.Аbdusаmаtov //Orgаnik kimyo, Toshkent “Tаlqin” 2005-yil.
2 Z. Sobirov // Orgаnik kimyo, Toshkent “Аloqаchi” 2005-yil.
3 А.Аbdusаmаtov, R.Mirzаyev, R.Ziyаyev //Orgаnik kimyo, Toshkent:O‘qituvchi, 2012-yil.
bo‘yichа nomlashdа esа аminobirikmа 
molekulаsidаgi uglerod аtomining sonigа 
qаrаb, ungа mos kelаdigаn to‘yingаn 
uglevodorod nomi oldigа “аmino” so‘zi 
qo‘shib o‘qilаdi vа аminoguruhning holаti 
rаqаmlаr bilаn ko‘rsаtilаdi
3
.
Olinish usullаri. Аminobirikmаlаrni 
spirtlаr vа gаloidаlkillаrgа аmmiаk tа’sir 
ettirib, nitrobirikmаlаr, nitril vа izonitrillаrni 
qаytаrib kislotа аmidlаrini oksidlаb olish 
mumkin. 
1. 
Spirtlаrgа 
yuqori 
hаrorаtdа 
kаtаlizаtor ishtirokidа аmmiаk bilаn 
tа’sir ettirilgаndа birlаmchi, ikkilаmchi vа 
uchlаmchi аminlаrning аrаlаshmаsi hosil 
bo‘lаdi:
2. Gаloidаlkillаrgа аmmiаk bilаn 
tа’sir etilgаndа dаstlаb tuz hosil bo‘lаdi. 
Bu tuz аmmiаk bilаn pаrchаlаngаndа 
TABIIY VA ANIQ FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
162 
аminobirikmа erkin holdа аjrаlib chiqаdi:
Bu jаrаyondа hаm birlаmchi аmin 
bilаn birgа ikkilаmchi vа uchlаmchi аminlаr 
аrаlаshmаsi hosil bo‘lаdi
4
[4].
3. 
Nitrobirimаlаrni 
qаytаrib 
аminobirikmаlаr olish usuli 1842 - yildа 
rus kimyogаri N.N. Zinin tomonidаn kаshf 
etilgаn bo‘lib, аminobirikmаlаrning аsosiy 
qismi sаnoаtdа shu usul bilаn olinаdi:
Bundа qаytаruvchi sifаtidа vodorod 
vа boshqаlаrdаn foydаlаnilаdi. Jаrаyonni 
neytrаl, kuchsiz kislotаli vа ishqoriy 
muhitlаrdа olib borish mumkin.
4. 
Аminobirikmаlаrni 
kislotа 
аmidlаrini pаrchаlаb (Gofmаn reаksiyаsi) 
hosil qilish mumkin:
5. Nitrillаr qаytаrilgаndа birlаmchi, 
izonitrillаrdаn esа ikkilаmchi аminlаr hosil 
bo‘lаdi:
Fizik xossаlаri. Аminlаrning dаstlаbki 
vаkillаri 

metilаmin, 
dimetilаmin, 
trimetilаmin - oddiy shаroitdа gаz. Suvdа 
yаxshi eriydi, аmmiаk hidigа egа. Qolgаn 
аminlаr аmmiаk hidigа egа bo‘lgаn 
suyuqliklаrdir, yuqori аminlаr yoqimsiz 
hidgа egа bo‘lgаn suyuq yoki qаttiq 
moddаlаrdir. Oddiy аminlаr аmmiаkdаn 
fаrq qilib hаvodа yonаdi. 
Kimyoviy xossаlаri. Аminlаr kimyoviy 
jihаtdаn аmmiаkgа o‘xshаsh reаksiyаlаrgа 
kirishаdilаr. Ulаr reаksiyа vаqtidа nukleofil 
xususiyаtni nаmoyon qilаdilаr.
1. Аminlаrni suvdаgi eritmаlаri 
аsos xossаsigа egа, buni quyidаgichа 
tushuntirish mumkin: 
2. Аminlаr minerаl kislotаlаr bilаn tuz 
hosil qilаdilаr:
Аminobirikmаlаrning 
аsoslik 
4 R.Yunusov // Orgаnik kimyo, Toshkent, “O‘qituvchi” 1996-yil.
5 А.Qurbonov, S.Zokirov //Orgаnik kimyo. Mа’ruzаlаr mаtni,Toshkent 2000-yil
6 G.S. Meliboyevа // Kimyoni o‘qitishdа zаmonаviy texnologiyаlаr, “Toshkent” 2020-yil.
xossаsi аzot аtomidаgi juftlаshmаgаn 
elektronlаrning protonni biriktirib olish 
qobiliyаti tufаyli nаmoyon bo‘lаdi
Аminlаrning аsoslik xossаsi quyidаgi 
tаrtibdа ortаdi:
3. Аminlаr аlkillаnish xususiyаtigа 
egа. Buni biz аminlаrni olish usullаridа 
ko‘rib chiqqаn edik.
4. Аminlаr аtsillаsh reаksiyаlаrigа 
kirishа olаdilаr. Аtsillovchi аgent sifаtidа 
kislotа аngidridlаri vа kislotа gаloid 
аngidridlаridаn foydаlаnish mumkin:
Ishlаtilishi: аminlаr orgаnik аsoslаr 
sifаtidа, dori - dаrmonlаr, erituvchilаr, 
pestitsidlаr sifаtidа ishlаtilаdi. Аromаtik 
аminobirikmаlаr hаm xuddi yog‘ qаtori 
аminobirikmаlаri 
kаbi 
аmmiаkning 
hosilаlаri hisoblаnаdilаr. Tozа аromаtik 
аminobirikmаlаrdа аminoguruh benzol 
hаlqаsidаgi uglerod аtomi bilаn bevositа 
bog’lаngаn bo‘lаdi. Mаsаlаn:
Аminoguruhi 
yon 
zаnjirdа 
joylаshgаn 
аminobirikmаlаr 
yog‘ 
qаtor аminobirikmаlаrning xossаlаrini 
tаkrorlаydilаr
5
.
Mаvzuni mustаhkаmlаshdа quyidа 
interfаol usullаrdаn foydаlаnаmiz:
Toifаlash — bu xususiyаt vа 
munosаbаtlаrni muhimligini nаmoyon 
qiluvchi umumiy xususiyаt. Аjrаtilgаn 
xususiyаtlаr аsosidа olingаn mа’lumotlаrni 
birlаshtirishni tа’minlаydi
6

Tizimli fikrlаshni, mа’lumotlаrni bir 
tuzilmаgа 
keltirishni mumkim, umumаn 
tizimlаshtirish ko'nikmаlаrini shаkllаntirаdi. 
Mа’lumotlаrni umumlаshtirish vа tаrkibiy 
sifаtlаrini аjrаtib chiqish, o'rgаnilаyotgаn 
TABIIY VA ANIQ FANLAR


163 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
tushunchаlаr o'rtаsidаgi аloqа vа o'zаro 
uzviylikni o'rnаtish usul vа vositаsi 
hisoblаnаdi. 
Toifаlаsh (metodi)
1- Ilovа
Klаster metodi pedаgogik, didаktik 
strаtegiyаning muаyyаn shаkli bo‘lib, u 
tа’lim oluvchilаrgа ixtiyoriy muаmmolаr 
(mаvzu) xususidа erkin, ochiq o‘ylаsh 
vа fikrlаrni bemаlol bаyon etish uchun 
imkoniyаt yаrаtishgа yordаm berаdi. 
Mаzkur metod turli xil tushunchаlаr 
o‘rtаsidаgi аloqаlаr fikrlаsh imkoniyаtini 
beruvchi tuzilmаni аniqlаshni tаlаb etаdi
7
2-ilovа
3-ilovа
VENNА DIАGRАMMАSI
7 L.V.Golish //Tа`limning fаol uslublаri: mаzmuni, tаnlаsh vааmаlgа oshirish”T. O`rtа mаhsus kаsb-hunаr tа`limi mаrkаzi, 2001-yil.
8 H.T. Omonov, M.B. Xаttаbov // Pedаgogik texnologiyаlаr vа pedаgogik mаhorаt,o‘quv qo‘llаnmа, Toshkent” Iqtisod-moliyа” 2016-yil.
9 G.А. Ixtiyаrovа, D.J.Bekchаnov. M.Sh. Аhаdov // Kimyoni o‘qitishdа zаmonаviy texnologiyаlаr, o‘quv uslubiy qo‘llаnmа, Toshkent-2020yil
VENNА 
DIАGRАMMАSI 
TUZISH 
QOIDАSI:
1-Doirаgа: Аminlаrning xossаlаrigа 
oid tushunchаlаrni, 2-Doirаgа aromаtik 
аminlаrning xossаlаri oid tushunchаlаrni, 
doirаlаr kesishgаn joyigа hаr ikki 
tushunchаlаrgа doir bo‘lgаn umumiy 
tushunchalаrini yozing
8

Topshiriq uchun “Ekspert vаrаg’i”:
4-ilovа
Keys texnоlоgiyаsi аsоsidа kimyо 
fаnini о‘qitishning аsosiy jihаtlаridаn 
biri о‘quvchilаrning fikrlаsh qobiliyаtini 
rivоjlаnishigа qаrаtilgаn bo‘lib, mаsаlаlаr 
yechish kо‘nikmа vа mаlаkаlаrini hоsil 
qilinishi hаmdа umumiy kimyоning аsоsiy 
tushunchа, qоnun vа nаzаriyаlаrini tаlаb 
dаrаjаdа о‘qitilishidа muhim аhаmiyаt 
kаsb etаdi
9
.
Keys bаyоni: Rus olimi N.N. Zinin 
1842-yildа nitrobenzolni cho‘yаn qirindisi 
vа xlorid kislotа ishtirokidа qаytаrib, аmаliy 
аhаmiyаtgа egа bo‘lgаn qаysi аminni hosil 
qilgаn ?
Keys tоpshiriqlаri:
1. Qаytаrish qаndаy jаrаyon vа u 
TABIIY VA ANIQ FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
164 
qаndаy аmаlgа oshаdi?
2. Nomа’lum moddа formulаsini 
keltiring?
3. Sаnoаtdаgi аhаmiyаti?
Keysning yechimi
1.Bu reаksiyаni dаstlаb rus olimi 
N.N.Zinin qo‘llаgаn. Nitrobenzol cho‘yаn 
qirindisi vа xlondkislotа tа’siridа hosil 
bo‘lаdigаn аtomаr vodorod tа’siridа 
qаytаrilаdi vа аnilin hosil qilаdi. 
2.Аminlаrdаn eng 
ko‘p аmаliy 
аhаmiyаtgа egа bo‘lgаn аmin - аromаtik 
аmin - аnilindir. 
3.Sаnoаtdа 
аnilinning 
olinishi 
nitrobenzolning qаytаrilish reаksiyаsigа 
аsoslаngаn. 
Keys bаyоni: Lаborаtoriyа stoli 
ustidа ikkitа “suv”li stаkаn turibdi. Ikkаlа 
stаkаngа hаm shishа tаyoqchа tushirilgаn. 
Tаyoqchаlаrni stаkаnlаrdаn chiqаrib, bir-
birigа yаqinlаshtirilsа, ulаrdаn qаlin oq 
tutun pаydo bo‘lа boshlаydi. Stаkаnlаrdаgi 
“suv”lаrni boshqа idishgа quyib, ikkinchi 
stаkаn ustigа qog‘oz qo‘yilаdi vа birinchi 
stаkаn qog‘oz ustigа chаppа qilib 
o‘rnаtilаdi, ikkаlа stаkаn o‘rtаsidаgi qog‘oz 
olinsа, uning o‘rnidа tutun hosil bo‘lib, ikkаlа 
stаkаnni to‘ldirilаdi. Sizningchа, qаndаy 
reаksiyа ketmoqdа?
Keys tоpshiriqlаri:
1. Stаkаnlаrdаgi moddа nimа?
2. Hosil bo‘lgаn oq tutun nimа?
3. Qаndаy reаksiyа nаtijаsidа bundаy 
holаt yuz berаdi?
Keysning yechimi:
1.Stаkаnlаrdа suv emаs, bаlki birinchi 
stаkаndа аmmiаk eritmаsi, ikkinchi 
stаkаndа esа xlorid kislotа eritmаsi bor 
edi.
2.Hosil bo‘lаdigаn oq tutun аmmoniy 
xlorid NH4Cl kristаllаridir.
3.Bu moddа аmmiаk gаzi bilаn 
vodorod xlorid gаzi o‘rtаsidаgi tа’sirlаshuv 
nаtijаsidа hosil bo‘lаdi.
Аmmiаk 
gаzi 
konsentrlаngаn 
аmmiаk eritmаsidаn, vodorod xlorid esа 
konsentrlаngаn xlorid kislotаdаn аjrаlib 
turаdi.
Mavzuni 
mustahkamlash 
uchun 
topshiriqlаr:
1.Nitrobirikmаlаr hаqidа umumiy 
tushunchаlаr.
2.Аminlаrning fizik vа kimyoviy 
xossаlаri
3.Nitrobirikmаlаr vа аminlаrning 
ishlаtilishi tаbiаtdа tаrqаlishi, hаqidа 
yozish.
4.92 g аnilinni to‘liq bromlаsh uchun 
qаndаy mаssаdаgi (g) brom sаrflаnаdi? 
Jadallik bilan rivojlanayotgan davrda 
ta’lim jarayonining sifatini oshirishda 
interfaol metodlarning o‘rni beqiyosdir. 
Interfаоl usuldа о’tilgаn dаrsda ta’lim 
oluvchida fanga nisbatan qiziqishlarini 
oshiradi va mavzuni to‘liq o‘zlashtirishga 
yordam beradi. Umumtа’lim mаktаblаrdа 
kimyo fаnini o‘qitishdа orgаnik birikmаlаr, 
xususаn, “Aminlаr vа аromаtik аminlаr” 
mаvzusini 
tushuntirishdа, 
interfaol 
usullаrini joriy etish vа uning metodikаsini 
tаkomillаshtirish 
o‘quvchilаrni 
kimyo 
fаnigа bo‘lgаn qiziqishlаrini oshirishga 
yordam beradi.
TABIIY VA ANIQ FANLAR


165 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
KATALIZ MAVZUSINI ZAMONAVIY PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA O‘QITISH 
Dilafruz Muradova -
dotsent, Jizzax davlat pedagogika universiteti
Madina Kamolova -
o‘qituvchi, PIMA tizimidagi Jizzax shahar 1-son maktabi 
Annotatsiya: Ushbu maqolada Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo fanidan “Katalitik 
reaksiyalar” mavzusini o‘qitishda interfaol metodlar, AKT, virtual laboratoriyalar, amaliy 
mashg‘ulotlardan samarali foydalanish haqidagi fikrlar va bir soatlik dars ishlanma va darsning 
samaradorligi keltirib o‘tilgan.
Аннотация: В данной статъе обсуждается исползование эффективных интерактивных 
методов, ИКТ, виртуалных лабораторных работ в процессе изучения химического блока 
на тему «Каталитические реакции». А также приведены эффективност урока и составлена 
часовая разработка практического занятия для урока по химии преподаваемой в средних 
общеобразователных школах. 
Abstract: This article discusses the use of effective interactive methods, ICT, virtual laboratory 
work in the process of studying a chemical block on the topic “Catalytic reactions”. And also the 
effectiveness of the lesson is given and an hour-long development of a practical lesson for a lesson 
in chemistry taught in secondary schools is compiled.
Kalit so‘zlar: ta’lim, interfaol metodlar, taqqoslash sinfi, tajriba sinfi, AKT, amaliy mashg‘ulotlar, 
kimyoviy kinetika, kataliz, katalizator, o‘zlashtirish samaradorligi.
Ключевые слова: обучение, интерактивные методы, класс-сравнение, эксперименталный 
класс, ИКТ, практические занятия, химическая кинетика, катализ, катализатор, эффективност 
усвоения.
Keywords: education, interactive methods, comparison class, experimental class, ICT, practical 
training, chemical kinetics, catalysis, catalyst, mastering efficiency.
“Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari 
taʼlimni tizimli isloh qilishning ustuvor 
yo‘nalishlarini belgilash, o‘sib kelayotgan 
yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy va intellektual 
rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga 
ko‘tarish, o‘quv-tarbiya jarayoniga taʼlimning 
innovatsion shakllari va usullarini joriy etish” 
kabi vazifalar belgilab berildi
1
.
Dars tahlillarini olib borish uchun 
Sh. Rashidov tumani XTB ga qarashli 12- 
maktabning tajriba sinfi (XI-B sinf) sifatida va 
taqqoslash sinfi (XI-A sinf) sifatida tanlab olindi. 
Taqqoslash sinfida darslar an’anaviy tarzda 
va interfaol metodlar bilan, tajriba sinfida esa 
noan’anaviy tarzda, amaliy mashg‘ulotlar va 
kompyuter dasturlaridan foydalangan holda 
tashkillashtirildi. Darslarni o‘tish bilan birga har 
hafta nazorat testlari o‘tkazib borildi va umumiy 
o‘zlashtirish natijalari aniqlandi.
Taqqoslash sinfi uchun darsda Aqliy hujum, 
Zinama-zina, Topqirlik bahsi, “Davom ettir”, 
“Bilish zavqi”, “Baliq skeleti” metodlari hamda 
laboratoriya va amaliy metodlarga bog‘lab olib 
1 “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.09.2018 yildagi PF-5538-son farmoni
2 Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar.-T.: 2008.
3 Sharipov, S. R., & Muradova, D. K. (2021). KIMYO TA’LIMIDA KIMYOVIY KINETIKA VA KATALIZ NAZARIYALARINI O‘QITISHNING ILMIY METODOLOGIK ASOSLARI. Academic research in 
educational sciences, 2(11), 1291-1306.
borildi
2
.
Kimyo fanini o‘qitishda o‘quvchilarning 
laboratoriya tajribalari, amaliy ishlar bajarishini 
amalga oshirish va virtual laboratoriya 
ishlarini qo‘llashning dolzarb masalalaridan 
biri hisoblanadi. Chunki laboratoriya va 
amaliy mashg‘ulotlarni o‘quvchilarning fanni 
o‘zlashtirishi uchun samarali hisoblanadi. 
Shuning uchun tajriba sinfida darslar laboratoriya 
va amaliy mashg‘ulotlar bilan bog‘lab olib 
borildi
3
.
Tajriba sinfi uchun dars ishlanma:
Sinf : XI-B
Mavzu: Katalitik reaksiyalar
Dars maqsadi : 
(Ta’limiy maqsadi) O‘quvchilar katalizator, 
katalitik reaksiyalar tushunchalari haqida 
kengroq ma’lumotlarga ega bo‘lishadi;
(Tarbiyaviy maqsadi) O‘quvchilarda guruh 
bilan ishlash, bir-birini eshitish, bir-birini hurmat 
qilish ko‘nikmalari rivojlanadi; 
(Rivojlantiruvchi masadi) O‘quvchilarda 
katalitik reaksiyalarni bajarish bo‘yicha olingan 
TABIIY VA ANIQ FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
166 
bilimlarini amaliyotda (laboratoriya sharoitida) 
qo‘llay bilish, xavfsizlik texnikasiga e’tiborli 
bo‘lish ko‘nikmalari rivojlanadi.
Dars tipi: Yangi mavzuni o‘rganish va 
mustahkamlash
Dars jihozlari va reaktivlari: AKT, tarqatma 
savollar, probirka, kolba, pipetka, shtativ, 
qisqich, quruq yoqilg‘i, H2O2 ning 3% li eritmasi, 
marganes(IV)-oksid, (MnO2), cho‘p, qand, 
tamaki kuli, 
Dars uslubi(metodi): Aqliy hujum, test 
yechish, laboratoriya va amaliy mashg‘ulot 
o‘tkazish, 
“Tushunchalar 
tahlili”, 
“Venn 
diagrammasi”, “BBB” metodi”.
Doskada: Dars mavzusi, reja
Darsning borishi I.Tashkiliy qism 
1.salomlashuv, davomat
2.navbatchilik va sinf xonasining tozaligi
3.darsga tayyorgarlik
II.Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanish 
1-guruh
1-savol: 
Agar termometr sinib qolsa, to‘kilgan 
simob yig‘ishtirib olinib, to‘kilgan joyga nima 
sepish kerak?
-Tuproq
-Qum
-Oltingugurt
-Suv
2-savol:
Konsentrlangan kislotani to‘g‘ri suyultirish 
tartibi berilgan rasmni belgilang. 
2-guruh
1-savol:
Agar teriga ishqor eritmasi to‘kilsa, birinchi 
nima qilish kerak?
-Hech narsa qilish kerak emas;
-Terini latta bilan artish kerak;
-Terini suv bilan yuvish kerak;
o Qichirish kerak.
2-savol :
Quyidagi 
rasmda 
ko‘rsatilgan 
spirt 
lampasining 1-3-qismlari nomini belgilang.
-Rasmda spirt lampasi berilmagan ;
-Spirt solinadigan idish, metall disk;
-Qalpoqcha, pilik;
o O‘lchov silindiri.
III.Yangi mavzu bayoni (AKT va kompyuter 
dasturi asosida tushuntiriladi.)
Katalizatorlar 
yordamida 
kimyoviy 
reaksiyaning tezligini o‘zgarishi jarayoniga 
– kataliz deyiladi. Reaksiyaning tezligi faqat 
4 www.chemistry.ru
zarrachalarning to‘qnashish tezligiga bog‘liq 
emas, balki ularning faollanish (aktivlanish) 
energiyasiga ham bog‘liq.
Reaksiya sodir bo‘lishi uchun yetarli 
bo‘ladigan eng kam energiya miqdori – faollanish 
energiyasi deyiladi. Faollanish energiyasi qancha 
kichik bo‘lsa, reaksiya shuncha tez sodir bo‘ladi. 
Reaksiya uchun 40 kJ/mol energiya sarflansa, 
reaksiya juda tez sodir bo‘ladi. 40-120 kJ/mol 
o‘rtacha tez, undan katta bo‘lganda sekin sodir 
bo‘ladi. 
Reaksiya tezligini o‘zgartirib, o‘zi kimyoviy 
jihatdan o‘zgarmaydigan moddalar katalizatorlar 
deyiladi
4
.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash 
a)Amaliy mashg‘ulot
1-guruh
Mavzu: H2O2 ning parchalanishi
Kerakli jihozlar va reaktivlar: Tubi yassi 
kolba, shpatel, cho‘p, keramik plita, quruq spirt, 
gugurt, H2O2 (3% li), MnO2
Ishning borish tartibi: Tubi yassi kolbaga 
3-4 ml H2O2 ning 3% li eritmasidan quyiladi. 
Ustidan shpatel uchida MnO2 kukunidan solinadi. 
Kolbada H2O2 ning shiddatli parchalanish 
reaksiyasi ketadi. Keramik plitada quruq spirtni 
yoqib, unda cho‘p cho‘g‘lantiriladi va cho‘g‘lanib 
turgan cho‘pni kolba ichiga tushiriladi.
Nazorat savollari:
1.Cho‘g‘lantirilgan cho‘p kolba ichiga 
tushirilganda 
nima 
kuzatildi? 
Sababini 
tushuntiring.
2.O‘tkazilgan bu reaksiyaning mavzu bilan 
bog‘liqligini tushuntiring.
2-guruh
Mavzu: Qandning yonishi
Kerakli jihozlar va reaktivlar: Chinni 
kosacha, rafinadlangan qand, tamaki kukuni, 
keramik plita, quruq spirt, gugurt, pinset
Ishning borish tartibi: Keramik plitaga 
quruq spirtni qo‘yib yoqiladi. Rafinadlangan 
qandni pinset yordamida alangaga tutiladi. 
Rafinadlangan qandni tamaki kukuniga botiriladi 
va qaytadan alangaga tutiladi.
TABIIY VA ANIQ FANLAR


167 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
Nazorat savollari:
1.Rafinadlangan qand bo‘lagi tamaki 
kukuniga botirilmasdan oldin va keyin nima 
kuzatiladi?
2.O‘tkazilgan bu reaksiyaning mavzu bilan 
bog‘liqligini tushuntiring.
a)”Mozaika” o‘yini
bunda o‘quvchilar o‘qituvchi tumonidan 
berilgan katalitik reaksiyalarni ketma-ketligini 
bilgan holda terishlari kerak bo‘ladi.
“BBB” metodi
V. Baholarni e’lon qilish va uyga vazifa 
berish.
Kundalik hayotda uchraydigan katalitik 
reaksiyalarni o‘ganib kelish. 
Katalitik reaksiyalar mavzusi o‘tib 
bo‘lingach, har ikki sinfda ham test sinovlari 
easy Quizzy-2 dasturida o‘tkazildi. Testlardan 
na’munalar:
1. Kataliz nima? 
A)katalizatorning muvozanatga ta’sir etishi 
B)Katalizatorlar 
yordamida 
kimyoviy 
reaksiyaning tezligini o‘zgarishi
C)katalizatorning 
muvozanatga 
ta’sir 
etmasligi
D)Katalizatorlar 
yordamida 
kimyoviy 
reaksiyaning tezligini barqarorlashtirish
2.Katalizator nima? 
A)Reaksiya tezligini o‘zgartirib, o‘zi 
kimyoviy jihatdan o‘zgarmaydigan 
B)muvozanat qaror topishini tezlashtiruvchi 
modda
C)muvozanatni siljituvchi modda
D)oraliq mahsulotlar
3.Katalizator qanday qilib reaksiya tezligini 
oshirtiradi? 1) dastlabki moddalardan birortasi 
bilan reaksiyaga kirishib aktiv oraliq kompleks 
hosil qiladi 2) Aktiv oraliq kompleks hosil qilish 
hisobiga reaksiyaning faollanish energiyasini 
pasaytiradi 3) moddalar sirtiga ta’sir etib sirt 
tarangligini pasaytiradi 4) Aktiv oraliq kompleks 
hosil qilish hisobiga reaksiyaning faollanish 
energiyasini oshiradi A) 1,2,3,4 B) 1,3 C) 1,2 D) 
1,4
5.Gomogen (a) va geterogen (b) katalizni 
aniqlang.
1)Nitroza usuli 
3)Eterifikatsiya reaksiyalarida 
4)Kantak usuli 
5) Gidrogenlanish reaksiyalarida Ni yoki Pt 
ishlatilishi 6) Ammiak sintezida Fe ning ishlatilshi 
A) a-1,2,6 b-3,4,5 B) a-1,2,3 b-4,5,6 
C) a-1,5,6 b-2,3,4 D) a-1,3,5 b-2,4,6
1-jadval
Kimyoviy kinetika. Kimyoviy reaksiya tezligi, 
kimyoviy muvozanat va ularga ta’sir etuvchi 
omillar mavzusi bo‘yicha 11a-11b –sinflari sinov 
natijalari
O‘rtacha to‘g‘ri javoblar sonini topish 
uchun har bir o‘quvchi bergan to‘g‘ri javoblar 
soni yig‘indisini o‘quvchilar soniga bo‘lganimizda 
guruhning to‘g‘ri javoblarining o‘rtacha qiymati 
kelib chiqadi, bu qiymatni 100% ga ko‘paytirib, 
savollar soniga bo‘lsak har ikkala guruhning to‘g‘ri 
javoblari o‘rtacha qiymatining foiz ko‘rsatkichi 
aniqlanadi. 1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 11b va 
11a o‘quvchilari 20 ta sinov savollari bo‘yicha 
o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari 70% ga 
teng. Ushbu ko‘rsatkichlar guruhning to‘g‘ri 
tanlanganligini ko‘rsatadi. 
2-jadval
Pedagogik eksperiment natijalari
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, 
an’anaviy va axborot texnologiyalarini qo‘llab 
o‘tilgan darslardan so‘ng o‘tkazilgan sinov 
natijalariga 
ko‘ra, 
o‘quvchilarning 
o‘quv 
materialini o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari ortdi. 
Bundan aytish mumkinki, an’anaviy darsdan 
farqli ravishda turli xil metodlar asosida va 
amaliy mashg‘ulotlar orqali dars jarayonini olib 
borish o‘quvchilar ongida ko‘proq qoladi va bilim 
olish samaradorligi oshadi.
3-jadval
O‘quvchilarning 
o‘zlashtirish 
ko‘rsatkichlarining ortishi
Jadval va diagrammadan ko‘rinib turibdiki, 
axborot texnologiyalarini qo‘llab o‘tilgan dars 
an’anaviy darsga nisbatan ancha samarador 
ekan. Dars samarasi 1.5 barobargacha oshdi. 
Dars mashg‘ulotlarini bunday tarzda olib borish 
o‘quvchilarni bilim olish darajasini oshiradi, 
ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi.
Kimyoviy bilimlarni egallashda o‘qitishni 
modernizatsiyalagan 
holda, 
innovatsion 
texnologiyalarini qo‘llash bugungi kunning 
dolzarb masalalaridan hisoblanadi. 
TABIIY VA ANIQ FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
168 
СТРУКТУРООБРАЗОВАНИЕ 
В СУСПЕНЗИЯХ ГЛИН
Эгамкул Болтаевич Каршиев -
доцент, Жиззахский государственный педагогический университет
Аннотация: В статъе рассмотрены резулътате рентгенографических исследований 
установлено, что глина Акойского месторождения является монтмориллонитовой и 
содержит помимо основною минерала гидрослюду, каолиннит, незначителное количество 
хлорита и других минералов.
Annotatsiya: Ushbu maqolada Akoy gilmoyasining fizik-kimyoviy analiz usullarida o‘rganilib 
rentgenologik tadqiqotlar natijalari yoritilgan. Akoy gilmoyasi , tarkibida asosiy mineraldan tashqari 
gidroslyuda, kaolinit, oz miqdorda xlorit va boshqa minerallar borligi aniqlangan.
Abstract: The article discusses the results of X-ray studies and found that the clay of the Akoi 
deposit is montmorillonite and contains, in addition to the main mineral, hydromica, kaolinite, a 
small amount of chlorite and other minerals.
Ключевые слова: суспензии,монтмориллонит, фаза, глина, акой, компонент 
Kalit so‘zlar: suspenziyalar, montmorillonit, faza, gil, akoi, komponent
Keywords: suspensions, montmorillonite, phase, clay, akoi, component
Глинистые суспензии исползуемые 
в качестве промывочных жидкостей 
при бурении на нефт газ и твердые 
полезные ископаемые преддставляют 
собой 
полидисперсные 
коллоидно-
суспензионные 
системы. 
Работами 
отечествкенных 
изарубежних 
ученых 
П.А.Ребиндера, 
Ф.Д.Овчаренко, 
Б.В,Дерягина, М.П.Воларовча , и других 
широко изучены и создано учение о 
глинах глинистых минералах и их водных 
дисперсиях, разробатаны на научные 
основы получения устойчивых дисперсий 
глинисты миниралов и регулирования 
коллоидно –химических свойств глинистых 
суспензий в свойство и водорастворимые 
полиэлектролиты
1
. Глинистые суспензии 
включают в себя частицы различных 
размеров: от коллоидных до частиц 
грубых фракций, состоящих из нерас-
пустившихся агрегатов глин, а также 
других минералных примесей. По степени 
дисперсности 
глинистые 
суспензии 
относятся к коллоидно-суспензионным 
системам и поэтому обладают высоко 
развитой 
поверхностю 
Download 5.41 Mb.
1   2   3




Download 5.41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



participate in short conversations with others

Download 5.41 Mb.
Pdf ko'rish