Tafakkur ziyosi




Download 5.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi5.41 Mb.
#74418
  1   2   3
Bog'liq
2022йил 4 сон
Mehrni unutma, mexanika, 1. Qanday konfiguratsiyalarni bilasiz Kompyuterni yig\'ish qanda, 2 5384177809788764218, Geotex.Foyd.adabiyotlar, 1266109, 8-16 ТЖБАКТ, matematika-tadbir-bayonnoma, Baxtiyor.uz-Tarjimai-hol, MY CAPITAL ENGLISH TRADITIONS., 1-mavzu, Bino va inshoatlardagi alohida konstruktiv elementlarini texnik holatini baholash, BOSHLONG\'ICH SINF O\'QUVCHILARNING AXBOROT SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISH, 1-курс практика


Tafakkur ziyosi 4/2022 
ilmiy uslubiy jurnal


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga 
murojaatnomasidagi nutqidan


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
TAHRIRIYAT KENGASHI A’ZOLARI
Anatoliy Sagdullayev – tarix f. d., akademik 
Komiljon Tojiboyev, biologiya f.d., akademik
Jak Miklovik – INSHEA universiteti professori (Fransiya) 
Vasiliy Kochurko –Baranovich DU professori, texnika f. d. 
(Belorussiya)
Gulsem Lekerova – psixologiya f.d., professor (Janub. Qozog‘iston)
Furqat Jo‘raqulov – siyosiy f. d., dotsent 
Botir To‘xtamishev – texnika f.n., dotsent
Sarvar Nazarqosimov – sotsiologiya f. b. f. d.dotsent
Baxtiyor To‘rayev – falsafa f.d., professor 
Qozoqboy Yo‘ldoshev – pedagogika f. d., professor
Xolbo‘ta Turaqulov-texnika f.d., professor
Umrzoq Jumanazarov – filologiya f. d., professor
Abdug‘afur Mamatov - filologiya f. d., professor
Rahmatulla Bekmirzayev – fizika-matematika f. d., professor
Oybek Axmedov – filologiya f.d., professor O‘zDJTU
Faniya Axmedshina – tarix f. d., professor
Baxti Ochilova - falsafa f.d., professor
Hamid Meliev – pedagogika f. n., professor
Xudoybergan Mavlonov – biologiya f. d., dotsent
Qo‘chqor Hakimov – geografiya f. n., professor v.b.
Mo'min Hoshimxonov-falsafa ,filologiya. f ,doktori
Furqat Axmedov - pedagogika f.n., professor
Akbar Saitqosimov – falsafa f. d., professor
Zuhra Yaxshiyeva, kimyo f.d., professor
Abdunazar Nurmonov, pedagogika f.d., professor
Rustam Abdurasulov – psixologiya f. d., dotsent
Marat Sultonov-kimyo f.d., dotsent
Ilyos Islamov, tarix f.d., dotsent
Omon Isarov, filologiya f.d., dotsent
Muxtorqul Pardaev - tarix f. n., dotsent
Rabbim Yusupov – texnika f. n., dotsent
Oleg Kim – filologiya f. n., dotsent 
Abduvali Shamshiyev – iqtisod f. n., dotsent
Sunnatullo Soipov – filologiya f. n. 
Yulduz Karimova – filologiya f. n., dotsent.
Kamoliddin Zoyirov, pedagogika f.n., dotsent
Sherali Abduraimov – pedagogika f. b. f. d., dotsent
To‘ychi Axmedov – tarix f.b.f.d., dotsent 
Feruza Jumayeva, filologiya f.f.d., dotsent
Bobomurot Toshboyev, falsafa f.f.d., dotsent
BOSH MUHARRIR
Shavkat Safarovich Sharipov – 
pedagogika f. d., professor 
BOSH MUHARRIR O‘RINBOSARLARI
Usmonjon Qosimov – fil. f. d.
G‘ayrat O'roqboyevich Qodirov – 
biologiya f. n., dotsent
MAS’UL KOTIB
Farrux Aqchayev – tarix f.b.f.d., dotsent 
TARJIMONLAR:
Zubayda Jumayeva–filologiya f.b.f.d. 
(rus tili bo‘yicha)
Eldar Hasanov–Rus tili va adabiyoti 
fakulteti dekani
(rus tili bo‘yicha) 
Anora Jabborova–filologiya f.b.f.d.
(ingliz tili bo‘yicha)
Dildora Baxriddinova– katta o‘qituvchi 
(ingliz tili bo‘yicha)
TEXNIK MUHARRIR:
Murodulla Jo'rayev – filologiya 
f. b. f. d., (PhD)
NAVBATCHI MUHARRIR:
Elmira Hazratqulova– filologiya f.b.f.d., 
(PhD) 
SAHIFALOVCHI
Zuxra Salkinova
Jurnal andozasi Raqamli ta'lim 
texnologiyalari markazida 
Zarina Abdusattorova 
tomonidan tayyorlandi
Muassis - Jizzax davlat 
pedagogika universiteti
Jurnal yilda 4 marta 
(har chorakda) chop etiladi.
Matnlarda foydalanilgan ko‘chirma 
va ma’lumotlar aniqligi uchun 
mualliflar mas’uldirlar.
Jurnaldan ko‘chirib bosilganda, 
manba qayd etilishi shart.
Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasining filologiya, 
falsafa va pedagogika fanlari bo‘yicha ekspert kengashi (2018-yil 29-dekabrdagi 260/6-son bayonnomasi) 
tavsiyasi bilan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Jurnal Jizzax viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasidan 2020-yil 25-aprelda 06-042 
raqam bilan qayta ro‘yxatga olingan. Jurnalning xalqaro ISSN raqami: 2181- 6131
MANZIL: 130100, Jizzax shahri,
Sh. Rashidov ko'chasi,4-uy, bosh bino
TELEFON: (99872) 226 02 93,
(99897) 644 84 44
FAKS: (99872) 226 46 56
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
MATBAA BO'LIMI
Jizzax shahri, Sharof Rashidov ko'chasi, 4-uy 
2022-yil 25-dekabr kuni bosmaxonaga topshirildi.
Qog'oz bichimi A4 Buyurtma: _____
Nashr adadi: 100


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
TAQVIM:
O‘qituvchi va murabbiylar kuni Abdulla Qahhor. XAT .....................................................................................................................................................................3
U.Qosimov, S.Soyipov Adabiyotimizning tong yulduzi Cho‘lpon tavalludining 125 yilligiga ....................................................................................................4
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA INNOVATSION TA’LIM
D.O.Himmataliev, M.A.Fayzullaeva Issues of organizing and developing the educational process based on digital technologies in the conditions 
of educational cluster ............................................................................................................................................................................................................................8
О.С.Абдуллаева, Г.А.Хусайинова Развитие информационно –управленческих компетенций будущих специалистов в процессе 
имитации концептуалной модели ................................................................................................................................................................................................ 11
L.M.Turikova Uzluksiz tа’lim tizimida inson resurslаrini boshqаrish ........................................................................................................................................ 14
E.M.Tajiboyev Ilg‘or pedagogik texnologiyalar vositasida ta’lim samaradorligini ta’minlash yuzasidan amaliy tajribalar mohiyati............................. 18
A.E.Begbo‘tayev, G.O.Davronova Ommaviy ochiq onlayn kurslar ta’lim sifatini oshirish vositasi ....................................................................................... 23
D.R.Yunusov, X.H.Xamzayev Talabalarda pedagogik hurfi krlilikni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik jihatlari ............................................................. 27
M.R.Isaqulov Innovatsion yondashuv asosida yuqori sinf o‘quvchilarini jaholatga qarshi ma’rifat ruhida tarbiyalashning shakl va vositalari .......... 30
B.S.Mavlyanov Jismoniy madaniyat va sport mashg‘ulotlari orqali talabalar sog‘lom turmush tarzini shakllantirish .................................................... 35
J.B.Оrishеv Bo‘lаjаk tехnоlоgik tа’lim o‘qituvchilаrining kаsbiy ko‘nikmа vа mаlаkаlаrini shаkllаntirishdа lоyihаlаsh tехnоlоgiyasidаn fоydаlаnish 37
T.B.Nazarov Tanqidiy-tahliliy fi krlash qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha xorijiy tajribalar tadqiqi .......................................................................................... 42
AMALIY FANLAR
F.Q.Axmedov, N.S.Kulboyev Oliy ta’lim muassasalari talabalarining jismoniy madaniyatini rivojlantirish masalalari .................................................... 45
A.N.Kalliyev Vokal ijrochiligi va texnikasini takomillashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari ................................................................................................... 49
N.O.Berdiyev Arxitektura yo‘nalishi talabalarining badiiy-grafi k tayyorgarligini rivojlantirish muammolari ........................................................................ 54
I.Qudratov, E.I.Abdukarimova Bastakorlik ijodining maktab ta’lim tizimida o‘rganish usullari ............................................................................................ 59
U.L.Kuchkarov Ta’lim muassasalarida sog‘lom turmush tarzini tashkil etishda sport mutaxassislarining o`rni ............................................................. 63
M.M.Yusupov Texnologiya fanida o‘qituvchilarning ta’lim natijalarini baholash va tashxislash faoliyatiga tayyorlashda bilimlar uzviyligi va uzluksi-
zligini ta’minlash ................................................................................................................................................................................................................................... 66
M.A.Amanbayev, G.Y.Smaylova Badiiy bezash ishlarida amaliy san'atning tutgan o‘rni ...................................................................................................... 70
R.T.Umarov O‘quvchilarda mehmon kutish odobi bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish ........................................................................................................ 72
S.Sh.Urinova Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligi va kreativligini oshirishda musiqiy- nazariy fanlar o‘rni va ahamiyati ............. 76
N.H.Nasriddinova The development of theater art in uzbekistan during the years of independence ( in the case of the mannon uighur musi-
cal-drama theater of surkhandarya region) .................................................................................................................................................................................... 81
IJTIMOIY FANLAR
A.Saitkasimov Ta’lim tizimini innovatsion rivojlantirishning ijtimoiy taraqqiyotdagi o‘rni va ahamiyati ............................................................................. 84
B.M.Ochilova O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida xotin-qizlarga nisbatan davlat siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari ............................... 88
D.A.Abdurahimova, T.M.Burxanov Ma’naviy-axloqiy fazilatlar komillik timsoli sifatida ........................................................................................................ 93
A.X.Amonlayev Islom ilohiyoti va ma’rifatida shaxs ma’naviy qiyofasi talqini......................................................................................................................... 96
R.K.Kurbaniyazova Shaxs mentaliteti shakllanishining asosiy omillari .................................................................................................................................... 98
J.A.Suvankulov Mahallalarda tabiiy ekologik muhitga ega bo‘lish huquqining konstitutsiyaviy asoslari ......................................................................... 102
A.E.Shaymanova Jamiyatda mulkdorlar qatlamining rivojlanishi genezisi va transformatsiyasi ..................................................................................... 104
R.I.Ablyakimova Xotin-qizlarning davlat va jamiyat boshqaruvi tizimidagi o‘rni ................................................................................................................... 108
O.Shukurov Globallashuv davrida yoshlar ijtimoiy faolligini yuksaltirishning innovatsion omillari .................................................................................... 110
X.R.Abdullayeva Ilmiy bilish imkoniyatlari masalalariga doir mulohazalar ............................................................................................................................ 112
FILOLOGIYA FANLARI
M.M.Pirnazarova Alisher Navoiy merosining Omon Matjon poetik mahoratidagi zuhuri ................................................................................................... 116
M.Jo‘rayev Abdulla Qahhor ijodida komik xarakter va badiiy talqin ......................................................................................................................................... 119
N.A.Kadirova Local folk tales as an effective tool for memorizing vocabulary ..................................................................................................................... 122
K.D.Khaydarova O‘zbek, rus va ingliz tillarida anor so‘zining lingvokulturologik tahlili ......................................................................................................... 125
L.A.Masharipova Connection between language and society ................................................................................................................................................. 127
M.Sh.Mardiyeva The role of learning language in teaching ...................................................................................................................................................... 129
I.Q.Bo‘ronov Аlisher Nаvoiy ijodidа аks etgаn boshqаruv mаsаlаsigа oid bа’zi mulohаzаlаr ............................................................................................ 132
D.G‘.Ochilov Frazeologik sinonimlarninig leksik formal tarkibi tadqiqi ................................................................................................................................... 136
N.A.Bo‘tayeva Komil Xorazmiy g‘azallarida obrazlar poetikasi ................................................................................................................................................ 139
M.T.Norbaboyeva Yetimlik mavzusining milliy istiqlol konsepsiyasi asosidagi poetik ifodalanishi .................................................................................. 142
I.R.Kazakov Lakunalarda milliy-madaniyatning ifodalanishi ..................................................................................................................................................... 146
TABIIY VA ANIQ FANLAR
K.М.Хakimov Tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishda geografi k nomlarning o‘rni va ahamiyati ..................................................... 149
R.M.Yusupov, B.B.Abdug‘aniyev Maktab о‘quvchilarida loyihalash madaniyati mazmuni ................................................................................................ 152
A.Shamshiyev., Sh.Xasanova., S.Asrayev Umumta’lim maktablarida matematika fanini o‘qitishda raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish
............................................................................................................................................................................................................................................................... 157
K.X.Rashidova, O.J.Akbarova G.Sh.Qayumova “Аminlаr vа аromаtik аminlаr” mаvzusini interfаol usullarda o‘qitish metodikasi ........................... 161
D.Muradova., M.Kamolova Kataliz mavzusini zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida o‘qitish ....................................................................... 165
Э.Б.Каршиев Структурообразование в суспензиях глин.................................................................................................................................................... 168
S.S.Aliqulov Kredit – modul tizimida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish ............................................................................................................. 171
X.N.Karimo Oliy ta’limda virtual laboratoriya ishlari talabalarning mustaqil ishi shakli sifatida ......................................................................................... 176
Sh.R.Bobobekov Raqamli iqtisodiyot sharoitida ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashda blokcheyn texnologiyasidan foydalanish ........................... 180
N.I.Muminova, M.S.Inatova, M.G‘.Usmanova Eritma konsentratsiyalari mavzusini o‘qitishning pedagogik asoslari .................................................. 184
YOSH TADQIQOTCHILAR
S.Q.Eshboyeva Ekologiyaga oid tushunchalarni kreativ yondashuv asosida takomillashtirish (1-4-sinf misolida) ....................................................... 187
N.A.Khanturayev Sports oriented games freestyle wrestlers must perform to enhance their general physical preparation ...................................... 191
Z.Usmonov O‘quvchilarda huquqiy dunyoqarashni rivojlantirishda pedagogik praksiologiya ............................................................................................ 195
M.Y.Boysariyev Ozarbayjon diasporasi vakillarining O'zbekiston madaniyati taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi ................................................................ 197
G.M.Abdullayev O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasida ona obrazi orqali xalq og‘zaki ijodining ko‘rinishi ................................................ 202
O‘.H.Mavlonova Kinoya xususiyatlari va muallif modalligining tarkibiy qismi sifatida ifodalanishi ................................................................................. 204
V.Shamshiyeva Jamiyatda inson qadri va ijtimoiy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish barqaror taraqqiyot kafolati ........................................................ 207
E.K.Moydinova Bo‘lajak maktabgacha ta’lim ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasi tuzilmasi ..................................................................... 209
M.Q.Toshpo‘latova Ingliz tilini o‘qitishda korpusga asoslangan resurslarning tasnifi .......................................................................................................... 212
M.M.Xamrakulova Emotsional-eksprеssiv frazеologizmlarning lingvistik asoslari ............................................................................................................. 215
MUNDARIJA



“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
TAQVIM:
O‘qituvchi va murabbiylar kuni
Abdulla Qahhor
XAT
Texnikumning 
tayyorlov 
bo‘limiga 
kirgunimcha, har xil maktab va o‘qituvchida 
o‘qib, xatim juda xunuk bo‘lgan ekan, buni 
shu yerda, birinchi darsda payqadim. Birinchi 
darsga Muhammadjon Xoliqiy degan novcha 
bir o‘qituvchi kirdi, biz bilan salomlashdi-yu, 
indamay borib, taxtaga ikki qator she’r yozdi. 
O‘qituvchining xati shunday chiroyli ediki, 
butun sinf baravariga «U-uv!» deb yubordi, 
o‘qituvchi bizga yuzlandi.
– Nima gap?
– Xatingiz judayam chiroyli ekan!
– Bundan chiqdiki, sizlarning xatlaring 
xunuk ekan-da! Xatlaring xunuk ekanini 
bilsalaring, demak, menday chiroyli yozadigan 
bo‘lasizlar.
Odatda 
yangi 
o‘qituvchidan 
bola 
begonasiraydi, 
uning 
fe’l-atvorini 
bilib 
olgunicha tortinadi, hatto qo‘rqadi. Biz bu 
o‘qituvchiga darrov lol bo‘lib qoldik: shunday 
chiroyli yozadigan o‘qituvchi nazarimda faqat 
xush-fe’l, faqat mehribon bo‘lishi kerak edi.
Bu o‘qituvchiga mehrimiz tushdi. Uning 
oq oralagan cho‘qqi soqoli, kulganida ko‘zlari 
atrofida paydo bo‘ladigan mayda ajinlari, hatto 
burnining o‘ng tomonidagi bir-ikkita cho‘tiri 
ham o‘ziga juda yarashar edi.
Boyagi 
ikki 
satrni 
o‘qituvchiday 
chiroyli yozishga urinib biron yuz marta 
ko‘chirgandirman!
Ona tiliga doir hamma yozuvlarni chiroyli 
yozadigan, bu darsdan hamisha a’lo baho 
oladigan bo‘ldim. Keyinchalik shuni payqadim: 
qaysi darsni chiroyli yozmasam, o‘sha darsdan 
pastroq baho olar ekanman. Men avvallari, «Bu 
darsni xushlamaganim uchun chiroyli yozishga 
hafsala qilmasam kerak», deb o‘ylagan edim, 
yo‘q, chiroyli yozishga urinib qayta-qayta 
ko‘chirish darsni yaxshiroq o‘zlashtirishga 
yordam berar ekan.
Shundan keyin boshqa darslarni ham 
chiroyli yozishga, darsda shoshib yozgan 
yozuvlarimni chiroyli qilib ko‘chirishga harakat 
qiladigan bo‘ldim, bora-bora shunga odatlanib 
qoldim: hamma darsdan a’lochi bo‘ldim.
Bir yilga qolmay xatim xiyla chiroyli bo‘lib 
qoldi. Ikkinchi o‘qish yilining boshida meni 
devoriy gazetaga «mudir va muharrir» qilib 
saylashdi. Bizning sinfdagina emas, butun 
maktabda xunuk yozish ayb bo‘lib qoldi. Kimdir 
xunuk xatga «Chuvolchang» deb ot qo‘yipti. 
Xunuk xatni ko‘rsak, «Bir chuvolchang», «Bir 
daftar chuvolchang» deb kular edik. Bu gapni 
eshitib o‘qituvchimiz xup kuldilar, ko‘zlaridan 
yosh chiqib ketdi. Hali-hali qo‘limga qalam 
olsam, tepamda Muhammadjon domla 
«chuvolchang» deb turganga o‘xshaydilar.
1965-yil
60 ga kirib bildim: umrim bekorga 
o‘tmapti, odamlarga kerakli ekanman, hayotda 
iz qoldiribman.
Ko‘pgina 
hunarmandlar 
qariganda 
suygan hunaridan mamnun bo‘ladi: uloqchi ot 
chopolmaydi, surnaychi yaxshi puflolmaydi, 
rinchi oyog‘ini ko‘tarolmay qoladi. Yozuvchi 
dutor yoki vinoga o‘xshaydi — eskirgan sayin 
ochiladi, quvvati oshadi.
Eson-omon 
oltmishga 
kirganimga 
xursandman. Bu to‘g‘rida birdan-bir xursand 
bo‘ladigan joyim bor: yozuvchilikda qirq yillik 
tajriba orttirdim. Bu tajriba umrimning qolgan 
qismini samarali o‘tkazishimda menga juda 
qo‘l keladi.
1967-yil


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son

ADABIYOTIMIZNING TONG YULDUZI
CHO‘LPON TAVALLUDINING 125 YILLIGIGA
Usmonjon Qosimov — f.f.d., Jizzax davlat pedagogika universiteti
Sunatulla Soyipov — dotsent, Jizzax davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada XX asr o‘zbek adabiyoti zabardast vakili Cho‘lpon hayoti va 
ijodining muhim qirralari yoritiladi, adibning so‘z san’atkorligi va badiiy mahorati uning o‘ziga xos 
she’riy va nasriy asarlari misolida ko‘rsatiladi. Shu bilan birga Cho‘lponlar yashab ijod qilgan mash’um 
sovet siyosati va mafkurasi adabiyotimizga qanchalar zarar yetkazgani ham bayon qilingan.
Аннотация: В данной статье освещаются важные стороны жизни и творчества Чолпона, 
ведущего представителя узбекской литературы ХХ века, а также показывается писательское 
слово и художественное мастерство на примере его уникальных поэтических и прозаических 
произведений. В то же время объяснялось и то, какой вред нанесла нашей литературе гнусная 
советская политика и идеология, созданная Чолпонами.
Abstract: This article highlights important aspects of the life and work of Cholpon, a leading 
representative of Uzbek literature of the 20th century, and shows the writer's word and artistic skills 
on the example of his unique poetic and prose works. At the same time, it was also explained how 
much damage the infamous Soviet policy and ideology created by the Cholpons did to our literature.
Kalit so‘zlar: adabiy muhit, jadid adabiyoti, sotsialistik mafkura, milliy uyg‘onish, poetik mahorat, 
so‘z san’atkorligi, til boyligi, tarjimachilik maktabi, teatr va dramaturgiya. 
Ключевые слова: литературная среда, современная литература, социалистическая 
идеология, национальное возрождение, поэтическое мастерство, искусство слова, языковое 
богатство, переводческая школа, театр и драматургия.
Keywords: literary environment, modern literature, socialist ideology, national revival, poetic skill, 
word art, language richness, school of translation, theater and dramaturgy.
Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon ko‘p 
qirrali iste’dod sohibidir. U, eng avvalo, hassos 
shoir sifatida tanilgan va o‘zbek she’riyatida 
tom ma’noda yangi ufqlar ochgan. Ayni chog‘da, 
uning yangi o‘zbek nasri va dramaturgiyasi, 
badiiy tarjima, publitsistika, tanqid va 
adabiyotshunoslik sohalaridagi xizmatlari ham 
beqiyosdir. Cho‘lpon ehtirosli, yoniq asarlari 
bilan o‘zbek xalqining milliy ongini uyg‘otishda, 
uning yangicha ma’naviyatini shakllantirishda 
katta xizmat qildi va chin ma’noda umumxalq 
shoiri, milliy san’atkor darajasiga ko‘tarildi.
Afsuski, Cho‘lpon ham xalqimizning 
boshqa 
asl 
farzandlari 
kabi 
Stalin 
qatag‘onining qurboni bo‘ldi – 1938-yili “xalq 
dushmani” sifatida otib tashlandi, asarlarini 
nashr etish, nashr etilganlarini o‘qish va 
umuman, Cho‘lpon nomini tilga olish qat’iyan 
taqiqlandi. Faqat 1956-yili Stalin shaxsiga 
sig‘inish oshkora qoralangandan keyingina 
Cho‘lpon ham oqlandi. Ammo shundan keyin 
yana 30 yillar mobaynida ulkan adibning 
asarlari nashr qilinmadi, ijodi o‘rganilmadi, 
adabiyotdagi o‘z o‘rniga qaytarish ishi 
paysalga solib kelindi. XX asr 80-yillari 
o‘rtalarida sobiq mamlakatda qayta qurish 
va oshkoralik jarayoni boshlangach, ayniqsa, 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, 
Cho‘lponga nisbatan yo‘l qo‘yilgan adolatsizlik 
barham topa boshladi. Qisqa muddatda uning 
“Bahorni sog‘indim”, “Yana oldim sozimni” va
“Adabiyot nadur?” nomli kitoblari, uch jildlik 
saylanma asarlari bosildi. Teatr sahnalarida 
dramalari qo‘yila boshlandi. “Kecha va kunduz” 
romani asosida videofilm yaratildi, shoir 
to‘g‘risida ko‘plab maqolalar va risolalar e’lon 
qilindi, uning hayoti va ijodini yorituvchi hujjatli 
film dunyoga keldi, muntazam bo‘lmasa ham, 
Cho‘lpon kunlari o‘tkazila boshlandi, Cho‘lpon 
ijodi 
haqida 
dissertatsiyalar 
yoqlandi. 
Abdulla Qodiriy va Fitrat bilan birga Cho‘lpon 
ham Alisher Navoiy nomidagi Respublika 
davlat mukofoti bilan taqdirlandiki, bu ham 
xalqimizning buyuk san’atkor ijodi va xotirasiga 
yuksak ehtiromidan nishonadir. Cho‘lponning 
ijodkorlar safiga qaytishi adabiyotimiz 
TAQVIM:



“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
tarixidagi kemtiklikni to‘ldiradi, uning asarlari 
esa adabiyot bosib o‘tgan murakkab yo‘llari 
haqidagi tasavvurimizni boyitibgina qolmay, 
bugun ham bizga katta zavq bag‘ishlaydi. Ular 
insoniy mazmunining teranligi, g‘oyalarning 
baland pardalarda kuylangani bilan birga, 
chinakam san’at namunalari sifatida biz uchun 
g‘oyat ardoqlidir. XX asr boshlarida adabiyot 
olamiga kirib kelgan bir guruh yozuvchilar 
orasida Cho‘lpon alohida o‘rin tutadi. U dastlab 
vaqtli matbuotga kichik-kichik xabarlari 
bilan ko‘rina boshladi. Tez orada davrning 
dolzarb mavzulariga bag‘ishlab yozilgan 
she’r va hikoyalari bois Cho‘lpon el og‘ziga 
tushdi. Uning 1914-yilda “Sadoi Turkiston” 
gazetasida e’lon qilingan “Qurboni jaholat” va 
“Duxtur Muhammadiyor” sarlavhali hikoyalari 
Cho‘lponning adabiyotga ilk qadamlaridanoq 
mustamlaka sharoitida g‘aflat og‘ushida 
qolgan xalqni uyg‘otish, uning qalbiga ma’rifat, 
milliy taraqqiyot va Istiqlol kabi ezgu g‘oyalarni 
singdirishga kirishganidan shahodat berar 
edi. Jadid adabiyotining bu g‘oyalari Cho‘lpon 
ijodining asosini tashkil etadi. Jadid adabiyoti 
nomoyandalari hayoti va ijodini chuqur 
o‘rgangan atoqli olim, O‘zbekiston Qahramoni 
Ozod Sharafiddinov va bu mavzuda yirik 
tadqiqotlar yaratgan adabiyotshunoslarimiz 
ta’kidlaganidek, buyuk ziyoli-adiblarimizning 
eng muqaddas orzu-armoni davlat to‘ntarishi 
va yoki qonli to‘qnashuvlar bilan amalga 
oshiriladigan inqilob emas, balki Istiqlol edi. 
Ularning betakror iste’dodi, navqiron yigitlik 
umrlari ana shu orzu-tilak yo‘lida baxshida 
bo‘ldi, aziz boshlari, shirin jonlari ham shu 
yo‘lda ajal domiga tortildi
1
XIX asr so‘ngi va XX asr boshlarida tarixiy 
zaruriyat tufayli vujudga kelgan jadidchilik 
xalqni milliy o‘zligini anglashga va mustaqillikka 
da’vat etishi, millat dardlariga darmon bo‘lishi 
davr talabi edi. Afsuski, eng faol, millatparvar 
kuch sifatida maydonga kelgan jadidchilik 
harakati, adabiyotining asl maqsadi va ulkan 
ijtimoiy-siyosiy ahamiyati ko‘plab tarixiy-
adabiy manbalarda butunlay biryoqlama talqin 
etildi. Behbudiy va Qodiriy, Fitrat va Cho‘lponlar 
asos solgan jadid adabiyoti tarixiy haqiqatni 
favqulodda katta jasorat va mahorat bilan 
xalq, millat manfaatlari nuqtayi nazaridan 
haqqoniy aks ettirgan. Ammo adabiy-estetik 
tafakkurimizning yuksak bir bosqichi bo‘lgan 
1 Озод Шарафиддинов. Чўлпон. Т.:1991.38-б.
2 Чўлпон. Яна олдим созимни.Т.: 1991.418-б. Кейинги шеърий мисоллар ҳам шу манбадан олинади.
jadid adabiyotining bu kabi yorqin qirralari xolis 
baholanmasdan, aksincha, keskin qoralangan.
Mazlum xalq boshidan kechirgan 
erksizlik va xunrezliklar shu davrda yaratilgan 
ko‘plab 
realistik 
asarlarda, 
xususan, 
Cho‘lpon she’riyatida haqqoniy aks ettirilgani 
Mustaqillikdan so‘nggina keng jamoatchilikka 
ayon bo‘lmoqda. Binobarin, Cho‘lponning 
“Qip-qizil qon bo‘lib kunlar botadir, 
Yomon hidga to‘lib tonglar otadir”. 
satrlari zamirida erk-huquqsiz xalqning 
unsiz iztirob-nolalari ham ifodalangan edi. 
Chorizm zulmi ostida ro‘y bergan bunday 
xunrezliklar millionlab hamyurtlarimizning 
yostig‘ini quritib qolmasdan, balki jannat misol 
butun o‘lkamizni vayron qilgan, obod shahar 
va qishloqlarimizni ham xarobaga aylantirgan. 
Cho‘lponning 1921-yili yozilgan “Yong‘in” 
nomli she’rida aks ettirilgan davr fojialari unga 
epigraf qilib olingan quyidagi xabar orqali ham 
aks etgan:
“Talanmagan, yiqilmagan yer yo‘q,
Go‘daklar nayza boshida”(Xabar).
She’rdagi har bir misra bu og‘ir fojiani 
ta’kidlash bilan birga mudroq uyqudagi xalqni 
erk-ozodlik uchun kurashga da’vat etadi. 
Binobarin, shoir qalbidan bamisoli qon kabi 
sizib chiqqan satrlar nafaqat og‘riqli savollar, 
balki ular o‘sha yillar xalqimiz boshidan 
kechirgan fojialarning haqqoniy manzaralari 
hamdir.
Shunday katta bir o‘lkada yonmagan,
Yiqilmagan, talanmagan uy yo‘qmi?
Bir ko‘z yo‘qmi qonli yoshi tommagan,
Butun ko‘ngli umidsizmi, siniqmi?.. 
Bunday she’rlar o‘sha yillari hukmron sinfiy 
mafkura tomonidan millatchilik ruhida yozilgan 
va sotsialistik hayotni buzib tasvirlovchi 
g‘oyaviy zararli asarlar sifatida keskin 
qoralangan bo‘lsa-da, aslida, ular chinakam 
millatparvar shoir Cho‘lponning shafqatsiz 
realizmidan, Qodiriydek haqgo‘yligidan dalolat 
edi. Cho‘lpon she’riyatining ana shunday 
chuqur hayotiyligi va haqqoniyligini ta’kidlagan 
atoqli allomamiz, O‘zbekiston Qahramoni Ozod 
Sharafiddinov shoir she’riyatini “Zamonning 
nufuzli badiiy hujjati” deya ta’riflaganda to‘la 
haq edi
2
. Chinakam millatparvar shoirimiz 
Cho‘lpon o‘zining 1919-yili yozgan “O‘zbegim” 
nomli she’rida ham faxr va armon bilan ulkan 
tarixiy haqiqatni ifodalovchi shunday satrlarni 
TAQVIM:


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son

bitgan edi:
Dunyoda hamma xalq qiziqqan gavhardek 
bebaho ot edi,
Hurriyat bo‘lganda sen kelding minayin 
semirgan otga deb.
Og‘zingga mallalar bir tepdi ma’rifat xaromdir 
sartga deb...
Bu satrlarda tarixiy o‘tmishimiz va 
xalqimiz, millatimizning buyuk daholari bo‘lgan 
Beruniy, Farg‘oniy, Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek, 
Navoiy va Bobur kabi ulug‘ ajdodlarimizdan 
qolgan bebaho ilmiy-adabiy merosimiz va 
uning mustamlaka davrida qadrlanmasdan, 
aksincha, inkor etilgani chuqur aks etib turadi. 
Cho‘lpon haqida so‘z borganda, birinchi 
navbatda, “Vijdon erki”, “Ko‘ngil”, “Kishan” 
singari ruhning, qalbning hur bo‘lishligi 
to‘g‘risidagi she’rlari yodga keladi. Ana shu 
tuyg‘u shoirning “Yong‘in”, “Buzilgan o‘lkaga” 
singari Sho‘ro hokimiyatining kirdikorlarini, 
milliy siyosatining reaksion mohiyatini fosh 
etuvchi she’rlarida kuchli aks-sado berib, 
Istiqlol uchun kurash g‘oyasi bilan tutashib 
ketgan. Shu kabi she’rlar o‘z davrida xalqning 
peshqadam vakillarida milliy mustaqillik va 
ijtimoiy taraqqiyot uchun kurash g‘oyasini 
uyg‘ota olganligi ayni haqiqatdir. Cho‘lpon 
iste’dodi g‘oyatda serqirradir. U shoir va nosir, 
dramaturg va tarjimon, adabiyot va san’at 
bilimdoni edi. Cho‘lpon adabiy ijod bilan 
shug‘ullana boshlagan yillarda o‘zbek madaniy 
hayotiga teatr san’ati kirib keldi. Shoir yangi 
tashkil topgan teatr truppalarida qatnashib, 
kichik sahna asarlari yozadi. Uning qalamiga 
mansub “Boy”, “Xalil farang”, “Cho‘rining 
isyoni”, “Yorqinoy” dramalari ana shu hamkorlik 
mahsulidir. 1924-yili Moskvadagi “Buxoro 
maorif uyi”da o‘zbek drama studiyasi tashkil 
etilgandi, Cho‘lpon adabiyotchi va tarjimon 
sifatida o‘zbek professional teatr jamoasining 
paydo bo‘lishiga ulkan hissa qo‘shgan. O‘zbek 
teatr san’atining beshigi — hozirgi O‘zbek milliy 
akademik drama teatrining asoschilaridan biri 
bo‘lgan Cho‘lpon sahna san’atini yaxshi bilgan. 
Moskvadagi badiiy teatrning, shuningdek, 
Vaxtangov va Meyerxold teatrlarining badiiy 
tajribalari va an’analarini puxta o‘zlashtirgan 
san’atkor sifatida o‘zbek drama artistlari 
avlodining shakllanishiga ham ko‘maklashgani 
manbalardan yaxshi ma’lum. U dastlab bu teatr 
uchun jahon mumtoz adabiyoti namunalarini 
tarjima qilib berdi. Keyinchalik o‘zbek tilining 
3 Abdulhamid Cho‘lpon. Go‘zal Turkiston. Toshkent •Ma’naviyat», 1997. 5-b.
nozik va nafis jilolarini teran his etgan shoir 
Shekspir, K.Goldoni, K.Gotsi, A.Pushkin, Krilov, 
M.Gorkiy kabi buyuk adiblar asarlarini o‘zbek 
kitobxonlari mulkiga aylantirdi. Bu bilan 
milliy adabiyotimizning jahon mumtoz va 
zamonaviy adabiyoti tajribalari bilan boyishiga 
bebaho hissa qo‘shadi. Binobarin, o‘zbek 
zamonaviy tarjima maktabining shakllanib, 
kamol topishida ham Cho‘lponning xizmatlari 
katta bo‘lgan. Cho‘lponning zamondoshlari 
uni avvalo benazir shoir sifatida e’zozlashgan. 
Xorijiy mamlakatlarda, chunonchi, Turkiyada 
mashhur bo‘lishi ham, asosan, she’riyati 
tufaylidir. Cho‘lpon she’rlaridagi samimiyat, 
tuyg‘u 
va 
kechinmalarning 
bokiraligi, 
so‘zining kamalak jilolari yanglig‘ tovlanishi 
kitobxonlarni bugun ham hayratga soladi. 
Cho‘lpon kabi shoirlar milliy adabiyotning 
avvalgi shavkatini tiklashga jahd etishgan 
yangi zamonning qaldirg‘och vakillari edilar. 
Turkiston xalqlarining sevimli shoiri va adibi, 
ozodlik va Istiqlol kuychisi Cho‘lpon Sharq va 
sharqliklar taqdirida o‘zini va o‘zligini ko‘radi. 
Uningcha, bir zamonlar yer yuzida madaniyat 
va ma’naviyatni yaratgan u go‘zal Sharq 
(“Dunyoda hamma xalq qiziqqan gavhardek 
bebaho ot”) rus bosqinchilari iskanjasiga 
tushib qolgan edi. Biroq shoir faxr-iftixor 
bilan “Kun ham Sharqdan, Oy ham Sharqdan 
chiqadur” deb Sharqning ozod bo‘lishiga 
ishonadi. Adabiyotshunos olim Botirxon Akram 
Cho‘lponning “Xalq” she’ri haqida fikr yuritib, 
milliy uyg‘onish ilk Istiqloliyat davrining keng 
miqyosidagi dunyoviy va ilohiy ma’rifatidan 
bahramand, chin ma’noda Orif Cho‘lpon xalq 
mavzusini bekorga qalamga olmagan, deb 
hisoblaydi. “Xalq” she’ri 1921-yilda yozilgan 
bo‘lib, ikki qismdan iborat. Shoir she’rning 
birinchi qismida u xalqning tengsiz kuch-
qudratini ulug‘laydi: 
Xalq dengizdir, xalq to‘lqindir, xalq kuchdir,
Xalq isyondir, xalq olovdir, xalq o‘chdir
3
.
Xalqning ijtimoiy taraqqiyot tarixida 
tutgan o‘rni, mavqeini, xalq irodasining 
mislsiz ruhiy-ma’naviy kuchini faqat dengiz 
bilan, dengiz to‘lqinlari bilan tenglashtirish 
mumkin. Turkistonda sodir etilgan haqsizlik, 
xunrezliklarning 
dahshatli 
manzarasi 
sitamdiyda xalqning g‘azabi, isyonkorlik 
ruhi, olovdek yonishi, o‘ch olishga shaylik bu 
shunday kuchki, uni to‘xtatish mumkin emas:
Xalq qo‘zg‘alsa, kuch yo‘qdirki, to‘xtatsun,
TAQVIM:



“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
Quvvat yo‘qkim, xalq istagin yo‘q etsun.
Xalq qancha jabru sitam ko‘rmasin, 
falak gardishi aylanib, axir bir kun qasos soati 
keladi, xalqning haqligi, xalq istagi o‘lmasligini 
tarix kech bo‘lsa-da, Istiqlolga erishganligimiz 
isbotlab berdi:
Xalq isyoni saltanatni yo‘q qildi,
Xalq istadi: toj-u taxtlar yiqildi.
Rossiyada zulm saltanatini qulatgan 
aslida mohiyatan Fevral inqilobi, qo‘zg‘olon 
ko‘targan harbiy qismlar va boshqa guruhlarga 
mansub kuchlar emas, balki xalqdir. Asr 
boshida imperiyaga qaram bo‘lib qolgan 
ikki xonlik toj-taxtini yiqitgan ham aslida 
xalq, uning irodasi, qahr-u g‘azabidir. Ammo 
xalq ham o‘zining imkoniyatlarini bilishi, 
mutelik, qullik ruhiyatidan qutilishi, kurashish, 
yaratish tuyg‘usi bilan yashashi zarur. Zero, 
“Bu tunda yorug‘ sham yonmas, Chaqmasa 
gugurtni asl o‘g‘illar”. Ana shundagina uning 
faoliyatidan biror salmoqli natija ko‘rish 
mumkin. Cho‘lponning “Ko‘ngil” she’ri “Xalq” 
she’ridan bir yil keyin, 1922-yilda yaratilgan. 
Ammo unda ham “Xalq” she’ridagi ma’naviy 
yo‘nalish boshqa jihatdan davom ettiriladi. 
Shoir ko‘ngliga murojaat qilish orqali xalqni 
o‘zining tabiatiga zid holda, “Kishanlar birla 
do‘stlashish”ning yomon oqibatlarini ko‘rsatib 
berdi. Shu ma’noda – “Ko‘ngil”, “Xalq” she’rlarini 
to‘ldiradi:
Ko‘ngil, sen munchalar nega Kishanlar birla 
do‘stlashding?
Na faryoding, na doding bor Nechun sen 
muncha sustlashding?
Bu o‘rinda ham kishan, ya’ni erksizlik inson 
qadrini yerga uradigan, uni tahqirlaydigan omil 
4 ХХ аср ўзбек адабиёти тарихи. Т.Ўқитувчи.1999.152-б.
sifatida ko‘rinadi. “Kishan kiyma” bilan “odam 
bo‘lmoq” bir-biri bilan sira chiqishmaydigan, 
bir-birini rad etadigan tushunchalardir. Hurlik 
insoniylikning birinchi belgisi, birlamchi 
sharti. Hur inson o‘zining insoniy g‘ururiga ega 
bo‘lmog‘i kerak va bu insoniy g‘urur boshqalar 
tomonidan hamisha ardoqlanishi shart. 
“Ko‘ngil” she’rida milliy uyg‘onishga da’vat, erk, 
hurriyatga chaqiriq, xalqni ruhan ozodlikka 
undovchi ohanglar barq urib turadi, she’r 
benihoya soddaligi bilan qalblarga yaqindir:
Tiriksan, o‘lmagansan,
Sen-da odam, sen-da insonsan.
Kishan kiyma, bo‘yin egma,
Ki, sen ham hur tug‘ilg‘onsan!
She’rning mazmuniga mos ravishda 
boshdan-oyoq murojaat, xitob va so‘rovlar 
asosiga qurilishi unga alohida harorat, joziba 
bag‘ishlagan. “Do‘stlashding”, “Sustlashding”, 
“Og‘ritmas”, “Ketmasmi”, “Sinmasmi” kabi 
jarangdor qofiyalar, “munchalar”, “nega”, “ne”, 
“nechun”, “muncha” kabi ta’kid so‘zlar she’rning 
ta’sirchanligini oshiradi.
4
Cho‘lpon mislsiz 
she’riy kashfiyotlardan tashqari “Kecha va 
kunduz” deb ataluvchi birinchi o‘zbek roman-
dilogiyasining muallifidir. Afsuski, romanning 
ikkinchi kitobi Cho‘lpon qamalgan paytda 
yo‘q qilingan va hozirgacha topilgan emas. 
Birinchi kitobi “Kecha” qaytadan nashr qilindi 
va ko‘pchilik o‘quvchilar tomonidan Abdulla 
Qodiriyning “O‘tkan kunlar”i darajasidagi asar 
sifatida baho oldi. Cho‘lponning 1921-yillarda 
yaratgan “Yorqinoy” dramasi badiiy jozibasi 
jihatidan ham, mavzu nuqtayi nazaridan 
ham hozirgacha o‘z ta’sir kuchini yo‘qotmay 
kelmoqda.
TAQVIM:


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son

PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM
ISSUES OF ORGANIZING AND DEVELOPING 
THE EDUCATIONAL PROCESS BASED 
ON DIGITAL TECHNOLOGIES IN THE 
CONDITIONS OF EDUCATIONAL CLUSTER
Dustnazar Omonovich Himmataliev — professor, Chirchik state pedagogical university
Madina Abdumumin kizi Fayzullaeva — master, Chirchik state pedagogical university
Abstract: In this article, the issues of organizing and developing the educational process based 
on digital technologies in the conditions of the educational cluster are explained. You can also 
familiarize yourself with the results of the research conducted on the organization and development 
of the educational process based on digital technologies, as an example of an English language 
lesson in educational centers.
Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’lim klasteri sharoitida ta’lim jarayonini raqamli texnologiyalar 
asosida tashkil qilish va rivojlantirish masalalari mohiyati yoritib berilgan. Shuningdek, ta’lim 
markazlarida ingliz tili darsi misolida ta’lim jarayonini raqamli texnologiyalar asosida tashkil qilish va 
rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasi bilan ham tanishib chiqishingiz mumkin.
Аннотация: В данной статъе раскрываются вопросы организации и развития 
образователного процесса на основе цифровых технологий в условиях образователного 
кластера. Вы также можете ознакомится с резултатами проведенного исследования по 
организации и развитию образователного процесса на основе цифровых технологий, на 
примере урока английского языка в образователных центрах.
Keywords: educational cluster, digital technologies, experience, Baamboozle, Educandy, Kahoot, 
Memrise, Hallo, Elsa.
Kalit so‘zlar: ta’lim klasteri, raqamli texnologiyalar, tajriba, Baamboozle, Educandy, Kahoot, 
Memrise, Hallo, Elsa.
Ключевые слова: образователный кластер, цифровые технологии, опыт, Baamboozle, 
Educandy, Kahoot, Memrise, Hallo, Elsa.
Introduction. One of the innovative 
approaches to the development of 
the educational process, which allows 
effective use of the resources available 
in the educational system, successful 
resistance to external and internal factors, 
is the cluster approach. The purpose 
of the formation of the cluster process 
is to standardize the institutions of the 
same field located within the city, district 
and region and the educational centers 
interacting with them, and to harmonize 
other services - to direct the training of 
personnel on the basis of the organization 
of innovative production.
1
Relevance of the topic. Today, digital 
technologies are actively used in all spheres 
1 Do‘stnazar, H., & Abrorxujayevna, V. S. (2022). Ta’lim jarayonida klaster metodidan foydalanishning o‘ziga xos ahamiyati. World scientific research journal, 9(1), 179-184.
2 Majidova, I. (2022). Ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish istiqbollari. Current Issues of Bio Economics and Digitalization in the Sustainable Development of Regions, 477-481
of life. The economy, banking, service 
sector, as well as the educational process, 
serve to develop rapidly. All citizens living 
in the country, including young children and 
pensioners, are forming the idea that all 
problems in society can be solved through 
digital technologies. It is not surprising 
that the educational system today is 
absorbed by digital technologies, because 
it serves as a basis for serious analysis and 
pedagogical justification of many things 
that are offered in the information space 
today.
2
In this regard, as the President of 
our country, Shavkat Mirziyoyev, said, “To 
achieve development, it is important and 
necessary to acquire digital knowledge 



“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM
and modern information technologies. 
This gives us the opportunity to take 
the shortest path to ascension. After 
all, information technologies are deeply 
penetrating all areas of the world today. 
Of course, we know very well that the 
formation of the digital economy requires 
the necessary infrastructure, a lot of money 
and labor resources. However, no matter 
how difficult it is, if we don't start today, 
when will we?! Tomorrow will be too late”
3
.
Social progress cannot be achieved 
without developing the intellectual abilities 
of the mature generation, without educating 
them spiritually and morally, and without 
fully realizing the new aspects of their 
potential. Various games, mobile devices 
and computer software developments are 
aimed at forming new knowledge skills 
in the minds of the mature generation. 
It is known that acquiring knowledge 
that is new to them through such digital 
technologies will certainly have a positive 
effect on them
4
.
Result and analysis. We will introduce 
you to the analysis of the results of 
our research on the organization and 
development of the educational process 
based on digital technologies on the 
example of educational centers. We 
are in close contact with the parents of 
students and young students, and we have 
specialists who teach in higher education 
institutions, such as “Afina”, “Step ahead”, 
for example, English language lessons 
we conducted several experiments on 
organizing and developing the educational 
process based on digital technologies.
The reason why we chose the English 
language course is that we cannot imagine 
our life today without foreign languages. As 
the process of globalization accelerates, 
learning a foreign language is becoming 
the need of the hour. Today, in order to 
become a good specialist in any field, 
knowing a language has become a simple 
requirement. That's why everyone is busy 
learning a language in modern life
5
3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020-yil 24-yanvarda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi. https://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasiprezidenti-
shavkat-mirziyeevning-oliy-2
4 Baxrombekovna, d. R. N. (2022). Ta'lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 2(5), 23-26.
5 Fayzullaeva, M., & Kholbutaeva, M. (2022). Use of international experience in increasing the efficiency of education quality. International Bulletin of Applied Science and Technology, 2(10), 
63-68.
6 Yarashov, M. (2021). Talim tizimida raqamli texnologiyalarning o'rni. Ilmiy nasharlar markazi (buxdu.uz), 5 (5).
We all know that learning a foreign 
language 
effectively 
requires 
daily 
practice. We have compiled a lesson 
schedule of a number of useful offline and 
online resources for language learners 
to strengthen their knowledge. In order 
to further improve the language learning 
process, we have organized a certain 
term lesson process based on this lesson 
schedule for English language teachers 
who want to conduct their lessons with 
various technologies and online quizzes 
and English language learners who are 
tired of the books everyone uses. In this 
lesson plan, the parents of young people, 
teachers in the educational center and 
even the independent education of the 
student are inextricably linked.
Nowadays, the role of digital 
technologies in independent language 
learning is very important. Through them, 
a person's enthusiasm for learning a 
language does not fade, and various 
intellectual games, chosen correctly for 
the topic, help to increase interest even 
more. The chosen game is appropriate not 
only for the topic, but also for the age of 
the language learner. Intellectual games 
for language learning have been studied a 
lot to date, as well as new games, websites, 
various types of technology that facilitate 
language learning, in general, innovative 
digital technologies are being developed 
and improved
6
.
Baamboozle, 
Educandy, 
Kahoot, 
Memrise, Hallo, Elsa…. The list of special 
websites like these could go on and on. 
Sites like these have a positive effect 
on a person's understanding of the 
topic, repeating the topics covered, and 
strengthening their knowledge, along with 
increasing the speed of thinking. This will 
undoubtedly make the lesson process and 
language learning more interesting.


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
10 
In educational centers, we have 
tried to apply a number of such digital 
technologies in the example of language 
teaching. The reason why we chose 
educational centers is that, compared to 
secondary schools, you won't have much 
difficulty in using any technology, such as a 
telephone, in educational centers. We have 
researched a lesson plan consisting of a 
number of intellectual games designed 
for young language learners, as well as 
for older students, for a certain period of 
time on language learners of different 
ages. In general, we did not face any great 
difficulty in choosing intellectual games 
suitable for the age of the student for the 
traditional teaching process. However, 
we encountered some difficulties in 
teaching intellectual games to our children 
through digital technologies. In this case, 
it was a little difficult to teach the younger 
students, but the older children found the 
process more fun. This is explained by 
the fact that young children do not have 
enough information about devices such as 
computers, phones, and electronic boards 
yet. For this reason, it is appropriate to 
conduct intellectual games in an offline 
form in a traditional way for young children. 
But for high school students and older 
language learners, playing both online and 
offline games shows a good result.
It would not be wrong to say that 
the Internet speed is not at the same 
level in all parts of our country, and it is 
one of the urgent problems of our work. 
For this reason, we organized a game-
like competition together with language 
learners through the Telegram social 
network. So what was it like? We were 
able to implement this process through @
iknow.bot on the Telegram social network. 
The reason we chose Telegram is that this 
android apk can run on any device with 
lower internet speed than other networks.
Conclusion. In conclusion, language 
learning in educational centers through 
games organized on the basis of digital 
technologies is effective and interesting, 
which can be used by children of any 
age. The results of the study show that 
games organized on the basis of digital 
technologies are not only for entertainment, 
but most importantly, they are also useful 
activities. It is also used to repeat the topics 
of the language learning process, and at 
the same time, the goal of improving the 
students' communicative competence is 
achieved.
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


11 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
РАЗВИТИЕ ИНФОРМАЦИОННО –
УПРАВЛЕНЧЕСКИХ КОМПЕТЕНЦИЙ 
БУДУЩИХ СПЕЦИАЛИСТОВ В ПРОЦЕССЕ 
ИМИТАЦИИ КОНЦЕПТУАЛНОЙ МОДЕЛИ
Озода Сафибуллаевна Абдуллаева -
д.ф.(PhD) по п.н, профессор, Наманганский инженерно–строителный институт.
Гузал Абдурасуловна Хусайинова -
докторант, Наманганский государственный университет.
.
Аннотация: В статъе рассматривается моделирование процесса подготовки будущих 
специалистов к информационно–управленческой деятелности как процессуалная система, 
составными частями которой являются: цел и стратегии моделирования, закономерности и 
принципы моделирования, объект моделирования, модел, технология применений моделных 
представлений в педагогической деятелности, резултативност исползования модели в 
педагогической деятелности.
Annotatsiya: Maqolada bo‘lajak mutaxassislarni axborot va boshqaruv faoliyatiga tayyorlash 
jarayonini protsessual tizim sifatida modellashtirish muhokama qilinadi, uning tarkibiy qismlari: 
modellashtirishning maqsadi va strategiyasi, modellashtirishning qonuniyatlari va tamoyillari, 
modellashtirish obyekti, model, pedagogik faoliyatda namunaviy tasavvurlarni qo‘llash texnologiyasi, 
pedagogik faoliyatda modeldan foydalanish samaradorligi muhokama qilingan.
Abstract: The article discusses the modeling of the process of preparing future specialists for 
information and management activities as a procedural system, its components: the purpose and 
strategy of modeling, the laws and principles of modeling, the object of modeling, the model, the 
technology of using model imaginations in pedagogical activities, in pedagogical activities efficiency 
of using the model.
Ключевые слова: информационно–управленческие компитенции, моделирование, 
мотивационные процессы, концептуалная модел.
Kalit so‘zlar: axborotni boshqarish kompensatsiyasi, modellashtirish, motivatsion jarayonlar, 
kontseptual model.
Keywords: information management compensation, modeling, motivational processes, 
conceptual model.
В 
процессе 
социално 
– 
экономического 
развития 
на 
сегодняшний 
ден, 
возникают 
современные 
требования, 
которые 
требуют 
применения 
технологии 
современных подходов к процессу 
подготовки 
будущих 
специалистов 
к 
профессионалной 
деятелности. 
И это в свою очеред возлагает все 
новые и новые задачи по внедрению 
новшеств и международных достижений 
образования, предмета, техники и 
технологии в практику, организации 
и 
проектирования 
педагогических 
процессов на научной основе, вооружения 
будущих специалистов необходимыми 
знаниями, умениями и навыками. Одной 
из основных задач, решаемых высшим 
образователным учреждением, является 
создание целостной системы подготовки 
специалистов, 
обеспечивающей 
их 
качественную подготовку к будущей 
профессионалной деятелности.
Мотивационные 
процессы, 
происходящие в сложных педагогических 
системах, в данном случае подготовка к 
педагогической деятелности студентов 
по 
направлению 
профессионалное 
образование, связаны с огромным 
множеством состояния этих систем, 
обусловленных 
разнообразием 
взаимообусловленных компонентов и 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
12 
взаимосвязями между ними.
Исходя из особенностей системы, 
необходимо создат полнофункционалную 
сложную 
педагогическую 
систему 
с 
ее 
многообразием 
структурных 
компонентов, связей, взаимосвязей и 
взаимообусловленностей в четырёх 
подсистемах (аудиторная, внеаудиторная, 
дополнителная 
и 
самостоятелное 
образование), с прямыми и обратными 
информационными 
потоками, 
внутриличностными изменениями на 
различных этапах системы подготовки 
кадров. 
Процесс 
проектирования 
такой системы представляется в виде 
трудоёмкой деятелности, включающей 
в себя все критерии. Поэтому систему 
последователности и непрерывности 
подготовки будущих специалистов к 
профессионалной деятелности следует 
представит в целом: в аудиторных и 
внеаудиторных 
занятиях, 
отчетливо 
представлят в дополнителных курсах и 
предвидет в самообразованиях. Исходя 
из вышеперечисленного, мы можем 
создат необходимую систему с помощю 
метода 
моделирования, 
разработав 
подходящую и многофункционалную 
модел.
В 
разработке 
подходящей 
и 
многофункционалной модели требуются 
изучение 
особенностей 
основных 
категорий – “модел” и “моделирование”. 
Под моделю понимается “некоторая 
реално существующая или мысленно 
представляемая 
система, 
которая, 
замещая в познавателных процессах 
другую систему – оригинал, находится 
с ней в отношении сходства, благодаря 
чему изучение модели позволяет получит 
информацию об оригинале”
1
.
Некоторые 
исследователи 
выделяют критерии научности модели. 
К ним относят: связанност или целност 
идеализированной модели; константност, 
стабилност 
модели; 
наблюдаемост 
свойств объекта с характеристиками 
модели; минималност, обозримост ее 
параметров
2
.
В современной педагогической 
1 Abdullayeva O.S. Ilmiy axborotnoma informatika 2016-yil, 3-son UDK: 004.94:622.794. Axborot texnologiyalarini o‘rgatishda o‘yinli texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish 
to'g'risida // ilmiy axborotnoma. – c. 67.
2 Abdullaeva O.S. The course of study―Pedagogical Competence of the Engineer–Teacher // Monograph. Publisher: LAP Lambert Akademic publishing Co. KG, Saarbrucken, Germany. 
2018. – c. 189.
науке модел широко исползуется с 
целю познания и преобразования 
педагогических систем, педагогической 
действителности (В.Н.Бурков, Н.Г.Журбин, 
Ю.О.Овакимян, 
Фишман 
Л.И., 
Б.К. 
Тулбасова, В.Г.Рындак, В.В.Краевский, 
У.И.Иноятов, С.Т.Тургунов, Х.Ф. Рашидов, 
Б.Р.Джураева и др.).
Анализ источников показывает, 
что авторы приведенных моделей 
лиш фрагментарно описали подходы 
к 
разработке 
вышеперечисленных 
моделей. В данных исследованиях 
не рассмотрены научные подходы к 
процессу моделирования, не раскрыта 
сущност самого процесса.
По нашему мнению, концептуалная 
модел 
процесса 
подготовки 
к 
и н ф о рм ац и о н н о – у п р а в л е н ч е с ко й 
деятелности 
будущих 
специалистов 
представляет собой систему, которая 
отображает 
во 
взаимосвязи 
и 
взаимодействии 
компонентов 
по 
структуре, содержанию, форме, этапов ее 
функционированию и развитию.
Cистемный подход в создании 
концептуалной модели организации 
и управления процесса подготовки 
позволяет 
моделироват 
отделные 
процессы подготовки как подсистемы 
макросистемы.
В нашем исследовании целый 
процесс 
подготовки 
будущих 
специалистов является макросистемой, 
вместе с тем, процессы аудиторных 
занятий, 
внеаудиторных 
занятий, 
дополнителные курсы и самостоятелные 
работы существуют как подсистемы, 
а также они считаются компонентами 
макросистемы. Исходя из этого можно 
сделат вывод, что модел организации 
и управления процесса подготовки 
студентов 
к 
профессионалной 
деятелности 
как 
идеалное 
отражение важнейших компонентов, 
реалных 
процессов 
аудиторных 
занятий, 
внеаудиторных 
занятий, 
дополнителного курса и самостоятелной 
работы, 
раскрывают 
в 
общем 
виде организационную структуру и 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


13 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
содержание, существенные взаимосвязи 
и взаимообусловленности, прогнозируют 
ее развитие.
Моделирование 
процесса 
подготовки будущих специалистов к 
профессионалной 
деятелности 
мы 
рассматриваем 
как 
процессуалную 
систему, 
составными 
частями 
которой являются: цел и стратегии 
моделирования, 
закономерности 
и 
принципы 
моделирования, 
объект 
моделирования, 
модел, 
технология 
применений моделных представлений 
в 
педагогической 
деятелности, 
резултативност исползования модели в 
педагогической деятелности.
Моделирование 
концептуалной 
модели непрерывного педагогического 
образования 
осуществляется 
в 
несколко этапов: “по началу строится 
макет 
концептуалной 
модели 
и 
рассматриваются 
ее 
возможные 
варианты. 
Затем 
устанавливается 
единица измерения воспроизводства 
педагогических кадров, раскрывается 
ее значение и рол. Далее определяется 
ведущее звено и вспомогателные 
элементы 
системы. 
И, 
наконец, 
осуществляется проверка адекватности 
концептуалной 
модели 
системы 
педагогического образования социално–
экономическим условиям общества”
3
.
Вышеперечисленное 
показывает, 
что моделирование часто применяется 
при исследовании процесса подготовки 
педагогических кадров. Однако до 
настоящего времени не существует 
достаточно 
обоснованной 
модели 
организации и управления процесса 
подготовки студентов магистратуры 
к 
будущей 
информационно–
управленческой деятелности.
По нашему мнению, моделирование 
является 
одним 
из 
методов 
преобразования, как педагогических 
систем и управления ими. С помощю 
моделирования можно прогнозироват 
варианты будущего развития процесса 
подготовки, соединив с настоящим и 
прошлым, определит потенциалные 
3 Abdullayeva O.S. Pedagogical competence of a professional teacher (on the example of 5330200–Informatics and information technology) // Study guide. Publisher: LAP Lambert 
Academic publishing Co. KG, Saarbrucken, Germany. 2018. – c. 105.
4 Abdullayeva O.S. Technology enhance the educational process of professional colleges and academic lyceums (for example, studying the course of informatics and information technology) 
// Monograph. Publisher: Navruz.–Tashkent. 2016. – c. 189.
последствия 
алтернативных 
педагогических решений.
В педагогических исследованиях 
аргументировано 
целесообразност 
выделения пяти основных этапов 
моделирования. К ним относятся:
– 
определение 
объекта 
исследования;
– активизация накопленных знаний 
об оригиналах;
– 
обоснование 
необходимости 
применения метода моделирования;
– выбор существенных переменных 
и постулатов;
– отбор из числа объектов тех, 
которые наиболее легко поддаются 
изучению.
Н.В. 
Кузмина 
рассматривает 
моделирование 
образователного 
процесса как предписание того, каким 
он должен быт, какие функции и в какой 
последователности должен выполнят 
каждый из его участников, что бы 
резултат был положителным
4
.
Мы поддерживая идею Кузмина 
отмечаем, что эффективност процесса 
подготовки 
будущих 
специалистов 
необходимо рассматриват в вертикалной 
и горизонталной плоскостях.
По вертикали – это взаимосвяз 
между целями, задачами, функциями, 
методами организации и управления 
педагогических 
процессов. 
По 
горизонтали – это интеграция технологии 
организации 
и 
управлений 
этим 
процессом. Если технология организации 
процессов основана на системный 
подход, то технология управления в 
своей основе имеет этот же подход.
Опираяс на вышеперечисленное, 
создание модели позволило нам более 
глубоко вникнут в сущност изучаемого 
явления, вскрыт присущие ему связи и 
закономерности. 
Закономерност 
представляет 
собой 
существенные, 
устойчивые, 
повторяющиеся связи и отношения, 
которые 
в 
своей 
совокупности 
детерминируют системный характер 
содержания 
на 
всех 
процессах, 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
14 
реализация 
которых 
позволяет 
добиватся поставленной цели.
Основной 
закономерностю 
изучаемых 
проблем 
выступает 
последователност, 
непрерывност 
и 
систематичност 
организации 
и 
управления 
процесса 
подготовки 
студентов 
к 
педагогической 
деятелности. Она рассматривается как 
систематичност, в которой организация 
и управление каждым новым процессом 
подготовки кадров осуществляется в 
диалектической связи с предыдущим 
и в соответствии с прогнозируемыми 
условиями и задачами.
Также, мы предлагаем выделит 
другую закономерност:
– последователност находится во 
взаимосвязи с взаимообусловленностю 
содержания подготовки на разных 
педагогических процессах;
– систематичност обеспечивает 
единство педагогических процессов в 
единой образователной среде;
– 
непрерывност 
зависит 
от 
тенденций обновления современного 
педагогического образования;
– 
содержание 
объективности 
подготовки находится в объективной 
прямой зависимости от гуманистической 
парадигмы 
педагогического 
образования;
– 
обеспечение 
личностно–
ориентированной 
организации 
и 
управления процесса подготовки зависит 
от единства педагогических действий 
всех участников данного процесса, т.е. 
формирование субъекта – субъектного 
отношения.
UZLUKSIZ TА’LIM TIZIMIDA INSON 
RESURSLАRINI BOSHQАRISH
Lazokat Mashrabovna Turikova -
i.f.n, v.b. dotsent, Milliy tadqiqot instituti
Annotatsiya: Mazkur maqola uzluksiz taʼlim jarayonining asosiy ishtirokchilari bo‘lgan inson 
resurslarini samarali boshqarish usullaridan foydadalanish va buni taʼlim jarayonidagi ahamiyatini 
nazarda tutadi.
Аннотация: В этой статъе подразумевается исползование эффективных методов 
управления человеческими ресурсами, которые играют ключевую рол в процессе 
непрерывные образования и их важност в процессе обучения.
Abstract: This article implies the use of effective human resource management techniques that 
play a key role in the process of continuing education and their importance in the learning process.
Kalit so‘zlar: inson resurslari, inson kapitali, uzluksiz ta’lim, intellektual salohiyat, motivatsiya, 
nomoddiy rag‘batlantirish, kreativ yondashuv.
Ключевые слова: человеческие ресурсы, человеческий капитал, непрерывное обучение, 
интеллектуалный потенциал, мотивация, нематериалные стимулы, творческий подход.
Keywords: human resources, human capital, lifelong learning, intellectual potential, motivation, 
intangible incentives, creativity.
Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki 
yillaridanoq, milliy taʼlim tizimining huquqiy 
asoslari shakllantirildi va uning yagona, uzluksiz 
modeli yaratildi. 
2020-yilda esa O‘zbekiston Respublikasining 
“Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahriri eʼlon 
qilindi
1
. Mazkur qonun bilan taʼlim sohasidagi 
asosiy prinsiplar belgilangan bo‘lib, taʼlimning 
uzluksizligi va izchilligi, o‘n bir yillik taʼlimning hamda 
1 O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonuni. 2020-yil 23-sentabr, O‘RQ-637-son
2 https://lex.uz/docs/-5013007.
olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir 
yil davomida umumiy o‘rta taʼlimga tayyorlashning 
majburiyligi; davlat taʼlim standartlari va davlat 
taʼlim talablari doirasida taʼlim olishning hamma 
uchun ochiqligi; o‘quv dasturlarini tanlashga doir 
yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi; 
insonning butun hayoti davomida uzluksiz taʼlim 
olishi haqidagi meʼyorlar o‘z aksini topgan
2

Shuningdek, 
qonunda 
taʼlimning 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


15 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
maktabgacha taʼlim va tarbiya; umumiy o‘rta va o‘rta 
maxsus taʼlim; professional taʼlim; oliy taʼlim; oliy 
taʼlimdan keyingi taʼlim; kadrlarni qayta tayyorlash 
va ularning malakasini oshirish va maktabdan 
tashqari taʼlim kabi turlari bayon etilgan.
Yuqorida qayd qilingan taʼlim turlaridan biri 
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini 
oshirishdir. Mazkur qonun bilan kadrlarni qayta 
tayyorlash va ularning malakasini oshirishni 
tartibga soluvchi bir qator qoidalar belgilangan. 
Jumladan, kadrlarni qayta tayyorlash tayanch 
mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq bo‘lgan 
yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish 
uchun qo‘shimcha kasbiy bilim, malaka va 
ko‘nikmalarning 
zarur 
hajmi 
egallanishini 
taʼminlaydi. Kadrlar malakasini oshirish kasbiy 
bilim, malaka va ko‘nikmalarning chuqurlashtirilishi 
hamda yangilab borilishini taʼminlaydi, kadrlarning 
toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga 
xizmat qiladi. 
Mazkur qonun taʼlim sohasini zamonaviy 
va moslashuvchan tashkil qilishdagi o‘ziga xos 
xususiyatga ega ekanligi bilan 1997-yil 29-avgust 
kuni qabul qilingan “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonundan 
tubdan farq qiladi.
Misol uchun masofaviy taʼlim haqidagi 
qoidalar o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga 
muvofiq taʼlim oluvchilar tomonidan zarur bilim, 
malaka va ko‘nikmalarni axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot 
tarmog‘idan foydalangan holda masofadan turib 
olishga qaratilgan.
Аlbatta, masofaviy taʼlim nafaqat o‘quvchi 
- yoshlar balki katta yoshdagilar uchun ham 
o‘quv mashg‘ulotlardan tashqari paytda o‘z - 
o‘zini o‘qitish, o‘z ustida ishlash tizimiga katta 
yordam beradi. Chunki bugungi kunda barcha 
taʼlim muassasalarida, yaʼni umumiy o‘rta taʼlim 
maktablari, professional taʼlim, oliy taʼlim va 
malaka oshirish tizimlarida elektron raqamli 
kontentlar yaratilmoqda. Ilgari qo‘shimcha bilim 
olish uchun kutubxonalarga borib, uzoq vaqt 
maʼlumotlar olishga to‘g‘ri kelar edi. Ushbu raqamli 
kontentlar esa qo‘shimcha taʼlim olish istagida 
bo‘lgan har bir shaxs uchun katta instrument 
hisoblanadi. 
Bugungi 
o‘quvchi-yoshlar 
oliy 
taʼlimdagi kontentlar, ishlayotgan xodimlar esa 
malaka oshirish tizimida yaratilgan kontentlar 
bilan tanishish va keyingi bosqichda qanday taʼlim 
jarayoni bilan to‘qnashishlarini oldindan bilish 
imkoniyati yaratilgan. Bu ham taʼlimning uzviyligini 
taʼminlashga qaratilgan omillardan biri bo‘lib 
xizmat qilmoqda. Uzviylik nafaqat taʼlim turlari 
bo‘yicha, balki bir taʼlim turi, masalan, umumiy 
o‘rta taʼlim sinflari bo‘yicha ham jiddiy o‘rganilishi 
va muayyan tuzatishlar amalga oshirilishi dolzarb 
bo‘lib turibdi
3

Uzviylik 

taʼlim-tarbiya 
jarayonini 
3 Ashirboyev S. “Taʼlimning uzviyligi va uni takomillashtirishning ayrim masalalari”. Scientific bulletin of Namangan state university: 2020.vol. 2 : iss. 3 , article 98. available at: https://
uzjournals.edu.uz/namdu/vol2/iss3/98
4 Hasanboyev J., To‘raqulov X. va boshqalar. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. - T.: «Fan va texnologiya», 2009.
5 Gorbunova O.N., Gegamyan M.А. Upravlenie chelovecheskimi resursami na sovremennom predpriyatii// Sotsialno-ekonomicheskie yavleniya i protsessi. 2013. №6. 52 s.
6 https://www.zagorskaya.info/conceptions-hr
muayyan ketma - ketlik asosida tashkil 
etilishini ifodalovchi muhim sifat bo‘lib, maʼlum 
bosqichda avvalgi bosqich o‘quv faoliyatining 
mazmunini tashkil etuvchi bilim, ko‘nikma va 
malakalarning mustahkamlanishi, kengaytirilishi 
va chuqurlashtirilishini taʼminlaydi
4
.
Taʼlim tizimining uzviyligini ta’minlashda 
inson omili har qanday sharoitda ham kattta 
ahamiyat kasb etmoqda. Chunki yuqorida 
ta’kidlangan raqamli kontentlar, interaktiv dasturlar 
va barcha o‘quv materiallari inson resurslari, ya’ni 
mutaxassislar tomonidan tayyorlanadi. Shuning 
uchun ham inson kapitalini rivojlantirish orqali 
mehnat bozoridagi raqobatni rivojlantirishga 
alohida eʼtibor qaratilmoqda. Farzandlarimizning 
jahon andozalariga mos ravishda zamonaviy 
bilimlarni egallashlari, barkamol va yetuk insonlar 
bo‘lishga yo‘naltirilishlari, ularning intellektual 
salohiyatlarini yanada kuchaytirilishi kelajakda 
malakali mutaxassis va munosib inson resurslari 
bo‘lib yetishishlariga zamin yaratadi. Taʼlim har bir 
shaxsning fuqarolik pozitsiyasini rivojlanishiga 
bevosita taʼsir qiladi. Shuningdek, davlatlarning 
iqtisodiy darajasi ham taʼlimning rivojlanish 
darajasi bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki inson 
resurslari iqtisodiy resurslarning alohida turini 
anglatadi
5

Bundan ko‘rinib turibdiki, inson resurslarini 
yanada rivojlantirishda taʼlim jarayonini yangi 
bosqichga 
ko‘tarilishida 
muhim 
ahamiyat 
kasb etadi. Demak, taʼlim jarayonining asosiy 
ishtirokchilari 
bo‘lgan 
pedagog 
xodimlar, 
trenerlarning sifatini oshirish, pedagogik mahoratni 
oshirish va inson resurslarini samarali boshqarish 
mexanizmlarini yanada kuchaytirish lozim.
Inson 
resurslarini 
rivojlantirish 
evolyutsiyasiga eʼtibor beradigan bo‘lsak, XX 
asrning 40-yillarigacha bu jarayon “mehnat 
resurslaridan foydalanish” deb nomlangan va “tirik 
mashina” funksiyasini bajargan. 70-yillarga kelib 
“personalni boshqarish” deyilgan va “ishchi mehnat 
munosabatlarini subyekti” hisoblangan. 90-yillarga 
kelib “inson resruslarini boshqarish” deyilib, 
ishchiga tashkilotning asosiy resursi sifatida 
qaralgan. XXI asrda bu jarayon mutloq boshqacha 
tus olgan. Yaʼni insonlar tashkilot uchun emas balki, 
tashkilot inson uchun ishlaydigan davr bo‘lmoqda
6

Ishchi kuchining va axborot texnologiyalarning 
o‘ta rivojlanishi, raqamli texnologiyalarning joriy 
etilishi, inson huquqlarining taʼminlanishiga 
qaratilayotgan eʼtibor hamda taʼlim jarayonidagi 
keskin o‘zgarishlar mehnat bozoridagi talab va 
taklifga katta taʼsir o‘tkazmoqda. Shunday qilib, 
bugungi kunda xodimlar bilan ishlash jarayoni “HR 
menejment” yoki “Inson kapitalini boshqarish” deb 
ham yuritilishini kuzatishimiz mumkin.
Samarali inson 
resurslarining asosiy 
manbasi — bu bilim va intellektual salohiyatdir. 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
16 
Endilikda intellektual energiya va shaxsning ijodiy 
qobiliyatlari professional xodimning eng muhim 
“mahsuloti”ga aylanmoqda. Har bir shaxsda yangi 
bilimlarni o‘zlashtirish orqali o‘z-o‘zini rivojlantirish 
xususiyati mavjud. 
Shundan kelib chiqib, rahbarlar tashkilotdagi 
xodimlarning ana shunday xususiyatlarini ko‘ra 
olish, noyob iqtidor egalarini aniqlash va ularning 
ijodiy qobiliyatlari, bilim va malakalaridan 
samarali foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi 
kerak. Chunki malakali mutaxassis — bu mehnat 
samaradorligining eng asosiy omili hisoblanib 
rahbarga va tashkilotga muvaffaqiyat olib keladi.
Xalq taʼlimi tizimidagi umumiy o‘rta taʼlim 
maktablari rahbarlarida pedagog xodimlar bilan 
ishlash, muvaffaqiyatli jamoa tuzish, mehnat 
jamoasidagi ijtimoiy maʼnaviy muhitni yaxshilash 
hamda har bir xodimga kerak bo‘lsa individual 
yondoshish ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha 
sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Аmmo 
hali xodimlarni zamonaviy boshqarish bo‘yicha 
rahbarlarimizga ko‘plab yondoshuv va uslubiyotlar 
kerak. 
Maktablarda faoliyat yuritayotgan har 
bir xodim, pedagog yoki rahbarlardan yuqori 
darajadagi maʼnaviyat, bilim va salohiyat talab 
qilinadi. Pedagog xodimlarga qo‘yiladigan talablar 
taʼlim tizimiga oid qonun hujjatlarida, malaka 
talablarida va boshqa lokal hujjatlarda belgilanadi.
«O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi»da xalq 
taʼlimi tizimining uzoq muddatli rivojlanishining 
asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan. Mazkur 
yo‘nalishlardan biri uzluksiz taʼlim tizimi mazmunini 
sifat jihatidan yangilash, shuningdek, professional 
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini 
oshirish hamda xalq taʼlimi tizimida faoliyat 
ko‘rsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida 
umumiy o‘rta taʼlim muassasalari xodimlarining 
mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish 
va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-
bosqich oshirib borish hisoblanadi
7
Yuqorida 
taʼkidlaganimizdek, 
bugungi 
davrning kadrlar siyosati xodimlarning jismoniy 
holati bilan emas, balki intellektual qobiliyatlari 
bilan chambarchas bog‘liq. Taʼlim muassasalarda 
xodimlarning ko‘rsatgan natijalariga qarab ish 
haqlari, ustamalar berish va turli shakllarda 
rag‘batlantirishlar joriy qilingan. Jumladan, 
malaka toifasiga qarab o‘qituvchilarga ish haqlari 
belgilanadi. Xalqaro olimpiadalarda o‘quvchilari 
yuqori o‘rinlarni olgan o‘qituvchilarga alohida 
to‘lovlar joriy qilingan. Shuningdek, o‘qituvchilar 
uchun ko‘plab ko‘rik-tanlovlar, konkurslar, ilmiy-
amaliy konferensiyalar tashkil qilinmoqda. 
Shuningdek, o‘qituvchilar xalqaro loyihalarda ham 
faol ishtirok etib, turli ko‘rinishdagi grantlarni yutib 
olayotganliklarini guvohi bo‘lishimiz mumkin. Bu, 
albatta, xodimlarni boshqarish tizimi natijalari 
desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Eʼtibor berishimiz 
7 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni
8 O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 16-moddasi.
kerakki, bu tadbirlar pedagog xodimlarni o‘zini 
ustida ishlashga majbur qilmoqda, natijada bilim 
va tajribalarini yanada takomillashtirmoqdalar 
hamda ular uchun katta motivatsiya bo‘lmoqda. 
Har bir rahbarning o‘z jamoasi bilan ishlash 
ssenariysi bo‘lishi va kadrlar siyosati kartasi 
bo‘lishi maqsadga muvofiq. Bunday jamoaviy va 
o‘qituvchilarni salohiyatini oshirishga qaratilgan 
tadbirlar maktablarda ham ish beruvchilarning 
tashabbuslari bilan tashkil qilinishi yanada 
samaraliroq bo‘lar edi. Jamoaviy tadbirlar 
jamoadagi munosabatlarni mustahkamlashga 
va birdamlik yuzaga kelishiga xizmat qiladi. 
Undan tashqari, o‘qituvchilar taqdirlash va 
rag‘batlantirishni chetdan emas, balki o‘zi 
ishlayotgan 
tashkilotdan 
ko‘proq 
olishlari 
kerak. Rag‘batlantirish deganda afsuski ko‘plab 
pedagoglarimiz faqat moddiy rag‘batlantirishni 
tushunadilar. Аmmo rag‘batlantirish jarayonini 
katta qismi maʼnaviy rag‘batlantirishdan iborat. 
Maktablarda ish beruvchi tomonidan pedagoglarni 
maʼnaviy rag‘batlantirishga quyidagilarni misol 
keltirishimiz mumkin.
1. Pedagoglarning oilasiga eʼtibor qaratishda 
har bir rahbar-xodimlarning ijtimoiy ahvoli bilan 
tanish bo‘lishi va hol-ahvol so‘rab turishi lozim. 
Chunki oilaviy muammosi bor bo‘lgan xodimning 
kayfiyati ish jarayoniga sezilarli taʼsirini ko‘rsatadi. 
Bunday xodimga yordam bermasdan turib natija 
kutish noto‘g‘ri bo‘ladi. 
2. Pedagoglarning dars o‘tish jarayonida 
yangiliklar kuzatilmasa uni malaka oshirishga 
yo‘naltirish lozim. Bu orqali o‘zini ustida yanada 
ishlashga va uni jamiyatda munosib, malakali 
shaxs bo‘lishiga imkon yaratiladi. O‘qituvchilar 
bu natijadan va rahbardan judayam mamnun 
bo‘ladilar. 
3. Korporativ tadbirlarni tashkil qilish xodimlar 
uchun juda qiziqarli jarayon hisoblanib, jamoani 
birlashtirishga qaratiladi. Bunda faqat tushlik yoki 
kechki ovqatni tushunish kerakmas. Balki, turli xil 
jamoaviy interaktiv o‘yinlar, ish vaqtidagi jismoniy 
mashqlar, sayohatlarni misol qilishimiz mumkin. 
Shuningdek, maktabda bo‘ladigan tadbirlarga 
barcha xodimlar baravar jalb qilinishi ham yaxshi 
samara beradi.
4. 
Pedagog 
xodimlarga 
davlatimiz 
tomonidan berilayotgan ijtimoiy imtiyozlar haqida 
ko‘proq maʼlumot berishimiz kerak. Misol uchun 
xodimlar har yili tashkilot hisobidan sug‘urta 
qilinishi, eng yaxshi natija ko‘rsatgan pedagoglar 
ish beruvchining tavsiyasi bilan sanatoriyalarda 
bepul sog‘lomlashtirilishi, ish haqining oshirilishi 
va pedagogik faoliyatni olib borishlari uchun 
munosib sharoitlar yaratilayotganligi va hokazo.
5. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Mehnat 
kodeksining 16 - moddasiga muvofiq, har bir xodim 
dam olish huquqiga ega. Ish vaqtida tanaffuslar, 
dam olish vaqtlari belgilanishi va har yillik haq 
to‘lanadigan mehnat taʼtillari ularga berilishi lozim
8
.
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


17 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
6. Maktabda o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda ish 
beruvchilar pedagoglarni fikrini, albatta, eshitishga 
harakat qilishlari zarur. Balki, shu fikr maktabni 
boshqarishda juda muhim bo‘lishi mumkin. 
Shuningdek, 
yig‘ilishlardagi 
bahs-munozalar 
maktab muammolarini jamoaviy yechimini 
topishga va shaffoflikka xizmat qiladi.
7. Rahbarlar bilan qayta aloqa bo‘yicha ham 
ayrim muammolar mavjud. Аyniqsa, nizo yuzaga 
kelganda rahbar-xodimlarni qabul qilmaslik, 
muammoni yechishga harakat qilmaslik holatlari 
kuzatiladi. Har qanday holatda ham rahbar 
pedagog-xodimlar uchun ochiq bo‘lishi lozim. 
Chunki mehnat munosabatlarida ko‘p masalalar 
ichki tartibda kelishishga havola qilingan. 
8. Rahbarlar-xodimlarning ko‘rsatayotgan 
natijalarini ko‘pchilikning ichida eʼtirof etishi, 
ijtimoiy tarmoqlar, kanallar orqali eʼlon qilishi yoki 
maktabni ko‘rinadigan joyga rasmini va natijalarini 
osib qo‘yish ham xodim uchun katta maʼnaviy 
rag‘bat hisoblanadi. 
Milliy tariximizga qarasak, jasur, mard, dono 
insonlarga yuksak baho berilganini ko‘ramiz. 
“Sohibqiron”, “jahongir”, “bahodir”, “olampanoh” 
kabi taʼriflar eʼtirof, eʼzoz, lutf maʼnosini anglatgan. 
Masalan, Sohibqiron Аmir Temurning otasi Аmir 
Tarag‘ayning “bahodir” degan unvoni bo‘lgan va 
u qo‘l ostida xizmat qiluvchilar uchun nomoddiy 
rag‘batlantirishni qo‘llagan. 
Sohibqiron lashkaridagi ko‘p jangchilarning 
ismiga ham ana shu unvon qo‘shib aytilgan. 
Taomilga ko‘ra, saltanat uchun hal qiluvchi 
lahzalarda lashkar ichidan otilib chiqib, birinchi 
bo‘lib yovga tashlangan askarga “bahodir” unvoni 
berilgan. Bu unvon o‘sha davrda faqat kuch, 
jasorat uchun berilmagan. Bahodir bo‘lish uchun 
qilichbozlikni puxta egallash, otni boshqarish, o‘zini 
himoya qilish, zarba nuqtasini to‘g‘ri topish, o‘z kuch-
g‘ayratini to‘g‘ri taqsimlash, dushman pistirmalarini 
oldindan bilib ish tutish kabi xislatlar egallanishi 
9 http://marifat.uz/marifat/ruknlar/rasmiy/1486.htm
kerak edi. Аks holda kuchli, jasur yigitlar bekorga 
qurbon bo‘lishardi yoki ularning shiddatidan foyda 
kam bo‘lardi. Bahodirlik uchun faqat dovyuraklik, 
shamshir o‘ynatish yetarli bo‘lmagan. Bunda bilim, 
yana bilim, mahorat kerak bo‘lgan. Sohibqiron Аmir 
Temur “Bilagi zo‘r birni, bilimi zo‘r mingni yengadi” 
degan hikmatni aytganida, balki shularni nazarda 
tutgandir
9

Bunday 
sifatlarni 
o‘zlashtirish 
uchun 
xodimlar juda ko‘p mehnat qilishgan va Sohibqiron 
ishonchiga erishgan. Bunday natijalarga ega 
bo‘lgan xodimlar, albatta, professional xodimlarga 
aylanadilar va har qanday rag‘batlantirishga 
loyiqdir. Rahbar-kadrlar esa bu kabi samarali 
ishlayotgan xodimlarni kashf etishlari, ko‘ra 
olishlari lozim.
Rahbarlarning 
xodimlar 
bilan 
doimiy 
muloqotda bo‘lishlari ham ayrim tashkilotlarda 
muammoga aylanib qolmoqda. Buning sabablari 
turlicha bo‘lishi, masalan:
rahbar o‘ta band, xodimni qabul qilishdan 
zarurroq ishlari ko‘p;
rahbar shu xodimni unchalik hushlamaydi;
rahbar-xodimlar uchun ochiq emas;
muammolarni eshitishni xohlamaydi, chunki 
uni hal qilish imkoni yo‘q.
Rahbarlar bunday holatlarga, albatta yo‘l 
qo‘ymasliklari kerak. Aksincha, ko‘plab mehnat 
nizolari yuzaga kelishi mumkin. Samarali 
kommunikatsiya - samarali menejmentning asosiy 
instrumentidir.
Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. 
Chunki inson resurslari boshqaruvi tobora 
innovatsion boshqaruv bilan kesishmoqda. 
Innovatsion imkoniyatlarning kuchli raqobati esa 
inson resurslarining sifati va malakasini o‘sish 
dinamikasini yuzaga keltiradi. Аyniqsa, ta’lim 
tizimida keskin rivojlanish bo‘layotgan bir davrda 
pedagoglarni zamonaviy usullar bilan boshqarish 
ta’limni rivojlantirishda juda muhim hisoblanadi.
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
18 
ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR 
VOSITASIDA TA’LIM SAMARADORLIGINI 
TA’MINLASH YUZASIDAN AMALIY 
TAJRIBALAR MOHIYATI
Annotatsiya: Ushbu maqolada ilg‘or pedagogik texnologiyalar vositasida ta’lim samaradorligini 
ta’minlash yuzasidan Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlarining umumiy o‘rta ta’lim maktablardagi 
amaliy tajribalar va ularning natijalari haqida to‘liq ma’lumot berilgan.
Аннотация: В данной статье представлена подробная информация о практическом опыте 
и его результатах в общеобразовательных школах Ферганской, Андижанской, Наманганской 
областей с целью обеспечения эффективности образования с помощью передовых 
педагогических технологий.
Abstract: This article provides detailed information about practical experiences and their results 
in general secondary education schools in Fergana, Andijan, Namangan regions in order to ensure 
the effectiveness of education with the help of advanced pedagogical technologies.
Kalit so‘zlar: maktab, o‘qituvchi, ta’lim, malaka, tajriba, amaliyot, tahlil, pedagogik texnologiya, 
musiqa, madaniyat, an’ana, qo‘shiq, innovatsiya.
Ключевые слова: школа, учитель, образование, квалификация, опыт, практика, анализ, 
педагогическая технология, музыка, культура, традиция, песня, новаторство.
Keywords: school, teacher, education, qualification, experience, practice, analysis, pedagogical 
technology, music, culture, tradition, song, innovation.
Elmurod Maxmudjonovich Tajiboyev -
doktorant, Namangan davlat universiteti.
Respublikamizda bugungi kunda barcha 
fan va ta’lim sohalari qatori musiqa ta’limida 
ham zamonning ilg‘or pedagogik yutuqlarni, 
innovatsion texnologiyalarini fanga olib kirish, 
ta’lim sifat samaradorligini yuqori cho‘qqilarga 
ko‘tarish orqali o‘sib kelayotgan yosh avlodlarni 
komil inson etib tarbiyalashda o‘quvchi 
yoshlarlarning milliy va mumtoz musiqa tinglash 
ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish 
masalalari dolzarblik kasb etmoqda.
Shuningdek, yoshlarda milliy musiqaga 
bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida 
respublikamizdagi 
umumiy 
o‘rta 
ta’lim 
maktablarini milliy musiqa cholg‘u asboblari 
bilan bosqichma-bosqich ta’minlash hamda 
umumta’lim maktablarining bitiruvchilarini milliy 
musiqa cholg‘ularidan bittasida kuy ijro etish 
ko‘nikmalarini shakllantirish borasida tizimli 
ishlar amalga oshirish rejalashtirilgan
1
.
Tadqiqiy izlanish natijalarini aniqlash 
maqsadida tashkil etiladigan tajriba-sinov 
1 “Маданият ва санъат соҳасини янада ривожлантиришга доир қўшимча чора–тадбирлар тўғрисида” ПҚ–112. 2022.
2 Бегимкулов У.Ш. Педагогик таълимда замонавий ахборот технологияларини жорий этишнинг илмий–назарий асослари: монография. – Т.: “Фан”, 2007. –б. 14.
ishlari ma’lum va aniq maqsadga yo‘naltirilgan 
reja va dasturga asoslanishi ishlarni tizimli va 
aniq bo‘lishini ta’minlaydi
2
.Shunga ko‘ra biz 
ham umumta’lim maktablari o‘quvchilarida 
milliy 
musiqa 
tinglash 
ko‘nikmalarini 
rivojlantirish texnologiyasini tadbiq etishning 
ta’lim sifati va samaradorligini oshirishini 
isbotlash bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini olib 
borishda o‘z dasturimizni ishlab chiqdik. Unda 
musiqa darslarini olib borish jarayonida ta’lim 
texnologiyalarini qo‘llash, o‘quvchilarni musiqiy-
nazariy savodi, qiziqish qobiliyatlarini, milliy 
musiqa tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirish 
texnologiyasi bosqichlari, ularni o‘ziga xos 
xususiyatlari (har bir bosqichda amalga 
oshiriladigan vazifalar), shuningdek, ularning 
obyektiv shart-sharoitlari, statistik tahlilning 
o‘tkazilishi shartlari, baholash mezonlari 
kabilar e’tiborda tutildi. Tanlab olingan tajriba 
sinfi va nazorat sinflari o‘quvchilari kirish va 
chiqish so‘rovnomalari olindi. Olingan dastlabki 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


19 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
so‘rovnoma quyidagi savollardan tarkib topdi:
– musiqani idrok etish (janr, lad, o‘lchov, 
xarakter);
– musiqaga tavsif bera olish (ijro uslubi, 
g‘oyaviy-badiiy mazmuni);
– o‘rganilgan asarni mustaqil ijro etib 
berish;
– notani varaqdan o‘qish malakasi;
– cholg‘u sozlari haqida bilishi;
– xalq va zamonaviy musiqaning o‘ziga 
xos xususiyatlari uslublari haqida bilishi;
– musiqa terminlarini izohlay olishi
3

Yuqorida berilgan savollarga Farg‘ona 
viloyati Toshloq tumani Hamrak 5-umumta’lim 
maktabi, Jorqishloq 14–umumta’lim maktabi, 
Marg‘ilon 
shahar 
2-ixtisoslashgan 
ta’lim 
muassasasi, Namangan viloyati Norin tumani 
39-sonli maktabida, Chust tumani 25–
umumta’lim maktabi, Andijon viloyati Andijon 
shahar 30-sonli maktabi, Asaka shahar 5 
umumta’lim maktabi, 15-umumta’lim maktabi 
5.6.7-sinflardan jami 703 nafar o‘quvchilarning 
munosabatlari tahlil etilib quyidagicha natijaga 
kelindi:
– tajriba va nazorat guruhlarida natijalarni 
hisoblashda qulay bo‘lishi uchun 100 ballik 
reyting tizimidan 5 ballik reyting baholashni 
ma’qul deb topdik;
– tajriba-sinov ishlari jarayonida 703 nafar 
o‘quvchilardan olingan so‘rovnoma, test, amaliy 
bilim, ko‘nikma va malakalar natijalari tahlil 
etilib, matematik – statistika metodi orqali “juda 
yaxshi”, “yaxshi”, “o‘rtacha”, “past” darajalariga 
ajratildi;
– 
tajriba-sinov 
ishlari, 
yuqorida 
ta’kidlanganidek, Namangan viloyati Farg‘ona 
viloyati, Andijon viloyati umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarida olib borildi. Jumladan, Namangan 
viloyatidan 242 nafar, Farg‘ona viloyatidan 228 
nafar, Andijon viloyatidan 233 nafar, jami 703 
nafar o‘quvchi respondent sifatida qatnashdi. 
Tadqiqotning 
samaradorligini 
obyektiv 
baholash maqsadida nazorat sinfi uchun ham 
respondentlar tasodifiy tanlash yo‘li bilan jalb 
etildi.
Tаjribа-sinov ishlаridа ishtirok etgаn 
o‘quvchilаr soni (Viloyatlаr kesimidа)
3 Тайлаков Н.И. Электрон дарслик яратишга куйиладиган талаблар // “Халк таълими” журнали, 2005, 2-сон. – c. 17–20.
Umumta’lim maktablari o‘quvchilarida 
milliy musiqa tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirish 
texnologiyasi bo‘yicha tajriba boshidagi natijalar
Tajriba sinov ishlar tahlili
Shundan so‘ng tajriba – sinov ishlarimizni 
olib borish uchun tanlangan tajriba guruhlarida 
(sinflarda) tajriba sinov ishlari uchun maqbul 
deb topilgan texnologiyalar asosida musiqa 
mashg‘ulotlarini olib borishga kirishdik. Eng 
avvalo, pedagogik texnologiyalar mohiyati, 
uning ta‘lim jarayoniga kirib kelishi, qo‘llanilishi 
haqida turkum suhbatlar o‘tkazdik. Shundan 
so‘ng 
musiqa 
tinglash, 
musiqaga 
xos 
harakatlar bajarish, musiqa savodi, qo‘shiq 
kuylash faoliyatlari uchun maxsus tanlangan 
texnologiyalarning qisqa variantlarini qo‘llagan 
holda o‘quvchilarning darsga faolligini, o‘zini 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
20 
erkin tutish, muloqotga kirishishlarining faol 
ishtirokchisiga (vazifa, topshiriqlarni bajarish) 
aylantirishga harakat qildik. O‘quvchilarga dars 
mavzulari bo‘yicha qo‘shimcha manbaalarni 
o‘qish, o‘z ustida ishlash, sinfdan tashqari 
mashg‘ulotlarga faol qatnashish tavsiya qilindi. 
O‘tilgan dars lar ishlanmalari avvalgi bobda 
keltirildi.
Bu o‘rinda musiqani diqqat bilan tinglash, 
turli savollarga javob berish, ijro etib ko‘rsatish, 
tahlil qilish kabi uslublardan o‘rinli foydalanildi.
Tadqiqot jarayonida o‘quvchilarni musiqa 
san’atiga qiziqishini kuchaytirish, darslarda faol 
ishtirokini ta’minlash va o‘z ustida ishlashlariga 
alohida ahamiyat berildi:
– 
qo‘llanilayotgan 
pedagogik 
texnologiyalarni qiziqarli, ixcham, bolalarni yosh 
va individual xususiyatlariga mosligiga e’tibor 
berildi;
– darslarda o‘quvchilarni kichik guruhlarga 
bo‘lib, musobaqa tarzida tashkil etishga intildik;
– ko‘proq “o‘yin” shaklidagi texnologiyalarga 
o‘rin berildi;
– kuy va qo‘shiq namunalarini tinglash, 
kuylashda uning milliy ijrochilik uslublariga 
amal qilish, qaysi mahalliy ijrochilik uslubiga 
tegishliligi, mualliflari, mohir ijrochilari haqida 
bilimlar nazarda tutildi;
– repertuarning rang – barangligi, nazariy 
ma’lumotlarni, amaliy vazifalarni bajarish bilan 
bog‘liq holda tushuntirish, ko‘rsatib berish kabilar 
diqqat markazimizda bo‘ldi;
– o‘quvchilarni maktabda o‘tadigan turli 
madaniy ommaviy tadbirlarga konsertlarga jalb 
qilishga harakat qilindi;
– ijro ustida ishlash. Milliy cholg‘u 
asboblarini ijro etishga qiziqtirish. Milliy musiqa 
tinglash va kuylashga o‘rgatildi;
– tadqiqot doirasida olib borilgan izlanishlar 
va amaliy tajribalar pedagaogik texnologiyalar 
vositasida tashkil etilgan darslarda o‘quvchilar 
ancha faol izlanuvchan va intiluvchan bo‘lib 
qolishlarini ko‘rsatdi. Chunki doimiy ravishdagi 
savol-javob, munozara, so‘rov, tahlillar, o‘qituvchi-
o‘quvchining erkin muloqoti va birgalikda ishlashi 
o‘z samarasini berishi tabiiy edi.
Tabiiyki, o‘quvchilar mazkur faoliyatning 
dastlabki davrida o‘z tushunchalarini ifoda etish, 
munosabat bildirish, o‘z qarashlarini himoya 
qilishga biroz qiynaldilar. Bu kamchiliklar hali 
mustaqil fikrlash tajribasining kamligi, nazariy 
bilimlarni amaliy jarayonda qo‘llay olmasligi, o‘z 
4 Гулбоев Т. Янги педагогик технологиялар ва уларни таълим жараёнига татбиқ этиш. – Навоий, 2001. – б. 15.
munosabatlarini to‘laqonli ayta olmasliklarining 
oqibatidir deyish mumkin.
Shunga qaramay olingan so‘rovnoma 
natijalarida qisman bo‘lsa-da ijobiy natijalarni qayd 
etaolganligimizdan xursand bo‘ldik. Musiqani 
idrok etish (janr, lad, o`lchov, xarakter) ning kirish 
savolnomasida ishtrok etgan o‘quvchilardan 
salbiy munosabat bildirganlarning 18 nafar 
ijobiy javob variantini tanlagan bo‘lsa, dastlabki 
so‘rovnomadan 9 nafar salbiy munosabatdan 
ijobiy munosabatga o‘tishgan. Shunda kirsh 
so‘rovida jami 189 nafaridan ishtirok etgan 
o‘quvchilar chiqish so‘rovida 207 nafarga 0 farq 
bilan natijaga erishildi.
O‘rganilgan asarni mustaqil ijro etib bera 
olasizmi? 207 nafar respondentdan umumy farq 
bilan 18 nafar ijobiy munonosabatga, 9 nafardan 
9 nafarga salbiy munosabatdan ijobiyga 
o‘zgartirdi.
Notani varaqdan o‘qish malakasi: 9 
nafardan 185 nafar ijobiy munosabatga, 55 
nafar salbiy munosabatdan ijobiyga o‘zgartirdi.
Cholg‘u so‘zlari haqida bilishi: 189 dan 
198 nafar ijoby munonosabatga, 9 nafar salbiy 
munosabatdan ijobiyga o‘zgartirdi.
Xalq va zamonaviy musiqaning o‘ziga xos 
xususiyatlari uslublari haqida bilishi: Yuqoridagi 
kabi 189 dan 198 nafar ijoby munonosabatga, 9 
nafar salbiy munosabatdan ijobiyga o‘zgartirdi.
Musiqa 
terminlarini 
izohlay 
olishi: 
162 nafardan 180 nafarga 18 nafar ijobiy 
munonosabatni, 9 nafar salbiy munosabatdan 
ijobiyga o‘zgartirdi.
Tajriba boshidagi va oxiridagi natijalar, 
ijobiy va salbiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi 
o‘zgarishlar umumlashtirilib tahlil qilindi va 
tajriba va nazorat guruhlaridagi o‘quvchilarning 
musiqiy – nazariy, amaliy ijrochilik bo‘yicha bilim, 
ko‘nikma va malakalaridagi o‘sish darajalari 
aniqlandi. Ushbu yakuniy darajalar shartli 
ravishda 4 guruhga ajratildi. Tajriba va nazorat 
guruhlarida natijalarni hisoblashda qulay bo‘lishi 
uchun 100 ballik reyting tizimidan 5 ballik reyting 
baholashni ma’qul deb topdik.
Bundan tashqari, biz ijobiy natija kuzatilgan 
holatda o‘quvchilarda ijtimoiy ko‘nikmalarni 
shakllantirish jarayoni kognitiv
4
(kognitiv–
motivatsion), faoliyatli, refleksiv–baholovchi 
va xulq–atvorga doir komponentlarning o‘zaro 
aloqadorlik darajasini tahlil etish orqali dalilning 
matematik nuqtai nazardan tasdiqlanishi yoki 
inkor etilishini aniqlashni ko‘zda tutdik.
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


21 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
Tajriba va nazorat sinflari ishtirokida 
o‘tkazilgan tadqiqot an’anaviy tarzda amalga 
oshirildi. Shuning uchun tadqiqotning diagnostik 
va yakuniy bosqichlarida o‘quvchilarda ijtimoiy 
ko‘nikmalarning shakllanganligini baholash 
uchun diagnostik vositalaridan foydalanish to‘liq 
bir–biriga mos keladi.
Tajriba–sinov 
ishlarini 
o‘tkazishning 
shakllantiruvchi 
bosqichida 
pedagoglar 
biz tomonimizdan ishlab chiqilgan trening 
mashg‘ulotlari dasturidan foydalanishdi. Nazorat 
sinflarida o‘quvchilarda ijtimoiy ko‘nikmalarni 
shakllantirish vazifasi an’anaviy tarzda yo‘lga 
qo‘yilgan o‘quv–tarbiya mazmuni, faoliyatni 
tashkil etish shakl va metodlari orqali amalga 
oshirildi.
2021-2022 o‘quv yilida tajriba–sinov 
ishlarini o‘tkazish orqali tadqiqot boshlandi. 
U muammoni aniqlash va tadqiqotning ishchi 
farazini shakllantirish imkonini berdi. Sayyor 
tajriba–sinov ishlari davomida o‘quvchilarda 
milliy musiqani idrok etish ko‘nikmalar 
komponentlarining tarkib topganlik darajasini 
aniqlash uchun zaruriy va yetarlicha baholovchi 
materiallarni shakllantirishga imkon beruvchi 
diagnostik metodikalar sinovdan o‘tkazildi. 
Shuningdek, “musiqa madaniyati” fanini o‘qitish 
orqali o‘quvchilarda milliy musiqani shakllantirish 
mazmuni, texnologiyasi, mexanizmi va tizimini 
ishlab chiqishga doir yondashuvlar sinovdan 
o‘tkazildi.
Ushbu ko‘rsatkichlar bajarilgan ilmiy – 
tadqiqot ishimizning yuqori samaradorlik kasb 
etganligini ko‘rsatadi. Olib borilgan kuzatishlar 
va o‘tkazilgan sinov natijalari o‘quvchilarda milliy 
musiqa tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirish ilg‘or 
pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish 
bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish 
imkonini berdi.
Tajriba jarayonida yig‘ilgan materiallari 
tahlil qilindi, umumlashtirildi, eksperiment 
natijalarini matematik va statistik metodlar 
yordamida qayta ishlandi, ijobiy natijalar o‘quv–
tarbiyaviy jarayonlarga kiritildi.
Sinov–tajriba ishlari nihoyasida ham 
tajriba ishlari olib borilgan sinf o‘quvchilarga, 
ham nazorat sinfiga anketa savollari bilan 
murojaat qilindi va o‘tgan dars davomida bu ikki 
xil turdagi sinf o‘quvchilarining idrokidagi bo‘lgan 
o‘zgarishlarni aniqlab oldik.
Tajriba–sinov ishlarining yakuniy bosqichi 
2022-yil 12-yanvardan 2022-yil 20-maygacha 
bo‘lgan oraliqda tashkil etildi.
Tajriba–sinov 
ishlarining 
ushbu 
bosqichida maqsad tanlab olingan mezonlar 
bo‘yicha nazorat va tajriba sinflarining natijalari 
qiyosiy tahlilini amalga oshirishdan iborat 
etib belgilandi. Ushbu maqsadga muvofiq biz 
quyidagi vazifalarni belgilab oldik:
– olingan natijalarga matematik va statistik 
ishlov berish;
– tajriba – sinov ishlari davomida olingan 
ushbu natijalarning qiyosiy diagnostikasini 
berish;
– olingan natijalarni grafik ko‘rinishida 
taqdim etish.
Shunga ko‘ra kuzatish ishlari Farg‘ona, 
Namangan va Andijon shahridagi umumta’lim 
maktablarida 2021–2022 o‘quv yilining III–
choragida o‘tkazildi. Avvalambor, umumiy 
o‘rta ta’lim maktablaridagi musiqa ta’limining 
pedagogik va metodik jihatdan to‘g‘ri yo‘lga 
qo‘yilganligi, 
o‘qituvchining 
pedagogik 
texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha tajribasi, 
bu faoliyatga munosabatini aniqlashga to‘g‘ri 
keldi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, aksariyat 
musiqa o‘qituvchilarining musiqa o‘qitish 
metodikasi bo‘yicha, muvofiq tarzda pedogogik 
texnologiyalarni 
qo‘llash 
bo‘yicha 
bilim, 
malakaviy tayyorgarlik darajalari ancha past.
Bu 
ko‘rsatkichlarni 
o‘quvchilarning 
pedagogik texnologiyalar, musiqali o‘yinlar, 
ritmik–raqs harakatlarini darsda qo‘llashga 
munosabatlari bilimi haqidagi so‘rovlarimiz 
natijalari bilan taqqoslaganimizda bu holatda 
vaziyat biz kutganchalik emasligi ma’lum bo’ldi. 
Olingan natijalar tahlilidan ma’lum bo‘ldiki, 
musiqa o‘qituvchilarini birinchi galda pedagogik 
faoliyatga texnologik tayyorlash zarur yoki 
ularni ushbu yo‘nalishda malaka oshirishlarini 
ta’minlash, qisqa kurslarda o‘qishlariga imkon 
yaratish lozim.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarida 
milliy musiqa tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirish 
texnologiyasi orqali ta’lim tizimining mazmuni, 
hozirgi darajasi ta’lim texnologiyalaridan talab 
darajasida foydalanish, ya’ni ta’lim – tarbiya 
jarayonini texnologik asosda tashkil etishga 
tayyorlashda yetarli imkoniyatlarga ega emas. 
Umumuta’lim maktablaridagi ta’lim – tarbiya 
jarayonini texnologik asosda tashkillashtirishda 
oliy o‘quv yurtlari bilan mustahkam va izchil 
aloqani yo‘lga qo‘yish zarur.
Shundan so‘ng umumta’lim maktablari 
o‘quvchilarida 
milliy 
musiqa 
tinglash 
ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyasida 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
22 
texnologiyalashtirilgan 
ta’limni 
an’anaviy 
uslubdagi mashg’ulotlarga nisbatan afzallik 
jihatlarini aniqlash bo`yicha o`zimiz ishlab 
chiqqan dastur asosida tajriba-sinov ishlarini 
shakllantiruvchi bosqichidagi vazifalarni amalga 
oshirishga kirishdik. Bunda Farg‘ona, Namangan 
va Andijon shahridagi umumta’lim maktabining 
bir xil (7 – sinflar) sinflaridan ikkitadan (biri 
tajriba sinfi, biri nazorat sinfi) jami 2 ta sinf 
tanlab olindi.
Tadqiqot muammosi doirasida tashkil 
etilgan amaliy tajriba-sinov ishlari jarayonida 
umumta’lim maktablari o‘quvchilarida milliy 
musiqa tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirish 
texnologiyasi orqali o‘quv mashg‘ulotlarini ilg‘or 
pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda 
tashkil etish (tajriba sinflarida), qo‘llanilayotgan 
texnologiyalarni o‘quv mashg‘ulotlari, mavzulari, 
mashg‘ulot vaqti, sinf o‘quvchilarining qiziqish 
va qobiliyatlari, mavjud shart-sharoitlarni 
hisobga olgan holda tashkil etish asosiy e’tiborni 
qaratdik.
Umumta’lim maktablari o‘quvchilarida 
milliy musiqa tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirish 
texnologiyasi o‘quv mashg‘ulotlarining mazmuni, 
mohiyati va musiqiy faoliyatlarining o‘ziga xoslik 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularga 
mos texnologiya va pedagogik metodlardan o‘z 
o‘rnida foydalanildi. Interfaol metodlardan “Aqliy 
hujum”, “Klaster” (tarmoqlash), “Blits so‘rov”, 
“Piramida”, “Bumerang”, “Skarabey”, “Bahs-
munozara”
5
, “Doira stol atrofida”, “O‘yla, izla, 
top”, “Kuyni top”, “Men dirijyor”, “Quvnoqlar va 
zukkolar”, “Konsert dars”, “Viktorina darslari”, 
amaliy metodlardan “Savol-javob”, “suhbat”, 
“hikoya”, “tushuntirish”, “uqtirish” va ko‘rgazmali, 
texnik
6
vositalar yordamida namoyish qilish, 
ko‘rsatish kabi uslublarga keng o‘rin berildi.
Bahs – munozara, savol – javob, erkin 
muloqotga asoslangan, o‘quvchilarni darsda 
faol ishtirok etishga, erkin fikrlashga, turli 
xil harakatlarni bajarishga, o‘z munosabatini 
bildirishi, bahslashishga undovchi tadbirlar 
samarali va qiziqarli kechishi kuzatildi.
Tajriba – sinov ishlari jarayonida darslarni 
interfaol va o‘z o‘rnida amaliy (an’anaviy) 
metodlardan foydalanish darslarni samarali 
kechishiga olib kelishida obyektiv va subyektiv 
omillarni e’tiborga olinishi bu boradagi 
izlanishlarimizning eng muhim jihatlaridan 
ekanligi ma’lum bo‘ldi.
5 Саидахмедов Н. Янги педагогик технологиялар. – Т.: “Молия”, 2003. – б. 25.
6 Абдуллаева Ш.А. Педагогика. - Т.: “Фан ва технологиялар”, 2013. – б. 67.
7 Ишмухамедов Р., Юлдашев М. Таълим ва тарбияда инновацион педагогик технологиялар. – Т.: “Нихол”, 2013. – б. 42.
Tajriba – sinov davrida o‘quvchilarni 
darslarga 
munosabati, 
mavzularni 
o`zlashtirishga 
intilishlari, 
o‘qituvchiga 
berayotgan savollari, o‘z ustida ishlashlari, 
berilgan topshiriqlarni mustaqil bajarishlari har 
bir sinfda bir xil bo‘lmasa-da ma’lum darajada 
yaqin ko‘rinishga olib keldi. Shu o‘rinda bir 
sinfdagi sifat o‘zgarishlari ayrim muddatda tez 
rivojlansa, ayrim muddatda sekinroq kechishi 
ham kuzatildi.
Bunda o‘quvchilarni mavzu bo‘yicha bilim, 
tushunchalarni, asarlarni tinglash, tahlil qilish, 
o‘rganish, kuylash, o‘z tushuncha va amaliy 
ijrolarini namoyon eta olishlariga e’tiborni 
kuchaytirish zarur. Bu ayniqsa, o‘quvchilarni 
maqsadni anglashga, shu maqsadni ta’lim 
jarayonida nechog‘li amalga oshganligini, 
ya’ni: mavzu doirasidagi bilimlarni nechog‘li 
o‘zlashtirilganligini anglash, o‘zi va o‘zgalar 
faoliyatiga baho bera olishga o‘rgatish muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot muammosi doirasidagi tajriba-
sinov ishlarimiz uch bosqichda amalga oshirildi:
– tayyorgarlik (tashkiliy) bosqich;
– ishlab chiqilgan metodikani amalga 
oshirish (amaliy) bosqichi;
– natijalarni umumlashtirish va tahlil qilish 
(yakunlovchi) bosqich
7
.
Ishlab chiqilgan dastur asosida musiqa 
darslarini o‘quvchilarida milliy musiqa tinglash 
ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyasi orqali 
tashkil etish va o‘quvchilarning musiqiy – nazariy 
bilimlarini, musiqiy madaniyatini shakllanganlik 
darajasidagi o‘zgarishlarni aniqlashga kirishdik. 
Buning uchun tajriba boshida o‘quvchilarni 
musiqiy – nazariy bilimlari, musiqani idrok 
etish unga tavsif berish, baholash, tahlil qilish, 
ijro etish ko‘nikma va malakalarini aniqlab 
olish lozim topildi. Mazkur ko‘nikma malaka 
va amaliy ijrochilik bo‘yicha o‘quvchilarning 
musiqiy madaniyatini belgilovchi mezonlar 
ishlab chiqildi va dastlab, tanlab olingan tajriba 
va sinov guruhlarida (sinflarda) test sinovlari, 
amaliy so‘rov va o‘quvchilarni ijrochilik (kuylash) 
malakalarini aniqlovchi o‘ziga xos ijodiy–amaliy 
“sinov” lar o‘tkazildi.
Tаjribаning yakuniy qismidа stаtistik 
ko‘rsаtkichlаr tаhlilini аmаlgа oshirish dаvomidа 
oldindаn belgilаngаn mezonlаr bo‘yichа аdаbiy 
tа’lim jаrаyonidа fаnlаrаro integrаtsiyasidаn 
foydаlаnishning ilmiy–metodik аsoslаri bo‘yichа 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


23 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
OMMAVIY OCHIQ ONLAYN KURSLAR 
TA’LIM SIFATINI OSHIRISH VOSITASI
Azzam Eshpo‘latovich Begbo‘tayev -
PhD, Jizzax davlat pedagogika universiteti
Gulnigor Oybekovna Davronova -
magistrant, Jizzax davlat pedagogika universiteti
Annotasiya: Maqolada oliy ta’lim sifatini uzluksiz ta’minlashda zamonaviy axborot – 
kommunikatsiya texnologiyalari negizida yaratilgan ommaviy ochiq onlayn kurslardan foydalanish 
haqida fikr yuritilgan. Bu sohadagi ilmiy tadqiqotlar o‘rganilib, xorijdagi mavjud onlayn kurslarning 
faoliyatlari tahlil qilingan hamda muammo va kamchiliklar aniqlangan. Tadqiqotlar asosida ommaviy 
ochiq onlayn kurslardan foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Аннотация: В стате рассматривается исползование массовые открытые онлайн-курсы, 
созданных на основе современных информационно-коммуникационных технологий, 
для непрерывного обеспечения качества высшего образования. Были изучены научные 
исследования в этой области, проанализирована деятелност существующих онлайн-
курсов за рубежом, выявлены проблемы и недостатки. На основе исследования были даны 
рекомендации по развитию механизмов исползования массовых открытых онлайн-курсов.
Abstract: The article discusses the use of Massive Open Online Courses created on the basis of 
modern information and communication technologies to continuously ensure the quality of higher 
education. Scientific research in this field was studied, activities of existing online courses abroad were 
analyzed, and problems and shortcomings were identified. Based on the research, recommendations 
were made for the development of mechanisms for the use of Massive Open Online Courses.
Kalit so‘zlar: ommaviy ochiq onlayn kurs, onlayn ta’lim, m-learning, mobil texnologiyalar, mobil 
aralash ta’lim.
Ключевые слова: массовые открытые онлайн-курсы, онлайн-обучение, мобилное 
обучение, мобилные технологии, мобилное смешанное обучение.
Keywords: massive Open Online Courses, online education, m-learning, mobile technologies, 
mobile blended learning.
Jahonda 
xalqaro 
tashkilotlar 
(YUNESKO, YUNISEF, BMT) va rivojlangan 
davlatlar (Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, 
Rossiya va boshqalar) tomonidan qabul 
qilingan 2030-yilgacha belgilangan xalqaro 
ta’lim konsepsiyasida
1
ta’limning jamiyat 
taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi 
kuchi va barqaror rivojlanish maqsadlariga 
yetkazuvchi muhim omil ekanligi ta’kidlanib, 
sifatli ta’lim berish uchun virtual ta’lim 
texnologiyalari, ommaviy ochiq onlayn 
kurslar, mobil ta’lim texnologiyalari, ta’limni 
boshqarish tizimlari hamda elektron ta’lim 
modellaridan samarali foydalanish tavsiya 
etilgan.
Shu nuqtayi nazardan mamlakatimizda 
ham keyingi yillarda ta’lim tizimini tubdan 
1 Incheon Dekloratsiyasi /Ta’lim-2030.(Incheon Declaration / Education 2030: Towards inclusive and equitable quality education and lifelong learning for all. –p.6-7) http://unesdoc.unesco.
org/images/0023/002338/ 233813m.pdf
isloh qilish va takomillashtirish bo‘yicha 
qator amaliy ishlar qilinmoqda. Jumladan, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2022-yil 28-yanvardagi PF60-son “2022-2026 
yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning 
taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” Farmoni va 
2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son «Oliy ta’lim 
muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va 
ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan 
keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini 
ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorida ushbu 
sohaning rivojlanishi uchun reja va 
strategiyalar belgilab berilgan. 
Ta’lim tizimini isloh qilishning muhim 
yo‘nalishlaridan biri axborot - kommunikatsiya 
texnologiyalari bilan o‘quv jarayonini tizimli 
o‘qitish sаmаrаdorligi dаrаjаsini аniqlаshgа 
qаrаtilgаn sаvolnomа nаtijаlаri hisobgа olindi. 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
24 
integratsiyalash hisoblanadi. Bunda o‘quv 
jarayonini tashkil etish va uning mazmunini 
tubdan yangilash, axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari 
muhitida 
o‘qituvchining 
pedagogik faoliyati va talabaning ta’lim olish 
jarayonini tashkil etish strategik masala 
sifatida namoyon bo‘ladi.
Jahonda 
bugungi 
kunda 
keng 
qo‘llanilayotgan ta’lim texnologiyalaridan biri 
— bu ommaviy ochiq onlayn kurslar bo‘lib, uni 
mamlakatimizda oliy ta’lim sifatini uzluksiz 
ta’minlash masalasining yechimi sifatida 
oliy ta’limga joriy etish maqsadga muvofiq 
bo‘ladi deb hisoblaymiz. 
Ommaviy ochiq onlayn kurslar butun 
dunyo bo‘ylab talabalar uchun qulay va arzon 
masofaviy ta’lim imkoniyatlarini taqdim 
etadi. Garvard universiteti va Massachusets 
texnologiya instituti kabi xorijiy oliy ta’lim 
muassasalari turli mavzularda va turli 
ta’lim darajalardagi onlayn kurslarni taklif 
qilib, bunda muayyan mavzuni chuqurroq 
o‘rganish uchun bitta kurs yoki ta’lim sohasi 
bo‘yicha bilim olish uchun bir qator kurslarni 
o‘rganish mumkin bo‘ladi. 
Hozirda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan 
bunday ommaviy ochiq onlayn kurslarga 
Canvas Network, Cognitive Class, Coursera, 
edX, FutureLearn, Kadenze, Khan Academy, 
Udacity, Udemy va boshqa platformalarni 
misol keltirish mumkin. O‘z navbatida bu 
loyiha iqtisodiy jihatdan arzon va samarali 
vosita ekanligi o‘z tasdig‘ini topmoqda. 
Yuqoridagilardan 
kelib 
chiqib 
aytish 
mumkinki, xorijda oliy ta’lim muassasalari 
rahbariyatlari kelajakdagi byudjet manfaati 
uchun onlayn kurslar yaratish bo‘yicha 
loyihalarni ishlab chiqishga katta mablag‘lar 
sarflashmoqda. 
Bu 
borada 
mamlakatimizda 
UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi 
Birlashgan 
Qirolligining 
O‘zbekiston 
elchixonasi hamkorligidagi Media va axborot 
savodxonligi loyihasi doirasida Respublika 
bo‘ylab O‘MKHT tizimi o‘qituvchilarining 
mavzu 
doirasida 
bilimlarini 
oshirish 
maqsadida 2017-yilda seminar-treninglar 
olib borildi. Buning natijasida 350 dan ortiq 
o‘qituvchilar Media va axborot savodxonligi 
bo‘yicha o‘z bilimlarini mustahkamlashdilar. 
Loyiha davomi sifatida Media va axborot 
savodxonligi bo‘yicha ushbu mooc.edu.uz. - 
Ommaviy Onlayn Ochiq Kurslar Oliy va O‘rta 
Maxsus Ta‘lim Vazirligi qoshidagi Elektron 
2 N.I.Sagidullayev. PHP dasturlash tilini o‘qitishda ommaviy ochiq onlayn kurslar tahlili. Iqtisodiyotning tarmoqlarini innovatsion rivojlanishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining 
ahamiyati. Respublika ilmiy-texnik anjumanining ma’ruzalar to‘plami.Toshkent. 2019-yil. 388 –b.
3 T.E.Delov, Sh.Sh.Farxodov. «O‘quv jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning dolzarb muammolari» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 
materiallari to‘plami. 2019-yil 17-18 may. Guliston – 2019
Ta’lim Markazi hamkorligida tashkil etildi
2

Xorij va respublikamizdagi ilmiy 
tadqiqotlarning manbalarida bayon etilgan 
natijalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ommaviy 
ochiq onlayn kurslar ta’limdagi nisabatan 
yangi yo‘nalish hisoblanib, uslubiyatchi 
olimlar tomonidan tadqiq etishga yetarlicha 
e’tibor qaratilmagan va kam o‘rganilgan. 
Sohaga 
oid 
muammolarning 
ayrim 
nazariy hamda tadbiqiy jihatlarini xorijda 
J.Rodriguez, E.Pierson, F.Jara, O.I.Handarini, 
S.S.Wulandari, A.S.Syarifudin, K.W.Chan, 
M.H.Cheng, 
A.D.Miller, 
E.M.Ramirez, 
D.F.Donnelly; vatanimizda esa V.S.Xamidov, 
T.E.Delov, Sh.Sh.Farxodov, N.I.Sagidullayev, 
A.Z.Karimov va boshqalar tomonidan tadqiq 
etilgan.
Ommaviy 
ochiq 
onlayn 
kurslar 
internetdan – ochiq foydalana olishda 
tinglovchilarning 
yirik 
masshtabli 
interaxborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
ishtirokiga tuzilgan kurslardan iborat. 
«Ommaviy ochiq kurs» atamasi fanga ilmiy 
tadqiqotchilar Brayan Aleksandr va Deyv 
Kormening «Connectivism & Connective 
knowledge» kursi ustida olib borilgan ishlari 
natijasida kiritilgan. 
Mamlakatimiz ilmiy tadqiqotchilari 
T.E.Delov va Sh.Sh.Farxodovlar OOOK 
tushunchasini 
quyidagicha 
ta’riflaydi: 
Ommaviy ochiq onlayn kurslar (inglizchada 
MOOK) atamasi to‘rtta tushunchalardan 
iborat
3
- Massive (ommaviy) – kursda dunyo 
bo‘yicha ishtirokchilarning katta miqdori 
o‘qilishini bildiradi; 
- Open (ochiq) – har bir kurs bepul 
hisoblanib insonlar istalgan vaqtda kursga 
ulanishi mumkin; 
- Onlain (onlayn) – barcha kurslardan 
Internet tarmog‘ida ochiq foydalana oladi. 
Kursda ta’limning asinxron metodidan 
foydalanish mumkin, bunda o‘qish uchun 
barcha mas’uliyat tinglovchilar zimmasida 
bo‘ladi va ta’limning sinxron metodida o‘qish 
jarayoni o‘qituvchi bilan real vaqt rejimida 
amalga oshiriladi; 
- Course (kurs) – har bir kurs har bir 
ishtirokchiga moslashtirilgan holda o‘z 
qoidalariga, tuzilmasiga va maqsadiga ega 
bo‘ladi.
Tadqiqotimiz davomida “onlayn ta’lim” 
tushunchasiga aniqlik kiritish maqsadida 
bir qator manbalar o‘rganildi. Jumladan, 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


25 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
O.I.Handarini 
va 
S.S.Wulandarilarning 
ta’kidlashicha: onlayn ta’lim - bu talabalarga 
bilim berish Internetdan uzatish vositasi 
sifatida 
foydalangan 
holda 
amalga 
oshiriladigan ta’limdir
4

A.S.Syarifudinning 
ta’rifiga 
ko‘ra 
“onlayn ta’lim — bu yuzma-yuz amalga 
oshirilmaydigan o‘quv jarayoni bo‘lib, unda 
elektron ommaviy axborot vositalari sifatida 
Internet tarmog‘ida virtual texnologiyadan 
foydalaniladi”
5
uchun 
Covid-19 
pandemiyasida talabalarga material yetkazib 
berish uchun asosiy yechim bo‘la oldi. 
Onlayn ta’limda o‘qitish va o‘rganish 
tushunchalarini 
miqdoriy 
va 
sifat 
toifalariga ajratamiz. Miqdoriy konsepsiya 
o‘zlashtirilgan va qayta ishlab chiqarilgan 
bilimlar hajmini bildiradi, shuningdek, ta’lim 
oluvchiga yo‘naltirilgan o‘qitish deb ham 
ataladi. Bunday yondashuv o‘qituvchining 
fikriga va ta’lim oluvchilar o‘qitilayotgan 
materialni qanchalik yaxshi o‘zlashtirganini 
baholashga qaratilgan. Kurs tavsiflari 
asosan ma’ruzalarda o‘tiladigan kurs 
mazmuniga taalluqlidir. O‘qituvchi bilim 
uzatuvchi, ta’lim oluvchi esa bilim oluvchi 
sifatida qabul qilinadi. Bundan farqli o‘laroq, 
sifat tushunchasi o‘rganishga konstruktiv 
muloqot va ta’lim oluvchiga yo‘naltirilgan 
o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlarni 
chuqur tushunishni anglatadi. Konstruktiv 
muloqotda 
ta’lim 
ishtirokchilarining 
izlanish, hamkorlik va tanqidiy fikrlash 
bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan o‘quv 
kontekstini yaratish orqali o‘rganishni 
ehtiyojlariga ko‘proq moslashtiradi
6
.
A.D.Miller 
va 
boshqalarning 
ta’kidlashicha: kuchli ta’sir tuyg‘usiga ega 
bo‘lgan o‘qituvchilar yangi g‘oyalarga ko‘proq 
moyil va o‘z talabalarining ehtiyojlarini 
yaxshiroq qondirish uchun yangi usullar 
bilan amaliy tajriba o‘tkazishga tayyor 
hisoblanadi. 
O‘qituvchilar 
faoliyatining 
yuqori samaradorligi ta’lim oluvchilarga 
ko‘proq ijodiy yondashuvi va faol bo‘lishga 
undaydi hamda ijobiy auditoriya muhitini 
shakllantirishga imkon beradi, bu esa o‘z 
navbatida bu o‘qituvchi taqdim etadigan 
4 Handarini, O. I., & Wulandari, S. S. (2020). Pembelajaran Daring Sebagai Upaya Study From Home (SFH) Selama Pandemi Covid 19 [Online Learning as a Study From Home Effort]. Jurnal 
Pendidikan Administrasi Perkantoran (JPAP), 8(3), 496–503.
5 Syarifudin, A. S. (2020). Impelemenasi Pembelajaran Daring untuk Meningkatkan Mutu Pendidikan Sebagai Dampak Diterapkannya Social Distancing [Implementation Online Learning to 
Improve the Quality of Education As a Result of the Implementation of Social Distancing]. Jurnal Pendidikan Bahasa Dan Sastra Indonesia Metalingua, 5(1), 31–34.
6 Cheng, M. H., Chan, K. W., Tang, S. Y. F., & Cheng, A. Y. N. (2009). Pre-service teacher education students' epistemological beliefs and their conceptions of teaching. Teaching and Teacher 
Education, 25, 319e327
7 Miller, A. D., Ramirez, E. M., & Murdock, T. B. (2017). The influence of teachers' self-efficacy on perceptions: Perceived teacher competence and respect and student effort and achievement. 
Teaching and Teacher Education, 64, 260e269.
8 Vanderlinde, R., & van Braak, J. (2010). The e-capacity of primary schools: Development of a conceptual model and scale construction from a school improvement perspective. Computers 
& Education, 55, 541e553.
9 Rodríguez J., Light D. and Pierson E. (2014). “Khan Academy en Aulas Chilenas: Innovar en la enseñanza e incrementar la participación de los estudiantes en matemática”, 
Recuperado. 
o‘quv muhiti turiga ham ta’sir qiladi
7
.
R.Vanderlinde va Van Braak ta’lim 
muassasalarida axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan 
foydalanishga 
ta’sir 
etuvchi omillarni tadqiq etganlar. Ular 
o‘z 
tadqiqotida 
ta’lim 
maqsadlarida 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
integratsiyalashning murakkab jarayonini 
o‘rganish uchun konseptual asosni taqdim 
etganlar va o‘qituvchilarning ulardan 
samarali foydalanishining muhim sharti 
sifatida boshqa o‘zgaruvchilar qatorida 
o‘qituvchilarning axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari 
kompetensiyasini 
ham 
ko‘rsatganlar. Ta’kidlash kerakki, aniqlangan 
faoliyat konstruktiv ta’lim kontekstida 
belgilanmagan va ular fanni o‘qitish bilan 
bog‘liq emas
8
.
Zamonaviy ta’limning eng katta 
imkoniyatlaridan biri bu ularni o‘rganish va 
baholash jarayonlarida mobil qurilmalardan 
foydalanishdir. Mobil texnologiyalar keng 
rivojlanib, ko‘pchilik insonlar hayotining 
ajralmas qismiga aylanganligi sababli, 
uzluksiz ta’lim tizimida integrativ yondashuv 
asosida chuqurlashtirilgan onlayn ta’limni 
mobilli o‘qitish yordamida tashkil etish 
yanada yuksak samaralar berishi mumkin. 
Texnologiya bizga kerakli vaqtda sifatli 
ma’lumotlarga kirish imkoniyatini beradi, bu 
vaziyatda o‘qituvchilar Ochiq ta’lim resurslari 
va mobil qurilmalardan o‘qitish va baholash 
jarayonida foydalanishni birlashtiradigan 
aralash 
ta’lim 
strategiyalarini 
ishlab 
chiqishlari kerak. 
So‘nggi 
paytlarda 
texnologiyadan 
o‘qitish vositasi sifatida foydalanishni taklif 
etadigan ko‘pgina tadqiqotlar mavjud. 
J.Rodriguez va E.Pierson kabi mualliflar 
Chili maktablari sinflarida o‘quvchilarning 
matematikaga 
ishtirokini 
kuchaytirish 
uchun bugungi kunda ta’limda innovatsiya 
sifatida qaralayotgan ommaviy ochiq onlayn 
kurslardan biri - Xon Akademiyasidan ochiq 
ta’lim resursi sifatida foydalanishni taqdim 
etadilar
9

Respublikamiz tadqiqotchilaridan N.I. 
Sagidullayev o‘z maqolasida jahonda mavjud 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
26 
ommaviy ochiq onlayn kurslarni tahlil qilar 
ekan: “Ba‘zi platformalarda o‘z mazmuni yo‘q 
(ta‘lim materiallari), lekin ularni dunyodagi 
yetakchi universitetlardan qabul qilishadi. 
Olingan o‘quv materiallari o‘quvchilar uchun 
o‘z platformalarida qulay, tizimli tarzda 
joylashtiriladi” deb fikr bildirib o‘tadi
10
.
Tadqiqotchi olim F.Jara o‘rta axborot-
kommunikatsiya 
texnologiyalari 
talab 
darajasida matematikani o‘rganish uchun 
o‘qitish strategiyasi sifatida mobil qurilmalar 
integratsiyasini taklif qiladi. Texnologik 
yutuqlar 
subyektning 
o‘z 
muhitining 
moddiyligi bilan o‘zaro ta’sir qilish tajribasini 
o‘zgartiradi, 
gnoseologik 
bilimlarni 
rivojlantirishda 
yangi 
paradigmalarni 
yaratishni rag‘batlantiradi. Ijtimoiy o‘zaro 
ta’sirning dinamikasi va tuzilmalarida chuqur 
o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi, ularning 
kognitiv rivojlanish jarayonlariga ijobiy ta’sir 
qiladi hamda shaxslarni shakllantiradi
11
.
Tadqiqotchilarning fikr-mulohazalarini 
umumlashtirgan holda mushohada yuritib, 
mavjud onlayn kurslarning faoliyatini tahlil 
qilar ekanmiz quyidagicha muammo va 
kamchiliklar mavjudligini aniqladik:
ommaviy ochiq onlayn kurslar taqdim 
etayotgan imkoniyatlar haqida kam sonli 
talabalar xabardor;
resurslarning 
yetarli 
darajada 
ta’minlanmaganligi, ya’ni rivojlanayotgan 
mamlakatlarning potensial tinglovchilari 
uchun kompyuter va doimiy ishonchli 
Internet aloqasi kabi onlayn o‘zaro ta’sir 
uchun elementar bo‘lgan texnik resurslarga 
muhtoj;
onlayn ta’lim platformalarining tobora 
kuchayib borayotgan siyosati sharoitida 
talabalar sertifikat olishda (Coursera, edX 
platformalarida), butun kursga yoki alohida 
elementlarga kirishda o‘zlarining shaxsini 
tekshirish uchun moliyaviy resurslarga 
muhtoj (Coursera, FutureLearn);
ommaviy ochiq onlayn kurslarda o‘qitish 
bo‘yicha kompyuter savodxonligi, xalqaro 
aloqa tillarini, asosan ingliz tilini bilishiga oid 
bilim va ko‘nikmalari darajasining pastligi;
aralash tuzilmaga ega bo‘lgan kurslarni 
tashkil qilish va sifatini baholash uchun 
yagona standart loyihaning mavjud emasligi; 
ochiq kurslarni o‘quv jarayoniga 
integratsiya qilinishining iqtisodiy va ta’limiy 
ta’sirining noaniqligi; 
onlayn kurslarni ayrim pedagog - 
10 N.I. Sagidullaev. PHP dasturlash tilini o ‘qitishda ommaviy ochiq onlayn kurslar tahlili. Iqtisodiyotning tarmoqlarini innovatsion rivojlanishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining 
ahamiyati. Respublika ilmiy-texnik anjumanining ma’ruzalar to‘plami.Toshkent. 2019-yil. 389–b.
11 Jara F. (2016). “La Integración de los dispositivos móviles. Una estrategia didáctica para el estudio de las matemáticas en el nivel medio superior: Avances en Matemática Educativa”, 
Tecnología y matemáticas, Vol. 1, No. 1, pp. 3–7.
o‘qituvchilarning o‘quv dasturi sifatida 
ishlatishga qiziqishlari mavjud emasligi; 
ochiq kurslarni tanlash, qulay muddatli 
o‘quv dasturini shakllantirish, shuningdek, 
o‘zlashtirish natijalarini aniq qayta hisoblash 
mezonlarining ishlab chiqilmaganligi. 
Bu kamchiliklar esa oliy ta’lim sifatini 
ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan 
akademik jarayonlarda ommaviy ochiq onlayn 
kurslardan 
foydalanish 
mexanizmlarini 
ishlab chiqish masalasida quyidagilarni 
bajarish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi: 
ommaviy ochiq onlayn kurslardan 
foydalanish bo‘yicha xorijiy tajribalar tahlili 
asosida iqtisodiy samaradorlikka erishish 
usullarini aniqlash; 
ta’lim muassasasi ehtiyojlari va 
muammolari auditini o‘tkazish, ularni 
ommaviy ochiq onlayn kurslarni yaratish va 
foydalanish loyihasi yordamida hal qilish 
imkoniyatlarini baholash;
ishga tushirilgan loyihaning baholash 
ko‘rsatkichlari va mezonlarini aniqlash;
fanlar kesimida talabalar mustaqil 
ta’limini 
tashkillashtirish 
jarayonlarini 
umumiy tahlil qilish; 
talabalarning mavjud materiallarga 
bo‘lgan ehtiyojlarini baholash; 
me’yoriy-huquqiy 
va 
qonunchilik 
hujjatlari asosida mualliflik huquqlarining 
ta’minlanishiga erishish;
materiallarni 
ishlab 
chiqish 
va 
yangilashda universal (yoki inklyuziv) 
pedagogik loyihalash tamoyillariga rioya 
qilish;
aholining keng toifalarini onlayn ta’lim 
olish imkoniyatlari to‘g‘risida xabardor qilish;
onlayn 
ta’limni 
rivojlantirish 
strategiyasini ishlab chiqish maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. 
Ommaviy ochiq onlayn kurslarni 
yaratish bosqichlariga mos komponentlar 
1-rasmda keltirilgan.
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


27 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
TALABALARDA PEDAGOGIK 
HURFIKRLILIKNI RIVOJLANTIRISHNING 
IJTIMOIY-PEDAGOGIK JIHATLARI
Dilshod Raxmatovich Yunusov -
katta o‘qituvchi, PhD Jizzax davlat pedagogika universiteti 
Xaqnazar Hushmirzayevich Xamzayev -
katta o‘qituvchi, PhD Jizzax davlat pedagogika universiteti 
Annotatsiya: Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik hurfikrlilikka oid bilim, 
ko‘nikma va malakalarini aniqlash va bu sohadagi kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirish 
bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekanligi yoritib berilgan.
Аннотация: В данной статъе разъясняется, что выявление знаний, умений и навыков 
будущих учителей в отношении педагогического бихевиоризма и формирование и развитие 
их компетенций в этой области является одним из актуалных вопросов сегодняшнего дня.
Abstract: This article clarifies that the identification of knowledge, skills and abilities of 
future teachers regarding pedagogical behaviorism and the formation and development of their 
competencies in this area is one of the urgent issues of today. 
Kalit so‘zlar: hurfikrlilik, bilim, ko‘nikma, malaka, o‘quv dasturlari, o‘quv rejalari, buyuk siymolar, 
qadamjolar, ijtimoiy faollik, turizm, ekskursavodlik, Vatanga sadoqatlilik. 
Ключевые слова: предубеждение, знания, навыки, квалификация, учебные программы, 
учебные планы, великие фигуры, ступенки, социалная активност, туризм, экскурсоводство, 
преданност Родине.
Keywords: sufficiency, knowledge, skills, qualifications, training programs, training plans, great 
figures, pheasants, social activity, tourism, excursion, loyalty to the motherland.
Bugungi kunda globallashuv jarayoni 
talablariga mos ijtimoiy-siyosiy faol avlodni 
tarbiyalash masalasi davlat siyosatining ustuvor 
vazifalaridan biri sanaladi. Ushbu vazifalar 
O‘zbekiston Respublikasining me’yoriy hujjatlarida 
— «jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, 
mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy 
hayotiy nuqtayi nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, 
demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida 
ularning ijtimoiy faolligini oshirish» sifatida 
belgilab qo‘yilgan
1
. Shu ma’noda bo‘lajak 
1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-son Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi 
qonun hujjatlari to‘plami. 2017-yil 7-fevral, 6-son, 70-modda.
o‘qituvchilarning pedagogik hurfikrlilikka oid bilim, 
ko‘nikma va malakalarini aniqlash va bu sohadagi 
kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirish 
bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri 
hisoblanadi. Ta’lim tizimidagi uning ahamiyati 
quyidagilarda o‘z aksini topadi:
- o‘quv dasturlarini, o‘quv rejalarini yangilash;
- ta’lim jarayonini AKT lar bilan boyitish;
- o‘qituvchi obro‘sini yanada oshirish;
- ta’lim muassasalarining yangi imidjini 
yaratish;
- ta’lim muassasalariga mustaqillik berish;
1-rasm. Ommaviy ochiq onlayn kurslarni 
yaratish bosqichlariga mos komponentlar
Xulosa qilib aytganda, fan-texnikaning 
jadal 
sur’atlar 
bilan 
taraqqiyotini, 
raqamli iqtisodiyotning ijtimoiy hayotga 
ta’sirini e’tiborga olgan holda, oliy ta’lim 
muassasalarda ommaviy ochiq onlayn 
kurslarni o‘quv jarayonlariga tadbiq etilishi 
ta’lim tizimida ijobiy o‘zgarishlar hamda 
iqtisodiy 
samaradorlikga 
erishishiga 
olib keladi. O‘z navbatida, bu ta’limning 
uzluksizligi 
va 
amaliy 
yo‘nalganligi, 
ta’lim oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini 
rivojlantirish, kasbiy kompetensiyalarini 
shakllantirishda axborot–kommunikatsiya 
texnologiyalari negizida yaratilgan zamonaviy 
elektron o‘qitish vositalaridan foydalanish 
mexanizmlarini takomillashtirishni taqozo 
etadi.
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
28 
- ilm-fanni rivojlantirish;
- maktabni ta’limning keyingi bosqichlari 
bilan bog‘lash;
Bugungi kunda globallashuv, integratsiya 
jarayonida barcha sohalarda shiddat bilan 
kechayotgan taraqqiyot insoniyatning ijtimoiy 
faolligini taqozo etadi. Bu o‘rinda talabalar 
o‘rtasida hurfikrlilikni tarbiyalashga alohida e’tibor 
berish davr talabidir. Bu borada talabalarning 
iqtidori, iste’dodi, qobiliyati, intellektual salohiyati, 
kreativ va sog‘lom tafakkurini jamiyat talablariga 
mos rivojlantirishda ota-bobolar tomonidan 
shaklantirilgan milliy-ma’naviy qadriyatlardan 
foydalanish ijobiy samara beradi
2
. Chunki, juda 
qadimdan ota-bobolarimiz yoshlar tarbiyasiga 
jiddiy yondashib, ularni barkamol shaxs sifatida 
rivojlantirishga bor kuchini safarbar qilishgan. 
Insoniyat o‘z ongini boshqara oladigan 
kundan boshlab jamiyatda va tabiatda bo‘layotgan 
voqea va hodisalar nima sababdan sodir 
bo‘layapti degan savol ularda paydo bo‘lganligi 
ilk hurfikrlilikdan dalolat beradi. Savolga javob 
izlashdan asnosida o‘zlarining ehtiyojlarini 
qaysidir ma’noda qondirishga harakat qilishgan. 
Bunga olovning kashf qilinishi, oziq-ovqatlarni 
pishirib yeyishining tarixini, issiqdan va sovuqdan 
saqlanish vositalarining kashf qilinishi hamda 
mehnat qurollarining yaratilishini misol tariqasida 
keltirib o‘tishimiz mumkin
3

Agarda insoniyat tarixining ilk bosqichlarida 
hurfikrlilik bo‘lmaganda odamlar shaxs sifatida 
shakllanmasdan biologik mavjudot sifatida 
yashab qolgan bo‘lar edi. Demak, bugungi kunda 
ham odamlar ijtimoiy muhitda shakllanib barkamol 
shaxs sifatida mustaqil fikrga ega bo‘lishga 
intilishlari o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan.
Bo‘lajak 
o‘qituvchilarda 
pedagogik 
hurfikrlilikni rivojlantirishning asosiy omillaridan 
biri, shubhasiz, bu ijtimoiy asoslarga tayanishdir. 
Bu qanaqa asos, uning mazmun-mohiyati nima 
bilan bog‘liqligini anglashimiz uchun biz bir necha 
lug‘atlarga murojaat qildik. Masalan, “O‘zbek 
tilining izohli lug‘ati”da ijtimoiy so‘zining ma’nosi 
quyidagicha berilgan. Ijtimoiy - jamoa, jamiyatga 
oid. 1.Inson va jamiyat hayotiga oid
4
.
Yuqoridagi ta’rifdan kelib chiqadigan 
bo‘lsak, jamoa, ijtimoiy taraqqiyot, ijtimoiy 
ishlab chiqarish, ijtimoiy munosabatlar orqali 
biz yoshlarni hurfikrlilikka yo‘naltirish ishlarini 
olib borishimiz maqsadga muvofiqdir. Demak, 
biz jamoaning o‘ziga to‘xtab o‘tish orqali yoshlar 
o‘rtasida hurfikrlilikni shakllantirishda jamoaning 
o‘ziga xos funksiyalariga to‘xtalamiz. Bular: 
moslashuvchanlik, 
maqsadlilik, 
kengashlilik, 
barqarorlik, ijtimoiylik, integrativlik, tarbiyalovchilik 
kabilar. 
Demak, talabalarda pedagogik hurfikrlilikni 
rivojlantirishda 
pedagogik 
jamoaning 
o‘rni 
haqida ma’lumotlar berilishi va manbalar bilan 
2 Локк Д. Писъмо о веротерпимости // Английское свободомислие: Д.Локк, Д.Толанд, А.Коллинз / Отв. ред. Б.В.Мееровский. – М.: 1981.
3 Nishonova 3.T. Mustaqil ijodiy fikrlash. - T.: Fan, 2003
4 O‘zbek tilining izohli lug‘ati 2 tom.
5 O‘zbek tilining izohli lug‘ati 2 tom.
6 Konoplyov N.S. Istoriya svobodomisliya. Irkutsk 2016 g.
qurollantirilishi shart ekan. Chunki pedagogik 
hurfikrlilikni rivojlantirishda pedagogik jamoaning 
o‘ziga xos ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi 
vazifalari mavjud. Bular:
- Talabalarni ta’limga moslashtirish,
- Ta’lim-tarbiyaga oid manbalar Nishonova 
3.T. Mustaqil ijodiy fikrlash. - T.: Fan, 2003 bilan 
qurollantirish,
- Pedagogik-psixologik yordam berish,
- Pedagogik-psixologik ta’sir etish.
Manbalardan bizga ma’lumki, insoniyatning 
rivojlanish tarixida ma’naviy yuksalishning ham 
o‘rni kattadir. Albatta, buning asosida ham 
insonlarning hurfikrlashlari yotadi. Insoniyat 
tarixida ilk hurfikrlilik ijobiy natijalarni bergan. Shu 
sababdan ham bunga asos bo‘luvchi manbada 
afsonalar, xalq og‘zaki ijodi (folklor) janri orqali 
ko‘tarilgan fikrlar diqqatga sazovordir. U xayolot, 
uydirma va to‘qimadan iborat bo‘lsa-da, so‘zlovchi 
va tinglovchi tomonidan haqiqatdek tasavvur 
etiladi, hatto bo‘lib o‘tgan davri, makoni ham 
ko‘rsatiladi. Afsonalar og‘izdan-og‘izga, eldan-elga 
o‘tib kelgan ifoda usulida bayon etilgan. Afsonalar 
og‘zaki hikoyat bo‘lib, u xayoliy obraz yoki tasavvur 
asosiga quriladi, hikoya qiluvchilar va tinglovchilar 
tomonidan qachonlardir shunday bo‘lgandek 
qabul qilinadi. Rivoyatdan farqli o‘laroq afsonalar 
zaminida, albatta, mo‘jiza, sehr-jodu bo‘ladi. 
Ko‘chma ma’noda afsonalar - uydirma, yolg‘on, 
aqlga to‘g‘ri kelmaydigan gap, deb e’tirof etiladi
5
.
Afsonalar odamlarni erkin fikrlashga 
undaganligi va tarbiyaviy ahamiyatga egaligini 
inobatga olib, quyidagi ketma-ketlikda o‘rganish 
maqsadga muvofiq.
1. 
Olam haqidagi afsonalar;
2. Toponimik afsonalar;
3. Elatlarning kelib chiqishi bilan bog‘liq 
bo‘lgan afsonalar;
4. Hayvonot dunyosi bilan bog‘liq afsonalar;
5. Tabiatdagi voqea, hodisalar bilan bog‘liq 
afsonalar;
6. Tarixiy shaxslar bilan bog‘liq afsonalar;
7. Din bilan bog‘liq afsonalar;
8. Shoir va yozuvchilarning asarlarida 
afsonalarning o‘rni.
Shu bilan bir qatorda biz bo‘lajak o‘qituvchilarda 
pedagogik hurfikrlilikning ko‘nikma va malakalarini 
shakllantirishda yurtimizda olib borilayotgan tub 
islohotlarning barchasi inson omiliga, uning qadr-
qimmatiga, manfaatiga qaratilganligi borasidagi 
amaliy ishlarga e’tibor qaratishni e’tirof etamiz
6

Bunda, birinchidan, yurtimizda buyuk siymolar 
qo‘nim topgan qadamjolarni obod qilish va 
ularning faoliyatini yoshlar ongiga singdirish 
masalasi bo‘yicha aniq rejalar tuziladi; ikkinchidan, 
millatlararo totuvlikni yo‘lga qo‘yish masalasi 
bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va ularning yoshlar 
tarbiyasiga ta’siri to‘g‘risida fikrlar almashinishi 
yo‘lga qo‘yiladi; uchinchidan, ta’lim sohasini tubdan 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


29 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
isloh qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga 
o‘zimizning hissamiz qay darajada bo‘lishi kerakligi 
va bu jarayonda faol ishtirok etish masalasi 
doimiy ravishda ishimizda yetakchilik qiladi; 
to‘rtinchidan, yoshlarning ijtimoiy faolligi orqali 
har bir hududning zamonaviy ma’naviy qiyofasini 
yaratish va u orqali turizmni yanada rivojlantirish 
masalasida bo‘lajak o‘qituvchilarga ekskursavodlik 
ilmi berib boriladi; beshinchidan, yurtda barqaror 
tinchlikni saqlab turish uchun yoshlarni Vatanga 
sadoqatlilik ruhida tarbiyalash borasida hamkorlik 
pedagogikasi yo‘lga qo‘yiladi; oltinchidan, Vatanni 
dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoriga olib 
chiqishda biz bo‘lajak o‘qituvchilarning vazifalari 
nimalarda o‘z aksini topishi borasida pedagogik 
hurfikrlilik qarashlari shakllantiriladi. Bu jarayonda 
talabalar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan «Yoshlar 
ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh 
vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta 
muhim tashabbus»ni hamda «Yangi O‘zbekiston 
- yangicha dunyoqarash» shiorlarining mohiyatini 
tushunish va amalga oshirish jarayonlarida 
pedagogik hurfikrlilikni shakllantirishda nimalarga 
e’tibor qaratish kerakligi tushuntiriladi.
Bo‘lajak 
o‘qituvchilarning 
pedagogik 
hurfikrligini shakllantirish va rivojlantirishda 
O‘zbekiston Respublikasining 5 ta muhim 
tashabbusi doirasida amalga oshirilgan ishlarning 
ham o‘rni beqiyos. Bu borada bo‘lajak o‘qituvchilarni 
talabalar tomonidan tashkillashtirilgan hisobot 
konsertlariga olib borish, hamda ijro etilgan kuy, 
qo‘shiq, ashula va raqs san’atida nimalar ifoda 
etilganligi, kuy, qo‘shiqlar kimlar tomonidan 
bastalanganligini 
so‘ng 
muhokama 
qilish, 
san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishida 
tashkillashtirilgan ko‘rgazmaga olib borish, 
rassomlarning hayoti va ijodi bilan tanishish bilan 
bir qatorda uning hurfikrlilikka oid g‘oyalarini 
asarlaridagi aksini tushunishdan iborat. 
Bundan 
tashqari 
talabalar 
teatrda 
qo‘yiladigan spektakllarga olib boriladi va undagi 
asosiy g‘oyalarni guruhlar kesimida muhokama 
qilish ham ta’lim oluvchilarning hurfikrlilik 
dunyoqarashini shakllantirish uchun asos bo‘ladi. 
Jumladan, «Jannatga yo‘l», «Vatan bolasi» 
(Talabalar teatri) kabi asarlarni ko‘rish va ularning 
tahlili jarayonlarida talabalar bilan ochiq badiiy 
muloqotni yo‘lga qo‘yish natijasida ta’lim-tarbiyaga 
oid fikrlar tahlil qilinadi.
Talabalarni xalq amaliy san’ati bilan yaqindan 
tanishtirish masalasida yurtimiz hududidan 
mezolit, neolit davriga taaluqli sopol idishlar, 3 
ming yillik oxiri 2 ming yillikka oid jez davri quyma 
7 O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi. T.: Davlat ilmiy nashriyoti. 1 tom. 800 bet
badiiy buyumlari, ilk o‘rta asr (V-VIII asrlar) amaliy 
bezak san’ati ganch o‘ymakorligi (Samarqand, 
Varaxsha) va yog‘och o‘ymakorligi (Surxondaryo 
viloyati)da, VI-X asrlardan shisha idishlar ko‘plab 
ishlanganligi o‘sha davr ilg‘or fikrlar natijasi 
hisoblanishi talabalarga tushuntirilib boriladi
7
.
Bo‘lajak 
o‘qituvchilarning 
pedagogik 
hurfikrliligini rivojlantirishda ikkinchi tashabbus 
bo‘yicha talabalar o‘rtasida shaxmat-shashka, 
yugurish, arqon tortish, milliy sport turlariga jalb 
qilish, talaba qizlar o‘rtasida volleybol, futbol 
musobaqalari o‘tkazish maqsadga muvofiq.
Uchinchi tashabbus bo‘yicha talabalar 
o‘rtasida kompyuter texnologiyalari savodxonligi 
bo‘yicha bilimlar kechasini tashkillashtirish, 
kompyuter 
texnologiyalari 
mutaxassislari 
bilan 
uchrashuvlarni 
o‘tkazish, 
talabalarga 
dasturlashtirish metodikasi bo‘yicha trening 
o‘tkazishni tashkillashtirish, fakultetda internetdan 
foydalanish bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazish, 
to‘rtinchi tashabbus bo‘yicha talabalarning 
ma’naviyatini yuksaltirish maqsadida kitobxonlik 
kechalari o‘tkazish kabi ishlarni amalga oshirish 
ijobiy natijalar beradi. Unda amalga oshirilgan 
ishlar orqali talabalarni ta'lim-tarbiya jarayoni 
bilan bog‘liq bo‘lgan innovatsion g‘oyalarga 
o‘rgatib boriladi, pedagogik hurfikrlilik madaniyati 
shakllantiriladi.
Bo‘lajak 
o‘qituvchilarning 
pedagogik 
hurfikrliligini rivojlantirishda beshinchi tashabbus 
bo‘yicha talaba qizlarni ish bilan ta’minlash 
o‘z xohish va istaklarini inobatga olgan holda 
tadbirkorlik ilmi bilan tikuvchi-bichuvchilikka, 
pazandalikka bo‘lgan qiziqishini inobatga olgan 
holda shu yo‘nalishlarning mohirlari bilan hamkorlik 
yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bo‘lajak 
o‘qituvchilarning 
pedagogik 
hurfikrlilikka 
oid bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash, 
kompetentsiyalarini shakllantirish va rivojlantirish 
ularning ongi va qalbiga qadimdan ota-bobolarimiz 
tomonidan 
shakllantirilgan 
hurfikrlilikni 
rivojlantirish 
masalasida 
tanlab 
olingan 
texnologiyadan foydalanishning mazmuni va 
metodlarini bosqichma-bosqich yoritish maqsad 
qilib olingan.
Bunda ta’lim-tarbiya jarayonlarida an’anaviy 
bilim olish tizimi va an'anaviy fikrlash doirasidan 
noan’anaviy bilim olishga ishtiyoq va noan'anaviy 
ilg‘or fikrlash ishtiyoqining amalda samarali 
qo‘llanilishi natijasidagi rivojlanishi ekanligini 
ko‘rsatib o‘tdi. Bu esa bugungi kunning dolzarb 
masalalaridan biri ekanligi bilan asoslanailadi.
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
30 
INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA 
YUQORI SINF O‘QUVCHILARINI 
JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT RUHIDA 
TARBIYALASHNING SHAKL VA VOSITALARI
Mamadoli Ruzimurodovich Isaqulov -
katta o‘qituvchi, Jizzax davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada jaholat va ma’rifat tushunchalari mazmuni, mohiyati ochib 
berilgan hamda uni yuqori sinf o‘quvchilarini jaholatga qarshi ma’rifat ruhida tarbiyalashning shakl 
va vositalari to‘g‘risida fikr yuritilgan.
Аннотация: В данной статъе раскрываются содержание и сущност понятий невежество 
и просвещение, обсуждаются формы и средства воспитания старшеклассников в духе 
просвещения против невежества.
Abstract: This article reveals the content and essence of the concepts of ignorance and 
enlightenment, discusses the forms and means of educating high school students in the spirit of 
enlightenment against ignorance.
Kalit so‘zlar: ma’rifat, jaholat, tarbiya, shakl, vosita, texnologiya, ma’naviy-ma’rifiy hordiq. 
Ключевые слова: просвещение, невежество, образование, форма, средства, технология, 
духовно-познавателная рекреация.
Keywords: enlightenment, ignorance, education, form, means, technology, spiritual and 
cognitive recreation
Bugungi kunda dunyo miqyosida 
yoshl
arni ma’rifat ruhida tarbiyalashning 
nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etish global 
muammolaridan biri sanaladi. Shu ma’noda 
rivojlangan davlatlarning ilmiy tadqiqot 
mussasalarida o‘quvchilarning jaholatga 
qarshi ma’rifatga oid dunyoqarashlarini 
shakllantirish borasida zamonaviy o‘qitish 
usullarini erkin tanlash, tarbiya mashqlaridan 
va multimediyali tarbiya dasturlaridan 
foydalanishning ta’minotini takomillashtirish 
bilan bir qatorda amaliyotga tadbiq qilishning 
o‘quv-metodik ta’minotini ishlab chiqish, 
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishda 
muvofiqlarini tanlash bo‘yicha tizimli ishlar 
olib borilmoqda. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilga 
rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda 
- konsepsiya) O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi, “Yoshlarga oid davlat 
siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining Farmonlari 
va qarorlari, 2030-yilgacha mo‘ljallangan 
“Yoshlar strategiyasi”, Yoshlar manfaatlari 
1 https://lex.uz/docs/5234746 Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 18 январдаги 23-сон қарори
bo‘yicha butunjahon harakatlar dasturi
2020-yil dekabr oyida tashkil etilgan 
“O‘zbekiston yoshlari” forumida hamda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2020-yil 29-dekabrdagi Oliy majlisga 
Murojatnomasida yoshlarga oid davlat 
siyosatini yangi bosqichga olib chiqish 
bo‘yicha belgilangan vazifalar asosida ishlab 
chiqilgan
1
bo‘lib aynan yoshlar faoliyatiga 
yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatlidir. 
Bu borada mamlakatimizda ham 
yuqori sinf o‘quvchilarini jaholatga qarshi 
ma’rifat ruhida tarbiyalashning samarali 
usullaridan foydalanish bilan bir qatorda 
xorijiy tajribalarni qo‘llash asosida ularda 
jaholatga qarshi ma’rifat kompetensiyasini 
shakllantirishning nafaqat me’yoriy asoslari 
balki moddiy texnika bazasi ham yaratildi. Bu 
borada jaholatga qarshi ma’rifat g‘oyalariga 
oid bilimlarni takomillashtirish, jaholat 
va ma’rifat bilan bog‘liq tushunchalarni 
o‘quvchilar ongiga singdirish maqsadga 
muvofiq. Bunda Sharq allomalarining 
jaholatga qarshi ma’rifat g‘oyalaridan 
foydalanish, dars jarayonlarida o‘quvchilarga 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


31 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
o‘rganish mumkin bo‘lgan materiallarni 
tanlash asosida amalga oshiriladi, ammo 
u faqat bilishga emas, balki borliqni 
o‘zlashtirishga ham yo‘naltirilgan bo‘lishi 
kerak. 
Shuningdek, adabiyot, tarix, tarbiya 
darslarida buyuk allomalarning jaholatga 
qarshi ma’rifat g‘oyalaridan foydalanishda 
umumta’lim maktab o‘qituvchilari ta’lim 
tarbiyaning zamonaviy shakl, metod va 
vositalarini qo‘llash jarayonlarida namoyon 
bo‘ladi. 
Darhaqiqat, buyuk siymolarning ilmiy-
adabiy meroslarini o‘rganish va ularda 
yoritilgan jaholatga qarshi ma’rifat g‘oyalari 
borasidagi qarashlari asosida o‘quvchilarga 
shu g‘oyalarga taaluqli bilimlarini boyitish 
orqali 
ta’lim-tarbiya 
samaradorligiga 
erishish 
ijtimoiy-pedagogik 
zaruratdir. 
Bunday obyektiv zaruriyat negizida yuqori 
sinf o‘quvchilariga dars va darsdan tashqari 
sharoitlarda berilayotgan jaholatga qarshi 
ma’rifat g‘oyalariga oid bilim, ko‘nikma va 
malakalar yotadi. Ma’rifatga oid ilmiy-nazariy 
va amaliy tushunchalarni berishda oldingi 
bosqichlarda olgan bilimlari muhimligi bilan 
alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘quvchilarni 
jaholatga 
qarshi 
ma’rifatga oid bilimlar va g‘oyalar mazmuni 
bilan 
qurollantirishning 
pedagogik-
psixologik vazifasi samarali shakl, metod 
va vositalarni aniqlash hisoblanadi. Shu 
jihatdan o‘quvchilarni shu g‘oyaga mos tarzda 
tarbiyalashga oid «Jaholatga qarshi ma’rifat 
dam (pauza)» deb nomlangan bilimlarni 
berish shakli va usulidan foydalanish taklifini 
ilgari surgan holda uning samarali ekanligini 
alohida qayd etib o‘tish mumkin.
Bu borada «Ma’naviy-ma’rifiy hordiq» 
texnologiyasi sinf-dars, leksiya-seminar, 
sinfdan tashqari, frontal dars shakllari 
o‘quvchilarga jaholatga qarshi ma’rifat 
g‘oyasini targ‘ib qila oladigan filmlardan 
foydalanish pedagogik-psixologik jihatdan 
olib qaralganda bugungi kunda o‘ta muhim 
va samarali hisoblanadi. 
2 Юсупов Э. Инсон камолoтининг маънавий асослари. – Т.: «Университет», 1998. – 184 б
1-rasm. 
Ma’naviy-ma’rifiy 
hordiq 
texnologiyasi asosidagi dars
Berilgan imkoniyat o‘quvchilarning 
vaqtini qiziqarli o‘tkazish va hordiq olishga 
yo‘naltirilgandek tuyulsa-da, aslida bu vaqt 
ichida ular juda katta hajmdagi ma’naviy 
ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyati 
yaratiladi. 
O‘tmishda 
yashab 
ijod 
etgan 
allomalarimiz Farg‘oniy, Xorazmiy, Farobiy, 
Ibn Sino, Ulug‘bek, Buxoriy, Termiziy, 
Marg‘iloniy, 
Moturudiy, 
Zamaxshariy 
va boshqalar nafaqat ilm cho‘qqilarini 
egallabgina qolmay, ma’rifatni ham keng 
targ‘ib etganlar, o‘rgatganlar, shogirdlar 
tarbiyalaganlar
2

Bu borada Turkiston ma’rifatchilik 
maktabi boy o‘tmish va ulkan merosga 
ega. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar 
Qori Abdurashidxon o‘g‘li, Ashurali Zohiriy, 
Saidrasul Saidaziziy, Is’hoqxon Ibrat, 
Ahmad Donish va boshqalar mamlakatni, 
xalqni milliy zulm va ma’rifiy qoloqlikdan 
xalos etishning yagona yo‘li ma’rifatda deb 
bilganlar. Ma’rifatparvarlik harakatining 
yorqin siymolaridan biri Abdulla Avloniyning 
«Ilm insonlarning madori, hayoti, rahbari, 
najotidir» - degan g‘oyasi ma’rifatparvarlik 
harakatining dasturini tashkil etadi. 
Jaholatga qarshi ma’rifat ruhida 
tarbiyalashning dunyoviy ildizlari siyosiy, 
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy munosabatlar 
majmuidan 
iborat. 
Insoniyat 
asrlar 
mobaynida bosqichma-bosqich dunyoviylik 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
32 
sari intilib keldi. «Dunyoviylik-dahriylik emas» 
degan tamoyil asosida dunyo rivojlanadi, 
ya’ni dinning jamiyat hayotida tutgan 
o‘rni va ahamiyatini aslo inkor etmaydi. 
Yunon faylasufi Geraklit o‘zining Sharqda 
o‘tgan g‘oyaviy ustozlarini, «Avesto»dek 
muqaddas kitobda bitilgan falsafiy fikrlarni 
nazarda tutib, yurtimizga «falsafiy tafakkur 
beshigi» deb ta’rif bergan edi. Keltirilgan 
ma’lumotlarimizning 
asosi 
sifatida 
o‘quvchilarni jaholatga qarshi ma’rifat ruhida 
tarbiyalashning ma’rifiy asoslarini ushbu 
rasmda berishni lozim topdik.
(2-rasm)
2-rasm. Jaholatga qarshi ma’rifat ruhida 
tarbiyalashning ma’rifiy asoslari
Bundan 
tashqari 
yuqori 
sinf 
o‘quvchilariga jaholatga qarshi ma’rifat 
g‘oyasini singdirib borishda darsliklardagi 
ko‘rsatilgan mavzularga qo‘shimcha ravishda 
ma’lumotlarning 
berilishi 
o‘quvchilarning 
fanni chuqur o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqini 
oshiradi. Masalan, XIX asrning oxiri — XX 
3 Ниёзов Г, Ахмедова M; Педагогика тарихидан семинар машғулотлари: Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги. Н.Ношир, 2011. – 140 бет
4 Ҳошимов К ва бошқалар. Педагогика тарихи. Т.: Ўзбекистон миллий кутубхонаси. 2005 304 бет
asr boshida Ahmad Donish, Berdaq, Feruz, 
Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Bayoniy, Avaz O‘tar 
kabi olim, shoirlar o‘z davrining muhim 
masalalarini ko‘tarib chiqdilar va xalqni ilm-
fan, ma’rifatni egallashga undadilar. Behbudiy, 
Abdulla Avloniy, Fitrat, Ayniy, Hamza kabilar 
jadidchilik g‘oyalarini olg‘a surishlari asnosida 
Turkistonning o‘z rivojlanish yo‘lini targ‘ib 
etganlar
3

Ma’rifatparvar 
Munavvarqori 
Abdurashidxonov 
bir 
qancha 
darslik 
muallifidir. Uning «Adibi avval» (1907), «Adib 
us-soniy» (1907), «Usuli hisob», «Tarixi qavm 
turk», «Tajvid» (1911), «Havoyiji diniya», «Tarixi 
anbiyo», «Tarixi islomiya» (1912), «Er yuzi» 
(1916—17), 4 qismdan iborat «O‘zbekcha 
til saboqligi» (Shorasul Zunnun va Qayum 
Ramazon bilan birga, 1925-26, 4-qismi 
musodara qilingan) darsliklari bir necha marta 
chop etilgan. 1914-yilda taraqqiyparvar o‘zbek 
shoirlarining she’rlarini jamlab, «Sabzavor» 
nomi bilan nashr etgan, Abdulla Avloniyning 
«Birinchi muallim»i (1911) 4 marta, «Alifbedan 
so‘nggi o‘quv kitobi», «Ikkinchi muallim» (1912) 
3 marta qayta nashr etilgan. Axloqiy-didaktik 
mazmundagi «Turkiy Guliston yoxud axloq», 
Fitratning «Sayyoh hindi» («Hind sayyohining 
qissasi»)
4
nasriy asarlardagi ma’lumotlar berib 
borilishi ta’lim sifatini yaxshilashga xizmat 
qiladi.
Yuqori 
sinflarda 
o‘quv 
dasturida 
belgilangan 
mavzular 
hamda 
sharq 
mutafakkirlarining ma’rifatga oid qarashlariga 
alohida e’tibor qaratilib, ularning o‘quvchilarda 
jaholatga qarshi ma’rifat g‘oyalariga oid 
bilimlarni 
shakllantirish 
imkoniyatlari 
aniqlandi. Quyida ana shunday mavzulardan 
ayrimlari bo‘yicha maxsus darslarning tashkil 
etilishi haqida so‘z yuritiladi. 
7 – sinf adabiyot darsliklaridagi mavzular: 
Badiiy so‘z qudrati 
«Kitob varaqlari ichida yashayotgan 
qahramonlarning holatiga befarq bo‘lmaydigan 
odam o‘zining atrofidagi tirik kishilarning 
quvonch-u g‘amlariga ham loqayd qarab 
tura olmaydi. Nima uchun badiiy asarlardagi 
qahramonlarning tuyg‘u-kechinmalari bizga 
o‘tadi, «yuqadi».
Rauf Parfi «Tong otmoqda...» deb 
nomlangan she’ridan bir parcha:
Tong otmoqda. Tong o‘qlar otar,
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


33 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
Tong otmoqda, Quyosh – zambarak.
Yaralangan yer shari yotar
Boshlarida yashil chambarak.
Quyoshning zambarak bo‘lib, «o‘qlar» 
(nurlar) otishi, o‘sha o‘qlardan Yerning 
yaralanishi va bu yaralanish tufayli o‘lim emas, 
balki boshida «yashil chambarak», ya’ni hayot 
paydo bo‘lishi juda ham o‘ziga xos, ta’sirchan 
ifodalangan.
«Cho‘lponning 
«Buzilgan 
o‘lkaga» 
she’ridan olingan quyidagi parchada:
Ko‘m-ko‘k, go‘zal o‘tloqlaring bosilg‘on,
Ustlarida na poda bor, na yilqi. 
Podachilar qaysi dorga osilg‘on?
Ot kishnashi, qo‘y ma’rashi o‘rniga 
Oh, yig‘i. Bu nega?!
5
Hamza Hakimzoda Niyoziy faoliyati. 
U boshlang‘ich sinflar uchun «Yengil 
adabiyot», «Qiroat kitobi» darsliklarni yaratgan. 
«Vatan», «O‘qi», «Ilm ista», «Kitob», «Qalam» 
kabi she’rlari . 
Adabiyot tarbiya vositasi bo‘limida 
o‘quvchilarga o‘zlari o‘qib chiqqan badiiy 
adabiyotlarda jaholat mavzusi yoritilganligi va 
bolalarni o‘qimishli qilishga qaratilgan voqea 
va hodisalarning g‘oyalari so‘raladi. 
Saida Zunnunova faoliyatida «Yangi 
she’rlar» 
«Gullar 
vodiysi», 
«Qizlarjon», 
«She’rlar», «Bir yil o‘ylari», «Nilufar» kabi 
to‘plamlar. «Sodiq va Anor», «Xayrixon», 
«Surat bilan suhbat», «Qo‘shnilarim» singari 
dostonlari, Saida Zunnunova hayoti va ijodiga 
bag‘ishlangan video dars.
Shuhrat ijodi. «Mardlik afsonasi». 
Rasul Hamzatov ijodi. «Tog‘ qo‘shig‘i», 
«Mening qalbim tog‘larda», «Tog‘ qizi», 
«Dog‘istonim», «Yuksak yulduzlar», «Tug‘ilgan 
kunim», «Tog‘likning vatani», «Ovuldan xat» 
singari kitoblari, poemalari shoirni dunyoga 
tanitdi. 
Cho‘lpon ijodida «Go‘zal», «Xalq», 
«Binafsha», «Buzilgan O‘lkaga» kabi she’rlari. 
Cho‘lponning she’ri ham bolsheviklar 
qirg‘ini, sho‘ro mustamlakachilari tomonidan 
o‘lkamizning 
vayronaga, 
o‘lik 
xonaga 
aylantirilgani haqida. Lekin bunda bironta 
raqam, bironta ism, nasab, nom keltirilmaydi. 
Vayron qilingan shaharlar, egasiz qishloqlar 
sanalmaydi. Shunday bo‘lsa ham o‘quvchi 
qalbida bosqinchiga nisbatan nafrat uyg‘onadi, 
u millatimiz boshiga ko‘p balolar keltirgan 
5 Yo‘ldoshev Q., Qosimov B., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J. Adabiyot: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua. Qayta ishlangan 4-nashri / – T.: «Sharq», 2017. 3 - бет.
yovuzlardan g‘azablanadi, o‘tmishga beparvo 
qaramaydi».
Yuqorida qayd etilgan barcha mavzular 
doirasida darsni tashkil etishda o‘quv materiali 
mazmuniga 
Sharq 
mutafakkirlarining 
qarashlari singdiriladi:
Hadisshunos olimlardan: Imom al-
Buxoriy, Xo‘ja Baxouddin Naqshband, At-
Termiziy, Ahmad Yassaviy, Abu Mansur al-
Moturudiy, Zamaxshariy, Yusuf Hamadoniy, 
Najmiddin Kubro. 
Qomusiy olimlardan: al-Xorazmiy, al-
Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Umar Xayyom, Mirzo 
Ulug‘bek, Ali Qushchi. 
Yozuvchi va shoirlardan: Alisher Navoiy, 
Aburahmon Jomiy, Bobur, Lutfiy, Sakkokiy, 
Boborahim Mashrab, Abdulla Oripov, Hamid 
Olimjon, Zulfiya, Saida Zunnunova, Said 
Ahmad, Muhammad Yusuf.
Davlat arboblaridan: Amir Temur, Mirzo 
Ulug‘bek, Husayn Boyqaro, Islom Karimov, 
Shavkat Mirziyoyev. 
Jadidchilardan: 
Munavvar 
qori 
(Abdurashidxonov), 
Abdulla 
Avloniy, 
Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Mahmudxo‘ja 
Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Hamza, 
Saidrasul Saidazizov kabi bir qancha ulug‘ 
allomalarimizdan qolgan boy ma’naviy 
meroslarga murojaat qilinib borildi. Ularning 
jaholatga qarshi-ma’rifatga oid qarashlarning 
keltirilishi o‘quvchilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Bu 
kabi 
topshiriqlarni 
bajarishda 
o‘quvchilar bilan suhbat tashkil etilib, unda 
o‘quvchilar jaholat, johillik, xudbinlik, qoloqlik, 
ma’rifat, ilm, ziyo kabi tushunchalarni tahlil 
qilib ularga shu mavzularga mos ijod qilishlari 
topshirig‘i berilib boriladi. 
Suhbat so‘ngida o‘qituvchi o‘quvchilarga 
agar har bir o‘quvchi ilmli bo‘lsa, uning 
dunyoqarashi keng bo‘ladi, yurtimiz yanada 
gullab-yashnashida o‘z hissasini qo‘sha 
olishi istiqbolli misollarda ko‘rsatilib beriladi. 
Jumladan: «Bahor kunlaridan birida keksa 
dehqon dalaga yong‘oq ko‘chati ekayotgan 
vaqtda podsho yo‘ldan o‘tayotgan ekan. Shoh 
keksa choldan qanaqa ko‘chat ekayotganini 
so‘rabdi. Keksa dehqon yong‘oq ko‘chati 
ekanini aytibdi, shunda podshoh «Eh, shoir, 
bu daraxtingiz qachon mevaga kiradi-yu, Siz 
uni qachon yeysiz?», - debdi. Shunda keksa 
dehqon «Ko‘chatni o‘zim uchun emas, o‘zgalar 
uchun ekyapman. Hosilini men yemasam, 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
34 
kelajak avlod yeydi»– deb javob beribdi. 
Shunda podshoh bu javobga qoyil qolib, keksa 
dehqonga in’om (mukofot) beribdi. Shunda 
shoir «Ko‘rdingizmi, shohim, men ekkan ko‘chat 
bir kunda hosil berdi» - degan ekan. 
Yuqori sinf o‘quvchilarini jaholatga 
qarshi ma’rifat ruhida tarbiyalash jarayonida 
zamonaviy 
o‘qitish 
texnologiyalaridan 
ham unumli foydalaniladi. Quyida shunday 
texnologiyalardan 
BBB 
texnologiyasidan 
foydalanishni ko‘rib o‘tamiz.
O‘qituvchi o‘quvchilarga jaholatga va 
ma’rifatga taalluqli tushunchalarni berib, ularga 
mos ko‘rsatuvlar, kliplar, badiiy filmlar hamda 
ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan ma’lumotlar 
katta ekranga olib chiqiladi va ko‘rsatiladi. 
O‘quvchilar jaholat va ma’rifat haqida qanday 
ma’lumotlarga egaliklari aniqlanib boriladi va 
ma’lumotlar o‘quvchilar daftarida chizilgan 
chizmaning birinchi qismiga yoziladi. Bu BBB 
texnologiyaning («Bilaman») qismiga yozib 
qo‘yiladi. Asosiy tomoni shundan iboratki, 
bunda har bir o‘quvchining faol ishtiroki 
ta’minlanib boriladi. Toki o‘quvchilar samaraga 
erishmaguncha o‘qituvchi o‘quvchilar bilan 
ishlaydi.
Ikkinchi bosqichning xususiyati shundan 
iboratki, o‘quvchilar yangi mavzu bo‘yicha 
yangi ma’lumotlarga ega bo‘lish istaklarini 
bildirishi kerak bo‘ladi. Bu istaklar, bildirilgan 
fikrlar ikkinchi ustun («Bilishni xohlayman»)ga
yoziladi.
Uchinchi bosqichda o‘quvchilar darslik 
bilan ishlaydi. Bunda o‘quvchilar, masalan, 
Cho‘lponning «Go‘zal», «Xalq», «Binafsha», 
«Buzilgan O‘lkaga» she’rlarini o‘rganadilar. 
O‘quvchilar matn bilan ishlash jarayonida 
jaholatga qarshi-ma’rifat g‘oyasi qanday aks 
etganligini tahlil qiladi, o‘qituvchi yordamida 
yangi ma’lumotlarga ega bo‘ladi, uni 
texnologiyaning uchinchi qismi («Bilib oldim»)
ga yozib qo‘yishadi. 
6 Ҳошимов К. ва бошқалар. Педагогика тарихи. Т.: Ўзбекистон миллий кутубхонаси. 2005 304 бет
3-rasm
Har bir mavzu xususiyatidan kelib 
chiqqan holda, buyuk siymolarning jaholatga 
qarshi ma’rifat borasidagi qarashlarini raqamli 
texnologiyalar vositasida o‘quvchilar ongiga 
yetkazib borish ham o‘z samarasini beradi. 
Bu borada ulug‘ alloma Abu Ali ibn 
Sinoning suv, yer va havoning ifloslanishi, 
yashash joylarining torligi, ozoda bo‘lmasligi 
turli yuqumli kasalliklar (moxov, chechak, 
vabo, yiringli toshmalar va boshqalar)ning 
tez tarqalishi uchun qulay sharoit yaratishini, 
shuningdek, yuqumli kasalliklar ko‘p hollarda 
aholi zich joylashgan joylarda keng tarqalishi 
to‘g‘risidagi fikrlarni keltirib o‘tishimiz mumkin.
Alloma insonlar salomatligini saqlashning 
quyidagi yo‘llarini ko‘rsatib o‘tgan: 1) jismoniy 
tarbiya bilan shug‘ullanish; 2) ovqatlanish va 
dam olish shartlariga rioya qilish; 3) yetarlicha 
uxlash. Allomaning fikricha: «Jismoniy mashq 
kishini ketma-ket chuqur nafas olishga 
majbur qiladigan ixtiyoriy harakatdir». Bu ham 
ma’rifatning bir ko‘rinishidir
6
.
Yuqori sinflarda o‘tiladigan adabiyot 
darslarida buyuk siymolarning jaholatga 
qarshi ma’rifatni targ‘ib qilganliklari va ularning 
bu boradagi qarashlaridan foydalanishda 
bir qator vazifalar amalga oshiriladi. Bunday 
vazifalar 
sirasida 
buyuk 
siymolarning 
jaholatga qarshi ma’rifatga oid qarashlari aks 
etgan majmuani yaratish va unda ifoda etilgan 
g‘oyalardan samarali foydalanish mumkin 
bo‘lgan mavzularni belgilash sanaladi. 
Shunday qilib, o‘quv dasturiga kiritilgan 
muayyan mavzular bo‘yicha innovatsiyon 
yondashuv asosida jaholatga qarshi ma’rifat 
borasidagi qarashlar 7-sinf o‘quvchilariga 
yetkazib berishda darslarni zamonaviy 
texnologiyalar vositasida tashkil etish ijobiy 
natijalarni beradi. 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


35 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
JISMONIY MADANIYAT VA SPORT 
MASHG‘ULOTLARI ORQALI TALABALAR 
SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH
Baxrom Sangirovich Mavlyanov -
katta o‘qituvchi, Jizzax davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada talabalarni sog‘lom turmush tarzini shakillantirishda Jismoniy 
madaniyat va sport mashg‘ulotlarida etibor qaratishlari lozim bo‘lgan muammolarni hal qilish 
masalalari yoritilgan.Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy sifatlarni rivojlantirish muhim 
ahamiyatga ega ekanligi nazarda tutilgan.
Аннотация: В данной статъе освещены вопросы решения проблем, на которые следует 
обратит внимание студентов в физкултурно-спортивной подготовке при формировании 
здорового образа жизни.Предполагается, что развитие физических качеств имеет важное 
значение в формировании здорового образа жизни.
Abstract: This article highlights the issues of solving problems that students should pay 
attention to in physical culture and sports training in forming a healthy lifestyle. It is assumed that 
the development of physical qualities is important in the formation of a healthy lifestyle
Kalit so‘zlar: Jismoniy madaniyat, jismoniy sifatlar, madaniy taraqqiyot, ko‘nikma, kurash, 
jismoniy faollik.
Ключевые слова: физическая култура, физические качества, културное развитие, 
навыки, борба, двигателная активност.
Keywords: Physical culture, physical qualities, cultural development, skills, struggle, physical 
activity.
Jismoniy tarbiya va sport bilan 
shug‘ullanish 
odam 
organizmini 
har 
tomonlama 
jismonan 
rivojlanishi 
va 
mustahkamlanishi, fiziologik funktsiyalarning 
takomillashtirilishi va sog‘lomlashtirishga 
olib keladi. Talabalarning yoshi, jinsi va o‘ziga 
xos xususiyatlarini hisobga olgan holda to‘g‘ri 
uyushtirilgan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari 
yuqori samara beradi. Aks holda ular jismoniy 
tarbiyaning sog‘lomlashtirish vazifasini hal 
qilish borasidagi ahamiyatini yo‘qotadi.
Jismoniy tarbiya tufayli erishiladigan 
natijalar o‘zidan-o‘zi hali odamning mehnatga 
va 
Vatan 
himoyasiga 
g‘oyaviy-siyosiy 
tayyorgarligini ifoda etmaydi. Har bir fuqaroning 
yuksak darajada rivoj topgan jismoniy sifatlari 
va ko‘nikmalari,uning sportda erishgan 
natijalari estetik va g‘oyaviy-siyosiy tarbiyasi 
bilan birga borgan bo‘lsa, shu taqdirdagina 
ijtimoiy ahamiyat, chuqur mazmun kasb etadi.
Sportchi talabalarni mehnatda ilg‘or bo‘lishlari, 
jamoa uchun kurashishlarining hal qiluvchi 
garovi, dastavval, ularning shu jamiyatning 
peshqadam 
kishilar 
sifatidagi 
ijtimoiy 
ongliligidan darak beradi
1

Yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 
1 F.Q.Axmedov. “Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi” Jizzax 2021-yil.45-bet
taraqqiyoti istiqbolini belgilash, jahon ilg‘or 
mamlakatlari safidan munosib o‘rin egallashga 
intilish yo‘lidagi keng ko‘lamli islohotlarni 
amalga oshirish bilan kechmoqda. Jahonning 
rivojlangan mamlakatlari tajribalarini o‘rganish, 
hayotga tadbiq qilishda mahalliy shart-
sharoit, iqtisodiy va intellektual resurslarni 
inobatga olgan holda, jamiyat hayotining 
barcha sohalarida tub islohotlarning amalga 
oshirilayotganligi yangidan-yangi yutuqlarga 
erishishni ta’minlamoqda. Turli sohalarda 
yo‘lga 
qo‘yilayotgan 
xalqaro 
hamkorlik 
garchi o‘z samarasini berayotgan bo‘lsa-
da, biroq, milliy mustaqillikni har jihatdan 
mustahkamlash, erishilgan yutuqlarni boyitish, 
mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etish 
jamiyat a’zolaridan alohida fidokorlik, jonbozlik, 
shijoat va qat’iyat ko‘rsatishni talab etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Etnosport turlarini ommalashtirish va 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
qarorida 
(2022 
yil 
25.05) 
etnosport 
turlarini ommalashtirish orqali yoshlarni 
sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va 
takomillashtirish vazifalari belgilangan.
Jismoniy tarbiya va sport talabalar 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
36 
sog‘lom turmush tarzining alohida muhim 
tarkibiy qismi hisoblanadi. Sog‘lom turmush 
tarzi ko‘p qirrali, jumladan, falsafiy, pedagogik, 
psixologik, falsafiy hamda ijtimoiy ahamiyatga 
ega bo‘lgan muhim kategoriya hisoblanadi. 
Albatta, faqat jismoniy tarbiya va sportga 
ahamiyat berish, sog‘lom turmush tarzining bir 
yoqlama shakllanishiga olib keladi, xolos. 
Talabalar jamiyatning eng faol qismi va 
ular jamiyatni rivojlantirishda katta kuchdir. 
Bugungi kunda Respublikamizda 177 dan 
ziyod davlat, nodavlat oliy ta’lim muassasalari, 
filiallar, shu jumladan xorijiy filiallar faoliyat 
ko‘rsatmoqda. Ularda 800 000 dan ziyod 
talabalar 
tahsil 
olmoqda. 
Talabalarni 
jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi 
uchun har tomonlama zamonaviy sharoitlar 
yaratilmoqda. 
Ammo hamma vaqt ham talabalar 
jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan 
to‘liq qamrab olingan,- deb bo‘lmaydi. Ular 
faoliyatida aqliy mehnat yuqori turadi, o‘quv 
mehnati o‘ziga xos ravishda yuqori.
Olingan natijalar va ularning muhokamasi.
Ma’lum bir faoliyatga maqsadli kirishish 
kishidan, ushbu faoliyatga ongli munosabatni 
talab qiladi. 2021-2022 o‘quv yilida Jizzax 
davlat pedagogika universiteti talabalarining 
sog‘lom turmush tarzini shakllanishini 
o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlar olib 
borildi. Talabalar bilan o‘tkazilgan anketa-so‘rov 
natijalari dastlabki davrda quyidagi natijalar 
bilan yakunlangan. I-II-bosqich talabalarning 
o‘rtacha yoshi 19,1 ni, eng kichigi-17 yoshni va 
eng kattasi 25 yoshni tashkil etdi. Ulardan 17 
yoshlilar- 10 ta; 18 yoshlilar-22 ta; 19 yoshlilar- 
32 ta; 20 yoshlilar-22 ta; 21 yoshlilar-8 ta; 
22,23,24,25 yoshlilar-1 tadan iborat bo‘ldi. 
I-II-bosqich talabalarini umumiy o‘rta maxsus 
ta’lim 
muassasalarini 
bitirib 
o‘qishga 
kirishini e’tiborga olsak, ularni oliy ta’lim 
muassasalaridagi yoshga va bosqichga mos 
o‘qish davri 19-20 yoshni tashkil etishi kerak. 
Javoblardan ma’lum bo‘lishicha 32 ta talaba 
vaqtida o‘qishga kirgan va qolgan 66 talaba 
o‘qishga kechikib kirgan. Demak, ularning 
ko‘pchiligi kechikib bo‘lsa-da oliy ma’lumot olish 
bilan bog‘liq maqsadlarini amalga oshirishgan, 
o‘qishga kirish uchun mehnat qilgan, irodasini 
mustahkamlagan.Talabalarning yashash joyi 
o‘z o‘quv mehnatini va sport –sog‘lomlashtirish 
tadbirlarini bajarishlarida muhim ahamiyatga 
ega. So‘ralganlardan 13 nafari ijarada, 21 nafari 
talabalar turar joylarida va 64 nafari shaxsiy 
xonadonlarida yashab o‘qiganlar. Demak til 
o‘rganish va xorijiy filiologiya yo‘nalishida 
2 F.Q.Axmedov. “Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi” Jizzax 2021-yil. 109-bet
ta’lim olish uchun shahar sharoiti yaxshi. Kun 
tartibiga 82 talaba rioya qilishini va 16 talaba 
rioya qilmasligini aytgan. 63 talaba ertalabki 
badantarbiya bilan shug‘ullangan bo‘lsa, 32 
talaba badan tarbiya bilan shug‘ullanmasligini, 
3 tasi esa ba’zida shug‘ullanishini bildirgan. 
68 talaba maktabdagi jismoniy tarbiya 
darslaridan qoniqish hosil qilgan bo‘lsa, 
30 ta talaba-qizlar maktabdagi jismoniy 
tarbiya darslaridan qoniqish hosil qilmagan. 
96 talaba institutdagi jismoniy madaniyat 
mashg‘ulotlaridan qoniqish hosil qilgan bo‘lsa, 
2 talaba-qiz institutdagi jismoniy madaniyat 
mashg‘ulotlaridan qoniqish hosil qilmagan. 
27 talaba bir kunda jismoniy madaniyat 
mashg‘ulotlari uchun 15 daqiqadan, 29 tasi 
20 minutdan, 26 tasi 30 minutdan, 7 tasi 
40 minutdan, 4 tasi 50 minutdan, 2 tasi 60 
minutdan, 2 tasi 70 minutdan va 3 tasi 90 
minutdan vaqt ajratishgan. 
1. Jismoniy salomatlikni ta’minlash 
jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi 
fanining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u hozirgi 
kunda tibbiy, ijtimoiy-pedagogik mazmun va 
shaklga ega bo‘lgan, shaxs jismoniy kamoloti 
hamda jismoniy tayyorgarligi va rivojlanishini 
maxsus vositalarini ishlab chiqish va 
foydalanishga 
qaratilgan 
tadbirlarning 
yig‘indisidir.
2. Valeologiya - Jismoniy tarbiya va 
salomatlik, sog‘lom turmush tarzi shunchaki, 
bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish vositasigina 
bo‘lib qolmay, u bugungi kunda o‘z nazariyasi, 
metodikasi va ilmiy tadqiqot usullariga 
ega bo‘lgan, hamda tibbiyot, pedagogika, 
psixologiya, iqtisodiyot, estetika va boshqa 
fanlarning kesimida vujudga kelgan fandir. 
Jismoniy sifatlar deganda tug‘ma 
(genlar tarzidagi me’rosni) morfologik xizmat 
sifatlarini,ular asosida inson organizmida 
namoyon bo‘ladigan maqsadga muvofiq 
harakat faoliyatiga zarur bo‘ladigan jismoniy 
faollikni (ifodalanishi) tushuniladi
2
.
3. Salomatlikni ta’minlash va sog‘lom 
turmush tarzini shakllantirish Butunjahon 
sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan alohida 
xalqaro va milliy dasturlar asosida rejali olib 
borilayotgan muhim global tadbirlar tarkibiga 
kiradi.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 
aholi jismoniy faolligini oshirish va to‘g‘ri 
ovqatlanish(nutritsiologiya)ni tashkil qilish 
bo‘yicha katta tadbirlarni olib bormoqda. Bu 
2017 yildan respublikamizda ham yuqumli 
bo‘lmagan kasalliklarni oldini olish va aholi 
jismoniy faolligini oshirish tadbirlari sifatida 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


37 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
muhim davlat dasturlari tarkibiga kiritilgan 
va ular bo‘yicha rejali ishlar olib borilmoqda. 
Xususan, “besh ming qadam” (5000), “o‘n ming 
qadam” (10 000) salomatlik marafonlari bunga 
misol bo‘ladi. Bu dasturlar ichida talabalar 
salomatligini oshirish masalalari ham butun 
chora-tadbirlar tarkibida keng olib borilmoqda. 
BO‘LАJАK TЕХNОLОGIK TА’LIM 
O‘QITUVCHILАRINING KАSBIY 
KO‘NIKMА VА MАLАKАLАRINI 
SHАKLLАNTIRISHDА LОYIHАLАSH 
TЕХNОLОGIYASIDАN FОYDАLАNISH
Jаmshid Bаhоdirоvich Оrishеv -
katta o‘qituvchi, Jizzax davlat pedagogika universiteti
Аnnоtаtsiya: O‘qitish jаrаyonidа zаmоnаviy pеdаgоgik tехnоlоgiyalаrni, jumlаdаn, o‘quv 
mаshg‘ulоtini lоyihаlаsh usulini qo‘llаsh tа’lim sifаti vа sаmаrаdоrligini оshirishning muhim оmilidir. 
Mаqоlаdа tа’lim jаrаyonidа lоyihаlаsh tехnоlоgiyasidаn fоydаlаnish bоsqichlаri bаyon etilаdi.
Аннотация: В процессе обучения применение современных педагогических технологий, 
в частности, метода проектирования учебных занятий служит важным фактором повышения 
качества и эффективности образования. В работе рассматриваеця исползование обучения в 
учебном процессе.
Аbstract: While teaching the use of modern teaching technologies,a project-based method is 
an important factor in improving the quality and efficiency of education. The article describes the 
stages of using projecting technology in the educational process.
Kalit so‘zlar: tа’lim jаrаyoni, lоyihа, lоyihаlаsh mоdеli, lоyihаlаsh bоsqichlаri, tа’lim tехnоlоgiyasi. 
Ключевые слова: процесс образования, проект, модел проектирование, этапы 
проектирования, виды проектирования, технология образования. 
Keywords: education process, project model, proect stages, types of projects, educational 
processe.
“O‘zbekiston 
Respublikasi 
oliy 
ta`lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish 
Konsepsiyasi”da 
ta`kidlanganidek, 
Milliy 
dasturning muhim vazifalaridan biri “… o`quv 
jarayonida kompetensiyalarni kuchaytirishga 
qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy 
etish, o‘quv jarayonini amaliy ko‘nikmalarni 
shakllantirishga yo‘naltirish, bu borada o‘quv 
jarayoniga xalqaro ta`lim standartlariga 
asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, 
o‘quv dasturlari va o‘quv–uslubiy materiallarni 
keng joriy etish”dir
1
. Shu boisdan oliy 
tа’limning yangichа tizimi vа mаzmunini 
shаkllаntirish uchun tаlаbаlаrning qоbiliyatlаri 
vа imkоniyatlаrigа muvоfiq rаvishdа tа’limgа 
o‘zigа хоs innоvаtsiоn yondоshuvni jоriy 
etish, tа’lim bеrishning ilg‘оr pеdаgоgik 
tехnоlоgiyalаri, tаkоmillаshgаn o‘quv-uslubiy 
mаjmuаlаrni yarаtish vа o‘quv-tаrbiya jаrаyonini 
didаktik jihаtdаn tа’minlаsh zаrur. 
Bu borada pedagogika oliy ta’lim 
1 “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta`lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi” //Oliy ta’lim meyoriy hujjatlar to`plami. Toshkent .Sharq. 2019
muassalarida bo‘lajak texnologik ta’lim 
o‘qituvchilarini 
tayyorlash 
o‘quv-tarbiyaviy 
jarayoni; ularda kasbiy ko‘nikma va malakalarni 
shakllantirish ham alohida ahamiyat kasb etadi. 
Chunki, talabalarning hayotda faol ishtirok 
etishi, vijdonan xizmat qiladigan kasb–hunar 
sohiblari bo‘lib yetishishlarida texnologiya 
fanining imkoniyatlari katta.
Texnologik ta’lim mazmunini sifat 
jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy 
soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror 
rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, 
mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan 
yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini 
takomillashtirish bugungi kunning asosiy 
talablaridandir.
Mаzkur vаzifаlаrni muvаffаqiyatli hаl 
etilishidа pеdаgоglаrning zаmоnаviy tа’lim 
tехnоlоgiyalаrining mоhiyatidаn хаbаrdоrliklаri, 
ulаrdаn tа’lim jаrаyonidа sаmаrаli fоydаlаnа 
оlishlаri hаmdа dаrslаrni puхtа lоyihаlаshlаri 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
38 
muhim аhаmiyat kаsb etаdi. O‘qituvchi bu jаrаyondа 
o‘quv fаnining o‘zigа хоs tоmоnlаri, o‘qitishning 
tехnik vа didаktik vоsitаlаri, eng аsоsiysi, 
tаlаbаlаrning imkоniyati vа ehtiyojini hаmdа 
hаmkоrlikdаgi fаоliyatini tаshkil etа оlishi kеrаk, 
shundаginа kafolatlаngаn nаtijаgа erishilаdi. 
Qаtоr pеdаgоg оlimlаr, lоyihаlаsh borasida 
turlichа fikrlаr bildirib o‘tishgаn. Jumlаdаn, 
V.P.Bеspаlkоning fikrichа, lоyihаlаsh bоsqichlаri 
pеdаgоgik tizimning tаshkil etuvchilаri (mаqsаd, 
mаzmun, tа’lim оluvchi, o‘qituvchi, tа’limning 
tаshkiliy shаkllаri)gа mоs bo‘lishi lоzim
2
.
Е.А.Kryukоvа 
tаklif 
etgаn 
pеdаgоgik 
fаоliyatni lоyihаlаsh mоdеli kоmpоnеntlаri 
quyidаgilаrdаn ibоrаt ekаnligini tа’kidlаydi: 
1.Mаqsаdgа erishishni tа’minlаydigаn pеdаgоgik 
g‘оyani ishlаb chiqish (оmillаr tizimi hаqidа 
umumiy tаsаvvur). 2.Mаqsаd qo‘yish. 3.Qo‘yilgаn 
mаqsаdgа erishish uchun zаrur bo‘lgаn 
ахbоrоtlаrni to‘plаsh vа ungа erishish vоsitаlаrini 
tаnlаsh. 4.Pеdаgоgik jаrаyonni tuzilmаlаrgа 
аjrаtish. 5.Tа’lim jаrаyoni sub’еktlаrining o‘zаrо 
tа’sirini rivоjlаntirish vаriаntlаrini ishlаb chiqish. 
6.Nаtijаlаrni tаshхis etish. 7.Lоyihаlаsh jаrаyonini 
vа nаtijаlаrini rаsmiylаshtirish
3

V.V.Guzееvning 
fikrichа, 
pеdаgоgik 
lоyihаlаsh bоsqichlаri quyidаgichа: tаyyorgаrlik, 
rеjаlаshtirish, tаdqiq etish, umumlаshtirish vа 
хulоsа chiqаrish, tаqdimоt yoki hisоbоt, o‘qitish 
nаtijаsini bаhоlаsh
4
.
N.А.Krаlyaning tа’kidlаshichа, lоyihаlаsh 
tа’lim tехnоlоgiyasidа quyidаgilаr o‘z ifоdаsini 
tоpishi lоzim: lоyihаning аsоslаri, аhаmiyati vа 
mаzmuni; lоyihа tаmоyillаri, mе’yorlаri hаmdа 
qоidаlаri; lоyihаning mаqsаd vа vаzifаlаri, undаn 
kutilаyotgаn nаtijа: lоyihаdа ishtirоk etuvchilаrning 
vаzifаlаri vа o‘zаrо hаmkоrligi; lоyihаning tаrkibi, 
mаntiqiy tuzilishi, bоsqichlаri; lоyihа tехnоlоgiyasi, 
uslubi, vоsitаlаri; lоyihаni tаshkil etish shаkli; lоyihа 
uchun zаrur bo‘lgаn vоsitа vа rеsurslаr; lоyihаni 
аmаlgа оshirish shаrtlаri; lоyihа sub’еktlаrigа 
tаlаblаr
5

Lоyihаlаshning mаqsаdi shundаn ibоrаtki, 
tа’lim оluvchilаr mustаqil vа yanаdа kеngrоq 
bilimlаrni hаr хil mаnbаlаrdаn egаllаshgа o‘z 
хоhishlаr bilаn intilаdilаr; аmаliy mаsаlаlаrni 
hаl etish uchun egаllаgаn bilimlаrni qo‘llаshni 
o‘rgаnаdilаr; turli guruhlаrdа ishlаb kоmmunikаtiv 
ko‘nikmаlаrni 
egаllаydilаr; 
o‘zlаridа 
ilmiy 
tаdqiqоtchilik 
mаhоrаtlаrini, 
jumlаdаn, 
muаmmоlаrni 
аniqlаsh 
mаhоrаti, 
ахbоrоt 
yig‘ish, kuzаtish, sinоv, tаhlil qilish, fаrаz qilish, 
umumlаshtirish, tizimli fikrlаshni оshirаdilаr. 
Ushbu sоhаdаgi izlаnishlаrimiz nаtijаlаrining 
ko‘rsаtishichа, biz bo‘lаjаk tехnоlоgik tа’lim 
o‘qituvchilаrini tаyyorlаshdа tа’lim jаrаyonidа 
o‘quv mаshg‘ulоtlаrining lоyihаlаshning quyidаgi 
bоsqichlаrdа оlib bоrishni mаqsаdgа muvоfiq 
dеb tоpdik: izlаnish-tаnlаsh, kоnstruktоrlik, tа’limiy 
2 Беспалько В.П. Проектирование учебного предмета решение // Школьные технологии. 2006. - №6 С.76-88
3 Крюкова Е.А. Теоритические основы проектирования и применения личностно – развивающих педагогических средст. Автореферат дисс. док. пед. наук. Волгаград. 2000 С.42
4 Гузеев В.В. «Метод проектов» как частный случай интегральной технологии обучения // Директор школы. 1995 №6. С.39-47
5 Краля Н.А. Метод учебных проектов как средство активизации деятельности учащихся. Учебно-методическое пособие. Омск. 2005. 59 с.
kоnstruktоrlik, tехnоlоgik, didаktik tехnоlоgik, 
lоyihаni jоriy etish vа yakuniy bоsqich. 
Hаr bir bоsqichni аmаlgа оshirishdа 
o‘zigа хоs tаlаblаr qo‘yilаdi. Jumlаdаn, tа’lim 
mаqsаdlаrini to‘g‘ri bеlgilаsh; tа’lim jаrаyonidа 
kutilаyotgаn nаtijаlаrni lоyihаlаsh; tа’lim jаrаyonigа 
оid mа’lumоtlаrni to‘plаsh; mа’lumоtlаr аsоsidа 
ахbоrоtlаr tаyyorlаsh; tа’limning mаqsаd vа 
vаzifаlаrigа ko‘rа ахbоrоtlаrni tizimlаrgа аjrаtish; 
tа’lim tехnоlоgiyasi tаshkil etuvchilаrining o‘zаrо 
bоg‘liqligini tа’minlаsh vа bоshqаlаr. 
Lоyihаlаshning hаr bir bоsqichidа o‘qituvchi 
vа tаlаbаlаr o‘rtаsidа o‘zigа хоs tа’limiy muhit 
hоsil qilinаdi. Bundа o‘qituvchi vа tаlаbаlаrning 
uzluksiz tа’lim оlish jаrаyonini shаkllаntirish 
uchun lоyihаlаsh аsоsidаgi quyidаgi mоdеlni tuzib 
chiqdik (1-shаkl).
1-shakl. 
Loyihalash 
texnologiyasi
bosqichlari va o‘quv jarayoni elementlarining 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


39 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
o‘zaro aloqadorligi modeli
Shаkldаgi: 
O‘-o‘qituvchi, T-tаlаbаlаr;
1.1.-“lоyihа yo‘nаlishini аniqlаsh vа uning 
muаmmоsini tаhlil qilish”;
1.2.-“lоyihа mаvzusini tаnlаsh”;
1.3.-“mа’lumоtlаr to‘plаsh, o‘rgаnish, qаytа 
ishlаsh vа tаhlil qilish”;
1.4.-“lоyihа bo‘yichа ахbоrоtlаr tаyyorlаsh”;
1.5.-“lоyihаlаsh 
bоsqichlаri 
bo‘yichа 
rеjаlаshtirish”;
2.1-“lоyihа muаmmоsining qulаy yеchimini 
izlаsh”;
2.2-“dizаyn 
tаlаblаrini 
hisоbgа 
оlib 
kоnstruktsiya vаriаntlаrini o‘rgаnish”;
2.3-“lоyihа tехnоlоgiyasini ishlаb chiqish”;
2.4-“tаlаbаlаrning intеllеktuаl sаlоhiyatini 
o‘rgаnish”;
2.5-“tаshkiliy 
ishlаr 
vа 
tаyyorlаngаn 
mаhsulоtlаr ekspеrtizаsi”;
2.6-“kоnstruktоrlik vа tехnоlоgik hujjаtlаrni 
tuzish”;
3.1-“lоyihаgа tааlluqli tushunchаlаr”;
3.2-“lоyihа yo‘nаlishidаgi bilimlаr”;
3.3-“lоyihа yo‘nаlishidаgi ko‘nikmаlаr”;
3.4-“lоyihа yo‘nаlishidаgi mаlаkаlаr”;
4.1-“lоyihаni аmаlgа оshirish rеjаsini tuzish”;
4.2-“rеjаlаshtirilgаn 
tехnоlоgik 
оpеrаtsiyalаrni bаjаrish;
4.3-“kеrаkli аsbоb-uskunаlаr,mаtеriаllаr vа 
jihоzlаrni tаnlаsh”;
4.4-“lоyihаlаnаyotgаn jаrаyon tаhlili”;
4.5-“kоnstruktsiya vа tехnоlоgiyagа zаrur 
hоllаrdа o‘zgаrishlаr kiritish”;
5.1-“dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаrdаn 
fоydаlаnish”;
5.2-“kоmpyutеrli 
tа’lim 
dаsturlаridаn 
fоydаlаnish”;
5.3-“tоpshiriq-kаrtоchkаlаrdаn fоydаlаnish”;
5.4-“bоshqа 
didаktik 
mаtеriаllаrdаn 
fоydаlаnish”;
5.5-“intеrnеt mаnbаlаridаn fоydаlаnish”;
5.6-“оmmаviy 
ахbоrоt 
vоsitаlаri 
mа’lumоtlаridаn fоydаlаnish”;
5.7-“didаktik tеstlаrdаn fоydаlаnish”;
5.8-“elеktrоn vоsitаlаrini qo‘llаsh”;
6.1-“lоyihаni shаkllаntirish bo‘yichа оlingаn 
yеchimlаr tаhlili ”;
6.2-“lоyihа tаqdimоti”;
6.3-“Аqliy hujum usuli”;
6.4-“Klаstеr usuli ”;
6.5-“Blits-so‘rоv”;
6.6-“BBB usuli”;
6.7-“bоshqа pеdаgоgik usullаr”;
6.8-“mаvzuni o‘rgаnishgа mоs pеdаgоgik 
usullаrni tаnlаsh”;
6.9-“jоriy etish usullаrini (tехnоlоgiyasini) 
tаnlаsh”;
6.10-“tа’lim sifаtini аniqlаsh (tеst-so‘rоv, 
yozmа ish vа bоshqаlаr.)”;
6.11-“DTSBKM ≤TBKM”;
6.12-“vidео-аudiо tехnikаlаrdаn fоydаlаnish”;
6.13-“kоmpyutеr dаsturlаrini qo‘llаsh”;
6.14-“kichik hаjmli qurilmаlаrdа аmаliy ishlаr 
bаjаrish”;
6.15-“jоriy etishgа tаvsiya”;
7.1-“оlingаn 
nаtijаlаr 
bo‘yichа 
sifаt 
ko‘rsаtkichlаrini аniqlаsh”;
7.2-“lоyihаni bаjаrish jаrаyonini vа nаtijаlаrini 
tаhlil qilish”;
7.3-“lоyihа nаtijаlаrini аmаliyotgа qo‘llаsh 
imkоniyatlаrini o‘rgаnish”;
7.3-“ko‘zlаngаn 
mаqsаdgа 
erishgаnlik 
dаrаjаsini bаhоlаsh”;
7.4-“lоyihаning sаmаrаdоrligi”.
Lоyihаlаsh 
tехnоlоgiyasining 
аmаlgа 
оshirish bоsqichlаrini qisqаchа izоhlаymiz.
I.Izlаnish–tаnlаsh bоsqichi. Bu bоsqichdа 
аsоsаn lоyihа yo‘nаlishi аniqlаnаdi vа uning 
muаmmоsi tаhlil qilinаdi; lоyihа mаvzusi tаnlаnаdi; 
mаvzugа 
tааlluqli 
mа’lumоtlаr 
to‘plаnаdi, 
mа’lumоtlаr o‘rgаnilib, qаytа ishlаnаdi vа tаhlil 
qilinаdi; lоyihаlаsh bоsqichlаri rеjаlаshtirilаdi. 
Lоyihа yo‘nаlishi vа mаvzusini tаnlаshdа 
o‘qitilаyotgаn fаn, tаlаbаlаrning fаngа qiziqishi, 
dunyoqаrаshi vа bilish qоbiliyatlаri e’tibоrgа 
оlinаdi.
Bu bоsqichdа o‘qituvchi fаоliyati: tаlаbаlаrni 
quvvаtlаydi; tаlаbаlаr оldigа muаmmо qo‘yadi vа 
uni muhоkаmа qilishni tаshkillаshtirаdi; lоyihаning 
mаqsаdini tushuntirаdi; intеrnеtdаn fоydаlаnish 
yo‘llаrini vа sаytlаrni tаvsiya etаdi; kuzаtib bоrаdi 
vа tаlаbаlаrgа mаslаhаtlаr bеrib bоrаdi.
Tаlаbаlаr fаоliyati: o‘qituvchi tоmоnidаn 
tаvsiya qilingаn muаmmо bilаn tаnishаdilаr; 
muаmmоgа оid mа’lumоtlаr tаrkibini o‘rgаnаdilаr; 
ахbоrоtni аniqlаydilаr vа tаhlil qilаdilаr; intеrnеtdаn 
fоydаlаngаn hоldа o‘qituvchidаn mаslаhаt оlib 
lоyihаni shаkllаntirish rеjаsini tuzаdilаr; qo‘yilgаn 
mаqsаdgа mоs hаrаkаtlаr rеjаsini bеlgilаydilаr vа 
uni o‘qituvchi nаzоrаtidаn o‘tkаzаdilаr; nаtijаlаrni 
qаyd qilib bоrаdilаr.
II.Kоnstruktоrlik bоsqichi. Bu bоsqichdа 
lоyihаdа 
qo‘yilgаn 
muаmmоning 
qulаy 
yеchimi izlаnаdi; dizаyn tаlаblаrini hisоbgа 
оlib, 
kоnstruktsiya 
vаriаntlаri 
o‘rgаnilаdi; 
lоyihаlаnаyotgаn 
yo‘nаlish 
bo‘yichа 
qo‘lgа 
kiritilgаn yutuq vа kаmchiliklаr tаhlil qilinаdi; lоyihа 
bo‘yichа tаshkil etilаdigаn ishlаr vа tаyyorlаngаn 
mаhsulоtlаr ekspеrtizаdаn o‘tkаzilаdi, lоyihа 
tехnоlоgiyasi ishlаb chiqilаdi; tаlаbаlаrning 
intеllеktuаl sаlоhiyati o‘rgаnilаdi; lоyihаning 
kоnstruktоrlik vа tехnоlоgik hujjаtlаri tuzilаdi.
O‘qituvchi fаоliyati: g‘оyalаrni izlаsh vа 
ishlаb chiqishni tаshkil etаdi, fаоllаshtirаdi 
hаmdа yo‘nаltirаdi; tахminlаrni аytаdi; qаrоr 
qаbul qilishdа yordаm bеrаdi; kuzаtаdi vа 
mаslаhаt bеrаdi; tаvsiya qilаdi.
Tаlаbаlаr 
fаоliyati: 
ахbоrоtlаr 
bilаn ishlаydilаr; g‘оyalаrni bаhоlаydilаr, 
tаhlil qilаdilаr vа sintеzini o‘tkаzаdilаr; 
kоmpyutеrdаn fоydаlаngаn hоldа lоyihа 
dizаynini vа bаjаrilаdigаn ishlаr kеtmа-kеtligini 
rеjаlаshtirаdilаr: grаfik ishlаrni bаjаrаdilаr; 
hujjаtlаrni rаsmiylаshtirаdilаr.
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
40 
III.Tа’limiy kоnstruktоrlik bоsqichi. Bu 
bоsqichdа lоyihа mаvzusigа tааlluqli аsоsiy 
tа’limiy kоmpоnеntlаr tаhlil qilinаdi. Mаvzu 
vа lоyihа yo‘nаlishigа оid аsоsiy tushunchа, 
bilim, ko‘nikmа vа mаlаkаlаr аniqlаnаdi vа 
tаlаbаlаrdа shаkllаntirish usullаri tаnlаnаdi. 
O‘qituvchi fаоliyati: lоyihа mаvzusigа оid 
nаzаriy mа’lumоtlаrni hаvоlа etаdi; lоyihаning 
аmаliy аhаmiyatigа egа mа’lumоtlаri bilаn 
tаnishtirаdi; nаzаriy vа аmаliy mа’lumоtlаr 
аsоsidа hоsil bo‘lаdigаn bilim, ko‘nikmа vа 
mаlаkаlаr bilаn tаnishtirаdi; mаslаhаt bеrаdi.
Tаlаbаlаr fаоliyati: lоyihа mаvzusigа 
оid tushunchаlаr bilаn tаnishаdilаr; lоyihа 
mаvzusigа tааlluqli bilimlаr bilаn tаnishаdilаr; 
lоyihаning shаkllаnishidа ko‘nikmаlаr bilаn 
tаnishаdilаr; 
lоyihаning 
shаkllаnishidаgi 
mаlаkаlаr bilаn tаnishаdilаr. 
IV.Tехnоlоgik bоsqich. Bu bоsqichdа 
lоyihаni аmаlgа оshirish rеjаsi tuzilаdi. 
Lоyihаni аmаlgа оshirish uchun rеjаlаshtirilgаn 
tехnоlоgik оpеrаtsiyalаr bаjаrilаdi; kеrаkli 
аsbоb-uskunаlаr, mаtеriаllаr vа jihоzlаr tаnlаb 
оlinаdi; lоyihаlаnаyotgаn jаrаyonlаr tаhlil 
etilаdi. Dаrs jаrаyonidа yanаdа yaхshirоq 
nаtijаgа erishish uchun kоnstruktsiya vа 
tехnоlоgiyagа o‘zgаrtirishlаr kiritish mumkin. 
O‘qituvchi fаоliyati: mоddiy bаzаni 
tа’minlаngаnligini аniqlаydi; tаlаbаlаr fаоliyatni 
bilvоsitа bоshqаrаdi; tехnоlоgik jаrаyonni 
tаshkil etilishini аniqlаydi vа zаruriy hоlаtlаrdа 
muvоfiqlаshtirаdi; 
mаtеriаllаrni 
qаytа 
ishlаshning yangi usullаri bilаn tаnishtirаdi; 
mаslаhаt bеrаdi;
Tаlаbаlаr fаоliyati: tаyyorgаrlik ko‘rаdilаr 
vа mаhsulоt (buyum, ishlаnmа, ахbоrоt, 
mа’lumоtnоmа) tаyyorlаydilаr; o‘z fаоliyatlаrini 
nаzоrаt qilаdilаr vа kаmchiliklаrni tuzаtib 
turаdilаr; mаhsulоt sifаtini nаzоrаt qilаdilаr; 
mаtеriаllаrni qаytа ishlаshdа аniq usullаrni 
qo‘llаydilаr. 
V.Didаktik tехnоlоgik bоsqich. Bu 
bоsqichdа lоyihаning didаktik vоsitаlаri 
tаnlаnаdi. 
Bundа 
lоyihа 
ishtirоkchilаri 
tаnlаngаn yo‘nаlishgа оid mаtеriаllаr, dаrslik 
vа o‘quv qo‘llаnmаlаri, tа’limiy dаsturlаrdаn 
fоydаlаnаdi. Mаvzu yuzаsidаn tuzilgаn 
didаktik mаtеriаllаr: tоpshiriq–kаrtоchkаlаr, 
tеstlаr, tаrqаtmа mаtеriаllаr tаyyorlаnаdi. 
Tаlаbаlаrning 
tаfаkkuri 
vа 
sаviyasini 
kеngаytirish mаqsаdidа intеrnеt vа оmmаviy 
ахbоrоt vоsitаlаri mа’lumоtlаridаn fоydаlаnish 
mumkin. Tаyyorlаngаn bаrchа didаktik 
mаtеriаllаr elеktrоn vоsitаlаr (zаmоnаviy 
kоmpyutеrlаr, аudiо-vidео tехnikаlаr, tеlеvizоr 
vа hokazo) yordаmidа nаmоyish etilаdi. 
O‘qituvchi fаоliyati: mаslаhаt bеrаdi; 
uslubiy yordаm ko‘rsаtаdi; lоyihаni tаyyorlаshdа 
fоydаlаnilаdigаn didаktik mаtеriаllаrni tаvsiya 
etаdi; to‘plаngаn didаktik mаtеriаllаrni elеktrоn 
vоsitаlаr оrqаli nаmоyish etish usullаrini 
o‘rgаtаdi.
Tаlаbаlаr fаоliyati: lоyihа mаvzusigа 
оid dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr bilаn 
tаnishаdilаr; kоmpyutеrli tа’lim dаsturlаridа o‘z 
imkоniyatlаrini tаkоmillаshtirаdilаr; lоyihаgа 
оid intеrnеt vа оmmаviy ахbоrоt vоsitаlаridаgi 
so‘nggi mа’lumоtlаr bilаn tаnishаdilаr; lоyihаgа 
оid tоpshiriq–kаrtоchkаlаr vа tеstlаr ishlаb 
chiqаdilаr. 
VI.Lоyihаni jоriy etish bоsqichi. Bu 
muhim bоsqich sаnаlаdi. Ushbu bоsqichdа 
хаtоgа yo‘l qo‘yilishi mumkin emаs. Bu o‘quv 
mаshg‘ulоt mаvzusi bo‘yichа tаyyorlаngаn 
mаhsulоt (ахbоrоt, mа’lumоt) ni nаmоyish 
etish bоsqichi sаnаlаdi. Bundа dаstlаb lоyihа 
bo‘yichа оlingаn еchimlаr tаhlil qilinаdi, so‘ngrа 
lоyihа tаqdimоti o‘tkаzilаdi. Tаqdimоtdа 
“Аqliy hujum”, “Klаstеr”, “Blits–so‘rоv”, “BBB” 
(Bilаmаn. Bilishni хохlаymаn. Bilib оldim) 
kаbi usullаrdаn mаvzuni o‘rgаnishgа mоs 
pеdаgоgik usullаrni tаnlаb fоydаlаnishlаri 
mumkin. Mаshg‘ulоt pаytidа vidео-аudiо 
tехnikаlаr, 
tеlеvizоr 
vа 
kоmpyutеrlаr 
qo‘llаnilishi mumkin, kichik хаjmli qurilmаlаr 
yordаmidа аmаliy ishlаr bаjаrilishi mumkin. 
Mаshg‘ulоt nаtijаsi tеst, yozmа ish, оg‘zаki 
so‘rоv o‘tkаzish оrqаli аniqlаnаdi. Mаshg‘ulоt 
nаtijаsigа qаrаb, tаlаbаlаrgа mаvzu yuzаsidаn 
qo‘shimchа mа’lumоtlаr bеrilаdi. Rаqаmli 
tехnоlоgiyalаri 
rеsurslаridаn 
fоydаlаnib, 
kаttа hаjmdаgi mа’lumоtlаr qisqа fursаtdа 
tаlаbаlаrgа еtkаzilаdi. 
Lоyihа tаqdimоtidаn so‘ng tаlаbаlаrning 
bilim, ko‘nikmа vа mаlаkаsi (TBKM) dаvlаt 
tа’lim stаndаrtidа ko‘rsаtilgаn bilim, ko‘nikmа 
vа mаlаkа (DTSBKM) dаrаjаsidа yoki undаn 
yuqоri bo‘lsа (DTSBKM≤TBKM), kеyingi 
mаvzulаrni o‘rgаnishgа o‘tilаdi, аks hоldа 
lоyihа tаqdimоti bоshqа usul vа tехnоlоgiyalаr 
аsоsidа qаytа o‘tkаzilаdi.
O‘qituvchi fаоliyati: mаslаhаt bеrаdi; 
yordаm ko‘rsаtаdi; kuzаtаdi vа tinglаydi; 
nоаniqliklаrgа tuzаtishlаr kiritаdi; аuditоriyani 
bоshqаrаdi.
Tаlаbаlаr 
fаоliyati: 
mаshg‘ulоtdа 
fаоllik bilаn qаtnаshаdilаr; tаyyorlаgаn 
tаqdimоtlаrni nаmоyish qilаdilаr; vidео yoki 
аudiо mаtеriаllаrdаn fоydаlаnаdilаr; turli 
pеdаgоgik tехnоlоgiya usullаrini qo‘llаydilаr; 
o‘z lоyihаlаrini himоyasini tаshkil qilаdilаr vа 
o‘tkаzаdilаr. 
VII. Yakunlоvchi bоsqich. Оlingаn nаtijаlаr 
bo‘yichа sifаt ko‘rsаtkichlаri аniqlаnаdi, ya’ni 
tаlаbаlаrning o‘zlаshtirish dаrаjаlаrini tаhlil 
qilinаdi. Tаlаbаlаrning egаllаngаn bilim, 
ko‘nikmа vа mаlаkаlаri Dаvlаt tа’lim stаndаrti 
bo‘yichа o‘zlаshtirilishi lоzim bo‘lgаn minimаl 
bilim, ko‘nikmа vа mаlаkаlаr bilаn qiyoslаnаdi. 
Lоyihаni аmаlgа оshirish jаrаyoni vа uning 
nаtijаlаri tаhlil qilinаdi; nаtijаgа qаrаb lоyihаni 
аmаliyotgа kеng qo‘llаsh imkоniyatlаrini 
o‘rgаnilаdi. Lоyihаdаn ko‘zlаngаn mаqsаdgа 
erishgаnlik dаrаjаsini bаhоlаnаdi vа uning 
sаmаrаdоrligi tаhlil qilinаdi .
O‘qituvchi fаоliyati: mаslаhаt bеrаdi; 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


41 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
yordаm ko‘rsаtаdi; lоyihаning muhоkаmаsi 
hаmdа himоyasini tаshkil qilаdi; tinglаydi; 
lоyihа nаtijаlаrini tаhlil qilish vа bаhоlаshdа 
ishtirоk etаdi; tаlаbаlаrning lоyihа ustidаgi 
ishlаrini аsоslаb bаhоlаydi.
Tаlаbаlаr fаоliyati: lоyihаlаsh nаtijаlаrini 
o‘zlаri tаhlil qilаdilаr vа bаhоlаydilаr; 
himоya hujjаtlаrni tаyyorlаydilаr; lоyihаni 
himоya qilаdilаr; lоyihа nаtijаlаrini jаmоаviy 
muhоkаmаsidа ishtirоk etаdilаr.
Хulоsаlаr. Tа’lim jаrаyoni yakuniy 
bоsqichidаgi 
nаtijаlаr 
umumlаshtirilаdi 
vа lоyihаlаsh bo‘yichа quyidаgi хulоsаlаr 
chiqаrilаdi:
-mаshg‘ulоtlаrdа ko‘zdа tutilgаn bilim, 
ko‘nikmа, mаlаkаlаrning o‘zlаshtirib оlishigа 
erishilаdi;
-tаlаbаlаr o‘qitilibginа qоlmаy, ulаrni 
mustаqil tа’lim оlishigа shаrоit yarаtilаdi;
-tаlаbаlаrgа bilimlаr tаyyor hоldа 
bеrilаvеrmаydi, 
ulаrni 
bilimlаrni 
аniq 
mаnbаlаrdаn mustаqil оlа bilishgа o‘rgаtilаdi;
-mа’lumоtlаrni yig‘ish, tаhlil qilish, qаytа 
ishlаsh, tizimlаshtirish, vа umumlаshtirish 
аsоsidа 
tа’lim–tаrbiya 
jаrаyoni 
uchun 
ахbоrоtlаr tаyyorlаnаdi vа mаzkur jаrаyondа 
tаlаbаlаrni fаоl izlаnishgа yo‘nаltirаdi;
-ishtirоkchilаrning 
o‘zаrо 
оngli 
hаmkоrligi (tа’limiy, tаrbiyaviy, tаdqiqоtchilik, 
kоmmunikаtiv, 
ijоdiy, 
o‘yin 
fаоliyatlаri 
vа 
hokazo) 
ахbоrоt 
kоmmunikаtsiоn 
tехnоlоgiyalаri yordаmidа mulоqаtli jаrаyon 
sifаtidа qаrаlаdi (ulаrning eng sаmаrаli 
yo‘nаlishlаri оnlаyn kоnfеrеntsiyalаr hаmdа 
mаsоfаviy tа’limdir). 
Tаvsiyalаr. Tаvsiyalаr bеvоsitа lоyihаlаsh 
nаtijаlаri vа ulаrning jаrаyon yo‘nаlishigа 
hаmdа muаmmоning qo‘yilishigа mоsligi 
аsоsidа tаyyorlаnаdi, bundаy innоvаtsiоn 
tехnоlоgiyadаn 
аmаliyotdа 
fоydаlаnish 
ko‘rsаtmаlаri bеrilаdi: 
-tа’lim 
muаssаsаlаridа 
o‘quv 
jаrаyonlаridа lоyihаli tа’limdаn yanаdа kеngrоq 
fоydаlаnishni yo‘lgа qo‘yish kеrаk;
-tаlаbаlаrning mustаqil fаоliyatlаrini 
tаshkil etishdа lоyihаlаshdаn yеtаkchi mеtоd 
sifаtidа fоydаlаnishgа tаvsiya etilаdi; 
-tа’lim 
jаrаyonidа 
lоyihаlаsh 
tехnоlоgiyasini 
tаdbiq 
etishdа 
kаdrlаr 
tаyyorlаshgа yo‘nаltirilgаn umumiy jаrаyon 
mаzmunining sifаt jihаtdаn o‘zgаrishini dоim 
nаzоrаt qilib bоrish zаrur;
-o‘qituvchi (mаlаkаli mutахаssis) vа 
tаlаbа (bаrkаmоl shахs)lаrning ijtimоiy ishlаb 
chiqаrish jаrаyonidаgi fаоliyatlаri hаmdа 
ulаrning sаmаrаsi ijtimоiy tаrаqqiyotning 
tеzlаshuvigа оlib kеlishini dоim yoddа tutish 
shаrt.
Dеmаk, lоyihаlаsh o‘qituvchi tоmоnidаn 
tаlаbаlаrning muаmmоni izlаsh, uni hаl etish 
bo‘yichа fаоliyatini rеjаlаshtirish vа tаshkil 
etishdаn tо intеllеktuаl yoki оddiy mаhsulоtni 
оmmаviy bаhоlаsh uchun uni hаl etish usulini 
tаqdim etishgаchа mustаqil hаrаkаt qilishini 
tа’minlоvchi mахsus tаshkil etilgаn mаqsаdli 
o‘quv fаоliyatidir.
Хulоsа 
shuki, 
lоyihа 
аsоsidаgi 
mаshg‘ulоtlаr fаn(mаvzu)lаrning mаzmunini 
tа’lim jаrаyonidа to‘lа o‘zlаshtirib оlishini 
kаfоlаtlаydi; o‘quv mаshg‘ulоtini lоyihаlаsh 
tехnоlоgiyasi аsоsidа tаshkil etish vа 
аmаlgа 
оshirish 
bo‘lаjаk 
tехnоlоgik 
tа’lim o‘qituvchilаrining kаsbiy ko‘nikmа 
vа 
mаlаkаlаrni 
shаkllаntirish 
hаmdа 
rivоjlаntirishgа хizmаt qilаdi. 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
42 
TANQIDIY-TAHLILIY FIKRLASH 
QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA 
XORIJIY TAJRIBALAR TADQIQI
Toshpo‘lat Boshbek o‘g‘li Nazarov -
o‘qituvchi, Jizzax davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya: Mazkur maqolada tanqidiy-tahliliy fikrlashning ahamiyati hamda uni rivojlantirish 
borasidagi xalqaro ekspert va mutaxassislar fikrlari, tadqiqotlari haqida qator ma’lumotlar berilgan. 
Shuningdek, tanqidiy-tahliliy fikrlashning qaysi sohalarda o‘z o‘rniga ega ekanligi turli tadqiqotlar bilan 
asoslanganligi haqida so‘z boradi.
Аннотация: В этой статъе представлена информация о важности критического мышления, 
а также мнения и исследования международных экспертов и ученых о его развитии. В нем 
также обсуждаются области, в которых критически-аналитическое мышление имеет свое 
место, на основе различных исследований.
Abstract: This article provides information on the importance of critical thinking and the views 
and research of international experts and scholars on its development. It also discusses the areas in 
which critical thinking is based on various studies.
Kalit so‘zlar: tanqidiy fikrlash, kognitiv usullar yoki strategiyalardan foydalanish, matnlarni tahlil 
qilish, refleksiya, meta-bilish, metakognitiv faoliyat, metakognitiv bilim, deklarativ bilim, protsessual 
bilim, shartli bilim.
Ключевые слова: критическое мышление, исползование когнитивных методов или 
стратегий, анализ текста, рефлексия, метазнание, познавателная деятелност, метакогнитивное 
знание, декларативное знание, процедурное знание, условное знание.
Keywords: critical thinking, use of cognitive methods or strategies, text analysis, reflection, meta-
knowledge, metacognitive activity, metacognitive knowledge, declarative knowledge, procedural 
knowledge, conditional knowledge.
Tanqidiy fikrlash bu – XXI asr talablarini 
muvaffaqiyatli 
ro‘yobga 
chiqarishimizga 
imkoniyat yaratuvchi, o‘rganayotgan va 
bajarayotgan ishimizni yanada chuqurroq 
anglashimizga 
yordam 
beruvchi 
ijobiy 
ko‘nikmadir. Tanqidiy fikrlashga o‘rgatish 
yuqori kasbiy madaniyatli, ijodiy va ijtimoiy 
faol, hayotda o‘z o‘rnini topa oladigan malakali 
kadrlarni shakllantirish vazifasini hal qilishga 
ham mos keladi. Xo‘sh, shunday bo‘lsa 
tanqidiy fikrlashning o‘zi nima? Adabiyotlarda 
bu tushunchaga berilgan turli xil ta’riflarni 
uchratish mumkin.
“Tanqidiy 
fikrlash” 
atamasidan 
pedagogik muhitda anchadan beri foydalanib 
kelinadi va turli pedagoglar buni xilma-xil 
tarzda tushunadilar. Ko‘pchilik o‘qituvchilar 
va metodistlar uchun tanqidiy fikrlash “yuqori 
tartibdagi” fikrlashni bildiradi. Yuqori degani 
shu ma’nodaki, u Benjamin Blum tizimiga 
ko‘ra o‘rganish qobiliyatlarining so‘nggi oliy 
pog‘onasida turadi. Faylasuflar tanqidiy 
fikrlash deganda, odatda mantiqiy fikrlash 
va isbotlash ko‘nikmalarini tushunadilar, 
uning yordamida talabalar diqqat bilan o‘qish, 
chuqur munozaralar yuritish va yozuvda o‘z 
fikrlarini aniq va o‘ylab ifoda etish imkonini 
oladilar. 
Adabiyot 
nazariyotchilari 
va 
tarixchilar uchun matnning tarkibiy qismlarini 
ajratishga va matnning kitobxonga ta’sir qilish 
usullarini tanqidiy qayta mushohada qilishga 
hamda muallif asarni yaratishda amal qilgan 
sabablarni aniqlashda yordam beradigan 
matnga yondashish “tanqidiy” deb hisoblanadi. 
Dayana Xalpern “Tanqidiy fikrlash 
psixologiyasi” («Психология критического 
мышления») 
kitobida 
“psixologiya 
va 
tegishli fanlar mutaxassislari tanqidiy fikrlash 
atamasining bir nechta ta’riflarini taklif 
qilishgan bo‘lsa-da, bu ta’riflarning barchasi 
ma’no jihatidan juda yaqin. Bu g‘oyaning 
mohiyatini anglatuvchi eng oddiylaridan biri: 
tanqidiy fikrlash - bu istalgan yakuniy natijaga 
erishish ehtimolini oshiradigan kognitiv usullar 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


43 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
yoki strategiyalardan foydalanish”, – deb 
yozadi
1
.
“Tanqidiy fikrlash” atamasi mashhur 
psixologlar Jan Piaje va L.S.Vigotskiyning 
asarlaridan ma’lum bo‘lsa-da, hali ham, asosan, 
tanqidiy fikrlash haqida kundalik g‘oyalar 
tufayli u salbiy narsa, hamma narsani inkor 
etish, rad etish, qarama-qarshilik qilish istagi 
kabi fikr mavjud. Shu bilan birga, Klarin Mixail 
Vladimirovich asarlarida AQSHda 80-yillardan, 
Yevropa mamlakatlarida esa o'tgan asrning 
90-yillaridan boshlab tanqidiy fikrlashni 
rivojlantirish taʼlimning asosiy maqsadlaridan 
biriga aylanganligi qayd etilgan. Tanqidiy 
fikrlash faktlar, qonunlar, tarixiy sanalar va 
voqealarni bilishning ahamiyati, shubhasizdir, 
lekin ma’lumotlar bilan mazmunli ishlash 
qobiliyati, undagi asosiy g‘oyalarni ajratib 
ko‘rsatish, ular orasidagi bog‘liqlikni ko‘rish, 
kerakli narsani tanlash va rad etish, noto‘g‘ri 
ma’lumot, uni tahlil qilish va baholash 
qobiliyatidir. Faqat shunday yondashuvgina 
talabalarni 
tez 
o‘zgaruvchan 
dunyoda 
kelajakdagi amaliy faoliyatiga tayyorlashi 
mumkin
2
.
Tanqidiy fikrlash, savolning qo‘yilishi 
va hal qilinishi zarur bo‘lgan muammoni 
aniqlashdan 
boshlanadi. 
Insoniyat 
o‘z 
tabiatiga ko‘ra qiziquvchandir. Biz biron-
bir yangilikni sezar ekanmiz, albatta, uning 
mohiyatini bilishni xohlaymiz. Qandaydir 
tarixiy obidani ko‘rar ekanmiz, bizda uning 
ichkarisiga kirish istagi paydo bo‘ladi. “Barcha 
hayvonot olamida, – deb yozadi kimyogar va 
faylasuf Mikael Poloniy, – uning eng sodda 
shakli bo‘lgan chuvalchangdan, ehtimol hatto 
amyobadan boshlab biz adabiy ehtiyotkorlik 
harakatini, ehtiyojni bevosita qondirishga 
bog‘liq bo‘lmagan izlanuvchanlik faoliyatini: 
har qanday jonli mavjudotni o‘z atrofini aql-
zakovat bilan nazorat qilishga intilishini 
kuzatamiz”
3
.
Amerikalik 
faylasuf 
va 
pedagog 
J.Dyuining aytishicha, agar talabalar muayyan 
muammo bilan shug‘ullana boshlasalargina, 
ularda tanqidiy fikrlash paydo bo‘ladi. “O‘quv 
jarayonining boshlang‘ich nuqtasi hisoblangan, 
biror vaziyat yoki hodisaga tegishli bo‘lgan eng 
muhim savol bu hodisa qanday muammoni 
vujudga keltirishini anglatadigan savoldir. 
Faqatgina muayyan muammo bilan kurashib, 
murakkab vaziyatdan chiqish uchun o‘zining 
shaxsiy 
yo‘lini 
izlagandagina, 
o‘quvchi 
1 Даяна Халперн, Нафтульев А. И. – «Психология критического мышления». М.: 2000.
2 Грудзинская Е.Ю. Нетрадиционный подход к проведению семинаров в курсе «Концепции современного естествознания» (Тезисы доклада) // Региональная научно-
методическая конференция «Учебный предмет «Естествознание в школе и вузе» 25–29 марта 2000г. Н.Новгород, ННГУ, 2000. С.51–52
3 O‘g‘iloy Abdullayeva – “PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA”. T.: - 2015. B.-77.
4 R.U.Kuchqarov, G.A.Nosirxodjayeva – “SHAXSIY RIVOJLANISH”. Darslik. T.: - 2019. B.-196.
5 O‘g‘iloy Abdullayeva – “PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA”. T.: - 2015. B.-79.
haqiqatan ham fikrlaydi”.
Bundan xulosa qilish mumkinki, o‘qituvchi 
darsga tayyorgarlik ko‘rar ekan, talabalar 
to‘qnashishi mumkin bo‘lgan muammolar 
doirasini aniqlashi, so‘ngra esa, talabalarni 
bu muammolarni o‘zlari mustaqil ravishda 
shakllantirishlariga tayyorlashi zarur. Tanqidiy 
fikrlash tufayli o‘qish eski “oliy maktab” 
ishidan aniq maqsadga yo‘nalgan, mazmunli 
faoliyatga aylanadi hamda bu faoliyat 
davomida talabalar haqiqiy aqliy ish bajarib, 
haqiqiy hayotiy muammolarni hal qiladilar. 
Ular dalillar to‘plab, matnlarni tahlil qilib, teng 
kuchli nuqtayi nazarlarni taqqoslab hamda 
jamoa imkoniyatlaridan foydalanib, o‘zlarini 
qiziqtirgan savollarga javob izlaydilar va uni 
topadilar
4
.
Tanqidiy fikrlash – ijtimoiy bo‘lib 
ham hisoblanadi (har bir inson ijtimoiy 
organizmdir). Har qanday fikr, agar u boshqalar 
bilan o‘rtoqlashilgandagina, o‘tkirlashadi yoki 
faylasuf Xanna Arendt yozganidek: “kimningdir 
huzurimda bo‘lishi, meni barkamollikka 
erishtiradi”. Bahslashuvda, o‘qiganimizda, 
muhokamada ishtirok etganimizda, e’tiroz 
bildirganimizda, 
boshqalar 
bilan 
fikr 
almashganimizda biz o‘z nuqtayi nazarimizni 
aniqlashtiramiz va uni chuqurlashtiramiz. 
Shuning uchun ham tanqidiy fikrlash 
yo‘nalishida ishlayotgan pedagoglar o‘z 
mashg‘ulotlarida juftlikda yoki guruhlarda 
ishlashning turli shakllaridan foydalanishga, 
bunda debat va munozaralardan samarali 
foydalanishga hamda talabalar yozma ishlarini 
namoyish qilishning turli ko‘rinishlaridan 
foydalanishga intiladilar. Umuman olganda, 
har qanday tanqidiy fikrlovchi inson biron-
bir jamoa bilan ishlaydi va faqat o‘z shaxsini 
konstruksiyalashga nisbatan anchagina keng 
ma’nodagi vazifalarni hal qiladi
5
.
Talabalar yangi axborotni ongli, puxta 
tushunishlari va yangi axborotga tanqidiy 
yondashishlari uchun ta’lim jarayonida faol 
qatnashishlari kerak. Talaba belgilangan 
maqsad asosida o‘ylab, fikrlarini o‘z so‘zlari 
bilan ifodalash orqali faollashadi. Bilimlarni 
namoyish qilish (o‘ziga va sherigiga) og‘zaki 
yoki yozma nutq yordamida, faol fikrlash orqali 
sodir bo‘ladi. Shunday qilib, ilgari olingan 
bilimlar anglash darajasiga olib chiqiladi. Endi 
ular yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun negiz 
bo‘lishi mumkin. Subyektning ichki jarayonlari 
va holatlarini o‘zi tomonidan bilib borishi esa 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
44 
refleksiya (ba’zan meta-bilish) deb ataladi. 
Refleksiya (lotincha “reflexio” – orqaga 
qaytish) falsafiy tushuncha bo‘lib, u individ 
ongida 
sodir 
bo‘layotgan 
o‘zgarishlar 
haqida 
o‘zining 
mulohaza 
yuritishini 
anglatadi. Refleksiya – bu subyektning 
faqatgina o‘zini-o‘zi tushunishi bo‘libgina 
qolmay, balki u “refleksiyalanuvchi” ni, 
uning shaxsiy xususiyatlari, ta’sirga javob 
berishining ifodalanganligi va bilishga oid 
tasavvurlarning 
oydinlashtirilishi 
hamda 
boshqalar tomonidan tushunilishini ham 
anglatadi. Ushbu fazaning eng muhim vazifasi 
esa, yangi o‘quv materialining tushunilishiga 
erishishdan 
iboratdir. 
Faol 
talabalar 
xabarni eshitib, odatda savol beradilar yoki 
tushunmaganlarini keyinchalik aniqlash uchun 
yozib qo‘yadilar. Sust o‘quvchilar esa bunday 
qilmaydilar, ular vujudga kelgan chalkashliklar, 
anglashilmovchiliklar haqida yoki nimanidir 
tushunmay qolganlari haqida o‘ylab ham 
ko‘rmaydilar.
Metakognitiv 
(refleksiv) 
faoliyat 
atamasi ko‘pincha bu sohada olib borgan 
keng ko‘lamli tadqiqotlari uchun Jon Flavell 
bilan bog‘liq. Ushbu amerikalik rivojlanish 
psixologi bu konsepsiyani 1979-yilda birinchi 
marta ishlatgan. Flavell metakognitatsiya 
(meta-bilish) idrokni bilish va boshqarishni 
anglatishini tushuntirdi.
Umuman olganda, metakognitatsiya 
odamlarning o‘zlarining bilim tajribalarini 
aks ettirish va tartibga solish qobiliyatiga 
ishora qiladi. Ushbu jarayon bizning idrok 
funktsiyalarimizga 
tegishli, 
ular 
bilim 
jarayonlarini nazorat qilish va tartibga solish 
bilan bog‘liq. Ya’ni, e’tiborni, ishlaydigan 
xotirani modulyatsiya qilish, rejalashtirish, 
xatti-harakatlarni tormozlash, hissiyotlarni 
boshqarish va hokazo
6
.
Metakognitiv bilim – bu insonning hayoti 
davomida egallagan bilimlari, shuningdek, 
egallangan 
bilimlarning 
o‘zlashtirilish 
qonuniyatlari, egallangan bilimlarning turli 
jarayonlarga nisbatan to‘g‘ri yo‘naltirilishi 
hamda bilimlarni qachon, qayerda va qay 
tartibda qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlar 
majmui hisoblanadi.
Metakognitiv bilim tarkibi 3 toifadagi 
bilimlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Bular 
deklarativ bilim, protsessual bilim va shartli 
bilim.
Deklarativ bilim – axborotni qanday 
6 Livingston, Jennifer A. “Metakognisiya: umumiy ko‘rinish”. 2003. 3-B. https://files.eric.ed.gov/fulltext/ED474273.pdf
7 https://eric.ed.gov/
ishlashimiz nuqtayi nazaridan biz o‘zimiz va 
boshqalar haqida bilamiz. Bunga talaba yoki 
fikrlovchi sifatida o‘zimiz haqimizda olgan 
bilimlarimiz hamda faoliyatimizga ta’sir 
etuvchi omillar kiradi. Shuningdek, deklarativ 
bilim biz egallagan bilimlar hamda ularning 
o‘zlashtirilish qonuniyatlarini o‘z ichiga oladi. 
Bu shuni anglatadiki, biz biror axborotni 
o‘rganish jarayonimizga tanqidiy yondashgan 
holda tahlil qilsak, mazkur axborotlar qanday 
qonuniyatlar asosida qabul qilinayotganligini 
bilib olishimiz mumkin bo‘ladi.
Protsessual bilim – bu shunday bilimki, 
o‘zlashtirilgan deklarativ bilimlarni turli 
xil vaziyatlarga mos tarzda qo‘llay olishni 
rejalashtirishga oid bilimlardir. Ya’ni, bu bizning 
turli xil vazifalarni bajarish strategiyamiz va 
protseduralarimiz haqidagi bilimlarimizdir.
Shartli bilim – bu deklarativ va 
protsessual bilimlardan qachon va nima 
uchun foydalanilishini bilishdir. Mazkur 
toifadagi bilimlar har bir soha vakillari uchun 
katta ehtiyojga aylangan. Ushbu fikrimizning 
isboti sifatida shuni ta’kidlashimiz mumkinki, 
soha va sohaga doir bilimlarni qachon va 
qay tartibda qo‘llashga doir bilimlarning 
yetishmasligi sabab ko‘plab sohalarda natijaviy 
ko‘rsatgichlar past darajada
7
.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, 
tanqidiy fikrlash alohida mahorat emas, balki 
bolaning rivojlanishi va ta’lim olish jarayonida 
asta-sekin shakllanadigan ko‘plab ko‘nikma 
va qobiliyatlar majmuasidir. Agar darslarda 
talabalar passiv tinglovchilar bo‘lmasalar va 
aksincha ular o‘rganganlarini o‘zlarining amaliy 
tajribalari bilan bog‘lab, doimiy faol ravishda 
ma’lumot qidirsalar, tezroq shakllanadi. 
Bundan tashqari, talabalar ma’lumotlarning 
ishonchliligi yoki ishonchsizligiga shubha 
qilishni, dalillar mantiqini tekshirishni, xulosa 
chiqarishni, nazariy bilimlardan foydalanish 
uchun yangi misollar tuzishni, qarorlar qabul 
qilishni, sabab va oqibatlarini o‘rganish kabi 
turli hodisalarni o‘rganishlari kerak (bunda 
o‘qituvchilar ham yordam berishi kerak).
Umuman olganda xulosa sifatida 
shuni ta’kidlash mumkinki, ta’lim jarayoniga 
tanqidiy fikrlashni tizimli ravishda kiritish, 
alohida fikrlash va kognitiv faoliyat uslubini 
shakllantirish ta’limning to‘liq o‘zlashtirilishini 
ta’minlaydi hamda shu orqali ta’lim sifatini 
oshirish, raqobatbardosh kadr tayyorlash 
imkonini beradi.
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA
VA INNOVATSION TA’LIM


45 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
AMALIY FANLAR
OLIY TA’LIM MUASSASALARI 
TALABALARINING JISMONIY MADANIYATINI 
RIVOJLANTIRISH MASALALARI
Furqat Qo‘ldashevich Axmedov -
p.f.n., professor, Jizzax davlat pedagogika universiteti
Nodirjon Salaydinovich Kulboyev -
v/b dotsent, Jizzax davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada oliy talim muassalari talabalari jismoniy madaniyatining 
yo‘nalishlari belgilab berilgan. Shuningdek, talabalar jismoniy madaniyatidagi mavjud muammolarni 
aniqlashga qaratilgan ilmiy nazariy malumotlardan iborat.
Аннотация: В данной статъе определены направления физической културы студентов 
высших образователных учрежденний, а также освешен научние взгляды к определению 
существуюших проблем в этот сфере. 
Abstract: This article covers the areas of physical culture of higher education students, as well as 
provides detailed information aimed at identifying current problems in the student's physical culture.
Kalitli so‘zlar: talabalar, jismoniy madaniyat, sport inshootlari, jismoniy madaniyat yo‘nalishlari, 
kundalik turmush tarzi, jismoniy madaniyat darajasi, sport natijalari.
Ключевые слова: физическая култура, спортивные сооружения, повседневный образ 
жизни, уровен физической културы, спортивные резултаты. 
Keywords: physical culture, sports facilities, everyday life, level of physical education, sports 
results.
Mamlakatimizda 
aholi 
turmush 
farovonligini oshirish davlat siyosatining 
bosh masalasi hisoblanadi. O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoyev 
rahbarligida olib borilayotgan islohatlarning 
mazmun-mohiyati ham asosan mamlakat 
aholisining turmush farovonligini oshirishga 
qaratilgan.
Aholi 
salomatligini 
saqlash 
va 
mustahkamlash bugungi kunning eng asosiy 
masalalaridan biri bo‘lib, bunda jismoniy 
tarbiya va sportga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Bularni inobatga olgan holda, aholining 
sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ayniqsa, 
yosh avlodning jismoniy tarbiya va sport 
bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon 
talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport 
musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, 
kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni 
mustahkamlash, 
mardlik, 
vatanparvarlik, 
ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol 
toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan 
iqtidorli sportchilarni saralab olishni tizimli 
tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va 
ommaviy sportni yanada rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga 
oshirilmoqda.
Keyingi yillarda O‘zbekiston sportchilari 
xalqaro sport maydonlarida juda katta 
muvaffaqiyatlarga 
erishmoqda. 
Bunga 
misol faqatgina joriy yilning keyingi oylarida 
(2022-yil 30-oktabr – 12-noyabr kunlari) 
Iordaniya poytaxti Ammon shahrida boks 
bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo 
chempionatida O‘zbekiston ayollar terma 
jamoasi bitta oltin, beshta kumush va ikkita 
bronza medallariga sazovar bo‘lgan bo‘lsa, 
O‘zbekiston yerkaklar terma jamoasi beshta 
oltin, ikkita kumush va uchta bronza medallari 
bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni 
egalladi. O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma 
jamoalari umumiy hisobda oltita oltin, uchta 
kumush, to‘rtta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. 
Shuningdek, 2022-yil 28-iyul – 10-avgust kunlari 
Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 
44-Butunjahon 
shaxmat 
olimpiadasida 
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 1-o‘rinni 
qo‘lga kiritdi. Shunday nufuzli musobaqalarda 
JDPU talabalarining muvaffaqiyatli ishtirok 
etishini alohida qayd etish mumkin. Jumladan, 
jismoniy madaniyat fakulteti talabalari Nigina 
Uktamova va Jahongir Zokirov 2021-y 16-
26 - martda Polshada boks buyicha yoshlar 
o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida 
oltin medallarni qo‘lga kiritdilar. 2022-yilning 
14-26-noyabrida boks buyicha yoshlar urtasida 
Ispaniyada utgan jahon chempionatida 
fakultet 1-kurs talabalari Saboxat Husanova 


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
46 
bronza, Aziza Zokirova kumush medallarini 
qo‘lga kiritdilar. Sportdagi bunday yuqori 
natijalarga erishishda sportchi uchun har 
tomonlama shart-sharoitlarni yaratilganligi 
muhim ahamiyatga ega.
Aholi va yoshlarning eng faol a’zolari 
hisoblangan 
oliy 
ta’lim 
muassasalari 
talabalarining kasbiy tayyorgarligini oshirish 
bilan birga ularning turmush tarziga jismoniy 
madaniyat va sportning singdirilishi dolzarb 
masala hisoblanadi, chunki oliy ta’lim 
muassasasi talabalari kelajakda jamiyatning 
ziyoli qatlami, boshqaruvchi va yetaklovchi 
kuchi hisoblanadi. Bu borada pedagogika oliy 
ta’lim muassasalari talabalarining o‘rni alohida 
ahamiyatga ega hisoblanadi. 
Bugungi kunda bo‘lajak o‘qituvchilarga 
qo‘yilgan talablarni inobatga oladigan bo‘lsak, 
ta’lim-tarbiya olish orqali mutaxassis bo‘lib 
yetishishi o‘ta muhim hisoblanadi. Zero, 
o‘qituvchi kelajak avlodga talim-tarbiya 
berishda har tomonlama ilg‘or va na’muna 
bo‘lishi tegishli meyoriy hujjatlarda ham 
belgilab qo‘yilgan. Shu nuqtai nazardan 
pedagogika ta’lim yo‘nalishidagi talabalarda 
sog‘lom turmush tarzinining shakllanganligi, 
ularda jismoniy madaniyatning takomillashgan 
bo‘lishi o‘ta zaruriy ko‘rsatkich hisoblanadi. 
Shuning 
uchun 
ham 
talabalarning 
jismoniy madaniyati va uni rivojlantirish, 
takomillashtirishni ilmiy tadqiq etish dolzarb 
masaladir. Respublikamiz va MDH olimlari 
tomonidan talabalarning sog‘lom turmush 
tarzi, ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, 
shuningdek, jismoniy madaniyatiga oid bir 
qancha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan.
Yurtimiz olimlaridan: T.S.Usmonxo‘jayev, 
R.Abdumalikov, 
I.Kushbaxtiyev, 
A.Atoyev, 
O.Musurmonova, 
O.Jamoliddinova, 
F.Ahmedov, R.Salomov, H.T.Rafiyev. F. Xo‘jayev, 
K. Maxkamdjonov, Sh. Mardonovlarning ishlari, 
shu bilan birga Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi 
davlatlari olimlaridan: M.Y.Vilinskiy, O.Y.Milova, 
Y.Y.Andriyanova, Y.D.Jeleznyaklarning ishlari 
alohida ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi olimlar tomonidan olib 
borilgan tadqiqot ishlari o‘rganilib, ilmiy-nazariy 
tahlil etilganda, talabalar jismoniy madaniyatini 
rivojlantirishning pedagogik texnologiyalarini 
yanada takomillashtirish maqsadida ilmiy 
tadqiqot ishlarini olib borishni maqsad qildik. 
Buning uchun: 
Ilmiy tadqiqotning obyekti: 
-pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan 
oliy ta’lim muassasalari talabalarining jismoniy 
madaniyatini 
rivojlantirishga 
qaratilgan 
pedagogik 
texnologiyalarning 
amaldagi 
holatini tahlil etish; 
Ilmiy tadqiqotning predmeti: pedagogika 
yo‘nalishidagi 
talabalarning 
jismoniy 
madaniyatini 
rivojlantirish 
(pedagogik 
texnologiyalari) asoslari; 
Ilmiy tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim 
muassasalari talabalari jismoniy madaniyatini 
rivojlantirishning pedagogik texnologiyalarini 
takomillashtirishning ilmiy, nazariy va amaliy 
asoslarini ishlab chiqish, metodik qo‘llanmalar 
yaratish hamda amaliyotga joriy etish belgilab 
olindi.
Ilmiy tadqiqotning vazifalari haqida 
to‘xtaladigan bo‘lsak, ular 
quyidagilarni tashkil etadi:
talabalar 
jismoniy 
madaniyatining 
amaldagi holatini ilmiy jihatdan aniqlash; 
talabalar jismoniy madaniyatiga oid 
mavjud ilmiy -uslubiy adabiyotlarni tahlil etish 
va xulosalar qilish;
talabalar jismoniy madaniyatini tashkil 
etuvchi faktorlarni (ko‘rsatgichlarni) aniqlab 
olish:
talabalar 
jismoniy 
madaniyatini 
rivojlantirishga oid ilmiy-uslubiy tavsiyalar 
ishlab chiqish;
talabalar 
jismoniy 
madaniyatini 
rivojlantirishning pedagogik texnologiyalarini 
ishlab chiqish va tajriba-sinovdan o‘tkazish 
olingan natijalarini amaliyotga joriy etishdan 
iborat bo‘ldi.
Oliy ta’lim muassasalari talabalari 
sog‘lom turmush tarzining asosiy tarkibiy 
qismlaridan biri bu jismoniy madaniyat 
hisoblanadi. Haqiqatdan ham, jismoniy 
madaniyatsiz 
sog‘lom 
turmush 
tarzini 
kechirish 
mumkin 
emas. 
Avvalambor, 
jismoniy madaniyat tushunchasining o‘ziga 
aniqlik kiritib olish zaruriyatidan kelib chiqib, 
bu tushunchaga mutaxassislarning bergan 
ta’riflari o‘rganildi. Jismoniy madaniyat 
tushunchasi mutaxassislar tomonidan turlicha 
ta’riflangan. Jumladan, professor L.P.Matveev 
tomonidan 
quyidagicha 
ta’rif 
berilgan; 
“jismoniy madaniyat jamiyat a’zolarining 
jismoniy kamolotga erishishini maqsadga 
muvofiq ravishda amalga oshirish uchun 
maxsus vositalar, metodlar va sharoitlarni 
yaratish hamda ulardan ratsional foydalanish 
bo‘yicha erishilgan yutuqlarning majmuasidir. 
Jismoniy madaniyat umumiy madaniyatning 
tarkibiy bir qismi bo‘lib, uning yuksalishi jamiyat 
rivojlanishining asosidir”. Berilgan ta’riflarga 
asosan talabalar jismoniy madaniyatining 
ko‘rsatkichlari aniqlandi va ular quyidagicha 
tasniflandi: 
oliy 
ta’lim 
muassasasidagi 
sport 
AMALIY FANLAR


47 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
inshootlarining mavjudligi va ularning holati;
oliy ta’lim muassasasining jismoniy 
tarbiya va sport yo‘nalishidagi o‘quv -tarbiyaviy, 
me’yoriy hujjatlarning mavjudligi va ularning 
mazmuni (o‘quv reja, fan dasturi, ishchi dastur 
va boshqalar);
talabalarning 
jismoniy-tarbiya 
va 
sport 
bilan 
shug‘ullanishlariga 
shart-
sharoitlar yaratishda oliy ta’lim muassasasi 
rahbariyatining munosabati, ular tomonidan 
amalga oshiriladigan ishlarning mazmuni 
(maxsus savolnoma asosida o‘rganiladi);
talabalar jismoniy tarbiyasiga oid 
metodik ta’minotning holati (darsliklar, o‘quv 
qo‘llanmalar, va metodik ko‘rsatmalarning 
ta’minoti);
oliy ta’lim muassasasining jismoniy-
tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarining 
shtatlar birligi (kafedra, o‘qituvchi, murabbiy 
, sohada hizmat qiluvchi boshqa turdagi 
shtatlar va boshqalar);
oliy ta’lim muassasasidagi jismoniy 
tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarining 
kasbiy tayyorgarlik darajasi (ilmiy, darajalar, 
unvonlar, 
sport 
ustalari 
va 
boshqa 
ko‘rsatkichlarning mavjudligi);
talabalar turmush tarziga jismoniy tarbiya 
va sportning singdirilganlik darajasi (doimiy 
bir sport turi bilan shug‘ullanuvchi talabalar 
sportdagi natijalar, faol talaba sportchilar, 
sport to‘garaklarida ishtirok etuvchi talabalar, 
ertalabki badantarbiya bilan muntazam 
shug‘ullanuvchi 
talabalar, 
muntazam 
ravishda mustaqil jismoniy mashqlar bilan 
shug‘ullanuvchi talabalar va boshqalardan 
iborat);
talabalar bilan tashkil etiladigan va 
o‘tkaziladigan jiismoniy tarbiya va sport 
tadbirlarining xilma-xilligi; 
vaqtincha 
sog‘ligida 
muammolari 
bulgan talabalar bilan olib boriladigan 
sog‘lomlashtiruvchi 
jismoniy 
tarbiya 
mashg‘ulotlarini tashkil etilishi utkazilishi 
imkoniyati cheklangan talabalar bilan olib 
boriladigan, jismoniy-tarbiya sport tadbirlari, 
mashg‘ulotlari va ularga yaratilgan shart-
sharoitlar talabalarning salomatlik darajasi.
Talabalar 
jismoniy 
madaniyatini 
rivojlantirish masalasi nafaqat pedagogik 
jarayon, balki ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy, 
iqtisodiy sohalarga ham bevosita bog‘liq.
Talabalar jismoniy madaniyatining asosiy 
ko‘rsatkichlarini o‘rganish maqsadida dastlabki 
ilmiy pedagogik kuzatishlarni o‘tkazdik. 
Bunga asosan oliy ta’lim muassasalaridan 
Jizzax politexnika instituti va Jizzax davlat 
pedagogika universiteti tanlab olindi. Jizzax 
politexnika institutida 8500 ga yaqin talabalar 
tahsil oladi. Talabalar uchun bitta yopiq zal, 
ikkita sun’iy maydon, bitta tennis maydoni, bitta 
badmenton maydoni, bitta voleybol maydoni, 
bitta ochiq futbol maydoni, bitta gimnastika 
maydonchasi mavjud. Bir vaqtning o‘zida 
ushbu maydonlar 180 ga yaqin talabalarni 
qamrab oladi. Jizzax davlat pedagogika 
universitetida 14000 ga yaqin talabalar tahsil 
oladi. Talabalar uchun ikkita sun’iy maydoni, 
bitta futbol maydoni, bitta basketbol maydoni, 
bitta gimnastika maydonchasi, ikkita yopiq 
turdagi sport zali, bitta yopiq basseyn hamda 
yugurish yo‘lakchalari mavjud. Ushbu sport 
maydonlari bir vaqtning o‘zida 250 ga yaqin 
talabalarni qamrab oladi. Sport inshootlarining 
mavjudligi asosiy masalalardan biri, albatta. 
Ammo eng asossiy masala talabalar 
kundalik hayotiga jismoniy madaniyatning 
singdirilganligidadir. Chunki mavjud sport 
inshootlarida ham talabalar doimiy ravishda 
shug‘ullanayotgani yo‘q. Demak, talabalarni 
ongli va muntazam ravishda jismoniy tarbiya 
va sport bilan shug‘ullanishlariga ehtiyoj yetarli 
darajada emas. 
Buning turlicha sabablari bo‘lib, mavjud 
sabablarni aniqlash maqsadida talabalar 
bilan maxsus jismoniy tarbiya va sport 
bilan shug‘ullanishga bo‘lgan munosabatini 
(yondashuvini) 
aniqlashga 
qaratilgan 
so‘rovnoma o‘tkazildi. Bunda Jizzax davlat 
pedagogika universitetining rus tili va 
adabiyoti, o‘zbek tili va adabiyoti, tabiiy fanlar, 
maktabgacha ta’lim fakultetlaridagi 50 nafar II 
– III kurs talabalaridan jami 200 nafar talaba 
yoshlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Ushbu 
talabalarning 82 nafari o‘g‘il bolalar va 118 
nafari qiz bolalardan iborat bo‘ldi. 
O‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra 
quyidagilar aniqlandi:
Oliy ta’lim muassasalarida tashkil 
etiladigan jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini 
10 % qoniqarsiz - 3% yaxshi - 64% qoniqarli 
na’munali - 23% baholaganlar. Talabalar 
orasida futbol - 34%, voleybol - 21 %, shaxmat 
shashka -14%, boshqa sport turlari - 9% 
shug‘ullanishlarini malum qilgan bo‘lsa, 22% 
umuman shug‘ullanmasligini ma’lum qilgan. 
Mustaqil ravishda sog‘lomlashtiruvchi jismoniy 
mashqlar bilan shug‘ullanishlari o‘rganilganda 
muntazam shug‘ullanuvchilar -18%, ba’zan 
shug‘ullanib turadiganlar - 46% va 36% umuman 
shug‘ullanmasligini ma’lum qilgan. Jismoniy 
tarbiya va sport bilan shug‘ullanmaslining 
sababi nima? Deb, qo‘yilgan savolga 
jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanmaydigan 
talabalarning 26% xohlamayman, 21% zarur 
AMALIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
48 
deb hisoblamayman, 33% vaqtim yo‘q, o‘qishim 
kerak, 20% xohlayman, ammo universitetda 
sharoitlar yaratilmagan deb, javob berganlar.
O‘quv jarayoni dars jadvali asosida 
jismoniy 
tarbiya 
darslarini 
qo‘yilishini 
xohlaysizmi? deb qo‘yilgan savolga xohlayman 
-89%, xohlamayman - 6%, menga farqi yo‘q 
– 5% javoblarni berishgan. Jismoniy tarbiya 
darsini -52% talabalar haftasiga bir marta, 
48% talabalar ikki marta qo‘yilishini ma’qul 
deb hisoblashgan. Oliy ta’lim muassasalari 
talabalari o‘rtasida jismoniy tarbiya va 
sportni yanada ommaviylashtirish uchun 
59% talabalar dars jadvaliga jismoniy tarbiya 
va sport mashg‘ulotlari qo‘yilishini, 41% turli 
sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish 
ko‘lamini oshirish mazmunidagi javoblarni 
berishgan. 
O‘tkazilgan so‘rovnoma asosida olingan 
javoblarga asoslanadigan bo‘lsak, talabalar 
jismoniy madaniyatining takomillashiishi 
ko‘pgina omillarga bog‘liq ekanligini ko‘rishimiz 
mumkin. So‘rovnoma asosidagi olingan 
ma’lumotlardan qo‘rinib turibdiki, talabalarning 
kundalik turmush tarzida jismoniy tarbiya 
va sport bilan shug‘ullanish to‘la qonli o‘rin 
olmagan. Shuning uchun ham talabalarning 
asosiy qismi turli holatlarni sabab qilib jismoniy 
tarbiya va sport bilan shug‘ullanmaydi. 
Talabalarning yana bir qismi oliy ta’lim 
muassasalarida 
yaratilgan 
sharoitlardan 
samarali foydalanadi va yaratilgan sharoitlarni 
yanada 
yaxshiroq 
bo‘lishini 
xohlaydi. 
Demak, talabalar jismoniy madaniyatini 
oshirishning asosiy masalalaridan biri va hal 
yetuvchi ko‘rsatkichi bu ularning kundalik 
turmush tarziga jismoniy tarbiya va sportni 
singdirishdan iboratdir.
Ilmiy tadqiqot natijalariga asoslangan 
holda oliy ta’lim muassasalari talabalarining 
jismoniy madaniyatini yanada rivojlantirish 
uchun quyidagi tavsiyalar beriladi: 
Oliy ta’lim muassasalarida doimiy 
ravishda jismoniy tarbiya va sportning moddiy 
texnik bazasini boyitib borish zarur.
Oliy ta’lim muassasalari talabalari 
jismoniy madaniyatini amalga oshirishga 
oid ilmiy metodik ta’minotni doimiy ravishda 
yangilab borish.
Oliy ta’lim muassasalari talabalarini 
doimiy ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan 
shug‘ullanishini ta’minlashga oid huquqiy 
meyoriy hujjatlarni yanada takomillashtirish 
zarur.
Oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib 
borayotgan soha mutaxassislari ( o‘qituvchi, 
murabbiylar, instruktorlar ) kasbiy mahoratini 
oshirib borish va ularning faoliyatini 
muvofiqlashtirishga oid tizim joriy etish.
Oliy ta’lim muassasalari talabalari 
o‘rtasida turli miqyosda o‘tkazilayotgan sport 
musobaqalarining turlarini va miqdorini 
oshirish zarur.
Talabalarni jismoniy imkoniyatlarini 
inobatga olgan holda ommaviy jismoniy 
tarbiya va sport tadbirlariga jalb etishning 
innovatsion metodlarini qo‘llash zarur.
Jismoniy 
imkoniyati 
cheklangan 
talabalar bilan maxsus jismoniy tarbiya va 
sport mashgulotlarini muntazam ravishda 
o‘tkazib borish zarur.
Oliy talim muassasalari talabalarini 
muntazam ongli va mustaqil ravishda jismoniy 
tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga undovchi 
targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish orqali 
talabalar jismoniy madaniyatini yanada 
rivojlantirishga erishish mumkin.
AMALIY FANLAR


49 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
Vokal ijrochiligi va texnikasini 
takomillashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari
Abatbay Nagmetullayevich Kalliyev -
v.b professor, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi san’at arbobi
Annotatsiya: Maqolada vokal san’atining fan sifatida taraqqiy etish jarayonlari va o‘ziga xos 
xususiyatlari haqida so‘z yuritilgan. Talabalarning vokal ijrochiligi va texnikasini takomillashtirishi 
bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan va tavsiyalar berilgan. Shu bilan birga talabalarning mazkur 
fan bo‘yicha ko‘nikma va iqtidorlarini yanada oshirishda pedagog nimalarga e’tibor qaratishi kerakligi, 
vokal ijrochiligi texnikasini takomillashtirishda mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil etish, vokal malakalarini 
egallash yuzasidan takliflar bildirilgan.
Аннотация: В статье говорится о процессах развития и особенностях вокального 
искусства как науки. Проведена научно-исследовательская работа и даны рекомендации 
по совершенствованию вокального исполнительства и техники студентов. При этом были 
высказаны предложения, на что следует обратить внимание педагогу для дальнейшего 
совершенствования навыков и талантов учащихся по данному предмету, как правильно 
организовать учебные занятия по совершенствованию техники вокального исполнительства, 
как приобрести вокальные навыки и умения.
Abstract: The article talks about the processes of development and specific features of vocal 
art as a science. Scientific-research work was carried out and recommendations were made on 
improving the vocal performance and technique of students. At the same time, suggestions were 
made on what the pedagogue should pay attention to in order to further improve the skills and talents 
of students in this subject, how to properly organize training sessions to improve the technique of 
vocal performance, and how to acquire vocal skills.
Kalit so‘zlar: vokal fani, vokal texnikasi, vokal pedagogikasi, nazariya va amaliyot, xalq ijrochilik 
san’ati, talaba mahorati, ovozni qо‘yish, kuylash mahoratini takomillashtirish.
Ключевые слова: вокаловедение, вокальная техника, вокальная педагогика, 
теория и практика, народное исполнительское искусство, мастерство учащихся, качка, 
совершенствование певческого мастерства.
Keywords: vocal science, vocal technique, vocal pedagogy, theory and practice, folk performance 
art, student skills, pitching, improvement of singing skills.
Vokal – musiqa san’atining o‘ziga xos 
turi bo‘lib, eng avvalo, ashula aytish mahoratini 
yuksak darajada o‘zlashtirishga asoslanadi
1

Yaqin va O‘rta Sharq mintaqalarida, xususan, 
Markaziy Osiyoda joylashgan ko‘hna davrlarda 
vujudga kelgan professional musiqa san’atida 
yakkaxonlik va hamnafaslik ijro shakllari 
qadimdan qo‘llanilgan. Ijro shaklining oddiy 
ko‘rinishlari mahalliy mehnatkash aholi orasida 
folklor musiqasi negizida, kasbiy tus olgani 
esa saroyning madaniy, ko‘ngilochar hamda 
joriy etilgan zardushtiylik marosimlarida 
ancha erta paydo bo‘lgan. Vokal san’atining 
birinchi tarixiy vakillari – xalq xonandalaridir. 
Har bir millatning madaniy taraqqiyoti qaysi 
bir davrga mansub bo‘lishidan qat’iy nazar, 
1 Sharapov A. Vokal va uning musiqadagi ahamiyati/// jur. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. №1. 2021. (1114-1117b)
2 Malikova D. Vokal. Toshkent.: “Lesson press” 2019. 210-b.
mazkur xalqning iqtisodiy, ilm – fan, adabiyot 
va ma’naviyat sohalarida erishgan yutuqlari 
bilan chambarchas bog‘liq.
Har bir xalqning ma’naviy ravnaqi esa, 
eng avvalo, uning umumbashariy madaniyatga 
qo‘shgan hissasi bilan o‘lchanadi va qadrlanadi. 
Ana shu nuqtai nazardan o‘zbek xalqi ham 
boshqa O‘rta Osiyo xalqlari bilan birgalikda 
jahon ilm – fani va madaniyati taraqqiyotiga 
ulkan hissa qo‘shdi
2
. Butun insoniyat tarixida 
insonga bеrilgan ijrochilik ovozi Alloh 
tomonidan bеrilgan dеb hisoblangan. U har 
doim ilohiy titroqni, havasni va uni egallash 
xohish istagini kеltirib chiqargan. Ijroga 
nisbatan katta hurmat va maishiy qiziqishlarni 
AMALIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
50 
ortib borishi, vokal maktablarini va yangi 
ovoz usullarining tashkil topishiga sabab 
bo‘ldi. Ammo talabchanlik maqsadiga ko‘ra 
ularni usul dеb aytib bo‘lmaydi. Bu pеdagogik 
tarafdan shaxsni vokalni his qilish tuyg‘usi 
orqali ovozni yo‘lini topish harakatlari edi. 
Ulardan har biri o‘z usulini ajoyib ijrochi sifatida 
taklif qilgan. Ayni damda esa gap o‘quvchini 
o‘qitish emas, balki tabiatan unda bo‘lgan 
ovozining imkoniyatlarini mukammallashtirish 
va uning tabiiy sifatlarini rivojlantirish haqida 
edi va pеdagogik tarafdan qaralganda ijobiy 
natijaga o‘qituvchi va o‘quvchining vokalni 
o‘zaro juda yaqin sеzishi orqali erishiladi
3

“Vokal” fani talabalarning musiqiy qobiliyatini 
yanada rivojlantirish va kuylash mahorati 
san’ati ko‘nikmalarini o‘rgatishga asoslanadi.
Shuningdek, vokal malakalarini egallash, 
vokal pedagogikasining sistemalilik, izchillik, 
oddiydan murakkabga, yakka yondashish 
kabi qator didaktik prinsiplariga asoslanadi. 
“Vokal” fanning asosiy vazifasi talabalar 
ovozini 
ilk 
mashg‘ulotlardan 
boshlab 
kuylashga moslashtirirish va ovoz apparatini 
bosqichma-bosqich ijodiy jarayonga singdirib 
borishdan iboratdir. Talabalarga vokal darsi 
jarayonida ta’lim va tarbiya berish, ularni 
dunyo standartlariga javob beradigan chuqur 
bilimli, yuqori malakali mutaxassis qilib 
tayyorlash, badiiy jihatdan rivojlantirish, ularga 
vokal texnikasini, uning sirlarini о‘rgatishda 
katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu fan darslari 
jarayonida talabalarning nafaqat vokal 
ijrochilik, kuylash malakalarini va musiqiy 
qobiliyatlari rivojlantirib boriladi, balki ularning 
ma’naviy-ma’rifiy saviyasi, badiiy-estetik didini 
tarbiyalash borasida ham uzluksiz ishlar 
olib boriladi. Vokal fani – musiqa nazariyasi, 
solfedjio, garmoniya, polifoniya, musiqa 
asarlari tahlili, musiqa tarixi, fortepiano, 
dirijyorlik, vokal ansambli kabi fanlar bilan 
o‘zaro bog‘liq. Vokal fani ilm fan va san’at 
sohasida muhim o‘ringa ega.
Vokal san’ati vositasida talabalarning 
estetik va badiiy didini tarbiyalash, ularning 
ijrochilik qobiliyatini rivojlantirishda uzluksiz 
talabchanlik bilan ish olib borish, ularni 
о‘zbek kompozitorlarining asarlari, qardosh 
xalqlar vokal asarlari, shuningdek, chet el 
kompozitorlari tomonidan yaratilgan nodir 
asarlar 
bilan 
tanishtirish, 
professional 
3 Rahimov E. Vokal. Toshkent. Abdulla Qodiriy nomidagi TDMI. – 105 b.
4 D.M.Malikova. Vokal. Toshkent.: “Lesson press” 2019. 210-b.
5 Pirmatov Sh. Professional aktyorlar tayyorlashda vocal maktabining o‘rni// jur. Teatr №3. Toshkent.: 2014. “Paper Max” – 48. (36-37)
uslubda kuylash malakalarini shakllantirishga 
xizmat qiladi. Ovozni qо‘yish bu talabani 
professional kuylashga о‘rgatish demakdir. 
Bu jarayonda ovoz apparati, diapazon, jarang 
kuchi hamda bir qator badiiy vositalar ustida 
tinmay ish yuritilishi zarur. Vokal о‘qituvchilari 
yigit va qizlarning ovoz imkoniyatlari haqida 
mukammal bilimga ega bо‘lishlari shart.
Talabada 
xonandalik 
ovozini 
tarbiyalashda bir qator metodik qо‘llanmalarga 
amal qilish kerak.Ularga vokal kuylash 
ko‘nikmalarini o‘zlashtirishda avval ovoz 
apparati tuzilishi haqida tushuncha berib o‘tish 
juda muhimdir.
Qo‘shiq aytish jarayonida ular bir 
organizmdek birlashadilar. Kuylash holati 
haqida talabalarga qator ko‘rsatmalar berib 
o‘tish eng asosiy omillardan hisoblanadi. 
Bunda talabaning qaddi-qomati erkin holatda, 
boshi va bо‘yini tо‘g‘ri, chakaklari bо‘sh va tabiiy 
harakatda bо‘lishi uqtiriladi.Talabani erkin 
kuylashga о‘rgatish jarayonida ovoz paychalari 
tо‘g‘ri kuchlanishi va bо‘g‘izni siqmaslik talab 
etiladi. Ovoz organlarining faoliyati natijasida 
eshitish idroki hosil bo‘ladi. Talabada 
eshitish qobiliyatini rivojlantirish o‘ta muhim 
masalalardan biri, chunki qо‘shiqni intonatsion 
tiniq kuylanishi eshitish qobilyatiga juda ham 
bog‘liqdir
4
.
Ovoz qo‘yish metodlari (vocal maktablari) 
turlicha, biroq ularning hammasi umumiy 
tamoyillar va bosqichlarga tayanadi: nafas 
olishni rivojlantirish va takomillashtirish; 
rezonatrlar, pozitsiya, tovushni hujum qilish 
tushuncha va ko‘nlikmalarini egallash; texnika 
vokal usullarini o‘zlashtirish; talaffuz apparati 
bilan ishlash kabidir
5
. Vokal ijrochiligi va 
texnikasini takomillashtirishda ijrochichilik 
mahoratini 
professionallashtirishning 
ahamiyati kattadir.
Odatda “ijrochilik” musiqiy namuna 
talqini bilan bog‘liq bir qator ichki xususiyatlarni 
o‘zida mujassam etgan va bu jihatlar ijrochilik 
mezonlari 
sifatida 
amaliyotda 
muhim 
ahamiyat kasb etib kelgan. Iste’dod, bilim, 
har tomonlama mukammal ovoz, sozandalik, 
jo‘r bo‘lish mahorati, badihago‘ylik mahorati, 
saboq, ijodiy yondashish, to‘g‘ri so‘z talaffuzi, 
izlanish va doimiy mashq kabi xususiyatlar 
shular jumlasidandir. Musiqa ijrochiligi 
amaliyotida ana shunday xususiyatlarga imkon 
AMALIY FANLAR


51 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
darajada ko‘proq ega bo‘lgan san’atkorgina 
mumtoz musiqa namunalarini mukammal 
talqin etishga qodir bo‘ladi. Vokal musiqa 
pedagogikasining asosiy tamoyil (prinsip) va 
uslublari ta’lim berish jarayonida “Vokal san’ati 
asoslari” fani muhim o‘ringa ega, chunki u 
kasb yuzasidan olinayotgan bilimga amaliy 
tushuncha bera oladi. Talabalarga vokal 
san’atini o‘rgatish jarayonida hamma xonanda-
o‘qituvchilar to‘rtta bosh tamoyilga asoslanadi:
1. Ta’limda ketma-ketlik va uzluksizlik 
tamoyili. Bu umumpedagogik tamoyil bo‘lib, 
u ta’lim jarayonida soddadan – murakkabga 
asoslanadi. Uzluksizlik hamma narsada zarur 
– xonandaning diapazonini kengaytirishda 
ham, mashqni murakkablashtirishda, repertuar 
tanlashda, 
ruhiy 
kechinmada 
lirikadan 
dramatik asarlarga (his – tuyqular cho‘qqisiga), 
repertuarni kuchaytirilishi ovozni yo‘qolishiga 
olib boradi. Talabalar bilan mashg‘ulotlarda 
ovozning sifati, toblanishi, tebranishi, uzoqga 
yetishi haqida qayg‘urish kerak. Repertuarni 
kuchaytirishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
2. Badiiy – musiqa va vokal texnik 
tamoyillarining birligi. Xonandani qoida 
bo‘yicha tarbiyalash uchun bir vaqtning o‘zida 
ikki muammoni hal qilish talab qilinadi: ijro 
etish apparatini qurish – demak xonandani 
professional ovozini hosil qilish va unda 
aytishni mashq qilish. Bu ikki masala bir vaqtda 
bir biriga bog‘liq holda amalga oshiriladi. 
Har qanday hattoki eng sodda ko‘nikmani 
elementar ijro etish uchun avvalo, ovozga 
ishlov berish, shundan so‘ng ijro mahoratini 
egallash kerak, deb o‘ylagan katta xatoga yo‘l 
qo‘yadi.
3. Alohida yondashuv tamoyili. Xonanda 
– bu o‘ziga xos musiqiy asbob. Hammasi 
juda alohidalikni talab qiladi. O‘zgaruvsiz 
(dogmatik) ko‘rsatmalar vokal pedagogikasiga 
zarar yetkazadi. Har bir o‘quvchining imkoniyat 
darajasi har xil bo‘ladi, chunki uning ovozini 
kuchi va chidamliligi shaxsiy xarakteriga 
bog‘liq. Ayniqsa, uning ruhiy xususiyatlarini 
bilish va ularga ahamiyat berish, ovozga 
ortiq ruhiy ta‘sir ko‘rsatmaslik kerak. O‘quvchi 
xarakteri hamma sohada mustaqil ravishda 
ovozning mayinligida ham, kengligida ham, 
quvvvati, chidamliligi, sifatida hamda iste’dodli, 
serg‘ayrat, hayoli, irodali yoshlarda ochiq-
oydin namoyon bo‘ladi. Shu sababli darslarni 
yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda o‘tkazish 
6 Qahharov N. Ayubov Q. Vokal san’ati asoslari. Toshkent.: “Iqtisod-Moliya”, 2008.
kerak.
4. Muntazam mukammallikka erishish 
tamoyili. Bu tamoyil oxirgi 15 yildan beri 
ovoza qilingan. Agar o‘quvchi o‘z ustida 
mustaqil ravishda shug‘ullanmasa pedagog 
mashg‘ulotlarida 
bergan 
bilimining 
o‘quvchiga foydasi bo‘lmaydi. Ta‘limning 
so‘nggi jarayonlarida talabaning mustaqil 
tayyorlanishiga alohida ahamiyat beriladi
6
.
Vokal ijrochiligini takomillashtirish bilan 
birga vokal texnikasini ham to‘g‘ri taraqqiy 
ettirish lozim. “Vokal texnikasi” deganda, 
biz xonandaning kuylash jarayonida ovoz 
chiqarish apparatining barcha qismlarini o‘zaro 
harakati deb tushunamiz. Rivojlanayotgan 
ovozning qadr-qimmati, boyligi va tembri 
esa dars jarayonida ma’lum bo‘ladi. Har 
qanday musiqa yoki musiqiy jumla o‘z ifodali 
mazmuniga ega. Asar va uning obrazi ustida 
ishlash uch bosqichga taqsimlanadi. Birinchi 
– asar musiqasi va so‘zlarini o‘rganish, ikkinchi 
– vokal texnikasi ustida ishlash, uchinchi – 
badiiy ishlov berish. Professional xonanda – 
g‘azab, rahm-shafqat, hazil, masxara, erkalash, 
bo‘sa, ayyorlik, og‘riq, jasorat kabi his-tuyg‘ular 
hammasini kuylash mahoratiga ega bo‘lishi 
kerak. Ijrochining asosiy maqsadi tinglovchilar 
qalbiga insonlar dunyosining ehtiroslarini 
kirita bilishdan iborat bo‘ladi.
Ovozning 
tug‘ilishi 
(hatto 
klassik 
ovozning) ba’zilar uchun tasodif, ba’zilar 
uchun esa mashaqqatli mehnatni talab 
qiladi. Qo‘shiq kuylashning uch uslubi 
mavjud: ochiq va yopiq usuli, xalq va klassik 
(akademik), hamda estrada yo‘nalishi. Estrada 
yo‘nalishidagi qo‘shiqlarda xalq kuylari va 
jaz elementlari qo‘llaniladi. Bu janr ko'pgina 
qo‘shiqchilik yo‘nalishlarni qamrab olgan. 
Jaz yo‘nalishidagi ijro, avvalambor, ritm va 
garmoniyani (notalarni uyg‘unligini) yuksak 
darajada his etish, shu bilan birga, ovozning 
harakatchanligini va improvizatsiya qilishni 
anglatadi. Jaz yo‘nalishidagi qo‘shiqlarda 
asarning shaklini his etish, uni o‘zgartirib, lekin 
kerakli garmoniyadan chiqib ketmagan holda 
musiqiy jumlani namoyish qilish imkoniyatiga 
ega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari musiqachi 
sozandalar bilan hamkorlikda improvizatsiya 
qilish ham maqsaddan xoli emas. Xonanda 
vokal texnikasiga ega bo‘lishi kerak, ya’ni 
ovozini erkin boshqara olishi kerak.
Estrada vokali akademik vokaldan 
AMALIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
52 
tovushning tabiiyligi va ochiqroqligi bilan farq 
qiladi. Biroq akademik yo‘nalish kabi estrada 
janrida ham kuylash ko‘nikmalari, tovushning 
pozitsiyasi va tirgakligi muhim o‘ringa ega
7
.
Vokal 
ijrochiligi 
va 
texnikasini 
takomillashtirishda yana bir alohida e’tibor 
talab qiladigan unsur bu so‘z va ohangga 
uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratishdir. Ashula 
ijrochiligi bizga ma’lumki, so‘z va kuyning 
mutanosib talqiniga xos, ularning har birini 
alohida yondashish bilan ifodalanishiga 
asoslanadi. Tabiiyki, tovushlar majmuasida 
vujudga keladigan musiqiy kuy alohida o‘z 
ma’nosiga ega bo‘ladi. O‘z o‘rnida unga 
bog‘langan so‘z ham muhim g‘oyani ifoda 
etadi. Aslida, azaldan kuy so‘zga bog‘langan. 
Bu jarayonda so‘zning g‘oyasi kuyga ham asos 
bo‘lgan. Ashulachi esa kuy va so‘zni birligini 
ta’minlagan holda har ikki omilni Yashirin 
mazmunini ovoz talqinida kuylash orqali 
ochishi lozim. Uning saviyasi va ahamiyati 
aynan asarning qay darajada talqin etilishiga 
ham bog‘liqligini e’tirof etib o‘tish lozim. 
Qo‘shiq ijro etganda so‘z talaffuzning aniq 
va to‘g‘ri bo‘lishiga katta ahamiyat beriladi. 
Aniq talaffuz musiqa mazmunini yoritishda 
eng muhim badiiy ifoda vositalaridan biri 
hisoblanadi
8
.
So‘z bilan ohangning qanchalik uyg‘unligi 
zaminida bir qator musiqiy va adabiy unsurlar 
borki, xonanda yoki hofiz buni bilishi bilan 
birga bu ilmlarni badihaviy talqin etishi ham 
juda muhimdir. Bu jarayon xonanda talqinining 
har bir amalga oshiriladigan harakatlari bilan 
bog‘liqdir. Bir tovush sadosidan boshlab kuy 
harakatining barcha jabhalaridagi tovush 
munosabati muhim va alohida ahamiyat kasb 
etadi. Ya’ni tovush va so‘z bo‘g‘inidan boshlab, 
so‘z va jumlagacha bo‘lgan ijroda musiqa 
tovushlarining oraliqlari, intervallari va keyingi 
harakatlari alohida ma’nolarga egaligini 
namoyish etishdir. Tovushlarning har bir 
harakati muayyan ma’no kasb etadi. Xonanda 
esa unga ijodiy yondashib asarni jonlantiradi. 
Demak, uslubning shakllanishi ham aynan shu 
so‘z, ohang va ijro talqini zaminida dunyoga 
kelar ekan.
Ijrochilik mohiyatini ko‘rsatishda xonanda 
har bir asarni ichki dunyosini tushunib, uning 
obraziga tayyorlangan holda kira olishi va 
shu obrazni ijodkor tasavvur qilgandek yarata 
7 Yuldasheva A. Vokal. Toshkent.: 2020. Fan va jamiyat. 160 b
8 Mirzayev Q. Badiiy (vokal-xor) jamoalar bilan ishlash uslubiyoti. Toshkent.: 2020. Fan va ta’lim poligraf. 183 b.
olishi ovoz talqinida muhimdir. Shu bilan birga 
ovoz imkoniyatlarini, sifatini ko‘rsatishda, 
avvalo, o‘z ijrosini o‘zi tinglashi va o‘z bilimi 
doirasida to‘g‘ri idroklashi lozim. Bu jarayon 
musiqa san’atida muhim omillardan bo‘lgan 
ayniqsa cholg‘u va ashula ijrochiligida katta 
ahamiyatga ega bo‘lgan va ijro bilan bevosita 
bog‘liq bo‘lgan qator o‘ziga xos xususiyatlarni 
o‘z ichiga oladi. Ijro asar ruhiga, obraziga 
kirishi va o‘z imkoniyatlarini ko‘rsatishdagi 
zarur omillar deb hisoblanadi.
-So‘z matni jumlalarining ijrodagi yakuni;
-Kuy tuzilmalarini tarkibiy ravonligi;
-So‘z bo‘linishlari;
-Musiqiy kuy bo‘laklari frazalari;
-Tinish jarayonlari pauzalar;
-Nafas olish joylari uslublari;
-Kuyda tovush cho‘zimlarini uzaytirish 
uslubiyatlari;
-Quydagi metro-ritmik tuzilmalarini aniq 
qaytarish;
-Quyda ma’lum bo‘laklarning boshqa 
balandlikda ketma-ketqaytarish;
-Og‘zaki tekstdagi tinish belgilari
-Asarning kadans davralari;
Quyda 
metro-ritmik 
tuzilmalarni 
o‘zgarishlar bilan qaytarilishi. Muallif qayd 
etgan sifatlarni xonanda nazarda tutib, 
mumkin darajada rioya qilsa, xonish omilidagi 
ijro har tomonlama bu jarayonning mohiyati 
nuqtai nazaridan mukammal ifodasini topadi. 
Ijrochilikda muhim bo‘lgan sifatlarini alohida 
olganda, har biri o‘ziga xos ahamiyatga egadir. 
Chunki asarning umumiy g‘oyasini ifoda 
etishda musiqa va so‘zning mazmuni, ularning 
ohang vositasidagi talqini, kuy rivojining 
pog‘onalari, dinamikasi. Har bir kuy va so‘z 
jumlalarining 
boshlanish 
tugallanishlari, 
kuyning metro-ritmik jihatlarining o‘zaro 
uyg‘unligi, xonandaning bilimi va imkoniyatlari 
darajasini anglatadigan tomonlaridir. Ana 
shu jarayondagi barcha xususiyatlar uyg‘un 
holda asarning ichki va tashqi dunyosini ifoda 
etish uchun lozim bo‘lgan musiqiy omillardir. 
Musiqiy asarning talqini so‘zdan matndan 
mustasno holda o‘zining ichki qonuniyatlariga 
bo‘ysunishi hammaga ayon. Bu qonuniyatlar 
tovush, qator, uslub tuzuk, turg‘un tovushlar 
va kuyning tarkibiy shakllari bilan izohlanuvchi 
tomonlari orqali xarakterlanadi. Bu jarayon 
aslida “ijro tarkibi”ni tashkil etadi. Odatda har 
AMALIY FANLAR


53 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
bir musiqiy asar ma’lum tovush qator tizimida 
harakat qiladi. Harakatlarning qay darajada 
ifoda topishi asarning bastakori, qolaversa, 
ijrochi talqinida jonlanadi. Ijro yonlanishi 
tovushlarning 
tuzuk 
tarkibidagi 
o‘zaro 
bog‘lanishiga asoslanadi. Lekin bu bog‘lanishda 
har bir kuy bo‘laklari, jumlalari alohida va asar 
doirasida jumlalarning bir butunlikda tarkib 
topishi, tovush qatorning asosiy va yondosh 
tovushlarning mutanosib tarkib topishi juda 
muhim. Bu ma’noda xalq va mumtoz ijodiyot 
janrlari o‘z shakily tarkiblariga egadirlar. Xalq 
musiqa ijrochiligida, ayniqsa badixaguylik, 
erkin talqinga asoslangan ijro turlarida, asar 
tarkibi qisman bo‘lsada o‘zgarishga uchraydi. 
Lekin, tarkibiy qismning asosiy tizimini 
shakllantiruvchi turg‘un tovushlar harakatdagi 
turg‘un tovushlar, ularning rivojlanish jarayoni 
va tugallanish jabhalari asoslangan holda 
gavdalanadi. Bu albatta, ijro tarkibining negizini 
tashkil etadi
9
. Inson ovozi cholg‘u asbobi 
bera olmaydigan narsani ifodalay oladi, ya’ni 
qo‘shiqchi bir paytning o‘zida ham shaxs, ham 
cholg‘u asbobi, ham musiqachi bo‘la oladi
10

Buning uchun o‘qituvchining tushuntirish 
vositalarining maqsadga muvofiqligi, aniq 
va ravshanligi, bolalarning so‘z boyligiga 
mosligi, vokal mashqlari va qo‘shiqlar esa 
ularning ovozi va kuylash malakalariga mos 
tushishi shart. Musiqa savodidan o‘rganishda 
9 Nurullayev F. Vokal va zamonaviy musiqa. Buxoro.: 2020. BuxDU. 172 b
10 Muzafarova S. Vokal ansambli. Toshkent.: 2020. Fan va ta’lim poligraf. 198.
11 Ortiqov T. Musiqa o‘qitish metodikasi.Toshkent .: Muharrir, 2011. - 196 b.
12 Alimbekova O. Vokal ansambli. Toshkent.: 2020. Fan va ta’lim poligraf. 156 b.
esa onglilik va faollik musiqani nazariy va 
amaliy jihatdan to‘g‘ri bilish va o‘zlashtirishini 
osonlashtiradi
11
.Talabalar bilan vokaldan 
mashg‘ulotlar o‘tkazishda quyidagilar zarur:
-Talabalarning 
psixo-fiziologik
xususiyatlarini hisobga olish:
-Ovoz tembri va diapazoni o‘zgarishini 
kuzatish:
-Tezlatilgan va davomiy ijroga yo‘l 
qo‘ymaslik:
-Talabalarga o‘z ovoziga nisbatan 
ehtiyotkorona munosabatda
-bo‘lishni o‘rgatish
12
.
Biz vokal ijrochiligi va texnikasini 
takomillashtirishning ahamiyati haqida ilmiy-
amaliy tadqiqot olib borish jarayonida shunga 
guvoh bo‘ldikki, mazkur ijodiy-pedagogik 
jarayonni birdek tahlil qilish mumkin emas. 
Chunki vokal ijrochisi odam bo‘lgandan 
keyin 
odamlarning 
fiziologik-psixologik 
xususiyatlarini birdek deb bo‘lmaydi. Har 
bir ijrochi o‘z xususiyati va mahoratiga ega. 
Shunday ekan, vokal ijrochiligi va texnikasini 
takomillashtirish uchun avvalo to‘gri amaliy va 
nazariy ishlanmalar, ko‘nikma va mashg‘ulot 
tavsiyalari kerak. Bu esa musiqashunos 
olimlarimizda vokal ijrochiligi va texnikasini 
takomillashtirishga 
oid 
yangidan-yangi 
tadqiqotlarni talab qiladi.
AMALIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
54 
ARXITEKTURA YO‘NALISHI TALABALARINING 
BADIIY-GRAFIK TAYYORGARLIGINI 
RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI
Nurmon Ochilovich Berdiyev -
v.b. dotsent, Toshkent Аrxitektura qurilish instituti
Annotatsiya: Ushbu maqola arxitektura va dizayn yo‘nalishlariga ixtisoslashgan oliy o‘quv 
yurtlarida tahsil oluvchi talabalarning grafik savodxonliklarini oshirish muammolariga bag‘ishlangan 
bo‘lib, unda bu masala yechimining hozirgi ahvoli, mavjud muammolar, ularni bartaraf qilish yo‘llari, bu 
boradagi xorijiy tajribalar atroflicha tahlil etilgan hamda qiyosiy taqqoslash asosida ulardan mahalliy 
sharoitda foydalanishga oid tavsiyalar bayon etilgan. Muallif malakali arxitektorlar va dizaynerlarni 
tayyorlashda tasvirlash sanʼati, jumladan, grafikaning, ayniqsa, arixitekturaviy grafikaning bo‘lajak 
arxitektorlar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi haqidagi fikr-mulohazalarini ilmiy asosda 
yoritib bergan.
Аннотация: Данная статъя посвящена проблемам повышения графической грамотности 
студентов, обучающихся в высших учебных заведениях по специалности «архитектура и 
дизайн», в которой подробно рассмотрено современное состояние существующих проблем 
и пути их решения, всесторонне анализированы зарубежный опыт на основе сравнителного 
сравнения в этом отношении и представлены рекомендации по их исползованию в 
местных условиях. Автор на научной основе изложил мнение о важности изобразителного 
искусства, в том числе графического дизайна, особенно архитектурной графики в подготовке 
квалифицированных архитекторов и дизайнеров.
Abstract: This article is devoted to the problems of increasing the graphic literacy of students 
studying in higher education institutions specializing in architecture and design, in which the current 
state of solving this problem, existing problems, ways to eliminate them, foreign experiences in this 
regard are thoroughly analyzed and, based on a comparative comparison, their use in local conditions 
recommendations are presented.The author has explained on a scientific basis the opinion that visual 
arts, including graphics, especially architectural graphics, are important in training future architects in 
the training of qualified architects and designers.
Kalit so‘zlar: tasviriy sanʼat, grafika, grafik dizayn, animatsiya arxitekturaviy grafika, kompozitsiya, 
qalamtasvir, kollaj, ijodiy imtihon, kompitentsiya, portfolio.
Ключевые слова: изобразителное искусство, графика, графический дизайн, анимация, 
архитектурная графика, композиция, рисунок, коллаж, творческий экзамен, компетентност, 
портфолио.
Keywords: visual arts, graphics, graphic design, animation, architectural graphics, composition, 
pencil drawing, collage, creative exam, competence, portfolio
Аrxitektor va dizaynerlar tayyorlovchi 
oliy o‘quv yurtlarining professional vazifalari 
ichida talabalarda hajmli-fazoviy tafakkurni 
rivojlantirish masalasi yetakchi o‘rin tutadi. 
Chunki, u ushbu yo‘nalishlar taʼlimida yangi 
texnologiyalarning joriy qilinishiga zamin 
yaratadi, yoshlarning professional tayyorgarligi 
uchun muhim bo‘lgan maxsus fanlarni egallash 
vazifasini osonlashtiradi. Аksincha, fazoviy 
fikrlash darajasining yetarli bo‘lmasligi ularning 
ushbu yo‘nalish doirasidagi boshqa fanlarni 
o‘zlashtirishlariga, professional mutaxassis 
bo‘lib yetishishlariga to‘sqinlik qiladi.
Аmmo, keyingi ikki-uch yil ichida 
arxitektura 
yo‘nalishlarida 
bu 
sohaga 
tegishli fanlarni, jumladan “Qalamtasvir”, 
“Аrxitekturaviy grafika” fanlarini o‘qitishga 
yetarli eʼtibor berilmayotganligi sababli bo‘lg‘usi 
arxitektorlarning grafik savodxonligining past 
darajaga tushib qolayotganligini ko‘rishimiz 
mumkin. Аlbatta, buning turli sabablari bor. 
Shu o‘rinda eng muhim sabablarni keltirib 
o‘tamiz:
1. Oliy o‘quv yurtlarining arxitektura 
yo‘nalishlariga talabalarni qabul qilish uchun 
o‘tkaziladigan kirish sinovlarida shu paytgacha 
AMALIY FANLAR


55 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
amalda bo‘lgan “ijodiy imtihonlar”ning hozirda 
mavjud emasligi; 
2. “O‘quv rejalar”ida ushbu fanlar uchun 
ajratilgan dars soatlarining qisqartirilganligi;
3. Maxsus fanlardan ijodiy imtihon 
topshirmagan holda talabalikka qabul qilingan 
yoshlarning bu fanlarni o‘zlashtirishlari 
uchun kerak bo‘ladigan boshlang‘ich bilim va 
malakalarining yetarli emasligi;
4. Аyrim toifa kishilar o‘rtasida 
“hozir 
texnika 
va 
texnologiyalar, 
kompyuterlashtirishlar davri – hamma ishni 
texnika bajarishi mumkin, shunday ekan 
bo‘lajak arxitektorlarning mana shu zamonaviy 
texnologiyalarda ishlashni o‘rganishlari o‘zi 
yetarliku, degan tushunchalarning mavjudligi. 
Mavjud 
vaziyatda 
qanday 
qilib 
talabalarning fazoviy tasavvurlarini, tasvirlash 
ko‘nikmalarini o‘stirish, ularning kompozitsion 
qobiliyatlarini shakllantirish (eng qizig‘i 
“rivojlantirish” emas aynan “shakllantirish”) 
masalasi shu sohada taʼlim beruvchi juda 
ko‘p pedagoglarni o‘ylantirib turibdi. Chunki 
aytib o‘tilganidek, bo‘lajak arxitektorlarning 
bu 
boradagi 
bilim 
va 
malakalarini 
rivojlantirmasdan turib, yuqoriroq natijalarga 
erishib bo‘lmaydi. 
Аmmo, xulosa chiqarishga shoshilmaylik. 
Balki bugungi kunda haqiqatan ham rivojlangan 
mamlakatlardagi Аrxitektura oliy o‘quv 
yurtlarida talabalarning ijodiy tayyorgarligi 
masalasi eʼtiborga olinmas, balki yaxshi 
arxitektor bo‘lish uchun zamonaviy kompyuter 
texnologiyalari va undagi kerakli dasturlar 
bilan ishlashni o‘rganishning o‘zi yetarli bo‘lar? 
Biz ana shunday savollarga aniqlik kiritish 
maqsadida ayrim xorijiy oliy o‘quv yurtlarida bu 
boradagi olib borilayotgan ishlar amaliyotini 
tahlil qilib ko‘rdik. Hozirgi kunda xorijiy turdosh 
oliy o‘quv yurtlarida, masalan, “Moskva 
arxitektura instituti (davlat akademiyasi)” da 
mutaxassislik fanlarini o‘qitish dasturlarida 
ham qandaydir o‘zgarishlar bo‘lmoqdami? 
Shu kabi savollarga javob topish 
maqsadida Moskva arxitektura instituti 
(MarxI)ning 2018 yilgi bakalaviriat taʼlimiga 
abiturientlarni talabalikka qabul qilish bo‘yicha 
tashkil qilinadigan ijodiy imtihonlar dasturi 
bilan tanishib chiqdik. Uni tahlil qiladigan 
bo‘lsak, “Аrxitektura” yo‘nalishlari uchun:
1.“Qalamtasvir”. Klassik haykaltaroshlik 
namunasi-odam boshining o‘ziga qarab rasm 
ishlash; 
2. Kompozitsiya. Geometrik shakllar 
asosida hajmli kompozitsiya;
3. Chizmachilik. 
Va bu dastur 2018-yildan buyon 
o‘zgarishsiz qolmoqda. Faqat 2020-yilgi 
pandemiya sababli ijodiy imtihonlar abituriyent 
tomonidan 
taqdim 
qilingan 
“Portfolio” 
ko‘rinishida qabul qilingan va “o‘tdi” yoki 
“o‘tmadi” shaklida baholangan.
Shu institutning 2021-2022 o‘quv yili 
uchun abituriyentlarni talabalikka qabul qilish 
ijodiy imtihonlari: “Qalamtasvir”, “Rangtasvir” 
va “Chizmachilik” fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan.
Va shuningdek, ushbu institutning 
arxitektura 
yo‘nalishlariga 
talabalikka 
qabul qilishning 2022-yilgi ijodiy imtihon 
rejasida sinovlar qalamtasvir, kompozitsiya, 
chizmachilik fanlari yuzasidan tashkil qilinishi 
internetda eʼlon qilingan.
Аrxitektura yo‘nalishidagi Rossiyaning 
boshqa oliy o‘quv yurtlari, jumladan, Davlat 
Yer qurilishi Universitetiga abituriyentlarni 
talabalikka qabul qilishda qalamtasvir va 
chizmachilik fanlari bo‘yicha ijodiy konkurs 
ham tashkil qilinadi va u quyidagi tartibda 
o‘tkaziladi:
1.Gipsdan ishlangan bosh qalamtasviri. 
Imtihon uchun 6 soat vaqt ajratiladi.
2. Doriy kapiteli. Imtihon uchun 4 soat 
vaqt ajratiladi.
3.Chizmachilik. Imtihon uchun 4 soat 
vaqt ajratiladi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, bakalavriatga 
kirish imtihonlarida “Qalamtasvir”, “Rangtasvir” 
va “Kompozitsiya” fanlariga asosiy o‘rin 
berilmoqda. Demak, bu yerdagi o‘quv 
jarayonlarida ham tasviriy sanʼat darslariga 
alohida eʼtibor beriladi.
Shuningdek, 
bugungi 
kunda 
Buyuk Britaniya (Аngliya)ning arxitektura 
yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarida talabalikka 
qabul 
qilishda 
ularning 
ilmiy-ijodiy 
tayyorgarligiga alohida eʼtibor qaratiladi. 
Buning uchun har bir abituriyentning 
“portfolio”si ko‘rib chiqiladi. Ijodiy portfolio 
arxitektura ixtisosligiga kirishning asosiy 
komponenti - bu abituriyentning yuzi, uning 
tahliliy, ijodiy qobiliyatlari, texnik ko‘nikmalari 
va fazoviy fikrlash qobiliyatining ko‘rsatkichidir. 
Unda quyidagilar bo‘lishi mumkin:
• qalamtasvirlar;
• chizmalar;
• eskizlar va qoralamalar;
• 3D grafika, grafik dizayn yoki animatsiya 
namunalari;
• kulolchilik, metall, yog‘ochdan yasalgan 
hunarmandchilik namunalari;
• bezaklar;
• veb-dizayn namunalari;
• video yoki fotosuratlar;
• kollajlar;
AMALIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
56 
• arxitektura va dizayn bo‘yicha 
abiturientning o‘z tadqiqotlari matnlari;
• har xil ijod namunalari.
Portfoliodan o‘rin olgan ishlar oxirgi 
ikki, uzog‘i bilan uch yil ichida bajarilgan 
bo‘lishi kerak, chunki hakamlar hayʼati bunda 
arizachining ijodiy rivojlanish dinamikasini 
ham baholaydi. 
Qozog‘istonda 
arxitektura 
sohasini 
tanlagan 
abituriyentlardan 
“Qozog‘iston 
tarixi”, “Qozoq tili” yoki “Rus tili” fanlaridan 
kirish imtihonlari olinadi. Shuningdek, ular 
“Qalamtasvir” va “Chizmachilik” fanlaridan 
ijodiy imtihonlarni ham topshiradilar.
Аrxitektura - bu sanʼat va ilm-fan 
chorrahasida joylashgan yo‘nalish ekanligi juda 
ko‘p manbalarda taʼkidlab o‘tilgan. Аrxitektor 
isteʼdodli “ijodkor” va tajribali muhandis-
konstruktor bo‘lishi kerak.
Rossiya Badiiy Аkademiyasi qoshidagi 
I.E.Repin nomli “Sank-Peterburg Davlat 
Аkademik rangtasvir, haykaltaroshlik va 
arxitektura instituti” haqida ko‘pchilik yaxshi 
biladi. Eʼtibor beradigan bo‘lsak, ushbu institut 
nomlanishining o‘ziyoq tasviriy sanʼat sohasi 
arxitekturaning ajralmas qismi ekanligidan 
dalolat beradi. 
Maʼlumotlar 
shuni 
ko‘rsatmoqdaki, 
aksariyat xorijiy mamlakatlardagi oliy o‘quv 
yurtlari arxitektura yo‘nalishlarida o‘qish uchun 
talabadan “nafaqat matematikani mukammal 
bilish balki, fazoviy fikrlash va sanʼatga 
muhabbat, shuningdek, uzoq muddatli nazariy 
va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik, va 
albatta, ijodkorlik talab etiladi”
1
.
Mashhur fransuz materialist-faylasufi, 
entsiklopedisti D.Didro (1713-1784) “Rasm 
chizishni bilmagan arxitektorga ishonma”
2
- deb aytib o‘tganligini ko‘pchillik yaxshi 
bilishadi. Mana shu jumlalarning o‘ziyoq ushbu 
yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarida tasviriy 
sanʼat bilan bog‘liq fanlar o‘qitilishining o‘rni 
va ahamiyatini ko‘rsatib turibdi. Haqiqatan 
ham, ijodiy fikrlovchi, badiiy fikr doirasi keng 
bo‘lgan, grafik tasvirlash asoslaridan puxta 
xabardor bo‘lgan arxitektor “rasm chizishni 
bilish arxitektor uchun shart emas”, - deb 
fikrlovchi shu kasb egasiga nisbatan jamiyat 
uchun ko‘proq foydali ekanligi kunday ravshan. 
Аlbatta, bu yerda o‘z fikr va g‘oyalarini eskiz 
va qoralamalar orqali ko‘rsatib bera oluvchi 
usta rassom-meʼmorning imkoniyatlari yuqori. 
Buning ustiga u o‘sha yuksak darajadagi 
qobiliyati bilan zamonaviy kompyuterga 
o‘tirib ishlasa va g‘aroyib kompozitsion 
1 https://www.unipage.net/ru/universities_architecture
2 Гильманова Н.В. “Рисунок”. Учебно-методическое пособие. Тошкент-2015.1.3-b
yechimlar o‘ylab topsa-chi? Unda, ko‘r-ko‘rona 
mavjud kompyuter dasturlariga suyanib, 
ko‘chirmachilikni egallab olgan, fazoviy 
tasavvuri boy bo‘lmagan va kompozitsiya 
yaratish 
qobiliyati 
keng 
rivojlanmagan 
“arxitektor” bilan uning o‘rtasida katta farq 
borligi ko‘rinib qoladi.
Shu yerda yana bir mulohazali savol 
paydo bo‘ladi: balki, arxitektura yo‘nalishidagi 
oliy o‘quv yurtiga ijodiy imtihonsiz kirgan 
talabalarni ham mutaxassislik fanlarini o‘qitish 
orqali ham malakali arxitektorlarga xos bilim va 
ko‘nikmalarni hosil qilish mumkindir? Аfsuski, 
bunday hollarda natija juda past bo‘lishi aniq. 
Chunki: 
- chizishga layoqati yo‘q talabaga ushbu 
fanlar asoslarini o‘rgatish qiyin, chunki, 
bu holatda bu sohaga tegishli individual 
qobiliyatlar, boshlang‘ich bilim va malakalar 
talab etiladi;
- chizishni bilmadimi, demak u bu soha 
(arxitektura) ga qiziqmaydi;
- bunday hollarda talaba shu asosdagi 
boshqa fanlar – kompozitsiya, arxitekturaviy 
grafika, chizma geometriya, maketlash, 
loyihalash kabi fanlardan ham yuqori 
natijalarga erisha olmaydi;
- demak, o‘z-o‘zidan aniqki, kompyuter 
grafikasi sohasida ham unumli faoliyat olib 
bora olmaydi. Chunki, yangicha loyihalar 
yaratishda juda muhim hisoblanadigan fazoviy 
tasavvur, kompozitsion tafakkur, ijodiy fikrlash 
kabi qobiliyatlar bu toifaga kiruvchi talabalarda 
deyarli rivojlanmagan bo‘ladi. 
Haqiqatan ham, grafik tasvirlash 
asoslarini, tasviriy sanʼatdagi kompozitsiya 
qonuniyatlarini puxta egallamasdan turib, 
zamonaviy, turli uslubiy yechimlarga ega 
bo‘lgan arxitekturaviy lohihalar eskizlarini 
bajarib bo‘lmaydi. Natijada vaqtdan besamar 
foydalanish, maqsadsiz faoliyat yuritish hollari 
kelib chiqadi.
Shu o‘rinda bir narsani aytib o‘tish 
kerakki, hanuzgacha ayrim toifa kishilar 
o‘rtasida “arxitektor”, “loyihachi” va “quruvchi” 
so‘zlarini aralashtirib, chalkashtirib tushunish 
hollari uchrab turadi. Аslida, bu atamalarning 
qanday maʼnolarga ega ekanligini chuqurroq 
anglab olish ham nazarda tutilgan muammo 
yechimini osonlashtirgan bo‘lar edi.
Ilmiy manbalarda “meʼmor”, “arxitektor” 
tushunchalariga – turli imorat va inshootlarni 
meʼmorlik qonun - qoidalari asosida ijod etuvchi 
va loyihalar yaratuvchi mutaxassis”, - deb taʼrif 
berilgan. “Loyihachi” (proektirovshik) bu loyiha 
AMALIY FANLAR


57 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
yaratuvchi inson. Ular planshetlarda bo‘lajak 
obʼektlarning turli xil eskizlari, sxemalari va 
rejalarini ishlab chiqadilar. Demak, arxitektor 
va loyihachi so‘zlari maʼno jihatidan juda 
ham yaqin. Аmmo, har qanday holatda ham 
arxitektor atamasi tasvirlash sanʼati, ijodkorlik 
so‘zlari bilan hamohangdir. 
Quruvchi atamasi esa biror – bir qurilish 
inshootini quruvchi-injeneri maʼnosini bildiradi.
Fan va texnikaning rivojlanishi, yangi-
yangi qurilish materiallarining yuzaga kelishi 
natijasida yaqin kelajakda misli ko‘rilmagan 
bino va inshootlarning paydo bo‘lishiga 
zamin yaratilishi bor haqiqat. Balki biz hali 
ko‘rmagan, tasavvurimizga ham sig‘maydigan 
meʼmoriy kompozitsiyalar vujudga kelar. 
Bunday qurilishlar haqiqiy ijod mahsuli bo‘ladi. 
Shuning uchun ham bo‘lajak arxitektorlar har 
tomonlama yetuk, badiiy tafakkuri keng, har 
bir loyihaga individual, ijodiy yondoshadigan 
bo‘lishi talab qilinadi. Shu o‘rinda o‘tmishda 
yashab ijod etgan mashhur meʼmorlar - 
Mikelanjelo Buanorotti, Djovanni Lorentso, 
Bernini, Leon Battista Аlberti, Filippo 
Brunellinski shuningdek, shu sohaning 
hozirgi davrdagi taniqli mutuxassislari ijodiga 
murojaat qiladigan bo‘lsak, ularning barchasi 
ham ajoyib chizuvchilar bo‘lganligiga amin 
bo‘lamiz. 
Shunday ekan, masalaga kengroq 
yondashadigan bo‘lsak, arxitektura tarixi ming 
yillar oldin, qadimgi odamlar o‘zlarini tabiiy 
ofatlardan himoya qilish uchun ibtidoiy kulbalar 
qurishni boshlagan paytlardan boshlangan. 
Shu bilan birga arxitektura uslublari ham 
mavjud bo‘lib, ular asrlar davomida sezilarli 
darajada o‘zgargan. Ko‘pgina madaniyatlar 
bugungi kunda o‘zlarining aniq meʼmoriy 
anʼanalariga ega
3
. Boshqacha aytganda, qadim 
zamonlardan buyon arxitektorlar (meʼmor) 
tasviriy sanʼat sohasining yetuk namoyondalari 
bo‘lishgan. Bunday insonlar bo‘lajak bino yoki 
inshootning nafaqat tashqi va ichki ko‘rinishlari, 
balki ularning chizmalari, unda ishlatiladigan 
materiallar, qurishda foydalanish mumkin 
bo‘lgan turli qurilmalarni ham ko‘rinishlarini 
tasvirlab berishgan, chizmalarini yaratishgan. 
Boshqacha aytganda, birgina arxitektor 
qurilayotgan binoning barcha ish jarayonlarini 
to‘liq tasavvur qilgan, ishlab chiqqan va asosiy 
yaratuvchisi sifatida bu ishlarning boshida 
turgan. Hozirgi davrda esa bu ishlar har bir 
soha bo‘yicha tobora ixtisoslashib bomoqda. 
Yuqorida aytib o‘tiladigandek, arxitektor, 
loyihachi, quruvchi-injener, so‘zlari garchi bir-
3 https://www.begin.ru/add/spravochnik/vostrebovannyie-speczialnosti/arxitektura-i-stroitelstvo.html
4 https://marhi.academy/rossiyskiy-universitet-druzhbi-narod/
5 
birini to‘ldiruvchi va yaqin tushunchalardek 
bo‘lib tuyulsa-da, aslida alohida-alohida kasbiy 
soha egalaridir. Аrxitektorlar binolarning reja 
loyihasini, uning tashqi va ichki ko‘rinishlarini, 
dizaynini ishlab chiqadigan insonlardir. Qurilish 
muhandislari esa meʼmor loyihasining xavfsiz 
va tizimli himoyalanganligini taʼminlaydigan 
tajribali mutaxassislar hisoblanadi.
Shunday ekan, ushbu atamalarni ikki 
toifaga bo‘ladigan bo‘lsak, ularning sanʼat 
sohasiga eng yaqini bu arxitektorlik kasbidir.
Fikrimizcha, ayrim hollarda bo‘lajak 
arxitektorlarni tayyorlash borasida mana shu 
haqiqatni to‘liq anglab yetishimiz, talabalikka 
qabul qilish va o‘qitish jarayonlarida ishni ana 
shu asosda olib borishimiz kerak. “Imtihon 
olishning qanday shakli bo‘lishidan qatʼiy 
nazar qalamtasvir va chizmachilik bo‘yicha 
bilim va malakalar bo‘lmasdan turib arxitektura 
fakultetida o‘qish mumkin emas, chunki, ushbu 
fanlar bo‘yicha baribir fundamental bilimlar 
olish talab qilinadi”
4
.
Tasviriy sanʼatning grafika turi, uning 
arxitektura va dizayn sohasiga tadbiq 
qilinishi o‘quv jarayonida talabalarning 
ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning eng 
samarali usullaridan biridir
5
. Shuning uchun 
ham talabalarga arxitekturaviy grafika fanini 
o‘qitish va uni zamonaviy talablar asosida olib 
borishga alohida eʼtibor berib kelingan. Ushbu 
fan oldiga qo‘yilgan asosiy maqsadlardan biri 
- arxitekturaviy grafikaning nazariy va amaliy 
asoslarini o‘rganish, meʼmoriy loyihalarning 
yaratilishida grafika sanʼatining o‘rni va 
ahamiyatini talabalarga to‘g‘ri tushuntirish, 
turli usul va vositalardan foydalanish orqali 
ularning tasvirlash malakalarini yuqori 
darajada shakllantirishdan iboratdir.
Maʼlumki, anʼanaviy arxitektura grafikasi 
chizmalarida narsa va obʼektlarni ortogonal va 
perspektiv tasvirlashning texnik usullari qabul 
qilingan bo‘lib, ularda soyalar yasalishi, tasvir 
ishlashdagi yuvish (otmivka) va boshqa shu 
kabi usullarning qonuniylashtirilgan tartibi joriy 
qilingan edi. Shu paytgacha mavjud bo‘lgan 
chizma chizish madaniyatida foydalaniladigan 
kam sonli va imkoniyatlari ham chegaralangan 
asbob-uskunalar bilan ish bajarish bir xillikka 
va 
shtam 
ko‘rinishidagi 
chizmalarning 
ko‘payishiga olib kelar edi. Shuning uchun 
ham arxitekturaviy faoliyatda yangi - yangi 
grafik tasvirlash usullarini ishlab chiqish 
zarurati paydo bo‘ldi. Аmmo, ishlab chiqilgan 
usullar har bir holatda ham o‘zini oqlashi, yaʼni 
qurilishni loyihalashtirishning yangi uslublari, 
AMALIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
58 
ijodiy izlanishlarini aks ettiruvchi arxitekturaviy 
shakllar bilan aloqador bo‘lishi, qolaversa ish 
chizmachiligidagi talab va normalarga ham 
javob berishi kerak edi. Zamonaviy arxitektura 
grafikasidagi yangicha ifodaviylik vositalarini 
izlash tabiiyki, yangi ko‘rinishdagi meʼmorchilik 
ixtisosligi va uning mazmunidan kelib chiqadi. 
Shuningdek, inshoot materiallari, uning 
konstruktsiyasi, undagi g‘oyani tomoshabinga 
aniq yetkazib berishga imkon beruvchi 
yangicha tasviriy vositalaridan foydalanish va 
boshqalar ham grafik usullarning o‘ziga hos 
ixtisoslashuviga olib keladi.
Ish chizmalarida ayrim hollarda, masalan, 
rangli betonlar yoki keramikalarni, shuningdek 
shaffof va shaffof bo‘lmagan plastiklar hamda 
boshqalarni shartli ranglarda emas, balki ana 
shu materiallarning o‘zigagina hos bo‘lgan 
ranglarda tasvirlash uchun anʼanaviy klassik 
“yuvish” usullari samarali bo‘lmagan bo‘lar edi.
Tasviriy vositalar – akvarel, badiiy 
markerlar, guash, tempera, lak, bronza va 
boshqalar orqali grafik tasvirlashning turli 
usullarida aynan shunday rangli materiallarni 
o‘z tabiiy rangiga yaqin, aniqroq tasvirlash 
alohida ahamiyat kasb etadi.
Bunday tasvirlash usullari kompozitsiya 
elementlari 
dekorativ-rangtasvir 
orqali 
ifodalanuvchi 
arxitekturaviy 
loyihalarda 
qo‘llaniladi. 
Shu 
kabi 
arxitekturaviy 
kompozitsiya loyihalaridagi grafik ko‘rinishlar 
– hajmli fazoviy tuzilish, tektonika (joylashuv), 
ritm (marom) va boshqalar chiziqlar, ton (ohang), 
yorug‘-soya, fakturalar orqali ifodalanadi. 
Demk, bu borada muvaffaqiyatli ish olib borish 
uchun bo‘lajak arxitektor tasvirlash qoidalarini 
yaxshi bilishi, ijodiy ishlay olish qobiliyatiga ega 
bo‘lishi kerak. Buning uchun esa, oliy taʼlimning 
arxitektura yo‘nalishlarida o‘qish uchun institut 
ostonasiga qadam qo‘yayotgan abituriyentda 
tasviriy sanʼat sohasida fundamental bilim va 
malakalarga ega bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta 
maxsus taʼlim vazirligi, Qurilish vazirligi, 
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar 
va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar 
vazirligining qo‘shma (2020-yil 30-avgustdagi 
“6”, “8”, “2”, “68”- sonli) qaroriga 1-ilova sifatida 
Toshkent 
arxitektura-qurilish 
institutini 
rivojlantirish kontsepsiyasi ishlab chiqilgan. 
Jumladan, unda “...konseptual tamoyillar 
asosida taʼlim faoliyatini takomillashtirish 
orqali mutaxassislar tayyorlash sifatini sezilarli 
darajada yaxshilash” maqsadi qo‘yilgan. 
Shuningdek, ushbu hujjatda “-talabalarning 
chuqur bilim, kasbiy malaka va ko‘nikma 
olishlari, 
shuningdek, 
o‘zlarining 
ijodiy 
potensiallarini namoyon qilishlari uchun o‘quv, 
ilmiy, innovatsion faoliyat birligini taʼminlash” 
vazifalarini amalga oshirish belgilab berilgan. 
Zero, xalqaro miqyosda kechayotgan 
o‘zgarishlar, 
taraqqiyot 
jarayonlarida 
shaharsozlikning alohida o‘rni bo‘lib, bu 
omil, birinchi navbatda, yuqori kasbiy 
kompetensiyaga ega bo‘lgan arxitektorlarni 
tayyorlashni talab qiladi. Shu maʼnoda 
ularda tasviriy vositalardan optimal tarzda 
foydalanish natijasida zamonaviy talablarga 
javob beradigan arxitekturaviy loyihalarning 
tasviriy talqinlarini yaratish kompetensiyalarini 
tarkib toptirish, bu jarayonda talabalarning 
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning muhim 
omillaridan biri bo‘lgan ularning grafik 
savodxonligi darajasini oshirish masalasi 
yetakchi masala sifatida qaralishini esdan 
chiqarmasligimiz kerak.
AMALIY FANLAR


59 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
BASTAKORLIK IJODINING MAKTAB TA’LIM 
TIZIMIDA O‘RGANISH USULLARI
Ismatilla Qudratov -
p.f.n., dotsent, Samarqand davlat universiteti
Elnoza Ismatillayevna Abdukarimova -
katta o‘qituvchi, Jizzax davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya: O‘zbek mumtoz musiqa sanʼatida bastakorlik ijodiyoti o'zining paydo bo‘lishi, 
rivojlanishi, tutgan mavqeiga ko'ra muhim o‘rin tutadi. Maqolada o‘zbek bastakorlik sanʼati tarixi, 
buyuk namoyandalari ijodi haqidagi maʼlumotlarga to'xtalib o'tildi.
Аннотация: В искусстве узбекской классической музыки композиционное творчество 
занимает важное место по своему возникновению, развитию и положению. В статъе основное 
внимание уделено сведениям об истории узбекского композиционного искусства, творчестве 
его великих мастеров.
Abstract: In the art of Uzbek classical music, compositional creativity occupies an important 
place according to its emergence, development, and position. The article focused on information 
about the history of Uzbek compositional art, the work of its great masters.
Kalit so'zlar: mumtoz musiqa, bastakorlik, yozma manbaalar, namoyanda, uslub, hududiy uslublar, 
Buxoro-Samarqand, Farg‘ona-Toshkent, Xorazm, Surxondaryo-Qashqadaryo.
Ключевые слова: классическая музыка, композиция, писменные источники, экспрессия, 
стил, регионалные стили, Бухара-Самарканд, Фергана-Ташкент, Хорезм, Сурхандаринско-
Кашкадаринская.
Keywords: classical music, composition, written sources, expression, style, regional styles, 
Bukhara-Samarkand, Fergana-Tashkent, Khorezm, Surkhandarya-Kashkadarya.
Respublikamiz taʼlim tizimida umumta’lim 
maktablari eng asosiy shakllantiruvchi 
bosqich hisoblanadi. Maktabda o'qitiladigan 
fanlar tarkibida musiqa darslari o'quvchilariga 
musiqa madaniyatining umumiy asoslari, 
ya’ni tarixi, nazariyasi, janrlari, ijro uslublari 
to‘g‘risidagi bilim bilan tanishtirish orqali, 
ularning maʼnaviy-axloqiy, estetik madaniyatini 
shakllantirishni ko'zda tutadi.
Darslarda o'quvchi-yoshlarga musiqa 
madaniyati bo‘yicha beriladigan bilimlar 
tarkibida o‘zbek mumtoz musiqa sanʼati, 
bastakorlik ijodiyoti uning atoqli namoyondalari 
hamda bastakorlik sanʼatida qaror topgan 
hududiy uslublar to‘grisida maʼlumotlar 
berishga alohida o'rin ajratilgan
1
.
Bastakorlik O'rta Osiyo xalqlarida 
juda qadim zamonlardan mavjud bo'lgan 
professional sozanda va xonandalarning 
musiqiy ijod sanʼatidir. Bu sanʼat bir xalqning 
o'ziga xos musiqiy anʼanalari asosida 
vujudga kelib uzoq madaniy tarixiy taraqqiyot 
jarayonida mustaqil musiqiy ijod sifatida 
shakllangan. Qariyb 2000 yillik ko'hna tarixga 
ega bo'lgan ushbu sohada Barbad, Abu Nasr 
Farobiy, Sayfuddin al- Urmaviy, Hoji Abdulqodir 
1 Qudratov I, Abdukarimova E. “Musiqa darslarida fanlararo aloqadorlik” Samarqand, SamDu bosmaxonasi, 2015-yil.
Marog'iy, Najmiddin Kavkabiy, Darvish ali 
Changiy kabi ulkan siymolar ijod qildi. Ular 
musiqa nazariyasi va bastakorlik sohasida 
juda katta boy meros qoldirdi. Biroq arab 
istilosi davrida musiqaga oid yozma manbalar 
kuydirilib, yo‘qotib yuborilgan. Shuning uchun 
ular yaratgan musiqiy asarlar bizgacha yetib 
kelmagan, lekin keyingi mingyillik tarixga oid 
yozma manbalar bizgacha yetib kelgan. O‘rta 
asr musiqashunos olimlari musiqa nazariyasi 
va bastakorlik masalalari bo'yicha ko'proq Abu 
Nasr Farobiyning “Musiqaga oid katta kitob”, 
“Musiqa haqida so'z”, Abu Ali Ibin Sinoning 
“Musiqa ilmi haqida risola”, “Kitobu ash shifo” 
asarlarida musiqa ilmi va bastakorlik sanʼatiga 
berilgan tarifni asos qilib oladilar. 
O‘zbek xalqining donishmand shoiri 
va olimi Alisher Navoiy o‘zining “Xazoyin 
ul-maoniy”, “Holati Pahlavon Muhammad”, 
“Majolis 
un-nafois”, 
“Mezon 
ul-avzon”, 
“Mahbub ul-qulub” kabi asarlarida o'zidan 
oldin o‘tgan buyuk musiqiy allomalarimizning 
musiqiy ilmiy, bastakorlik anʼanalarini davom 
ettirib boyitdi.
Musiqa ilmi XIII-XIV asrlarda yashab, 
ijod etgan olimlar-Sayfuddin Urmaviy, Hoji 
AMALIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
60 
Abdulqodir Marog‘iy, Abdurahmon Jomiy, 
Najmiddin 
Kavkabiy 
va 
boshqalarning 
asarlarida yanada rivojlantirilgan edi.
O‘zbek bastakorlik sanʼatining mashhur 
namoyandalari Hoji Abdulaziz Rasulov, 
To‘xtasin Jalilov, Yunus Rajabiy, Imomjon 
Ikromov, Komiljon Jabborov, Faxriddin Sodiqov, 
Saidjon Kalonov, Nabijon Hasanov, Komiljon 
Otaniyozov, Muhammadjon Mirzayev, G‘anijon 
Toshmatov, Orif Qosimov, G'ulomjon Hojiqulov 
va boshqa ustoz bastakorlar o‘z ijodida, asosan, 
xalq musiqiy anʼanalariga suyandilar. Ularning 
har biri o‘z musiqiy ijod yo'lini yaratdilar. Ular 
yaratgan va yaratayotgan asarlarining aniq 
uslubi, ladi, ohang aniqligiga intonatsiyasiga 
katta eʼtibor berishgan. Ular musiqani 
nihoyatda serohang va jiloli bo‘lishi uchun 
xilma-xil va murakkab usullarga murojaat 
qilishgan. Bundan tashqari, ularning asarlarida 
o'ziga xos ichki milliy ruh, falsafiy kayfiyat 
borki, ular asarga go‘zallik va umrboqiylik 
bag‘ishlaydi. Bunday ijodiy mahorat, albatta, 
o‘z-o‘zidan emas, ko‘p yillar davomida olib 
borilgan sermashaqqat mehnat, xalq musiqiy 
merosini chuqur, mukammal bilish evaziga 
paydo bo'lgan va shakllangan. Shuning uchun 
ham ustoz bastakorlarning kuy va ashulalari 
o'zlarining 
mantiqan 
serjiloligi 
hamda 
falsafiy mushohadakorlik darajasi to‘liq, tugal 
mazmuni bilan mumtoz xalq musiqiy asarlari 
bilan bemalol bellasha oladi.
Bu borada ustoz bastakor Yunus 
Rajabiyning ijodi o'ziga xos ko'p qirralidir. 
U o‘zbek xalq musiqasi va o'zbek mumtoz 
musiqasining asosi hisoblangan maqom 
sanʼati, xususan, Shashmaqomning chuqur 
bilimdonigina bo‘lib qolmay, 20 ta musiqali 
drama, 200 ga yaqin ashula va kuylar ijod qildi. 
Shulardan “Koshki” (Navoiy g'azali), “Judo” 
(Navoiy g'azali), “Jonimdadir” (Navoiy g‘azali) 
“Muncha ham” (Muqimiy g'azali), “Kuygay” 
(H.Olimjon sheri), “Ranolamasin” (G‘oziy 
g'azali) kabi ashulalari xonandalar tomonidan 
sevib ijro etilib kelinmoqda.
O'zbek xalqining ustoz bastakorlaridan 
yanada biri O‘zbekiston xalq artisti To‘xtasin 
Jalilovdir. U musiqiy folklorni o‘zbek musiqali 
dramalariga olib kirgan birinchi bastakor 
hamdir. San’atkorning “Tohir va Zuhra” 
musiqali 
dramasidan “Otmagay 
tong”, 
“Ey quyosh”, “Ayirmish”, “Qalandar”, “Oh 
faryodkim”, “Nurxon” musiqali diramasidan “Ey 
sabo”, “Muhabbat o‘tida kuydim”, “Yayragil”, 
“Naxushdirkim’, “Ravshan va Zulxumor” 
musiqali dramasidan “Uzoqdan kelayotirman” 
kabi qo'shiq ariyalari xalqimizning hurmat 
eʼtiboriga sazovor bo‘ldi.
O‘zbek bastakorlik sanʼatining yirik 
namoyandalaridan Muhtorjon Murtazayev 
klassik va zamondosh shoirlarning sheʼrlariga 
rang-barang xalqchil ashulalarini yaratdi. 
Jumladan: “Biri ishva bilan” (Sobir Abdulla 
so‘zi), “Bizni tashlab” (Miskin g‘azali), “Aylading, 
qo‘yding” (Muqimiy g'azali), “Tasadduqman” 
(Chustiy g'azali), “Barnoligingdan” (Charxiy 
g'azali), “Farg‘ona tong otguncha” ( Xaziniy 
g'azali) kabi ashulalari xalq dilidan mustahkam 
o'rin egalladi.
O‘zbekiston xalq artisti, bastakor va 
sozlanadi Muhammadjon Mirzayev XX asr 
o'zbek musiqa tarixida yorqin iz qoldirdi. 
Xalqimizning sevimli hofizi Mamurjon Uzoqov 
ijrosida bastakorning quyidagi xalqchil 
ashula va yallalari ilk bor yangradi: “Qachon 
bo‘lgay”, “Yor istab”, “Yo‘lingda”, “Sho‘xi 
jononim mening” (Furqat g'azali), “Yakka bu 
Farg‘onada”, “Ko'zlaring”, “Suvrating”, “Yolg‘iz”, 
“Yana” (Muqimiy g'azali), “Parvo etib ket” 
(Sobir Abdulla so‘zi), “Shaydo bo‘libman” 
(Kamtar so‘zi), o‘zbek va tojik xalqlarining 
sevimli xonandasi, Tojikiston xalq artisti 
Hanifa Mavlonova ijrosida “Parvona bo‘ldim” 
(Kamtar so‘zi), “Gulchehra yor”, (Po‘lat Mo‘min 
sheri), “Tong otguncha” (Dilafkor so‘zi) kabi 
lirik ashulalari xalq orasida mashhur bo'lib 
ketdi. Shuni ham aytish joizki, M. Mirzayev 
yillar davomida, Mukarrama Turg‘unboyeva 
nomidagi “Bahor” davlat ansambli repertuarini 
boyitib keldi. “Bahor valsi”, “Gulnoz”, “Dildor 1 
va 2”, “Ufor sanam”, “Intizor etma” kabi raqs 
kuylari ansambl repertuaridan mustahkam 
o'rin egalladi.
Bastakor Muhammadjon Mirzayev o'z 
davrining mashhur kuychisi edi. Shuning 
uchun uning ijodida zamonaviy mavzu ustuvor 
turdi. “Oltin sandiq”, “Uch dugona”, “Ey gul”, 
“Toshkent nahori”, “Muhabbat maktubi” (Turop 
To‘la so'zlari), “Ko'zlarimga ziyo olaman”, 
“Chavandoz qizlar” (Normurod Narzullayev 
so'zlari), “Onalar”, “Assalom, kelin salom” 
(O'tkir Rashid so'zlari) kabi qo‘shiqlari rubob 
uchun yaratilgan, “Go‘zal Vatanim”, “Orzu qil”, 
“Dilrabo”, “Marg‘ilon qizlari”, “Shodlik”, “Yangi 
tanovar” kabi kuyladi keng qanot yozdi. 
Ulkan isteʼdod egalari bo‘lgan bu ustoz 
bastakorlar o‘z ijodiy faoliyatlari bilan Barbod, 
Forobiy, Ibn Sino, Hoji Abduqodir Marog‘iy 
asos solgan o‘zbek bastakorlik sanʼatining 
nodir namunalarini targ‘ib qilishdi va davom 
ettirishdi. Sir emaski, milliy bastakorlik 
masalasiga yaqin yaqinlargacha, asosan, 
g‘arbiy musiqashunoslikda qabul qilingan 
talablar bilan yondashiladi. Shuningdek, 
kompozitorlik ijodi uchun birdan-bir xos 
AMALIY FANLAR


61 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
bo‘lgan sabablar, umuman, zamonaviy musiqiy 
ijodkorlikning shartli mezonlariga aylandi. 
Milliy 
bastakorlik 
sanʼatimizning 
bugungi o'ziga xos ijodiy xususiyatlari yangi 
uslublarning paydo bo'lishi, inson qalbiga 
zavq bag'ishlash yo‘lidagi izlanishlar ijodkorlik 
sanʼatimiz muhitini boyitmoqda. Eng muhimi, 
xalqning tengsiz mulki hisoblanuvchi taniqli 
bastakorlar ijodi bilan boyidi
2

Hozirgi 
kunda 
bastakorlarimizdan 
O‘zbekiston xalq artisti Baxtiyor Aliyev, 
O'zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti 
Abduhoshim 
Ismoilov, 
Ortiq 
Otajonov, 
Sultonali Mannopov, O‘zbekistonda xizmat 
ko'rsatgan 
artistlar 
Shavkat 
Mirzayev, 
Ahmadjon Dadayev, Halimjon Jo‘rayev, 
Shermat Fayzullayev, Qo‘ldosh Mamirov, 
Tuyg‘un Otaboyev, Rahmatjon Tursunov, 
Ravshan Hamraqulov, Orif Atoyev, Payziqul 
Zokirov va boshqa bastakorlar ijod qilgan kuy 
va qo'shiqlar xalqimizga manzur bo'lmoqda. 
Bu iste’dodli bastakorlarning musiqiy ijodini 
tahlil qilar ekanmiz, haqli ravishda o‘zbek milliy 
bastakorlik sanʼatining munosib davomchilari 
borligiga turli ishonch hosil qilamiz.
O‘zbek bastakorlik sanʼatida hududiy 
uslublar. O‘zbek bastakorlik merosi ijodida 
shakllangan asosiy 4 ta hududiy uslublar 
mavjud. Ular quyidagicha nomlanadi:
1. Buxoro- Samarqand musiqa uslubi.
2. Fargona- Toshkent uslubi.
3. Xorazm uslubi.
4. Surxondaryo- Qashqadaryo uslubi.
Har bir hududiy uslub o'ziga xos musiqaviy 
ijod, xususiyatlariga ega. Har birining, o'z 
navbatida ijodiy maktablarga bo‘linishi 
diqqatga sazovordir. Masalan, Buxoro, 
Samarqand bastakorlik maktabi, Andijon, 
Farg‘ona, Toshkent bastakorlik maktabi va 
Xorazm bastakorlik maktabidir.
Ushbu hududiy uslublar har bir bastakor 
ijodining “Oltin beshik” asosini tashkil 
etadi. O‘zbek va Tojik professional musiqa 
madaniyatining atoqli namoyandasi Ota Jalol 
(Jaloliddin) Nosirov XIX asrning ikkinchi 
yarmi - XX asrning boshida yashagan taniqli 
musiqa arboblaridan biridir. Maqomdon ustoz 
Ota Jalol Nosirov Shashmaqomning barcha 
sho‘balari va tarona yo‘llarini puxta bilardi. U shu 
sababli xalq orasida obro‘ qozongan, ashula 
shinavandalarini o'zining keng diapazonli ovozi 
bilan maftun etgan ajoyib xonanda edi.
Buxoroda birinchi musiqa maktabi, 
Samarqandda musiqa bilim yurtining yuzaga 
kelishida Ota Jalolning xizmati katta. Usta Shodi 
Azimov, Domla Halim Ibodov, Levi Boboxonov, 
2 Hamidov H. “O‘zbek an’anaviy qo‘shiqchilik madaniyati tarixi”. – T.: O‘qituvchi, 1996-yil.
Boboqul 
Fayzulloyev 
kabi 
maqomdon 
xonandalar ham Otajonovdan taʼlim olishgan 
edi. O‘zbek va Tojik professional musiqa 
san’atining durdonalaridan Shashmaqomini 
yozib olinishi va saqlab qolinishida Ota 
Jalolning qo'shgan hissasi katta. Ota Jalol 
nomini tilga olganimizda ustozlar ustozi, 
Shashmaqom bilimdoni, murakkab usullar 
ustasi, ajoyib tadbircha va xushovoz xonanda 
ko'z oldimizga keladi. Shu sababli O'zbekiston 
va Tojikistonning turli vohalarida Ota Jalolning 
nomi hurmat bilan tilga olinadi. Darhaqiqat, 
maqomdonlar tili bilan aytganda u “Ustoyi 
kulliy” edi. Bu ibora arabcha “Ustoz ul-kulliy” 
yaʼni hamma narsa (kuy) tillarni mukammal 
va to‘kis-tugal biluvchi maqomdon ustozlarga 
nisbatan ishlatilardi.
O‘zbek xalq musiqiy merosini milliy 
qadriyatlarimizning bir bo'lagi sifatida o'rganish 
hozirgi davrda dolzarb masalalardan biridir. 
O‘zbek musiqiy merosimizga nazar tashlar 
ekanmiz, o‘tmishda xalq ichida yetishib chiqqan 
o'zlarining ijro mahoratlari, murabbiyliklari 
bilan xalq dilidan joy olgan sanʼatkorlarimiz ko‘z 
oldimizda gavdalanadilar. Ular ichida musiqa 
sanʼatimizning birinchi akademigi Yunus 
Rajabiyning alohida o'rinlari borligi, shak-
shubhasiz. U kishi yashagan davr ijodining 
takrorlanmas qirralari mavjudki, ularning 
merosini o'rganish kelgusida yaratilajak 
cholg‘uchilik mahoratini rivojlantirishda ijobiy 
bosqich bo'lib xizmat qiladi.
O‘zbek mumtoz musiqa janrlari tasnifi.
Asrlar osha davr tahririga uchrab, 
sayqallashib, o'ziga xos murakkab shakllari, 
teran mazmuni, jozibali va ohangdor kuylari 
bilan bizgacha yetib kelgan mumtoz musiqa 
namunalari hanuzgacha eng sevimli, eng 
ardoqli xalq asarlari bo'lib kelmoqda.
Mumtoz musiqa asarlarining badiiy 
kuchi — ularning xalq orzu-umidlari, his-
tuyg'ulari, fazilatlari va turmush haqiqatlari 
bilan uyg'unligi, kishilarning ruhini, dardini 
o'zida aks ettirishida, undagi tinglovchilarga 
ham birday yoqimli, so'z va ohang, soz va 
kuy mushtarakligidadir. Inson yashashi 
uchun, millat taqdiri va munosabatlari uchun 
zarur bo'lgan maʼnaviy jarayonlar kuyda va 
aytim-ashulaga solinadi. Inson boshidan 
kechiradigan turli-tuman voqelik, yuragini zabt 
etuvchi shodu-xurramlik yoki dardu-alamlar, 
bu yorug' yoki qorong‘u kunlarning izi cholg‘u 
va ashulaga aylanadi.
Mumtoz ashula yo'llari va cholg‘u 
kuylarining umrboqiyligi ulardagi maʼnaviy-
axloqiy 
maʼnoning 
chuqurligi, 
musiqiy 
AMALIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
62 
ohanglarning go‘zaligidadir. Ularda insoniy 
kechinmalar andishaga boy, hayotiy va 
samimiydir; shuning uchun tinglovchiga 
zavq bag'ishlaydi, ko'nglini ko'taradi. Bunday 
maʼnaviy go‘zallik taronasi mumtoz musiqaning 
ajib va o'lmas anʼanasiga aylangan. Mumtoz 
musiqa o‘zining mukammaligi, mo‘jaz shakli, 
obrazlarning serqirra maʼnodorligi va nafisligi 
bilan ajralib turadi. Abdurauf Fitrat musiqa 
ijodiyotining asrlar mobaynida yashab kelgan 
shakl-shamoyillari, ularning turlari (ashula, 
doston va b.) haqida yozar ekan, ashulaga 
quyidagicha taʼrif beradi; “Kuy, ohang bilan 
o'qilayotgan sheʼrlar, tizmalarga ashula 
deyiladi”.
Har bir musiqa asari, birinchi navbatda, 
kishiga ruhiy yengillik baxsh etish vazifasini 
bajarsa, ikkinchi tomondan, kishining tashqi 
dunyoga estetik munosabatda bo'lishini 
shakllantiradi; uchinchi tomondan esa 
tarbiyaviy taʼsir vazifasini ham o'taydi. Musiqa 
asarlarining kishi ruhiyatiga taʼsiri haqidagi 
fikrlarni qadim davrlarda yashab o‘tgan 
olimlarning asarlarida ham uchratishimiz 
mumkin. 
Masalan, 
Sharqning 
buyuk 
mutafakkirlari o'zlarining “Musiqiy risolalarida” 
musiqaning inson ruhiyatiga taʼsiri turli 
his-tuyg‘ular uyg‘ota olish xususiyatlarini 
batafsil tahlil qilishib, jumladan, maqom va 
ularning shu’balari kishiga shijoat va jasorat 
bag‘ishlaydi deb uqtirib otishgan. Navo yoki 
Ushshoq jozibador va ohangdor maqom 
yo'llari deb hisoblansa, Rost yoki Iroq nozik 
va yoqimli maqom yo'llari bo'lib, kishiga huzur, 
xushchaqchaq kayfiyat bag‘ishlaydi. Buzuk 
yoki Segoh va ularning shu’balari ulug'vorlik, 
g'amginlik, quvonch hamda qayg‘u kayfiyatini 
qo'zg‘aydi. “Dilxiroj” cholg‘u kiyini tinglaganda 
kishida ko‘tarinki ruhiy holat vujudga kelsa, 
“Cho‘li Iroq” kuyi ruhim moziydan sado 
eshitilgandek bo‘ladi. Kishining tashqi dunyoga 
estetik munosabat shakllantirishdagi mumtoz 
musiqaning vazifasi insonning taʼsirchanlik 
kayfiyati bilan bevosita bog‘liqdir
3
.
Xalq yoki bastakor tomonidan yaratilgan 
har bir musiqa asari o'z oldiga u yoki bu 
darajadagi vazifani qo‘yadi. Mumtoz musiqa 
ham mavqeyi, mohiyati, mazmuni, vazifasi 
va ijrochilik xususiyatlari jihatdan ikki yirik 
guruhga-ovoz va so‘z bilan bog‘liq bo‘lgan 
aytim yo'llari va cholg‘u orqali ifoda etiluvchi 
cholg'u yo‘llarida bo'linadi. Ularning har biri, o'z 
navbatida quyidagi janrlarga tasniflanadi:
Aytim yo'llari:
3 Elnoza Ismatillayevna Abdukarimova Aктуальные вызовы современной науки. “Yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalashda xalq musiqa merosi qudratli tarbiya vositasi” iscience 2017-yil.
4 Abdullayev R.S. “O‘zbek mumtoz”. O‘quv qo‘llanma. T.: Yangi nashr, 2008-yil.
1. Mumtoz yalla va ashula-har biri 
rivojlangan kuy va shakldan, o'ziga xos 
mazmunda va ijro uslubidan iborat. Bulardan 
lokal xususiyatlariga ega bo'lgan xalq ashula 
yo‘llari, suvoralar, naqshlar ham kiradi. 
2. Yirik ashulalari bo'lmish — faqatgina 
Farg‘ona vodiysida shakllanib, rivoj olgan katta 
ashula .
3. Dostonlar, xalq epik janri bo'lib, adabiy 
matn, she’r, musiqadan iborat uch birlik 
tamoyili mavjudligi bilan ajralib turadi.
4. Maqomlar, o'z navbatida maqom 
ashula yo‘llari va yirik ashula-cholg‘u 
turkumli janr sifatida keng tarqalgan. Buxoro 
“Shashmaqomi”, “Xorazm maqomlari” turkumi 
va Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari kabi 
maqom turkumlaridan iborat
4

Cholg'u yo'llari:
1. Rivojlangan kuy va shakllardan iborat, 
murakkab ijro uslublari mavjudligi bilan ajralib 
turuvchi cholg'u kuyi yoki asar va cholg‘u 
turkumlar (bu toifaga yirik cholg‘u usullari ham 
kiradi), jumladan, “Eshvoy-Eshvoy kurd-Eshvoy 
Turkman”; “Dilxiroj” va “Sinaxiroj”.
2. Maqom cholg‘u yo'llari va turkumlari, 
jumladan, “Cho‘li Iroq”, “Mushkiloti dugoh”, 
Ajam taronalari; dutor maqom turkumlari 
(Xorazmda), “Surnay” maqom yo'llari — “Navo”, 
“Chorgoh” va b.( Farg'ona-Toshkent).
3. Mumtoz ashulalarining cholg'u yo‘llari 
(variantlari) va turkumlari, jumladan, “Tanovar” 
turkumi, “Chorgoh” turkumi va bosh.
Har bir janr o'z mavqeyi, kuy-ohang 
tuzilishi, ijro uslubi bilan ajralib turadi.
O'zbek mumtoz musiqasi asrlar osha 
og'zaki 
tarzda 
avloddan-avlodga 
o'tar 
ekan, bu jarayonda u boyib, xalqning fikr-
o‘yi, dardi, orzusi, donishmandligini o'zida 
mujassamlashtiradi. O'zining anʼanaviyligi, 
buyukligi, 
taʼsirchanligi, 
professionalligi, 
mukammalligi ko'plab badiiy vositalarga 
boyligi bilan o'ziga xos musiqa-sanʼat turiga 
aylanadi. Katta badiiy-estetik imkoniyatlarga 
ega bo'lgan o'zbek mumtoz musiqasi milliy ruh, 
milliy qiyofani shakllantirish, milliy qadriyatlarni 
saqlash, boyitish va keyingi avlodga yetkazib 
berishning samarali vositasi sifatida namoyon 
bo'ladi.
O'zbek mumtoz musiqasida xalqning 
maʼnaviy madaniyatiga doir durdonalar 
to'plangan bo'lib, hozirgi mustaqillik davrda 
milliy o'zlikni anglash va milliy ongni taraqqiy 
ettirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
AMALIY FANLAR


63 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
TA’LIM MUASSASALARIDA SOG‘LOM 
TURMUSH TARZINI TASHKIL ETISHDA 
SPORT MUTAXASSISLARINING O`RNI 
Ulug‘bek Lochinbekovich Kuchkarov -
v.b.professor, Namangan muhandislik texnologiya instituti
Annotatsiya: Jismoniy tarbiya va sport milliy genofondning shakllanishi, sog‘lom turmush 
tarzini to‘g‘ri tashkil etish va yosh avlodni sog‘lom tarbiya qilishda ma’naviy, mafkuraviy va amaliy 
vosita sifatida keng qo‘llaniladi. Ushbu maqola sog‘lom turmush tarzini to‘g‘ri tashkil qilishda 
jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari pedagogik faoliyati masalalariga bag‘ishlangan hamda 
tegishli xulosa-takliflar keltirilgan.
Аннотация: Физическая кулътура и спорт широко исползуются как духовно-
мировоззренческий и практический инструмент формирования националного генофонда, 
правилной организации здорового образа жизни, здорового воспитания подрастающего 
поколения. Статъя посвящена вопросам педагогической деятелности специалистов 
физической кулътуры и спорта по правилной организации здорового образа жизни.
Abstract: Physical training and sports are widely used as a spiritual, ideological and practical 
tool in the formation of the national gene pool, the proper organization of a healthy lifestyle, and 
the healthy upbringing of the young generation. The article is devoted to the issues of pedagogical 
activities of physical education and sports specialists in the proper organization of a healthy 
lifestyle.
Kalit so‘zlar: jismoniy madaniyat, sog‘lom turmush, sport, o‘qituvchi, o‘qituvchi-trener, amaliy 
mashg‘ulotlar, mardlik, chaqqonlik.
Ключевые слова: физическая кулътура, здоровый образ жизни, спорт, педагог, педагог-
тренер, практические занятия, смелостъ, ловкостъ.
Keywords: physical culture, healthy life, sport, teacher, teacher-trainer, practical training, 
courage, agility.
Jismoniy tarbiya o‘quvchilarda jismoniy 
va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni 
aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda 
Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo‘naltirilgan 
pedagogik jarayon bo‘lib, ijtimoiy tarbiya 
tizimining muhim tarkibiy qismlaridan biri 
sanaladi. Yoshlarni sog‘lom bo‘lib voyaga 
yetishlarini 
ta’minlash 
masalasi 
milliy 
pedagogikamiz, xalq og‘zaki ijodi hamda 
mutafakkirlar asarlarining bosh g‘oyalaridan 
biri bo‘lib kelgan.
Abu Ali ibn Sino insonga xos bo‘lgan ijobiy 
fazilatlarni sanab o‘tar ekan, quyidagilarga 
alohida urg‘u beradi:
1.Jasurlik – biror ishni bajarishda 
kishining jasurligi, chidamliligi, inson boshiga 
tushgan yomonlikni to‘xtatib turuvchi quvvat.
2.Aqllilik – biror ishni bajarishda 
shoshma-shosharlik 
qilishdan 
saqlovchi 
quvvat.
3.Ziyraklik – sezgi bergan narsalarning 
haqiqiy ma’nosini tezlik bilan tushuntirishga 
1 Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. - T.: «O‘qituvchi», 2018.
yordam beruvchi quvvat.
Abdulla Avloniyning fikricha, sog‘lom fikr, 
yaxshi axloq va ilm-ma’rifatga ega bo‘lmoq 
uchun badantarbiya bilan shug‘ullanish 
zarur: «Badanning salomat va quvvatli 
bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadir. 
Chunki, o‘qimoq, o‘qitmoq, o‘rganmoq va 
o‘rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz 
vujud lozim. Sog‘ badanga ega bo‘lmagan 
insonlar amallarida, ishlarida kamchilikka yo‘l 
qo‘yurlar
1
. Badantarbiyasini fikr tarbiyasiga 
ham yordami bordur. Jism ila ruh ikkisi bir 
choponning o‘ng ila tersi kabidur. Agar jism 
tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulqlardan 
saqlanmasa, choponni ustini qo‘yib astarini 
yuvib ovora bo‘lmak kabidirki, har vaqt ustidagi 
kiri ichiga uradur. Fikr tarbiyasi uchun mehnat 
va sog‘lom bir vujud kerakdur». Buyuk pedagog 
Abdulla Avloniy o‘zining «Turkiy guliston 
yohud axloq» asarida bu borada quyidagilarni 
ta’kidlagan edi: «Nazofat (gigiyena) deb 
a’zolarimizni, kiyimlarimizni, asboblarimizni 
AMALIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
64 
pok va toza tutmoqni aytilur. Poklik zehn va 
idrokingni keng va o‘tkir qilur. Xalq orasida 
e’tibor va shuhratga sabab bo‘lur. Poklik ila har 
xil kasalliklardan qutulib, jonimizning qadrin 
bilan bo‘lurmiz. Pok bo‘lmak salomatimiz, 
saodatimiz uchun eng kerakli narsadur
2
.
Ushbu maqola ma’lumotlari orqali 
sog‘lom turmush tarzini tashkil etishda 
jismoniy tarbiya mutaxassislarining ahamiyati 
yoritib beriladi.
Jismoniy tarbiya kishilarga katta ta’sir 
ko‘rsatib, 
salomatligini 
mustahkamlaydi, 
ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko‘rishga 
yordam beradi. Sport har qanday yoshda ham 
qaddi-qomatni tarbiya qilish kuch-quvvatni 
saqlab turishning ajoyib vositasidir. Sport dam 
olish bilan mehnatni almashtirib turish manbai 
bo‘lib xizmat qiladi. O‘quvchilarning jismoniy 
madaniyatga ega bo‘lishlari jismoniy tarbiya 
samaradorligini belgilovchi muhim omil 
sanaladi. Shuningdek, jismoniy madaniyat 
inson va jamiyat umumiy madaniyatining 
ham ajralmas qismidir. Jismoniy madaniyat 
mazmunida quyidagilar aks etadi:
1.Inson a’zolarining funksional kamoloti 
(ichki a’zolar, nerv va harakat, suyak-mushak 
tizimi, tana uyg‘unligi va ularning funksional 
faoliyatini boshqarish layoqati)ga egalikni 
ta’minlash.
2.O‘quvchilarning 
sog‘ligini 
mustahkamlash.
3.Ularni gigiyena qoidalariga amal 
qilishga ko‘niktirish.
4.O‘quvchilar mohirligini har tomonlama 
o‘stirish.
5.Bo‘lajak 
kasb-hunar 
egalarining 
jismoniy va fiziologik sifatlarini kasbiy nuqtayi 
nazardan shakllantirish, ularning ishchanlik 
qobiliyatini oshirish.
6.O‘quvchilarning jinsiy jihatdan to‘g‘ri 
kamolga yetishlari uchun sharoit yaratish.
7.O‘quvchilarda 
mustahkam 
iroda, 
qat’iy xarakter, intizomga so‘zsiz amal qilish 
ko‘nikmalarini shakllantirish.
Jismoniy 
tarbiyani 
tashkil 
etish 
jarayonida o‘quvchilarni gigiyena qoidalari 
bilan tanishtirish, ularga so‘zsiz amal qilish 
ko‘nikmalariga ega bo‘lishlariga erishish 
muhimdir.
Jismoniy tarbiya bolalarga faqat oilada 
yoki ta’lim muassasalarida ta’limni tashkil etish 
jarayonidagina emas, balki ta’limdan tashqari 
o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar, turli musobaqalar, 
tadbirlar chog‘ida ham samarali tashkil etib 
borilishi maqsadga muvofiq. «Sog‘lom tanda 
sog‘ aql» degan maqolda jismoniy tarbiyaga 
oid ma’no lo‘nda qilib ifoda etilgan. Jismoniy 
tarbiyani bugungi kun talablariga muvofiq 
2 Belarusova V.V. va boshqalar. Pedagogika. - T.: «O‘qituvchi», 2010.
3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi «Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3031-son qarori.
yuqori darajaga ko‘tarish o‘quvchilar o‘rtasida 
salbiy holatlar keng tarqalishining oldini oladi.
Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini 
shakllantirish, 
aholining, 
ayniqsa 
yosh 
avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport 
bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon 
talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport 
musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, 
kuchi va imkoniyatlarga bo‘lgan ishonchni 
mustahkamalash, mardlik va vatanparvarlik, 
ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularni kamol 
toptirish, jismoniy tarbiya va ommaviy 
sportni yanada rivojlantirish, aholining barcha 
qatlamlari, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya 
va sport bilan muntazam shug‘ullanishga 
jalb etish, mamlakatimizda bu borada 
yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanish 
natijadorligini 
rivojlantirish 
maqsadida 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentning 
2017-yil 3-iyundagi «Jismoniy tarbiya va 
ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3031-son qarorida 
belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqan 
holda, jismoniy tarbiya va sport sohasida 
kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash 
va malakasini oshirish muassasalarini ilmiy-
uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda 
sport maktablarini yuqori malakali murabbiylar 
va tibbiyot xodimlari bilan ta’minlash, ularning 
o‘quv muassasalarida funksional vazifalarni 
belgilab olish muhimligini bugungi davrning 
o‘zi ko‘rsatmoqda
3
.
Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari 
faoliyatini pedagogik boshqarishning o‘ziga 
xususiyatlari bo‘lib, turli ta’lim muassasalarida 
(oliy ta’lim muassasalari, barkamol avlod 
bolalar va o‘smirlar sport maktablari, nodavlat 
sport ta’lim muassasalari) o‘qituvchi trener va 
sport mutaxassislari faoliyat olib borishadi 
(1-jadval).
1-jadval.Jismoniytarbiya 
va 
sport 
mutaxassislari faoliyat turlari [5] 
AMALIY FANLAR


65 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
Ta’lim muassasasi Faoliyat mazmuni
Umumiy o‘rta ta’lim maktab, KHK va 
OTMlarida Rasmiy 
bo‘lib, 
belgilangan 
DTS asosida tashkil qilinadi, ma’lum bir vaqt 
me’yorlariga amal qiladi.
Barkamol avlod bolalar va o‘smirlar sport 
maktablarida Maktabdan tashqari vaqtlarda 
tashkil qilinadi, sport turlari va toifalari bo‘yicha 
belgilangan me’yorlarga amal qiladi, o‘quvchi 
va talabalarning bo‘sh vaqtlari asosida tashkil 
qilinadi.
Xususiy sherikchilik asosida nodavlat 
sport ta’lim muassasalari O‘rnatilgan tartibda 
barcha yoshdagilar uchun mo‘ljallangan 
bo‘lib, asosiy faoliyati sog‘lomlashtirishga 
yo‘naltirilgan (bozor iqtisodiyoti sharoitida 
bugungi kunda tobora rivojlanib bormoqda).
Turli ta’lim muassasalarida faoliyat olib 
boruvchilar ta’lim muassasasi funksional 
vazifasidan kelib chiqib yondashadilar. Biz 
quyida shaxsiy tajribamizdan kelib chiqib, oliy 
ta’lim muassasalari va Barkamol avlod bolalar 
sport maktablari o‘qituvchi trenerlarining 
pedagogik 
boshqaruvdagi 
o‘ziga 
xos 
xususiyatlarini tahlil etdik.
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi o‘quv 
mashg‘ulotlari jarayoni tuzilishida jismoniy 
tarbiya haqidagi fanga tayanish uchun shu 
fan asoslarini yaxshi bilishi kerak. O‘qituvchi 
o‘z fanini bilishidan tashqari, pedagogika, 
psixologiya, anatomiya, fiziologiya, gigiyena, 
tibbiyot va inson fiziologiyasi sohasiga taalluqli 
hamma fanlarga oid butun bir bilimlar tizimiga 
ega bo‘lishi kerak.
Sport turi bo‘yicha o‘qituvchi-trenerning 
faoliyati jismoniy tarbiya o‘qituvchisining 
ishidan jiddiy farq qiladi. Trenerning ishi, avvalo, 
o‘quvchi va yoshlarning sport qobiliyatlarni 
aniqlash va rivojlantirishga, ularning sport 
hayot yo‘lini oldindan ko‘ra bilishga qaratilgan 
bo‘ladi. Shaxsning gormonik va jismoniy 
jihatdan kamol topishi uning sportdagi hayot 
yo‘li uchun asos bo‘lib xizmat qiladi
4
.
Sport turi bo‘yicha o‘qituvchi-trener 
uchun zarur bo‘lgan bilimlar tizimi va xarakteri 
o‘ziga xosdir. U sportchilar tayyorlashning 
milliy tizimi tamoyillari, vositalari va metodlari, 
sportchilar tayyorlashning asosiy xalqaro 
xorijiy talab xususiyatlari, tanlangan sport 
turidagi ta’lim va trenirovka (mashg‘ulot) 
nazariyasi va metodikasi, shuningdek, jismoniy 
4 Yarashev K.D. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish. - T.: Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2012.
5 Zayniddinov T.B., Achilov T. «Jismoniy tarbiya o‘qitish metodikasi» o‘quv fan dasturi. - T: Nizomiy nomidagi TDPU, 2015. 
mashqlarning asosiy turlariga o‘rgatish 
metodikasi, o‘quv-trenirovka jarayonini tashkil 
etishning 
asosiy 
psixologik-pedagogik 
qonuniyatlari, sportchilar tayyorlashda turli 
vositalardan didaktik imkoniyatlar, sport bilan 
shug‘ullanuvchilarning yosh-jins xususiyati 
qonuniyatlari hamda ularda asosiy jismoniy 
sifatlar va harakat malakalarini rivojlantirish 
xususiyati, o‘quv-trenirovka uchrashuvlari va 
sport-sog‘lomlashtirish maskanlari sharoitida 
sport ishlarini tashkil etish xususiyatlari, 
jismoniy tarbiya sport faoliyatining sanitariya-
gigiyena asoslari, sport mashg‘ulotlari 
jarayonida shikastlanishning oldini olish 
asoslari, sport turi bo‘yicha sport inshootining 
tuzilishi, undan foydalanish xususiyatlari, uning 
konstruksiyasi, sport invertari va jihozlaridan 
foydalanish va ularni saqlash qoidalarini 
mukammal ravishda bilishi kerak
5
.
Bu borada o‘qituvchi-trener quyidagilarni 
bilishi lozim deb o`ylaymiz:
- sport tayyorgarligining umumiy va 
aniq maqsadlari, aniq sport mashg‘ulotining 
maqsadi hamda vazifalarini belgilash;

o‘quv 
trenirovka 
jarayonida 
shug‘ullanuvchilarning 
yosh-jins, 
morfofunksional 
va 
individual-psixologik 
xususiyatlari va sport tayyorgarligi darajasini 
hisobga olib hozirgi zamon metodlarini 
qo‘llashni bilish sport turiga yo‘llash maqsadida 
jismoniy rivojlanganlik va tana tuzilishini 
aniqlash va baholash;
- sportchilarning faoliyatini tekshirish 
natijalariga qarab o‘z faoliyatiga tuzatishlar 
kiritish;
- hozirgi zamon metrologik apparatlaridan 
va mashg‘ulotlarda xavfsizlikni ta’minlovchi 
usullar, shuningdek, birinchi tibbiy yordam 
ko‘rsatish usulidan foydalangan holda sport-
pedagogik nazorat metodlarini egallash;
musobaqalar tashkil etish va ularda 
hakam, guruh vakili sifatida ishtirok etish;

shug‘ullanuvchilarda 
sport 
mashg‘ulotlarini tayyorlash va o‘tkazish, o‘z-
o‘ziga xizmat ko‘rsatish malakalarini tarkib 
toptirish usullaridan foydalanish;
- shug‘ullanuvchilar orasida kasb 
tanlashga yo‘llash ishlari olib borish, o‘quv-
trenirovka jarayoni va musobaqalarni tashkil 
etishda yordam berishga qodir sport faollarini 
tayyorlash.
AMALIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
66 
TEXNOLOGIYA FANIDA O‘QITUVCHILARNING 
TA’LIM NATIJALARINI BAHOLASH 
VA TASHXISLASH FAOLIYATIGA 
TAYYORLASHDA BILIMLAR UZVIYLIGI 
VA UZLUKSIZLIGINI TA’MINLASH
Muhammad Maxmudovich Yusupov -
PhD, Jizzax davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’lim natijalarini tashxislash va baholashda taniyaladigan 
pnrinsiplar, nazoratning turlari, o‘ziga xos jihatlari, ta’lim natijalarini tashxislash va baholash jarayoni 
bilan bo‘lajak Texnologiya fani o‘qituvchlarini tayyorlash jarayoni orasida uzviylik va uzluksizlik, 
bo‘lajak Texnologiya fani o‘qituvchlarini tayyorlash jarayonida ularga taqdim etiladigan pedagogik-
psixologik bilimlar haqida fikr yuritilgan.
Аннотация: В этой статье обсуждаются принципы, типы контроля, особенности, 
преемственность и преемственность между процессом подготовки и оценки будущих 
учителей технологии, педагогические и психологические знания, которые будут 
предоставлены будущим учителям технологии в процессе выявления и оценки результатов 
обучения. был выполнен.
Abstract: This article discusses the principles, types of control, features, continuity and 
continuity between the process of preparing and evaluating future technology teachers, pedagogical 
and psychological knowledge that will be provided to future technology teachers in the process of 
identifying and evaluating learning outcomes. It was performed.
Kalit so‘zlar: bo‘lajak o‘qituvchi, uzviylik, uzluksizlik, tashxislash, baholash, nazorat, o‘quv 
jarayoni, ta’lim natijalari, prinsip, qadriyatli yondashuv, bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya. 
Ключевые слова: будущий учитель, последовательность, преемственность, диагностика, 
оценка, контроль, учебный процесс, результаты обучения, принцип, ценностный подход, 
знания, навыки, компетентность.
Keywords: future teacher, sequence, continuity, diagnostics, assessment, control, educational 
process, learning outcomes, principle, value approach, knowledge, skills, competence.
Ta’limning natijalarini tashxislash 
va baholashda muayyan prinsiplarga 
tayanish talab etiladi. Buning uchun 
bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogika oliy 
o‘quv yurtlaridayoq ushbu prinsiplar bilan 
yaqindan tanishishlari, amaliy faoliyatda 
ularga tayanish tajribasiga ega bo‘lishlari 
talab etiladi. Xuddi mana shunday prinsiplar 
sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin
1
:
1.Tashxislash uchun zarur bo‘lgan 
test topshiriqlari, savollarning mazmunida 
ob’ektivlikni ta’minlash lozim. Tashxislash 
tadbirlarini amalga oshirishda o‘qituvchi 
bilan 
sinfdagi 
o‘quvchilar 
orasida 
do‘stona munosabat hukm surishi zarur. 
O‘quvchilarning ta’lim natijasida hosil qilgan 
1 Qodirov B.R., Qodirov K.B. Kasbiy tashxis metodlari to‘plami: amaliyotchi psixologlar uchun metodik qo‘llanma.–Toshkent: O‘zbekiston milliy universiteti, 2003. – 94 b
bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalari 
muayyan mezonlar yordamida aniqlanadi. 
Tashxislashning amaliy jihatdan obyektivligi 
nazorat metodlari va vositalaridan qat’iy 
nazar qo‘yilgan bahoning o‘zaro muvofiq 
kelishida namoyon bo‘ladi. Tashxislashni 
amalga oshiradigan pedagoglardan bunga 
alohida e’tibor qaratishlari talab etiladi.
2.Baholashning 
tizimliligi 
o‘zida 
tashxislash didaktik jarayonining barcha 
bosqichlarida nazoratni amalga oshirishni 
taqozo etadi. Bunda bilimlarni dastlabki idrok 
etishdan ularni amaliy jihatdan qo‘llashgacha 
bo‘lgan uzluksiz jarayon qamrab olinadi.
3.Ko‘rgazmalilik, 
ochiqlik 
prinsipi 
esa barcha ta’lim oluvchilarni yagona 
AMALIY FANLAR


67 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
mezon asosida sinovdan o‘tkazishda o‘z 
ifodasini topadi. Tashxislash jarayonida 
har bir o‘quvchining o‘rnatilgan reytingi 
ko‘rgazmalilik, ochiqlik xarakteriga ega bo‘lib, 
natijalarni o‘zaro qiyoslash imkonini berishi 
kerak. Ochiqlik prinsipi baholarni oshkor 
etmaslik va asoslashni ham talab qiladi. 
Baho vositasida o‘quvchilar o‘qituvchining 
obyektivligi va ular oldiga qo‘yilgan talablarni 
anglashga yo‘naltiriladilar. Mazkur prinsipni 
amalga oshirishning zarur shartlaridan biri 
tashxislashning muayyan bosqichida olingan 
natijalarni oshkor qilishni talab etadi. Bu 
natijalar o‘quvchilarning o‘zlari, ularning ota-
onalari bilan muhokama qilinishi, shu asosda 
bo‘shliqlarni to‘ldirish rejalari tuzilishi kerak
2

Mazkur prinsiplar asosida o‘quvchilarning 
bilimdonlik va kompetentlilik darajalarini 
nazorat qilish o‘zining muayyan bosqichlari 
va bo‘g‘inlariga ham ega. 
O‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilim, 
ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini 
tashxislash, nazorat qilish, tekshirish va 
baholash muayyan mantiqiy izchillik asosida 
amalga oshiriladi, ularni o‘rganish ham o‘ziga 
xos tarzda kechadi. O‘rganish, tashxislash 
va baholash bosqichlari orasida muayyan 
uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash zarurligini 
bo‘lajak o‘qituvchilar aniq taasavvur eta 
olishlari lozim. Chunonchi:
1.Tekshirish tizimida o‘quvchilarning 
bilim darajalarini oldindan aniqlash tadbiri 
amalga oshiriladi. O‘quv yili boshida 
to‘ldiruvchi, moslashtiruvchi o‘quv jarayoni 
tashkil etiladi. Bu tadbir o‘quv yilining 
dastlabki kunlaridayoq o‘quvchilar bilimidagi 
bo‘shliqni to‘ldirishni nazarda tutadi. Shu 
bilan bir qatorda bunday tadbirlarni o‘quv yili 
o‘rtasida, o‘quv dasturining yangi bo‘limini 
boshlash oldidan ham amalga oshirish 
mumkin. 
2.O‘rganilayotgan har bir mavzu 
yakunida, yangi mavzuni o‘tishdan oldin 
joriy tekshirish amalga oshiriladi. Garchand 
bu tadbir darsdan darsga uzluksiz tarzda 
amalga oshirilsa-da, o‘quv dasturining 
alohida qismlari bo‘yicha o‘quvchilarning 
o‘zlashtirish 
darajalarini 
tashxislash 
imkonini beradi. O‘quvchilar bilimini joriy 
nazorat qilishning asosiy vazifasi ta’limiy 
xarakterga ega. Bunday tekshirishning 
metodlari va shakllari turli-tuman bo‘lishi 
2 Yusupov M.M.Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini o‘quv jarayoni natijalarini baholashga o‘rgatish metodikasi: PhD... diss.avtoref. – T.: 2021.-14 b.
mumkin. U muayyan pedagogik omillar bilan 
izohlanadi. Bunday omillar sirasiga o‘quv 
materialining mazmuni, uning murakkablik 
darajasi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini 
va tayyorgarlik darajalarini kiritish mumkin. 
Shu bilan bir qatorda o‘quv jarayonining 
darajasi, maqsadi, amal qiladigan muayyan 
pedagogik shart-sharoitlar ham alohida 
ahamiyat kasb etadi.
3.Takroriy tekshirish ham joriy nazorat 
kabi muayyan mavzularni o‘rganish doirasida 
amalga oshiriladi. O‘quvchilar yangi mavzuni 
o‘rganish bilan bir vaqtda o‘tilgan mavzuni 
ham takrorlaydilar. Shu asosda ularning 
bilimlarni o‘zlashtirish darajasida uzviylik 
va uzluksizlik ta’minlanadi. Bu tadbir 
bilimlarni mustahkamlash imkonini beradi, 
biroq o‘quv ishi dinamikasini tavsiflash va 
ta’minlashga asos bo‘la olmaydi. Shunga 
ko‘ra, bu o‘rinda ta’lim natijalari tashxislanib, 
uning samaradorligi aniqlanadi. Bunday 
tekshirishning samarasi uni tashxsilashning 
boshqa 
turlari 
va 
metodlari 
bilan 
uyg‘unlashtirilgandagina namoyon bo‘ladi. 
4.Davriy 
tekshirish 
bosqichida 
o‘quvchilarning 
o‘zlashtirgan 
bilim, 
ko‘nikma, malakalari o‘quv dasturidagi 
muayyan mavzu yoki o‘quv kursi bo‘limlarini 
o‘rganish jarayonida amalga oshiriladi. 
Bundan ko‘zlanadigan asosiy maqsad 
o‘quvchilarning 
o‘zlashtirish 
darajalari 
sifatini nazorat qilish hamda uning o‘quv 
materiallarining tarkibiy qismlari bilan 
aloqadorligini oydinlashtirishdan iborat. 
Davriy tekshirish o‘quvchilar o‘zlashtirgan 
bilimlarni tizimlashtirish va umumlashtirishni 
nazarda tutadi. 
5.Yakuniy tekshirish va o‘quvchilarning 
o‘zlashtirgan bilimlari va ko‘nikmalarini 
hisobga olish bosqichida ularning didaktik 
jarayonning barcha bosqichlarida o‘rgangan 
bilim, ko‘nikma, malakalari, ular orasidagi 
uzviylik va izchillik hisobga olinadi. Yakuniy 
tekshirish har bir o‘quv choragi va o‘quv yili 
yakunida amalga oshiriladi. 
Tekshirishning 
maqsadi 
shundan 
iboratki, 
ushbu 
jarayonda 
nafaqat 
o‘quvchilarning 
kompetensiyalarni 
o‘zlashtirganlik darajalari va uning sifatini 
aniqlashdan iborat, balki ular tomonidan 
o‘zlashtirilgan o‘quv mehnatining ko‘lami 
ham aniqlanadi. 
AMALIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
68 
Tekshirishning asosiy didaktik vazifasi 
quyidagilarda namoyon bo‘ladi
3
:
a) o‘qituvchi bilan o‘quvchilar orasida 
teskari aloqani ta’minlash;
b) o‘qituvchilarning o‘quv materialini 
o‘zlashtirilganlik darajasi haqida obyektiv 
ma’lumotga ega bo‘lish;
v) 
o‘quvchilarning 
bilimlaridagi 
bo‘shliqni o‘z vaqida aniqlash. 
Tashxislash 
tadbirlari 
quyidagi 
maqsadlarni amalga oshirishni nazarda 
tutadi:
1.Tekshirish. 2. Baholash. 3. Natijalarni 
belgilash.
O‘qituvchi qo‘yilgan baho uchun 
mas’uldir. Bu o‘rinda “belgilash” va “baholash” 
tushunchalarini farqlash lozim. 
Baho - rejalashtirilgan maqsadga 
asoslangan aniq natijalarga aloqador hodisa 
hisoblanadi. 
Belgi esa mazkur jarayonning natijasi, 
uning shartli shakliy ifodasi bo‘lib, sub’ektiv 
fikr, taassurotlarni aks ettiradi. Belgining 
vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:
-O‘quv 
materialini 
qay 
darajada 
o‘zlashtirilganligini nazorat qilish;
-Yo‘naltiruvchilik harakatlarini amalga 
oshirish;
-O‘quvchining 
muayyan 
o‘quv 
predmeti 
bo‘yicha 
shug‘ullanish 
yoki 
shug‘ullanmasligini aniqlash;
-O‘quvchining 
o‘rganilgan 
o‘quv 
materiali uchun qanday baho olganligini 
ifodalash;
-Jazolash uchun asos bo‘ladigan 
holatlarni aniqlash;
-Boshqaruvchilik harakatlarini amalga 
oshirishga imkoniyat yaratish, ya’ni o‘quvchini 
ijobiy baho olishga undash kabilar.
Belgining asosiy vazifasi nazorat qilish 
va yo‘naltirishdan iborat. Nazorat qilish 
vazifasi ta’limning barcha bosqichlarida 
amalga oshiriladi. Buning uchun o‘quvchilar 
yakuniy, darsda bajariladigan nazorat ishlari, 
mustaqil ishlarning turli shakllari va turlaridan 
foydalanish, 
tekshirish 
xarakteridagi 
uy 
vazifalarini 
topshirish 
usullaridan 
foydalanadilar. Agar belgilashning mazkur 
funksiyasi tizimli, obyektiv, barcha pedagogik 
omillarni batafsil hisobga olgan holda 
amalga oshirilmasa o‘z mohiyatini yo‘qotadi. 
3 Sharipov Sh.S, Abduraimov Sh.S, Zaripov L.R, Qodirov B.E. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi darslik –Toshkent: 2022-37 b
4 Muslimov N.A. Kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari: Ped. fan. dokt. ... diss. – T.: 2007. – 357 b
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 
muayyan holatni belgilashda o‘qituvchi uning 
mazmunini kengaytirishga harakat qiladi. 
U faqatgina ta’lim natijalarini tashxislash 
va baholashdan iborat bo‘lib qolmasdan, 
uning axborotlar bilan ta’minlanganligi, 
ya’ni o‘quvchilar nimani bilishlari yoki 
bilmasliklarini aniqlashga ham e’tibor 
qaratiladi. Shu bilan bir qatorda o‘qituvchi 
ushbu jarayonda o‘quvchilarning o‘quv 
mehnati, ta’lim muassasasidagi kundalik 
faoliyatiga bo‘lgan munosabatini ham 
hisobga olishi kerak. Bunda o‘quvchilarning 
tartibliligi, 
intiluvchanligi, 
intizomliligi, 
darslardagi umumiy faolligi, o‘quv predmetiga 
bo‘lgan qiziqishi, ijodiy layoqatlari kabilar 
nazarda tutiladi. 
Belgilashning muhim vazifalaridan yana 
biri yo‘naltiruvchilikdir. Bu sifat o‘quvchini 
o‘z faoliyatini mustaqil takomillashtirishga 
undaydi. Qo‘yilgan bahoga qarab yo‘nalish 
olgan holda o‘quvchi o‘z xulq-atvori, xatti-
harakatlarini o‘zgartiradi va yaxshi baho 
olishga intiladi. U o‘zining salbiy baholarini 
tuzatish, darslarda faol bo‘lish, o‘qituvchining 
barcha talablarini muntazam bajarishga 
harakat qiladi
4

Bahoning yo‘naltiruvchilik va nazorat 
qiluvchilik vazifasi o‘zaro uyg‘unlikda 
namoyon bo‘lishi kerak. Agar bu uyg‘unlik 
buzilsa, baho o‘quvchining xulq-atvorini 
boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. 
Bunday vaziyatlarda o‘quvchi salbiy bahoga 
e’tibor bermaydi. U bahoga befarq bo‘lib, 
o‘quv jarayoniga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotadi 
va o‘zi uchun faoliyatning boshqa, qiziqarli 
turini izlashga harakat qiladi. Bunday 
vaziyatda bahoning nazorat qiluvchilik va 
yo‘naltiruvchilik vazifalari yomon bahodan 
qo‘rqish yoki unga e’tibor bermaslik, uni 
nazarga ilmaslikka olib keladi. Bunday 
vaziyatlarda baho o‘zining asosiy vazifasini 
bajara olmay qoladi. 
O‘quvchilar ko‘proq ish jarayonini 
qadrlay boshlaydilar, o‘qituvchi esa ta’limning 
yakuniy natijalariga qiziqadi. Albatta, har 
qanday o‘quv jarayonida ko‘zlangan natijaga 
erishish maqsadi ilgari suriladi. Agar 
o‘quvchilar topshiriqlar ustida qanchalik 
jiddiy o‘ylasalar ham, uni yecha olmasalar 
o‘qituvchi ularga yuqori baho qo‘ymaydi. 
AMALIY FANLAR


69 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
Biroq o‘quvchilarning izlanishlari, o‘y-fikrlarini 
baholash ham nihoyatda zarur hisoblanadi. 
Bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda xuddi 
mana shu maqsad ustuvor bo‘lishi lozim. 
Ta’lim jarayonini tashkil etishda 
qadriyatli yondashuvga tayanish bugungi 
kunning dolzarb pedagogik muammosi 
hisoblanadi
5
. Ma’lumki, qadriyatli yondashuv 
asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni o‘z-
o‘zidan o‘quvchilarga insonparvarlik nuqtai 
nazardan yondashgan holda ularni har 
tomonlama rivojlantirishni nazarda tutadi. 
Buning uchun o‘quvchilar hamkorlikdagi o‘quv 
faoliyatini amalga oshirishlari, shu asosda 
aniq o‘quv materiallarini o‘zlashtirishlari 
lozim. Muayyan yoshda o‘quvchilar aniq 
bir faoliyat turini egalashga muvaffaq 
bo‘ladilar. Bunda texnologiya ta’limi alohida 
ahamiyatga ega. Chunki texnologiya 
ta’limi jarayonida o‘quvchilarda muayyan 
kasblarga qiziqish, mehnat ko‘nikmalari 
hosil qilinadi. Ta’lim jarayoni bilan 
o‘quvchilarning ruhiy rivojlanishi orasidagi 
mutanosiblik hamkorlikdagi o‘quv faoliyati 
orqali ta’minlanadi. Chunki o‘quv jarayoni 
pedagogik jihatdan maxsus yo‘naltirilgan 
jarayon bo‘lib, unda o‘quvchilar birgalikdagi 
o‘quv faoliyatini amalga oshiradilar. Ular 
texnologiya ta’limi jarayonida amaliy mehnat 
harakatlarini amalga oshiradilar. Bu o‘rinda 
Texnologiya fani o‘qituvchisi o‘quvchilarning 
ruhiy rivojlanishlari asosida ularning tashqi 
faoliyatlari bilan bog‘liq harakatlari ichki 
5 Yusupov E. Qadriyatlar va ularning jamiyat taraqqiyotidagi roli.- T.: 1995.- 123 b
rivojlanish imkonini berishini yaxshi bilishi 
lozim. Shu asosda ularda kognitiv faoliyat 
tajribasi, tafakkur, idrok rivojlanadi. Bunday 
faoliyat natijasida o‘quvchilarda bilish 
qiziqishlari shakllanadi. Demak, o‘quvchini 
rivojlantirish, birinchi navbatda, uning 
hamkorlikdagi faoliyatini to‘g‘ri tashkil 
etishni talab qiladi. O‘quvchi o‘quv materialini 
sustkashlik bilan idrok qilganida rivojlanish 
kuzatilmaydi. 
O‘quvchilarning 
aynan 
shaxsiy hamkorlikdagi faoliyatlari ularning 
istiqbolda ularda mehnat ko‘nikmalari va 
kasbiy layoqatlarning shakllanishiga asos 
bo‘ladi. Shuning uchun ham qadriyatli 
yondashuv asosida tashkil etilgan ta’lim 
jarayonida 
o‘quvchilarni 
hamkorlikdagi 
faoliyatga yo‘naltirish ularning taraqqiyotini 
ta’minlashda muhim omil bo‘la olishi 
haqidagi bilimlarga bo‘lajak Texnologiya 
fani o‘qituvchilari oliy ta’lim jarayonida ega 
bo‘lishlari lozim. 
Xulosa 
qilib 
aytganda 
bo‘lajak 
texnologiya fani o‘qituvchilari maktab o‘quv 
dasturlari, darsliklar bilan ishlash, ikkilamchi 
didaktik loyihalar, ishlanmalar tayyorlash, 
o‘zlari egallagan bilimlarni pedagogik 
amaliyot davrida ta’lim jarayoniga tatbiq etish, 
texnologiya ta’limi natijalarini tashxislash va 
baholash kompetensiyalariga egaliklarini 
amaliy jihatdan namoyon qilishga xizmat 
qiladigan pedagogik-psixologik bilimlarni 
ham uzluksiz tarzda o‘zlashtirgan bo‘lishlari
kerak ekanligi aniqlandi.
AMALIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
70 
BADIIY BEZASH ISHLARIDA AMALIY 
SAN'ATNING TUTGAN O‘RNI
Muratbay Abdimuratovich Amanbayev -
katta o‘qituvchi, Nukus davlat pedagogika instituti
Gulmari Yuldashovna Smaylova -
dotsent, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik markazi 
Annotatsiya: Mazkur maqolada xalq amaliy san’ati turlari va ularni badiiy bezatish usullarining 
kelib chiqishi, hozirgi kundagi o‘rni va darajasi ko‘rsatib berilgan va kerakli adabiyotlar yordamida 
isbotlangan, ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, amaliy bezak san’ati insoniyat yaratilgandan buyon, 
asrlar davomida sayqallanib kelingan, eng muhimi bugungi kungacha saqlanib qolgan haqiqiy san’at 
turidir.
Аннотация: В данной статье показаны происхождение, место и уровень видов народного 
творчества и приемы их художественного оформления, и доказано с помощью необходимой 
литературы С тех пор это истинный вид искусства, который совершенствовалась веками, а 
главное, сохранилась до наших дней.
Abstract: In this article, the origin, place and level of the types of folk art and the methods of 
their artistic decoration are shown, and it is proved with the help of the necessary literature. Since 
then, it is a true art form that has been refined over the centuries, and most importantly, it has 
survived to this day.
Kalit so‘zlari: xalq amaliy san’ati, badiiy bezatish, o‘quvchi, ma‘naviyat, kоlоrit, naqsh.
Ключевые слова: народное творчество, художественное оформление, ученик, 
одухотворенность, цвет, узор.
Keywords: folk art, artistic decoration, student, spirituality, color, pattern.
Hozirgi 
kunda 
milliyligimizni, 
qadriyatlarimizni urf-odatlarimizni asrab-
avaylash 
mamlakatinizda 
yashovchi 
barchamizning 
insoniylik 
burchimiz 
hisoblanadi. Biz o‘tmishimiz, millatimiz, 
xalqimiz uchun qadrli bo‘lgan qadriyatlarimizni 
asrab avaylab va yosh mutaxassis sifatida bu 
tushunchalarni o‘quvchilar ongiga singdira 
olishimiz kerak. Darhaqiqat, inson ijodiy 
faolligi uning har tomonlama kamol topishida 
muhim omil bo‘lib, uni estetik to‘laqonliksiz 
tasavvur etib bo‘lmaydi. Inson hayoti jism va 
buyumlar qurshovida kechadi. Rang–barang 
buyum va jismlar borliqqa go‘zallik va nafosat 
baxsh etadi, insonga shu qonuniyatlar orqali 
qarashga undaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoyevning 
mamlakatimizda 
tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn sohasi 
samaradorligini yanada oshirish maqsadida 
2020-yil 21-aprel, PQ-4688-sonli “Tasviriy 
va amaliy san’at sohasi samaradorligini 
yanada oshirishga doir chora-tadbirlari 
to‘g‘risida” gi Qarori qabul qilinib bunda, 
albatta, o‘sib kelayotgan yosh avlodni jahon 
andozalariga javob beradigan barkamol etib 
tarbiyalashda amaliy va badiiy bezak san’ati 
faniga ham alohida diqqat qaratilmoqda. 
Yoshlarga badiiy ma’lumot berishda tabiat 
unsurlarini stillashtirish mashg‘ulotlarining 
ahamiyati benihoya katta bo‘lib, bu ularning 
umumiy dunyoqarashlarini o‘stirishda muhim 
ahamiyatga ega. Amaliy san’atni o‘rganish, 
oddiy naqsh namunalarini chizish, boyash 
va pardozlash mahoratini rivojlantirishni o‘z 
oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Mavjud ta’lim–
tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon 
talablari darajasiga ko‘tarish, milliy kadrlar 
tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, 
kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni 
tarbiyalash muhim vazifalardan sanaladi.
Demak, o‘quvchilarda ma‘naviyatimiz, 
o‘tmishimiz urf-odatlarimiz va qadriyatlarimiz 
haqida 
bilimlarni 
rivojlantirish 
asosiy 
vazifamiz hisoblanadi. Yurtimizda bаdiiy 
mаdаniyat o‘zigа хоs tаrzdа shаkllаndi. Undа 
хаlq sаn‘аtining o‘zigа хоs jihаtlаri аks etdi. 
Hunarmandchilikning misgаrlik, kulоlchilik, 
to‘qimаchilik, kаshtаdo‘zlik, gilаm to‘qish kаbi 
hunаrmаndchilik turlаri rivоjlаndi.
Xalq аmаliy bezаk sаn‘аti bu hunаr, 
albatta. U аsrlаr mоbаynidа оtа-bоbоlаrimiz 
AMALIY FANLAR


71 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
tоmоnidаn 
ko‘z 
qоrаchigidek 
аsrаb-
аvаylаb kelingаn xalq аmаliy bezаk sаn‘аti 
durdоnаsidir
1
. Tаriхdа vа аyni kunlаrgа bizdа| 
sаqlаb kelinаyotgаn bu аmаliy sаn‘аt turlаri 
kelgusidа yanаdа qаdrlаnаdi, аrdоqlаnаdi. Zero 
o‘yib, chizib, bo‘yab ishlаngаn tаkrоrlаnmаs 
naqshlаr insоnning go‘zal g‘oyasi idrоkining, 
оdаm his tuygulаrining ifоdаsidir. Amaliy 
bezak san’atida odаtdа yorqinligi vа tusi bir-
birigа yaqin bo‘lgаn rаnglаr o‘zаrо birlаshаdilаr, 
demak kоlоrit rаnglаr o‘zаrо tuslаr оrqаli 
birlаshgаndа, ulаr аlоhidа ko‘zgа tаshlаnаdi. 
Kоlоrit (itаlyanchа cо1оnio, lоtinchа 
cо1оr - rаng, buyoq) - tаsviriy vа аmаliy 
sаn‘аt аsаrlаridа vоqelikni reаl vа ifоdаli 
tаsvirlаshdа rаnglаrning o‘zaro mutаnоsibligi. 
Tаsvirdаgi turli rаnglаrning gormоnik, go‘zаl 
tus birikmаlаri o‘rtаsidаgi o‘zаrо bоgliqligi 
“kоlоrit” deb аtаlаdi. Vоqelikni tа‘sirli tаsvirlаsh 
vоsitаsini tаrkibiy qismi bo‘lgаn kоlоrit amaliy 
san’at аsаrining g‘оyasi, mаzmuni. dаvri 
uslubi hamda muаllifning shаrhigа bоg‘liq. 
Tаriхdа vоqelik tаsviridа mаhаlliy rаnglаr 
оzmi-ko‘pmi cheklаnib, rаmziy rаnglаrdаn 
ko‘prоq fоydаlаnish (o‘rtа аsrlаr sаn‘аtidа) vа 
vоqelikni bаrchа bo‘yoqlаrdа (uning rаng, tus, 
nur sоya vа bоshqаlаrdаn fоydаlаnib), rаngdоr 
ifоdаlаsh аn‘аnаsi shаkllаngаn. Kоlоrit rаnglаr 
uyg‘unligigа ko‘ra, iliq (qizil, sаriq, zаrgаldоq) 
yoki sоvuq (ko‘k, yashil, binаfshа), sоkin vа 
jiddiy, оch yoki to‘q, rаngdоrligigа ko‘ra, yorqin, 
хirа vа bоshqа bo‘lishi mumkin. Kоlоrit bizgа 
оlаmning bоy, rаng-bаrаng vа go‘zаlligini 
оchib berаdi. Shunisi muhimki, tаsvirdа to‘g‘ri 
tutаshgаn rаnglаr uyg‘unligi, go‘zаllikni аnglаy 
оlish bilаn birgа, nаfis аsаr go‘zаlliligini bilish 
rаvnаqigа hаm zаmin yarаtаdi.
Amaliy san’at, amaliy bezak san’ati 
– bezak san’ati sohasi; ijtimoiy va shaxsiy 
turmushda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan 
badiiy buyumlar tayyorlash va kundalik 
turmush ashyolari (asbob-anjomlar,mebel, 
mato, mehnat qurollari, kiyim kechaklar, 
taqinchoqlar, o‘yinchoqlar va boshqalar)
ni badiiy ishlash bilan bog‘liq ijodiy mehnat 
sohalarini o‘z ichiga oladi. Amaliy san’atda 
badiiy bezatish uslublari o‘zining kerakli 
asboblari bilan amalga oshiriladi, birinchi 
navbatda bezatish uchun xom ashyoni 
silliqlab chizish holatiga keltiriladi, keyin 
ketma-ketlikda ish olib boriladi. Silliqlangan 
xom ashyoga nafis naqsh masalan, axta, 
1 Q.Q .Qosimov Naqqoshlik. –T.: O‘qituvchi, 1990
2 S.S.Bulatov Rangshunoslik. –T.: O‘qituvchi, 2009.
3 S.A.Solovyev Dekorativnoye oformleniye. –M.: 1987.
4 X.X.Muratov, R. R. Jabbаrov Amaliy va badiiy bezak san’ati. –T.: O‘qituvchi, 2020.
bofta, bodom, anor gul, chiziladi. Ajdodlarimiz 
qadimdan yashayotgan maskanlarini, devor-u 
toshlarni, idish-tovoqlarini ov jarayonlari, 
jang-u jadallar, bazmlar, yozuvlar, tantana 
marosimlar, turli hayvon, qush hamda o‘simlik 
naqshlari tasvirlari bilan bezab kelganlar. 
Bundan tashqari bezaklaming ta’sirchanlik 
kuchini yanada oshirish uchun xalq hikmatlari, 
ulug‘ allomalarining pand-nasihatlarini, turli 
ramziy ma’nolarda ifodalaganlar
2

Naqshni 
bo‘yashdan 
oldin 
tayyor 
bo‘yoq oq qog‘ozga surtib sinab ko‘riladi. 
Qorib tayyorlangan rang tusi talabga javob 
beradigan bo‘lsagina, u bilan kerakli joylar 
bo‘yab chiqiladi. Keyin siyoh qalam-eng nozik 
qil qalam hisoblanib uning yordamida naqsh 
elementlarining atroflari bir xil qalinlikda ravon 
chizib chiqiladi. Targ‘il yordamida -gul, g‘uncha, 
barg elementlarining turli xarakterlarini taroq 
sifat shakllar yordamida ochib beriladi
3

Naqsh — arabcha tasvir, gul degan ma’noni 
anglatadi. Qush, hayvon, o‘simlik, geometrik 
va boshqa elementlarni ma’lum tartibda 
takrorlanishidan hosil qilingan bezakdir. 
Ganchkorlik, kandakorlik, kashtado‘zlikda, 
zardo‘zlik, kulolchilik, zargarlik, gilam to‘qish, 
to‘qimachilik, panjaralar va hokazolarda har xil 
yo‘llar bilan naqshlar ishlanadi
4
.
Amaliy san’at asarlari ko‘z bilan ko‘rish, 
his etish va anglashga mo‘ljallangan. Amaliy 
san’at asarlari va buyumlari insonning moddiy 
nuhitini go‘zallashtirishga, estetik boyitishga 
xizmat qiladi, ayni paytda o‘zining ko‘rinishi, 
tuzilishi xususiyatlari insonning ruhiy holati, 
kayfiyatiga ta’sir qiladi, bezatilgan narsalar 
hayotda foydalanishdan tashqari badiiy 
qimmati bo‘lgani uchun ham qadrlanadi. 
Shuning uchun xom ashyoning go‘zalligi va 
nafis xususiyatlarini namoyish etish, unga 
ishlov berish mahorati va usullarining ko‘pligi 
amaliy san’atda estetik ta’sirini oshiruvchi 
ahamiyatga ega faol vositalardir. Amaliy 
san’atda buyumlarning nafisligiga ikki usul 
bilan erishiladi:
1) shakli oddiy buyumlarga bezak ishlab 
badiiy qiymati oshiriladi; 
2) shakli chiroyli qilib ishlanadi.
Buyumlarning 
tuzilishi 
badiiy 
buyumlarning ishlanishida muhim rol o‘ynaydi. 
Xom 
ashyoning 
go‘zalligi, 
qismlarning 
mutanosibligi, tuzilishining maromi buyumning 
ta’sirchan umumlashma qiyofasini ifodalovchi 
AMALIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
72 
yagona vositadir. Buyumda hosil bo‘layotgan 
bezak uning obraz tuzilishiga ham sezilarli 
ta’sir etadi. Bezagi tufayli buyum amaliy 
san’at asariga aylanadi. Amaliy san’atda 
bezak yaratishda naqsh bilan tasviriy san’at 
( rangtasvir, haykaltaroshlik ayrim hollarda 
grafika) qismlari (alohida yoki turlicha 
birikuvlari ) keng qo‘llaniladi.
Naqqoshlik xalq-amaliy bezak san’atning 
bir turi sifatida qadimdan o‘zbek madaniyatining 
muhim bo‘lagi hisoblanadi. Ko‘p asrlar 
mobaynida uning badiiy an’analari vujudga 
keldi va rivojlandi. Naqshlarda san’atning 
boshqa hamma turlaridan farqli ravishda 
avlodlarning chambarchas bog‘liqligini, milliy 
an’analarning davomiyligini ko‘rish mumkin. 
Naqqoshlik an’analari san’atning ana shu 
turini o‘rganish metodlari sifatida ham 
bobodan otaga, otadan o‘g‘ilga o‘tib kelgan. 
Ana shu davomiylik tufayli naqqoshlik san’ati 
hozirgacha saqlanib kelmoqda. Naqshning 
eng yaxshi namunalari boy ijodiy fantaziya 
orqali birlashtirilgan shakllarning maqsadga 
muvofiqligi va go‘zalligi bilan farqlanadi. Bunda 
xalq ustalarining atrof-muhitga qarashlaridagi 
tafovut aks etadi. Badiiy naqqoshlik ranglarning 
uyg‘unligida va o‘ziga xos kompozisiyalarda 
go‘zallik yaratish san’atidir. Naqqosh usta 
o‘z ishida ranglarning tabiiy jilosidan va 
uyg‘unligidan, bejirim shakldan, material 
fakturasidan mohirlik bilan foydalanib yorqin 
ifodalikka erishadi. Nozik o‘simliksimon-
geometrik naqshdagi o‘zaro singib ketgan 
novdalar, shoxlar va hashamatli tasvirlangan 
gullarning ritmik harakati, o‘zbek ustalarining 
ishlaridagi islimi va girih naqshlarining klassik 
motivlari shiftlarning shakliga moslangan. 
Naqsh ko‘proq interyerlarni va yopiq ayvon, 
peshayvonlarni bezashga xizmat qiladi. Hozirgi 
paytda naqshdan me’morchilikda, uy jihozlari, 
sovg‘alar, mayda yog‘och o‘yinchoqlar, musiqa 
asboblari va turmushda kerakli buyumlarni 
bezashda foydalaniladi. 
Demak xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, 
Vatanimiz madaniyati va san’ati durdonalarini 
o‘rganish bilan birga o‘tmish ajdodlarga 
bo‘lgan mehr–muhabbat kuchayib, uni 
kelajak avlodga o‘rgatish hissi oshib boradi. 
Shu bilan ajdodlarimizdan bizgacha yetib 
kelgan boy ma'naviyatimizdan boxabar bo‘lib 
boramiz. Xalq naqqoshlik san’atini o‘rganish 
o‘quvchilarda badiiy didni, mehnatsevarlikni 
rivojlantirishga va qator foydali bilim hamda 
malakalarni tarkib toptirishga xizmat qiladi. 
Ularning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va 
o‘stirishga yordam beradi va ularning shu 
hunarni qiyomiga yetkazib o‘rganishlarida 
asos bo‘lib xizmat qiladi
O‘QUVCHILARDA MEHMON KUTISH ODOBI 
BO‘YICHA KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH
Rahim Tojiyevich Umarov -
o‘qituvchi, Jizzax davlat pedagogika universiteti 
Annotatsiya: Maqolada Texnologiya fani bo‘yicha mashg‘ulotlarda o‘quvchi larda mehmon kutish 
odobi, uning hurmatini joyiga qo‘yish va ehtirom bilan kuzatish hamda Respublikamizning turli vohalarida 
mehmonni kutishning o‘zi ga xos urf-odatlariga oid ko‘nikmalarni shakllantirishga asosiy e’tibor qara 
tilgan.
Аннотация: В статье в обучении предметам техники основными моментами являются манеры 
ожидания гостей, уважение и соблюдение с уважением, формирование навыков, связанных со 
специфическими традициями ожидания гостей в разных оазисах нашей Республики. , - отметил.
Abstract: The main focus of the article is on the formation of the skills of the students in the classes 
on the science of technology, on the manners of waiting for a guest, showing his respect and observing 
with respect, as well as the specific traditions of waiting for a guest in different oases of our Republic.
Kalit so‘zlar: qarindosh-urug‘, mezbon, mehmon kutish, ko‘nikmalarini shakllantirish, marosimlar, 
mehmondorchilik, an’analar, dasturxon tuzash, sarpo.
Ключевые слова: родственники, хозяин, ожидание гостей, формирование навыков, обряды, 
гостеприимство, традиции, сервировка стола, сарпо.
Keywords: kinship, host, waiting for guests, formation of skills, ceremonies, hospitality, traditions, 
table setting, sarpo.
Uzoq o‘tmishdan bugungi kungacha yetib kelgan sharq xalqlarining, jumladan, o‘zbek 
AMALIY FANLAR


73 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
xalqlarining o‘ziga xos udumlari va an’analari 
bor bo‘lib, ular jumlasiga to‘y va tantanalar, 
marosimlar, 
mehmondorchiliklar 
hamda 
boshqalar kiradi. Bugunga kelib ayniqsa 
bu 
udumlarimizdan 
mehmondorchilikni 
yoshlarimiz ongida shakllantirish o‘ta muhim 
muammolardan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Maqolada 
maktablarda 
o‘tiladigan 
Texnologiya 
fani 
bo‘yicha 
amaliy 
mashg‘ulotlarda 
o‘quvchilar 
ongida 
mehmon kutish odobi bo‘yicha ko‘nikmalarni 
shakllantirishga e’tibor qaratilgan.
Umumiy o‘rta ta’limning Texnologiya 
fanidan davlat ta’lim standarti asosida 
ishlab chiqilgan fan dasturiga ko‘ra 9-sinfda 
o‘tiladigan 
Texnologiya 
faning 
“Servis 
xizmati” 
yo‘nalishining 
Ro‘zg‘orshunoslik 
asoslari qismida “23-mavzu: Dasturxon 
tuzash qoidalari. Mehmon kutish odobi.”(1 
soat ajratilgan) mavzusi kiritilgan
1
. Mavzuni 
Mehmon kutish odobi qismni o‘tish jarayonida 
maktab 
Texnologiya 
fani 
o‘qituvchilari 
maqolada 
keltirilgan 
ma’lumotlardan 
mashg‘ulot 
davomida 
foydalanishsalar 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Yor-u birodarlar, qarindosh-urug‘ va 
do‘stlarnikiga tez-tez borish kelish qilib turish 
eng yaxshi insoniy fazilatlardan biri deb biladi 
xalqimiz. Mehmondorchilikda o‘z uyiga kelgan 
har bir mehmonni yaxshi ochiq yuz bilan chin 
ko‘ngildan kutib olish mezbonning chiroyli 
bir fazilatlaridan hisoblanadi. Oldinlari hech 
bir ogohlantirishsiz ham xohlagan vaqtida 
mehmonlar tashrif buyurar edi. Ba’zan 
mehmondorchilik avjiga chiqib uzoq davom 
etgan. Ammo ko‘pincha mehmondorchilikning 
vaqti-soati mehmonning xohish-ixtiyori va 
mezbonning izzat-ikromi bilan belgilangan. 
Dastlab, o‘quvchilarga Mehmondorchilik 
odatda mehmonni kutish, uning hurmatini 
joyiga qo‘yish, unga munosib dasturxon 
tuzash (millatiga, mavqeyiga, yoshiga va 
jinsiga qarab) va uni ehtirom bilan kuzatib 
qo‘yishdek muhim tadbirlardan iborat ekanligi 
to‘g‘risida tushunchalar berish lozim. Mehmon 
degani forsiy tildan olingan bo‘lib “mehmon, 
tashrif buyuruvchi”
2
degan ma’noni anglatadi. 
Mehmonlarni quyidagi guruhlarga ajratish 
mumkin:
-to‘y, ziyofat va shu kabi munosabatlar 
bilan yo‘qlab kelgan(borgan) shaxslar;
-majlis, yig‘ilish, kengash va shu kabilarga 
chetdan chaqirilgan shaxslar;
-chetdan tashrif buyurgan, vaqtinchalik 
qo‘ngan shaxslar;
1 Umumiy o‘rta ta’limning Texnologiya fanidan davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi, Toshkent-2017,103 b
2 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5-жилди, “Ўзбекистон миллий энциклопедияси”Давлат илмий нашриёти, Тошкент-2020-y.
3 Кайковус. Қобуснома, Т.: ”Истиқлол”, 1994 й.,174 б.
-yangi 
tug‘ilgan 
yoki 
tug‘iladigan 
chaqaloq(yangi mehmon).
Sharq olamida ilmiy-tarbiyaviy va 
pedagogik tomondan kitobxonlar
diqqatini jalb qilgan muhim asarlardan 
biri – Kaykovusning 1082-1083
melodiy yillarda yaratilgan “Qobusnoma” 
asaridir3. Kaykovusning bu asari o‘g‘li 
Gilonshohga 
bag‘ishlangan 
pandu-
nasihatlardan iboratdir. Uning bir bobi“ 
Mehmon olmoq va mehmon bo‘lmoq zikrida” 
deb nomlanib, unda o‘z zamonasining 
mehmondorchilik urf-odatlari bilan bog‘liq 
hayotiy masalalarga alohida e’tibor qaratiladi. 
Ular quyidagilardan iborat bo‘lib, ayrimlarini 
keltirib o‘tamiz: “Har vaqt mehmonlaring 
uyingga oyoq qo‘ysalar, sen barcha odamlaring 
bilan ularning oldiga chiqgil va yaxshi so‘z bilan 
muloqot qil, to ular sening shukringni aytsinlar. 
Agar meva vaqti bo‘lsa, taom emasdin avval 
meva kelturg‘il to bahuzuri dil yesunlar”
3

Bir zamon tavaqquf qil undan so‘ng barcha 
odamlarni o‘lturg‘uz va o‘zing o‘lturmag‘il, 
toki barcha mehmonlar ittifoq bilan esunlar. 
Mehmonlar bir-ikki so‘ramaguncha sen 
o‘lturma. Ular o‘ltirg‘il va bizlarga muvofaqat qil 
(bizlar rozimiz) desalar, sen aytgilkim: “meni 
qo‘yinglar, to sizlarga xizmat qilg‘umdur”. 
Agar yana takror taklif qilsalar, undin so‘ng 
o‘ltirg‘il va ularga muvofaqat ko‘rguzg‘il, ammo 
hammadan pastda o‘ltirg‘ul”.
U farzandiga yana shunday qo‘shimcha 
qiladi: “Ey farzand, agar mehmon bo‘lsang, 
har kishinikiga mehmon bo‘lib boravermag‘il, 
chunki 
hashamat 
shavkatingga 
ziyon 
yetkarursan. Agar mehmon bo‘lib bir yerga 
borsang, ko‘p och bo‘lib bormag‘il va tez yurib 
bormag‘ilkim, taom emakdin ma’zur bo‘lib 
o‘ltirsang, mezbon ozor topor. Agar taomni 
ko‘p esang, xalqning ko‘ziga yomon ko‘rinur. 
Shuning uchun mezbonning uyiga kirsang 
o‘zinga munosib joyga o‘l turg‘il. U garchi oshno 
kishingni uyi bo‘lsa ham taom va nabizning 
ustida korfarmoliq qilmag‘il, ya’ni mezbonning 
xizmatkorlariga: “Ey falonchi, bu uy mening o‘z 
uyimdir va tabaqni u yerga qo‘yg‘il, o‘zgalarning 
taom va kosasiga qo‘l urmag‘il”-demag‘il. O‘z 
chokarlaringga zulolni olib bormag‘ilkim, deb 
durlar, mehmonning uyidan narsa olish uyat”.
Respublikamiz 
mustaqillikka 
erishgandan keyin yurtimizda turizimga katta 
e’tibor qaratilmoqda. Ko‘pgina rivojlangan 
davlatlarda, ya’ni Fransiya, Italiya. Angliya, 
Misr va boshqa davlatlarda turizmga e’tibor 
katta, chunki turizmdan davlat g‘aznasiga 
AMALIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
74 
katta mablag‘ kelib tushadi. So‘nggi besh yilda 
ayniqsa ichki va tashqi turizm yurtimizda 
jadal rivojlanmoqda. Kelgan mehmonlar 
Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa birqator 
shaharlarimizdagi ko‘plab yodgorliklar hamda 
qadamjolarga tashrif buyuradir. Turizm 
maqsadida yurtimizga tashrif buyurgan 
mehmonlarni kutish ularga xizmat ko‘rsatish 
va kuzatib qo‘yishdagi milliy an’analarimiz 
bo‘yicha o‘quvchi yoshlarga tushunchalar 
berish lozim. 
Mehmon kutishda Respublikamizning 
turli hududlarida o‘ziga xos odatlari borligi 
haqida o‘quvchilarga ma’lumotlar berilsa 
yanada 
maqsadga 
muvofiq 
bo‘ladi
4

Dasturxonga albatta palov tortishdan tashqari, 
Toshkentda, masalan, qazi-qartali norin 
tayyorlash va xushbo’y familchoy damlash 
odat tusiga kirgan. Farg‘ona vodiysining 
barcha hududida va Samarqandda mehmonga 
dastlab issiq ko‘k choy beriladi. Andijon, 
Qo‘qon, Marg‘ilon, Namangan va Farg‘onada 
mehmonga choy berilgach, kashnich, rayhon 
solingan va qatiqlangan mastava, so‘ngra 
devzira guruchdan lola rang qovurma tortiladi. 
Bu shaharlarda mehmon dasturxoniga patir 
va jizzali nonlar, anvoyi ho‘l mevalar, oq 
ko‘ngillikning ramzi sifatida sut, qatiq, qaymoq 
qo‘yiladi. 
Kelgan mehmonga darhol qatiq taklif 
etish yoki nonushtasiga, albatta, qatiq berish, 
ayniqsa, Namanganda yaxshi odat tusiga 
kirgan. Sababi, bu yerda mehmonlar qatiq 
ichishning insonga ko‘pgina foydali ekanligini 
e’tiborga oladi. Shu bilan birga uzoq joydan 
kelib suv va havo o‘zgartirgan kishini kayfiyatini 
yaxshilashga ham xizmat qiladi.
Samarqandda mehmonni shirin-shakar 
ho‘l mevalar, dunyoga dong‘i ketgan Osiyo 
nonlari hamda qaymoq bilan siylash, so‘ngra 
esa murch sepilgan chuchvara va to‘g‘rama 
palov bilan siylanadi. Buxorada mayizli palov va 
yaxlit qilib pishirilgan barra kabob, viloyatning 
chorvador hududlarida esa yangi so‘yilgan qo‘zi 
go‘shtining sho‘rvasi va kabobi mehmonning 
oldiga tortiladi. Xorazmliklar mehmonni 
tilyorar qovunlar, maxsus tayorlangan palov 
bilan siylashadi. Qoraqal- poqliklar mehmonni 
baliq va kulchatoy bilan siylashadi.
O‘zbeklar uchun mehmonning muhim 
yoki nomuhimi, katta yoki kichigi degani 
bo‘lmaydi. Ostonadan xonadonga qadam 
ranjida qilgan har qanday inson bir piyola choy 
ichib ketishi azaliy odat hisoblanadi. Uzoq 
hayotiy tajribaga ega bo‘lgan qariyalarimiz 
4 Махмудов К. Меҳмоннома, Тошкент: “Ёш гвардия”, 1989 й.,240 б.
5 Маҳкамов Улфат. Ахлоқ-одоб сабоқлари, Т.: “Фан” нашриёти, 1994 й.,136 б.
doimo oilada shuni ta’kidlaydi: “Ovqat qilganda 
doimo ko‘proq qil, chunki kutilmaganda 
mehmon kelib qolishi mumkin”, deb nasihat 
qiladi.
Mehmon kelishi ozodalikka va shaxsiy 
poklikka ham sababchi bo‘ladi.
Betartib joylar tartibga keltiriladi. Uy-joy, 
hovli va ko‘chalar tartibga
solinib, supirilib, suv sepiladi. Idish-
tovoqlarini va barcha uy-anjomlarini avvalgidan 
ham ozodaroq tutishga harakat qilinadi. 
Mehmon ham, mezbon ham orasta kiyinib 
oladilar. Tutilmagan buyumlar mehmon kelgan 
kundan boshlab ishga solinadi.Xullas mehmon 
kelgan uyning chirog‘i ravshan yonadi
5
.
Mehmonga 
chaqirganda 
shaxsan 
uchrashib yoki telefon orqali aytiladi. Hech 
bo‘lmasa, telefon orqali aytish imkoniyati bo‘la 
turib, mehmonni kimdir orqali chorlash chiroyli 
muomala tarzidan emas. Bu taklif etilgan 
insonga nisbatan hurmatsizlikdir. Shuningdek, 
biron kishini mehmonga chaqirmoqchi 
bo‘linsa, uning vaqtini surishtirib, ziyofatni 
unga ma’qul kelgan vaqtga to‘g‘rilanadi. 
Mehmon kutishga tayyorgarlik ko‘rayotganda, 
xonalarning ozodaligiga alohida e’tibor 
beriladi. Jumladan, vannaxonaga toza sochiq, 
yangi sovun, atir va hokazolardan qo‘yiladi. 
Mehmonning ko‘zi dorda osilgan ichkiyim, 
chaqaloqlarning kiyimlariga va hokazolarga 
tushib qolmaydigan bo‘lishi lozim.
Mehmonlar belgilangan vaqtdan erta 
kelib qolishi mumkinligini inobatga olib, 
yarim soatlar oldin chiroyli kiyinib, ularni 
kutishga tayyor bo‘lib turiladi. Mehmonlar 
oldida oila a’zolariga baqirib, ularni urushib, 
asabiylashmaslik lozim. Bu mehmonni quvish 
bilan barobar.
Taom 
tanovul 
qilinayotganda 
mehmonning yeyish sur’atiga karab, sekin-
sekin tanovul qilishib, undan avval tugatib 
qo‘ymaslik, shuningdek, mehmonga taomni 
keltirilgach, u bilan birga tanovul qilish kerak. 
Bir mehmon: “Mehmon uchun mezbonning 
to‘qligidan ko‘ra zararliroq narsa yo‘q”, degan 
ekan. Chunki mehmonning oldiga ovqat olib 
kelinsa-yu, mezbon ovqat yeb, to‘yib olgan 
bo‘lsa, mehmon bilan birga yeyisha olmaydi. 
Natijada mehmon uyalib, bemalol ovqatlana 
olmasligi mumkin. Mehmon asosiy taomni 
tanovvul qilib, biroz hordiq chiqarib, nafasini 
rostlab 
olgach, 
farzandlarni 
imi-jimida 
chaqirib, ularni mehmonga tanishtirish lozim. 
Farzandlarin chiroyli kiyintirishni unutmaslik 
lozim.
AMALIY FANLAR


75 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
Agar yangi uyga ko‘chgan bo‘lsangiz 
yoki anchadan beri shunday yangi qurilgan 
ko‘rkam xonadonda istiqomat qilayotgan 
bo‘lsangiz va uyingizga birinchi marta kimdir 
mehmon bo‘lib kelgan bo‘lsa, vaqt topib unga 
xonalarni ko‘rsatib sayr qildiring. Ehtimol, 
mexmoningiz uyingizni tomosha kilgisi kelar, 
lekin buni ochiq aytishga iymanishi mumkin. 
Albatta, yotoqxona va ayollar o‘tirgan xonalar 
ko‘rsatilmaydi.
Agar bir jamoani mehmonga chaqirilsa, 
ular ozchilik bo‘lsa birga o‘tirsa zarar qilmaydi. 
Chunki ularga dasturxon ustida xizmat qilib 
turish kerak bo‘ladi. Bordi-yu, ular ko‘pchilik 
bo‘lsa, tashqarida xizmat qilib turgan ma’qul. 
Ziyofat 
so‘ngida 
mehmonni 
eshikdan 
tashqariga kuzatib chiqish, uning tashrifi dan 
benihoya xursand bo‘lganligini izhor qilish 
va yana tashrif buyurishini so‘rab qolish ham 
mehmonnavozlik qonun-qoidalari sirasiga 
kiradi. Shuningdek, mehmonni biron tanishining 
mashinasida manziliga eltib qo‘yish yoki hech 
bo‘lmaganda ko‘chadagi mashinaga o‘tqazib 
yuborish ham juda yaxshi ish. Mehmon 
ketayotganida uni eshik oldigacha kuzatib 
qo‘yish kerak. Rasululloh (sollallohu alayhi va 
sallam): “Mehmonni eshik oldigacha kuzatib 
borish sunnatdir”, deganlar
6
.
O‘zbeklarda mehmonga sarpo kiydirish 
odati qadimdan to shu kungacha mavjud bo‘lib, 
u ikki ma’noni anglatadi. Birinchisi, o‘zining 
yaqin kishisiga, qarindoshiga sarpo kiydirganda 
uzoqlashmaslik, 
begonalashmaslik, 
6 Собиров А.А. Меҳмон кутиш одоби. “Ҳидоят” журнали 2011 йил, 7-сон
hamjihatlik istagini bildiradi. Ikkinchisi, begona 
kishiga sarpo kiydirilsa u bilan yanada yaqin 
do‘st bo‘lish istagini bildiradi. Sarpo kiydirish 
udumi to‘g‘risida turli xildagi rivoyatlar bo‘lib, 
mehmondo‘stlikda haqiqiy do‘stlashishning, 
qarindoshga aylanganlikning, yoki qadrdon 
bo‘lib qolganlikning ramziy ifodasi hisoblanadi. 
Shu sababli yurtimizga xorijiy davlatlardan, 
qardosh respublikalardan mehmon bo‘lib 
kelgan kishilarga ham milliy kiyimlarimizdan 
kiydiriladi, bu uzoq yillar davomida shakllangan 
ajoyib an’analarimizdan biri hisoblanib kelinadi.
Xulosa qilib aytganda o‘tmishdan to shu 
kungacha ota-boblarimizdan bizgacha yetib 
kelgan yillar davomida sayqallangan udum 
va an’analarimizdan biri bo‘lgan mehmon 
kutish madaniyatini yoshlarimiz ongiga 
singdirish va ularda mehmonlarni kutish 
hamda kuzatish ko‘nikmalarini shakllantirish 
ishlarini oilada va ta’lim muassasalarida to‘g‘ri 
tashkil qilish muhim tadbirlardan hisoblanadi. 
Bugungi kundagi yoshi ulug‘ kishilar, ota-
onalar, shuningdek maktablarimizdagi fan 
o‘qituvchilari, ayniqsa Texnologiya fani 
o‘qituvchilari buni aslo yodidan chiqarmasligi 
lozim. Aks holda ma’lum bir vaqtlar kelib 
bu an’ana va udumlarimiz unut bo‘lib ketish 
mumkin. Shuning uchun ham buni ta’lim 
muassasalarida o‘tiladigan fan dasturlariga, 
ayniqsa “Texnologiya ta’lim” servis xizmati 
bo‘yicha fan dasturida yanada bu mavzuga 
ko‘proq vaqt ajratilsa (kiritilsa) ayni muddao 
bo‘lar edi. 
AMALIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
76 
BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARINING 
KASBIY KOMPETENTLIGI VA KREATIVLIGINI 
OSHIRISHDA MUSIQIY- NAZARIY 
FANLAR O‘RNI VA AHAMIYATI
Sabina Shuxrat qizi Urinova -
o‘qituvchi, Jizzax davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya: Mazkur maqolada bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik mahoratini 
va uning bir tarmog‘i sanaladigan kasbiy kompetensiyasini oshirish ahamiyati haqida so‘z 
boradi. Bugungi kun musiqa o‘qituvchilari faoliyati samaradorligini, pedagogik faoliyatini yo‘lga 
qo‘yishga tayyorlashda, avvalo, unda pedagogik mahorat, har bir pedagogik jarayonda zarur 
bo‘lgan kompetensiya turlariga egalik faoliyatdagi ahamiyati yoritib o‘tilgan. Kreativlik va kasbiy 
kompetensiyani oshirishda musiqiy-nazariy fanlar ahamiyatiga to‘xtalib o‘tilgan.
Аннотация: В данной статъе говорится о важности повышения профессионално-
педагогического мастерства будущего учителей музыки и профессионалной компетентности, 
которая является одной из ее ветвей. Сегодня в деятелности подчеркивается эффективност 
деятелности учителей музыки, подготовка к началу педагогической деятелности, прежде 
всего важност педагогического мастерства, владения видами компетенций, необходимых 
в каждом педагогическом процессе. Затронуто значение теоретико-музыкалных наук в 
повышении креативности и профессионалной компетентности.
Abstract: This article talks about the importance of improving the professional-pedagogical 
skills of future music teachers and professional competence, which is one of its branches. Today, 
the effectiveness of music teachers' activities, preparation for starting pedagogical activities, first 
of all, the importance of pedagogical skills, the possession of the types of competences necessary 
in each pedagogical process, is highlighted in the activity. The importance of music-theoretical 
sciences in increasing creativity and professional competence was touched upon.
Kalit so‘zlar: musiqa madaniyati, axloqiy tarbiya, estetika, faoliyat, pedagogika, pedagogik 
mahorat, kompetensiya, komponent, mutaxassis.
Ключевые слова: музыкалная кулътура, нравственное воспитание, эстетика, деятелност, 
педагогика, педагогическое мастерство, компетентност, компонент, специалист.
Keywords: music culture, moral education, aesthetics, activity, pedagogy, pedagogical skills, 
competence, component, specialist.
Ta’lim sohasi rivojida pedagogik kadrlarni 
bilimli, zamon talablariga mos tarzda tayyorlash 
muhim ahamiyatga ega. Prezidentimiz 
Shavkat Mirziyoyev: “biz islohotlarimiz 
ko‘lami va samarasini yanada oshirishda 
har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va 
hunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli, 
tashabbuskor 
yoshlarimizga 
tayanamiz, 
yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va 
umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil 
va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi 
bo‘lgan insonlar etib voyaga yetkazamiz”
1
deb 
ta’kidlar ekan, Yangi O‘zbekiston iqtisodiy 
va ijtimoiy rivojlanishda o‘z yo‘lini tanlashida 
1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. President.uz sayti https://president.uz/oz/lists/view/4057. 2020-yil 29-dekabr.
kadrlar tayyorlash masalasini ham dolzarb 
vazifa sifatida belgiladi. Bu vazifani amalga 
oshirishda uzluksiz ta’limning muhim bosqichi 
bo‘lgan Oliy ta’lim muassasalari alohida 
ahamiyat kasb etadi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim 
to‘g‘risida”gi Qonunida Oliy ta’lim muassasalari 
rivoji, pedagogik kadrlar tayyorlashga e’tibor 
qaratilgan. “Oliy ta’lim bakalavriat ta’lim 
yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari 
bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini 
ta’minlaydi… 
Bakalavriat 
oliy 
ta’lim 
yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan 
bilim, malaka va ko‘nikmalar beradigan, o‘qish 
AMALIY FANLAR


77 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan tayanch oliy 
ta’limdir”
2

Oliy dargohlarda pedagogik faoliyatga 
tayyorlanayotgan bo‘lajak o‘qituvchilar bilim va 
salohiyati umumiy o‘rta ta’lim sifatini belgilab 
beradigan eng zarur omillardan. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi 
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini 
oshirish va ularning mamlakatda amalga 
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda 
faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha 
chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son 
Qarori, 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston 
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha 
rivojlantirish 
konsepsiyasini 
tasdiqlash 
to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni, 2019-yil 
29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq 
ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-
5712-sonli Farmoni, 2022-yil 28-yanvardagi 
“2022-2026-yillarga 
mo‘ljallangan 
Yangi 
O‘zbekistonning 
taraqqiyot 
strategiyasi 
to‘g’risida”gi PF-60-sonli Farmonida belgilangan 
ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashda bo‘lajak 
pedagoglarni o‘z faoliyatlarida ilg’or pedagogik 
va axborot texnologiyalarini qo‘llab, olingan 
bilim, ko‘nikma, malakalarini amalga tadbiq 
eta oladigan qobiliyatli, ijodkor shaxs sifatida 
tarbiyalash zaruratini yuzaga keltiradi.
Mamlakat fuqarolari har tomonlama 
komillik 
sari 
intilib 
yashashi, 
davlat 
taraqqiyotining asosiy omiliga aylanadi. 
Yurt ravnaqi yo‘lida talaba-yoshlarning bilim 
egallashlari bilan bir qatorda o‘zining mustaqil 
fikriga ega bo‘lgan, ma’nan yetuk, sog‘lom 
fikrlovchi, yuksak kasbiy mahoratli qilib 
tarbiyalash bu yo‘lda dolzarb masalalardan 
bo‘lib qolmoqda. Birinchi Prezidentimiz 
Islom Karimov “...kelajagimiz poydevori 
bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha 
qilib aytganda, xalqimizning ertangi kuni 
qanday bo‘lishini farzandlarimizning bugun 
qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq”
3
deb 
ta’kidlagan.
Demak, musiqa ta’limining oliy maqsadi: 
“musiqani idrok eta oladigan, yetuk, barkamol, 
madaniyatli, nafaqat o‘z milliy an’analarini, 
balki boshqa millatlar madaniyatidan boxabar 
va bu an’ana, madaniyatlarini hurmat qiladigan 
2 O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni,. 23.09.2020-yildagi O‘RQ-637-son. 11-modda.
3 I.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”. Ma’naviyat nashriyoti, Toshkent., 2008. 61-bet.
4 Yusupova N. Musiqa savodi, metodikasi va ritmika. Musiqa nashriyoti. Toshkent., 2010. 4-bet.
5 O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. 5111100 – Musiqa ta’limi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablari. O‘z.R. O.O‘.M.T.V. Buyruq № 418., Toshkent., 
2020. 6-bet
qilib voyaga yetkazishdan iboratdir”
4
Yuqoridagi kabi jihatlarni bolalarda 
shakllantirishda pedagog asosiy rol o‘ynashini 
hisobga olsak, bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini 
tayyorlash musiqa madaniyati fanlarining 
sifat ko‘rsatkichini belgilab berishini anglash 
qiyin emas. O‘qituvchining kasbiy jihatdan 
shakllanishi oliy ta’limda kasbiy ta’lim olish 
jarayonidan boshlanadi.
Bugungi kun jamiyat taraqqiyotida 
raqobatbardosh 
malakali 
kadrlarni 
tayyorlashda oliy ta’lim yetakchi ilm dargohi 
sifatida alohida ahamiyatga ega. Hozirgi 
kunda mamlakatimizda pedagogik oliy ta’lim 
muassasalarida Musiqa ta’limi yo‘nalishi 
bakalavriat bosqichi bitiruvchilarining davlat 
va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 
umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta’lim muassasalari, bolalar musiqa 
va san’at maktablari uchun pedagogik kadr 
sifatida shakllanishi; magistraturada ta’lim 
olish, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, 
ommaviy axborot vositalari, davlat boshqaruvi 
organlari, davlat va nodavlat muassasalarda 
faoliyat 
yuritishga 
tayyorlab 
borishda 
ularning pedagogik va kasbiy mahorati, 
kasbiy kompetensiyasi va kreativligini oshirib 
borish esa ertangi kun zamonaviy pedagog 
xodimlarining sifat ko‘rsatkichini belgilab 
beradigan omillaridandir. 
Oliy ta’limning bakalavrlar tayyorlash 
o‘quv jarayonida turli xil faoliyat turlarini 
bajarishlari, 
malakalarni 
o‘zlashtirishlari 
zaruriy qayd etilib, xususan, musiqa ta’limida 
3 yillik o‘qish mobaynida bakalavrlar kasbiy 
faoliyatlarining turlari quyidagicha: 
“- pedagogik;
- ilmiy-tadqiqot;
- ma’naviy-ma’rifiy; 
- tashkiliy-boshqaruv;

ishlab 
chiqarish”
5
O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 
vazirligi. 
Kasbiy faoliyat turlarining pedagogik 
faoliyat turida bakalavrlar oldiga bir necha 
vazifalarni qo‘yib, bakalavriat bitiruvchisi ularni 
bajarishga qodir bo‘lishi kerak.
Pedagogik faoliyat turlari o‘z navbatida 
bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining kasbiy 
AMALIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
78 
kompetentligi va kreativlikka ega bo‘lishi va 
ularni bitiruv jarayonigacha oshirib borishini 
talab etishini anglash mumkin. Bakalavriat 
bosqichida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilar 
tayyorlash jarayonida o‘quv rejasida “Musiqa 
o‘qituvchisining kasbiy kompetentligi va 
kreativligi” fanining bo‘lishi ularda ushbu 
sifatlarni shakllantirish, rivojlantirib borishni 
belgilab, talabalarni bo‘lajak faoliyatga kasbiy 
kompetentlikka egalik va kreativ yondashuv 
orqali tarbiyalab borishni ta’minlaydi. “Fanni 
o‘qitishdan maqsad – fanni nazariy va 
amaliy faoliyatni o‘zlashtirish jarayonida, 
zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida 
tasvirlab berish, musiqiy ta’lim tarbiya 
berishda kasbiy kompetensiyaviy yondashuvi 
va ish faoliyatiga kreativ yondashishga 
qo‘yilgan talablarga oid bilim, ko‘nikma 
va malakalarni shakllantirish… Fanning 
vazifasi – musiqa o‘qitishning innovatsion 
texnologiyalari ta’limining mazmuni, o‘qituvchi 
va talabalar ijodiga pedagogik ta’sir etish, 
musiqa ta’limida rivojlanuvchi ijodiy o‘yinli 
va interaktiv texnologiyalar, innovatsion 
texnologiya va axborot texnologiyalari haqida 
asosiy ma’lumotlar berish. Musiqa ta’limi va 
tarbiyasi sohasidagi ilg‘or tajribalarni mustaqil 
tayyorlashni 
o‘rganishga 
tayyorlash”
6
dan 
iborat.
Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy 
kompetensiya va kreativligini rivojlantirib 
borishda 
bakalavriatda 
fanlarning 
qay 
darajada o‘zlashtirilishi 
muhim. 
Fanlar 
kesimida 
qaraydigan 
bo‘lsak, 
musiqiy-
nazariy fanlar musiqa ta’limining, eng avvalo, 
musiqiy savodxonlik darajasini belgilab 
beradigan asosiy fanlar hisoblanadi. Unda 
rivojlanishi lozim bo‘lgan badiiy (musiqiy) 
fikrlash kompetensiyasi
7
ni 
fan orqali– 
o‘qituvchi qachonki o‘zi yuqori salohiyatli, o‘z 
sohasida badiiy-obrazli tarzda fikrlay olsagina 
o‘quvchilarini musiqa olami bilan yaxshiroq 
tanishtira olishga erishishi mumkin.
Musiqa nazariyasi – musiqashunoslikning 
nazariy jihatlari bilan shug‘ullanadigan fanlar 
majmuasini qamrab oladigan qismidir. Musiqa 
nazariyasi - musiqaning elementar nazariyasi, 
garmoniya, polifoniya, musiqa shakli, solfedjio, 
cholg‘ushunoslik, 
ritmika 
kabi 
fanlarni 
umumlashtiruvchi tushuncha.
6 “Musiqa o‘qituvchisining kasbiy kompetentligi va kreativligi”. Fan dasturi. Toshkent davlat pedagogika universiteti. Toshkent., 2020. 2-bet
7 Аврамкова С.И. «Понятие «компетенция» в современной теории и практике преподования музыке» // Известия Российского государственного педагогического университета 
им. Герцена. №136. М., 2010 г. 149 стр.
8 “Musiqa nazariyasi”. Fan dasturi. Toshkent davlat pedagogika universiteti. Toshkent., 2020. 2-bet
Oliy 
ta’lim 
muassasalarining 
pedagogika yo‘nalishilarining musiqiy ta’lim 
yo‘nalishida “Musiqa nazariyasi” fani bo‘lib, 
“fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda 
musiqiy ifodalilikka nisbatan ongli tafakkurni 
tarbiyalash va uni idrok etish qobiliyatini hosil 
qilish, talabalarning musiqiy dunyoqarashini, 
idrokini shakllantirish va rivojlantirish, musiqiy-
estetik didini to‘g‘ri yo‘naltirish va boyitish, 
ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish; talabalarni 
musiqa o‘qituvchisi sifatida amaliy faoliyatga 
tayyorlashdan iborat. 
Fanning vazifasi – talabalarga musiqiy 
ifodalilikning asosiy vositalarini tushunib 
yetishlarida chuqur bilimlar berish hamda 
musiqiy-texnik ko‘nikmalarni o‘rgatish;
-kompozitorlik 
ijodining 
ahamiyatli 
masalalari va asosiy muammolari bilan 
yaqindan tanishtirish hamda musiqa tizimi va 
unda muqim o‘rin egallagan garmoniya haqida 
aniq tushunchalar berish;
-musiqiy asar shaklining tuzilishidagi 
asosiy 
qonuniyatlari, 
muhim 
musiqa 
elementlari, musiqiy rivojlanish prinsiplari, 
shakldagi qismlar funksiyasi bilan talabalarni 
tanishtirish va turli xil musiqiy shakllarni tahlil 
qilish malakalarini shakllantirish;
-talabalarning 
musiqiy 
fikrlash, 
musiqiy eshitish, sof intonatsiyani his eta 
olish qobiliyatlarini va musiqiy xotirasini 
shakllantirish, ularda lad, ritm, temp 
va uslub tuyg‘usini tarbiyalash hamda 
o‘zlashtirgan bilimlarini amaliyotga qo‘llay 
olishga o‘rgatishdir”
8
. Fan tarkibiga “Musiqa 
elementlari nazariyasi”, “Garmoniya”, “Musiqa 
asarlari tahlili” va “Solfedjio” fanlari kiritilgan.
Fanlarni 3 yil davomida o‘zlashtirib 
boradigan bo‘lajak musiqa o‘qituvchisida 
mavzular, nazariy va amaliy topshiriqlar 
vositasida musiqiy-nazariy fanlar bo‘yicha bir 
necha kompetensiyalar shakllanadi. 
Jumladan: 
“Musiqa 
elementlari 
nazariyasi” fanini o‘qitish natijasida talabada:
-musiqiy tovush xususiyatlari, musiqiy 
tizim, nota yozuvi tizimi, ritm, metr, o‘lchov, 
temp, dirijorlik qoidalari, interval, lad, tonallik, 
tonalliklar kvinta davrasi, akkord, xalq ladlari, 
alterasiya, xromatizm, xromatik gamma, 
transpozitsiya, tonalliklar pog‘onadoshligi, 
og‘ishma, modulyatsiya, kuy, musiqiy belgilar, 
AMALIY FANLAR


79 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
ijrochilik uslubining belgilari haqida tasavvur 
va bilimlarga ega bo‘ladilar;
-tovushlarni nota yo‘liga to‘g‘ri yozish, 
transpozitsiya qilish, major va minor 
tonalliklari tovushqatorini tuzish, turli tovush va 
tonalliklarda intervallar tuzish, ularni yechish, 
tovushdan akkordlar tuzish, ularni yechish, 
tonalligini aniqlash va tonalliklarda akkordlar 
tuzish, xalq musiqasi tovushqatorlarini tuzish, 
aniqlash, xromatik gammalarni yozma va 
amaliy tuzish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar; 
-interval, 
akkordlar, 
ladlar 
tuzish, 
asarlarning 
tempi, 
tonalligini 
aniqlab, 
obrazlarning 
xarakterini 
tahlil 
qilish 
malakalariga ega bo‘ladilar.
Garmoniya kursida esa bo‘lajak musiqa 
o‘qituvchilari:
-garmonik qonun-qonuniyatlar, garmonik 
tahlil, akkordlar va ularning garmoniyadagi 
xususiyatlari haqida tasavvur va bilimlarga;
-akkord tuzilishi, to‘rtovozlik tuzilmada 
akkordlar 
yozish, 
akkordlar 
qo‘shilishi, 
ovozlarning to‘g‘ri yo‘nalishi, ovozlarning 
birgalikdagi 
harakati, 
kuy 
va 
basin 
garmoniyalash, ularning aylanmalari va 
yechilishini tuzish, garmonik davralarda 
akkordlarni qo‘llash, akkordlar ketma-ketligi 
va sekvensiyalarni fortepianoda ijro etish 
ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
Musiqa asarlari tahlili kursida talabalar:
-musiqa asar shakli haqida, rivojlanish 
tamoyillari, muhim musiqiy ifoda vositalari, 
tuzilmalarning gomofon va polifon turlari, 
bayon turlari, shakl tuzilishlari haqida nazariy 
bilimlarni egallaydi;
-biron musiqiy asarni musiqiy ifoda 
vositalarini tahlil qilish, asar rivojlanish 
tamoyillari, bayon turlarini aniqlash, turli 
shakldagi asar xususiyatlarini tushungan 
holda ularni tahlillash, musiqiy asar mavzulari 
xarakteri, 
vositalari, 
o‘ziga 
xosliklarini 
tushunish ko‘nikmalarini egallaydi.
Solfedjio kursi musiqa nazariyasi fanining 
laboratoriya qismi hisoblanib, bunda talabalar:
- solfedjioning amaliy ahamiyatini 
tushunish, bir va ikki ovozli kuylarni sof 
intonasiyada kuylash, musiqiy diktant yozish, 
musiqa elementlarini tinglab aniqlash, kuyga 
akkomponiment tuzish qonun – qoidalari 
haqida tasavvur va bilimlarga ega bo‘lishi 
mumkin;
9 Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). – Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014. Pg 11.
10 Sharipova G, Najmekdinov G‘. “Musiqa o‘qitish metodikasi praktikumi”. O‘quv qo‘llanma, “Turon-Iqbol” nashriyoti. Toshkent., 2014-yil. 11-bet.
-sof, ma’noli, to‘g‘ri me’yorda, xarakterga 
mos, dinamik belgilarga e’tibor bergan holda, 
bir, ikki ovozli xalq, klassik va zamonaviy 
yo‘lidagi asarlar namunalarini solfedjiolash, 
ularni eshitib turib notaga solish, davriya 
shaklidagi o‘tilgan akkordlardan tuzilgan 
ketma – ketliklar kuylash; xromatik tovushlari 
mavjud bir tonally va modulyatsiyalovchi bir 
ovozli hamda gomofon-garmonik va polifonik 
uslubdagi ko‘p ovozli namunalar kuylash; 
interval, akkord, ladlarni tinglab aniqlash; 
berilgan kuyni transpozitsiya qilib kuylay olish; 
bir va ikki ovozli melodik diktant, intervalli 
diktantlar yozish malakasiga ega bo‘lishi kerak.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun fan tarkibiga 
kiruvchi musiqaning elementlari nazariyasi, 
garmoniya, musiqa asarlari tahlili fanlaridan 
alohida- alohida mavzular berilgan bo‘lib, 
amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari 
bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik 
guruhga bir professor- o‘qituvchi tomonidan 
o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar faol va 
interaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos 
ravishda munosib pedagogik va axborot 
texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
“Bo‘lajak musiqa o‘qituvchisi “Musiqa 
nazariyasi” fanidan barcha musiqiy-nazariy 
bilimlarni egallab, ularni amaliy tarzda qo‘llay 
olar ekan, uni shu fan bo‘yicha yetarli bilim, 
ko‘nikma va malakalarga ega deb hisoblash 
mumkin”
9
. Bu o‘rinda anglash mumkinki, 
nazariy fanlar musiqiy savodxonlik faoliyati 
muhimdir. 
Talabaning pedagogik faoliyati davomida 
darslarni faoliyat turlari ya’ni biz yuqorida 
sanab o‘tgan boshlang‘ich sinflarda:
1.“Xor bo‘lib qo‘shiq kuylash.
2.Musiqa savodi. 
3.Musiqa tinglash.
4.Musiqaga mos harakatlarni bajarish.
5.Bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish…
O‘rta sinflarda esa musiqa darsi uchta 
faoliyat turi asosida olib boriladi:
1.Xor bo‘lib qo‘shiq kuylash.
2.Musiqa savodi.
3.Musiqa tinglash”
10
kabilar bo‘yicha 
tashkillashtirishida kasbiy kompetensiya 
va kreativligi muhim. Kasbiy kompetensiya 
va kreativlikni esa oliy ta’lim muassasasida 
shu nomli fan va boshqa nazariy, amaliy, 
ijodiy bilimlar orqali oshirib borishi uning 
AMALIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
80 
kelajakda o‘qituvchilik kasbi faoliyatida ham 
salohiyatli pedagog sifatida shakllanishiga 
zamin yaratishi tabiiy. Dars faoliyat turlarining 
barchasi musiqiy-nazariy bilimlarni talab 
etishini hisobga olsak, bo‘lajak musiqa 
o‘qituvchisining har bir faoliyat turida o‘z 
kasbiy kompetentligini namoyish etishi va 
jarayonlarga kreativ yondashishi uchun 
bakalavr davrida kasbiy kompetentligi va 
kreativligini musiqiy-nazariy fanlar vositasida 
oshirib borish samarali natija ko‘rsatadi. 
Umuman 
olganda, 
umumta’lim 
maktablarida musiqa madaniyati darslarida 
mavzu mohiyatidan kelib chiqib, faoliyat 
turlarini 
almashtirgan 
holda 
qo‘llash 
orqali bir butun kompleksga erishish dars 
samaradorligi, bolalarning fanga bo‘lgan 
qiziqishini oshirishda xizmat qiladi. Har bir 
faoliyat turining musiqiy-nazariy fanlar bilan 
chambarchas bog‘liq ekanligini tahlil qilar 
ekanmiz, pedagogning bakalavr davridanoq bu 
fanlarda puxta bilim egallashiga alohida e’tibor 
qaratish lozimligini anglash mumkin. Darslarni 
faoliyat turlari bo‘yicha tashkillashtirishda 
esa o‘qituvchining kasbiy kompetentligi va 
kreativligi an’anaviylikni zamonaviy yondashuv 
asosida boyitishda yetakchi omil bo‘lib, bo‘lajak 
musiqa o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligi 
va kreativligini musiqiy-nazariy fanlar vositasi 
oshirib borilsa, yanada maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. Bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining kasbiy 
kompetensiya va kreativligini musiqiy-nazariy 
fanlar orqali oshirish maqsad qilib qo‘yilar ekan, 
bu fanlar ertangi kun pedagogik faoliyatda 
darslarni tashkillashtirish, olib borishda 
o‘qituvchi uchun tayanishi mumkin bo‘lgan 
bilimlarni bera oladigan tarzda egallanishiga 
ham alohida e’tibor qaratish lozim. 
Musiqaning 
elementlari 
nazariyasi, 
garmoniya, musiqa asarlari tahlili, solfedjio 
fanlari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar, 
bu fanlar orqali shakllangan kompetensiyalar, 
avvalo, darsda samarali “ishlata olinishi”, 
o‘quvchilarda ham aynan shu fanlar vositasi 
fanga oid kompetensiyalarning shakllanishiga 
erishish maqsadi, fanlarning faoliyatning 
qaysi o‘rnida yetakchi ekanligiga e’tibor 
qaratishga undadi. Ya’ni, umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining musiqa madaniyati fanidagi 
dars faoliyat turlari va talaba oliy ta’lim 
muassasasida bilim egallagan musiqiy-
nazariy fanlarni o‘zaro bog‘lash, pedagogda 
rivojlantirilgan kompetensiyalarning aynan 
qaysi biri biror faoliyat turida eng asosiy 
ekanligini, aynan ushbu kompetensiyaning 
oshirib borilishida qaysi musiqiy-nazariy 
fan eng zaruri ekanligini yanada yaxshiroq 
tushunishimizga imkon yaratadi. 
Dars faoliyat turlarini tashkil etishda, 
bolalarda faoliyat turi orqali bilim, ko‘nikma 
va malakalarni, zarur kompetensiyalarni 
shakllantirishda kreativ pedagog bo‘lish, 
ijobiy samaraning garovi ekanligini hisobga 
olsak, bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining kreativ 
jihatlarining qaysi qirralarining dars faoliyat 
turlaridan ko‘proq qo‘l kelishini hisobga 
olgan holda, bu orqali talabaning kasbiy 
kompetensiya va kreativligini musiqiy-nazariy 
fanlar vositasida oshirib borishda ko‘zlangan 
natijaga erishish yo‘li sifatida, dars faoliyat turi-
kompetensiya-kreativlik 
parametri-yetakchi 
musiqiy-nazariy fan bog‘liqligi tizimlashitirildi. 
Mazkur 
bog’liqliklarni 
inobatga 
olgan holda, shu asosida bo‘lajak musiqa 
o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiya va 
kreativliklarini musiqiy-nazariy fanlar orqali 
oshirib borish muhimligi haqida xulosaga 
kelindi.
AMALIY FANLAR


81 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
THE DEVELOPMENT OF THEATER ART 
IN UZBEKISTAN DURING THE YEARS OF 
INDEPENDENCE ( IN THE CASE OF THE 
MANNON UIGHUR MUSICAL-DRAMA 
THEATER OF SURKHANDARYA REGION)
Nozima Hayrullayevna Nasriddinova -
independent researcher, Termiz state university
Abstract: This article provides comprehensive information about the activities of the 
Surkhandarya regional musical-drama theater named after Mannon Uyghur during the years of 
independence, its creative achievements, and its participation in republican and international theater 
festivals.
Annotatsiya: Ushbu maqolada Mannon Uyg‘ur nomidagi Surxondaryo viloyat musiqali drama 
teatrining mustaqillik yillarida amalga oshirgan faoliyati, erishgan ijodiy yutuqlari, respublika va 
xalqaro teatr festivallarida ishtirok etishi haqida atroflicha ma’lumotlar berilgan.
Аннотация: В данной статъе представлена исчерпывающая информация о деятелности 
Сурхандаринского областного музыкалъно-драматического театра имени Маннона 
Уйгура в годы независимости, его творческих достижениях, участии в республиканских и 
международных театралных фестивалях.
Keywords: theater, art, drama, nomination, actor, performance, decoration, comedy, performance, 
pageant, tour.
Kalit so‘zlar : teatr, san'at, drama, nominatsiya, aktyor, spektakl, bezak, komediya, spektakl, 
tomosha, gastrol.
Ключевые слова: театр, искусство, драма, номинация, актер, спектакл, декорация, 
комедия, профессия, театрализованное представление, гастроли.
In the process of spiritual and educational 
reforms implemented in Uzbekistan during the 
years of independence, the art of theater has 
developed a lot. The state budget of theaters 
based on the decrees of the President of the 
Republic of Uzbekistan dated October 20, 
1995 “On measures to support and encourage 
further development of theater and music art 
in Uzbekistan”
1
, “On development of theater 
art in Uzbekistan”
2
dated March 26, 1998 was 
supported based on Also, in 1998, the creative-
production association “Uzbek Theater” was 
established within the system of the Ministry 
of Culture and under the union of theater 
creative workers. The joint theater teams were 
helped to create performances that evoke a 
sense of respect for the rich spiritual world 
of our nation, its cultural heritage, national 
and universal values, to attract talented 
young people to the theater, to strengthen 
the material and technical base of theaters, 
1 The Voice of Uzbekistan newspaper. October 22, 1995.
2 People’s word newspaper. March 29, 1998.
and to provide social protection for creative 
employees. Despite the difficulties of the 
transitional period, the Surkhandarya Regional 
Musical Drama Theater paid great attention to 
the formation of its creative and organizational 
activities based on the requirements of the 
new era.
In particular, during this period, the 
repertoire of the theater was enriched with 
dramatic works of various themes and genres. 
During its creative activity, the theater team 
tried to make the plays performed more 
national, to be in harmony with the people's 
psyche and desires. The theater team, which 
has a great creative power, has greatly enriched 
its repertoire by bringing the works of the 
creators of the oasis to the stage. For example: 
between 1992 and 1994, regional artists such 
as “Yulduz Sondi” by Nor Hayit, “Shocked Eyes” 
by Isomiddin Atakulov, “Sadoqatli Arvoh” by 
Khurram Maqsadkulov decorated the theaters 
AMALIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
82 
of the republic, such as Usman Azim, Shafoat 
Rahmatullo Termizy, Khaliq Khursandov, 
Nizomjon Parda. the authors were formed as 
playwrights in cooperation with the regional 
musical drama theater. For example, Usman 
Azim’s “Bir kadam yol”, “Alpomis’h’s return”, 
Khalik Khursandov’s “You died, you were dear”, 
“My wife’s three lovers”, “I will find an old lady, 
dadajan”, “My love is my fate”, “My boy who 
has never seen pain”, M. Boboev’s A series of 
plays such as “Death Nation” first appeared in 
this theater
3
.
Among the topical works created on 
the stage of the theater, Usman Azim’s “Bir 
kadam yol” and Khaliq Khursandov’s “Die, dear 
one” dramas stand out for their ideological 
and artistic depth, encouraging the audience 
to observe, and rich in emotional feelings. 
Because these works are based on everyday 
life events, they quickly attract the attention 
of the audience. In 1993-1994, the creative 
team of the Surkhandarya regional musical 
drama theater named after Mannon Uyghur 
staged the play “Adib Sabir Termiziy” written 
by the poet and playwright Nizamjon Parda. 
Due to the mature and thorough performance 
of Pesa, the theater team won the “Adib Sabir 
Termiziy” award established by the Regional 
Trade Union Council in 1994
4
.
On November 5, 1995, the 60th 
anniversary of the establishment of the theater 
was celebrated. In the same year, the theater 
team put on the stage the famous playwright 
Mashrab Boboev’s play “Ochmasin khali”. 
The theater team participated in the “Navroz” 
festival of the republican theater groups with 
this performance, and actors A. Rakhmatov 
and Kh. Bobokhonova were awarded with the 
nominations “Best Male” and “Best Female”
5

On the occasion of the 50th anniversary of 
the victory over fascism, Genghis Aytmatov’s 
play “Momo yer” was staged. On the occasion 
of the 600th anniversary of the birth of the 
host Amir Temur, the theater team staged 
the play “Amir Temur and Yildirim Bayazid” 
by Q. Abdunabiev. This work won several 
nominations of the 2nd traditional theater art 
festival of the Republican theaters. Including: 
the director won the Best Director and Grand 
Prize. Among the actors, H. Oripov’s roles 
in “Amir Temur”, R. Mamataliev’s “Yildirim 
Boyazid”, B. Ramazonov’s roles in “Mashara” 
won the “Best roles” nomination. At the same 
3 Abduvahidov F. Surkhandarya region musical drama theater yesterday and today. - Tashkent: “Voris-nashriyoti LLC”, 2017. - B 118.
4 Surkhan Tong newspaper. January 23, 1996.
5 The current archive of the theater, volume 137, page 48.
6 Newspaper of literature and art of Uzbekistan. October 21, 2000.
7 Gulistan magazine. No. 4 of 2002, - B 28-29.
festival, Zulfia Bagiyeva won the “Best Female 
Role” nomination for her role in M. Kadirov’s 
play “The Magic Ring”. In 1998, the theater 
team staged plays such as A. Ibrahimov’s 
“Zol'dir”, I. Oktamov’s “Late Marriage”, Kh. 
Khursandov’s “Kampir Topaymi Dadajon”. The 
satirical comedy “Zol'dir” exposes such vices 
as bribery, greed, greed, which are regarded as 
negative vices in our society. H.Khursandov’s 
work “Kampir topayim dadajon”, which tells 
about the restoration of our national values 
and the love between parents and children, was 
warmly received by the audience. H.Rasul’s 
play “Farishta” staged in 1999 is about love for 
mother, the duty of children to respect her and 
pure love. Gulnara Ravshanova, who interpreted 
the role of mother, won the award “The best 
female role of the stage queen of the year” at 
the inter-theatrical contest of the Republic. 
Usman Azim’s “Return of Alpomish”, which 
glorifies feelings of love for the Motherland 
and returning to our national traditions, was 
staged by the theater team in 2000 and brought 
to the attention of the audience. In the same 
year, local dramatist Khaliq Khursandov’s 
play “You have died dearly” was staged. This 
work was awarded with the “Grand Prix” at 
the “Andijan Spring” theater festival held in 
Andijan
6
. Also, Usman Azim’s play “One Step” 
was successfully staged in the theater, which 
calls for a discussion about the fact that 
human conscience, honor, and faith cannot 
be measured by wealth, and that putting 
money above everything else leads to bad 
consequences. During this period, the theater 
team also tried historical works, staging 
“Alisher Navoi” by Izzat Sultan and Uygun, 
“Adib Sabir Termiziy” by Nizomjon Parda, and 
won a number of nominations at the festival of 
republican theaters
7
. “Sleepless Nights” staged 
in 2001 by R. Orifjanov was positively evaluated 
by experts. In 2002, the 2500th anniversary of 
the city of Termiz was widely celebrated under 
the auspices of UNESCO. On the occasion of 
this jubilee, Shafoat Rahmatullo Termizy and 
Mansur Ravizhov staged the script “Bizkim, 
Termiz...”. This theatrical spectacle was 
recognized by all the guests who attended the 
anniversary. The staging of M. Boboev’s play 
“The Nation of Death” about ending terrorism 
and its consequences, drug addiction and its 
soil, which is sacred for those who live there, 
was one of the best works of the theater. The 
AMALIY FANLAR


83 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
performance was shown to the audience in 
all regions of the Republic and in the city of 
Nukus, Karakalpakstan. The director who 
staged the play, M. Ravshanov, an honored 
artist of Uzbekistan, won the “Sarhisob” 
Republican Theater art competition in the 
nomination “For the effective cooperation of 
the director with the playwright”. In 2003, the 
creative team of the theater staged the works 
“Shout” by M. Khairullaev, “Thirsty hearts” by 
K.Shangitboev and B.Boyseitov, “Kilich botir” 
by H.Khursandov, “My boy who has not seen 
pain”.
Winning the love of the audience 
and raising the reputation of the theater 
M.Ravshanov, G.Ravshanova, M.Mahmudova, 
T.Ergashev, Kh.Nasriddinov, A.Narzullayev, 
R.Mamataliyev, 
Kh.Oripov, 
S.Muqimov, 
M.Sharipov, Z.Boqiyeva , Y.Mirqurbanov and 
many other artists have great merit. In 2004, 
G.Ravshanova, one of the sensitive creators of 
the theater, was awarded the title of “People’s 
Artist of Uzbekistan”. On November 14-16, 
2005, the theater team went on a tour in 
Tashkent, and presented to the audience “King 
and Poet” based on Sh.Rahmatullayev’s “King 
and Poet” based on the works of Kh. exhibited 
his works
8
.
In 2007, the theater team presented 
the play “The Deed of the Old Emperor” 
by Kh.Khursandov at the “Navroz-2007” 
international theater festival of academic 
theaters held in Dushanbe, Republic of 
Tajikistan. This play was also successfully 
performed at the 20th International Festival of 
Experimental Theaters held in Cairo, Egypt, on 
October 10-20, 2008
9
.
Also, this performance was performed at 
the international theater festival of the Central 
Asian countries held in Almaty, Kazakhstan in 
2010, and the theater team won the 3rd place 
of the international festival. G. Ravshanova, 
8 Theater Magazine, 2006 No. 2. – B 48.
9 The newspaper of literature and art of Uzbekistan. 2008.
who demonstrated her excellent acting skills 
in this play, won the “Best Female Character” 
nomination, and I. Mirgurbanov won the “Best 
Male Role” nomination.
In May 2011, the creative team of the 
theater performed in Tashkent city “Seni 
kuylayem zamondosh!” They took part in 
the I-Republic audition competition with the 
play “Shijoat” by H.Khursandov and won in a 
number of nominations. At the “Debut-2014” 
festival held in Tashkent on December 14-
20, 2014, the drama “The Last Queen of the 
Nightingale” by Erkin Norsafar, the director of 
the literary department of the theater, won the 
nomination “The best drama of the year”. In 
conclusion, it should be noted that the theater 
team achieved great creative achievements 
during the years of independence. First of all, 
many works glorifying our national values, 
imbued with national spirit, were staged. The 
material and technical support of the theater 
was strengthened, and in 2016 the theater 
team moved to a new modern building.
In conclusion, it should be noted 
that the theater team achieved great 
creative achievements during the years of 
independence. First of all, many works glorifying 
our national values, imbued with national 
spirit, were staged. The material and technical 
support of the theater was strengthened, and 
in 2016 the theater team moved to a new 
modern building. On August 1-8, 2022, the 
Consul General of Uzbekistan in Novasbirsk 
went on a tour to the Surkhandarya regional 
musical drama theater Novasbirsk. In a word, 
the team of Surkhondarya Regional Musical 
Drama Theater has been staging ideologically 
perfect works of various colors, enriching the 
theater repertoire, as well as presenting the 
performance opportunities, acting skills, and 
new achievements in directing to the general 
public.
AMALIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
84 
IJTIMOIY FANLAR
TA’LIM TIZIMINI INNOVATSION 
RIVOJLANTIRISHNING
IJTIMOIY TARAQQIYOTDAGI 
O‘RNI VA AHAMIYATI
Akbar Saitkasimov -
f.f.d, professor, Jizzax davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya: Globallashuv sharoitida zamonaviy ijtimoiy rivojlanish jarayonlarini 
innovatsiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ijtimoiy jarayonlarning o‘zagi bo‘lgan ta’lim jarayoni 
jamiyat taraqqiyotining muhim mezoni hisoblanadi.
Аннотация: В условиях глобализации современные процессы общественного развития 
невозможно представит без инноваций. Образователный процесс, являющийся ядром 
социалных процессов, является важным критерием развития общества.
Abstract: In the conditions of globalization, modern social development processes cannot be 
imagined without innovations. The educational process, which is the core of social processes, is an 
important criterion for the development of society.
Kalit so‘zlar: globallashuv, axborotlashgan jamiyat, ijtimoiy rivojlanish, innovatsiya, 
yangilanishlar, ta’lim, ilm-fan, texnologiyalar.
Ключевые слова: глобализация, информационное общество, общественное развитие, 
инновации, обновления, образование, наука, технологии.
Keywords: globalization, information society, social development, innovation, updates, 
education, science, technologies.
Bugungi globallashuv va axborotlashgan 
jamiyat 
sharoitida 
zamonaviy 
ijtimoiy 
rivojlanish jarayonlari shiddati kuzatilib, mazkur 
yangilanishlar bosqichini innovatsiyalarsiz 
tasavvur etib bo‘lmaydi. Ijtimoiy jarayonlarning 
o‘zagi bo‘lgan ta’lim jarayoni jamiyat 
taraqqiyotining muhim harakatlantiruvchi kuchi 
hisoblanadi. Ta’lim tizimida innovatsiyalarni 
joriy etilishi esa, jamiyat taraqqiyotida 
uchraydigan muammolarni hal etishga, 
ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda 
o‘zining muhim o‘rniga egadir. Mazkur tizimida 
innovatsiyalarni joriy etish borasidagi muhim 
tamoyillar va qonuniyatlarni ilmiy tahlil etish 
zaruriyati mavjud.
Ta’kidlash kerakki, hozirgi vaqtda ilm-fan 
va innovatsion jarayonlar yuqori sur’atlarda 
takomillashib, zamon tezlik bilan rivojlanib 
borar ekan, boshqa sohalar kabi ta’lim tizimini 
ham yangilab borish muhim ahamiyat kasb 
etmoqda. Shuningdek, bugungi kunda ta’lim 
va fan sohasida davlat siyosatini amalga 
oshirishda va uni zamonaviy innovatsion 
asoslarda rivojlantirishda bir qator muammolar 
ko‘zga tashlanmoqdaki, bugungi kunda 
1 Г.Тешабоева. Инновацион ўзгаришлар шароитида илм-фанга эътибор.//Демократлаштириш ва инсон ҳуқуқлари. 2018 йил №3. –Б. 48.
mazkur vaziyatlarni aniqlash va bartaraf etish, 
tizim faoliyatini yanada takomillashtirishni kun 
tartibidagi muhim vazifalar qatoriga qo‘yadi. 
Mazkur sohalarga e’tibor davlat ijtimoiy 
siyosatining muhim o‘zagi hisoblanadi. 
G.Teshaboyevaning fikricha, “Ilm-fan va 
innovatsiyalar sohasida davlat siyosati – 
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy 
siyosatining uzviy qismi bo‘lib, davlatning 
ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsiyaviy faoliyatga 
munosabatini ifodalaydi hamda ilmiy-texnik 
innovatsiya sohasidagi davlat faoliyatini 
asosiy ustuvorliklari, maqsadlari, yo‘nalishlari 
va shakllarini belgilaydi”
1
.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida 
ta’lim 
tizimini 
innovatsion 
asosda 
takomillashtirish masalasining dolzarbligi 
quyidagilarda namoyon bo‘lmoqda: 
− birinchidan, mamlakatda ta’lim va fan 
tizimida uning sifati va samaradorligini oshirish 
bo‘yicha yaratilgan iqtisodiy, moddiy-texnik 
shart-sharoitlar mavjudligiga qaramasdan 
undan oqilona foydalanilmayotganligi; 
− ikkinchidan, ta’lim-tarbiya tizimida 
innovatsion fikrlaydigan kadrlar yetarli emasligi 


85 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
IJTIMOIY FANLAR
va bu jarayon bilan bog‘liq muammolarning 
saqlanib qolayotganligi; 
− uchinchidan, O‘zbekiston manfaatlari 
kesimida 
xorijiy 
davlatlarning 
ta’lim-
tarbiya tizimidagi ilg‘or tajribalarini qo‘llash 
imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishda ba’zi 
muammolarning mavjudligi; 
− 
to‘rtinchidan, 
umumiy 
o‘rta 
ta’lim tizimidagi mavjud kamchilik va 
muammolarning to‘liq hal etilmasligi ta’limning 
keyingi bosqichlari sifatiga ham salbiy ta’sir 
ko‘rsatayotganligi.
Ta’lim-tarbiya 
tizimini 
rivojlantirish 
O‘zbekistonda yoshlarga har tomonlama 
shart-sharoitlar 
yaratilib 
berilayotganligi 
bilan 
chambarchas 
bog‘liqdir. 
O.Muhammadjonovning 
fikricha, 
“Yosh 
avlodning 
har 
tomonlama 
barkamol 
rivojlanishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratish 
O‘zbekiston 
mustaqilligining 
dastlabki 
yillaridan boshlab yoshlarning manfaatlariga 
oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi 
hisoblanadi. Zero, bu kelajakka yo‘naltirilgan 
sarmoya hisoblanadi”
2
.
Fuqarolik jamiyati asoslari yaratilar ekan, 
bu jarayonlarda ijtimoiy soha ta’lim va fan 
tizimini rivojlantirish borasida dunyo tajribasi 
asosida keng ko‘lamdagi o‘zgarishlar va 
yangilanishlarni qo‘llash talab etiladi. Chunki 
globallashuv davrida inson omili yangicha 
ko‘lam kasb etmoqda, uning jamiyatdagi 
maqomi 
o‘zgarmoqda, 
qadr-qimmatini 
yuqoriga ko‘tarish kun tartibiga qo‘yilmoqda. 
Ana shunday sharoitda inson kamolotining 
falsafiy mazmuni uning jamiyat taraqqiyotida 
o‘ziga xos o‘rni va mas’uliyatining salmog‘i 
oshib borayotganligini ifodalaydi.
Mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga 
oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga 
koreyalik mutaxassis P.Xvan tomonidan 
quyidagicha baho berilgan: “O‘zbekistonning 
kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy modeli 
jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etildi va 
har tomonlama o‘rgansa arziydigan obyektga 
aylanmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 
o‘z mohiyatiga ko‘ra, ilg‘or ta’lim tizimi prinsipi 
“ta’lim bir umrga” prinsipini amalga oshirgan 
holda uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini 
qamrab olgan. Bizningcha, dasturning umumiy 
g‘oyasi shundan iboratki, u yangi asrda 
Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda 
sifatli bozorning asosiy omili bo‘ladi”
3
.
2 Муҳаммаджонов О. Конституция: халқ манфаатларининг ҳуқуқий кафолати. –Тошкент: Муҳаррир нашриёти, 2017. –Б. 28.
3 Хван П. Янги давр ва янгича билим олиш. Миллий таълим модели: ўн йиллик изланиш ва натижалар. //«Правда Востока», 2007 йил 29 май.
4 Тоғаев Н., Шерманов И. Жамият тараққиётида моддий ва маънавий ишлаб чиқаришни уйғунлаштиришнинг замонавий воситалари. //“Жамоатчилик назорати – жамият 
барқарорлиги омили” илмий-амалий конференция материаллари. Жиззах, 2018. –Б. 64-65.
Bugungi kunda ham O‘zbekistonda 
turli dasturlar va “yo‘l xaritalari” qabul qilish 
va ularni ijro etish orqali ta’lim tizimining 
iqtisodiy, ma’naviy va huquqiy asoslarini 
takomillashtirish yuzasidan tegishli ishlar 
amalga oshirib kelinmoqda. Shuningdek, bu 
jarayonni yanada takomillashtirish uchun oliy 
ta’lim tizimi faqatgina o‘qish yoki o‘rganish 
dargohi emas, balki ilmiy g‘oyalarni ishlab 
chiqish, real hayotga yangi mahsulotlar, 
texnika va texnologiyalar barpo etuvchi 
muassasalar sifatida rivojlantirish, ilm-
fan bilan shug‘ullanuvchi olimlarning har 
tomonlama rag‘batlantirish, ularning mehnat 
natijalarini keng xalq xo‘jaligiga keng joriy etish 
borasida chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish 
lozimligini ham ta’kidlash joiz. 
Oliy 
ta’lim 
pedagog 
xodimlarini 
innovatsion jarayonlarga kengroq jalb etish davr 
taqozosi hisoblanadi. Innovatsion rivojlanish 
yo‘liga o‘tishda nafaqat turli sohalarda 
kadrlarni tayyorlash masalasi, balki oliy ta’lim 
tizimida band bo‘lgan xodimlarni yuqori ilmiy 
va ijtimoiy-iqtisodiy faolligi talab etiladi. Oliy 
ta’limda talabalarga fanlardan faqat bilim 
berish bilan birgalikda, yoshlar ichidan yangi 
g‘oyalar va texnologiyalar yaratishga qurbi 
yetadigan iqtidorlilarini tanlab olish, dolzarb 
ilmiy-texnika muammolarni yechishga jalb 
etishlari lozim. Bu jarayonlarni tashkil etishda 
oliygohlarda tajriba-texnik va konstruktorlik 
bo‘linmalar, texnoparklar, yuqori texnologik 
asosda ishlaydigan zamonaviy laboratoriyalar 
tashkil etish maqsadga muvofiq. 
Bu jarayonda iqtidorli talabalarning 
nafaqat ilmiy salohiyati, balki ularning yangi 
g‘oyalar va innovatsiyalarga ko‘nikmalari va 
moyilligi oshadi. Olimlarning ta’kidlashicha, 
“Mustaqil milliy ijtimoiy taraqqiyot yangi sifatiy 
bosqichga o‘sib o‘tishini ta’minlashda moddiy 
va ma’naviy ishlab chiqarish jarayonlarini 
dialektik tarzda uyg‘unlashtirishning yana 
bir usulini innovatsiyalarni iqtisodiyot va 
ma’naviyat sohasiga joriy etish asosida ularni 
uyg‘un tarzda rivojlantirishni yo‘lga qo‘yish 
tashkil etadi. Bu usul yoshlarning mehnat 
faoliyatini iqtisodiyot va ma’naviyat bilan uyg‘un 
tarzda tashkil etish asosida rivojlantirishning 
dialektik xususiyatlarini o‘zida ifodalagan 
vositalar orqali ish yuritadi”
4

Mamlakatda 
fuqarolik 
jamiyatini 
shakllantirishda o‘zini o‘zi tashkillashtiradigan 


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
86 
jamiyat sharoitida innovatsion tafakkur va 
faoliyatni shakllantirishning yangi usullari 
paydo bo‘ladi. Boshqacha aytganda, ijtimoiy 
va iqtisodiy faol fuqaroni shakllantirish 
jarayoniga innovatsion usullar kirib keladi. 
Bu borada inson innovatsion faolligini 
shakllantirish borasida ta’lim sohasini ta’sirini 
keskin oshirishga zaruriyat tug‘ilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 
2018-yil 7-mayda “Iqtisodiyot tarmoqlari 
va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish 
mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
5
gi Qarori 
qabul qilindi. Ushbu qabul qilingan qarorga 
muvofiq, mamlakatimizda barcha oliy o‘quv 
yurtlari tarkibida innovatsion jamg‘armalar 
bilan 
ilmiy-innovatsion 
ishlanmalarni 
tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘linmalar faoliyati 
yo‘lga qo‘yildi. 
Mazkur bo‘linmalar oldiga qarorda 
quyidagi vazifalar qo‘yilgan: bozorni tizimli 
ravishda tahlil qilish va innovatsion mahsulot 
(ish, xizmat)larga bo‘lgan talabni o‘rganish, 
o‘zini qoplash muddatini, rentabellik va 
innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish 
bilan bog‘liq xatarlarni baholash, yuqori tijorat 
salohiyatiga ega va amalga oshirishga tayyor 
bo‘lgan, o‘zlashtirish uchun istiqbolli loyihalarni 
tanlab olish, innovatsion loyihalarni amalga 
oshirish uchun investorlar, sheriklar va boshqa 
manfaatdor shaxslarni jalb qilish, yangi 
texnologiyalarni joriy qilish va innovatsion 
mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida 
sanoat korxonalari bilan o‘zaro hamkorlik 
qilish
6
.
Ta’lim sohasining barqaror rivojlanishi 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda muhim o‘rin 
tutadi. Unga erishishda ta’lim xizmatlari 
bozoridagi 
iqtisodiy 
munosabatlarni 
takomillashtirish 
asosida 
ta’lim 
muassasalarining 
samarali 
faoliyatini 
ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Chunki, 
iqtisodiyotda 
ishlab 
chiqarish 
omillaridan oqilona foydalanish yuqori o‘sish 
sur’atlariga erishishning yetakchi omili bo‘lib 
hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, 
ta’lim sohasining milliy iqtisodiyotda tutgan 
o‘rni uning rivojlanishi bilan o‘zgarib boradi. 
Xususan P.Drakerning fikricha, hozirgi davrda
“bilimlar kapital va ishchi kuchini chetga 
surib, ishlab chiqarishning yetakchi omiliga 
aylanmoqda”
7

5 Ўзбекистон Республикаси Президентнинг «Иқтисодиёт тармоқлари ва соҳаларига инновацияларни жорий этиш механизмларини такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-
тадбирлар тўғрисида»ги Қарори. 2018 йил 7 май. ПҚ-3698-сон. www.lex.uz.
6 Ўша манба.
7 Дракер П. Посткапиталистическое общество //Экономика XXI века. –Москва, 1999. - № 11 -С. 3-4
Hozirgi davrda ta’lim tizimida tashkiliy 
qayta qurishning nazariy asosini resurslarga 
bog‘liqlik nazariyasi va neoinstitutsional 
nazariya tashkil etadi. Birinchi nazariyaga 
muvofiq 
muassasalar 
faoliyatining 
samaradorligi uning resurslarga ehtiyoj, 
moddiy ta’minotni kuchaytirish qobiliyati 
bilan bog‘liq. Unga muvofiq, globallashgan 
tashqi muhitdagi o‘zgarishlarga iqtisodiy 
barqarorlikni ta’minlash orqali moslashish 
lozim. Neoinstitutsional nazariyada esa davlat 
ta’limni rivojlantirishga ajratilayotgan resurslar 
ustidan nazoratni o‘rnatishga qaratishi 
lozimligi ifodalanadi. Ushbu yondashuv ta’lim 
tizimida bozor munosabatlarini kengaytirish 
g‘oyasiga ziddir.
Ta’lim xizmatlari bozorida innovatsion 
iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish 
yo‘nalishlarini belgilashda quyidagi holatlarni 
inobatga olish zarur:
- ta’lim va fan tizimining, shu jumladan 
sohalardagi 
innovatsion 
jarayonlar 
orqali xizmatlar bozorining rivojlanishi 
mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
darajasiga bog‘liq va u to‘g‘ri proporsional 
tavsifga egaligini;
- mamlakatimizda bozor talablari 
va xalqaro andozalarga mos keladigan 
innovatsion ta’lim tizimi barpo etilgan hozirgi 
davrda asosiy vazifa uning samaradorligini 
oshirishdan iborat ekanligini.
Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilayotgan 
talabalarda yangilikka, faollik, kashfiyotlarga 
moyillik qobiliyatini shakllantirish ilmiy-texnika 
taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuni 
alohida ta’kidlash lozimki, ta’limda innovatsion 
jarayonlarni rivojlantirishda ilmiy g‘oyalar va 
texnologiyalar yaratadigan yosh iqtidorlarning 
o‘sib borayotgan aqliy ehtiyojlarini qondirish 
va tayyorlangan mutaxassislarning yuqori 
harakatchanligini 
ta’minlashi 
lozim. 
Shuningdek, ta’limda talabalarning kasbiy 
tafakkur va chuqur innovatsion dunyoqarashga 
ega bo‘lishida ta’lim jarayonida o‘qitishning 
sifat ko‘rsatkichlari muhim o‘rin tutadi. 
A.Alikariyevning ta’kidlashicha, “Oliy 
ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish 
quyidagi maqsadlarga erishishni nazarda 
tutadi: 
- innovatsion axborot mahsulotlarini 
ishlab chiqish;
- yuqori malakali mutaxassislarni 
IJTIMOIY FANLAR


87 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
tayyorlashning zamonaviy usullarini joriy etish 
asosida innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish;
- ta’lim sifati va uzluksizligini ta’minlash;
- pedagogik kadrlarning kasbiy darajasi 
va malakasini doimiy ravishda oshirib borish;
- yangi texnologiyalardan foydalanish 
asosida 
o‘quv 
jarayonini 
uzluksiz 
takomillashtirib borish”
8
.
Ta’limda innovatsiyalarni joriy etish va 
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan 
biri - bu ta’lim tizimini moliyalashtirish 
mexanizmlarini 
takomillashtirish 
va 
yangilarini tatbiq etishdan iborat. Ta’lim 
tizimida davlat budjeti mablag‘laridan o‘z 
vaqtida, oqilona va samarali foydalanish bilan 
birgalikda budjetdan tashqari mablag‘larni 
ishlab topish mexanizmlarini innovatsion 
asoslarda takomillashtirish bilan bir qatorda, 
unga xususiy va korporativ mablag‘larni 
investitsiyalash mexanizmlarini ishlab chiqish 
dolzarb ahamiyat kasb etadi. 
Ushbu 
mexanizmlarni 
amaliyotga 
tatbiq etish sohadagi umumiy moliyaviy-
iqtisodiy vaziyatni yaxshilash bilan bir 
qatorda, uning mehnat bozoridagi talabalarga 
moslashuvchanligini oshiradi, ta’lim sifatining 
yaxshilanishiga olib keladi. “Bilimlar - bu 
zamonaviy jamiyatning asosiy kuch-quvvati 
hisoblanadi, deb ta’kidlaydi, P.Druker, u o‘ziga 
taalluqli bo‘lgan amaliy soha bilan bevosita 
bog‘liqdir”
9
.
Ta’lim 
tizimi 
mamlakatimizda 
innovatsion 
jarayonlarni 
kuchaytirishga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki, birinchidan, 
fan va texnikaning rivojlanishini yuqori 
malakaga ega bo‘lgan mutaxassislarsiz 
tasavvur qilib bo‘lmaydi va hozirgi davrda 
ilmiy ishlanmalarning aksariyat qismi oliy 
ta’lim muassasalarida, ikkinchidan, yangi 
texnologiyalarni joriy qilish va ishlab chiqarishni 
8 Аликариева А. Таълим сифатини бошқариш тараққиёт гарови сифатида.//Социологияни ўқитиш ва социологик тадқиқотларни ташкил этишнинг долзарб масалалари. 
Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. -Тошкент, 2018 й. –Б. 223.
9 К обществам знания. Всемирный доклад ЮНЕСКО. –Париж, 2005. -С. 53.
tashkil etishni takomillashtirish u yerdagi ilmiy 
jarayonlarda amalga oshirilmoqda. 
Xulosa qilib aytganda, ta’lim va tarbiya 
sohasini innovatsion rivojlantirishning muhim 
xususiyatlari quyidagilardan iborat:
-mamlakatimizda 
oliy 
ta’limda 
yaratilgan yangi g‘oyalar, fundamental ilmiy 
ishlanmalar, 
innovatsiyalar, 
intellektual 
mulk mahsulotlaridan foyda olish va mulk 
munosabatlarini olimlar o‘rtasida taqsimlash, 
ilmiy xodimlarning o‘z ulushini olishi borasida 
me’yoriy 
qonunchilikni 
takomillashtirish 
muhim vazifa hisoblanadi;
-jamiyatda innovatsion rivojlanishning 
asosiy parametrlaridan biri sifatida ta’lim 
tizimi imkoniyatlarini oilalarning, mahalliy 
jamoalarning, korxonalarning o‘ziga xos 
manfaatlariga qaratish, ta’lim sohasida 
o‘zaro mas’uliyat mexanizmlarini yaratish va 
takomillashtirish, ta’limning innovatsion va 
investitsiya salohiyatini oshirish muhim vazifa 
sanaladi;
-oliy ta’lim tizimini yangilashning asosiy 
omili iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi, 
hududiy demografik, geografik, ijtimoiy va 
iqtisodiy omillarni hisobga olish asosida 
hududlarda yangi oliy ta’lim muassasalari, ular 
qoshida ilmiy va ishlab chiqarish muassasalari 
tashkil etish, ta’lim, fan va biznes sohalari 
o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish zaruriy 
xususiyat sanaladi;
-ilmiy-tadqiqot faoliyatini moliyalashtirish 
jarayonlarida xususiy sektorning ishtirok etishi 
orqali oliy ta’lim va ilmiy muassasalarda 
innovatsiyalarni 
rivojlantirishga 
sharoit 
yaratish, xususiy sektor yoki investorlarga ham 
imtiyozlar tizimini belgilash, davlat-xususiy 
sheriklik tizimini joriy etishda hududiy shart-
sharoitlarni hisobga olish zaruriyati mavjud.
IJTIMOIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
88 
O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING 
YANGI BOSQICHIDA XOTIN-QIZLARGA 
NISBATAN DAVLAT SIYOSATINING 
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Baxti Muradovna Ochilova -
f.f.d., professor, Jizzax davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya: Mazkur maqolada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, xotin-
qizlarga ta’lim olishlari, ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun davlatning yangi kafolatlar 
va imtiyozlar paketi, ularning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, maqsadli va manzilli tartibda 
ishlash amaliyoti yoritilgan.
Аннотация: В данной статъе рассмотрены основные направления единой 
государственной политики в сфере поддержки женщин, защиты их прав и законных интересов, 
новый пакет государственных гарантий и лгот для женщин на получение образования, 
на занятие научной и творческой деятелностю. , для поддержки их предпринимателской 
деятелности выделяется практика адресно-целевой работы.
Abstract: In this article, the main directions of the unified state policy in the field of supporting 
women, protecting their rights and legal interests, a new package of state guarantees and benefits 
for women to get an education, to engage in scientific and creative activities, to support their 
entrepreneurial activities. the practice of working in a targeted and addressed manner is highlighted.
Kalit so‘zlar: xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy faolligini oshirish, ijtimoiy himoya, xotin-
qizlar bandligi, kasbga o‘qitish, jamiyatning faol qatlami, ilmiy va innovatsion faoliyat , Olima ayollar 
jamiyati, gender tengligi.
Ключевые слова: поддержка женщин, повышение их социалной активности, социалная 
защита, занятост женщин, профессионалное обучение, активный слой общества, научная и 
инновационная деятелност, Общество женщин-ученых, гендерное равенство.
Keywords: women's support, increasing their social activity, social protection, women's 
employment, vocational training, the active layer of society, scientific and innovative activity, the 
Society of Women Scientists, gender equality.
Xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish 
tizimining shaxsni faollashtiruvchi, insonning 
o‘zini o‘zi rivojlantiruvchi, salohiyatni inson 
kapitaliga aylantiruvchi ustuvor yo‘nalishlari, 
ehtiyojmand aholi qatlami vakillarini o‘z 
iqtidori, iste’dodi va qiziqishlarini ro‘yobga 
chiqarishga 
ko‘maklashuvchi 
to‘laqonli 
qo‘llab-quvvatlash 
siyosati, 
xotin-qizlarni 
himoyalash va ularni ijtimoiy faollashtirishdagi 
gender tenglikni ta’minlash yondashuvi Yangi 
O‘zbekiston ijtimoiy innovatsion modelining 
muhim jihatidir.
“Ayolni e’zozlash – ezgulik va adolat 
mezoni”, degan g‘oyani hayotga tadbiq etish 
maqsadida aholimizning qariyb yarmini 
tashkil etadigan ayollarning qonuniy huquq 
va manfaatlarini ta’minlash, xotin-qizlarning 
jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, iste’dodi 
1 Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси.-Тошкент: “Ўзбекистон”,2021.Б-53.
va qobiliyatini ro‘yobga chiqarish, onalik va 
bolalikni himoya qilish davlat siyosatining 
markaziga qo‘yildi”
1
. O‘zbekistonda xotin-
qizlarni keng ko‘lamda qo‘llab-quvvatlashga 
e’tibor, 
ularning 
davlat 
va 
jamiyat 
boshqaruvidagi 
ishtirokini 
kengaytirish, 
sog‘lom va baxtli hayotini ta’minlashga 
qaratilgan siyosat quyidagi yo‘nalishlarda 
amalga oshirilmoqda: 
Xotin-qizlarning huquq va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat 
ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni va faolligini 
oshirish. Barcha fuqarolarning qonun oldida 
tengligi va qonun tomonidan bir xil himoya 
etilish huquqiga egaligi demokratik davlatning 
xususiyati 
hisoblanadi. 
Xotin-qizlarning 
huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash 
sohasidagi siyosatning huquqiy asosini 
IJTIMOIY FANLAR


89 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi 
tashkil etadi. Unda barcha fuqarolarning bir 
xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, 
millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, 
shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, 
qonun oldida tengligini belgilaydi. O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasi 
ayollar va erkaklarning teng huquqli ekanligi 
to‘g‘risidagi normani o‘zida mujassam etgan. 
Bugungi kunda xotin-qizlarning huquq va 
qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida 
28 ta qonunchilik hujjati (shu jumladan, 
5 ta qonun, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 7 ta Farmon va qarori, Vazirlar 
Mahkamasining 16 ta qarori) loyihalari ishlab 
chiqildi. Shu kunga qadar ularning – 10 
tadan ortig‘i qabul qilindi va ijroga qaratildi. 
2020-yilning o‘zida O‘zbekistonda xotin-
qizlarning hukumat va jamiyatdagi rolini 
oshirishga, ularning bandligini ta’minlashga, 
ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga va muhtoj 
ayollarni 
qo‘llab-quvvatlashga 
qaratilgan 
15 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi, 
boshqaruv lavozimlarida ayollarning ulushi 
26,6 foizga yetkazildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla 
va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
farmoni, “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi 
faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori, “Oila 
va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga 
doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni xotin-qizlarni 
qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish sohasidagi yagona 
davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini va 
xotin-qizlar bilan ishlashning yangi mexanizmi, 
ya’ni mahallalarda xotin-qizlar bilan maqsadli 
va manzilli tartibda ishlash amaliyotida sifatiy 
o‘zgarishlarga imkoniyat yaratdi. Jumladan, 
2022-yil 7-martdagi 87-sonli “Oila va xotin-
qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir 
ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi Farmoni bilan xotin-qizlar uchun 
42 ta imtiyoz va imkoniyatlar belgilab berildi, 
17 mln. nafardan ziyod xotin-qizlarning 
muammolarini o‘rganish va to‘liq ma’lumotlar 
bazasiga ega bo‘lish maqsadida 7 ta bo‘lim, 17 ta 
yo‘nalish va 138 ta ma’lumot bazasini o‘z ichiga 
olgan “Xotin-qizlar balansi”ni shakllantirish 
bo‘yicha “Xotin-qizlar.uz” platformasi yaratildi. 
Mazkur farmoni bilan 2022-2026-yillarda 
xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va 
ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini 
oshirish bo‘yicha Milliy dastur ishlab chiqildi. 
Milliy dasturni amalga oshirishda quyidagi 
asosiy vazifalar belgilandi: xotin-qizlarni har 
tomonlama qo‘llab-quvvatlashning normativ-
huquqiy bazasini takomillashtirish; gender 
tenglikka erishish, xotin-qizlarning ijtimoiy-
2 https://lex.uz/docs/5899498
iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirishga 
qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga 
oshirish; xotin-qizlarning ta’lim olishlari uchun 
qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish hamda 
ularni ilm-fan sohasiga keng jalb etish; xotin-
qizlarning 
salomatligini 
mustahkamlash, 
onalik va bolalikni muhofaza qilish choralarini 
kuchaytirish; xotin-qizlar orasida tazyiq va 
zo‘ravonlikka uchrash hamda odam savdosi 
qurboni bo‘lish holatlarining oldini olish; 
jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotgan, 
chet elga chiqib ketgan, davlat va jamoat 
tashkilotlarida hamda xususiy sektorda 
mehnat qilayotgan xotin-qizlarni ijtimoiy-
iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va ularning 
qonuniy manfaatlari himoyasini yanada 
kuchaytirish; ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-
qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash 
choralarini yanada takomillashtirish; nuroniy 
onaxonlarni e’zozlash, ularning bilim va boy 
hayotiy tajribasidan oilalarni mustahkamlash, 
qizlarning 
ta’lim-tarbiyasi, 
ma’naviy 
dunyoqarashini yuksaltirishda foydalanish, 
shuningdek, 
ularning 
madaniy 
hordiq 
chiqarishlari uchun shart-sharoitlarni yaratish; 
oila institutini mustahkamlash, umuminsoniy 
va milliy qadriyatlarni targ‘ib etish orqali 
oilalardagi sog‘lom va ma’naviy muhit 
barqarorligini ta’minlash; xotin-qizlar orasida 
jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning 
barvaqt oldini olish, ularda huquqiy madaniyat 
va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan 
keng ko‘lamli islohotlarga daxldorlik hissini 
oshirish choralarini ko‘rish
2
.
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi 
ayollarni huquq va manfaatlarini himoya 
qiluvchi yirik jamoat tashkiloti butun mamlakat 
hududida o‘zining 41 taga yaqin boshlang‘ich 
tashkilotlariga ega bo‘ldi. Qo‘mitaning hududiy 
bo‘linmalariga saylangan rahbarlar esa 14 ta 
viloyat, 168 tuman va 25 shahar hokimlarining 
o‘rinbosarlari hisoblanadi. 
Xotin-qizlarni 
davlat 
va 
jamiyat 
boshqaruvidagi 
ulushini 
kengaytirish. 
Huquqiy-demokratik 
jamiyatning 
eng 
muhim sharti – jamiyatdagi barcha toifalar, 
qatlamlar va aholining barcha darajadagi 
vakillari xohish-irodasini ifoda etilganligidir. 
Bu borada aholining 56%ini tashkil etadigan 
xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotining 
barcha sohalarida jalb etish chora-tadbirlarini 
kuchaytirish oldinga qo‘yilgan maqsadlarning 
ro‘yobga chiqarishning asosiy omillaridan 
biriga aylanadi. Ayniqsa, qonun ijodkorligi, 
uning ijrosi va nazorati bilan bog‘liq faoliyatni 
olib boradigan qonun chiqaruvchi hokimiyatda 
ayollarning 
salmog‘ini 
oshirish 
milliy 
qonunlarimizning yanada ijtimoiy hayot bilan 
hamohang ishlab chiqilishini belgilab beradi. 
Ta’kidlash kerakki, qonunlar barcha 
fuqarolar uchun teng ravishda qabul qilinar 
ekan, 
IJTIMOIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
90 
uni ishlab chiqishda jamiyat a’zolari manfaati 
to‘la ifodalanishini ta’minlash uchun ayollarning 
ham lozim darajadagi ishtirokini talab etadi. Shu 
bois parlamentga ayollarning saylanishi bilan 
bog‘liq masalalar ba’zi davlatlarda deputatlik 
o‘rinlarini ajratish – kvotalash institutini 
qonun bilan mustahkamlash orqali hal 
etilgan. Shu jihatdan qaraganda, deputatlikka 
nomzod ko‘rsatishda siyosiy partiyalarga 
ular ko‘rsatgan nomzodlarning ma’lum foizini 
ayollar tashkil etishi lozimligi haqidagi qoidalar 
qonun normalari bilan mustahkamlangan. 
“O‘zbekiston 
Respublikasining 
ayrim 
qonun 
hujjatlariga 
o‘zgartirishlar 
va 
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun 
bilan O‘zbekistondagi saylov qonunchiligiga - 
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov 
to‘g‘risida”gi hamda “Xalq deputatlari viloyat, 
tuman va shahar kengashi deputatligi saylovi 
to‘g‘risida”gi qonunlarga muhim o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan, “O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi 
qonunning 22-moddasida siyosiy partiyalar 
tomonidan nomzod ko‘rsatish tizimiga yangi 
band kiritildi. Ya’ni 22-modda: “Xotin-qizlar soni 
siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan deputatlikka 
nomzodlar umumiy sonining kamida o‘ttiz foizini 
tashkil etishi lozim”, degan yangi norma bilan 
to‘ldirildi
3
. Shu bilan milliy qonunchiligimizda 
siyosiy partiyalarning O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq 
deputatlari 
viloyat, 
tuman 
va 
shahar 
kengashlariga nomzod ko‘rsatish bo‘yicha 
alohida kvotalash instituti joriy etildi. 2022-
yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Oliy 
Majlisdagi ayollarning 32,7 foiz ulushi bilan 
dunyodagi 190 ta parlament orasida 45-o‘rinni 
egalladi.
Xotin-qizlarga ta’lim olishlari uchun 
yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning 
ilmiy salohiyati va malakasini tizimli oshirib 
borish. Yuksak axborot asrida ayollarning 
chuqur ta’lim olishi, texnika va texnologiyalarni 
egallashlari uchun, bir tomondan, jamiyatda 
amaliy ishlarni olib borish zarur bo‘lsa, ikkinchi 
tomondan, ularning ilmiy- innovatsion faolligi 
ham katta ahamiyatga ega. Bu borada xotin-
qizlarning oliy ta’lim olish imkoniyatlarini 
kengaytirishga e’tibor berilmoqda. 2020-yilning 
o‘zida 950 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar 
o‘qishga qabul qilindi. 2022-2023 o‘quv yilidan 
boshlab “Oliy ta’lim muassasalari, texnikum 
va kollejlarda, shu jumladan sirtqi va kechki 
ta’lim shaklida o‘qiyotgan xotin-qizlarning ta’lim 
kontraktlarini to‘lash uchun 7 yil muddatga 
foizsiz ta’lim kreditlarini moliyalashtirish 
maqsadida tijorat banklariga Davlat budjetidan 
har yili 1,8 trillion so‘m resurs mablag‘lari, davlat 
oliy ta’lim muassasalarining magistratura 
bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning 
3 “Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига сайлов тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси қонуни //Lex.uz.
4 https://lex.uz/uz/docs/5899498
5 Гэри С.Беккер. Тракт о семьи. М. “Наука”, 1987, С.113
kontrakt to‘lovlarini qaytarish shartisiz qoplash 
maqsadida, Davlat budjetidan har yili kamida 
200 milliard so‘m yo‘naltirish, xorijiy oliy ta’lim 
muassasalarining bakalavriat ta’lim dasturlari 
bo‘yicha - 50 nafar, magistratura ta’lim dasturlari 
bo‘yicha - 10 nafar xotin-qizlarga har yili «El-
yurt umidi» jamg‘armasi orqali qo‘shimcha 
grantlar ajratish”, shuningdek,“Ayollar biznesi 
uchun birinchi qadam” tanlovini o‘tkazib borish, 
buning uchun Ilm-fanni moliyalashtirish va 
innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi 
mablag‘lari hisobidan 10 milliard so‘m ajratish, 
“Olima ayollar jamiyati”ni tashkil etish va 
xotin-qizlarni 
amalda 
qo‘llab-quvvatlash 
va yanada rag‘batlantirish uchun Davlat 
budjetidan 50 milliard so‘m ajratish”
4
belgilandi. 
Xotin-qizlarning 
innovatsion 
loyihalarini 
qo‘llab-quvvatlash, ular o‘rtasida ilm-fan va 
innovatsiyalarni 
rivojlantirish 
maqsadida 
mamlakatimizning 
14 
ta 
hududida 
“Innowomenweek”-xotin-qizlarning innovatsion 
haftaligi, 36 ta forum va konferensiya, 72 ta 
ilmiy-amaliy va o‘quv seminari, 17 ta seminar-
trening, 41 ta davra suhbati va uchrashuv, 35 ta 
ko‘rgazma, shuningdek “Eng yaxshi innovatsion 
mahsulot”, “Eng yaxshi innovatsion loyiha” va 
“Iqtidorli qizning innovatsion loyihasi” nomli 
tanlovlar tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda jami 
14 ming 274 nafar xotin-qizlar jalb etildi. 
Xotin-qizlar 
tadbirkorligini 
qo‘llab-
quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash 
va ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish. O‘z-
o‘zini tashkillashtirishning muhim tarkibiy qismi 
oilada iqtisodiy – mulkiy munosabatlardir, ya’ni 
oila turmushini tashkil etishdir. O‘zini mulkdor, 
mulk xo‘jayini, o‘z mehnati va ishlab chiqargan 
mahsulotining xo‘jayini deb his etish insonning 
yashirin kuch-g‘ayratini yuzaga chiqaradi, uning 
aqliy, ijodiy imkoniyatlarini, tashkilotchilik 
qobiliyatlarini namoyon etadi, uni tashabbuskor 
va omilkor qiladi. Hozirgi zamon iqtisodiyot 
ilmining yirik nomoyondasi, iqtisodiyot bo‘yicha 
Nobel mukofotining laureati, amerikalik olim 
Gerri Bekker o‘zining “Traktat o seme” nomli 
tadqiqotida yozganidek, “Oila hayotning 
iqtisodiy nuqtayi nazaridan talqin etilmagan 
va ana shu nuqtayi nazardan yondoshilmagan 
hech bir sohasi yo‘q, oilaning yashovchanligi 
va rivoji ham iqtisodiyot bilan bog‘liq”
5
. Bu 
oiladagi jinslar-erkak va ayol, bolalar o‘rtasidagi 
mehnat taqsimotidan tortib, oila maishiy 
hayoti, oila tadbirkorligi, oila daromadi va 
hattoki ajralishlar hamdir. Oilani bugungi kun 
imkoniyatlarigagina emas, balki ertangi kun 
ehtiyojlariga tayanib shakllantirmoq zarur. 
Ana shu ma’noda oilada farzand ruhiyatiga 
tadbirkorlik fazilatlarini singdirish ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bunday fazilatlar esa, 
bugungi kunda oila tadbirkorligini rivojlantirish 
asosida singdiriladi. “2022-yilda xotin-qizlarni 
IJTIMOIY FANLAR


91 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
kasbga o‘rgatish va bandligini ta’minlashga 
ko‘maklashadigan hamda ularning muammolari 
bilan shug‘ullanadigan nodavlat notijorat 
tashkilotlariga 17,1 milliard so‘m miqdoridagi 
grant mablag‘lari ajratish hamda oilaviy 
tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 
ajratilayotgan mablag‘larning jami 4 trillion so‘m 
qismi tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan 
muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish 
va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan 
xotin-qizlarga 
yo‘naltirilishi”
6
ko‘zda 
tutildi. 
Natijada 378 ming nafardan ziyod ishsiz 
xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi. 13 ming 
110 nafar xotin-qizlarga tadbirkorligini yo‘lga 
qo‘yish hamda tomorqadan unumli foydalanish 
maqsadida subsidiyalar ajratildi. 13 ming 314 
nafari kasanachilikka jalb etildi. 5003 nafari 
kooperatsiyalarga biriktirildi. Bugungi kunda 
“Hunarmand” markazi tomonidan 6 ming 198 
nafar hunarmand xotin-qizlar ishlab chiqargan 
mahsulotlari realizatsiya qilindi. 41 ming 311 
ta oilaga o‘z tomorqasidan gul, limon, meva-
sabzavot yetishtirish uchun issiqxona qurish 
hamda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, 
asalarichilikni yo‘lga qo‘yishlari uchun 35 mln. 
so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratildi. 159 ming 
436 nafar xotin-qizlar tomorqasida tadbirkorlik 
qilish orqali o‘zini o‘zi band qilish toifasiga 
kiritildi. Chekka hududlarda, mahallalarda 
xotin-qizlar uchun bugungi kun talab etayotgan 
kasb-hunarlarga, 
tadbirkorlikka 
o‘qitish 
maqsadlarida respublikaning 14 ta hududida, 
159 ta tuman, shaharlarida xotin-qizlar “Xotin-
qizlar tadbirkorlik markazlari” tashkil etildi 
va ularning faoliyati orqali ayollar bandligini 
ta’minlash imkoniyatini oshirishga erishildi 
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi 
tomonidan Jahon bankining bilan chekka 
qishloq hududlardagi “Ayollar daftari”ga 
kiritilgan 
xotin-qizlarning 
tadbirkorlik 
ko‘nikmalarini 
rivojlantirish, 
bandligini 
ta’minlash hamda iqtisodiy imkoniyatlarini 
kengaytirish maqsadida Yaponiya ijtimoiy 
rivojlanish fondining 2,728 mln AQSh 
dollari miqdorida grant mablag‘lari hisobiga 
2021-2024-yillarda 
Farg‘ona 
viloyatining 
Furqat, Uchko‘prik, Yozyovon, Qo‘shtepa va 
Jizzax viloyatining Yangiobod, Baxmal, Forish, 
Zomin tumanlaridagi mahallalarda amalga 
oshirilishi mo‘ljallangan grant qo‘lga kiritilgani 
bu boradagi ishlar ko‘lamini oshirishda katta 
ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni 
qo‘llab-quvvatlash. 2022-yil 29-iyun kuni 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
“Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish 
va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam 
berish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish 
hamda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlarini 
yanada 
jadallashtirish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Qarorga 
6 https://lex.uz.
7 https://huquq.uz/2022/09/09/mahallada-izhtimoij-hizmat/
muvofiq 2022-yil 1-iyuldan boshlab har bir 
xonadon ahvolini o‘rganib, oilalardagi haqiqiy 
holat va ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojni 
aniqlash; ijtimoiy yordamga muhtoj har bir 
oilani individual ijtimoiy himoya qilish rejasini 
ishlab chiqish; aholi murojaatlari asosida va 
ijtimoiy himoya rejasining ijrosini o‘rganish 
jarayonida ijtimoiy xizmatlarning o‘z vaqtida 
va sifatli ko‘rsatilishini doimiy nazorat qilib 
borish; murakkab va yuqori texnologik tibbiy 
amaliyotlarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarning 
protez-ortopediya buyumlariga va shu kabi 
boshqa ijtimoiy xizmatlarga oilalarning ehtiyoji 
bo‘yicha tavsiyalar va buyurtmalar berish; 
ijtimoiy himoyaga mas’ul barcha idoralar 
tomonidan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi 
ustidan monitoring olib borish
7
vazifalari 
yuklatiladi. 
Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan 
xotin-qizlargan manzilli yordamlar ko‘rsatilishini 
tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Kasaba 
uyushmalari federatsiyasi bilan birgalikda 644 
ming 849 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari” ga 
kiritildi. Bugungi kunda 476 ming 616 nafar 
(73,9 %) xotin-qizlarga yordam ko‘rsatildi. 
Shundan 214 ming 457 nafar ijtimoiy himoyaga 
muhtoj ishsiz xotin-qizlardan 166 ming 848 
nafari yaratilgan yangi ish o‘rinlari va jamoat 
ishlariga joylashtirildi. 46 ming 455 nafar 
tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand 
xotin-qizlarning 20 ming 509 nafariga 
tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun 
imtiyozli kreditlar ajratildi. 179 ming 497 nafar 
boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-
qizlardan 125 ming 411 nafariga bir martalik 
moddiy yordam berildi. Shundan, 1613 
nafarining uy-joyi ta’mirlab berildi. 121 ming 966 
nafar ijtimoiy yordamga muhtoj 1 va 2 guruh 
nogironligi bo‘lgan shuningdek, tezkor tibbiy 
muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlardan 
99 ming 940 nafariga moddiy va tibbiy yordam 
ko‘rsatildi. Shundan, 908 nafarining uy-joyi 
ta’mirlab berildi. 11 ming 421 nafar uy-joyga 
muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarning 865 nafari 
uy-joy bilan ta’minlandi, 3 354 nafariga ijara 
kompensatsiyasi to‘lab berildi. 71 ming 053 
nafar qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi 
bor ehtiyojmand ayollardan 59 ming 674 
nafariga moddiy yordamlar berildi. Shundan, 
2646 nafariga tomorqadan unumli foydalanish 
uchun amaliy hamda moddiy yordamlar 
ko‘rsatildi. 
Gender tenglikni ta’minlash. “Gender 
tenglik” 
konsepsiyasining 
ijtimoiy-falsafiy 
mohiyati taraqqiyotni butkul noodatiy va 
nostandart qarashlar, tamoyillar tizimida 
ko‘rib chiqishi va qayta baholashida namoyon 
bo‘lib, falsafiy-metodologik jihatdan an’anaviy 
qarashlarning butun bir tizimiga qarshi 
pozitsiyada turadi. Xuddi mana shu holat 
gender 
muammosining 
nazariy-falsafiy 
IJTIMOIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
92 
kontekstda insoniyat oldida turgan dolzarb 
masalalaridan biriga aylanganligini ko‘rsatadi. 
Qolaversa, u amaliyotda insoniyat taraqqiyotini 
harakatlantiruvchi asosiy va hal qiluvchi, 
har bir mamlakat uchun esa modernizatsiya 
jarayonining taqdirini belgilab beruvchi 
yetakchi omillardan biri bo‘lib qolmoqda. 
Butun insoniyat, mamlakatlar, insonlar taqdiri 
mana shu omilning ijtimoiy hayotda aks etish 
darajasiga bog‘liq bo‘lib qoldi. 
Gender muammolarini hal etishning 
eng og‘riqli tomoni oilaviy munosabatlar 
sohasiga tegishlidir. Chunki oila individ 
hayotining gender tenglik prinsipi to‘liq qamrab 
ololmaydigan, qat’iy ravishda o‘rnatilgan nisbiy 
ierarxik tizimli (ota-onalar va farzandlar, aka-
ukalar, opa-singillar o‘rtasidagi munosabatlar) 
munosabatlari doirasini o‘z ichiga oladi. 
Odatda, bunday munosabatlar ijtimoiy 
munosabatlarning boshqa turlariga qaraganda 
qarindoshlik aloqalari bilan uzviy bog‘langan 
bo‘lib, uning zamirida ruhiy-emotsional 
yaqinlik, doimiy va barqaror bo‘lgan o‘zaro 
ishonch, o‘ta xudbinona qarashlar doirasidan 
chetga chiqib ketuvchi samimiy va umumiy 
manfaatlarni anglash yotadi hamda oila o‘ziga 
xos xususiyatlari, strukturasi, funksiyasi va 
nisbatan barqarorligi bilan boshqa ijtimoiy 
munosabatlar va institutlardan jiddiy farq 
qiladi. Mana shu ma’noda oila sotsiologlar 
talqinidagi ijtimoiylashuv agenti va ijtimoiy 
institut tushunchasi mazmunidan ham 
kengroq va teranroq mohiyatga ega ekanligi 
yaqqol namoyon bo‘ladi. Hozirgi kunda 
globallashuv sharoitida turli jamiyatlarda 
oilaning madaniy farqlari yo‘qolib borishi - 
unifikatsiyalashuv jarayoni yuz bermoqda. 
Bundan ko‘rinadiki, oilaning madaniy qiyofasi 
muayyan vaqt davomida o‘zgarishi mumkin. 
Lekin bu o‘zgarishlar oilaning ijtimoiy mohiyati 
va rolining o‘zgarishi uchun xizmat qilmasligi 
kerak. Oilaning muqobili yo‘q, unga muqobil bo‘la 
oladigan biron-bir ijtimoiy variant haligacha 
topilmagan. O‘zbek xalqi yashab kelayotgan 
mintaqaning geografik va iqlimiy xususiyatlari 
hamda shunga mos tarzda turmush tarzini 
― jamoaviylikni tashkil etishga yo‘naltirilgan, 
shuningdek, uni faol qo‘llab-quvvatlashga 
qaratilgan. Demoqchimizki, masalan, oiladagi 
zo‘ravonlikni faqat gender tenglashtirish orqali 
hal qilib bo‘lmaydi. Aksincha buni betakror 
madaniyatlarning o‘z xususiyatlaridan kelib 
chiqib ishlab chiqilgan usullar orqaligina hal 
qilish mumkin. Masalan, iqtisodiy rivojlanish 
ijtimoiy hayotdagi keskinlikni kamaytirishi 
bilan birga jinslar o‘rtasidagi ziddiyatlarni 
ham yumshatadi. Ayollarning savodxonlik 
darajasining o‘sishi va iqtisodiy ahvolining 
yaxshilanishi 
oilaviy 
munosabatlarni 
zaiflashtiruvchi emas, aksincha muayyan 
darajada muvozanatni saqlab turishga xizmat 
8 https://strategy.uz/index.
qilmoqda. Chunki, bugungi globallashgan 
muhitda inson kapitali ilgariga qaraganda 
juda muhim ahamiyatga ega. Bu oilalarning 
ahamiyatini yanada oshirib yuboradi. Negaki 
oila tomonidan uzatilgan resurslar maktab 
va ish joyidagi muvaffaqiyatlarning oliy 
darajadagi belgilovchisidir.
Oilaviy 
munosabatlar 
sohasidagi 
erkaklar va ayollar huquqlarining tengligi 
quyidagilarda asoslanadi: erkaklar va ayollar 
nikohining ixtiyoriyligiga; majburiy va erta 
nikohlarga yo‘l qo‘ymaslikka; er-xotinlarning 
shaxsiy va mulkiy huquqlari tengligiga; oila 
ichidagi nizolarni o‘zaro kelishuv bo‘yicha hal 
qilishga; uydagi mehnat xususida erkaklar 
va ayollar huquqlari va majburiyatlarining 
tengligiga; voyaga yetmagan va mehnatga 
layoqatsiz oila a’zolarining huquqlari va 
manfaatlari himoyasini, onalik, otalik va bolalik 
himoyasini ta’minlashda teng ishtirok etish. 
Shuningdek, alohida e’tibor “mamlakatning 
chekka hududlaridagi qishloqlardagi xotin-
qizlarga, etnik ozchilik guruhlari, nogironlar, 
OIV/OITSga chalingan ayollar, ozodlikdan 
mahrum qilish va cheklash joylaridagi xotin-
qizlarga (shu jumladan qamoqxonalar, 
pansionatlar, qariyalar uylari va ruhiy kasalliklar 
shifoxonalari), inson huquqlari himoyachilari, 
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va qochqinlarga 
qaratiladi”
8
.
Xulosa qilib aytganda, XXI asr boshida 
jahonda inson fenomeni, xususan, xotin-
qizlar ulkan ijtimoiy o‘zgarishlar fonida bo‘rtib 
namoyon bo‘lmoqda. Ular jamiyatning faol 
qatlami sifatida ilmiy-tadqiqot, tibbiyot va 
ta’lim muassasalari, sanoat korxonalari, 
fermer xo‘jaliklari, kichik biznes sub’ektlari, 
tadbirkorlik, sport, qo‘yingki, barcha sohalarda 
faolligi, oila, davlat va jamiyat boshqaruvidagi 
roli yuksalib bormoqda. Hozirgi zamon xotin-
qizlar faolligining aksiologik umumiy jihatlari 
quyidagilar:
birinchidan, ularning o‘z hayotida mo‘ljal 
oladigan asosiy qadriyatlar – bu oila, o‘zini-
o‘zi nazorat qilish, o‘zini-o‘zi boshqarishi va 
anglashi singari ma’naviy va ijtimoiy jihatlar 
birligi;
ikkinchidan, ulardagi konturlar, bu qo‘lga 
kiritish, tashkillashtirish, muzokaralar olib 
borish va kalkulyatsiya qilish;
uchinchidan, ularning faoliyati o‘z 
faolligini 
mutlaqo 
oqilonalashtirish 
va 
kengaytirish tamoyillariga to‘la bo‘ysunadi; 
to‘rtinchidan, tirishqoqlik, tejamkorlik 
va insonparvarlik kabi xususiyatlar amaliy 
faoliyatining tarkibiy qismlariga aylanadi. 
Xotin-qizlar o‘z-o‘zini tashkillashtirishi 
jarayonida unda tartibot, o‘z-o‘zicha harakat, 
o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini boshqarish, 
o‘z-o‘zini yaratish, xaosdan tartiblikka o‘tish va 
barqarorlik holatlari yuzaga keladi. 
IJTIMOIY FANLAR


93 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
MA’NAVIY-AXLOQIY FAZILATLAR
KOMILLIK TIMSOLI SIFATIDA
Dilfuzaxon Aliyevna Abdurahimova -
p.f.d. (DSc) professor, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi 
Taxir Maxammatjonovich Burxanov -
dotsent, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi 
Annotatsiya: Ushbu maqolada yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol, sog‘lom turmush 
tarzi asosida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri ekanligi va yoshlar tarbiyasida 
xalqimizning boy, milliy, madaniy, tarixiy an’analari, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlardan 
va ma’naviy-axloqiy mezonlardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishning ahamiyati yoritib berilgan.
Аннотация: В данной статъе отрожены вопросы актуалности воспитания гармонично 
развитого молодого поколения на основе здорового образа жизни и значение исползования 
богатых националных, кулътурных, исторических традиций, обычаев нашего народа, также 
общечеловеческих ценностей и духовно-нравственных критерий в процессе обучения и 
воспитания.
Abstract: In this article, upbringing a young generation on the basis of a comprehensive, 
harmonious, healthy lifestyle is one of the pressing challenges of today, and the use of rich, national, 
cultural, historical traditions, customs, and universal values and moral and ethical standards in the 
upbringing of young people. The importance of the
Kalit so‘zlar: barkamol, sog‘lom turmush, milliy, madaniy, urf-odat, umumbashariy qadriyatlar, 
ma’naviy-axloqiy, mezon, ta’lim-tarbiya, tarixiy, ma’naviy meros, e’tiqod.
Ключевые слова: гормонично развитый, здоровый образ жизни, националный, 
културный, обычаи, общечеловеческие ценности, духовно-нравственный, критерий, обучение 
и воспитание, исторический, духовное наследие, убеждение.
Keywords: adolescence, healthy living, national, cultural, customs, universal values, spiritual, 
moral, educational, historical, spiritual heritage, belief.
Yosh 
avlodni 
vatanparvarlik, 
insonparvarlik, 
millatparvarlik 
ruhida 
tarbiyalash, ularda milliy g‘urur va iftixor 
tuyg‘usini kuchaytirish, iymon, vijdon, halollik, 
poklik, 
mehnatsevarlik, 
ishbilarmonlik, 
tadbirkorlik singari xislatlarni shakllantirish, 
har bir fuqaroni mustaqillikning ongli fidoyisiga 
aylantirish – xullas komil insonni, har taraflama 
sog‘lom, fidoyi barkamol avlodni voyaga 
yetkazish hozirgi kundagi ma’naviy-ma’rifiy 
tarbiya ishining asosiy maqsadi ekanligiga 
alohida ahamiyat berish kerak bo‘ladi. Asrlar 
davomida xalqimizning e’tiqodini o‘zida aks 
ettirgan muqaddas dinimiz asosidagi ma’naviy 
meros izchil o‘rganila boshlandi. “Agar mendan, 
nega milliy qadriyatlarimiz shuncha zamonlar 
osha bezavol yashab kelyapti, deb so‘rashsa, 
bu avvalo, muqaddas dinimiz hisobidan, deb 
javob bergan bo‘lur edim. Shu zaminda o‘tgan 
necha-necha avlodlar diniy e’tiqodni yurakda 
saqlamasa, islom falsafasini rivojlantirib 
kelmasa, biz bebaho va betakror ma’naviy-
ruhiy merosdan mahrum bo‘lib qolardik” - deb 
1 Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. – Т.: Ўзбекистон, 2000. –35б.
2 Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз, 1-жилд. – Т.: Ўзбекистон, 2018.- 30-б.
ta’kidlaydi O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti 
Islom Karimov
1
.
Yoshlarimizni yuksak ma’naviy-axloqiy 
fazilat egasi sifatida, yetuk, komil, sog‘lom 
turmush tarzi asosida tarbiyalash, ularda 
ma’naviy jasorat tuyg‘usini shakllantirish 
turli 
mafkuraviy-ma’naviy 
tahdidlardan 
himoya qilish bugungi kunning dolzarb 
muammolaridan biri hisoblanadi. Bu borada 
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev bu haqda 
shunday deydi: “Azaliy qadriyatlarimiz va 
axloqiy fazilatlarni o‘zida mujassam etgan 
muqaddas dinimizni asrash va qadrlash har 
birimizning sharafli burchimizdir. Islom – 
haqiqatni anglash demakdir, u odamzotni ezgu 
amallarni bajarishga undaydi, har birimizni 
yaxshilik va tinchlikka chorlaydi, haqiqiy inson 
bo‘lishni o‘rgatadi”
2

Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng 
katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng 
katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta 
qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!”Shu sababli 
hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni 
IJTIMOIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
94 
o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak 
madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy 
ehtiyojga aylanishi kerak”.
Inson ulg‘aygan sari uning Vatan haqidagi 
tushunchalari ham kengaya boradi. Lekin, 
alohida ta’kidlash joizki, yurtimizda tug‘ilib 
o‘sgan har bir inson – “Vatanim” deganida 
o‘z uyini, qishlog‘ini yoki shahrini emas, balki 
O‘zbekiston Respublikasini nazarda tutadi. 
Bu esa Vatan tuyg‘usining, vatanparvarlikning 
xalqimiz qalbidagi ifodasidir. Shuning uchun 
ham bugungi kun yoshlarini har tomonlama 
tarbiyalash faqatgina ta’lim muassasalarining 
vazifasi bo‘lib qolmasdan, balki oilaning 
mas’uliyati ham yuksak bo‘lishi zarurdir. Oila 
asosiy tarbiyaning o‘chog‘idir. Oila har bir 
xalqning, millatning davomiyligini saqlaydigan, 
milliy qadriyatlarning rivojini ta’minlaydigan 
yangi avlodni dunyoga keltirib, uni ma’naviy 
va jismoniy barkamol qilib tarbiyalaydigan, 
jamiyatning asosiy negizi hisoblanuvchi 
muqaddas maskandir. Bolaning aqliy, axloqiy, 
estetik, jismoniy, ma’naviy, moddiy tarbiyasida 
asosiy omil va vosita oila hisoblanadi. 
Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy fazilatlar 
sohibi 
etib 
tarbiyalashda 
xalqimizning 
boy, milliy, madaniy, tarixiy an’analariga, 
urf-odatlariga 
hamda 
umumbashariy 
qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, 
zamonaviy pedagogik shakl va vositalar ishlab 
chiqilib, amaliyotga joriy etilishi, shaxsni har 
tomonlama komil inson etib tarbiyalash oila 
tarbiyasining asosiy maqsadidir.
“Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyo 
insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, 
buyuk imkoniyatlarni ochmoqda. Shu bilan 
birga, ularni ilgari ko‘rilmagan turli yovuz xavf-
xatarlarga ham duchor qilmoqda. G‘arazli 
kuchlar sodda, g‘o‘r bolalarni o‘z ota-onasiga, 
o‘z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, 
umriga zomin bo‘lmoqda. Bunday keskin 
va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-
murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko‘y bu 
masalada, hushyorlik va ogohlikni yanada 
oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning 
qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz 
tarbiyalashimiz lozim”
3
. Shu jumladan, voyaga 
yetgan har bir farzand o‘z ota-onalari haqida 
o‘ylashi, g‘amho‘rlik qilishi ham qarz, ham 
farz sanaladi. Burchni, mas’uliyatni huquqdan 
oldin qo‘yishni his etish huquqiy madaniyat 
sohibiga hos oliyjanob fazilatlardir. Bu haqda 
Abdulla Avloniy “Tarbiyani kimlar qilur? Qayda 
3 Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш - юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови”. Ўзбекистон Республикасининг Президенти Шавкат 
Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 24 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси 07.12.2016. // http://press-service.
uz/uz/news/5384/.
4 Авлоний, Абдулла. Туркий Гулистон ёхуд ахлоқ. Танланган асарлар. 2-жилд. – Тошкент: Маънавият, 2009. 
5 Комилов Н.. Тасаввуф. Биринчи китоб.- Т.:Ёзувчи, 1996. – 153б.
6 Фитрат. Оила. –Т.: Маънавият,1998.- 13 б.
qilur?” degan savolga: “Birinchi uy tarbiyasi, bu 
vazifa ona zimmasidadir. Ikkinchisi maktab va 
madrasa tarbiyasida ota, muallim, mudarris va 
hukumat vazifasidir”
4
, deb javob bergan edi. 
Jamiyat taraqqiyotining har bir yangi 
bosqichi 
kishilarning 
ma’naviy-axloqiy 
fazilatlari ham yangi davrning yuzaga kelishi 
bilan xarakterlanadi. Ma’naviyatsiz adolatli, 
yuksalish imkoniyatiga ega bo‘lgan jamiyat 
bo‘lmaganidek, jamiyatsiz ma’naviyatning 
ham bo‘lishi mumkin emas. Shunday ekan, 
boshqa xalqlar qatori o‘zbek oilalari ham 
milliy tarbiya an’analariga boy. Ularni tiklab, 
boyitib, zamonaviylashtirib, maktabgacha 
ta’lim tashkilotlari va maktab tarbiyasi bilan 
uyg‘unlashtirish nafaqat har bir oila, balki 
butun O‘zbekiston ijtimoiy-ma’naviy hayotini 
boitishga xizmat qiladi.
Insonni komillik sari yetaklaydigan har 
qanday axloqiy ta’limot o‘z yo‘nalishi, o‘z tartib-
qoidasi va o‘z tamoyillariga asoslanadi. “Shu 
tariqa, komil insonning o‘ziga xos axloq kodeksi 
ishlab chiqilgan bo‘lib, bu sifatlarga ega bo‘lish 
har bir odamning orzu-armoni deb qaralgan. 
Bundan yana shu ham ma’lum bo‘ladi-ki, 
o‘rta asrlardagi yaxshi axloq, komil inson 
haqidagi tushunchalar nisbiy xususiyatga ega 
– bir tomondan, jami ruhiy-ma’naviy qudrat, 
aqlu-zakovat, yaxshi sifatlarning jamuljami 
hisoblangan mavhum bir zot tushunchasi, 
ikkinchi tomondan, shu cho‘qqiga intilib, 
muayyan martabalarga erishgan kishi ham 
komil inson deb hisoblangan”
5

Shunday ekan, o‘zbek milliy xarakterining 
o‘ziga xos muhim belgilar, ya’ni insof, diyonat, 
o‘tmishga hurmat va e’tiqod bilan qarash, 
tilimizga hurmatda bo‘lish, diniy e’tiqodning 
yuksakligi, milliy an’ana va marosimlarimizga 
hurmat, Vatan qayg‘usi bilan yashash, Ona 
tuproqni muqaddas deb bilish, Ota nasihatiga 
sodiqlik, Ona sutiga hurmat, ajdodlarimizning 
bizga qoldirgan boy merosiga nisbatan 
qarzdorlik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat 
va h.k.larni oila, maxalla, o‘quv maskanlari 
tashkilot va muassalarda doimiy ravishda 
suhbatlar orqali yoshlar ongiga singdirib 
borish muhim vazifa ekanligini hech qachon 
unutmasligimiz zarur. Tinchlik va totuvlik 
shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. 
Qaerda oila munosabati kuchli intizomga 
tayansa, mamlakat va millat ham shuncha 
kuchli va muazzam bo‘ladi”
6
, - deb yozadi. 
Bu fikrlarga qo‘shilgan holda, yana shuni 
IJTIMOIY FANLAR


95 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
yoddan chiqarmaslik kerakki, oilada har bir 
farzandning yuksak ongi, yangicha tafakkur 
va dunyoqarashi, odob-axloqi, yuksak ijtimoiy 
munosabat mohiyatini anglab yetishi ota-
onaning majburiyati, hattoki, axloqiy va 
huquqiy burchidir. 
Ma’naviy-axloqiy 
fazilatlar, 
avvalo, 
ijtimoiy-ma’naviy hodisa sifatida inson 
komilligida muhim ahamiyatga ega. Bu 
borada akademik E.Yusupov o‘zining “Inson 
kamolotining ma’naviy asoslari” nomli 
kitobida «Axloq insonning konkret sharoitlarda 
bo‘layotgan voqea va hodisalarga mustaqil 
baho berishi, ularga nisbatan o‘z munosabatini 
bildirishi,-deb ta’kidlaydi
7
.
Umuman, ma’naviy-axloqiy fazilatlar 
ijtimoiy munosabatlar zaminida alohida shaxs 
sifatida mavjud bo‘lgan insonlarning o‘z-o‘zini 
idora qilish shakllari va me’yori, o‘zaro muloqot 
va munosabatda ularga xos bo‘lgan ma’naviy 
kamolot darajasining namoyon bo‘lishidir. 
Qadriyatlar 
o‘z-o‘zidan 
bevosita 
insonning ma’naviy qiyofasi, turmush tarzi, 
umuman jamiyat taraqqiyotini belgilay 
olmaydi. Qadriyatlarning ahvoli, ahamiyati, 
insonga ko‘rsatadigan ta’siri, uning istiqboli, 
u yoki bu jamiyatdagi mavjud ijtimoiy tuzum 
tomonidan olib borilayotgan siyosat, uning 
manfaatlari va tarbiyaviy ehtiyojlari bilan uzviy 
bog‘liqdir. A.Avloniy tarbiyani quyidagicha 
tasvirlab beradi: “Tarbiya biz uchun yo hayot 
– yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-
yo falokat masalasidir” deb katta baho beradi. 
Chunki, Avloniy masalaning falsafiy asosiga 
ko‘chadi. Masalan, u tana va ruhning uzviy 
birligi haqida gap ochadi: “Badan tarbiyasining, 
fikrlar tarbiyasiga ham yordami bordur. Jism ila 
ruh ikkalasi bir choponning o‘ng ila ters tomoni 
kabidur. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, 
yomon xulqlardan saqlanmasa, choponning 
ustuni qo‘yub, astarini yuvib ovvora bo‘lmoq 
kabidirki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradur”,-
deb yozadi Abdulla Avloniy
8
. Shunday ekan, 
jism va ruh shakl bilan mazmunning uzviy 
birligi va ularning o‘zaro bir-biriga ta’siri 
masalasi juda muhim va murakkabdir. 
Ta’kidlash joizki, yoshlarda ma’naviy-
axloqiy fazilatlarni rivojlantirishda qobiliyatli 
7 Юсупов Э. Инсон камолотининг маънавий асослари.-Тошкент.: Университет, 1998. –38 б.
8 Авлоний, Абдулла. Танланган асарлар: 2 жилдлик. 2-нашри. 2-жилд. Пандлар, ибратлар, ҳикоятлар, набийлар ҳаёти, драмалар,мақолалар, саёҳатхотиралари // Таҳрир ҳайъати: 
Н. Каримов ва бошқ.; Тўпловчи: Б. Қосимов;Изоҳлар ва луғатлар.- Т.: Маънавият, 2006.- 37 б.
9 Ченишевский Н.Г Полное собрание сочинений. В 4-х т. –М.: Искусство, 1974.- 31 с.
pedagoglarning o‘rni beqiyosdir. Ular samimiy, 
insonparvar, keng ma’lumotli pedagogik 
faoliyatga layoqatli, o‘quvchilar, talabalar 
bilan til topisha oladigan bo‘lishi, shu bilan 
birga milliy g‘oyaning targ‘ibotchisi bo‘lishlari 
zarur. 
Bu 
borada, 
N.G.Chenishevskiy 
“Badbasharaning – go‘zallik, zolimning 
– odillik, o‘lib borayotganning – hayot va 
hokimiyat, munofiqning – oqko‘ngillik da’vo 
qilishi kulgi chiqaradi”- deydi
9
.
Jamiyat va insonlarning yosh avlodga 
hayot hodisalari va rivojlanish qonuniyatlarini 
o‘zi yashab turgan turmushda yaratgan 
alla, ertak, maqol, hikmatli so‘zlar orqali 
ham nasihat, ibrat vositasida berib kelishini 
yuqorida keltirilgan fikrlardan ham ko‘rishimiz 
mumkin.
Xulosa 
qilib 
aytganda, 
bugungi 
kunda o‘sib kelayotgan yoshlarni, xususan, 
vatanimizning 
bugungi 
va 
ertangi 
himoyachilarini 
vatanparvarlik 
ruhida 
tarbiyalashda ma’naviy-axloqiy fazilatlarning 
o‘rni davr talabidir. Birinchidan, ma’naviy 
komillikka eltuvchi ma’naviy-axloqiy fazilatlar 
insonning inson ekanligini ko‘rsatuvchi 
sifatida qadrlidir. Ikkinchidan, inson o‘z-
o‘zini anglab, haqiqatni topishi uchun holati 
o‘zgarishi, ya’ni botiniy poklanishi zarurdir. Bu 
esa, go‘zal axloqli bo‘lish insonning yuksak 
fazilatlaridan biridir. Uchinchidan, inson 
axloqini tubanlashuviga sabab bo‘ladigan 
ichki va tashqi omillarni ehtiyotkorlik bilan 
tarbiyalash insonning komil inson bo‘lib 
yetishishidagi birinchi va muhim qadamidir. 
Zero, vatanparvarlik insonning o‘z oilasiga, 
avlod-ajdodlarining 
or-nomusiga 
chuqur 
ehtiromi, vijdoniga, burchiga va o‘z so‘ziga 
sodiqligidir. Barchamizga ayonki, insonni 
bolalikdan o‘z yurtiga, uning an’analariga, tili 
va madaniyatiga muhabbat hamda hurmat 
ruhida axloqiy fazilatlarga ega shaxs etib 
tarbiya qilmasak, unda vatanparvarlik hissi 
bo‘lmasligi muqarrar. Shunday ekan, bugungi 
kunda yoshlarni ma’naviy-axloqiy fazilatlarga 
ega shaxs sifatida tarbiyalash ularni komil 
insonlar bo‘lib yetishida katta ahamiyat kasb 
etadi. 
IJTIMOIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
96 
ISLOM ILOHIYOTI VA MA’RIFATIDA 
SHAXS MA’NAVIY QIYOFASI TALQINI
Abdurasul Xakimovich Amonlayev -
f.f.n., dotsent, Jizzax davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada islom ilohiyoti va ma’rifatidagi ota-onaga mehr-muhabbat, 
g‘amxo‘rlik, farzand tarbiyasi va oilaga sadoqat,kishilarni yaxshilik qilishga undash, savob ishlarga 
qo‘l urish, insofli-diyonatli, vijdonli bo‘lish, mehr-shafqatlilik, to‘g‘rilik, rostguylik, sofdil bo‘lish, birodarga 
yordam berish, kamtarlikka chaqirish g‘oyalari bayon qilingan.
Shuningdek, Qur’oni Karim, hadisi sharif, buyuk muhaddislarning bizga qoldirgan manbalari, 
ma’rifat ahlining o‘gitlari shaxs ma’naviy qiyofasini takomillashtirishdagi o‘rni tahlil etilgan.
Аннотация: В этой статъе, в исламском богословии и просвещении, родителская любов, 
забота, воспитание детей и верност семе, поощрение людей к добру, совершение достойных 
поступков, честност, благочестие, совестливост, доброта, правилност, правдивост, честност, 
братство изложены идеи помощи и призыва к смирению.
Также анализируется рол Священного Корана, хадисов, источников, оставленных нам 
великими мухаддисами, учений просвещенных людей в совершенствовании духовного 
облика человека.
Abstract: In this article, in Islamic theology and education, parental love, care, raising children 
and fidelity to the family, encouraging people to do good, doing worthy deeds, honesty, piety, 
conscientiousness, kindness, correctness, truthfulness, honesty, brotherhood, the ideas of help are 
outlined. and a call to humility.
It also analyzes the role of the Holy Quran, hadiths, sources left to us by the great Muhaddiths, 
the teachings of enlightened people in improving the spiritual image of a person.
Kalit so‘zlar: Qur’oni karim, hadislar,tasavvuf ta’limoti,tariqat,ilm, islomda ma’naviyat 
tushunchasi,axloqiy kamolot, axloq-odob tarbiyasi,halollik va poklik, iymon, vijdon, hadislar,
Ключевые слова: Священный Коран, хадисы, учения суфизма, секта, знание, концепция 
духовности в исламе, нравственное совершенство, нравственное воспитание, честност и 
чистота, вера, совест, хадисы
Keywords: Holy Quran, hadith, teachings of Sufism, sect, knowledge, the concept of spirituality 
in Islam, moral perfection, moral education, honesty and purity, faith, conscience, hadith
Ma’lumki, islom dini inson kamolotining ma’naviy-
ruhiy zaminiga katta ahamiyat beradi. Bu narsa jamiyat 
hayotida, ijtimoiy va oilaviy munosabatlarda, farzand 
tarbiyasida o‘z ifodasini topgan. Barchamizga yaxshi 
ma’lumki, – deb yozadi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev, 
– islom dini, eng avvalo, tinchlik va do‘stlik, ahillik 
va birdamlik, bilim va ma’rifat dinidir. Mana shu oliy 
haqiqatni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz 
lozim. Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimizning 
mujassam ifodasi sifatida qadrlaymiz. Islom dini bizni 
ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-
avaylashga da’vat etadi
1

Islom dini ta’limotlarida yaxshilik va pokizalikning 
naqadar buyuk ne’mat ekanligi, birovga ozor bermaslik, 
til bilan dilni doimo bir tutish, nochorlarga zakot berish 
va ko‘nglini ko‘tarish chin insoniy fazilat ekanligi 
xususida juda ko‘p eslatmalar mavjud. 
Islom dinida har bir kishining ma’naviyatli 
bo‘lishi uning ilmiga, aqlu farosatiga bog‘liq ekanligi 
1 Ш .М.Мирзиёев .Янги Ўзбекистон стратегияси -Тошкент: “Ўзбекистон” нашриёти, 2021. 310-б
2 Муҳаммад пайғамбар қиссаси. Ҳадислар. – Тошкент: Камалак, 1991. – Б. 93.
3 Ўша манба.– Б. 61.
ta’kidlanadi. Bu xususda Muhammad payg‘ambarimiz 
o‘z hadislarida shunday fikr bildiradi: “Har bir 
musulmonga talaba ilm qilish farzdir... Bir soat ilm 
o‘rganish kechasi bilan namoz o‘qib chiqqandan 
afzaldir. Bir kun ilm o‘rganish uch oy ro‘za tutgandan 
yaxshiroqdir”
2

Ana shuning uchun ma’naviyatli bo‘lish uchun 
birinchi navbatda ilmli, bilimli inson bo‘lmoq joiz. Hadisi 
shariflarda ilm va olimlik xusiyatlari haqida ko‘plab 
misol va o‘gitlar mavjud : “Oxiratda nabiylar, olimlar 
va shahidlar shafoat qilish huquqiga ega bo‘ladilar”, 
“Olimlarga ergashingiz. Zero, ular dunyoning mash’allari 
va oxiratning chiroqlaridir...” “Olim bo‘l (ilm beruvchi bo‘l) 
yoki ilm o‘rganuvchi bo‘l yoki tinglovchi bo‘l, yoki ilmga 
va ilm ahliga muhabbatli bo‘l. Beshinchisi bo‘lma, halok 
bo‘lasan”
3
. Ilm insonni ana shunday yuksak ma’naviyat 
shohsupasiga ko‘taradiki, natijada ilm va ilmli shaxslar 
ma’naviyat timsoliga aylanadilar.
Ana shu ma’noda G‘azzoliy yozadi: “Har kishining 
IJTIMOIY FANLAR


97 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
izzati va sharofati ilm birla va qudrat va quvvat birla va 
yo jamoli va sifati bila bo‘lur”
4
.
Islomda ma’naviyat tushunchasi nainki ilm, xulqu 
odob, shuningdek, iymon bilan ham chambarchas 
bog‘liq holda talqin qilinadi. Iymonli odamning qalbi, 
fikri va niyati toza bo‘ladi. Iymon inson ma’naviyati 
shakllanishiga yo‘l ko‘rsatadi, bu yo‘lni yoritadi va 
maqsad mazmunini chuqurlashtiradi. Jaloliddin Rumiy 
iymonni hatto namozdan ustun qo‘yadi. U yozadiki, 
“Iymon namozdan ustundir. Chunki namoz kunda 
besh mahal, iymon esa hamma vaqt farzdir. Namoz 
uzrli sabab bilan qoldirilib, fursat bo‘lishi bilan ado 
etilishi mumkin. Iymon uchun hech qanday uzrli sabab 
bilan buzilib, keyinroq bajarish ruxsati yo‘q. Namozsiz 
iymonning foydasi bo‘ladi. Biroq iymonsiz namozning 
foydasi yo‘q”
5
. Binobarin, Jaloliddin Rumiy so‘zi bilan 
aytganda “Iymon to‘g‘ri bilan xatoni, naqd bilan naqlni 
farqlay oladigan tamizdir”. Demak, islom dinida 
ma’naviyat masalasi inson aqli, bilimi va iymon-e’tiqodi, 
axloqi, odobi bilan o‘lchanuvchi murakkab ma’naviy 
jarayon sifatida talqin qilinadi. 
Zero, o‘tmishda ham, bugungi kunda ham 
xorijiy dunyo ayniqsa musulmon olami Movarounnahr 
madaniyati va fanidan bahramand bo‘lgan hamda 
ta’sirlanib kelgan. Bu hol ayniqsa «o‘rta asrlar» degan 
sifat bilan tarixga kirgan davr uchun xos bo‘lgan. Ayni 
shu davrda bizning yurtimizdan Imom al-Buxoriy, Imom 
at-Termiziy, Imom ad-Darimiy kabi peshvo muhaddislar, 
Imom al-Moturidiy, Abulmu’in an-Nasafiy kabi 
mutakallim-ilohiyotchilar, Burhonuddin al-Marg‘iloniy 
kabi faqihlar yetishib chiqdilarki, ular yaratgan o‘lmas 
asarlar musulmon dunyosi hayotini tashkil etishning 
dasturilamaliga aylandi.
Islom ilmi va qadriyatlarini yuksaklarga ko‘targan 
allomalarimiz ibrat yo‘lining inson fazilatlarini kamolga 
yetkazishdagi o‘rni va ta’siri katta. Bu xususda 
to‘xtalar ekan, I.Karimov: «Xalqimizning ma’naviyatini 
shakllantirishga, har qaysi insonning Olloh marhamat 
qilgan bu hayotda to‘g‘ri yo‘l tanlashi, umrning 
mazmunini anglashi, avvalambor, ruhiy poklanish, 
yaxshilik va ezgulikka intilib yashashida uning ta’sirini 
boshqa hech qanday kuch bilan qiyoslab bo‘lmaydi…
»
6
deb ta’kidlagan edi.
Shu o‘rinda Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning 
«Al-jomi’ as-sahih» (ishonchli hadislar) to‘plami «Al-
Adab al-mufrad» to‘plamlariga kiritilgan hadislar aynan 
shaxs ma’naviyati masalasida muhim manba ekanligini 
ta’kidlash zarur.
«Al-Adab al-mufrad» (Adab durdonalari») imom 
Buxoriyning axloq va odob masalalariga doir hadislarni 
o‘zida jo qilgan eng nodir asarlaridan hisoblanadi. U 
ikki yuz oltmish yetti bobdan iborat anchayin salmoqli 
asardir
7
.
To‘plamga kiritilgan hadislarning mazmunini 
jiddiy o‘ylab ko‘radigan bo‘lsak, ular eng oliy qadriyatlarni 
kasb etishga chaqirilgan da’vat ekanligiga amin 
bo‘lamiz.
Ana shu qadriyatlar zamirida inson ma’naviy 
fazilatlari takomiliga xizmat qiluvchi qoidalar va 
ta’limotlar mujassamdir.
Hadislar ota-ona, aka-ukalar va aka-singillarni 
oiladagi o‘z burchlarini jamiyatdagi kabi mukammal ado 
etishga chaqiradi, chunki «jamiyatning har bir a’zosi o‘z 
4 Ғаззолий. Кимиёи саодат. – Тошкент: Камалак, 1995. – Б. 39.
5 Мавлоно Жалолиддин Румий. Ичингдаги ичингдадур. – Тошкент: Ёзувчи, 1997. – Б. 34-35.
6 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008. – Б. 36-37.
7 Қаранг: Бобоев Х., Ғофуров З. Миллий истиқлол мафкураси ва тараққиёт. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2001. –Б. 45.
8 Саттиев И.М. Имом Ал-Бухорийнинг «Ал-Жомиъ Ас-Саҳиҳ»и-мусулмонлар ҳаётининг йўлчи юлдузи. Замонамиз уламолари. – Тошкент, 2001. – Б. 52-53.
9 Қаранг. Дам бу дамдир, дам бу дамдир, дам бу дам. Академик И.Султон билан А.Шер суҳбати // Соғлом авлод учун. – Тошкент, 1996. – № 1.
zimmasidagi majburiyatlar uchun mas’uldir».
Hadislar odamlarni rostgo‘y bo‘lishga chaqiradi, 
ilohiyot haqiqati shundan iboratki, «doimo rostgo‘y 
bo‘lgan odamgina Alloh taolo tomonidan mo‘minlar 
qatoriga kiritiladi». Hadislar odamlarni mehribonlikka 
chaqiradi: «Yer yuzidagilarga mehr-shafqat ko‘rsating, 
samoviy va aroziy olamlar Parvardigori ham sizlarga 
shafqat qiladi».
8
Qur’oni Karim va Sunani sharif bulardan 
boshqa ezgu qadriyatlarga ham da’vat etadiki, turli asr 
olimlari ularni sharhlashga juda ko‘p kuch sarflaganlar.
Islom ilohiyoti va ma’rifatida ma’naviyatga 
munosabat ko‘proq shaxsning axloqiy dunyoqarashi 
hamda dinu diyonat, adolat, xalqparvarlik, insonparvarlik 
g‘oyalarida alohida ko‘zga tashlanadi. Xususan, 
tasavvuf ta’limotining ko‘zga ko‘ringan namoyandasi, 
Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin 
Naqshband merosidan bunga ko‘plab asoslar keltirish 
mumkin. 
Bu tariqatning ikki tomoni bor: Birinchisi – 
axloqiy jihati: u zamindan, xalqdan, mehnatdan uzilib 
qolmaslikka, ma’rifatga erishishga va jaholatga, zulmga 
qarshi kurashishga, biron-bir kasbning boshini tutishga, 
o‘zgalarga axloqiy namuna bo‘lib yashashga chaqiradi. 
Ikkinchisi – ilohiy jihati: u axloqiy qismatga 
da’vat 
etadi. Bu tariqatning yana «Xilvatda – shuhrat, 
shuhratda ofat» degan aqidasi ham diqqatga 
sazovor. Xilvatda faqat o‘zini o‘ylab, ertadan 
kechgacha ibodat qilishda ham g‘araz bor: bu, 
birinchidan, kishining jannatdan eng avvalo 
o‘zi o‘rin olishi uchun tirishib-tirmashishi 
bo‘lsa, ikkinchidan, xudoga xudbinlik orqali 
yaxshi ko‘rinish va, uchinchidan, odamlar 
ko‘ziga o‘zini zo‘r qilib ko‘rsatish, ya’ni 
shuhrat orttirishdir. Shuningdek, bu tariqat 
avvalo ziyolilarga juda katta mas’uliyat 
yuklaydi. Uning «Agar mamlakat xarob bo‘lsa, 
shohdan xafa bo‘lma, haqiqat ahli nazdida 
bu darveshlarning – ziyolilarning, ilm ahlining 
gunohidir», «Hech kimdan xafa bo‘lma va hech 
kimni xafa qilma», «O‘lik sherdan tirik mushuk 
afzal» singari hikmatlar ham hech qachon o‘z 
kuchini yo‘qotmaydi
9
.
Islom ma’rifatida diniy-irfoniy ilm va 
shaxs ma’naviy barkamolligini targ‘ib etgan 
Pahlavon 
Mahmudning 
diniy-tasavvufiy 
qarashlari alohida o‘rin tutadi. Uning 
ruboiylarining asosiy g‘oyasini inson va uning 
jamiyatdagi o‘rni, axloqiy fazilatlari, ijtimoiy 
adolat, rostgo‘ylik, to‘g‘rilik tashkil qiladi va 
bularning juda ko‘pchilik qismi Qur’oni Karim 
hamda hadisi shariflarning ta’sirida yozilgani 
ko‘rinib turadi. Ana shu bois uning asosiy 
g‘oyasi ham mardlik, jasurlik, Alloh bergan 
umrni ilmu hikmat qidirib yashashga sarf 
etishga da’vat ustuvorlik qiladi:
Hamla qilar menga g‘am-og‘u 
ko‘raman,
Ko‘z ochaman, har ko‘zda qayg‘u 
IJTIMOIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
98 
ko‘raman,
O‘y suraman boshni oyog‘imga 
qo‘yib,
O‘zini tanib, tizzamni ko‘zgu 
ko‘raman.
Mutafakkir, hayotning og‘ir zarbalari hamla 
qilar ekan, bu hamlalarning og‘irligidan, zahardek 
achchiqligidan zo‘rg‘a ko‘z ochgan va o‘ziga 
o‘xshagan juda ko‘p odamlarning ham ko‘zida 
shunday qayg‘u va g‘amni ko‘rgan. Bu qayg‘ular 
esa hayotda uchraydigan insofsizlik, adolatsizlik, 
tengsizlik, boylikka ruju qo‘yish, shayton 
vasvasasiga uchish, nafsni jilovlay olmaslik, hayot 
jilvalariga aldangan insonlar fojiaviy taqdirining 
so‘nggi nuqtasini ko‘ra olish natijasida paydo 
bo‘lgan. Ushbu fojialar esa o‘zini tanigan insonni 
o‘y surib, qayg‘uga botishiga majbur qiladi. 
U jamiyatdagi mavjud axloqiy illatlar, 
soxta dindorlik, tarkidunyochilik, boylik ortidan 
quvishni insoniy qusur hisoblab, inson hayotining 
mazmunini ma’naviy barkamollikda deb biladi
10
.
Shu ma’noda har bir alohida inson- har qanday 
jamiyatning mavjudligi va barhayotligini ta’minlab 
turadigan asosiy ijtimoiy unsurdir. Bu insonning 
individual shaxsiy xatti-harakati, ya’ni biror guruh, 
qatlam, qavm, elat, xalq va millat doirasidagi, oila 
va turmushdagi, muayyan jamiyat miqyosidagi 
faoliyati, yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklari, 
avvalo, o‘ziga va o‘zgalarga nisbatan munosabati 
orqali namoyon bo‘ladi. Bu munosabatlarning eng 
muhimi, ya’ni inson shaxsining ma’naviy qiyofasini 
10 Қаранг: Абдулҳаким Матназар. Имон туҳфаси. – Тошкент, 1997. – Б. 57.
shakllantiradigan jihati – ilmdir.
Shu o‘rinda ma’naviy mustaqilligimizning 
tayanch nuqtasi sifatida kishilarimizdagi imon-
e’tiqodni takomillashtirishning muhim omili 
hisoblangan milliy g‘urur va nafsoniyatni, milliy fe’l-
atvorni tiklash ham ma’naviy barkamollik orqali 
amalga oshishi hech kimga sir emas..
Qur’oni 
karim, 
hadislar 
va 
shariat 
ko‘rsatmalari inson ma’naviy-ma’rifiy kamolotining 
asosi bo‘lgan axloq-odob tarbiyasining barcha 
qirralarini o‘z ichiga olgan. Sirasini aytganda, 
hadislar ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid bo‘lgan 
fikrlarning mukammmal to‘plamidir. Qur’oni 
karim, hadislarni, shariat ko‘rsatmalarini o‘rganar 
ekanmiz, ularda axloqiy kamolot, halollik va poklik, 
iymon va vijdon bilan bog‘liq bo‘lgan birorta ham 
muhim masala e’tibordan chetda qolmaganini 
ko‘ramiz. 
Xulosa qilib aytganda,islomda ota-onaga 
mehr-muhabbat, g‘amxo‘rlik, farzand tarbiyasi 
va oilaga sadoqat masalalariga alohida e’tibor 
berilgan. Kishilarni yaxshilik qilish, savob ishlarga 
qo‘l urish, insofli-diyonatli, vijdonli bo‘lish, mehr-
shafqatlilik, to‘g‘rilik, rostguylik, sofdil bo‘lish, 
birodarga yordam berish, kamtarlikka chaqirish 
g‘oyalari ilgari surilgan.
Shu boisdan ham Qur’oni Karim, hadisi 
sharif, buyuk muhaddislarning bizga qoldirgan 
manbalari, ma’rifat ahlining o‘gitlari shaxs 
ma’naviy qiyofasini takomillashtirishda bebaho 
asos, ma’naviy xazinadir.
Raushana Kurbanbayevna Kurbaniyazova -
f.f.b.(PhD), v.b. dotsent, TTA Urganch filiali
SHAXS MENTALITETI SHAKLLANISHINING 
ASOSIY OMILLARI
“Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm,eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!”
Annotatsiya: Ushbu maqolada mentalitet shakllanishining asosiy omillari: oila, ta’lim, tarbiya 
jarayonlari, ularning shaxs dunyoqarashini shakllantirishdagi va tafakkur darajasini kengaytirishdagi 
o‘rni yoritilgan.
Аннотация: В этой статъе освещается основные факторы формировании менталитета: семя, 
процессы образование и воспитание, место их в формировании мировоззрения и расширении 
степени мышлений личности.
Abstract: This article highlights the main factors in the formation of mentality: the family, the 
processes of education and upbringing, their place in the formation of the worldview and the expansion 
of the degree of thinking of the individual.
Kalit so‘zlar: mentalitet, oila, ta’lim va tarbiya jarayonlari, shaxs dunyoqarashi, tafakkur darajasi.
Ключевые слова: менталитет, семя, процессы образования и воспитание, мировоззрение 
личности, степени мышления.
Keywords: mentality, family, processes of education and upbringing, worldview of the individual, 
degrees of thinking.
Mentalitet atamasi fanga XX asrda 
“Annallar” maktabi vakillari tomonidan kiritilgan. 
Bu terminni fransuz etnologi va sotsial 
antropologi Lyus’en Levi-Bryul’ (1857-1039) 
IJTIMOIY FANLAR


99 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
o‘zining 1922-yilda yozgan “Ibtidoiy mentalitet” 
asarida mentallik tushunchasidan sotsiumning 
fikriy, psixologik umumlashmasi sifatida 
foydalanadi
1
.
“Mentalitet” (lot. “mens”–aql, idrok) – 
jamiyat, millat, jamoa yoki alohida shaxsning 
tarixiy tarkib topgan tafakkur darajasi, ma’naviy 
salohiyati, hayot qonunlarini tahlil etish kuchi, 
muayyan, ijtimoiy sharoitlarda shakllangan aqliy 
qobiliyati”
2
. Mentalitet o‘ziga xos milliy an’analar, 
rasm-rusumlar, urf-odatlar, diniy e’tiqodni ham 
qamrab oladi.
Jamiyatdagi har qanday yangilanish va 
o‘zgarishlar, avvalo, tafakkurdan boshlanadi. Xalq 
ongu tafakkuri va dunyoqarashining o‘zgarishi – 
jamiyat islohotlarining ibtidosi sanaladi. 
Jamiyatning, millatning yoki shaxsning 
mentalitetini o‘rganish, unga jiddiy yondashishni 
talab qiladi. 
G‘arb ilm-fanida bu yo‘nalishda ilmiy 
tadqiqotlar olib borilgan bo‘lib, eksperimental 
psixologiya asoschilari V.Vundt va A.Ful’e 
o‘z tadqiqotlarida mentalitetning, ya’ni milliy 
aql va milliy fe’l-atvor qanday vujudga kelishi 
va rivojlanishi to‘g‘risidagi masalani xalqlar 
psixologiyasi nuqtayi nazaridan yondashgan 
holatda talqin qilganlar, ularning ishlarida 
biologik irsiyatga, xususan irqiy xususiyatlarga, 
ayniqsa, keng o‘rin berilgan. Ammo shu bilan 
bir qatorda tabiiy-iqlim omillari, mamlakatning 
geografik o‘rni, madaniyat, avloddan-avlodga o‘tib 
kelayotgan jamoaviy tarixiy tajriba, o‘tmishdagi 
yirik voqealar haqidagi xotira ham muhokama 
qilingan. Etnik guruhlarning tillari, afsonalari va 
urf-odatlarini empirik o‘rganish dasturi orqali 
xalqlarning psixologiyasiga aniq, real qarashni 
berishga intildilar
3
.
Shaxs mentaliteti shakllanishi bir qancha 
omillar bilan bog‘liq bo‘lib, bular: oila, tabiiy-
geografik muhit, yashash joyi, mahalla, ta’lim-
tarbiya (bog‘cha, maktab, institut), turmush tarzi, 
milliy xususiyatlar va hokazo.
N.N.Gubanovning ilmiy-tadqiqot ishlarida 
shaxs mentaliteti shakllanishida biologik 
(genotip), geografik va ijtimoiy omillarning ta’siri, 
shaxsning kreativligi masalalari ochib berilgan
4
.
Shveytsariyalik J.Piaje o‘z tadqiqotlarida, 
bola tafakkuri yetilishining va u kattalar 
tafakkuridan butunlay farq qilishining o‘z 
sxemasini taklif qilgan bolaning shakllanish 
jarayonini davrlarga bo‘lib tushuntirgan
5
.
Shaxs 
mentalitetining 
shakllanish 
jarayonida oila, ta’lim va tarbiya masalalari 
S.Otamurodovning “Globallashuv va millat”, 
“Globallashuv va milliy – ma’naviy xavfsizlik 
1 Lyus’en Levi-Bryul’. Pervobitniy mentalitet. – M.: Kul’turnoye naslediye, 2003. -228c.
2 Falsafa. Qomusiy lug‘at. –Toshkent: “Sharq”, 2004. - B.257.
3 Vundt V. Problemi psixologii narodov. - Moskva, Kosmos’, 1912.; Ful’e A. Psixologiya frantsuzskogo naroda. // Revolyutsionniy nevroz. - Moskva: KSP, 1998.
4 Gubanov N.N. Formirovanie, razvitie i funktsionirovanie mentalita v obshestve. - M.: Etnosotsium, 2014. - S.143-155.
5 Piaje J. Kognitivnoe razvitie rebenka. http//www.Psycho-logos.ru>view
6 Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston Strategiyasi. – Toshkent, “O‘zbekiston”, 2021. – B. 72.
7 “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash Kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi ” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3808-sonli Qarori. 2018 yil 27 iyun’. 
O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami. 2016 yil
8 Fitrat Abdurauf. Oila, - Toshkent, “Ma’naviyat”, 2000. - B. 8.
(siyosiy-falsafiy 
tahlil)”, 
M.Quronovning 
“Mafkuraviy tahdidlar va yoshlar tarbiyasi”, 
Sh.Qahharovaning 
“Global 
ma’naviyat 
– 
globallashuv asosi”, O.Musurmonovaning “Oila 
ma’naviyati va milliy g‘urur” asarlarida ochib 
berilgan. 
Mamlakatimizda shaxsning intellektual 
qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish borasida 
muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Oila 
tarbiyasi, maktabgacha ta’lim, maktab ta’limi, oliy 
va o‘rta maxsus ta’lim va tarbiyasi bu sohadagi 
ishlarning asosini tashkil qiladi.
Inson shakllanishining ma’naviy asoslari 
oiladan boshlanadi. Oilaga xos an’analar, 
qadriyatlar, urf-odatlar bola ongida shakllanadi, 
oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini 
anglaydi va his qiladi.
“Insonga insonparvarlik, yaxshi xulq, ta’lim 
va umuman, ijobiy xislatlarni o‘rgatuvchi maktab, 
bu — oiladir. Tarbiya — oiladan boshlanadi. Oila 
qancha sog‘lom bo‘lsa, jamiyat ham shunga 
mutanosib bo‘ladi. Lekin tagiga zil ketgan, mo‘rt 
oilalar oxiri ajralish bilan tugaydi, bolalar yetim, 
xonadonlar parokanda bo‘ladi. Bu esa jamiyat 
ravnaqiga albatta putur yetkazadi”
6
. Shu bois, 
yurtimizda oila institutini, onalik, otalik va bolalikni 
himoya qilish, oilada zo‘ravonlikning oldini olish 
va unga qarshi kurashishni huquqiy, ijtimoiy-
iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash darajasini oshirish 
eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. 
2018-yil 
27-iyunda 
“O‘zbekiston 
Respublikasida oila institutini mustahkamlash 
Konseptsiyasini 
tasdiqlash 
to‘g‘risidagi” 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
PQ-3808-sonli 
Qarori 
qabul 
qilingan. 
Konseptsiyaning IV-bandida “oilaning tarbiyaviy-
ta’lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda 
an’anaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda 
ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash” masalalari 
berilgan. Konseptsiyani amalga oshirish bo‘yicha 
“Yo‘l xaritasi”ning 20-25 bandlarida bu masalalar 
atroflicha ko‘rsatib o‘tilgan
7

Jamiyat hayoti va taraqqiyotida oilaning 
o‘rni haqida Abdurauf Fitrat “Oila” asarida 
shunday yozadi: “Har bir millatning saodati 
va izzati, albatta shu xalqning ichki intizomi 
va totuvligiga bog‘liq. Tinchlik va totuvlik esa 
shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. 
Qayerda oila munosabati kuchli intizom va 
tartibga tayansa, mamlakat va millat ham 
shuncha kuchli va tartibli bo‘ladi. Agarda bir 
mamlakatning aholisi axloqsiz va johillik bilan 
oilaviy munosabatni zaiflashtirib yuborsa va 
intizomsizlikka yo‘l qo‘ysa , shunda bu millatning 
saodati va hayoti shubha ostida qoladi”
8

IJTIMOIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
100 
Bugungi kunda yoshlar tarbiyasiga alohida 
e’tibor qaratishni falsafa fanlari doktori, professor 
S.Otamurodov “Globallashuv va millat” asarida: 
“Bugungi kunda globallashuvning kuchli bosimini 
sezmoqdamiz. U xalqimiz, ayniqsa yoshlarimiz 
ong va qalbini millatimizning o‘ziga xosligi va 
mentalitetiga yot g‘oyalarni singdirishga katta 
omil bo‘lib xizmat qilmoqda”
9
– deb ta’riflab 
berganlar.
Globallashuv jarayonlari shiddat bilan 
kirib kelayotgan, fan, texnika, texnologiyalar 
rivojlangan, innovatsion ta’lim tizimi keng 
qo‘llanilayotgan, ijtimoiy hayotdagi rivojlanish 
yoshlar 
ta’lim-tarbiyasiga 
o‘z 
ta’sirini 
o‘tkazayotgan bir paytda, bugungi rivojlanish 
va taraqqiyot ota-onalarimizga o‘z talablarini 
qo‘ymoqdaki, farzandlarimiz hayoti, ma’naviy 
dunyosini bugun kechagidan, ertaga bugungidan 
yaxshiroq qilishni talab qilmoqda. Barkamol 
rivojlangan shaxs ijtimoiy qarashlarining 
shakllanishi jarayonida, ularga vaqt va iqtisodni 
bekorga sarf qilmaslik, zamonaviy bilim, 
ko‘nikmalar va malakalar bilan qurollantirish, 
o‘z huquq va burchlarini bilish, oilaning 
muqaddasligi, ota-ona va farzand burchi, odob-
axloq me’yorlari, tejamkorlik, oilada mehnat 
tarbiyasi, mustaqil fikrga ega bo‘lish sifatlarini 
tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Eng muhimi, 
ijtimoiy-siyosiy bilim berish jarayonida, zamon 
talablari, fan-texnika yutuqlarini anglagan holda, 
jamiyat va oila rivojiga o‘z hissasini qo‘shadigan 
salohiyatli inson bo‘lib yetishi mas’uliyatini 
farzandlar ongiga singdirish muhim.
Mamlakatimiz aholisining 60 foizdan 
ortig‘ini yoshlar tashkil etadi. O‘zbekiston 
Respublikasining 2016-yil 14-sentyabrda qabul 
qilgan “Yoshlarga oid Davlat siyosati to‘g‘risidagi” 
Qonunning 5-moddasida: yoshlarning ma’naviy, 
intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol 
topishiga ko‘maklashish
10
yoshlar tarbiyasidagi 
asosiy yo‘nalishlardan biri ekanligi belgilangan. 
Respublikamizda bu Qonunni amalga oshirish 
va ularning manfaatlarini har tomonlama himoya 
qilishga qaratilgan bir-qancha chora-tadbirlar 
ishlab chiqilmoqda.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoyev: “Ma’lumki yosh avlod tarbiyasi 
hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb 
ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Ammo biz 
yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham 
hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda”
11

– deb ta’kidlab o‘tganlar. Shuning uchun shaxs 
tarbiyasida oilaning o‘rni muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Ta’lim va tarbiya jarayoni – shaxsning 
dunyoqarashini 
shakllantirishda, 
tafakkur 
darajasini kengaytirishda, ma’naviy salohiyatini 
9 Otamurodov S. Globallashuv va millat. –Toshkent, “ Yangi asr avlodi”, 2008. – B.5.
10 “Yoshlarga oid Davlat siyosati” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. 2016 yil 14 sentyabr’. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami. 2016 yil.
11 Mirziyoyev Sh.M. Jismoniy va ma’naviy yetuk yoshlar – ezgu maqsadlarimizga yetishda tayanchimiz va suyanchimizdir. // Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib yangi 
bosqichga ko‘taramiz. Jild 1. – Toshkent, “O‘zbekiston”, 2017. – B. 504-505.
12 Pedagogik atamalar lug‘ati. – Toshkent, Fan, 2008. – B. 118; 121-122.
13 Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. Jild.2. –Toshkent, O‘zbekiston, 2018. – 372.
yuksaltirishda – eng muhim omil sanaladi.
Ta’lim – o‘quvchi va talabalarga bilim berish, 
ularni tarbiyalash, rivojlantirish ko‘nikma va 
malakalar hosil qilish jarayoni, yoshlarni hayotga 
va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi 
sanaladi. Tarbiya – shaxsda muayyan jismoniy, 
ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga 
qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; u yosh 
avlodni mujassam rivojlantirishga yo‘naltirilgan 
umuminsoniy va milliy ijtimoiy tajribani o‘quvchi 
va talabalarga uzluksiz taqdim etish jarayoni 
hisoblanadi
12
. Buyuk yunon olimi, etika fanining 
asoschisi Aristotel miloddan 350 yil avval, 
“Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi”, 
– degan so‘zlarni aytgan. Demak, inson ongli 
hayot kechira boshlagan davrdan buyon ta’lim va 
tarbiya masalasi, doimo dolzarb ahamiyat kasb 
etib kelmoqda.
Ta’lim va tarbiya bilan shug‘ullanishdan 
iborat bo‘lgan barcha institutlar vazifasi, odatda 
o‘z kuch-g‘ayratini tizimning shaxsga ta’sirini 
takomillashtirishga qaratadilar. Prezidentimiz 
ta’kidlaganlaridek, “Bizning asosiy maqsadimiz 
– yoshlarning sifatli ta’lim olish imkoniyatiga 
ega bo‘lishiga erishish, ularning o‘z qobiliyati 
va iste’dodini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha 
zarur shart-sharoitlarni yaratib berishdan 
iborat”
13
.
Shu sababli hammamiz uchun ilg‘or 
bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va 
yuksak madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy 
ehtiyojga aylanishi kerak.
Farzandlar tarbiyasida eng asosiy bo‘g‘in 
– maktabgacha ta’lim tizimining jamiyatimiz 
hayotidagi o‘rni va ahamiyati muhim bo‘lib, 
davlatimizda bugungi kunda kichik yoshdagi 
bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish 
darajasini 28 foizdan 60 foizga yetkazishga, 
bolalar sonini esa 3 barobar ko‘paytirilib, 14,2 
mingtadan oshirishga erishildi. Bu ko‘rsatkich 
2025-yilga borib, 3-7 yoshdagi bolalarning 
74,5 foizini maktabgacha ta’lim bilan qamrab 
olishni nazarda tutuvchi maktabgacha ta’lim 
tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi hayotga joriy 
etilmoqda. 
Bu esa farzandlarimizning erta yoshdan 
jamiyat hayotiga moslashishiga, ongu-tafakkuri 
shakllanishiga zamin yaratadi.
Yangilanayotgan 
O‘zbekistonda 
maktabgacha ta’lim, maktab ta’limi, o‘rta maxsus 
va oliy ta’lim tizimida muhim o‘zgarishlar amalga 
oshirilmoqda. “Yangi O‘zbekiston – maktab 
ostonasidan boshlanadi”, degan shior asosida 
maktab ta’limini rivojlantirish umumxalq 
harakatiga aylandi.
Yurtimizda iqtidorli o‘quvchi-yoshlarni 
qo‘llab-quvvatlash 
maqsadida 
zamonaviy 
IJTIMOIY FANLAR


101 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
Prezident maktablari, ijod maktablari va 
ixtisoslashtirilgan maktablarning tashkil etilishi, 
bu maktablarning ilk bitiruvchilarini qamrab olish 
uchun 2021-yil Yangi O‘zbekiston universitetining 
ochilishi va faoliyatini boshlashi buning yorqin 
dalilidir
14
.
Hozirgi vaqtda respublikamizda 10 
mingdan ziyod davlat umumta’lim, 171 ta 
nodavlat, 18 ta davlat — xususiy sheriklik 
shaklidagi maktablar faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Jumladan, 56 ta matematika, 28 ta kimyo-
biologiya, 14 ta axborot texnologiyalari fanlariga 
ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etildi
15
.
“Yangi O‘zbekistonning maktab bitiruvchisi 
zamonaviy ko‘nikmalarni egallagan, axborot 
texnologiyalarini puxta o‘zlashtirgan, kreativ 
fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, 
dunyoqarashi keng shaxs bo‘lib shakllanishi 
zarur. Bu ezgu maqsadga erishish uchun 
maktablarning o‘quv dasturlari, o‘qitish uslubi, 
darsliklar mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish 
bo‘yicha boshlagan ishlarimizni albatta mantiqiy 
yakuniga yetkazamiz”
16
.
Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar 
samarasi sifatida o‘tgan o‘quv yilida yoshlarning 
xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida 45 
ta oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga 
kiritgani – muhim dalil hisoblanadi.
Mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini yangi 
sifat bosqichiga ko‘tarish, oliy o‘quv yurtlari 
tizimini yanada rivojlantirish, sohadagi mavjud 
muammolarni bartaraf etish, ilm-fanning 
yangi o‘choqlariga aylantirishga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. Aholining oliy ta’lim bilan qamrab 
olinganlik darajasi muttasil oshirib borilmoqda. 
Bu ko‘rsatkich 2016-yilda – 9%, 2020-yil – 25%, 
2021-yilda – 28% , 2022-yilda esa – 38% ni 
tashkil etmoqda.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoyevning 
“Yangi 
O‘zbekiston 
Strategiyasi” asarida “maktab bitiruvchilarini oliy 
ta’lim bilan qamrab olish darajasini 2030-yilda 
60-70 foizga yetkazish – asosiy vazifamizdir”
17

– deb belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2019-yil 8-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish 
Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi” PF-
5847-son Farmonida “oliy ta’lim mazmunini 
sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy 
14 “Yangi O‘zbekiston” Universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5158-son Qarori. 2021 yil 23 iyun’. // http: / www. Lex.uz. Qonunchilik ma’lumotlari 
milliy bazasi. 24.06.2021 y.
15 Mirziyoyev Sh.M. Mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o‘g‘il-qizlarimizga tabrigidan. 2021 yil 24 may. //https: yuz.uz/
16 Mirziyoyev Sh.M. Ustoz va murabbiylarga bayram tabrigidan. 2022 yil. 30 sentyabr’. https: //www. gazeta.uz/uz/2022/09/30/president/
17 Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston Strategiyasi. – Toshkent, O‘zbekiston, 2021. – B. 226.
18 “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi ”O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5847-son Farmoni. 2019 yil 
8 oktyabr’. http: lex.uz/ Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2019 y.
19 Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston Strategiyasi. – Toshkent, O‘zbekiston, 2021. –B. 57.
20 O‘sha joyda. - B. 236.
soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror 
rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, 
mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan 
yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga 
qo‘yish”
18
masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
2021-yilda oliy o‘quv yurtlarining soni 
141 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilda har bir 
viloyatda pedagogika universitetlari, institutlari 
va bir qancha oliy ta’lim muassasalari tashkil 
etilib, ularning soni hozirgi kunda 180 tadan ortib 
ketdi. 
Mamlakatimizda 
yangi 
oliy 
ta’lim 
muassasalari, jumladan, xorijiy universitet va 
institutlarning filiallari tashkil etilib, kelajakda 
ularning sonini 200 taga yetkazilishi ko‘zda 
tutilmoqda.
“Bularning 
barchasidan 
yagona 
maqsadimiz – maktabgacha ta’lim va maktab 
ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda ilmiy 
madaniy muassasalarni Uchinchi Renessansning 
to‘rt uzviy xalqasiga, bog‘cha tarbiyachisi, maktab 
muallimi, professor-o‘qituvchilar va ilmiy-ijodiy 
ziyolilarimizni esa Yangi Uyg‘onish davrining to‘rt 
tayanch ustuniga aylantirishdan iborat”
19
.
Har bir mamlakatning taraqqiyotini, 
kelajagini bilimli va intellektual qobiliyatga ega 
aqlli odamlar ta’minlaydi. Intellektual va bilimli 
yoshlarning ko‘payishi mamlakatimizning har 
tomonlama rivojlanishiga olib keladi.
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Yangi 
O‘zbekistonni — obod va farovon, demokratik 
mamlakatni, Uchinchi Renessansni barpo etishda 
pedagoglar, 
professor-o‘qituvchilar, 
ijodkor 
ziyolilarni eng katta kuch, tayanch va suyanch, 
deb bilaman. Ularning hal qiluvchi ahamiyatga 
ega bo‘lgan faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ular 
uchun munosib mehnat va turmush sharoitini 
yaratib berishni o‘z burchim, deb hisoblayman”
20
.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda ta’lim 
sifatiga, bilimli kadrlarni va keng dunyoqarashga 
ega bo‘lgan komil insonni tarbiyalashga davlat 
siyosati darajasida e’tibor qaratilayotganligi, 
kelajakda 
ijtimoiy-siyosiy 
hayotda 
ongli 
ishtirok eta oladigan, rivojlanishning ijtimoiy 
jarayonlariga faol ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan 
shaxsni tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy 
salohiyatlarini rivojlantirish uchun qo‘yilgan 
muhim qadam hisoblanadi. Bu esa milliy 
mentalitetning rivojlanish darajasini, mamlakat 
taraqqiyotining kelajagini belgilaydi.
IJTIMOIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
102 
Mahallalarda insonning ekologik huquqlarini, 
jumladan qulay atrof tabiiy muhitga ega 
bo‘lish huquqini zamon talabiga mos ravishda 
takomillashtirib borish dolzarb masalalardan 
biridir.
O‘zbekiston 
Prezidenti 
Sh.Mirziyoyev 
tomonidan 2022-yil 2-fevral kunidagi ekologiya 
masalasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor 
yig‘ilishida “mahallardagi ekologik muammolarni 
bartaraf etish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi 
amalga oshirilishini davom ettirish, 2022-yil 
1-martdan “Yashil yillik” umummilliy loyihasi 
boshlanishi, unda har bir hududning iqlimiga mos, 
kam suv talab etadigan ko‘chatlarni yetishtirish 
va ko‘paytirish 
zarurligi”
1
yuzasidan muhim 
topshiriqlar berildi.
Mamlakatimizda ekologiya masalalarida 
mahallalarning ishtirokini ta’minlash, shuningdek, 
insonning qulay atrof muhitga ega bo‘lish 
huquqini ta’minlash masalasiga davlat siyosati 
1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиёевнинг экологик муаммоларга бағишланган видеоселектор йиғилишидаги нутқи, 2022 йил 2 февраль // https://president.uz/
uz/lists/view/4955
2 Бу ҳақда қаранг: Жураев Ю.А. Право и управление в области использования и охраны природной среды Республики Узбекистан: Дис. ... докт. юрид. наук. –М., 1996. –С. 
362.; Файзиев Ш.Х. Теоретические проблемы правового обеспечения экологической политики Республики Узбекистан: Дисс… докт. юр. наук. -Ташкент: 2004; Хoлмуминoв Ж. 
Экoлoгo - прaвoвые прoблемы рaциoнaльнoгo испoльзoвaния и oхрaны oрoшaемых земель в Республике Узбекистaн: Aвтoреф. дис... дoкт.юрид.нaук. -Aлмa-aтa, 1997. -45с.;
Икрамов Р.А. Правоые основы участия общественных институтов в обеспечении экологических прав человека в Республике Узбекистан.// Вестник Пермского университета, 
2010 г. Выпуск 2(8), ст.37-41., Умаров Д. Махалля как важнейший фактор защиты экологических прав граждан. ТДЮИ Ахборотномаси, -№2, 2011.-Б.102-104; Сaфaрoв Дж. 
Экoлoгия сoҳaсидa қoнун ҳужжaтлaри тизими вa улaрни кoдификaциялaш. Юридик фaн. дoктoри (DSc) илмий дaрaжaсини oлиш учун тaйёрлaнгaн дисс.Т., ТДЮУ, 2018. - Б. 338; 
Нaрзуллaев O. Ўзбекистoндa биoлoгик ресурслaрни муҳoфaзa қилиш вa улaрдaн фoйдaлaнишни ҳуқуқий тaртибгa сoлишни тaкoмиллaштириш. Юридик фaнлaри дoктoри (DSc) 
диссертaцияси aвтoреферaти. Т. 2020, -Б. 71.; Утегенoв O.Д. Экoлoгия сoҳaсидa жaмoaтчилик нaзoрaтини ҳуқуқий тaъминлaшни тaкoмиллaштириш. Юридик фaнлaри дoктoри 
(DSc) диссертaцияси aвтoреферaти. Т. 2020, -Б. 57; Узaкoвa Г.Ш. Aҳoли пунктлaридa тaбиий ресурслaрдaн фoйдaлaниш вa улaрни муҳoфaзa қилишнинг ҳуқуқий тaртиби. Юридик 
фaнлaри дoктoри (DSc) диссертaцияси aвтoреферaти. Т. 2021, - 69 б.; Даминов А. Экологик суғуртани ҳуқуқий таъминлаш муаммолари. Юридик фанлар бўйича фалсафа доктори 
(PhD) дисс. Автореферати. Т., 2022. –Б.51; Суванкулов Ж.А. Экологик фаолиятда фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари иштирокининг ҳуқуқий масалалари. Юридик 
фанлар бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс. Автореферати. Т., 2022. –Б. 54.
darajasida etibor qaratilib, uning huquqiy asoslari 
mustahkamlangan. 
O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari hududida inson ekologik 
huquqlarini, jumladan qulay atrof tabiiy muhitga 
ega bo‘lish ta’minlash yo‘llarini ilmiy tadqiq etish va 
amaliy takliflar ishlab chiqish hozirgi davr talabiga 
aylandi. 
Mamlakatimizda ekologik huquqlar bo‘yicha 
muhim ilmiy tadqiqotlar olib borilgan bo‘lsada 
lekin
2
, ularda mahallalardagi inson ekologik 
huquqlari muammosi hozirgacha alohida masala 
sifatida tadqiq etilmagan. Shuning uchun mazkur 
muammoni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari ishtirokida hal qilish yo‘llarini ilmiy 
yondashuv orqali huquqiy-amaliy asoslash 
muhimdir. 
Umuman 
olganda, 
ekologik 
huquqiy 
muammolarni hal etish jarayonini atroflicha 
tadqiq etish mutaxassislarning diqqat markazida 
MAHALLALARDA TABIIY EKOLOGIK 
MUHITGA EGA BO‘LISH HUQUQINING 
KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI
Annotatsiya: Ushbu maqola mahallalarda inson ekologik huquqlari yuridik mexanizmlarining 
yetarli emasligi tanqidiy tahlil qilindi. Bu borada, inson ekologik huquqlarini ta’minlash maqsadida 
Konstitutsiyani yanada takomillashtirishga oid asoslantirilgan takliflar bildirildi. 
Аннотация: В данной статъе критически анализируется неадекватност правовых 
механизмов экологических прав человека в соседних районах Узбекистана. В связи с этим 
внесены обоснованные предложения по далнейшему совершенствованию Конституции в 
целях обеспечения экологических прав человека.
Adstract: This article critically analyzes the inadequacy of the legal mechanisms for environmental 
human rights in neighboring regions of Uzbekistan. In this regard, substantiated proposals have been 
made to further improve the Constitution in order to ensure environmental human rights.
Kalit so‘zlar: mahalla, “Yashil makon”, Konstitutsiya, inson ekologik huquqlari, ekologik siyosat, 
qulay atrof tabiiy muhit.
Ключевые слова: махалля, «Зеленое пространство», Конституция, экологические права 
человека, экологическая политика, комфортная среда.
Keywords: mahalla, “Green Space”, Constitution, environmental human rights, environmental 
policy, comfortable environment.
Jamshid Abdulahadovich Suvankulov 
-
yuridik fanlar b.f.d (PhD), Jizzax davlat pedagogika universiteti
IJTIMOIY FANLAR


103 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
turgan dolzarb muammolaridan biri sifatida 
qoladi. Su bois ekologik faoliyatdagi huquqiy 
muammolarning yechimini topishda fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari oldida turgan 
muhim vazifalarni tadqiq muhim sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik 
tizimida inson huquqlarini tahminlash borasida bir 
qator xalqaro shartnomalarga amal qilinib kelinadi. 
Prezident Sh.Mirziyoyevning tahkidlashicha, 
“mamlakatimiz inson huquqlari bo‘yicha 70 dan 
ortiq xalqaro shartnomaga qo‘shildi”
3

Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 
inson ekologik huquqlarini tahminlashda “ishtirok 
etish” instituti ham O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 32-moddasida belgilangan
4
.
Bu esa davlatning ekologik siyosatida 
ekologik xavfsizlikni ta’minlashdagi yana bir bor 
qo‘yilgan katta qadam bo‘lib hisoblanadi. Shunday 
ekan, mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi va uning asosidagi mavjud ekologik 
qonunchilik normalarini qayta ko‘rib chiqish va 
amaliyotga joriy qilish mexanizmini shakllantirish 
muhim ahamiyatga ega.
Bu ishlarning hozirgi vaqtda O‘zbekistonda 
amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar 
jarayonida bo‘lishi mavzuning yanada dolzarb 
ekanligini ko‘rsatadi.
Jamiyatda 
tabiatni 
muhofaza 
qilish 
normalarini 
amalga 
oshirishning 
ishonchli 
mexanizmi yaratilmasa, ekologik qonunchilikning 
o‘zi har qancha takomillashmasin, mahallarlardagi 
aholining qulay atrof tabiiy muhitga ega bo‘lish 
huquqini ta’minlashga qodir bo‘la olmaydi. Ekologik 
qonunchilikni amalga oshirishning samaradorligi 
uni to‘xtovsiz dolzarblashtirish hisobigagina emas, 
balki mavjud qonunlarning ijro etish intizomini 
mustahkamlash hisobiga ham ta’minlash mumkin.
Aholining ekologik - huquqiy ongini 
yuksaltirish va fuqarolarni tabiatga muhabbat 
ruhida tarbiyalash mazkur muammoni hal etishda 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu o‘rinda, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish 
organlarining tegishli qonunchilikda belgilangan 
tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan vakolatlariga 
taalluqli inson ekologik huquqlari masalasi ham 
ekologiya huquqi sohasidagi muhim ahamiyatga 
molik masala deb, hisoblaymiz. 
Insonni va uning ekologik huquqlarini 
muhofaza qilish ekologik tizimning o‘ziga xos 
rivojlanish bosqichlarida namoyon bo‘lib, mazkur 
jarayonda tabiatni muhofaza qilishdan tabiat 
resurslaridan oqilona foydalanish bosqichiga 
o‘tilishi insonning bevosita muhofaza obyekti 
ekanligini anglatadi
5
.
Ammo, R.Ikramovning fikricha, bu yerda 
obyekt sifatida aynan tabiatning yoki insonning 
o‘zi emas, balki fuqarolarning ekologik huquq va 
manfaatlari namoyon bo‘ladi
6
.
Fikrimizcha, 
fuqarolarning 
o‘zini 
o‘zi 
boshqarish organlari hududida yoki unga yaqin 
hududda bevosita istiqomat qiladigan fuqarolar 
tabiatni muhofaza qilishda va undan foydalanishda 
mahalla tuzilmalarining ekologik vakolatlarini 
3 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг биринчи йиғилишидаги нутқи, 2020 йил 20 январь // www.president.uz
4 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. www.Lex.uz
5 Николаев А.В. Основы экологического права и проблемы экологии, .Санкт-Петербург.:Знание, г. 2001. ст. 60.
6 Икрамов Р.А. Фуқароларнинг экологик ҳуқуқлари ва уларни таъминлаш. –Т. “Университет”. 2008. 5 б.
7 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси, Т.: Ўзбекистон. // www.Lex.uz
8 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси, Т.: Ўзбекистон. // www.Lex.uz
bilvosita tarzda yoxud o‘zlariga tegishli ekologik 
huquqlarini bevosita amalga oshirishlari mumkin.
Bunda fuqarolar o‘z ekologik huquqlarini 
mahalla tarkibida yoki o‘zlarining xohishlariga ko‘ra 
indivudial tarzda amalga oshirganda ham inson 
huquqlari tahminlanadi. 
Demak, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari ekologik vakolatlari va inson ekologik 
huquqlari bevosita bir-biriga bog‘liq va uzviylikda 
amalga oshiriladigan jarayon hisoblanadi.
Ushbu bog‘liqlikni quyidagilarda ifodalash 
mumkin:
aholining bevosita fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari hududida yashashi;
mahallaning ekologik vakolatlari bevosita 
mahalla hududi va mana shu mahalla fuqarolarining 
manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilganligi;
inson ekologik huquqlarining amalga 
oshirilishi mahallaning ekologik vakolatlari amalga 
oshirilishi bilan uyg‘un ekanligi;
deyarli barcha ekologik qonunchilikda 
fuqarolar va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish 
organlarining atrof muhitni muhofaza qilish va 
tabiiy resurslardan foydalanishga oid vakolatlari 
bir xil etib belgilanganligi;
fuqarolarning 
ekologik 
huquqlari 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
vakolatlariga bevosita taalluqli ekanligi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
vakolatlari doirasiga taalluqli inson ekologik 
huquqlari bu - fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish 
organlarining tegishli hududida yoki unga yaqin 
hududda doimiy yoki vaqtincha istiqomat 
qilayotgan insonlarning (fuqarolarning) atrof 
muhitni muhofaza qilish, tabiat resurslaridan 
foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga 
oid O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 
qonunlari bilan kafolatlangan huquqlaridir. 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
ekologik vakolatlariga taalluqli inson ekologik 
huquqlarining qonunchilik asoslari mavjud. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
50, 54, 55-moddalarida fuqarolarning atrof 
tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda 
bo‘lishga majburiyati hamda shaxs va jamiyatning 
ekologik talablari aks ettirilgan. Konstitutsiyaning 
54-moddasida “Mulkdan foydalanish ekologik 
muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik 
shaxslar va davlat huquqlarini hamda qonun 
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi 
shart” deyilgan
7
. Ya’ni ushbu moddada mulkdor 
o‘z mulkidan foydalanayotganda atrof tabiiy 
muhit holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin 
emasligi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 55-moddasida esa shunday 
deyilgan: “Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va 
hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar 
umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish 
zarur va ular davlat muhofazasidadir”
8

Bundan tashqari, O‘zbekistonda ekologiya 
sohasida bir qancha qonun hujjatlari ham mavjud. 
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni 
muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Atmosfera havosini 
IJTIMOIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
104 
JAMIYATDA MULKDORLAR 
QATLAMINING RIVOJLANISHI GENEZISI 
VA TRANSFORMATSIYASI
Adiba Ergashevna Shaymanova -
dotsent, Qarshi davlat universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada mulk va mulkdorlar qatlami tushunchalarining ijtimoiy-falsafiy 
mohiyati hamda ularning shakllanish va o‘zgarish jarayonlarining genezisi yoritilgan.
Аннотация: В данной стате освещается социално-философская природа понятий 
собственности и слоев собственников, а также генезис процессов их формирования и 
изменения.
Abstract: In this article, the socio-philosophical nature of the concepts of property and the strata 
of owners, as well as the genesis of the processes of their formation and change, are highlighted.
Kalit so‘zlar: mulk, mulkdorlar qatlami, mulk munosabatlari, davlat mulki, xususiy mulk, urug‘, 
qabilalarning jamoaviy mulki, o‘rta mulkdorlar qatlami, egalik qilish.
Ключевые слова: собственност, собственнический слой, имущественные отношения, 
государственная собственност, частная собственност, род, родовая коллективная 
собственност, средний собственнический слой.
Keywords: property, owner stratum, property relations, state property, private property, clan, tribal 
collective property, middle owner stratum.
Ma’lumki, 
jamiyat 
ijtimoiy-sinfiy strukturasining bazasini mulkdorlar qatlami 
muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Muhofaza etiladigan 
tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi kabi qonunlar fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari - mahallalardagi 
insonlarning ekologik huquqlarini ta’minlashga xizmat 
qiladi. 
Tabiatni muhofaza qilish haqidagi Qonunning 
12-moddasida insonning ekologik huquqlari haqida: 
“O‘zbekiston Respublikasi aholisi o‘z salomatligi 
va kelajak avlodning salomatligi uchun qulay tabiiy 
muhitda yashash, o‘z salomatligini atrof muhitning 
zararli ta’siridan muhofaza qilish huquqiga ega ekanligi, 
ana shu maqsadda aholi tabiatni asrash bo‘yicha 
jamoat tashkilotlariga birlashish, atrof muhitning 
ahvoli va uni muhofaza qilish yuzasidan ko‘rilayotgan 
chora-tadbirlarga doir axborotlarni talab qilish va olish 
huquqiga ega ekanligi”
9
qayd qilingan.
Atmosfera havosini muhofaza qilish haqidagi 
Qonunning 4-moddasida “fuqarolar o‘z hayoti va 
sog‘lig‘i uchun qulay atmosfera havosidan foydalanishi, 
atmosfera havosini asrash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-
tadbirlar to‘g‘risida tegishli davlat organlaridan o‘z 
vaqtida axborot olishi, o‘z sog‘lig‘iga va mol-mulkiga 
zarar yetkazilganda mazkur zararning o‘rni qoplanishini 
talab qilishi hamda atmosfera havosini muhofaza 
qilish masalalari bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish 
va jamoat ekologik ekspertizasini amalga oshirishda 
ishtirok etishi”
10
kabi huquqlari keltirilgan.
O‘zbekiston 
Respublikasining 
amaldagi 
Konstitutsiyasida shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy 
huquqlarga alohida bob ajratilib, ekologik huquqlar 
masalasiga o‘rin ajratilmagan. Bu esa hozirgi davrda 
muhim ahamiyat kasb etayotgan bunday huquqlarning 
qonunchilik hujjatlarida belgilansa-da, ammo bu 
holat, yahni insonning qulay atrof muhitga ega bo‘lish 
huquqining konstitutsiyaviy kafolatlari yetarlicha 
9 www.Lex.uz
10 www.Lex.uz
ta’minlanmaganligini ko‘rsatadi.
Asosiy Qonundagi bunday kamchilikni bartaraf 
uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining IX 
bobini “Iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik huquqlar” sifatida 
o‘zgartirish kiritish maqsadga muvofiqdir. Chunki, 
amaldagi bobda (“Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar”) 
insonning ekologik huquqlari aks etmay qolgan. 
Shuning uchun mazkur bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida 
Konstitutsiyani yanada takomillashtirish zarur. Ya’ni, 
alohida normada “Har bir inson qulay tabiiy muhitga 
ega bo‘lish huquqiga egadir” tarzida bayon qilish lozim 
bo‘ladi. 
O‘zbekiston 
Konstitutsiyaga 
kiritilayotgan 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar qisqa, takrorlanmasligi va 
o‘zgarishlar mazmuni aniq aks etadigan tarzda bo‘lishi, 
uning Asosiy Qonun sifatidagi ahamiyatiga mos bo‘lishi 
zarur.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda “inson 
– mahalla – ekologik huquqlar” tamoyili insonning 
ekologik huquqlarini ta’minlashda fuqarolik jamiyati 
sharoitida o‘ziga xos kafolat tizimi ekanligi, bu 
tamoyilning haqqoniyligi davlat va uning ekologik 
manfaatlari uchun ahamiyatli ekanligi, fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari ekologik faoliyatining 
tashkiliy-huquqiy asoslarini tegishli tartibda ta’minlash 
zarurligini inobatga olish lozim. 
Bunday sharoitda amalga oshirilayotgan oqilona 
ekologik siyosat va ekologik - huquqiy muammolarni 
hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar 
hamda 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga tegishli 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, ularni amalga 
oshirish mexanizmini takomillashtirish mahallalardagi 
insonning ekologik huquqlarini, jumladan qulay atrof 
tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqini ro‘yobga chiqarishda 
muhim ahamiyatga ega bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.
IJTIMOIY FANLAR


105 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
tashkil etadi. Mulkdorlar qatlami – keng 
miqyosdagi moddiy-iqtisodiy va ma’naviy-
madaniy ehtiyojlarni qondirish uchun yetarli 
darajada barqaror daromadga ega kishilarning 
ijtimoiy guruhi hisoblanadi. Ularning boyligi yoki 
mulki, daromadi «munosib» turmush sifatini 
ta’minlash uchun yetarli darajada bo‘ladi. 
Shuning uchun, ham mulkdorlar qatlamining 
vujudga kelishi va rivojlanishi jamiyatdagi 
ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy barqarorlik bilan 
bevosita bog‘liq.
Jamiyatning rivojlanishi va taraqqiy 
etishiga asos bo‘luvchi mulkdorlar qatlami 
tushunchasiga o‘tishdan oldin, mulk nima 
degan savolga to‘xtalib o‘tish joizdir. Zero, 
mahalliy faylasuflar va iqtisodchilarning davlat 
mulkchilik nazariyasini kelib chiqishiga va 
uning rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasiga 
qaramay, uning mohiyati va mazmunini, mulk 
shakllarining genezisi va tuzilishini aniqlash 
masalalari munozarali bo‘lib qolmoqda.
Mulk tushunchasi ming yillar davomida 
huquqshunoslar, siyosatchilar, iqtisodchilar 
va faylasuflarni qiziqtirib kelgan. Ammo, shuni 
ta’kidlash kerakki, qadimgi davrlarda mulkning 
roli va o‘rni haqida nisbatan kam ma’lumotlar 
mavjud. Eng sodda va qo‘pol o‘xshatish, mulk - 
bu narsaga o‘zinikidek munosabatda bo‘lishdir. 
Yoki, ayrim olimlarning fikricha, mulk haqidagi 
eng qadimgi va eng oddiy tushunchalar 
“sizniki va meniki” dixotomiyasiga (Dixotomiya 
yunoncha dixotomiya: dixos, «ikkida» + tōk, 
«bo‘linish»
1
) qurilgan tushunchalardir. 
Tarixan 
bu 
munosabatlar 
turli 
mazmun bilan to‘ldirilib kelingan. Jumladan, 
tarixchilarning fikriga ko‘ra, ibtidoiy jamoa 
tuzumi davrida, shaxsiylashtirilgan narsalarga 
(zamonaviy ma’noda, taxminan ba’zi shaxsiy 
buyumlar, qurollar va zargarlik buyumlar) 
egalik qilishga nisbatan, mulk huquqi 
haqida gapirish mumkinligi e’tirof etilgan. 
Ko‘chmanchi turmush tarziga ega bo‘lgan 
va ibtidoiy dehqonchilik bilan shug‘ullangan 
holda hayot kechirayotgan kishilarda mulkga 
egalik qilishning ular uchun iqtisodiy ehtiyoji 
yo‘q edi. Chunki ularning ma’lum bir hududga 
egalik qilishi, ushbu qabila uchun faqat qisqa 
vaqt ichida (oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun 
qulay vaqt ) manfaat keltirishi bilan izohlanadi. 
Sababi, yer tugagach, qabila yangi joyga jo‘nab 
ketadi. 
Shuningdek, tilshunoslar tomonidan 
olib borilgan izlanishlar qadimgi “egalik”, 
“egalik qilish” so‘zlariga borib taqaladigan 
“mulk” tushunchasini bildiruvchi zamonaviy 
atamalarning yanada chuqur ildizlarga ega 
1 https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%94%D0%B8%D1%85%D0%BE%D1%82%D0%BE%D0%BC%D0%B8%D1%8F
2 В словаре древнерусского языка отмечается, что собина – «то, что принадлежит кому-то, собственность, имущество» и приводится цитата из источника XV в.: «Купил есми… 
деревню Сарьскую на Юзђ с хлебом и сђьяны, опроч(ь) половинич и половины. Да их собины, и с пустошьми и с лђсы с пожнями» (1493 г.) (187, с. 14).
3 Венедиктов А.В. Избранные труды по гражданскому праву: В 2-х т. – М.: Статут, 2004. – Т. 2. – 557 с.
4 Imomov, N. F. Avesto fuqarolik huquqining manbai / N. F. Imomov. - Matn: to‘g‘ridan-to‘g‘ri // Yosh olim. - 2014. - No 5 (64). - S. 353-355. — URL: https://moluch.ru/archive/64/8234/. .
ekanligini ko‘rsatadi. Rus tilida “mulk” so‘zi 
“sob”, “sobina” so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, 
hozirda eskirgan, bu o‘z mulkini va ayni paytda 
shaxsni anglatadi
2
. Mashhur huquqshunos 
olimlar V.A.Venediktov, P.A.Argunovaning 
ta’kidlashicha, “sobina” atamasi ma’lum 
darajada mulkni anglatadi
3
.
Darhaqiqat, tarixan odamlar ongida 
dastlab yerga, o‘rmonlarga, yaylovlarga va 
boshqa asosiy resurslarga jamoa mulki 
bo‘lishi haqidagi g‘oyalar shakllangan. Yakka 
tartibdagi mulk asosiy mulk sifatida emas, 
balki u jamoaning yashash vositasi, jamoa 
mulkiga qo‘shimcha mulk bo‘lib xizmat qilgan. 
Shuningdek, yuzaga kelgan, nisbatan kichik 
oilaviy fermer xo‘jaliklarining shakllanishi 
nafaqat jamoalar o‘rtasida, balki jamiyat 
ichidagi mulk huquqini tartibga solishni talab 
qila boshladi. Natijada, mulkni jamiyat ichidagi 
tartibga solish asta-sekin nafaqat shaxsiy 
uy-ro‘zg‘or buyumlarini, balki tobora kengroq 
doirani ham qamrab ola boshladi.
Ko‘rinib turibdiki, antik davrda shahar 
va davlatlarning paydo bo‘lishi ijtimoiy 
munosabatlarning 
o‘zgarishiga 
bilan 
belgilangan. Biroq, mulk (yoki uning o‘rnini 
bosuvchi antik davr institutlari) haqidagi 
g‘oyalarni talqin qilishda tarixchilar faqat bir 
jihatini ko‘rsatadilar: ular bunday tadqiqotlarni 
o‘tkazishning 
qiyinligini 
ta’kidlaydilar. 
Boy adabiy manbalardan biri bo‘lmish 
“Avesto”ning bugungi kungacha yetib kelgan 
qismlarida bugungi kunda fuqarolik huquqida 
salmoqli o‘rin egallagan mulk, shartnoma, 
majburiyatlarni tartibga soluvchi qoidalarni 
ko‘rishimiz mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, 
“Avesto”da mulk munosabatlari kishilarning 
ijtimoiy hayotiga asoslangan mulk turi bo‘lib, 
unda mulkka qabila oqsoqollari yoki oqsoqollar 
jamiyati tegishli bo‘lgan va ularni boshqargan
4

Ya’ni jamiyat rahbari jamiyat mulkini 
boshqargan, bu jamiyat a’zolarining kundalik 
ehtiyojlarini qondirish bilan birga jamiyatning 
harbiy iqtisodiy qudratini mustahkamlashda 
ham katta o‘rin tutgan. Agar bu mulkiy holatni 
hozirgi zamon mulkiy munosabatlari bilan 
qiyoslasak, «Avesto»da jamiyatning ayrim 
vazifalarini davlat mulkining mohiyatiga juda 
yaqin bo‘lgan jamoat mulki bajarganligini 
ko‘ramiz. Bundan tashqari, markazlashgan 
davlatlar mavjud bo‘lmagan davrda davlat 
boshqaruvining iqtisodiy asosi mulk bo‘lgan, 
shuning uchun odamlar jamiyatini boshqarish 
uchun hukmronlik asosi sifatida mulk zarur 
deb hisoblangan. 
Bundan 
xulosa 
qilish 
mumkinki, 
IJTIMOIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
106 
“Avesto”da jamiyatning mulkiy munosabatlarda 
ishtirok etishi fuqarolik huquqiga ko‘ra, 
maqsadli huquqiy qobiliyatdir. Jamiyat 
rahbarining asosiy vazifalari sifatida jamiyat 
a’zolarining ehtiyojlarini qondirish, harbiy 
qudratni kuchaytirish bilan jamiyat xavfsizligi 
va qudratini ta’minlashga qaratilgan.
Zero “Avesto” davrida davlat va 
jamiyatning iqtisodiy vazifalari, birinchidan, 
jamiyatning harbiy qudratini mustahkamlash 
bo‘lsa, ikkinchidan, boshqa qabilalar bilan 
bo‘lgan janglarda ham befarq qolish belgilab 
qo‘yilgan edi.
Binobarin” hamma narsani “qurol va 
kuch” hal qilgan bir paytda mulk taqsimotini 
ham harbiy kuch hal qilgan. Jamiyatning asosiy 
boyligi oqsoqollar, lashkarboshilar va obro‘li 
kishilar qo‘lida bo‘lgan. Jamiyatning erkin 
a’zolarining asosiy boyligi, ya’ni chorvadorlar, 
askarlar, hunarmandlar chorva, ishlab chiqarish 
qurollari bo‘lgan. “Avesto”da yer nafaqat 
mulkiy munosabatlar obyekti, balki insonning 
moddiy ehtiyojlarini qondirishning ma’naviy 
vositasi ham sanaladi. Binobarin, “Avesto”da 
ko‘chat ekish har bir insonning ma’naviy burchi 
hisoblanishi, ekmaslik baxtsizlik va gunoh 
keltirishi ta’kidlangan”
5
.
Darhaqiqat, Avesto”da mustahkamlangan 
qoidalar yerga munosabatni belgilabgina 
qolmay, balki mulkning paydo bo‘lishining 
asosini ham belgilaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, 
“Avesto”da hosil va hosilning o‘zi dehqon yoki 
yer egasining mulki hisoblanadi. Bundan kelib 
chiqib aytish mumkinki, “Avesto” davrida mulk 
va mulk masalalari jamiyat hayotida muhim 
o‘rin tutgan bo‘lib, odamlarning jamiyatdagi 
mavqei mulkning miqdori va iqtisodiy 
xavfsizligi bilan belgilangan.
Zero, “bundan 2700-yil muqaddam 
“Avesto”da “inson” tushunchasiga berilgan 
ta’rifda tirik organizm va uning oziq-ovqatga 
bo‘lgan ehtiyoji rivojlangan jamiyatda bu oziq-
ovqatni mulk yordamida ta’minlash
6
” mumkin 
deb bekorga aytilmagan.
Shuni ta’kidlash kerakki, “Avesto” 
davrida ijtimoiy munosabatlar jamiyat mulki 
va jamiyat manfaatlari asosida o‘rnatilgan 
bo‘lsada, odamlar mulkka egalik qilish 
huquqiga ega bo‘lgan. X.Baboyev, T.Do‘stjonov, 
S.Xasanovlar “Avesto”dagi mulkchilik va 
xo‘jalik munosabatlari masalalarini tahlil 
qilib, quyidagi xulosalarga keldilar: Vindidata 
fikricha, odamlar ko‘chmas mulk egasi bo‘lgan, 
deyishga asos bor. Ya’ni, turar-joylar, ekin va 
bog‘lar, yirik va mayda mollar kishilarga tegishli 
mulk hisoblangan. Shuningdek, mulk egasi o‘z 
5 Imomov, N. F. Avesto fuqarolik huquqining manbai / N. F. Imomov. - Matn: to‘g‘ridan-to‘g‘ri // Yosh olim. - 2014. - No 5 (64). - S. 353-355. — URL: https://moluch.ru/archive/64/8234/
6 Imomov, N. F. Avesto fuqarolik huquqining manbai / N. F. Imomov. - Matn: to‘g‘ridan-to‘g‘ri // Yosh olim. - 2014. - No 5 (64). - S. 353-355. — URL: https://moluch.ru/archive/64/8234/
7 https://jurisprudence.club/pravo-grajdanskoe/istoriya-ponyatiya-sobstvennosti.html.
8 https://jurisprudence.club/pravo-grajdanskoe/istoriya-ponyatiya-sobstvennosti.htm.
mulkiga egalik qilish va foydalanish bilangina 
cheklanmay, u mulkni boshqa shaxsning 
ixtiyoriga o‘tkazishni, shuningdek, shartnoma 
bo‘yicha boshqa shaxsning mulkiga ham 
egalik qilish mumkinligini ko‘rsatadi.
Mulk 
konsepsiyasining 
rivojlanishi 
nuqtai-nazaridan olib qaraydigan bo‘lsak, 
unda insoniyatning o‘zini-o‘zi rivojlanishini aks 
ettiradi. Mutaxasisslarning fikricha, tarixan olib 
qaraydigan bo‘lsak, vaqtlar o‘tishi bilan, ba’zi 
ijtimoiy davrlar boshqalari bilan almashinadi 
va har doim ham evolyutsion, ham inqilobiy 
o‘zgarishlarning asosiy tugunlaridan biri mulk 
bo‘lib kelgan. Shundan kelib chiqib, “mulk” 
tushunchasining 
rivojlanishining 
asosiy 
bosqichlarini va ushbu turkumning zamonaviy 
mazmunini tashkil etgan qonuniyatlarni ko‘rib 
chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, 
ibtidoiy jamoa tuzumida mulk odamlarning 
birgalikdagi faoliyat jarayonida o‘zlashtirgan 
mehnat qurollari va tabiiy hududlargacha 
bo‘lgan urug‘, qabilalarning jamoaviy mulki 
sifatida tavsiflangan.
Mehnatning 
dehqonchilik 
va 
chorvachilikka 
bo‘linishi 
mehnat 
unumdorligining 
o‘sishiga 
va 
mulkiy 
munosabatlarning rivojlanishiga, dehqonchilik 
madaniyatining shakllanishiga – oila mulkining 
qabila mulkidan ajralishiga sabab bo‘ldi. 
Xususiy mulkning alohida tushuncha sifatida 
vujudga kelishini Rimdagi respublikaning 
qadimgi davri misolida yaqqol ko‘rish mumkin, 
bunda xususiy mulk proprietas (proprietas 
-xususiy, egalik, egalik qilish degan ma’noni 
bildiradi) atamasi bilan belgilangan. Rimliklar 
mulk huquqini tashkil etuvchi vakolatlar 
to‘g‘risidagi keng ta’limotni ishlab chiqqan 
bo‘lsalar ham, mulkka aniq ta’rif bermaganlar. 
Darhaqiqat, “Xususiy mulkdor o‘z narsasi 
bilan o‘ziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlanmagan 
hamma narsani qilish huquqiga ega degan rim 
huquqshunoslarining o‘zining yorqinligi va shu 
bilan birga keng qamrovli tezisi”
7
mavjud bo‘lib, 
u bugungi kunda ham muhim ahamiyatga 
egadir. Darvoqe, Rimda ushbu konsepsiyani 
yaratilishiga sabab u yerda yuzaga kelgan 
sivilizatsion jarayongina emas balki, “o‘sha 
davrdagi Osiyo huquqiy fikr yodgorliklarida 
mulk batafsil huquqiy tartibga solingan
8
”ligini 
ko‘rish mumkin. Shuningdek, shuni alohida 
ta’kidlash lozimki, qadimiy davrning turli 
mamlakatlarida mulkka oid xulq-atvor qoidalari 
faqat tafsilot darajasida farq qilgan bo‘lib, ular 
umumiy yo‘nalishda emas edi. Zero, o‘sha 
davrda mulkchilik ta’limotining rivojlanishini 
quldorlik davri bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, 
IJTIMOIY FANLAR


107 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
mulkka egalik qilish - qadimgi davrda barcha 
munosabatlarning modeli hisoblangan deyish 
mumkin.
Ma’lumki, feodal davrga kelib, yerga 
egalik namuna hosil qiluvchi mulk sifatida 
birinchi o‘ringa chiqdi. Feodal tuzumning 
asosiy huquqiy belgisi lug‘atchilar tomonidan 
asoslab berilgan bo‘lingan yoki bo‘lingan mulk 
(dominium divisum) haqidagi ta’limot edi. 
“Bo‘lingan mulk (dominium divisum), Rim mulk 
huquqining bo‘linmaslik haqidagi an’anaviy 
ta’limotidan farqli o‘laroq, bo‘lingan mulk modeli 
feodal jamiyatiga xos bo‘lsa-da, Rim huquqida 
allaqachon paydo bo‘lgan”
9
. Ushbu ta’limotning 
amaliy natijasi turli vakolatli subyektlarning 
(syuzeren va vassal) yerga nisbatan 
manfaatlarini taqsimlash edi. Shunday qilib, 
feodal jamiyatida bo‘ysunuvchi mulkdorning 
biror narsaga faqat ma’lum chegaralarda 
egalik qilish va undan foydalanish imkoniga 
ega bo‘lgan, unga nisbatan oliy mulkdorning 
huquqlarini buzilishiga yo‘l qo‘yilmagan. 
Shuningdek, Rossiyada yuzaga kelgan 
feodalizm davrida “mulk” va “egalik huquqi” 
atamalari kech bo‘lsada shakllandi va 
qonunchilikda (bunga misol, 1767-yildagi 
Yekaterina II ning Bosh prokurorga buyrug‘i; 
1782-yil Manifest. “Dvoryanlarning yerga 
egalik huquqini tasdiqlash to‘g‘risidagi”
10

qo‘llanila boshlandi.
Shu bilan birga, burjua inqiloblari davrida 
hamma joyda, birinchi navbatda, xususiy 
mulkni ayniqsa ishlab chiqarish vositalarini 
qo‘llab-quvvatladi. 1789-yilda Fransiyaning 
Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasiga 
asosan mulk “tabiiy” va “ajralmas” huquq 
deb e’lon qilindi. Har bir shaxs o‘z mulkini, 
kapitalini va eng muhimi, o‘z daromadi va 
ishlab chiqarishini tasarruf etishga qodir 
bo‘lgan xo‘jayin deb e’lon qilindi. Agar dastlab 
mulk shior, shaxsiy va iqtisodiy erkinlik 
ramzi sifatida qabul qilingan bo‘lsa, keyinroq, 
inqilobiy ehtiroslar susaygandan so‘ng, u o‘ziga 
xos mulkiy konturlarga ega bo‘ldi.
Shuningdek, mutaxassislarning fikricha, 
XX asr islohotlaridan so‘ng, Rossiyaning 
9 https://studfile.net/preview/9478629/page:2/
10 https://studopedia.info/1-88582.html
11 Собственность. Большая советская энциклопедия.
12 Гражданское право. Учебник / В. П. Мозолин, А. И. Масляев. — М.: Юристъ, 2007. — Т. I. — С. 362. — 719 с.
iqtisodiy rivojlanishiga turtki bo‘lgan yangi sinf 
- burjuaziyaning xususiy mulki hisoblangan. 
Sobiq 
Sovet 
davrida 
mamlakatimizda 
kapitalistik o‘tmishning yodgorligi sifatida 
xususiy mulkka nisbatan umuman salbiy 
munosabat siyosiy va huquqiy jihatdan 
(birlashmalarni yo‘q qilish uchun u hatto 
“shaxsiy” deb ham o‘zgartirildi) o‘rnatildi. 
Darhaqiqat, aynan iqtisodiy siyosat, jumladan, 
mulk masalasi va jamiyat ehtiyojlari o‘rtasidagi 
nomuvofiqlik kelib chiqdi va ushbu davr uchun 
chuqur salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi.
Mulk — iqtisodiy kategoriya bo‘lib, 
- mulk obyektini tasarruf etish, egalik 
qilish va undan foydalanish huquqiga ega 
bo‘lgan subyektga tegishliligini tavsiflovchi 
taqsimlash (o‘zlashtirish) 
bilan 
bog‘liq 
tarixiy rivojlanayotgan ijtimoiy munosabatlar 
shaklidir. Muayyan subyektga - mulkdorga 
tegishli bo‘lgan narsalarning yig‘indisi tegishli 
shaxsning mulkini tashkil qiladi, shuning uchun 
ushbu munosabatlar mulkiy munosabatlar 
deb ham ataladi
11

Mulk — huquqiy kategoriya sifatida - 
huquq subyektining o‘z mulkiga nisbatan ega 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquqlarning eng to‘liq 
majmui
12
hamdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa 
qilish mumkinki, mamlakatimizda amalga 
oshirilayotgan 
islohotlarning 
hozirgi 
bosqichida mulkchilik va uning asosida 
mulkdorlar qatlamini rivojlantirish muhim 
vazifa hisoblanadi. Bu avvalo, “mulkdorlar 
qatlami” to‘g‘risidagi g‘oya va qarashlarning 
ma’no-mohiyatiga, uni jamiyat rivojlanishi bilan 
qanday tarzda bog‘lab tushunishga, talqin 
etilishi, hamda hayotga tadbiqiga bog‘liq bo‘ladi. 
Shuningdek, mulkdorlar qatlami, bir tomondan, 
jamiyatning insoniyat rivojlanishidagi o‘rni, roli 
va xususiyatlarini baholash uchun ma’lum bir 
koordinatalar tizimini shakllantirishga, ikkinchi 
tomondan, uning hozirgi holatini (oldindan 
shartlar, mustaqillik yillaridagi islohotlarning 
mazmuni va oqibatlari) va keyingi rivojlanish 
istiqbollarini aniqlashga yordam beradi.
IJTIMOIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
108 
XOTIN-QIZLARNING DAVLAT VA JAMIYAT 
BOSHQARUVI TIZIMIDAGI O‘RNI
Refide Izmerovna Ablyakimova -
o‘qituvchi, Jizzax davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya: Maqolada xotin-qizlarning davlat va jamiyat boshqaruvi tizimidagi o‘rni, ularning 
ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqiy manfaatlarini hamda bandligini ta’minlash masalalari 
yoritilgan.
Аннотация: В статъе рассматривается рол женщин в государственном управлении, 
повышении их общественно-политической активностти, обеспечении их законных интересов 
и занятости.
Abstract: The article discusses the role of women in public administration, increasing their 
social and political activity, ensuring their legitimate interests and emplo yment.
Kalit so‘zlar: davlat, jamiyat, boshqaruv, xotin-qizlar, gender tengligi, barkamol avlod, rahbar.
Ключевые слова: государство, общество, управление, женщины, гендерное равенство, 
гармонично развитое поколение, лидер.
Keywords: state, society, management, women, gender equality, harmoniously developed 
generation, leader.
O‘zbekistonda 
xotin-qizlarning 
ijtimoiy 
faolligini oshirishga davlat siyosati darajasida 
e’tibor berilmoqda. Xususan, gender tengligini 
ta’minlash davlat va jamiyat boshqaruvining barcha 
bo‘g‘inlarida ustuvor vazifa sifatida qo‘yilmoqda. 
Bunda xotin-qizlarning jismoniy imkoniyatlari 
erkaklar imkoniyatlaridan qolishmaydi, degan 
yondashuv bilan emas, balki har bir sohaga faqat 
erkaklar yondashuvi bilan emas, xotin-qizlar “ko‘zi” 
ham qarash lozimligi nazarda tutilmoqda. Chunki 
respublikada xotin-qizlarning erkaklar bilan ulushi 
deyarli teng. Bunday nisbat boshqaruvda ham 
nisbatan aks etishi mantiqan olganda ham to‘g‘ri 
yondashuv hisoblanadi. Davlat rahbarining o‘zi shu 
yondashuvdan kelib chiqib, davlat hokimiyatining 
markaziy tarmoqlarida xotin-qizlarni ulushini 
oshirish muhim masala ekanligini uqtirib kelmoqda. 
Natijada Oliy Majlis Qonunchilik palatasida xotin-
qizlar ulushi 32 foiz, Senat a’zolarining hamda 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, 
mahalliy kengashlar deputatlarining qariyb 25 
foizini xotin-qizlar tashkil etmoqda. Boshqaruv 
lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 26 foizga, 
tadbirkorlikda 25 foizga yetdi. Bu faqat vakillik 
hokimiyati tarkibida xotin-qizlar ulushi, xolos. 
Bundan tashqari, tegishli lavozimlarga xotin-
qizlar nomzodini shakllantirish ham mana shu 
yo‘nalishdagi vazifalarning bir qismi hisoblanadi. 
Ya’ni, rahbarlikka zaxira kadrlarni shakllantirishda 
xotin-qizlardan istiqbolli kadrlar ro‘yxatini tuzish 
ham ularni rahbarlikka tayyorlashning tizimli 
mexanizmi bo‘layapti. Ushbu yo‘nalishdagi 
raqamlarga e’tibor bersak rahbarlikka zaxiraga 
olinganlar 2016-yilda 3 ming nafarni tashkil etgan 
bo‘lsa, 2021-yilda ularning soni 15 mingdan oshdi
1

1 Safoyev S. “O‘zbekiston mo’jizasi”: Ijtimoiy xalqparvar davlat barpo etish — bosh maqsadimiz//Yangi O‘zbekiston. -2021-yil, 24-dekabr, 260-son.
Bularning barchasi xotin-qizlardan rahbarlikka 
tayyorlashning o‘ziga xos institutsional mexanizmi 
hisoblanadi.
Aytib o‘tilganidek, O‘zbekistonda xotin-
qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishga davlat 
siyosati darajasida e’tibor berilmoqda. Xususan, 
gender tengligini ta’minlash davlat va jamiyat 
boshqaruvining barcha bo‘g‘inlarida ustuvor vazifa 
sifatida qo‘yilmoqda. Bunda xotin-qizlarning 
jismoniy imkoniyatlari erkaklar imkoniyatlaridan 
qolishmaydi, degan yondashuv bilan emas, 
balki har bir sohaga faqat erkaklar yondashuvi 
bilan emas, xotin-qizlar “ko‘zi” bilan ham qarash 
lozimligi nazarda tutilmoqda. Chunki respublikada 
xotin-qizlarning erkaklar bilan ulushi deyarli teng. 
Bunday nisbat boshqaruvda ham nisbatan aks 
etishi mantiqan olganda ham to‘g‘ri yondashuv 
hisoblanadi. 
Davlat 
rahbarining 
o‘zi 
shu 
yondashuvdan kelib chiqib, davlat hokimiyatining 
markaziy tarmoqlarida xotin-qizlarni ulushini 
oshirish muhim masala ekanligini uqtirib kelmoqda. 
Natijada Oliy Majlis Qonunchilik palatasida xotin-
qizlar ulushi 32 foiz, Senat a’zolarining hamda 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, 
mahalliy kengashlar deputatlarining qariyb 25 
foizini xotin-qizlar tashkil etmoqda. Boshqaruv 
lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 26 foizga, 
tadbirkorlikda 25 foizga yetdi. Bu faqat vakillik 
hokimiyati tarkibida xotin-qizlar ulushi, xolos. 
Bundan tashqari, tegishli lavozimlarga xotin-
qizlar nomzodini shakllantirish ham mana shu 
yo‘nalishdagi vazifalarning bir qismi hisoblanadi. 
Ya’ni, rahbarlikka zaxira kadrlarni shakllantirishda 
xotin-qizlardan istiqbolli kadrlar ro‘yxatini tuzish 
ham ularni rahbarlikka tayyorlashning tizimli 
IJTIMOIY FANLAR


109 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
mexanizmi bo‘layapti. Ushbu yo‘nalishdagi 
raqamlarga e’tibor bersak rahbarlikka zaxiraga 
olinganlar 2016-yilda 3 ming nafarni tashkil etgan 
bo‘lsa, 2021-yilda ularning soni 15 mingdan oshdi
2

Bularning barchasi xotin-qizlardan rahbarlikka 
tayyorlashning o‘ziga xos institutsional mexanizmi 
hisoblanadi.
Davlatimiz 
rahbari 
tashabbusi 
bilan 
ijtimoiy faol xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, 
ularning el-yurt oldida ko‘rsatgan xizmatlarini 
munosib rag‘batlantirish bo‘yicha tizimli ishlar 
amalga oshirilayapti. Davlat rahbarining 2018-
yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash 
va oila institutini mustahkamlash sohasidagi 
faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi farmoniga asosan O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 
2-apreldagi “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishonini ta’sis 
etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida 
Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Mazkur 
qarorga ko‘ra, “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan 
jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik 
ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning 
shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, 
onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa 
qo‘shgan, shuningdek, sog‘lom va barkamol avlodni 
voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol 
g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda 
ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy 
qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish borasida ibratli 
faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar taqdirlanadi
3

Bunday mukofot bilan yaxshi farzandlarni 
tarbiyalab voyaga yetkazgan ayollar, jumladan, uy 
bekalaridan 2018-yilda 855 nafari, 2019-yilda 290 
nafari, 2020-yilda 287 nafari, 2021-yilda 278 nafari, 
2022-yilda 282 nafar taqdirlandi. Mana bu ham 
tariximizda bo‘lmagan siyosat edi
4

“Ayollar daftari” bilan manzilli ishlash, 
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, 
ular o‘rtasida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, 
ayollarimiz ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, 
munosib ish topishlariga har tomonlama 
ko‘maklashish, ularning muammolarini o‘rganish 
va hal etish borasida amalga oshirilayotgan sa’y-
harakatlar hamda erishilayotgan natijalar oshib 
borayapti
5
. Magistratura bosqichida o‘qishini 
2 Сафоев С. “Ўзбекистон мўъжизаси”: ижтимоий халқпарвар давлат барпо этиш — бош мақсадимиз//Янги Ўзбекистон. -2021 йил, 24 декабрь, 260-сон.
3 Toshqorayeva M. Uy bekalari ham “Motabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishi mumkin// https://uza.uz/uz/posts/uy-bekalari-ham-motabar-ayol-kokrak-nishoni-bilan-taqdirlanishi-
mumkin_238530
4 Safoyev S. “O‘zbekiston mo‘jizasi”: ijtimoiy xalqparvar davlat barpo etish — bosh maqsadimiz//Yangi O‘zbekiston. -2021-yil, 24-dekabr, 260-son.
5 Shundagina Yaratgan bizdan rozi bo‘ladi – Shavkat Mirziyoyev ayollarni baxtli qilish haqida// https://xs.uz/uzkr/post/shundagina-yaratgan-bizdan-rozi-boladi-shavkat-mirziyoev-ayolni-
bakhtli-qilish-haqida
6 Safoyev S. “O‘zbekiston mo‘‘jizasi”: ijtimoiy xalqparvar davlat barpo etish — bosh maqsadimiz//Yangi O‘zbekiston. -2021-yil, 24-dekabr, 260-son
7 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi “Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoz qizlar va boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar oliy ta’lim olishini 
moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 585-son qarori// https://static.norma.uz/documents/doc4/585.pdf.
8 Abduazimova L. Yolg‘iz ayollarga oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishlari uchun kontrakt puli to‘lab beriladi// https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/elgiz_aellarga_oliy_uquv_yurtlarida_
talim_olishlari_uchun_kontrakt_puli_tulab_beriladi
9 Safoyev S. “O‘zbekiston mo’jizasi”: Ijtimoiy xalqparvar davlat barpo etish — bosh maqsadimiz//Yangi O’zbekiston. -2021-yil, 24-dekabr, 260-son.
davom ettirgan talaba-qizlar soni 2019-yil 4 ming 
488 nafarni, 2020-yilda 12 ming 855 nafarni, 2021-
yil 13 ming 600 nafarni tashkil etadi
6
. O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 
17-sentyabrdagi “Ota-onasi yoki ularning biridan 
ayrilgan muhtoz qizlar va boquvchisi yo‘q yolg‘iz 
ayollar oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-
quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 585-son 
qarori
7
bilan ota-onasi va ularning biridan ayrilgan 
muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar 
oliy ta’lim olishlarini moddiy jihatdan qo‘llab-
quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 
Qorakalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, 
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab har yili o‘qishga 
kirgan 25 nafardan hamda 2-4-kurslarda tahsil 
olayotgan 75 nafar (har bir kursdan – 25 nafardan), 
jami 100 nafar xotin-qizlar uchun kontrakt 
summasini to‘rt o‘quv yilining yakunlanguniga 
qadar to‘lab beradi. Moliyaviy barqaror oliy ta’lim 
muassasalari kengashlarining qaroriga muvofiq 50 
nafargacha xotin-qizlar birinchi o‘quv yilida bepul 
o‘qitib beriladi. Bunda abituriyentlarga ikkinchi va 
undan keyingi o‘quv yillari uchun ta’lim kreditlari 
rasmiylashtiriladi. Hokimiyatlar o‘z hududlaridagi 
talabgorlar uchun uchinchi shaxs kafilligini beradi 
va o‘qishni tamomlagandan so‘ng ularni ish 
joyi bilan ta’minlaydi. Talabgorlarni tanlab olish 
quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi: otasi 
yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan 
muhtoj qizlar; boquvchisi yo‘q ehtiyojmand yolg‘iz 
ayollar
8
. Bazaviy to‘lov-kontrakt asosida davlat 
oliy ta’lim muassasasiga qabul qilingan, ota-onasi 
yoki ularning biridan ayrilgan 1 ming 431 nafar 
muhtoj qiz, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar uchun 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, 
viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hisobidan 
to‘lov-kontrakt pullari to‘lab berildi
9

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda 
ayollarning izchil islohotlar jarayonidagi, davlat 
va jamiyat boshqaruvidagi ishtiroki kuchayib 
borayotgani ularga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor, 
xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash 
maqsadida yaratilgan mustahkam qonunchilik 
bazasining amaliy ifodasidir.
IJTIMOIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
110 
GLOBALLASHUV DAVRIDA YOSHLAR 
IJTIMOIY FAOLLIGINI YUKSALTIRISHNING 
INNOVATSION OMILLARI
Orif Shukurov -
mustaqil tadqiqotchi, Jizzax davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya: Maqolada bugungi globallashuv sharoitida yoshlarning jamiyatning turli sohalarida 
faolligi va ijtimoiylashuv xususiyatlarini shakllanishi tadqiq qilingan, uni yanada takomillashtirish 
bo‘yicha tavsiya va tavsiflar berilgan.
Аннотация: В статъе рассматривается активност молодежи в различных сферах 
жизни общества и формирование характеристик социализации в условиях современной 
глобализации, даются рекомендации и характеристики по ее далнейшему совершенствованию.
Abstract: The article examines the activity of young people in various spheres of society and the 
formation of socialization characteristics in the conditions of today's globalization, recommendations 
and descriptions are given for its further improvement.
Kalit so‘zlar: globallashuv, yoshlar, dunyoqarash, jamiyat, islohotlar, ijtimoiylashuv, innovatsiya, 
tashabbus, mas’uliyat.
Ключевые слова: глобализация, молодеж, мировоззрение, общество, реформы, 
социализация, инновации, инициатива, ответственност.
Keywords: globalization, youth, outlook, society, reforms, socialization, innovation, initiative, 
responsibility.
Bugungi 
globallashuv 
sharoitida 
yoshlarning jamiyatning turli sohalarida faolligi 
va ijtimoiylashuv xususiyatlarini shakllanishi, 
rivojlanishi va amal qilish qonuniyatlari 
tadqiq qilish, uni yanada takomillashtirish 
bo‘yicha nazariy jihatdan asoslangan va 
yangi xususiyatlari hisobga olingan tavsiya va 
tavsiflar ishlab chiqish o‘ta dolzarb vazifaga 
aylanmoqda. Bugungi kunda islohotlarning 
yangi bosqichga ko‘tarilgan davrida jamiyatda 
yoshlarning Vatanga sadoqat bilan xizmat 
qilish, irodalilik, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, 
bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion 
fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni 
shakllantirish, ma’naviy jihatdan ma’suliyatini 
shakllantirish muhim masala hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida 
zamonaviy sharoitda islohotlar amaliyotini 
samarali ta’minlashda yoshlarning ijtimoiy 
hayotdagi faolligini yuksaltirish, fuqarolik 
mas’uliyati va innovatsion tashabbuskorligini 
oshirish lozimligi yuzasidan quyidagilarni 
ta’kidlaydi: “Umuman, har qanday jamiyat 
taraqqiyotida uning kelajagini ta’minlaydigan 
yosh avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib 
voyaga yetishi hal qiluvchi o‘rin tutadi. Shu 
1 Мирзиёев Ш. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига мурожаатнома. 29 декабрь, 2020 й. www.uza.uz
2 Саитова Л., Файзуллаева С. К вопросу о взаимосвязи культуры труда и духовного роста человека 
//Общественные науки в Узбекистане, 1997. -№1-2. -С. 37.
sababli biz islohotlarimiz ko‘lami va samarasini 
yanada oshirishda har tomonlama yetuk, 
zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, 
azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlarimizga 
tayanamiz”
1
.
Zamonaviy sharoitda jamiyat hayotini 
har tomonlama rivojlantirishda yoshlarning 
ijtimoiy faolligini yuksaltirish, fuqarolarni 
davlat tomonidan amalga oshirilayotgan 
islohotlarning 
bevosita 
ishtirokchisiga 
aylantirish dolzarb ahamiyatga molik masaladir. 
Jamiyatda islohotlar samaradorligini oshirish, 
davlat va jamiyatning har tomonlama va 
jadal rivojlanishini ta’minlash, mamlakatni 
modernizatsiyalash va hayotning barcha 
sohalarini 
erkinlashtirishda 
yoshlarni 
innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash 
va ularni ijtimoiy jarayonlarning to‘laqonli 
ishtirokchisiga aylantirish taraqqiyotga oid 
tamoyillarni amaliy asoslarini namoyon 
bo‘lishiga xizmat qiladi. Shu ma’noda “Mehnat 
unumdorligini oshirish, sifatini yaxshilashga 
va insonning ijodiy tashabbuskorligiga 
ko‘maklashuvchi inson omilini faollashtirish 
ushbu ijtimoiy iqtisodiy va ma’naviy 
vazifalarning to‘g‘ri, ilmiy asoslangan holda 
qo‘yilishi bilan bog‘liqdir”
2
.
IJTIMOIY FANLAR


111 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
Jamiyatda yoshlar ijtimoiy faolligini 
yuksaltirishda ularni ijtimoiy, iqtisodiy siyosiy, 
huquqiy va ma’naviy bilimlarini rivojlantirish, 
ma’rifiy jihatdan tarbiyalash, ularni zamonaviy 
ijtimoiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish 
bilan bog‘liq qonuniyatlar amal qiladi. 
Yoshlar bilan bog‘liq tizimlarni rivojlantirishni 
ta’minlashning 
mexanizmlari 
amaliyotga 
tadbiq etishda yoshlarning ma’suliyatsizligini 
vujudga kelishining oldini olish, bu sohadagi 
mavjud muammolarni o‘rganish, ularni hal 
etish bo‘yicha ilmiy xulosalarni berish tadqiqot 
ishining asosiy maqsadi hisoblanadi.
A.Saitkasimovning 
ta’kidlashicha, 
“Fuqarolarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, 
ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini bugungi kun 
nuqtai nazaridan tahlil qilish, uni jamiyat siyosiy 
jarayonlarida o‘ziga xos o‘ringa ega ekanligini 
hamda mamlakatda barqaror muhitni asrash 
borasida asosiy vazifalardan birini bajarishi 
bo‘yicha tegishli xulosalarni berish muhim 
ahamiyatga ega masala hisoblanadi. Bu 
esa, o‘z navbatida jamiyatda sog‘lom muhit, 
sog‘lom turmush tarzini, xalqimizning tinchligi, 
osoyishtaligi, faol mehnat munosabatlari va 
ijodiy salohiyatini shakllantirish va rivojlantirib 
borish bilan bog‘liq jarayondir”
3
.
Shuningdek, 
yoshlar 
ongidagi 
destruktiv qarashlarning o‘rnini konstruktiv 
g‘oyalar bilan to‘ldirish jamiyatda ijtimoiy 
barqarorlikni 
ta’minlashning 
asosiy 
mezonlaridan biri hisoblanadi. Jamiyatda 
ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash jarayonlari 
o‘ziga xos falsafiy qonuniyatlar bilan bog‘liq 
bo‘lib, mazkur jarayon jamiyatning turli 
sohalarida yoshlarning faolligini innovatsion 
shakllantirish muammolarini nazariy va amaliy 
jihatlarini qamrab oladi. Jamiyatda vujudga 
kelishi mumkin bo‘lgan yoshlar hayotidagi 
ma’naviy beqarorlik jarayonlari ijtimoiy hayot 
rivojlanishida salbiy rol o‘ynaydi, shuning uchun 
yoshlarning ma’naviy xavfsizligini ta’minlash 
borasida ham muhim chora-tadbirlarni 
takomillashtirish lozim bo‘ladi.
Yoshlar ma’naviy xavfsizligini ta’minlash 
ularni jamiyat barqaror taraqqiyotidagi ijtimoiy-
ma’naviy mas’uliyatini oshiradi, natijada 
taraqqiyotga oid muhim tamoyillar vujudga 
keladi. 
D.Ernazarovning 
ta’kidlashicha, 
“Shuni alohida ta’kidlab aytish lozimki, milliy 
xavfsizlik tushunchasi o‘z ichiga davlatning 
hayotiy faoliyatlarining ravnaqini ta’minlovchi 
3 Саиткасимов А. Жамият барқарорлиги ва шахс масъулияти. -Тошкент, Тафаккур, 2013. –Б. 3.
4 Эрназаров Д. Фуқаролик жамияти миллий хавфсизликнинг яхлит тизими сифатида //Ижтимоий фикр. Инсон ҳуқуқлари. –Тошкент, 2006. -№2. –Б. 87.
5 Маматюсупов Б. Ҳуқуқий маданият эндоген хусусиятларининг шахс ижтимоий фаоллигига таъсири. Фалсафа фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси 
автореферати. Тошкент, 2018. 13-14 бетлар.
barcha siyosiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy 
va boshqa sohalardagi stabillik darajasini 
ta’minlanganligi, ya’ni ularning rivojlanishida 
tashqi va ichki salbiy ta’sirlarning xavf 
solmasligidir. Fuqarolik jamiyati esa ana 
shunday xavf-xatarlarni o‘z vaqtida anglashi va 
ularga qarshi kurashish strategiyasini belgilab 
berishi lozim”
4

Yoshlarning 
ijtimoiy-siyosiy 
jarayonlardagi ishtiroki, ularning huquqiy va 
ma’naviy faolligini oshirishda mamlakatimizda 
fuqarolar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, davlat, 
jamoat, nodavlat va notijorat tashkilotlarining 
o‘ziga xos mas’uliyati, vazifalari va xatti-
harakatlari muhim ahamiyatga egadir. Bu 
esa, o‘z navbatida jamiyatda sog‘lom muhit, 
sog‘lom turmush tarzini, xalqimizning tinchligi, 
osoyishtaligi, faol mehnat munosabatlari va 
ijodiy salohiyatini shakllantirish va rivojlantirib 
borish bilan bog‘liq jarayondir.
Ijtimoiy 
faolligini 
shakllantirishning 
muhim 
xususiyatlaridan 
biri 
yoshlar 
mas’uliyatini yuqori bo‘lishidir. Jamiyatda 
ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal 
etishda yoshlar o‘zlarining faolligini namoyon 
etishi ularning tafakkuri, innovatsion bilimlari, 
ma’naviy qarashlari, axloqiy tarzidan, milliy 
manfaatlarni anglashidan kelib chiqadi. 
B.Mamatyusupovning ta’kidlashicha, “Ijtimoiy 
faollik ostida ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan 
vazifani qabul qilish, qayta qurish yoki yangidan 
izohlash bilan bog‘liq xulq-atvor usullari va 
harakatlarini tushunish kerak bo‘ladi”
5
.
Yoshlarni jamiyat ijtimoiy barqarorligini 
ta’minlashda innovatsion faolligini oshirish 
xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
- yoshlar ijtimoiy va siyosiy faolligi, 
ma’naviy va huquqiy mas’uliyatining ijtimoiy 
hayot bilan bog‘liq omillar hisoblanadi;
- yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishda 
ijtimoiy-siyosiy institutlarning roli va ahamiyati 
katta hisoblanadi;
- jamiyatning ijtimoiy barqarorligini 
ta’minlash, 
modernizatsiya 
jarayonlarini 
amalga oshirishda yoshlar ijtimoiy faolligining 
o‘rni muhim hisoblanadi;
- jamiyatning turli sohalarida yoshlar 
ma’suliyatini shakllantirish muammolarini 
nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etib borish 
va bu borada sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish 
muhim jarayondir.
IJTIMOIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
112 
ILMIY BILISH IMKONIYATLARI 
MASALALARIGA DOIR MULOHAZALAR
Xulkar Raxmatullayevna Abdullayeva -
mustaqil tadqiqotchi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi Ijtimoiy 
tadqiqotlar instituti 
Annotatsiya: Maqolada ilmiy bilish imkoniyatlari keng va batafsil tahlil qilingan. Falsafiy tafakkur 
tarixida bilish imkoniyatlari masalasi tadqiq etiladi. Shuningdek, zamonaviy faylasuflardan T.Kun, 
M.Polani, K.Popper kabi olimlarning ilmiy va falsafiy yondashuvlari tahlil qilingan. Maqolada inson 
bilimlarining chegarasi, ilmiy bilimlar rivoji, paradigma, tafakkurni tejash, demarkatsiya, verifikatsiya 
va falsifikatsiya tamoyillariga urg'u qaratilgan. 
Аннотация: В статъе широко и подробно анализируются возможности научного 
познания. Глубоко исследуется вопрос о возможностях познания в истории философской 
мысли. В статъе также проанализированы научно-философские взгляды таких современных 
философов как Т. Кун, М. Полани, К. Поппер и др. В статъе рассматриваются возможности и 
границы научного познания, развитие научного знания, парадигма, демаркация, принципы 
верификации и фалсификации. 
Abstract: The article broadly and in detail analyzes the possibilities of scientific knowledge. The 
question of the possibilities of cognition in the history of philosophical thought is deeply investigated. 
The article also analyzes the scientific and philosophical views of such modern philosophers as T. 
Kuhn, M. Polanyi, K.Popper and others. The article discusses the possibilities and boundaries of 
scientific knowledge, the development of scientific knowledge, paradigm, demarcation, principles 
of verification and falsification.
Kalit so'zlar: ilmiy bilish, narsa o'zida, narsa biz uchun, demarkatsiya, verifikatsiya, 
konvensionalizm, falsifikatsiya, prolifiratsiya, paradigma 
Ключивые слова: научное познание, вещ в себе, вещ для нас, демаркация, верификация, 
конвенционализм, фалсификация, пролифирация, парадигма 
Keywords: scientific knowledge, thing in itself, thing for us, demarcation, verification, 
conventionalism, falsification, proliferation, paradigm
Bilish masalasi azal-azaldan asosiy 
falsafiy muammolari qatoridan o'rin olib 
kelgan. Falsafaning boshida turgan Fales 
ham, Anaksagor ham, harakatning yo'qligini 
tasdiqlagan metafiziklar ham biz nimani 
bilishimiz va qanday bilishimiz haqida bosh 
qotirgan. Bu masalaga ilk bor Eley maktabi 
vakillari murojaat qilgan, jumladan, Parmenid 
borliqni “haqiqiy borliq” va “fikriy borliq”qa 
ajratgan
1
. “Haqiqiy borliq“ o'zgarmas va 
abadiy, shuningdek, uni bilish inson bilish 
imkoniyatlaridan tashqarida, “Fikriy borliq” 
o'zgaruvchan, bu borliqni inson bilishga qodir. 
Chunki insonning olamni anglashi subyektiv 
qarashlardan kelib chiqadi. Bu fikrni sofistlar 
ham yoqlaydi. “Inson jamiki narsalarning 
mezonidir, yaʼni insonlar bor deb hisoblaydigan 
narsalar mavjud, insonlar yo'q deb hisoblaydigan 
narsalar mavjud emas”
2

Keyingi izlanishlarda esa asosiy urg'u 
1 Фрагменты ранних древнегреческих философов В 2 ч. Ч.1. М.1989 Стр.274.
2 Диоген Лаэртский. О жизни, учениях и изречениях знаменитых философов. М.Мысль. 1986.С.375
3 O'sha asar, S.61
4 O'sha asar, S.84
bilish shakllarining ustunligi masalasida bordi. 
Bu masalani ilk bor atomchilar maktabining 
yirik vakili Demokrit ko'tardi. Uningcha, mantiqiy 
bilishning, yaʼni aqliy bilishning imkoniyatlari va 
ahamiyati, hissiy bilishnikiga nisbatan ko'p. Shu 
sababli u aqliy bilishni haqiqiy deb baholaydi. 
Hissiy bilishni esa qorong'u yoki nomaʼlum 
sifatida etirof etadi. Hissiy bilishda u beshta 
sezgi aʼzolari orqali olinadigan bilimlarni 
tushunadi. Uningcha bilishning nomaʼlum 
shakli ish bermay qolsa, bilishning birinchi 
shakli ishga tushadi
3
. “Ko'zga ko'rinmagan har 
qanday narsa ustidan aql hukmron”
4
. Bu yerda 
shuni ham aytish kerakki, Demokrit yaratgan 
atomlar ko'zga ko'rinmas zararalar bo'lib, ularni 
faqat aql mushohadasi orqali borligini aniqlash 
mumkin.
Bilish masalasi borasida ilk faylasuflarning 
qarashlari keyingi avlod faylasuflarining 
qarashlarida ham keskin bahs-munozaralarga 
IJTIMOIY FANLAR


113 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
sabab bo'ldi. Yangi davr falsafasida eng dolzarb 
masalalar qatorida muhokama etildi. Chunki 
fan taraqqiyoti, ilmiy bilishning rivoji shuni 
taqozo qildi. Dekart, Lokk, Bekon, Yum, Kant 
bilishda aql va hissiy bilishning imkoniyatlari 
haqida ko'plab mulohazalar bildirdilar. Aynan 
shu davrda tajribaviy bilish shakli yuzaga 
keldi. Dekart bilishda aql va ratsional bilishni, 
Lokk sezgilarni birinchi o'ringa chiqardi. Bekon 
tajribaviy bilimni haqiqiy bilish asosi sifatida 
yoqlab chiqdi. Ammo bu boradagi eng katta 
yetuk va tugallangan asar nemis mumtoz 
faylasufi I.Kantga tegishli edi. Kant bilish 
masalasini chuqur tahlil qildi va insonning bilish 
imkoniyatlari chegaralanganini ilgari surdi. U 
“narsa o'zida” va “narsa biz uchun” taʼlimotini 
yaratdi. His-tuyg'ular orqali anglashiladigan 
narsalar “narsa biz uchun”, insonning his-
tuyg'ularidan tashqaridagi haqiqatda mavjud, 
ammo biz bilishimiz mumkin bo'lmagan 
narsalar “narsa o'zida”. “Biz ularni bilish 
imkoniyatiga ega emasmiz, lekin “narsa o'zida” 
sifatida mavjud deb fikrlashga xaqlimiz”
5

Ammo shu bilan birga Kant yana bir narsani 
taʼkidladi, “narsa biz uchun”ni o'rganishda inson 
juda uzoqqa borishi, katta yutuqlarni qo'lga 
kiritishi mumkin. 
Keyingi davr bosqichida ilmiy bilish 
imkoniyatlari va chegara masalalari Maxning 
“tafakkurni tejash” prinsipida, Puankarening 
konvensionalizmida, Popperning falsifikatsiya, 
Vena to'garagining verifikatsiya tamoyilida, 
Kunning paradigmal konsepsiyalarida namoyon 
bo'ldi. 
XX asrning boshiga kelib ilmiy bilish 
asosiy falsafiy va ilmiy muammoga aylandi. 
To'g'ri, biz yuqorida ularning antik davrdan 
boshlanganligini aytib o'tdik. XX asrga kelib esa 
bu muammo yangicha postnoklassik qiyofa 
kasb eta boshladi. K.Popperning fikricha, bu 
muammo Kant davridayoq “bilish nazariyasining 
asosiy muammosi”ga aylangan va unda 
induksiya muammosi singari epistemologik 
muammolar manbai yashiringan”
6
. Popper 
chegarani belgilashni asosiy maqsad deb 
hisobladi: “bir tomondan empirik fanlar, ikkinchi 
tomondan matematika, mantiq fanlari bilan 
myetafizik tizimlar o'rtasida bo'lgan chyegarani 
aniqlashni men demarkatsiya muammosi deb 
hisoblayman”
7

Ularning asosiy maqsadi ratsionallikning 
o'rnini belgilash va uni madaniyatning va 
tafakkurning barcha sohalariga tatbiq etishdan 
iborat bo'lib, falsafaga qarshi qaratildi. Shunday 
bo'lsada, bu davrda fanning chegaralari hali 
aniq quyilmagan, Spenserning fanni tabiiy 
qonuniyatlar sifatida tushunib ,”... hech qayerda 
5 Кант И. Критика чистого разума. 2017. Изд.Аст. С.29
6 Поппер К. Логика научного исследования. 2005. С. 35
7 Поппер К. Логика научного исследования.М.2005. С.55
8 Спенсер Г. Основные начала. СПб., 1899. С. 10.
9 Пуанкаре А. «О науке». М., 1990. С. 277.
10 Carnap R Uberwindung der Metafizik durch logische Analse der Sparche // Erkenntnis Bd2 1931
mana bu yerda fan boshlanadi, deya ko'rsatib 
bo'lmaydi”
8
degan fikrlarini uchratamiz. 
Bunday urinishlarning birinchisi E.Max 
tomonidan ilgari surildi. U “Tafakkurni tejash” 
prinsipi orqali fanni faqat tavsiflovchi bo'lishi 
lozimligini taʼkidladi. Rivojlangan fanda 
izohlashning keragi yo'q, fan faqat voqealarni 
tavsiflashdan nariga o'tmasligi kerak. Bu bilan 
Max Yum va Berklining izidan ketdi. 
Maxning fikricha, fizik tushunchalar 
narsalarning asl mohiyatini ochmaydi, chunki 
ular subyektiv. 
Bu davrda vujudga kelgan yana bir yo'nalish 
konvensionalizm degan nom oldi. Uning vujudga 
kelishiga tabiiy bilimlarni nazariy tusga ega 
bo'la boshlagani, ilmiy tushunchalar nazariyalar, 
qonunlarning shakllanishi va olimlarning bir 
qarorga kelgan holda ish yuritishi lozimligi 
sabab bo'ldi. Konvensionalizm (lot.conventio 
– kelishuv) falsafiy konsepsiya bo'lib, ilmiy 
nazariyalar obyektiv olamning inʼikosi emas, 
balki olimlarning kelishuvi sifatida namoyon 
bo'lishi tushunildi. Konvensionalizmning yirik 
vakili va asoschisi fransuz matematigi va fan 
metodologi A. Puankare (1854- 1912), narsalar 
o'rtasidagi aloqadorlikni narsalar mohiyatidan 
farqladi. Aloqadorlikni anglasa bo'ladi, narsalar 
tabiati va mohiyatini yo'q. «Narsalar tabiatini 
bizga nafaqat fan balki boshqa biror narsa 
ham ochib bera olmaydi. Agar bu narsani xudo 
bilganida ham, u buni izohlash uchun so'z topa 
olmagan bo'lardi»
9

XX asrning 30-yillariga kelib masala 
shu qadar qizg'in tus oldiki, natijada fan va 
falsafa o'rtasidagi chegaraning ifodasi yaqqol 
namoyon bo'la boshladi. Ulardan biri “Vena 
to'garagi” pozitivistlari tomonidan ilgari surilib, 
vyerifikatsiya tamoyiliga asoslandi. Verifikatsiya 
tamoyili ilmiylikni belgilovchi vosita bo'lib, unga 
asosan, har qanday fikr hissiy bilish asosida 
qurilsa va tajribada sinalishi mumkin bo'lsa, 
unda u haqiqiy sanaladi. Tajribada sinab ko'rish 
mumkin bo'lmagan fikrlar esa mohiyatsiz 
hisoblanadi. Ilmiylikni belgilovchi faktlar 
qanchalik ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi. 
Verifikatsiya tamoyili paydo bo'lgandanoq 
mag'lubiyatga uchray boshladi. Chunki ular 
mohiyat bilan ilmiylikni bir deb baholashdi. 
Sezgilarga asoslanmagan va ideallashtirilgan 
obyektlarni ifodalovchi ilmiy termin va fikrlar 
mohiyatsiz hisoblanardi
10
.
Popper ilmiylikni belgilashda verifikatsiya 
tamoyiliga qarama-qarshi bo'lgan falsifikatsiya 
tamoyilini ilgari surdi. Popperning falsifikatsiya 
tamoyili, 
ilmiy 
bilimlar 
rivoji 
undagi 
nazariyalarning inkor etilishi bilan bog'liq. 
Agar nazariyalar tekshirilib inkor etilishi 
IJTIMOIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
114 
mumkin bo'lmasa, unda u fandan, ilmiylikdan 
tashqarida. Olimlar ehtimolli nazariyalarni 
ishlab chiqmasliklari kerak. Aksincha nazariya 
qanchalik axborotlashgan, mazmunli va kuchli 
bo'lsa, uning ehtimolliligi chegaralanadi va 
unda inkor etish uchun barcha asoslar mavjud 
bo'ladi. Nazariyalarning doimiy ravishda 
inkor etilishi bu ilmiy bilimlarning o'sishi va 
murakkablashuviga olib keladi. 
Popper ilmiy bilish o'sishini quyidagicha 
izohlaydi. P 1 –TT –EE - P2. Bunda P1 - birinchi 
muammo, TT – nazariyalar, EE – nazariyaning 
inkor etilishi, R2 yangi yanada chuqur 
muammoki, uning yechilishini boshqa yangi bir 
nazariya taʼminlashi kerak
11
.
“...empirik yoki ilmiy deb men faqat tajriba 
orqali sinalishi mumkin bo'lgan tizimlarnigina 
tushunaman. 
Bunga 
ko'ra 
verifikatsiya 
emas, balki falsifikatsiya chegaralash, yaʼni 
demarkatsiya hisoblanishi lozim. Boshqacha 
qilib aytganda, ilmiy tizimdan ijobiy mohiyat 
bilan ajralib chiqishni emas, balki salbiy 
tomonlar yuzaga chiqishiga zamin yaratishimiz 
kerak: empirik ilmiy tizimga tajriba orqali inkor 
etish xususiyati xos bo'lishi kerak”
12

Tomas Kunning falsafasida asosiy o'rinni 
paradigma konsepsiyasi egallaydi, paradigma 
bu ilmiy izlanishlarning, birinchi navbatda ilmiy 
umumlashmaning, maʼlum bir vaqtda qo'yilgan 
nazariyaning umumlashmasi hisoblanadi. 
Bunda Kun qonun va prinsiplarda aks etgan 
bilimlarnigina nazarda tutmaydi. Olimlar, 
paradigmaning yaratuvchilar, bir nazariya va 
qonunni ishlabgina qolmasdan, muammolarni 
qanday yechish kerakligini ham ko'rsatadi, yaʼni 
ular maʼlum ilmiy tadqiqotning vazifalarning 
asosini, uning namunaviy dasturini va 
standartlarni ishlab chiqadi. Masalan, Nyuton 
yorug'lik korpuskulyar nazariyasini ishlab chiqish 
bilan birga quyosh yorug'ligining murakkab 
tuzilishga ega ekanligini ko'rsatdi va shu bilan 
uni qanday aniqlash mumkinligini izohlab berdi. 
Paradigma ilmiy tadqiqotning bajarilishi uchun 
maʼlum fan sohasida namunalar beradi. Bu 
ham hammasi emas. Kun dunyoning maʼlum 
ko'rinishini aniqlar ekan, paradigma faqat shu 
asosdagi muammolarni yoritadi. Bu aylanaga 
kirmay 
qolgan 
muammolar 
paradigma 
tarafdorlari uchun muhim hisoblanmaydi. 
Kun buyicha, fan taraqqiyotida normal va 
ilmiy revolyutsiyalar payti mavjud. Normal fan 
umumtasdiqdan o'tgan paradigma tarkibida 
rivojlanadi. Bunda olimlar maʼlum qoidalar, 
standartlarga asosan ilmiy muammoni yechib 
boradilar. Agar nazariy farazlar bilan faktlar 
bir-biriga to'g'ri kelmasa, bu holat “anomaliya” 
hisoblanadi, lekin nazariyalardan voz kechishga 
bu narsa to'siq bo'la olmaydi. Lekin bu 
anomaliyalar ko'payib boradi va natijada krizis 
11 Поппер. К.Р. Логика и рост научного знания М.1983 С. 455
12 Поппер К.Р.Логика научного исследования. 2005. С.63
13 Кун Т. Структура научных революций М.1975. С.20
14 Микулинский С.Р.Маркова Л.А. Чем интересна книга Т.Куна. Структура научных революций М.1975.С.281-282
yuzaga kelib ilmiy inqilobni keltirib chiqaradi. 
Bu davrda eski paradigmaning o'rniga yangi 
paradigma hosil qilinadi. Yangi paradigma 
ratsional tarzda emas, balki ijtimoiy psixologik 
jihatdan tanlanadi. Yaʼni uning mohiyatiga, 
obyektivligiga emas, balki normal fan uchun 
asos bo'la oladigan, namuna bo'la oladigani 
tanlanadi. 
Verifikatsiya va falsifikatsiya tamoyillarida 
fan va falsafa o'rtasida qatʼiy chegara 
belgilangan bo'lsa, Kunda metafizika va fan 
o'rtasida chegara yo'q. Uning metodologiyasida 
metafizika ilmiy tadqiqotning boshi: u ilmiy 
nazariyalarda aynan mavjud va ko'rinmas holda 
tadqiqot natijalarida ham aks etadi, hattoki 
fan faktlariga xam kirib ketadi. “Sermahsul 
tadqiqot ilmiy umumlashma biror bir quyidagi 
savollarga javob topmasdan ilgari boshlana 
olmaydi. Yaʼni Koinot tarkibidagi fundamental 
birliklar qanaqa? Ular bir-biri va sezgi organlari 
bilan qanday munosabatda? Olim bunday 
mohiyatlarni ochish uchun qanday usullarni 
ishlab chiqishi va qanday savollarni qo'yishga 
haqli?”
13
Eʼtibor beraylik, mantiqiy pozitivistlar 
falsafani bemohiyat fanga aylantirib qo'ygan 
bo'lsa, Kun falsafani ilmiy bilimlarning asosi 
qilib olmoqda. 
Kun fan va ilmiy bilimlar o'sishini tahlil 
qilar ekan, unga bir tomonlama emas, balki 
kreativ nuqtayi nazardan yondashdi. “Ilmiy 
berilgan”ni tahlil etish uchun Kun tashqi 
“stimullar”ni ajratadi, yaʼni inson organizmiga 
taʼsir qiluvchilarni va hissiy taassurotni 
farqlaydi. “Ilmiy berilgan” yoki “fakt”lar aynan 
hissiy taassurot xisoblanadi, “tashqi stimul” 
emas. Olimning biror narsadan taʼsirlanishi va 
qanday “fakt”larni zaruriy deb belgilashi uning 
tarbiyasiga, maʼlumotiga va o'zi ishlayotgan 
pardigmaning chegaralariga bog'liq bo'lib 
hisoblanadi. Demak, bu yerda Kun ilmiy 
izlanishlar negizida tashqi omillar yotishini 
taʼkidlaydi. Kunning bu fikri bizning nazarimizda 
Polanining fikrlariga asoslanadi. Chunki Polani 
Popperdan farqli o'laroq, fan rivoji ichki emas, 
tashqi diterminatsiya asosida rivojlanishini 
taʼkidlaydi. Bunga baʼzilar quyidagicha taʼrif 
beradilar. “Kun o'z ilmiy umumlashmasi 
orqali inson konsepsiyasini kirgizar ekan, fan 
falsafasi bor-yo'g'i g'oyalar tarixi hisoblangan 
internalistik konsepsiyaga qarshi chiqadi. 
Bu narsa unga fan rivojini immanent talqin 
qilishdan tashqariga olib chiqish imkoniyatini 
berdi, fan rivoji mexanizmini tushuntirishda 
yangi imkoniyatlar ochdi”
14
Anʼanaviy fan falsafasi fan va tarixga 
bilimlar, g'oyalar, gipotezalar, tajribalar rivoji 
sifatida qarab bilish subyektiga eʼtibor 
qaratmas edi. Subyektga ilmiy tadqiqotda rol 
ajratilmagan edi. Masalan mantiqiy pozitivistlar 
IJTIMOIY FANLAR


115 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
bilimlarni faqat obyektiv baholashga harakat 
qilishadi. Aniq insonlar va tarix umuman 
ularning tahlilidan tashqarida edi. Popperda 
ham bu yaqqol ko'rinadi, u o'zining “obyektiv 
bilim” konsepsiyasidan subyektni chiqarib 
tashlaydi. Kun, Polanini fikrlariga asoslanib, 
bu anʼanaga qarshi chiqadi. Uningcha, bilim bu 
mantiqiy dunyoda mavjud narsalar emas, balki 
maʼlum tarixiy davrdagi insonlar miyasidagi 
fikrlardir.
Bir qarashda har qanday yangi paradigma 
olim 
imkoniyatlarini 
kengaytirayotgandek 
ko'rinadi. Ammo bu imkoniyat uni chegaralaydi 
ham. Chunki u paradigmadan tashqariga chiqib 
keta olmaydi. U mohiyatni paradigmadan 
tashqari holatda ham tushuntirib bera olmaydi. 
Yaʼni paradigma olamga bir nuqtayi nazardan 
boqishga normal fan nuqtayi nazaridan 
baho berishga o'rgatadi. Shuning uchun 
uning imkoniyatlari paradigma tashqarisiga 
chiqmaydi
15
. Buni Feyerabend ham taʼkidlaydi
16

Buning uchun paradigmani yangilash lozim 
bo'ladi. Shuning uchun paradigma maʼlum fan 
doirasida katta yutuqlarga sababchi bo'lsa-da, 
uni asosi va kelajagini o'zidan uzib quyadi. Yaʼni 
uning keyingi imkoniyatlarini chegaralaydi.
Ilmiy bilish keng imkoniyatlariga ega 
bo'lishi bu ilm fanni nafaqat boyitishi balki, uning 
yuksak chuqqilarga olib chiqishi mumkinligini 
Feyerabend yoqlab chiqadi. U T.Kunning 
“olimlari asosiy maqsadni, fan maqsadini 
unutishadi”, deb hisoblaydi
17
. Uningcha, bir 
paradigma ustida ish olib borish ilmiy bilimlar 
o'sishini taʼminlay olmaydi. Feyerabend ilmiy 
bilishda imkoniyatlar masalasiga katta o'rin 
ajratadi. Undagi g'oyalar variantlarning ko'pligi 
bilan izohlanadi. U ilmiy bilishni o'stiruvchi 
har qanday g'oyani variant sifatida olishga 
tayyor.”Obyektiv bilish uchun fikrlar xilma xilligi 
nihoyatda muhim. Va bu xilma xillikni yoqlovchi 
har qanday metod yagona va insoniy nuqtayi 
nazaridan eng maqbulidir”
18
. Qaysidir maʼnoda 
Feyrabendning fikrlari Polanining shaxsiy 
bilimlariga teng. Har qanday tahlilda bo'lmasin, 
har qanday g'oya uning yaratuvchisi bilan birga 
yashashga haqli, uning qay biri muhimligini 
olimning o'zi belgilaydi. 
P.Feyerabendning 
bunday 
g'oyalari 
anarxistik konsepsiyasi nomini oldi. U ilmiy 
bilish rivojida mantiq bo'lishi lozimligini butunlay 
inkor etdi. U “Fan taraqqiyotiga taʼsir etuvchi 
yagona prinsip hamma narsa mumkin”
19
prinsipi 
deb hisobladi. Biror nazariyani boshqalardan 
ustun qo‘yish kerak emas, chunki nazariyalar 
har xil tilda, bir-biriga mos bo'lmagan tarzda 
15 Кун Т. Структура научных революций. М. 1975. С152
16 Фейерабенд П. Избранные труды по методологии науки. М., 1986. с.125-467
17 Кун Т. Структура научных революций .Утишение для спициалиста. М.1975.С.281
18 Фейерабенд П. Избранные труды по методологии науки. М., 1986. с.130
19 Фейерабенд П. Избранные труды по методологии науки. М., 1986. с.125
20 Хакен Г. Тайны природы. Синергетика учение о взаимодействии. М.И.2003. С.275
mavjuddir. Barcha paradigmalar bir xil bo'lib, ular 
olimlarning ijodiy fikrini chegaralaydi. Kunning 
“normal” fani vaqtinchalik mutaxassislar 
kallasida yuzaga kelgan g'oyaki, unga qarshi 
kurashish lozim. Fanning rivojlanish yo'li bu 
to'xtamaydigan 
revolyutsiya. 
Feyerabend 
“proliferatsiya”-gipotezalarni 
ko'paytirish 
prinsipini ishlab chiqadi. Ular qancha ko'p bo'lsa 
shuncha yaxshi. Uningcha, fanning progressiv 
ravishda bilimlar to'plashi mumkin emas, chunki 
faqat bir-biri bilan raqobat qiluvchi gipotezalar 
mavjud xolos.
Xaken buni quyidagicha izohlaydi: 
“Dunyoda olimlar juda ko'p, lekin ularning biror 
yangi narsani yaratishi uchun ilmiy potensiali 
ham, imkoniyatlari ham chegaralangan. 
Shuning uchun fan olamida ham muttasil 
kurash ketadi va natijada eng yaxshi va eng 
kuchli g'olib bo'ladi. Xuddi yagona lazer nuri 
yashab qolganidek, kurashlar natijasida faqat 
bir nom, birgina ish eng yuqori pog'onadan joy 
oladi”
20

Xulosa qilib aytganda, olimlar asrlar 
davomida ilmiy bilimlarni tadqiq qilishda 
haqiqatni to'liqroq ochib beruvchi nazariyalar, 
gipotezalar va g'oyalarni izladilar. Inson 
nima uchun biladi, nega bilishga qodir, bila 
oladimi, bila olsa uning chegarasi qayerda, 
ilmiy bilimlar qanday rivojlanadi, ilmiy haqiqat 
nimada namoyon bo'ladi, degan savollarga 
javob topishda olimlar ko'plab izlanishlar olib 
bordilar va bu masalaga doir o'nlab gipoteza 
va nazariyalar ishlab chiqildi. Metodologiya 
o'zgarib, yangilanib bordi. Ilmiy bilishni 
tekshirishga, 
olimlarning 
imkoniyatlarini 
yanada kengaytirishga yo'l ochib bergan 
texnologiyalar 
orqali 
tabiiy 
fanlardagi 
kashfiyotlar, ixtirolar soni oshib bordi. Sunʼiy 
intellektning qo'llanilishi ijtimoiy gumanitar 
fanlar rivojida ham katta yutuqlarga olib keldi. 
Olim hamma narsani tadqiq etishi va gipoteza 
yaratishi mumkin, gipoteza o'z tasdig'ini topsa, 
nazariyaga aylanadi, lekin uni inkor etuvchi 
omillar paydo bo'lsa, u inkor etilishi va o'rniga 
boshqa nazariya kelishi mumkin. Bir paradigma 
doirasidan tashqariga chiqish mumkin emas. 
Gipotezalar o'rtasida doimiy kurash boradi. Tez 
natija ko'rsata oladigan amaliy fanlar ko'proq 
tadqiq etila boshladi. Olimlarning izlanishlari 
natijasida bugungi kunda ko'plab ilmiy 
nazariyalar, gipotezalar yaratildi. Bilim yuksak 
qadriyat sifatida tan olindi. Bilimlar jamiyati 
tomon yuzlanildi. Haqiqatni topish, izlash 
masalasi olimlarning kun tartibida turishda 
davom etmoqda.
IJTIMOIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
116 
FILOLOGIYA FANLARI
ALISHER NAVOIY MEROSINING OMON 
MATJON POETIK MAHORATIDAGI ZUHURI
Manzura Matnazarovna Pirnazarova -
f.f.n., dotsenti, Urganch davlat universiteti
Annotatsiya: Mazkur maqolada Alisher Navoiy ijodining Omon Matjon ijodiga ta’siri masalasi 
yoritib berilgan. O.Matjonning “Ming bir yog‘du” ma’rifiy dostoni mavzusi, tuzilishi, ohangi, badiiyati, 
poetikasi Navoiy an’analari sezilib turishi ko‘rsatib berilgan.
Аннотация: В данной статъе освещается влияние творчества Алишера Навои на 
творчество Амана Матжона. Указывается, что в теме, композиции, мотиве, художественности, 
поэтике просветителского дастана «Минг бир ёгду» (Тысяча и одно сияние) А.Матжона 
обнаруживается влияние традиций Навои. 
Abstract: This article highlights the influence of Alisher Navoi's creative literature on the work 
of Amon Matjon. It is proven that the traditions of Navoi are felt in all of the theme, structure, tone, 
artistry, poetics of Matjon's educational epic “Ming bir yogdu”(One thousand one ray)
Kalit so‘zlar: “Xamsa”, ma’rifiy doston, badiiyat, poetika, ifoda uslubi, hujjat-bayt 
Ключевые слова: «Хамса», просветителский дастан, художественност, поэтика, стил 
выражения, худжат-бейт
Keywords: “Khamsa”, educational epic, literary art, poetics, style of expression, document-verse
Jahon adabiyotining o‘lmas obidalaridan 
biri sanalgan Alisher Navoiyning “Xamsa”sining 
yaratilganiga 500 yil to‘lishi arafasida Omon 
Matjon tomonidan yaratilgan “Ming bir yog‘du” 
ma’rifiy dostoniga taqvimiy xarakterdagi 
asarlardan biri sifatida qaralishiga hech 
qanday asos yo‘q. Shu o‘rinda taqvimiy 
xarakterdagi asar bizning nazarimizda zo‘raki 
ijod mahsuli - g‘oya va badiiyati marosimbozlik 
uchun qurbon berilgan ishlardan ekaniga ham 
urg‘u bermoqchimiz. Shunday ekan, Omon 
Matjonning shoir ruhiyatidagi iztiroblar, qalb 
kechinmalari tasvirlangan ushbu doston 
“Xamsa” yaratilganiga besh yuz yil to‘lishi 
sanalari arafasida bunyod bo‘lgan asardir. 
Bu esa doston tuzilishi, ohangi, badiiyati, 
poetikasi - barcha-barchasida aksini topgan. 
Mazkur asarning “sababi nazmi kitobi” tayin. 
Bunga muallifning o‘zi aniq javob beradi: 
“Olam muttasil aylanib, o‘zini yangilab 
turibdi, lekin juda ko‘p savol va muammolari 
o‘sha-o‘sha. Ulug‘ bobomiz tariximizning, 
madaniyatimizning, 
jahon 
adabiyotining 
gultoji bo‘lgan buyuk “Xamsa”sida bu 
jumboqlarning deyarli barchasiga aniq va 
lo‘nda javobni bundan besh yuz yil burun aytib 
o‘tgan. Biz uchun yaratilgan mazkur asarga, 
ya’ni ushbu nurli merosga biz, albatta, qonuniy 
vorislik g‘ururi bilan qarashimiz zarur”. (MBY, 
47) Shoir vujudini iztirobga solgan, doston 
bitishga undagan omillar quyidagilardir: 1. 
Yangilanayotgan dunyoning eski dardlari. 2. 
Bugungi ijtimoiy va boshqa muammolarga 
besh yuz oldin ko‘rsatilgan yechimlar sari 
intilmaslik sabab va oqibatlari. 3. “Xamsa”ga 
“nurli meros” egasi sifatida qonuniy vorislik 
hissi bilan yondashishimiz va yashashimiz 
zarurligini anglab yetish. 
E’tibor berilsa, muallif “Xamsa”ga 
nisbatan muxtara’ parafraza kabi so`zlarni 
qo‘llaydi: bu so`z nurli meros kabi ma’noni 
ifodalaydi. Doston bitilayotgan paytlarda 
shoir ruhiyatini zulmatga nisbatan cheksiz 
bir nafrat, murosa qilib bo‘lmas darajada 
isyonkorlik hissi chulg‘ab olgan bo‘lsa 
kerakki, dostonning “Ming bir yog‘du” deb 
nomlanganidan tashqari 14 marta (Navoiydan 
keltirilgan iqtiboslardan tashqari) nur va uning 
hosilalarini (sinonimlaridan tashqari) qo‘llaydi. 
Asar mutolaasi ibtidosidayoq asarda qayd 
etilgan uch masala bir-biri bilan omuxta holda 
bayon qilinib borganini sezamiz:
Lekin... nega buncha begonasiraymiz!? 
Toleimizda Nur borligini bilmaganimiz 
uchunmi?
“Avvalo, dostonning “Ming bir yog‘du” deb 
atalib, uning nurga bog‘lanishidayoq hikmat 
bor. Shuningdek tiriklikning mohiyati ham 
nurga borib taqaladi. Tiriklik esa ezgulikka 
ulanadi. Donishmand shoir Alisher Navoiy 
ham nurni oftobning panjalari deb qayd etgan, 
bu panjalarni inson panjalari bilan qiyos 
etgan. Chindan ham, inson qo‘llarida xuddi 
nur kabi harorat bor. Doston muqaddimasi 
“Xamsa”ning o‘zi asrlar osha, jaholat devorlarini 
o‘yib kelgan jozibali nurga o‘xshatilgan. Bosh 
harf bilan yozilgan “nur” bu yerda ulkan tarixiy 
meros, yuksak insoniy qadriyatlar, o‘zlikni 


117 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
FILOLOGIYA FANLARI
anglash timsoliga aylangan”
1
. Yana bir nigoh 
bilan qaraganda Nur - “Xamsa”ning o‘zi 
ekani muqarrar. “Najib ranglar”ga burkangan 
“tariximizdan xabar” tarzida yetib kelgan, 
“madaniyatimizning oyinayi jahonnomasi” 
sanalmish 
“vaqt 
o‘yinlaridan”, 
“zulmat 
dovonlaridan”, “jaholat devorlaridan o‘tib” 
bizni topgan “Yog‘du - bizniki”. Shoir doston 
ibtidosidanoq “Xamsa” qa’rida buyuk bir kuch, 
ya’ni millatni birlashtirish, yakqalam qilish, bir 
manzilga birgalikda intiltirish quvvati borligi 
haqida bong uradi:
Bir-birimizga yaxshiroq, yaqindan qaraylik:
Hammamiz shu yoqtilik elchilarimiz,
Hammamiz shu nur farzandlari!
Lekin... nega muncha begonasiraymiz?!
Nega muncha nifoq, nizo, nadomat, nola, 
nosog‘lom nazar?
Shu o‘rinda shoir tomonidan qo‘llangan 
ayrim ta’bir va iboratlarga to‘xtalish ayni 
paytda mavzudan ko‘zlangan maqsadga ham 
xizmat qiladi. Shoir “Xamsa”ni “madaniyatimiz 
jahonnomasi” deb ta’riflaydi. “O‘zbek tilining 
izohli lug‘ati”da jahonnoma degan so‘z 
yo‘q. Jahonnamo so‘ziga esa “[jahon + f. 
ko‘rsatuvchi] folk. Jahonning istagan yerini 
ko‘rsatuvchi ko‘zgu; oynai jahon”
2
- deb izoh 
berilgan. Unda muallif tomonidan qo‘llangan 
jahonnoma so‘zini qanday tushunish kerak? 
Buni tasodif yoki imlo xatosi deb bilsak, 
dostonning barcha nashrlarida mazkur 
so‘z mana shu shaklda yozilgan. Bundan 
tashqari shoir mumtoz adabiyot bilimdoni 
sifatida oyinayi jahonnamo birikmasining 
tasavvufiy mohiyatigacha chuqur anglar, 
xususan, Navoiyning mashhur “Ey ishq, g‘arib 
kimyosen, bal oyinayi jahonamosen”
3
baytini 
yod olganlardan edi. Muxtasar aytganda, shoir 
tomonidan jahonnoma so‘zi ixtiro qilingan 
bo‘lib, mazkur okkozionalizm muallifning bir 
necha badiiy niyatlari ro‘yobiga xizmat qilgan: 
birinchidan, jahonnoma o‘zbek tilida azaldan 
mavjud jahonnamoga tovush tomondan 
uyg‘un, ikkinchidan, “Xamsa” yozma asar 
bo‘lgani uchun uni jahon sirlari aks etgan asar, 
jahoniy qiymatga molik asar kabi ma’nolarda 
jahonnoma deb atash lisoniy qonuniyatlar 
jihatidan ham joiz. Shuning ta’siri bilan ilgari 
oyinayi jahonnamo shaklida ishlatilgan 
birikmani dostonda oyinai jahonnoma shaklida 
ishlatadi. (MBY, 89) 
Asar ibtidosida muallif nomidan 
berilgan quyidagi so‘zlar uning asl maqsadini 
ochiq bayon qiladi: “Ayrim bir kishi “Xamsa”ni 
to‘lalagicha ilg‘ab-uyqab olishi qiyin. Bu 
ko‘pchilik mehnatini, uyg‘un idrokni talab 
qiladigan ish!” Anglashiladiki, Omon Matjon 
1 Шукуров А. Лингвопоэтик талқиннинг график воситалар ёрдамида ифодаланиши //Ilm sarchashmalari. №7 2019.- Б. 116. 
2 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Беш жилдлик. 2-жилд.- Тошкент:- “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2006.- Б. 79.
3 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 9-жилд.- Тошкент: Фан, 1992.- Б. 295.
4 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. Йигирма томлик. 8-том. – Тошкент: Фан, 1991. – Б. 7-8.
5 Алишер Навоий. Асарлар. Ўн беш томлик. Ўн тўртинчи том. - Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. 1967. - Б. 121.
“Xamsa”ni bir inson to`liq idrok etishi, qabul 
qilish, o`z ongiga singdirishining imkoni yo‘q 
deb hisoblaydi. Bu asarni shoir tomonidan 
butun millat vakillari tushunishlari va so‘ngra 
asarni bahamjihatchilikda idrok etishlari talab 
qilinadi. Shoirning bu mulohazatalab fikrlariga 
o‘z munosabatimizni bildirishimizdan oldin 
“Xamsa” muallifi - Hazrati Navoiyning 
bu boradagi fikrlarini bilishimiz lozim. 
Nazarimizda, Alisher Navoiyning “Farhod va 
Shirin”idan keltirilgan quyidagi baytlar Omon 
Matjon mulohazalariga javob bo‘ladi: 
Bu durlarkim ko‘zumni andin ochting, 
Mening ilgim bila olamg‘a sochting,..
Gadolarg‘a dag‘i andin ato ber, 
G‘anilarg‘a dag‘i oni tuto ber. 
Shah olsa dog‘i qilsun toji torak, 
Qul olsa ham anga bo‘lsun muborak...
Ani sindurg‘on elni qil shikasta, 
Xujasta ko‘rgan elga tut xujasta
4
.
Ya’ni, “Ko‘zimni ochgan bu durlar (ma’no 
xazinasi durlari)ni mening qo‘llarim bilan 
olamga sochding. Uni gadolarga ham in’om qil, 
boylarga ham tutaver. Shoh olsa ham boshiga 
toj qilsin, qul olsa ham muborak bo‘lsin...Uni 
sindirgan (beqadr qilgan) el(ikki ma’noda: 1. el, 
xalq. 2. qo‘l)ni sindir, aziz tutgan elni aziz tut!” 
Demak, “Xamsa” butun millat mulki ekaniga 
Alisher Navoiyning o‘zlari nafaqat rozi va iqror 
bo‘lgan, balki bu Hazratning o‘z tili bilan bayon 
etgandek, orzu va istagi bo‘lgan.
Muallif debochasi mutolaasida davom 
etamiz: “Har bir avlod bu borada o‘z faolligini 
ko‘rsatishi kerak”. Haqiqatan ham “Xamsa” 
o‘qigan va o‘qib bilgan avlod bilan o‘qimagan va 
o‘qib bilmagan avlod har tomonlama boshqa 
bir nasl, boshqa bir millat bolalari darajasida 
bir-biridan farq qiladi. “Xamsa” o‘qigan avlod 
- baxtli avlod. Shuning uchun muallif fikrlarini 
davom ettirib, “Ushbu yodgorlikka murojaat 
qilar ekanman, mening maqsadim bitta: 
shavkatli bobomizning ming bir xislati - ming 
bir yog‘duli bu asarini tashviq-targ‘ib qilmoq 
va ilohiy iste’dod egasiga yana bir bor ta’zim 
qilmoqdir” - deydi. Bugungi kunda Alisher 
Navoiy “Xamsa”sini tashviq-targ‘ib qilishga 
qanday ehtiyoj bor, unda ming bir yog‘duning 
borligi o‘zi targ‘ib emasmi, degan mulohaza 
boramiz. Lekin tashviq shavq uyg‘otishi, targ‘ib 
esa rag‘bat tug‘dirish ekanini nazarga olsak, 
millat vakillarida “Xamsa”ga nisbatan shavq va 
rag‘bat uyg‘otish Alisher Navoiyning o‘ziga xos 
istak va umidi bo‘lgani ayon: “Umidim uldur va 
xayolimga andoq kelurkim, so‘zum martabasi 
avjdin quyi inmagan va bu tartibim kavkabasi 
a’lo darajadin o‘zga yerni beganmagay”
5

Ta’kidlash kerakki, ming bir birikmasi o‘zi 


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
118 
shoir ruhiyatida, shuurida cheksiz-chegarasiz, 
sarhadsiz his va ashyolar (masalan, koinot) 
ifodasi ekanini dostonning boshqa bir o‘rinlari 
orqali ham anglab olamiz: 
Turon zaminning sipohdori
El dahosini ming bir buloq der!
Ming bir buloq - ming bir ko‘zgu:
O‘zi ne bir tashna lablarga obihayot. 
Doston ifoda va bayon uslubi bilan o‘zicha 
va o‘zidan keyin yaratilgan asarlardan tubdan 
farq qiladi. Birinchidan, maqsad “Xamsa”, 
xususan, “Hayrat ul-abror” dostonini baytma-
bayt sharhlash emas, balki bu muhtasham asar 
mutolaasidan olingan taassurotda hayratlarni 
izhor 
qilishdir. 
Ikkinchidan, 
o‘quvchida 
“Xamsa” va bugunning uzviyligini anglatish, 
“Xamsa” ayni bugunning kitobi ekanligini 
ko‘rsatish. “Xamsa” har biri muayyan mavzu va 
muammoga ajratilgan alohida parchalardan 
tarkib topgan dostondir. Bu qismlarda shoir 
o‘zini iztirobga solgan masalalarni yuksak 
badiiy tusda ifoda etar ekan, ana shu fikrlariga 
mos tarzda “Xamsa”dan misol(lar) keltiradi. 
Shuning uchun dostonning muayyan mavzu 
bayoniga bo‘lingan qismlari so‘nggida ushbu 
masalaga oid bo‘lganda “Xamsa”dan olingan 
iqtiboslardan iboratdir. Ana shu iqtiboslar 
asarda mohiyatan hujjat-bayt(lar) vazifasini 
o‘taydi. Zero, Omon Matjon tili bilan aytganda, 
“Necha zamonlar turkiy xalqning Bosh so‘zi - 
“Xamsa” misolida Asosiy qonuni bo‘lib keldi!”. 
(MBY, 53) Bu fikr muallif dilida bir necha 
yillar oldin tug‘ilgani, uzoq vaqt shoir shu fikr 
bilan xamsaxonlik qilganini uning 1986-yilda 
yozilgan “Suhbatdosh” she’ridagi mana bu 
satrlar orqali ham ilg‘ashimiz mumkin:
Piring kim? Bilmadim, Men so‘z ayturman
“Xamsa” bilan o‘lchab xalqimning qonin.
Besh yuz yil o‘zbekdek cho‘ng bir xalqqa u
Qutlug‘ dastur bo‘ldi, Asosiy qonun! (MBY, 23) 
Ilmiy adabiyotda “Xamsa” talqinlariga oid 
qator ilmiy ishlar dunyo yuzini ko‘rgan
6
. Shoir 
dostonning “Ona tilini millatning bosh ilinji 
bilgan tilshunos” qismida 
Iztiroblarimiz izhori, borligimiz timsoli,
kelajakdan umidimiz - Ona tilimiz!
Tog‘ salobatini tog‘ dovonlariga chiqqan biladi!
Gullarni bir-biridan mehrli odam farq eta olar!
O‘zga bog‘larning iforini elchi xabarida
tuyib bo‘lmas! - deydi. 
6 Бу ҳақда қаранг: Алишер Навоий. Қомусий луғат. Иккинчи жилд. - Тошкент: Sharq, 2016. - Б. 277 - 280.
7 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 9-жилд. - Тошкент: Фан, 1992. - Б. 30; 323.
Bu qismga dalil-baytlar sirasida, 
jumladan, 
Turk surudi bila solib qo‘lum,
Qilsam anda: Hay tulugim, hay tulum!”
bayti keltirilgan.
“Hayrat ul-abror”dan keltirilgan bu bayt 
shoir ruhiyatiga o‘zgacha ta’sir ko‘rsatganini 
uning “Ayoz qal’ada” she’ri mutolaasi orqali 
ham sezamiz:
Xoli astodonlar ichra mung kezar:
“Ne izlab ketarsan, hoy tulugum, hoy” (A., 78)
Omon Matjonning “Tili omon bo‘lsa 
o‘lmaydi millat” so‘zlari aforizmga aylangani 
haqiqat. Dostondagi “Iztiroblarimiz izhori, 
borligimiz timsoli, kelajakdan umidimiz - Ona 
tilimiz!” so‘zlari esa ana shu hikmat, ana shu 
haqiqatni yana ham teranroq anglashimizda 
yordam beradi. Muallif ona tili masalasiga 
dostonning bir necha o‘rnida, jumladan, “Shoir, 
o‘z ona tilining donori!”, “Abadiyat ijodkori” 
kabi qismlarida e’tibor qaratgan. Xususan, 
shoirning “Til! Xalq ruhining go‘zalligini asrovchi 
tilsim! Yurakdan chiqayotgan sirli ehtiroslarni, 
orzularni olam bog‘larida moddiylashtiruvchi 
mo‘jiza!” ekanligi haqidagi xulosasi tarix 
tajribalarini rangin qiyofada aks ettirgan 
badiiy haqiqatgina emas, balki ilmiy asosga 
ega bo‘lgan hayot haqiqati hamdir. “Abadiyat 
ijodkori” muallif tomonidan keltirilgan: 
Aytib sovurmas tarona sen-sen,
Olib qurimas xizona sen-sen.
Olam eli zarra yig‘sa jovid,
Nurini kam aylagaymu xurshid?!
hujjat-baytlari “Layli va Majnun”ning “So‘z 
gavhari vasfidakim, gavhar so‘zi aning qoshida 
gavhar olida bir qatra suvdek bo‘la olg‘ay, bir 
necha so‘z surmoq...” beshinchi bobidan 
olingan. Alisher Navoiy mashhur nemis olimi 
Vilgelm fon Gumboldt ham oldin so‘z (til)ning 
ruh ekani haqida mulohaza bayon qilgan: 
“Derlar seni dur, savob emas bu, Sen javhari 
ruhu dur quruq suv” - “Seni dur deydilar. Bu 
- ma’qul gap emas. Sen ruh javharisan, dur 
quruq suvning o‘zi-ku!”
7

Umuman olganda, Omon Matjon - 
mumtoz adabiyot bilimdoni. Bu uning qalami 
bilan yaratilgan obrazlar silsilasi, shu bilan 
birga mumtoz timsollarga jilo berishida ham 
yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shoir she’riyatida 
hamisha hissiyot va aql uyg‘unlikda zuhur 
etgan.
FILOLOGIYA FANLARI


119 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
ABDULLA QAHHOR IJODIDA KOMIK 
XARAKTER VA BADIIY TALQIN
Murodulla Jo‘rayev -
f.f.b.f.d (PhD), Jizzax davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya: Maqolada Abdulla Qahhorning komik xarakter yaratish mahorati “Shohi so‘zana” 
hamda “Tobutdan tovush” komediyalari misolida tahlilga tortilgan.
Аннотация: В статъе анализируются способности Абдуллы Каххора к созданию 
комического персонажа на примере комедий «Шахи созана» и «Звук из гроба».
Abstract: In the article, the skill of creating a comic character of Abdullah Kahhor was drawn to 
the analysis using the example of the comedies “Shahi so‘zana” and “sound from the coffin”.
Kalit so‘zlar: komediya, komik xarakter, obraz, badiiy ijod, badiiy talqin.
Ключевые слова: комедия, комический персонаж, образ, художественное творчество, 
художественная интерпретация.
Keywords: comedy, comic character, image, artistic creation, artistic interpretation.
Badiiy adabiyot mashhur adiblar va 
adabiyotshunoslarning an’anaviy ta’riflariga 
ko‘ra obrazli tafakkur, “obrazlar orqali fikr 
yuritish” demakdir. Alisher Navoiy kabi buyuk 
shoir va yozuvchilar ham hayot va inson mohiyati 
yohud ulkan voqea-hodisalar mazmunini va 
kitobxonlarga aytmoqchi bo‘lgan ezgu g‘oya 
va qarashlarini bevosita badiiy obrazlar, xilma-
xil xarakterlar orqali ifoda etganlar. Chunonchi, 
eramizdan oldingi III asrlarda yaratilgan 
va adabiyot nazariyasining ilk namunasi – 
“Poetika” muallifi Aristotel ham inson obrazi, 
inson xarakterining adabiyot va san’atdagi 
beqiyos roliga to‘xtalib, uni yaratishda san’atkor 
quyidagi talablarga rioya etishi lozimligini 
ta’kidlaydi; har bir inson xarakteri, eng avvalo, 
“haqqoniy, o‘ziga xos va izchil” bo‘lishini badiiy 
ijodning spetsifik xususiyati sifatida talqin 
etadi. Haqiqatan ham, ulkan so‘z san’atkorlari 
yaratgan asarlardagi inson xarakterlari 
bamisoli bir butun mikrokosmos, chunki 
tomchida quyosh aks etganidek, to‘laqonli va 
jonli xarakterlarda muayyan davrdagi ijtimoiy 
munosabatlar va kishilar o‘rtasidagi o‘zaro 
aloqalar majmuasi takrorlanmas shakl va 
ko‘rinishlarda aks etadi. Ya’ni har jihatdan 
mukammal, to‘laqonli inson obrazini yaratish 
haqiqiy ijod. Bu – “san’atning temir qonuni”, 
yuksak badiiy mahorat mezonidir. Bu jihatdan 
ulug‘ adib M.Gorkiyning quyidagi fikri ham 
muayyan qimmatga ega: “Yozuvchining ishi 
nimadan iborat? U xayol qiladi – o‘zining 
mushohadalari, taassurotlari, fikrlari va hayot 
tajribasini obrazlar, kartinalar va xarakterlarda 
mujassamlashtiradi, joylashtiradi”
1
. Zotan, bu 
holat hamda faoliyat adabiyot va san’atning 
eng muqaddas bir qonuniyati, ta’bir joiz bo‘lsa, 
mangu bir nizomnomasidir.
1 Gorkiy M. Adabiyot haqida.-T.: Fan, 1962. 10-b.
2 Asqad Muxtor. Uyqu qochganda. Tundaliklar.:-T.: Ma’naviyat. 2005. 39-b.
Asardagi 
voqea-hodisalar 
va 
xarakterlarning favqulodda real – hayotiyligi, 
ifoda tasvirlarining tabiiyligi va xalqchilligi 
sirlarini, avvalo, yozuvchining serqirra ijtimoiy 
faoliyati va boy turmush tajribalaridan, 
ijodkorning 
takrorlanmas 
shaxsiyatidan 
qidirish to‘g‘ri bo‘ladi. Bu jihatdan yirik adib 
Asqad Muxtorning adib shaxsi bilan ijodi 
ajralmas ekanligi xususidagi kuzatishlari 
xarakterlidir: “Tanqidchi va adabiyotshunoslar 
asosan asar haqida gapiradilar. Yozuvchi 
haqida esa... Vaholanki, asar yozuvchidan 
unib chiqadi; farzandiday unda tug‘iladi, 
ulg‘ayadi, kamol topadi; u farzandini avaylaydi, 
himoya qiladi. Asar — yozuvchi taqdiri; kerak 
bo‘lganda, yozuvchi qurbon bo‘lishga ham 
tayyor. Uning g‘ayritabiiy sadoqati, yozmasdan 
turolmasligi, ruhiyati, falsafaga, mushohadaga 
mayli, shaxsi, fe’li, uslubi, qarashlari, dardi, 
qiynalishlari hech kimni qiziqtirmaydi. Yozuvchi 
o‘z shaxsi va o‘zgalarning shaxsi bilan birikib 
ketgan-asar uning subyekti. uning mohiyati, 
ehtirosi-ijod.”
2
Chindan ham, muayyan bir shoir 
yoki adibning asarlari, eng avvalo, uning ulkan 
qalb kechinmalari, yuksak taxayyul va tafakkur 
olamining mahsuli, iztirobli va ehtirosli o‘y-
mushohadalarining ifodasi bo‘lib maydonga 
kelishi jarayoni ilmiy-psixologik tadqiqotlarga 
mavzu bo‘la oladi. Bunga misol tariqasida 
“Shohi so‘zana” (“Yangiyer”) yoki “Tobutdan 
tovush” komediyalarining qanday ezgu 
maqsadlar bilan yaratilgani va bu jarayonda 
adib asar qahramonlari hayotini o‘zining 
qalb prizmasidan o‘tkazib, qanday ruhiy 
kechinmalarni boshidan o‘tkazganini xayolan 
tasavvur qilishga urinib ko‘raylik.
Bunday chuqur milliylik va xalqchillik 
bilan yo‘g‘rilgan asarlarni o‘rganishda va tahlil 
FILOLOGIYA FANLARI


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
120 
etishda, eng avvalo, badiiyatning yuksak 
mezonlariga 
asoslanilganidek, 
albatta, 
ularning dolzarb g‘oyaviy-badiiy muammolari 
va ayniqsa, yozuvchining jonli inson xarakterini 
yaratishdagi mahoratiga asosiy e’tibor 
qaratilishi talab etiladi. Ya’ni san’atkor davrning 
dolzarb mavzu-muammolarini yoritish va 
shu zamonning vatanparvar, millatparvar 
qahramonlari, komil insonlari obrazlarini 
yaratish majburiyatini his etishi chinakam 
badiiy ijodning ham muhim talab va mezonidir.
Hayot muttasil o‘zgarib-rivojlanib borishi 
bilan qahramonlar xarakterlarini badiiy 
gavdalantirishning murakkabligi tufayli bu 
borada turli bahs-munozaralar ko‘p bo‘lgan va 
adabiyotshunoslar ta’kidlaganidek, hozirda 
ham davom etayotir
3

Bu jihatdan Abdulla Qahhorning yillar 
davomida muhim ijodiy qoidaga aylangan 
aqidalari ham e’tiborga molik. “Badiiy mahorat 
– bu – chiroyli ifodalar, antiqa voqealar, kulgili 
yo qayg‘uli holatlar topish emas, xalqqa 
aytadigan zarur so‘zimizni kitobxon qalbiga 
olib kiradigan obrazlar yaratish demakdir”
4

San’atkor hayotni obrazlar orqali tadqiq 
etar ekan, barcha fikr-tuyg‘ulari, kitobxonga 
aytmoqchi bo‘lgan “dard”ini obrazlarda 
mujassamlashtiradi. 
Obraz tushunchasi adabiyotshunoslikda, 
jumladan, Abdulla Qahhor tasavvurida, asosan, 
inson xarakteri ma’nosida talqin qilinadi. “30- 
yillar boshida “So‘nggi kecha” degan bir film 
ko‘rgan edim. Bu film o‘ttiz yildan beri esimdan 
chiqmaydi. Bunga birdan-bir sabab – filmdagi 
qari bir ishchining alomat obrazidir. Bu 
insonning qalbiga chuqur qo‘l solib, zargarning 
sabri hafsalasiyu, naqqoshning hunari bilan 
oro berilgan obrazdirki, bunaqa obraz asarning 
qanoti 
bo‘lib, 
uni 
zamondan-zamonga, 
makondan-makonga parvoz qildiradi”. Badiiy 
ijodning oltin qonuniga aylangan bu haqiqat 
yozuvchi va komediyanavis Abdulla Qahhor 
uchun ham yuksak ijodiy prinsip bo‘lib xizmat 
qilganligini ko‘ramiz. Zeroki, «Yozuvchining 
yozuvchiligini,- degan edi Abdulla Qahhor, - u 
yaratgan obrazlariga, adabiyot «domovoyi»ga 
yozdirgan yangi odamlariga qarab baholash 
kerak”
5
. Chinakam iste’dod bilan yozilgan asar 
qahramonlari kitobxonga jonli odamlardek 
ta’sir qiladi va uning qalbidagi yot “unsur”larni 
yo‘qotishga yordam beradi. Buyuk mutafakkir 
Aristotel aytganidek, adabiyotning, dramaning 
tomoshabinga ana shunday kuchli ta’siri orqali 
“katarsis”-poklanish jarayoni sodir bo‘ladi. 
Shu o‘rinda aksariyat adiblar ijodi uchun 
xos bo‘lgan muhim bir jihatga, ya’ni chinakam 
yetuk asar yaratish uchun, mavzuni chuqur 
o‘rganish va bo‘lajak qahramonlari - odamlar 
qalbiga qalbini payvand qila olishi zarurligiga 
3 Abdulla Qahhor. Asarlar. 6 tomlik. 6-t.-T.: Yozuvchi. 1971. 411, 311-bb.
4 O‘ljaboyev U. Zamon talabi va ijodkor mas’uliyati.-T.: Fan. 2012. 54-b.
5 Abdulla Qahhor. Yoshlar bilan suhbat.-T.: Yosh gvardiya. 1968. 117-118-b.
6 Kibriyo Qahhorova. Chorak asr hamnafas.-T.: Adabiyot va san’at. 1987. 33-35-b.
e’tibor qarataylik. Abdulla Qahhorning ilk 
komediyasi “Shohi so‘zana” (“Yangiyer”) yetuk 
san’at asari bo‘lishining sabab va omillari ko‘p. 
Eng avvalo, bu asarning qanday sharoitda va 
qanday holatda yaratilgani ham ko‘p jihatdan 
o‘rganishga loyiq.
Yozuvchining turmush o‘rtog‘i Kibriyo 
Qahhorovaning “Chorak asr ham nafas” 
kitobida bu mashhur komediyaning yaratilish 
jarayoni va ijodiy tarixi haqida juda qimmatli 
va ishonchli ma’lumotlar keltiriladi. Abdulla 
Qahhor kolxoz, sovxozni bir aylanib darrov 
ocherk yozib tashlayveradigan yozuvchilardan 
emas edi. “Yozilajak asarlarining qahramoni 
bilan yaqindan tanishmaguncha qo‘lga qalam 
olmasdilar. 1948-yil avgustida Mirzacho‘lga 
qarab yo‘l oldik. O‘sha yillari Mirzacho‘lning 
ko‘chalari to‘piqqa uradigan tuproq, salgina 
yomg‘ir tashlasa, bir haftagacha qurimay, 
shirachday bo‘lib yotar edi. Kolxoz raisi bilan 
Abdulla Qahhor ko‘pincha ot minib dala 
aylanishardi. Biz yashaydigan sharoitda ijod 
qilish nihoyatda dushvor edi. Kolxozning 
kichkinagina dvijogi bo‘lib, birpas tap-tap qilib 
ishlar edi-yu, soat to‘qqiz bo‘lar-bo‘lmas to‘xtab 
qolardi.
Sal vaqtda sovuq ham tushib qoldi. Hujrani 
isitay desak na o‘tin bor, na ko‘mir. Toshkentga 
tushib bir mashinada o‘tin-ko‘mir olib chiqdik, 
eski shahar bozoridan bitta o‘ttizinchi lampa 
oldik. Abdulla Qahhor shu lampadan kerosinka 
yasadilar. Elektr chiroq o‘chgandan keyin 
lampa ham uyni yoritar, ham isitar, yana ustiga 
ustak unda choy ham qaynatar edik. Lekin 
biror marta Abdulla Qahhor, shu sharoitda 
yashab ijod qilish mumkinmi, deb shikoyat 
qilmaganlar. Kun bo‘yi yo suvora, yo piyoda 
dala aylanar edilar.
Bir narsani alohida e’tirof qilish kerakki, 
garchi biz uncha-muncha qiynalgan bo‘lsak ham, 
Mirzacho‘l safari Abdulla Qahhor ijodida katta 
burilish yasadi. “Yangiyer” (“Shohi so‘zana”) 
komediyasining “poydevori” ham o‘sha yerda 
qo‘yildi. Undagi Mavlon, “Sinchalak”dagi Eshon 
kabi obrazlarning protiplarini Abdulla Qahhor 
Mirzacho‘lda uchratganlar”
6
. Afsuski, o‘sha 
yillari adib bedavo bir dardga, qand xastaligiga 
ham chalingan bo‘ladi. Kasalxonadan tuzalib 
chiqqach, “Shohi so‘zana” komediyasini yozib 
tugatadi. Bu komediya 1949-yili respublika 
miqyosida o‘tkazilgan yopiq konkursda 
“Mirzacho‘llik” imzosi bilan qatnashib, yuksak 
mukofotga sazovor bo‘ladi. O‘sha yili o‘zbek 
sahnasining otaxoni yetim Bobojonov bu 
asarni Hamza nomidagi akademik drama teatri 
sahnasida muvaffaqiyatli namoyish etadi.
1950-yili SSSR Davlat mukofotining 
laureati Y.German bilan B.Rest tarjimasida 
“Shohi 
so‘zana” 
Moskvada, 
“Zvezda” 
FILOLOGIYA FANLARI


121 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
jurnalining mart sonida chop etiladi 
va kelgusi yili komediya SSSR Davlat 
mukofotiga sazovor bo‘ladi. Abdulla Qahhor 
bu komediyasi bilan birinchi bo‘lib o‘zbek 
dramaturgiyasini umumittifoq sahnasiga olib 
chiqadi. Keyinchalik bu asar bir qator xorijiy 
mamlakatlarda ham sahnalashtiriladi. Bu 
komediya misolida badiiy ijodning muqaddas 
bir printsipini “kashf” etish mumkin, ya’ni 
chinakam san’at asari yaratish uchun yozuvchi 
o‘sha hayotda yashashi va undagi barcha 
quvonchu tashvishlarni o‘z boshidan qayta 
kechirishi talab etiladi. Adibning bu fazilatini 
Prezidentimiz 
Sh.M.Mirziyoyev 
yozuvchi 
va san’atkorlar bilan uchrashuvida hozirda 
tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib, zamonaviy 
shahar tusini olgan Yangiyer va Mirzacho‘llarni 
40-50-yillar o‘zlashtirishda Abdulla Qahhorning 
cho‘lquvar – paxtakorlar bilan birga yerto‘la-
zemlyanka – qora uychalarda yashab, mashhur 
“Shohi so‘zana” komediyasini yozganligini 
eslatgani ham ijod ahliga unutilmas saboq 
bo‘lishi mumkin.
Yozuvchining asar yaratish jarayonida 
bu muqaddas ijodiy printsipiga izchil amal 
qilganligi va talabchanligini quyidagi misolda 
ham ko‘rish mumkin. Adib dastlabki o‘nlab 
asarlarini mutlaqo san’at asari emas deb 
hisoblagan va ularni butunlay tanqidiy baholab, 
biron to‘plamiga ham kiritmagan. Yoki 1937-
1939 yilarda yozgan va hamkasblari ijobiy 
baholagan “Tashvish” nomli ijtimoiy-axloqiy 
mavzudagi dastlabki komediyasidan ham 
ko‘ngli to‘lmagan va yozuvchining adabiyotga, 
ijodga 
bo‘lgan 
talab-mas’uliyati 
yuqori 
bo‘lganligidan ham bu asarni e’lon qilishni 
lozim topmagan. Ana shunday talabchanlik 
bilan yaratilgan “Shohi so‘zana” komediyasida 
Xolniso va Hamrobuvi xarakteridagi o‘ziga xos 
jihatlar samimiy kulgi vositasida estetik tanqid 
ostiga olinadi. Va shu orqali komediyadagi 
voqealar rivojlantiriladi, oqibatda asar boshida 
qo‘yilgan tugun komik konfliktlar jarayonida, 
xarakterlar kulgisi orqali yechiladi. “Shohi 
so‘zana” komediyasidagi kurash, ziddiyat 
komik va takrorlanmas xususiyatlarga egaligi 
bilan alohida ajralib turadi. Ongida eskicha 
tafakkur mevalari qotib qolgan, qoloq fikrlash 
unsurlari mavjud, jamiyatimizdagi boshqa 
insonlar qarashlariga zid fikrlovchi xarakter 
egalari o‘sib kelayotgan yangi, ilg‘or kuchlarga 
to‘qnash kelib, ularga asossiz va noo‘rin 
holatda qarshi chiqib, kulgili, komik ahvolga 
tushib qolishadi. Jamiyatdagi yuz berayotgan 
yangiliklar mohiyatiga tez va o‘z vaqtida 
tushuna olmay, o‘zaro ziddiyatlarga duchor 
bo‘ladilar. Xarakterlaridagi kulgili jihatlarini, 
umuman fe’l-atvorlarini o‘zlari anglamagan 
holda oshkor etadilar. Shu taxlit voqealar 
davomida xarakterlarning o‘zaro munosabati 
natijasida ular yanglishish kolliziyasiga 
7 Kibriyo Qahhorova. Chorak asr hamnafas.-T.: Adabiyot va san’at. 1987. 33-35-bb.
tushadilar, asta-sekin, kechikib bo‘lsa ham, 
ma’naviy nuqsonlari yo‘qolib, o‘z-o‘zlarini 
anglab boradilar.
“Xolniso va Hamrobuvi bir tarixiy davr 
odamlari. Ular eski hayot qabohatlarini 
bir sidra boshlaridan o‘tkazishgan. Inqilob 
yillaridagi alg‘ov-dalg‘ovlar, hayotni qayta 
qurish qiyinchiliklari va nihoyat fashizmga 
qarshi umumxalq kurashi – bular hammasi 
ular ongida turg‘un, real dunyoqarash yaratgan. 
Bundan chekinish ularning xayollariga ham 
kelmaydi. Hatto farzandlarining hayotga 
yangicha munosabatlari ham ularni ko‘p 
ajablantira bermaydi. Ammo ular hamon 
eski urf-odatlardan tamoman kechib qo‘ya 
qolmaydilar. Mana shu hol bizda kulgi 
uyg‘otadi. Qudalikka ahdu paymon qilishgan 
Hamrobuvi va Xolniso buvi farzandlarining 
faol mehnatiyu, ijtimoiy faoliyatiga qarshi 
bo‘lmasalar ham ko‘proq bitta umid bilan band. 
Bu ham bo‘lsa orzu-havas ko‘rish, chiroyli to‘y 
qilib kelining bormi bor; kuyoving bormi, bor 
degulik bo‘lib el-yurt orasida obro‘ qozonish”
7

Asarning komikligini yanglishish damlarining 
komik planda, turli xil kulgili vaziyatlarda 
kechishi, ijobiy personajlarning o‘z raqiblarini 
uddaburonlik va mehribonlik bilan aldab to‘g‘ri 
yo‘lga solishlari, ular xarakteridagi nuqsonlarni 
anglab 
etishlariga 
ko‘maklashishlari 
zaminidagi kurash kulgili, komik holatlarni 
yuzaga keltirgan. 
Bosh qahramonlar Hamrobuvi va 
Xolniso o‘z xarakterlaridagi kamchilik va 
nuqsonlarni anglab etmaydi, go‘yoki ular 
o‘ta aqlli-yu, atrofdagilar esa, hech narsani 
anglamaslikda, hayotni to‘g‘ri tushunmaslikda 
ayblashadi. Xuddi shu ma’nodagi fikrlash, 
tafakkur 
natijasida 
turli 
chigalliklar, 
anglashilmovchiliklar kelib chiqadi. Bu esa 
o‘z navbatida atrofdagilarning haqli kulgisiga 
sabab bo‘ladi.
Muallif xarakterlararo ziddiyatni yuzaga 
keltirishda asardagi boshqa personajlardan 
birontasining to‘la ma’noda salbiy mohiyatga 
ega bo‘lganligidan, ularda faqat xunuk 
sifatlarning zohirligidan, bular natijasida 
yuzaga keladigan to‘sqinliklarning nisbatan 
katta va zararli ijtimoiy kuchga aylana 
olmasligidan kelib chiqadi. Shunga mos 
tarzda xarakterlararo munosabatlar, ular 
o‘rtasidagi ziddiyatlar va to‘qnashuvlar u 
qadar keskinlashtirilmaydi. Ammo muallif 
xarakterida, fe’l-atvorida jamiyat qarashlariga 
zid fikrlash mavjud kishilar ahvoli zamonaviy 
fikrlaydigan, ilg‘or kishilar qarshisida kulgili 
ekanligini hayotiy va ishonarli tarzda ko‘rsatib 
bera oldi. Bu jihat ayrim adabiyotshunoslar 
ta’kidlaganlaridek, komediya konfliktining 
kamchiligi emas, aksincha, muallifning 
yumoristik kulgi yaratishdagi, xarakterlar 
komediyasini yuzaga keltirishdagi o‘ziga xos 
FILOLOGIYA FANLARI


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
122 
badiiy kashfiyotidir, desak xato bo‘lmaydi.
Abdulla Qahhor “Shohi so‘zana”dagi 
Xolniso va Hamrobuvi obrazlarini hamda 
“Ayajonlarim” komediyasidagi Bo‘ston buvi 
kabi betakror xarakterlarni individuallashtirish 
jarayonida o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan, 
jumladan, keksa onaxonlarimizdagi tipik milliy 
xarakter xususiyatlarining ayrim jihatlarini juda 
katta mahorat bilan umumlashtiradi.
Hamrobuvi 
hamda 
Xolniso 
o‘z 
farzandlarining Mirzacho‘lga borishlariga 
birdaniga rozilik bildirishmaydi. Ayniqsa, 
Hamrobuvi qattiq qarshilik ko‘rsatadi. Ikkala 
qudalarda bir-birlarini tushunmaslik, har 
qanday yangiliklarga shubha bilan qarash 
holatlari asar davomida rivojlantirib boriladi. 
Keyinchalik sekin-sekinlik bilan ular fikrlariga 
ishonishib, ularning Mirzacho‘lga ketishlariga 
rozilik bildirishadi.
Muallif o‘z qahramonlarining ichki 
dunyosi, xarakterlari dinamikasini jamiyat 
hayotidagi tub o‘zgarishlar, yangiliklar bilan 
bog‘liqlikda rivojlantirib boradi. Bu esa o‘z 
navbatida komediyaning hayotiy voqelik bilan 
chambarchas bog‘liqligini ta’minlagan va 
ta’sir kuchini oshirgan. Hamrobuvi va Xolniso 
xarakteri, ichki dunyosi muallif tomonidan 
jonli hamda to‘laqonli ochib berilgan. 
Chunki mazkur qahramonlar komediyadagi 
boshqa obrazlarga nisbatan ko‘proq asar 
sujetida ziddiyatlarga duchor qilinadi. Bu 
holat qahramonlar xarakteri dinamikasining 
to‘laqonli chiqishini ta’minlagan. Abdulla 
Qahhor o‘z obrazlarining xarakteridagi ojiz va 
kuchli jihatlarini komediyaning umumiy badiiy 
g‘oyasiga mos keladigan komik elementlar 
bilan boyitib boradi.
LOCAL FOLK TALES AS AN EFFECTIVE 
TOOL FOR MEMORIZING VOCABULARY
Nargiza Arifovna Kadirova -
PhD, Bukhara state pedagogical institute
Abstract: This article is dedicated to a vocabulary teaching strategy that helps students to 
memorize words faster and understand their meaning in context better. The core idea of the article 
is based on an assumption that familiarity of a text in native language, along with its cultural content, 
to students makes it easier to memorize the sentence and phrases in its English translation through 
drawing parallels and reflecting the plotline.
Annotatsiya: Ushbu maqola talabalarga so'zlarni tezroq yodlash va kontekstda ularning 
ma’nosini yaxshiroq tushunishga yordam beradigan so'z boyligini oshirish strategiyasiga 
bag'ishlangan. Maqolaning asosiy g‘oyasi talabalarga ona tilidagi matnni uning madaniy mazmuni 
bilan tanishtirish, uning ingliz tilidagi tarjimasida jumla va iboralar hamda syujet mazmunidagi 
o'xshashligini aks ettirish orqali eslab qolishni osonlashtiradi, degan taxminga asoslanadi.
Аннотация: Данная статъя посвящена стратегии расширения словарного запаса, 
которая помогает учащимся быстрее запоминат слова и лучше понимат их значение в 
контексте. Основная идея стати основана на предположении, что знакомство учащихся с 
текстом на родном языке, наряду с его културным содержанием, облегчает запоминание 
предложений и словосочетаний в его английском переводе за счет проведения параллелей 
и отражения сюжетной линии.
Keywords: teaching, method, folk tale, vocabulary, native language, foreign language
Kalit so‘zlar: o‘qitish, metod, xalq ertagi, lug‘at, ona tili, xorijiy til
Ключевые слова: обучение, метод, народная сказка, лексика, родной язык, иностранный 
язык.
Teaching language is a complex and time-
consuming procedure. For many centuries 
specialists have developed and implemented 
various methods to simplify this process 
and make it more effective. The diversity of 
approaches for teaching English is currently 
so wide, that it’s sometimes quite difficult 
for young teachers to decide which strategy 
to choose, and is takes years of experience 
before they figure out which methods works 
and which don’t. Understanding the process 
of reading has been the focus of much 
FILOLOGIYA FANLARI


123 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
research over the past 125 years
1
. This article 
is dedicated to a vocabulary teaching strategy 
that helps students to memorize words faster 
and understand their meaning in context 
better. 
In today’s process of globalization, the 
effect of the radical reform of the education 
system of Uzbekistan is evident in all 
areas related to this area. The state pays 
great attention to the teaching and further 
development of foreign languages in the 
education system. The issue of attitudes to 
foreign language teaching is addressed in the 
Resolution of the President of the Republic of 
Uzbekistan dated May 19, 2021 No PP-5117 
“On measures to bring the promotion of foreign 
languages in the Republic of Uzbekistan to a 
qualitatively new level”: “... education in foreign 
languages It is no coincidence that the need to 
develop as a policy priority, radically improve 
the quality of education in this area, attract 
qualified teachers to the field and increase 
the population's interest in learning foreign 
languages”
2

The above resolution emphasizes the 
task of popularizing the study of foreign 
languages among the population and creating 
the necessary conditions for their perfect 
mastering, coordinating the introduction of 
internationally recognized programs and 
textbooks for teaching foreign languages at 
all levels of education and developing modern 
teaching skills.
One of the native assumptions on 
language teaching is that curriculum plans will 
be faithfully realized at the level of classroom 
action
3
. Absolute majority of language 
teaching programs are based on parsing texts 
that are originally written on the language 
being taught. That seems logical, since 
along with the language, learners become 
acquainted with the speech culture, traditions 
and patterns. Such approach has proven 
effective for decades. 
However, to minimize the load on 
students, and focus on learning the language 
itself it might be effective to combine the 
traditional methods with the ones involving 
texts familiar to learners and translated 
1 Practical English Language Teaching, first edition. David Nunan. International Edition 2003, P. 69.
2 Resolution of the President of the Republic of Uzbekistan No. PP-5117 of May 19, 2021 // https://lex.uz/docs/5426736
3 Language Teaching Methodology. A textbook for teachers. David Nunan. Prentice Hall International English language Teaching.
4 https://ertak.uz/tale/190
5 https://www.greeka.com/greece-myths/king-midas/
from the local language. That might incur 
additional costs, but at the end it could result 
in faster vocabulary memorizing, better 
understanding of phrases in the context and 
increase the students’ engagement (during 
the experiment described in this presentation 
students demonstrated much higher levels of 
enthusiasm and interest, probably because 
the lesson seemed much easier to them due 
to the familiarity of the analyzed text).
The core idea of the article is based on an 
assumption that familiarity of a text in native 
language, along with its cultural content, to 
students makes it easier to memorize the 
sentence and phrases in its English translation 
through drawing parallels and reflecting the 
plotline. Purposes of the research were:
-To check the effectiveness of using 
English translations of local folk tales familiar 
to students within the process of memorizing 
vocabulary. 
-To compare the mentioned method with 
the traditional one, involving texts written in 
English originally. 
Research methodology:
-For the purpose of the first part of the 
research a well-known Uzbek folktale (Ur-
tuqmoq)
4
was translated and printed bilingual 
on one paper;
-The text was examined with a group of 
students at the beginning of the lesson;
-New words of average complexity were 
written out on the blackboard, analyzed and 
deleted;
-Students were told not to copy the 
words;
-At the end of the lesson students had 
a quiz requiring them to write a translation of 
the 11 new words analyzed at the beginning of 
the lesson;
-For the purpose of the second part of 
the research a text originally written in English 
was printed out (King Midas)
5
;
-The story was examined at the beginning 
of the lesson on the other day with a group of 
students of the same level as the first one;
-New words of average complexity were 
written out on the blackboard, analyzed and 
deleted;
FILOLOGIYA FANLARI


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
124 
-Students were told not to copy the 
words;
-At the end of the lesson students had 
a quiz requiring them to write a translation of 
the 11 new words analyzed at the beginning of 
the lesson;
-The Quiz was repeated a week later and 
all the results were analyzed and compared. 
The analysis of several experimental 
lessons provided herein, has demonstrated the 
correctness of the assumption and revealed 
that the proposed strategy is sometimes a bit 
more effective than the traditional parsing of 
texts of British or American origin. A short quiz 
following each experimental lesson showed 
that students remembered words better when 
compared to standard syllabus texts.
-Number of students in each group (1) 
-Students’ year of study (2)
-Time provided for 11 questions (3)
Quiz 1 Outcomes
6 Arifovna, K. N. . (2021). The Study of Turkic Nations Folklore and its Development. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 10, P -55.
Quiz 2 Outcomes (One week later, with 
the same Groups)
It should be noted that the idea promoted 
in the presentation requires a much deeper 
research since it is based on a very limited 
amount of data and small number of tests, 
however it can be used as an extra tool to help 
teachers and students in making educational 
process more effective. Also, the approach 
described in this article made lessons more 
interesting to students, thus increasing their 
engagement and level of attention (according 
to students’ own perception). The experiment 
was carried out in Bukhara state pedagogical 
institute. 
The data above shows that parsing 
texts in English for the purpose of enriching 
students’ vocabulary might be more effective if 
those texts are not originally written in English 
but translated from local texts, especially 
artistic embodiment of traditions, human 
feelings,
6
preliminary familiar to students (such 
as fairy tales or folk tales). Definitely, such a 
small analysis can’t be enough to draw a full- 
fledged conclusion, however, its main task is 
to provide general overview, draw attention to 
the issue and entail further, more detailed and 
professional investigation by scholars.
FILOLOGIYA FANLARI


125 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
O‘ZBEK, RUS VA INGLIZ TILLARIDA ANOR 
SO‘ZINING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI
Kamola Davranovna Khaydarova -
katta o‘qituvchi, Termiz davlat universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqola ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi anor leksemasining leksik-semantik 
va lingvokulturologik tadqiqiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning bu tillardagi kelib chiqish tarixi, matn va 
lug‘atlarda qo‘llanish xususiyatlari hamda ma’no va shakl o‘zgarishlarini ochib berishga harakat 
qilingan. Maqolaning asosiy maqsadi turli tillarda anor so‘zining tizimli tahlillarini ilmiy va nazariy 
jihatdan asoslash va ularni chuqur o‘rganish.
Аннотация: 
Данная 
статъя 
посвящена 
лексико-семантическому 
и 
лингвокултурологическому изучению лексемы гранат в английском, русском и узбекском 
языках, выявлению истории возникновения, особенностей употребления в текстах и 
словарях, изменений значения и формы в этих языках. пытался дат. Основная цел стати - 
научно и теоретически обосноват анализы слова гранат в разных систематических языках 
и их углубленное изучение.
Abstract: This article is devoted to the lexical-semantic and linguo-cultural study of the lexeme 
pomegranate in English, Russian and Uzbek languages, revealing the history of origin, features of 
use in texts and dictionaries, and changes in meaning and form in these languages. tried to give. 
The main goal of the article is to scientifically and theoretically base the analyzes of the word 
pomegranate in different systematic languages and to study them in depth.
Kalit so‘zlar: anor, lug‘at, lingvokulturologiya, matn, Boburnoma.
Ключевые слова: гранат, словар, лингвокултура, текст, Бабурнома.
Keywords: pomegranate, dictionary, linguistic culture, text, Baburnoma.
Anor – “Anordoshlarga mansub, kichikroq 
daraxt yoki buta shaklidagi sub-tropik o‘simlik 
va shu daraxtning ichi qizil donalar bilan liq to‘la 
yumaloq mevasi”
1
: “... Yaxshi qasaba voqe bo‘lubtur, 
pur ne’mat; anori va o‘rugi asru ko‘p ho‘b bo‘lur. Bir 
jins anor bo‘lur, “dona kalon” derlar, chuchukligida 
zardolu mayxushlig‘idin andak choshni bor. Samnon 
anorlarig‘a tarjeh qilsa bo‘lur...” 
2
; “Anori yaxshilikda 
mashhurdir. Nechukkim, “Sebi Samarqand” derlar 
va “Anori Xo‘jand” derlar. Vale’ bu tarixda Marg‘inon 
anori ko‘p ortiqdur”
3
; “Dashnobod anori besh so‘m 
bo‘ldi. Toshdan qimmat-toshdan qimmat narx-navo 
bo‘ldi! Nima bo‘lsa bo‘ldi – baridan bir kilodan oldim. 
Ikki dona anor bir kilo keldi. Men anor salmoqlab-
anor salmoqlab o‘yladim: dasturxonga ikkitagina 
anor qo‘ysa bo‘lmaydi. Katta mehmonlar nozikta’b 
bo‘ladi. O‘l-e, bor-yo‘g‘i ikkita anor qo‘yibdi-e, deydi. 
Shu bois, tag‘in bir kilo anor oldim. Jami to‘rtta 
katta-katta anor bo‘ldi” 
4
.
Гранат – “1. Южное растение (кустарник, 
дерево) сем. гранатовых, преимущественно 
с 
яркокраснши 
цветами; 
плод 
этого 
1 O‘zbek tilining izohli lug‘ati. –Т.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, – 2006. – J. I. –B 87 / 680 b.
2 Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”, Т.: “Yangi asr nashriyoti”, 2018. – B 7 / 704 b.
3 O‘sha yerda – B. 10–11 / 704 b.
4 Murod T. Otamdan qolgan dalalar. T.: “Sharq” nashriyot-matbaa konsern, 1994. – B. 122 / 168 b.
5 Словарь современного русского литературного языка. – М.-Л.: Изд-во АН СССР, 1954. – Т.III. – Стлб. 365. / 1339 стлб
6 Бабур. Бабур-наме ( Записки Бабура). (Сост. С. Азимджанова; отв. ред. М. Хайруллаев; пер. М. Салье. – Т.: Изд. ЦК КП Узбекистана, 1982). – С. 30 / 253 с.
7 O‘sha yerda. – С. 19
8 Pomegranate // https://www.collinsdictionary.com/dictionary/english/pomegranate
растения, с толстой кожурой, наполненный 
многочисленными семенами, покрытыми 
сочной, прозрачной кисло-сладкой мякотю 2. 
Самоцвет, полудрагоценный камен, обычно 
тёмнокрасного цвета. По середине [браслета]”
5

“...Гранаты и урюк там очен обилны и хороши. 
Ест один сорт граната, который называют 
«дона-калан;в его сладости чуствуется легкий 
приятный [кислый привкус] абрикоса.[Этим 
гранатам]// можно отдат 
предпочтение 
перед сем-нанскими гранатами...”
6
; “Плоды 
там очен хороши, ходжендские гранаты 
славятся своим прекрасным качеством. Как 
говорят: “самаркандские яблоки”, так говорят: 
“ходжендские гранаты”. Но в настоящее время 
маргинанские гранаты [считаются] много 
лучше”
7
;
Pomegranate – A pomegranate is a round 
fruit with a thick reddish skin. It contains lots of 
small seeds with juicy flesh around them
8
: “...
Its apricots(aūrūk) and pomegranates are most 
excellent. One sort of pomegranate, they call the 
FILOLOGIYA FANLARI


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
126 
Great Seed (Dᾱna-i-kalᾱn);its sweetness has a little 
of the pleasant flavour of the small apricot(zard-
alū) and it may be thought better than the Semnᾱn 
pomegranate...”
9
; “Fruit grows well there; its 
pomegranatesare renowned for their excellence; 
people talk of a Khujand pomegranate as they do 
of a Samarkand apple; just nowhowever, Marghῑnᾱn 
pomegranates are much met with”
10
Asosan Sharq mamlakatlari (O‘rta Osiyo, 
Ozarbayjon, Eron va Afg‘oniston) hududlarida 
yetishtiriladigan meva nomlaridan biri anor bo‘lib u 
kelib chiqishiga ko‘ra asl forscha so‘z hisoblanadi. 
Uning qisqartirilgan nor shakli turkiy yozma 
yodgorliklarda nara tarzida IX–X asrlardan boshlab 
uchraydi
11
. Nor so‘zi fors va turkiy tillarda qizil 
kabi ma‘noni ifodalovchi so‘z sifatida qo‘llaniladi
12

Bunday holat, bizningcha, anor daraxti va uning 
mevasining nomi rangiga taqlid qilinishi natijasida 
kelib chiqqanligidan darak beradi.
Turkiy tillarda forscha anor so‘zining 
qisqartma shakli nar murakkab otlar tarkibida 
qo‘llanilib, 
semantik 
jihatdan 
rivojlangan. 
Jumladan, u [nōrtūȳǝ] “bir o‘rkachli qizil tuya”
[qōrā tūȳǝ] “qora bir o‘rkachli tuya” kabi 
ma‘nolarni ifodalaydi
13

Sh.Rahmatullayev muallifligida chop etilgan 
“O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”da fors-tojikcha 
bo‘lgan anor so‘zi “tarkibidagi a tojik tilidagi o 
(ā) tovushiga almashtirilgan va o‘zbek tiliga shu 
shaklda qabul qilingan” deb izohlagan”
14
.
Bu mevaning vatani O‘rta Osiyo, Ozarbayjon, 
Eron va Afg‘onistondir. Yovvoyi turlari esa O‘rta 
Osiyoning janubida va Dog‘istonda uchraydi”
15

Uning omonimi bo‘lmish nor leksemasi ko‘pincha 
“badandagi tug‘ma qizg‘ish dog‘” deya nisbatan 
ham qo‘llanilgan
16
.
Shunga o‘xshash Anor (nor) leksemasi 
vositasida yasalgan qo‘shma so‘zlar tilimizda 
ko‘plab uchratish mumkin. U asosan kishi nomlarini 
yasashga xizmat qiladi: Nortoji, Anorgul, Norqul, 
Anorgul, Nortoy, Anortoy, Norxo‘ja, Normamat, 
Gulnorxon.
O‘zbek tilida nor so‘zi bilan bog‘liq toponimlar 
ham mavjud: Norbo‘ta, Denor (qishloq nomi)
17
.
Turkiy, jumladan o‘zbek tilidagi, anor so‘zining 
9 Babur – nama (Memoirs of babur). – New Delhi: Oriental books reprint corporation, 1979. – P. 6 / 716 p.
10 O‘sha erda – P.8 / 716
11 Bu haqida batafsil qarang: Будагов Л.З. Сравнительний словарь турецко-татарских наречий. – Санкт-Петербург, 1871. – Т. II. – С. 276. / 415 с.; Ишанкулов Ю. К истории названий 
плодов в узбекиском языке. С.73.
12 Полный персидско-арабско-русский словарь. Т.: Электро-пар. типолитография Штаба Туркестанского военного округа, 1910. – С. 1642. /1815 с.
13 Qarang Будагов Л.З. Сравнительний словарь турецко-татарских наречий. – Санкт-Петербург, 1871. – Т. II. – С. 276.
14 Rahmatullayev Sh. O‘zbek tiling etimologik lug‘ati.- T.: Universitet, 2009. - J. III. - B 11. / 283 b.
15 Batafsil qarang: https://qomus.info/encyclopedia/cat-a/anor-uz/.
16 O‘zbek tilining izohli lug‘ati. T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, – 2006. – J. III. – B.59. / 687 b.
17 Mirakmalov M.T. Xalq tabiiy geografik terminlari – T.: Toshkent, 2009. – B 158. / 181 b.
18 Словарь русского языка XI-XVII вв. – М.: Наука, 2000. – Вып. 4. – С. 122. / 407 с.
19 Крысин Л.П. Тольковый словарь иноязичных слова. – М.: Эксмо, 2010. – С. 219. / 944 с.
20 Batafsil qarang: https://www.etymonline.com/search?q=pomegranate
21 Walter W. Skeat “A Concise Etymological Dictionary of the English Language” Published by forgotten books 2013. – P. 401. / 663 p.
22 Batafsil qarang: https://www.ldoceonline.com/
ruscha ekvivalenti granat leksemasidir.
“Словар русского языка XI–XVII вв.” 
гранат so‘zi ilk bor “гранат (дерево и плод) 
ma’nosida” 1707-yil bilan “Писма и бумаги имп. 
Петра Великого” nomli kitobda qayd etgan: “На 
деревѣ гранатѣ яблоко поспѣло, и я, снявъ, 
послалѣ до вашего величества”. Ushbu 
maqolasida uning “драгоценный камен, гранат” 
va “название сорта сукна” kabi ma'nolari ham 
keltirilgan
18
.
L.P. Krisinning fikriga ko‘ra, lotincha granatus 
so‘zi rus tiliga granata shaklida nemis (granat) 
tilidan o‘zlashgan
19
.
Anor ingliz tilida pomegranate leksemasi 
bilan ifodalanadi. Ushbu leksema XV asrda 
ingliz tiliga pome grenate ko‘rinishida qadimgi 
fransuz tilidan kirib kelgan bo‘lib, kelib chiqishi 
nuqtayi nazardan lotin tilidagi pomum granatum 
(“apple with many seeds” – ko‘p donli olma; 
from pome “apple; fruit” + grenate “having grains” 
– pome – “olma; meva”+ grenate – donli) so‘ziga 
borib taqaladi
20

Рomegranate so‘zi deyarlik ingliz tilining 
barcha lug‘atlarida qayd etilgan. Walter Skeatning 
“A Concise Etymological Dictionary of the English 
Language” etimologik lug‘atida pomegranate lotin 
tilidagi pomum – an apple (olma); grānātum –full 
of seeds (donga to‘la, donli); from grānum – a 
grain, seed (don, urug‘) so‘zlaridan kelib chiqqanligi 
ko‘rsatilgan
21

“Longman Dictionary of Contemporary 
English” nomli izohli lug‘atda “pomegranate – a 
round fruit that has a lot of small juicy red seeds that 
you can eat and a thick reddish skin” 
22
– juda ko‘p 
mayda, suvli, qizil urug‘lar bilan to‘la, qalin qizg‘ish 
teriga ega, yesa bo‘ladigan yumaloq meva (tarjima 
bizniki – K. D.), deb talqin qilingan.
Yuqorida keltirilgan ma‘lumotlar shundan 
darak beradiki, ma’no jihatdan o‘zb. anor – rus. 
граната – ing. pomegranate bir-biriga juda yaqin, 
ammo qo‘llanilishi jihatdan bir-biridan farq qiladi. 
O‘zbek va rus tillarida ho‘l meva nomini anglatuvchi 
anor so‘zi ism hamda familiyalar tarkibida ham 
uchraydi.
FILOLOGIYA FANLARI


127 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
CONNECTION BETWEEN 
LANGUAGE AND SOCIETY
Leninza Axmedjanovna Masharipova -
teacher, Urgench state university
Abstract: Development is an objective, dialectical process, which happens due to the changes 
that occur as a result of the transition from one quality to another quality. Every object and event in 
the world is in constant motion. Likewise, language is always changing. This is related to the life of 
the society, to which the language is directly connected, its continuous movement and development. 
If the society stops this movement or if this connection is cut off, then the language will stop 
developing and it will disappear.
Annotatsiya: Rivojlanish - obyektiv, dialektik jarayon bo'lib, bir sifatdan boshqa sifatga o'tish 
natijasida yuz beradigan o'zgarishlar tufayli ro'y beradi. Dunyodagi har bir predmet, hodisa doimiy 
harakatdadir. Xuddi shuningdek, til ham hamisha o'zgarishda. Bu esa til bevosita bog‘liq bo'lgan 
jamiyat hayoti, uning doimiy harakati, rivojlanishi bilan bog‘liq. Jamiyat bu harakatdan to‘xtasa yoki 
bu aloqa uzilsa, o'sha zahoti til ham rivojlanishdan to‘xtaydi, yo‘qoladi.
Аннотация: Развитие являяс объективным, диалектическим процессом, происходит за 
счет изменений в резултате перехода из одного качества в другое. Каждый предмет и явление 
в мире находятся в постоянном движении. Точно так же и язык постоянно претерпевает 
изменения. Это связано с постоянным движением, развитием и жизню общества с которым 
непосредственно связан язык. Если общество остановится в этом своем движении или 
разорвет эту непосредственную связ, то язык перестанет развиватся и пропадет.
Keywords: language, society, concept, idea, information, connection, specific, globalization.
Kalit so‘zlar: til, jamiyat, tushuncha, g‘oya, axborot, aloqa, maxsus, globallashuv.
Ключевые слова: язык, общество, концепт, идея, информация, связ, специфика, 
глобализация.
Language is considered not only as an 
important means of conveying information, 
but also as a product of the societies that use 
it. The specific choice of words that make up 
a language and the syntax of that language 
indicate how a society perceives and relies 
on its environment. By studying the language 
of a certain society in depth, a broader 
understanding of that society can be formed. 
The changing nature of language is equally 
true in reflecting the changing conditions that 
society faces.
V.A.Zveginsev confidently states the 
same opinion: “A language without society 
loses its developmental character and 
becomes artificial. For example, Latin became 
the language of the Catholic religion, and in 
the Middle Ages it served as the international 
language of science. Similarly, the classical 
Arabic language played an analogous role in 
the countries of the Middle East”
1
1 Звегинцев В.А. “Очерки по общему языкознанию”. M., 1962. Pp 178- 179.
Language is a carrier of ideas and 
concepts. Therefore, the character of the 
language used by a given society reflects 
the way they choose to communicate these 
ideas and concepts. One of the most obvious 
ways to do this is through the words of the 
language. As is commonly noted, for example, 
the Eskimo languages have many words for 
snow and snow-related concepts. Because 
snow was such an important part of the 
Eskimos’ way of life and a common element in 
their environment, they developed a language 
that included the concept of snow. There are 
no variations about snow in other languages. 
As mentioned above, language is 
considered not only as an important means of 
conveying information, but also as a product 
of the societies that use it. The specific choice 
of words that make up a language and the 
syntax of that language indicate how a society 
perceives and relies on its environment. By 
FILOLOGIYA FANLARI


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
128 
studying the language of a certain society 
in depth, a broader understanding of that 
society can be formed. The changing nature 
of language is equally true in reflecting the 
changing conditions that society faces. 
By observing the progress and changes in 
language, one can similarly trace another 
way of revealing the progress and changes in 
society through its use. Clearly, language is 
our most important tool and one of the most 
pervasive elements of civilization around the 
world. Indeed, the development and use of 
language seems to be an innate human trait. 
Thus, studying it is one of the most profound 
and revealing ways to understand people in 
our world. 
Materials and methods. Comparing 
languages shows that the meanings, forms, 
and grammatical features of words in some 
languages are very different from each other. Of 
course, such languages cannot be considered 
as close languages. However, the structure, 
grammatical features of some languages, the 
origin of words in these languages, word forms 
and meanings are very close to each other. 
The richness of the language does not 
depend on whether the race is white or black. 
Thus, the geneological classification divides 
the languages into groups, taking
into account the fact that relative 
languages have spread from one root language 
in 
the course of historical development and 
their interrelationship, word meanings and 
grammatical forms, closeness and similarity 
of speech sounds. Another way that language 
is reflected in society is through the syntax of 
that language. Words are not the only way to 
convey ideas and concepts; it is equally
important to show how these concepts 
and ideas are expressed in the way of thinking 
and their importance for a particular society. 
As the most obvious example of this, we can 
see in the placement of adjectives and nouns 
in the language. Most Roman languages 
follow the noun-then-adjective rule, where the 
noun described by the adjective comes before 
the adjective. The concept of a noun is given 
greater importance than the adjective that 
describes it, and this is based on the fact that 
2 Iriskulov M.T. “Zamonaviy globallashuv jarayonida millat tili va madaniyatining o’rni”. 2020 yil – ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili/2020 год – развития науки, 
просвещения и цифровой экономики. (“The role of national language and culture in the process of modern globalization”. 2020 is the year of development of science, enlightenment and 
digital economy)
the noun must be spoken first.
Results. In the current era of globalization, 
English is one of the most widely spoken 
languages, the language of business, 
science and diplomacy. If someone wants 
to meaningfully participate in international 
events, he should definitely pay special 
attention to learning English. It can also be 
attributed to the success of the United States as 
a military, diplomatic, and economic hegemon 
over the past century, which necessitated that 
people speak its language if they wanted to 
communicate with it
2
.
So how did the English language come 
about? The English language arose mainly 
through hybridization, and it went through 
three periods. The first period is the period 
from ancient times to the 11th century. During 
this period, the Angles, Saxons, and Jutes 
invaded Britain, pursued the local Celtic tribes 
(the ancient ancestors of the present-day 
Scots, Irish, and Welsh) and ruled the British 
island themselves. At the end of this period, 
in the 9th-10th centuries, wars took place 
between the Anglo-Saxons and the Danes, and 
in this war, the Danes won, joined the Anglo-
Saxons and interbred.
The second period includes the 11th-
15th centuries. During this time, the Normans 
invaded and took over Britain. They spoke 
French, the Anglo-Saxons spoke German. It was 
a long struggle between the two languages, 
and in the end the local language won, but 
the French language had some influence on 
the Anglo-Saxon language. For example, the 
“great shift of vowels” that occurred in the 
history of the English language is explained by 
the superstrata of the French language. When 
a cross occurs, it is possible to talk about 
the phenomena of substrate and superstrate 
(these words are from Latin, the first means 
“bottom layer”, and the second means “upper 
layer”).
Both concepts are elements of the 
defeated language in the winning language. If 
the elements of the defeated language destroy 
the phonetic and grammatical structure of the 
victorious language and actively influence 
it, then substrate (superstrate) phenomena 
occur. Acquisition of words from one language 
FILOLOGIYA FANLARI


129 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
to another is not included in the substrate. When 
the substrate occurs, the foreigner language 
displaces the local language, and the language 
that is being out of use has a significant impact 
on the foreigner language.
In the case of the superstrat, the foreign 
language competes with the local language and 
significantly affects it, but does not supplant it. 
Let us take as an example the second period in 
which the English language had.
It should be noted that changes in the 
language do not happen suddenly: there is 
no revolution in the language, changes in the 
language take place gradually, in an evolutionary 
way. At the same time, there is no stagnation in 
the development of the language, it is constantly 
developing.
The third period is connected with the 
end of the 16th century, the beginning of 
Shakespeare’s work. This coincides with the end 
of the hybridization process between the Anglo-
Saxon languages and the establishment of the 
national English language
3
.
3 Iriskulov M.T. “Zamonaviy globallashuv jarayonida millat tili va madaniyatining o’rni”. 2020-yil – ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili/2020 год – развития науки, 
просвещения и цифровой экономики. (“The role of national language and culture in the process of modern globalization”. 2020 is the year of development of science, enlightenment and 
digital economy)
4 
While studying the history of the 
emergence of the English language, it is natural 
that the question “how was the Uzbek language 
formed?” arises.
Language is a carrier of ideas and concepts. 
Therefore, the character of the language used 
by a given society reflects the way they choose 
to communicate these ideas and concepts. 
Language is considered not only as an important 
means of conveying information, but also as a 
product of the societies that use it. The specific 
choice of words that make up a language and the 
syntax of that language indicate how a society 
perceives and relies on its environment.
Artistic wordsmiths, writers and poets 
have a great contribution to the formation of 
national languages. In particular, Alisher Navoi 
and Babur contributed greatly to the formation of 
the Uzbek language, Pushkin to the development 
of the Russian language, Shota Rustaveli to the 
new Georgian language, Martin Luther to the 
German language, W.Shakespeare and others to 
the development of the English language
4
.
THE ROLE OF LEARNING 
LANGUAGE IN TEACHING
Mahbuba Shavkatovna Mardiyeva -
teacher, Samarkand state institute of Foreign Languages 
Abstract: The article under discussion describes the roles of teachers and learners in CLT. The 
article suggests different interesting techniques to improve the language competency and enhance 
motivation of the learners.CLT, traditional, interactive, method, improve, competency, classroom, 
independent, interdependent, contribute, communicative, facilitate.
Annotatsiya: Muhokama qilinayotgan maqolada CLTda o‘qituvchi va talabalarning roli 
tasvirlangan. Maqolada til kompetensiyasini yaxshilash va talabalar motivatsiyasini oshirish uchun 
turli xil qiziqarli usullar taklif etiladi. CLT, an’anaviy, interaktiv, usul, takomillashtirish, kompetensiya, 
sinf, mustaqil, o‘zaro bog‘liqlik, osonlashtiruvchi, kommunikativ, osonlashtiruvchi.
Аннотация: В обсуждаемой статъе описываются роли учителя и учащихся в CLT. В 
стате предлагаются различные интересные техники для улучшения языковой компетенции 
и повышения мотивации учащихся. CLT, традиционный, интерактивный, метод, улучшение, 
компетенция, классная комната, независимый, взаимозависимый, способствующий, 
коммуникативный, облегчающий.
Keywords: verbal communication, nonverbal language, gestures, age differences in learning 
language.
Kalit so‘zlar: og‘zaki muloqot, og‘zaki bo‘lmagan til, imo-ishoralar, til o‘rganishdagi yosh farqlari.
Ключевые слова: вербалное общение, невербалный язык, жесты, возрастные различия 
в обучении языку.
Adult learners are very independent, while young learners are not. It is possible and even 
FILOLOGIYA FANLARI


“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2022/4-son
130 
beneficial – to give adults more autonomy 
in their lessons. You can do this by letting 
adults work things out for themselves rather 
than giving them the answers, asking them 
to organize themselves into pairs or groups 
instead of allocating partners, and even giving 
input into the topics or activities of the lessons. 
with young learners, on the other hand, it is 
necessary to plan the lesson as you see fit, 
give clear instructions, monitor the learners 
closely, and deal effectively with any issues of 
classroom management. For example, when 
teaching adults you don‘t need to think about 
bathroom breaks (they can worry about that 
themselves!) but with young learners you will 
need to ask them regularly if they need to go 
to the bathroom. With online learners, you can 
expect your adult learners to do more while 
you need to lead your young learners step-by-
step in whatever you are doing. Researchers 
who believe that grammar is learned rather 
than innate, have hypothesized that language 
learning results from general cognitive 
abilities and the interaction between learners 
and their human interactants. It has also 
recently been suggested that the relatively 
slow development of the prefrontal cortex in 
humans may be one reason that humans are 
able to learn language, whereas other species 
are not. Further research has indicated the 
influence of the Forkhead box protein P2 gene. 
Stages Relationship between interpersonal 
communication and the stages of development. 
The greatest development of language occurs 
in the stage of infancy. As the child matures, 
the rate of language development decreases. 
0-1 years of age: An infant mainly uses non-
verbal communication (mostly gestures) to 
communicate. For a newborn, crying is the 
only means of communication. Infants 1-5 
months old have different tones of crying that 
indicate their emotions. Infants also begin 
laughing at this stage. At 6-7 months old, 
infants begin to respond to their own name, yell 
and squeal, and distinguish emotions based 
on the tone of voice of the mother and father. 
Between 7 and 10 months the infant starts 
putting words together, for example "mama" 
and "dada", but these words lack meaning and 
significance. Verbal communication begins 
at approximately 10-12 months, and the 
child starts to imitate any sounds they hear, 
for example animal sounds. The non-verbal 
communication of infants includes the use of 
gaze, head orientation and body
1
.
The non-verbal communication of infants 
includes the use of gaze, head orientation and 
body positioning. Gestures are also widely 
used as an act of communication. All these 
stages can be delayed if the parents do not 
1 L.Cameron and P Mc Kay Bringing Creative Teaching into the young learner classroom Oxford 2016 p 58.
2 S.Thornbury, How to teach speaking, Pearson 2016 p 76.
communicate with their infant on a daily basis. 
Nonverbal communication begins with the 
comprehension of parents and how they use it 
effectively in conversation. Infants are able to 
break down what adults and others are saying 
to them and use their comprehension of this 
communication to produce their own. 1–2 years 
of age: Verbal and nonverbal communication 
are both used at this stage of development. At 
12 months, children start to repeat the words 
they hear. Adults, especially parents, are used 
as a point of reference for children in terms 
of the sound of words and what they mean 
in context of the conversation. Children learn 
much of their verbal communication through 
repetition and observing others. If parents do 
not speak to their children at this age it can 
become quite difficult for them to learn the 
essentials of conversation. The vocabulary 
of a 1–2 year old should consist of 50 words 
and can be up to 500. Gestures that were 
used earlier on in development begin to be 
replaced by words and eventually are only 
used when needed. Verbal communication 
is chosen over nonverbal as development 
progresses. 2–3 years of age: Children aged 
2–3 communicate best in a turn-taking style. 
This creates a conversational structure that 
makes it easier for verbal communication to 
develop. It also teaches patience, kindness, 
and respect as they learn from the direction 
of elders that one person should speak at a 
time. This creates interactional synchrony 
during their preverbal routines that shapes 
their interpersonal communication skills early 
on in their development. Children during this 
stage in their life also go through a recognition 
and continuity phase. Children start to see that 
shared awareness is a factor in communication 
along with their development of symbolic 
direction of language
2
. This especially affects 
the relationship between the child and the 
caregiver; it is a crucial part of self-discovery 
for the child when they begin to take ownership 
over their own actions in a continuous manner. 
3–5 years of age: In this age group children are 
still learning how to form abstract thoughts 
and are still communicating concretely. 
Children begin to be fluent in connecting 
sounds, syllables, and linking words that make 
sense together in one thought. They begin to 

Download 5.41 Mb.
  1   2   3




Download 5.41 Mb.
Pdf ko'rish