• E’tiboringiz uchun rahmat!
  • Iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi va milliy manfaatlar




    Download 277.79 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana19.04.2024
    Hajmi277.79 Kb.
    #201738
    Bog'liq
    Iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi va milliy manfaatlar
    Intellekt123, tabel, Sobirov Ravshanbek. K.T.M 1, 1. Darbu yig’indilari va ularning xossalari. Aniq integralning m, Қашқадарё вилояти Малумотнома Lotinda, Kurs ishi Ovlanadigan qisqichbaqasimonlar, ularning iqtisodiy ahamiyati, 313131654, Muminov Azizbek Yakubalievich, Massalar ta\'sir nizami Ten salmaqlılıq konstatasin esaplaw, 1. Gravimetariya usulida mutaxassisligiga qarab kalsiy, magniy, temir, alyuminiy va oltingugurt miqdorini aniqlash, Baxshillayev Ozodbek O\'zbek tili, Тема 1, MARUZA-MATN-Masofaviy-123, Kub tenglamalarni yechish, Word matn muharriri


    Iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi va
    milliy manfaatlar
    Boyqulova Gulira’no


    Globallashuv ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan bog‘liq tarzda xalqaro mehnat 
    taqsimotiga, insoniyat ehtiyojlari dinamikasiga, tabiiy boyliklarni izlab 
    topish, ulardan foydalanish va milliy manfaatlarga ta’sir etmoqda. “Global 
    iqtisod”, “global bozor”, “global mehnat” taqsimoti, “global hamkorlik” 
    degan tushunchalar keng ishlatilmoqda. Shu nuqtayi nazardan 
    qaraganda, global o‘zgarish endi milliy davlatlar chegarasidan chiqib 
    transmilliy xususiyat kasb etayotganiga ishonch hosil qilamiz. 


    Globallashuvning ilk bosqichi, ya’ni ikkinchi jahon urishidan keyingi
    1970-yillarda bo‘lgan davrda Osiyo va Afrika mamlakatlarida milliy ozodlik harakati avj olib,
    ular mustaqillik sari intildilar. Mazkur qit’alarni o‘z panjasida ushlab kelgan Angliya, Fransiya
    ularga mustaqillik berishga majbur bo‘ldi. Lotin Amerikasida kuchaygan milliy ozodlik
    harakatlari dunyo xaritasini o‘zgartirib yubordi. Bosqinchilik tufayli boylik orttirishga o‘rgangan
    Yevropa davlatlari va AQSH yangi vaziyat bilan hisoblashishga majbur bo‘ldilar. Biroq ular
    mustamlakasiga aylantirgan davlatlardagi infratuzilmalarni, korxonalarni, mehnat va tabiiy
    resurslarni o‘z qo‘lida saqlab qolishga intildilar. Integratsiya va transmilliy birlashmalar,
    korporatsiyalar ana shu maqsadga xizmat qiluvchi vositaga aylandi. Global iqtisodiyot jahon
    bozoridagi mehnat, kapital, xizmat, texnologiya, mehnat, kapital, xizmat, texnologiya,
    axborot, menejment, turizm kabilarni ma`lum bir talablar doirasida harakatlanishiga,
    integratsiya va transmilliy birlashmalarni o‘z maqsadlariga muvofiq shakllantirishga erishdi.


    Bu o‘z maqsadlariga muvofiq shakllantirishga erishdi. Bu o‘z navbatida 
    mehnat taqsimotini shakllantiradigan, kapitalni harakatlantiradigan, 
    yagona tizimlarni barpo etadigan fenomen, ya’ni globallashuvni 
    faollashtiradi. Neokolonial tartib, asosan, transmilliy korporatsiyalar 
    ixtiyoriga o‘tdi. Shu sababli milliy mustaqillikka erishgan davlatlar 
    ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yo‘lga qo‘yishida, mehnat resurslari va tabiiy 
    boyliklaridan foydalanishida kolonizatorga qaram bo‘lib qolaverdi. 
    Ularga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash siyosiy mustaqillikni 
    qo‘lga kiritgandan qimmatga tushmoqda. 


    XXI asrning dunyoda 30 ming xil kasb-kor, mehnat, faoliyat turlari bo‘lgan. Bugun
    har kuni dunyoda 500 ta yangi kasb-kor paydo bo‘lmoqda. Mehnat taqsimoti
    jamiyatdagi ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga muvofiqdir. Industrial 
    jamiyatlarda industrial, ya’ni mashina-texnikaga asoslangan mehnat, agrar
    jamiyatlarda qishloq xo‘jaligi mehnati, postindustrial jamiyatlarda intellektual
    mehnat turlari ustuvordir. Tajriba ko‘rsatadiki, mehnat taqsimoti yuksak shaklli
    intellektual mehnat bo‘lib, unga qurilgan ishlab chiqarish kam jismoniy kuch va
    kam vaqt sarflab ko‘proq doramad olish imkoniga ega. G‘arbiy Yevropa davlatlari
    ishchixizmatchilari endi rivojlanishiga kirgan mamlakatlardagi ishchixizmatchilardan
    50-100 barobar yuqori ish haqi oladi. Bundan tashqari, mehnat taqsimoti ijtimoiy
    sohaga ta’sir etadi, xizmat turlarini ko‘payishiga olib keladi, kishining bo‘sh vaqtini
    oshiradi. Og‘ir qo‘l mehnati kishini jismonan toliqtiradi, ko‘p vaqtini oladi, mehnati
    doim ham kerakli samara va doramad beravermaydi. Intellektual izlanishlarga va
    texnologik ishlanmalarga tayanadigan mehnat kishini ma’naviy-ruhiy yuksalishiga
    xizmat qiladiki, aynan ushbu omil G‘arb sivilizatsiyasini maftunkor qilmoqda. 


    Transmilliy birlashmalarning to‘menejerlari egalari, mutaxassislari milliy o‘lkalardagi bo‘limlariga 
    ishga emas, balki sayr qilishga boradi, ishchi tashkiliy jarayonlarni mahalliy kadrlardan 
    tayinlangan, korporatsiya ko‘rsatmalariga itoat etadigan shaxslar bajaradi. Bundan mehnat 
    taqsimoti yangi tipdagi menejerlarni, kadrlarni, kasb-kor egalarini shakllantirmoqda. 
    Endokapital korxonalar barpo etadi, kapital ularni boshqaradi, kapital ishchi-xizmatchilarni 
    harakatga keltiradi, faoliyat turlarini joriy qiladi. XVIII-XIX asrlarda, hatto XX asrda burjua, 
    kapital egasi korxona faoliyatiga, ishchi-xizmatchilar sa’y-harakatlariga bevosita aralashardi, 
    hatto ular bilan birga ter to‘kardi. Endi bunday fidoyilikka, jon kuydirishga hojat yo‘q, u barcha 
    faoliyatni kompyuter, axborot-texnologiya vositalari orqali bajarishi mumkin. 


    Iqtisodiy globallashuvda transmilliy korporatsiyalar yetakchi rol o‘ynaydi. Shunday
    yirik kompaniyalarning AQSHda joylashgani mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir
    ko‘rsatmoqda. Manbalarga ko‘ra, 1990-2001 yillar ichida AQSH iqtisodiyoti 27% 
    ga o‘sgan. AQSHning jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2002-yilda 31,4 trln. 
    dollarni tashkil qilgan. Ishsizlik esa 4% ga tushgan. Bu paytda yalpi ichki mahsulot
    Yaponiyada 3,942 trln, Germaniyada 2,392 trln., Britaniyada 1,771 trln., Fransiyada
    1,677 trln., Italiyada 1,422 trln., Xitoyda 1,388 trln., Rossiyada esa 0,392 trln. AQSH 
    dollarini tashkil etgan. Yirik investitsiyalar olib kirgan Merril Linch, Morgan Stenli
    Din Uitter, Goldmen Saks, Solomon Smit Barni va J.P.Morgan kompaniyalari AQSH 
    iqtisodiyotini “ishchanlar dunyosi giganti”ga aylantirgan. AQSH fuqarosining yillik
    daromadi 38 ming dollarga yetgan


    Milliy iqtisodiyotlar xalqaro mehnat 
    taqsimoti va ixtisoslashuvida faol ishtirok 
    etishi, jahon savdo tashkiloti, mintaqaviy 
    iqtisodiy uyushma va alyanslar orqali jahon 
    xo‘jaligiga integratsiyalashuv yo‘lidan 
    bormog‘i darkor. Buning uchun esa 
    globallashuv jarayoni qator shart-sharoit va 
    imkoniyatlar yaratadi”. 
    Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish 
    globallashtirishga zid hodisa emas, ularni 
    uyg‘unlashtirish milliy iqtisodiy rivojlanish 
    omiliga aylanishi mumkin. Bugun 
    O‘zbekistonda tashkil etilgan erkin iqtisodiy 
    zonalar va savdo-sotiq hududlari mintaqaviy 
    integratsiyaga qurilgan. Ammo bu 
    globallashuv boshqa faktorlarining 
    qatnashishini inkor qilmaydi. Savol 
    globallashuv talablariga rioya etish kerakmi 
    yoki mahalliylashtirish ustuvor bo‘lishi 
    kerakmi, tarzida qo‘yilishi mumkin emas. 


    Glоballashuv ijtimоiy-iqtisоdiy оmillar bilan bоg’liq 
    tarzda хalqarо mеhnat taqsimоtiga, insоniyat ehtiyojlari 
    dinamikasiga, tabiiy bоyliklarni izlab tоpish, ulardan 
    fоydalanish va milliy manfaatlarga ta’sir etmоqda.





    E’tiboringiz uchun
    rahmat!

    Download 277.79 Kb.




    Download 277.79 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi va milliy manfaatlar

    Download 277.79 Kb.
    Pdf ko'rish