Sanitariya-gigiena me’yorlari – odam salomatligiga zararli ta’sirni kamaytirish
maqsadida ishlab chiqilgan eng yuqori va eng past miqdor va/yoki sifat
ko’rsatkichlari. Ba’zi ifloslantiruvchi (masalan, kantserogen)
moddalar uchun
sanitar-gigienik me’yorlar ekologik me’yorlarga qaraganda qat’iyroq bo’lishi
mumkin.
Sorbtsiya [lot. sorbere – yutish] – qattiq jism yoki suyuqlik (sorbentlar)
tomonidan atrof-muhitdagi moddalarning yutilishi.
Tuproqning kuchsizlanishi - tuproqdan nooqilona
foydalanish yoki tuproq
mahsuldorligini pasayishiga olib keluvchi tabiiy rivojlanish jarayoni natijasida
tuproq tarkibidagi ozuqa moddalarining kamayib ketishi.
Uchuvchan organik birikma (UOB) – tarkibida uglerod bo’lgan va nisbatan
yuqori bo’lmagan, odatda 40
0
S haroratda uchib ketishga boshlaydigan kimyoviy
birikma, masalan, benzin, atseton va hokazo.
UOB suvni ifloslantirishi,
atmosferada esa boshqa gazlar bilan qo’shilishi mumkin. Quyosh nurlari ta’sirida
UOB ozon va boshqa fotokimyoviy oksidlovchi moddalarni hosil qilishi mumkin
Ekologik xavf - aholi salomatligi va/yoki atrof-muhit holatining yo’l qo’ysa
bo’ladigan o’rtacha statistik ko’rsatkichlaridan yomonlashishiga sababchi bo’lishi
mumkin bo’lgan nomaqbul vaziyat; atrof-muhit
holatini ifodalovchi ayrim
parametrlari, alomatlari, omillarining belgilangan (optimal, yo’l qo’yilishi
mumkin bo’lgan) qiymatlaridan chetlashishi.