GLOSSARIY
Kimyoviy tahlil – bu tabiiy muhit tarkibiy qismlarining (havo, suv, tuproq,
tiriklik, o’lik organik modda) va inson tomonidan yaratilgan ob’ektlarning
kimyoviy tarkibi, tuzilishi va xususiyatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni
maxsus
fizik-kimyoviy tajriba yo’li bilan olish;
Elementli tahlil - tahlil qilinayotgan modda tarkibidagi
alohida elementlarni
aniqlash imkonini beruvchi sifat va miqdoriy tahlil uslubi
;
Funktsional tahlil - tahlil qilinayotgan modda tarkibidagi
alohida funktsional
guruhlarni aniqlovchi ulul
;
Molekulyar tahlil - muayyan molekulyar massani xususiyatini namoyon qiluvchi
individual kimyoviy birikmalarni aniqlovchi usul;
Elektrokimyoviy usul – tahlil etilayotgan tizimlarning elektr o’tkazuvchanligi,
tok kuchi va boshqa elektrokimyoviy yoki elektrofizikaviy ko’rsatkichlarning
potentsialini o’lchashga asoslangan;
Spektral usul – moddani elektromagnitli nurlanish
va qandaydir spektral
ko’rsatkichlar (to’lqinning uzunligi, tebranishlar chastotasi, energiya) bilan o’zaro
ta’sirlanishi natijasida yuzaga keladigan turli samaralarni o’lchashga asoslangan;
Xromatografiya (bo’lish va tahlil qilish) usuli – ajralib chiqadigan moddaning
yuzaki (adsorbtsiya) va to’liq yutinish (absorbtsiya) jarayonlariga asoslangan;
Analitik (tahliliy) signal - instrumental o’lchanadigan
va keyinchalik shu
asosda tahlil o’tkaziladigan parametr;
Tahlilning fizikaviy usullari - moddalarning fizikaviy
xossalarini kimyoviy
tarkibidan kelib chiqishini qo’llash;
Spektral tahlil - tadqiq etilayotgan moddaning taratuvchanlik va yutuvchanlik
spektrlarini tadqiq etish;
Lyuminestsentli tahlil - lyuminestsentsiya (nurlanish)
faolligini moddaning
kontsentratsiyasiga bog’liqligi;