YSI Pro30
Elektr o’tkazuvchanlikni va
sho’rlikni
(mineralizatsiyani)
o’lchaydi.
ProDSS – (digital sampling
system - raqamli namuna olish
va aniqlash tizimi) eng so’nggi
modellaridan biri, pH, harorat,
elektr o’tkazuvchanlik, maxsus
elektr o’tkazuvchanlik, loyqalik,
muallaq qattiq moddalar, erigan
kislorod (optik elektrod
yordamida), ammoniy, xloridlar,
nitratlar, bosim, suv o’tlari, va
hokazo.
Zond uchun 100
m uzunlikkacha
kabellar bilan
jixozlanadi.
Dunyoda atrof-muhit sifatini o’lchash uchun
portativ vositalarning bir
nechta taniqli ishlab chiqaruvchilari mavjud: suv, tuproq va havo va boshqalar.
YSI Environmental firmasi (AQSh) - suv ekotizimlari uchun bunday vositalar
sohasida eng taniqli kompaniya. Ushbu kompaniya
suv va oqova suv sifatini
tezkor aniqlash uchun portativ vositalar ishlab chiqarishda peshqadamlik
qilmoqda. Bu firma tomonidan ishlab chiqarilgan
portativ instrumentlar
monoparametrik va multiparametriklarga bo’linadi (5.1 jadval). Birinchi guruh
asboblar faqat bitta sifat ko’rsatkichini, masalan, suvda erigan kislorod miqdorini
o’lchaydi. Ikkinchi guruh asboblar bir vaqtning o’zida bir necha ingredientlarni
o’lchashga mo’ljallangan (5.5 rasm).
5.5 rasm. YSI Professional Plus (Pro Plus) dala
multiparametr instrumenti.
Dala multiparametr
asbobi bizga ma’lumotlarni joyning o’zida bir
necha ifloslantiruvchilar bo’yicha to’liq va tez
olishimizga imkoniyat beradi.
Qurilma xar
ishga
tushirilganda
va
elektrodlar
yangilanganda yoki almashtirilganda kalibrovka
qilinadi.
Zondda
elektrodlarning
(pH,
kislorod,
temperatura, elektr o’tkazuvchanlik) joylashishi
5.6 rasm. TIQXMMI magistranti Chirchiq
daryosi suvining
sifatini YSI Professional
Plus instrumenti bilan aniqlayapti.
Yaxshisi ikkovlashib ishlash kerak,
kimdir
o’lchab, kimdir esa yozib turadi. Ammo
instrumentning ichki elektron bazasiga
kiritilib turilsa,
bitta odam ham kifoya
qiladi.
Tahlilning instrumental usullari haqida rus va o’zbek ilmiy adabiyotida
hozirgacha maxsus nashr yo’q. Shuning uchun boshqa kerakli ma’lumotlarni
hozircha turli adabiyotlardan va internet saxifalaridan topish mumkin.