namunalarni laboratoriyagacha yetkazib berish jarayonida sodir bo’ladigan
qo’shimcha nojo’ya o’zgarishlar natijasida noaniqliklar yuz berishini oldini olish
imkonini beradi. Portativ instrumentlardan foydalanish
dala tajriba-sinovlarida
ham samara beradi, chunki tahlil natijalari bitta mutaxassis tomonidan tezkor
to’planadi, pirovardida olingan natijalarning reprezentativligi ortadi. Natijalar
qo’lda daftarga qayd etilishi yoki instrument elektron ma’lumotlar
jurnalida
saqlanishi va keyinchalik yuklab olinishi mumkin. Har holda, mobil
imkoniyatlarga ega bo’lish ko’plab sinov turlari uchun yaxshiroq,
tezroq va
arzonroqdir.
5.1-rasm Elektronika va
batareya bilan jihozlangan
OLYMPUS
Innov-X
(AQSh) "Delta" kimyoviy
tarkib
portativ
rentgen
fluorestsensiya
analizatori,
og’irligi 1.5 kg. Kimyoviy
tarkibni
2
soniyada
aniqlashi, yuqori aniqlik,
past
aniqlash
chegarasi
(0.0001%
gacha),
universalligi va soddaligi
bilan ajralib turadi. Turli xil
asbob modellari aniqlanishi
mumkin bo’lgan elementlar
ko’lamini magniy (Mg) dan
plutoniy
(Pu)
gacha
kengaytiradi.
Har qanday
rejim 25 tagacha bir vaqtda
aniqlangan elementlarni o’z
Tuproq tahlili va ekologik monitoring
ichiga oladi.
G’arb mamlakatlarida, AQShda, shuningdek, Yaponiyada va boshqa
rivojlangan davlatlarda ko’pdan beri ekologik
monitoring portativ
instrumentlarning,
xususan
rentgen
fluorestsensiyali
spektrometr
analizatorlarining va ionselektiv elektrodli instrumentlarning asosiy qo’llanish
soxalaridan biridir (5.1 rasm). Ular turli tabiiy ob’ektlar (tuproqlar, suv havzalari)
ekologik monitoringi, tuproqlar va changning ko’p elementli tahlili, plyonkalar,
bo’yoqlar, qoplamalar, moylar va suyuqliklar hamda zararli chiqindilarni
tasniflash uchun mukammaldir. Ekspress analizator katta maydonlarni tezda
tekshirish va ifloslanishning REK dan yaqqol ortiqchaligi
bilan tavsiflanadigan
zonasining chegaralarini aniqlash imkonini beradi. Analiz tuproq va boshqa
ob’ektlar yuzasida bajariladi.
Portativ rentgen fluorestsensiya analizatorlari yordamida hal qilinadigan
asosiy vazifalar:
* Tuproqlarda og’ir metallar borligini aniqlash: jumladan yuqori zaharli
metallar: Ag, As, Ba, Cd, Cr, Hg, Pb, Se; - boshqa asosiy ifloslantiruvchi metallar:
Be, Cu, Ni, Sb, Se, Tl, Sn, Zn;
- radioaktiv elementlar: U, Pu.
- Qurilish maydonchalarining xavfsizligini baholash;
- Zaharli chiqindilar skriningi (ko’zdan kechirish);
-
Sanoat gigiyenasi;
- Xalq iste’moli mollarining bojxona nazorati.
Portativ rentgen fluorestsensiya analizatorlari yordamida hududlarning
xavfsizligi va ifloslanish darajasini baholaydilar, xaritalar tuzadilar va zaharli va
toksik bo’lmagan chiqindilar, chiqindixonalar va boshqa qayta ishlash inshootlari,
oqova suvlar va neft mahsulotlari bilan ifloslangan hududlarni kuzatadilar. Sanoat
gigienasi vazifalariga muvofiq tog’-kon sanoatida, qurilishda, payvandlashda va
ishlab chiqarishda havo muhiti orqali tarqaladigan metallarni nazorat qilish,
amalga oshiriladi. Xalq iste’moli mollarini sifat nazoratida: bo’yoqdagi
qo’rg’oshin aniqlanadi, shimdirilgan yog’ochdagi metallar miqdori (Cu, Cr, As),
ichki bezak uchun devor panellari nosozligi (Sr indikatsiya), PVX sifati (Cl
indikatsiya), oziq-ovqat mahsulotlaridagi pestitsidlar (Pb va As) tekshiriladi.
Har
qanday
rentgen
fluorestsensiyasi
(RF)
spektrometrining
(analizatorining) ishlashi rentgen nurlanishi va RF spektrometriyasi tamoyillariga
asoslangan. RF spektrometriyasi, xususan, moddalardagi elementlarni aniqlash va
ularning miqdoriy analizida foydalaniladi. Bu usul quyidagicha ishlaydi.
Rentgen fluorestsensiya spektrometr tizimlari mexanik jihatdan juda oddiy
– ular deyarli harakatlanuvchi qismlarga ega emas. RF tizimi odatda uchta asosiy
komponentdan iborat: qo’zg’alish (nurlanish) manba’i (rentgen trubkasi), detektor
va ma’lumotlarni olish va qayta ishlash birligi. Rentgen trubkasi namunaga
uriluvchi rentgen nurlarini chiqaradi va bu nur
namunadagi elementlarning
atomlariga urilganda javob rentgen nurlarini (xarakteristikasini) ishlab chiqaradi.
Har bir element faqat o’ziga xos rentgen nurlarini chiqaradi. Bu hodisa
fluorestsensiya (5.2 rasm) deb ataladi. Tadqiq etilayotgan elementlar miqdori bu
qaytgan nurlar sonini sanash bilan aniqlanadi. Javob rentgen nurlari detektor
tomonidan qo’lga olinadi va spektr sifatida qayta ishlanadi. Dastur olingan spektr
asosida elementlarning kontsentratsiyasini kimyoviy tarkibi bo’yicha hisoblaydi.
RF spektrometriyasida miqdoriy tahlil odatda empirik usullar yoki fundamental
parametrlar yordamida amalga oshiriladi (www.instruments.zp.ua).