1970da doktor Klark suvdagi glyukoza uchun fermentativ faollashtirilgan
polyarografik o’lchov vositasini namoyish etdi va
glyukoza glyukoza oksidaza
fermenti ishtirokida butun qonda o’lchanishi mumkinligini ta’kidladi. Bundan
foydalangan holda, YSI firmasi bir necha yil ichida o’zining polyarografik
elektrod bilan jixozlangan innovatsion 23C glyukoza analizatori bilan modelini
bozorga chiqara oldi.
O’sha paytda o’zida YSI firmasi temperatura va biomeditsina sohalari
uchun nozik elektrodlar texnologiyalariga asoslangan bir qator qurilmalarni ishlab
chiqdi.
Firmaning ijrochi direktori, amerikalik olim Xardi Trollander portativ
instrumentlarni ishlab chiqarish soxasiga samarali ishladi va ekologiya, biologiya,
tibbiyot va boshqa fan sohalari, shuningdek, sanoatning evolyutsion rivojlanishiga
katta hissa qo’shadi. 1983 yilda firma Sharqiy yarim sharda o’zining
savdobo’limlarini ochdi va TIU savdosini yo’lga qo’ydi.
Shunday qilib, portativ ekologik sifat tahlil instrumentlarini ishlab
chiqishda eng muhim tarixiy voqealar quyidagilardan iborat bo’ldi: 1963-yilda
dala va laboratoriya ishlari uchun dunyoda birinchi Klark portativ amaliy erigan
kislorod o’lchagich joriy etildi; 1993-yilda birinchi marta eritmani aralashtirish
zarur bo’lmagan mikroelektrod - mustaqil erigan kislorod selektiv elektrodi joriy
etildi.
Bundan tashqari, ko’plab ishlab chiqaruvchilar turli sanoat va ilm-fan
soxalari uchun portativ vositalar, xususan, yuqorida aytib o’tilgan HACH va
OLYMPUS Innov-X (AQSh) firmalari ham TIU instrumentlarini rivojlantirish
ishiga qo’shildi.
Natijada metallurgiya, geologiya, metall chiqindilarini qayta
ishlash va saralash kabilarni qamrab olish tufayli instrumentlarning xilma-xilligi
sezilarli darajada kengaydi. Agar hozirgacha bo’lgan suv ekologiya sohasida
portativ TIU yanada rivojlantirish haqida gapirish kerak bo’lsa, YSI firmasi
o’zining mashhur multiparameter instrumenti " ProPlus” (Proplus)
flagman
modelini taqdim etdi (5.6 rasm). Yaqinda bu kompaniya innovativ optik elektrod
qo’llaydigan, aqlli sensorlar texnologiyasi bilan jihozlangan portativ
multiparametrli instrument - ProDSS (Digital Sampling System, ya’ni raqamli
namuna tizimi) sotishni boshladi.