tezligini maksimallashtirish imkonini yaratadi.
Suv monitoringida mobil (harakatchan) laboratoriya yondoshuvini tanlash
vazifaning oson qismidir. Uni to’g’ri ishlashini ta’minlash ancha qiyinroq, chunki
bu yondoshuv foydalanishi mumkin bo’lgan to’g’ri uskunani tanlashni talab
qiladi. Birinchi qadam sifatida suv tizimi mutaxassislari qaysi
moddalarni tahlil
qilishni belgilab olishlari kerak.
5.2 rasm. Rentgenofluorestsent spektrometrlarning ishlash sxemasi.
Dala sharoitida ishlatiladigan portativ suv tahlil instrumentlari tanlash
uchun ko’p imkoniyatlar bor, lekin buning uchun asosiy kompleks (majmua)
quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:
- namunalarni kontsentratsiyasini spektroskopiya usulida o’lchash uchun
kolorimetrlar.
- namunaning shaffofligini va loyqalik darajasini o’lchagichlar.
- ichimlik suvi pH ko’rsatkichini o’lchash uchun pH metr (er usti / er osti va
oqova suvlar sifati normativ talablariga rioya qilinishini ta’minlash uchun).
- Suv ifloslanishi nazorati va monitoringining ajralmas qismi sifatidagi suvda
erigan kislorod miqdorini aniqlash uchun kislorodmetr.
- Eritmadagi ionlarning umumiy miqdorini tez va oson aniqlash uchun
konduktometrlar (elektr o’tkazuvchanlik o’lchagichlari).
Birlamchi
rentgen
nurlari
- Kerakli kimyoviy reaktivlar to’plami.
Dala sharoitida ishlash uchun mos keladigan portativ instrumentlarni
tanlash hali butun jarayon emas. Hech kim 20 kg vaznli instrumentni o’rmon
o’rtasiga olib borishni va uni daryoga tushirishga harakat qilishni istamaydi.
Portativ qurilma tashish uchun yetarli darajada engil,
transport paytida
silkinishlarga bardosh beradigan, puxta va suvga chidamli bo’lishi kerak, shunda
u suvga botirilgandan ham to’g’ri ishlashi mumkin. Qurilma butunlay changga
chidamli bo’lishi, shuningdek, bir metrgacha chuqurlikda suvga botish ta’siriga
bardosh bera olishi kerak.
Yana bir asosiy element o’lchash natijalari hisoboti hisoblanadi.
Dalada
to’plangan ma’lumotlar daftarda qayd qilinishi va laboratoriyaga yetkazilishi
mumkin. Lekin so’nggi yillarda texnologik yutuqlar tufayli, endi o’lchovlar
natijalarini dalada yoki boshqa joyda instrumentning elektron ma’lumotlar
bazasida katta miqdorda saqlash va laboratoriyaga qaytib
kelganda tahlil qilish
uchun PC komp’yuterga yuklab olinishi mumkin. Bu laboratoriyadan tashqarida
olingan ma’lumotlardagi muhim cheklanishlardan birini yo’q qiladi, chunki dala
sinov natijalarini taqqoslash va hisobot berish tezlashtirilishi mumkin. YSI
Professional Plus (Pro Plus) instrumenti 5000 dan ortiq o’lchov natijalarini yozib
olish moslamasi va kompyuterga o’tkazish uchun USB portiga ham ega.
Dala tadqiqot va sinovlarni o’tkazish uchun universal yondoshuv yo’q.
Lekin to’g’ri tanlangan asbob-uskunalar ega bo’lish ofisdan tashqarida ham
o’lchovlarni, ma’lumotlar yig’ishni, tahlil va hisobotni xuddi statsionar
laboratoriyada bo’lgani kabi oson amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Suv
tizimlari juda yuqori antropogen bosimga uchrayotgan hozirgi davrda eng optimal
natijalarga erishish uchun eng qulay portativ sinov uskunalari to’liq
majmuini
tanlash lozim bo’ladi.
Masalan, ichimlik va tabiiy suvni barcha asosiy parametrlarini to’liq tahlil
qilish instrumentlarini o’z ichiga olgan, HACH firmasida ishlab chiqarilgan
portativ laboratoriya dala sharoitida to’liq fizik-kimyoviy tahlil qilish
imkoniyatini ta’minlaydi (5.3 rasm). Laboratoriya to’plami quyidagilarni o’z
ichiga oladi: DR 900 kolorimetri, HQ40d multimetri, PHC 201 pH elektrodi (1
metr kabeli bilan) va CDC401 elektr o’tkazuvchanlik elektrodi (1 metr kabeli
bilan), shuningdek raqamli titrlash uskunasi, kimyoviy test-reagentlar to’plamlari
(test-reagentlar foydalanuvchilar talablariga javoban alohida tanlanadi),
instrumentlar, tasviriy qo’llanma, foydalanish uchun ko’rsatmalar (CD-ROM da)
va mustahkam chamadon.