V BOB. TASHQI MUHIT HOLATINI ANIQLASHDA TAHLILNING




Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/101
Sana08.01.2024
Hajmi4,55 Mb.
#132176
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   101
Bog'liq
ber burger formulasi

V BOB. TASHQI MUHIT HOLATINI ANIQLASHDA TAHLILNING 
PORTATIV (KO’CHMA) INSTRUMENTLARI 
Ushbu bobni yozishda foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Зайцев, Н.К., et al. "Экспресс-метод определения кислорода в водных
неводных и газообразных средах." Заводская лаборатория. Диагностика 
материалов 83.9 (2017): 9-14. 
2. Бородин В.Б. Особенности проведения о2-измерений с помощью 
электродов Кларка. Н76 Новые и нетрадиционные растения и 
перспективы их использо: 49. 
3. Каримов Б.К., Камилов Б.Г., Ким С., О.Алтан, и др. Оценка качества 
воды в разнотипных водоемах бассейна реки Чирчик в республике 
Узбекистан для развития аквакультуры. В сборнике статей: Сохранение 
и восстановление биологических ресурсов Каспийского моря 
(посвящается 100-летию Азербайджанского Научно-Исследовательского 
Института Рыбного Хозяйства). – Баку: "Элм", 2013. с.344-350. DOI: 
10.13140/RG.2.1.4047.8806. 
4. Муллабоев Н.Р. Гидроэкологическое состояние и рыбохозяйственный 
потенциал 
Арнасайской 
системы 
озер 
и 
Междуреченского 
водохранилища. Автореферат кандидатской дисс. по 03.00.16 – экология. 
(Руководитель Каримов Б.К.). Ташкент, ИЗ АН РУз, 2010. 22б. 
5. Clark JR, Leland C., et al. "Continuous recording of blood oxygen tensions by 
polarography." Journal of applied physiology 6.3 (1953): 189-193. 
6. Clark Jr, Leland C., and Eleanor W. Clark. "A personalized history of the Clark 
oxygen electrode." International anesthesiology clinics 25.3 (1987): 1-29. 
7. Tornqvist, R., Jarsjo, J. and Karimov, B.: Health risks from large-scale water 
pollution: Trends in Central Asia. Environment International, 37(2), pp. 
435-442, doi:10.1016/j.envint.2010.11.006, 2011. 
5.1 Kirish, tahlilning portativ instrumentlariga ehtiyojning kelib chiqishi 
 
Birinchi bobda ko’rsatilganidek, analitik kimyo sifat analizining eng sodda 
usullaridan tortib, superzamonaviy instrumental usullargacha uzoq yo’lni bosib o’tdi. 
Namuna olish, konservatsiyalash, tashish, saqlash, birlamchi tayyorlash (tozalash, 
ekstraktsiyalash, kontsentrlash) kabi ko’p mehnat va vaqt talab qiladigan usullarga 


tayanadigan an’anaviy analitik kimyo bizga tezkor natijalarga muxtoj ishlab 
chiqarish va atrof-muhit ehtiyojlariga tez javob berish imkonini bermadi. 
Bugungi kunda, inson salomatligi uchun xavfsiz deb hisoblangan er osti 
manbalaridan olinadigan suv ham zararli elementlarni o’z ichiga olishi mumkin 
(Mullaboev, 2010, 
Tornqvist et al. 2011
). Ichimlik suvidagi marganets, bariy, xrom, 
selen, margimush, radiy, uran va boshqa ko’plab zararli aralashmalar salomatlikka 
sezilarli zarar yetkazishi mumkin. Faqat suv sifati ekspress-tahliligina siz 
foydalanadigan suv xavfsiz ekanligi haqida tezkor ishonchli ma’lumot berishi 
mumkin. Zamonaviy ekspress suv analizatorlari - suv muhitida erigan temir va 
boshqa aralashmalar ulushini hisoblash va tozalashning optimal usulini aniqlash 
uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan murakkab qurilmalardir. Ichimlik suvi, suzish 
havzalari va akvariumlar uchun suv, hatto maysazorni sug’oradigan suv, yuvinish 
suvi, havoni namlantirish asboblarida ishlatiladigan suv - bugungi kunda ularning 
barchasida xavfli aralashmalar va patogen mikroflora bo’lishi mumkin. Kelajakdagi 
aholi yashash manzili uchun joy tanlashdan oldin ko’plab kompaniyalar - ishlab 
chiquvchilar o’z hududida suvni sifatini tezkor tahlil qilishadi, ammo bu ushbu 
portativ usullardan foydalanishning maxsus bir holatlaridan biridir xolos. Fitnes 
markazlari, suzish havzasi suv bilan ta’minlash, farmatsevtika, kimyo va oziq-ovqat 
sohalarida ishlaydigan kompaniyalari doimiy foydalanish m aqsadida suv sifatini 
tahlil qilish uchun juda ham tez-tez zamonaviy ko’chma uskunalar sotib olmoqdalar. 
Bugungi kunda tashqi muhit ob’ektlarning sifatini aniqlashning portativ 
instrumentlari ishlab chiqilishi tufayli tahlilni bevosita zarur bo’lgan joyda amalga 
oshirish mumkin. Bu imkoniyat portativ instrumentlari ishlab chiqilishi va 
foydalanilishi ko’lamini doimiy ravishda kengaytirib bormoqda. Shuningdek, u bir 
vaqtning o’zida analitik kimyoning hayot va sanoatning turli sohalarida kundalik 
ishini engillashtiruvchi innovatsion yechimlarni joriy etishni talab qiladi. Sanoatning 
turli tarmoqlarida portativ instrumentlardan foydalanish ham tobora ommalashib 
bormoqda. Har bir sanoat korxonasi yakuniy mahsulot sifatini nazorat qilishni 
unutmagan holda mahsulot aylanmasini oshirishga, ishlab chiqarish rentabelligini 
o’stirishga intiladi.
Korxonani zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, ayniqsa, ishlab 
chiqaruvchilar o’rtasida raqobatni oshirish sharoitida muhim ahamiyatga ega. 
Albatta, bu holda, birinchi navbatda, tahlilning tezligi, ishonchliligi va arzonligi 
birinchi o’rinda turadi, chunki ba’zida mahsulot namunalarini maxsus 
laboratoriyalarga olib borish va an’anaviy tahlil usullari natijalarini kutish uchun vaqt 
yo’q. Bu holat ko’pincha go’sht va sut mahsulotlari, alkogolsiz ichimliklar, sabzavot, 
meva, poliz mahsulotlarini sotishda, oziq-ovqat mahsulotlarini havo transportida 
tashishda va hokazolarda sodir bo’ladi. Shuning uchun portativ instrumentlari 


hozirda oziq-ovqat nazorati, pivo ishlab chiqarishdan tortib, veterinariya va 
bioenergetika sohasidagi tadqiqotlargacha deyarli barcha tarmoqlarda faol 
qo’llanilmoqda. Bozorga chinakam yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulot olib 
chiqish uchun har bir ishlab chiqarish korxonasi o’z laboratoriyalarini zamonaviy 
laboratoriya va nazorat-tahlil uskunalari bilan jihozlashi lozim. 

Download 4,55 Mb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   101




Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



V BOB. TASHQI MUHIT HOLATINI ANIQLASHDA TAHLILNING

Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish