Suyuqlik (yoki suyuq-fazali) xromatografiya –
ajratish usullarining katta
guruxi bo’lib, unda tahlil jarayoni harakatchan suyuq faza va ustidan shu suyuq
faza harakatlanadigan, katta solishtirma yuzaga ega statsionar faza orasida
birikmalarning
taqsimlanishiga
asoslanib
amalga
oshiriladi.
Suyuqlik
xromatografiyasi qog’ozdagi
xromatografiya, yupqa qatlam xromatografiyasi,
ustun xromatografiyasi yoki yuqori samarador suyuqlik xromatografiyasi
(YuSSX) ko’rinishida ham amalga oshirilishi mumkin.
4.10 Yuqori samarali suyuqlik xromatografiya (YuSSX)
Suyuqlik holatidagi harakatchan fazadan foydalaniladigan xromatografiya
usullari ichida YuSSX eng yaxshi o’rganilgani va ko’p ishlatiladiganidir.
Xromatografik usullarning rivojlanishi jarayonida
ularning nazariy va amaliy
qo’llanish sharoitlarini takomillashtirilishi, 1950 va 1960 yillarda xromatografik
usullardan yupqa qatlam xromatografiyasi va qog’oz xromatografiyasi, so’ngra
1970 yillarda ustunli xromatografiyaning taraqqiy etishi, 1970 yillar o’rtalarida
yangi yuqori samarali suyuqlik xromatografiya (YuSSX) usulini kashf qilinishiga
sabab bo’ldi. Yuqori samarador xromatografik tahlil
usulini yaratilishiga va
mukammallashtirishga 20 yilcha vaqt ketdi.
Bu usul moddalarning juda kam (mikro) kontsentratsiyadagi miqdorlarini
ham
juda
qisqa
vaqt
ichida
yuqori
sezgir
detektorlar
yordamida
mikrokolonkalarda aniqlash imkonini beradi. YuSSX so’nggi paytlarda yanada
keng qo’llanilmoqda. U gaz xromatografiyasiga qo’shimcha ravishda ishlatiladi
va ayniqsa uchmaydigan birikmalarni aniqlash uchun muhimdir. YuSSX,
masalan, oziq-ovqatda turli qo’shimchalar, ifloslantiruvchi
moddalar va tabiiy
komponentlarni tezda aniqlash uchun ishlatiladi. Katta solishtirma sirt maydoni va
binobarin, xromatografik ustunda yuqori ajratish samaradorligiga o’lchamlari bir
xil bo’lgan mikro-donador qattiq adsorbent tashuvchilar ishlatilishi natijasida
erishiladi. Biroq, bunday mikrodonador qattiq tashuvchilar bilan to’ldirilgan
ustunlar suyuqlik oqimiga katta qarshilik ko’rsatadi.
Yuqori samarali xromatografiya usulida moddalarni ajratish uchun uzunligi
10-25 sm, diametri 2-6 mm bo’lgan ustun (kolonka)lardan va ularning ichiga
qo’zg’almas sorbentning zarrachalarini o’rtacha diametri 50 µm
dan kichik
zarrachalardan iborat bo’lgan, hamda qo’zg’aluvchan fazani 0,1-0,5 cm/sek
tezlikda yuqori bosim yordamida (10-400 atm) foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Masalan, statsionar faza sifatida oktatsedil guruxlari biriktirilgan, o’lchami 5-10
µm sferik silіkagel zarrachalarini ishlatsa bo’ladi. Shuning uchun
harakatlanuvchan suyuq fazani ular orqali o’tkazish uchun yuqori bosim talab
qilinadi. Shu sababli YuKSX yuqori bosimli suyuqlik xromatografiyasi deb ham
ataladi (4.21 rasm).
Bu ustunlarni zanglamas po’latdan yoki shishaning
maxsus turlaridan
tayyorlashadi. Hozirgi kunda qimmatbaho reaktivlarning xarajatlarini kamaytirish
uchun ichki diametri 1 mm va uzunligi 30-75 mm bo’lgan mikroustunlardan
foydalana boshlandi.
Bundan tashqari, YuSSXda detektorlarning
eng zamonaviylashgan
turlaridan foydalaniladi: spektrofotometrik, refraktometrik, fluorimetrik,
konduktometrik, amperometrik va mass-spektrometrik.
So’nggi yillarda silikagelning mayda zarrachalari bilan to’ldirilgan kichik
diametrli ustunlar paydo bo’lishi (4.22 rasm), erituvchi iste’moli
va tahlil
davomiyligi kamayishi va ajratish samaradorligining ortishiga olib keldi.
Gradientli elyuvirlash usuli qo’llanila boshladi. Unga binoan, agar komponentni
bitta elyuent uzoq va chala ajratsa, unga qo’shimcha ravishda yanada kuchliroq
erituvchilarda elyuvirlash davom ettiriladi. Shuni ta’kidlash kerakki, YuSCX
uchun ustunlar juda qimmat. Shuning uchun juda murakkab aralashmalarni
oldindan ajratish yaxshiroqdir.
Agar yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasini (YuSSX) usulini tanlash
kerakmi yoki gaz xromatografiyasinimi (GX) degan savol tug’ilganda 4.2
jadvalga qarash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Shunday qilib, gaz-xromatografiyasi va
suyuqlik-xromatografiyasi
jarayonlarini ketma-ketligini sxematik tarzda quyidagicha tasvirlash mumkin
(4.23 rasm).