Tahlilning instrumental usullari / Darslik




Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/101
Sana08.01.2024
Hajmi4,55 Mb.
#132176
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   101
Bog'liq
ber burger formulasi

Katarometr detektori. Eng keng tarqalgan detektorlardan biri sof 
tashuvchi-gaz (geliy) va uning aniqlanayotgan komponent bilan birgalikdagi 
issiqlik o’tkazuvchanligining farqini o’lchash orqali ishlaydi. 4.2 jadvalda havo 
issiqlik o'tkazuvchanligiga nisbatan hisoblangan gaz tashuvchilarining va ayrim 
xromatografik ajratiladigan birikmalarning bug'larining issiqlik o'tkazuvchanlik 
qiymatlari berilgan. Bu turdagi detektor katarometr (issiqlik detektori) deb ataladi 
(4.18 rasm). U organik va noorganik birikmalarni aniqlab ro’yxatga olish uchun 
ishlatilishi mumkin. Uning xossalari quyidagicha: 
 tashuvchi gaz bilan yuviladigan qizdirilgan ingichka volfram ipining qarshiligi 
o'lchanadi. Gaz aralashmasi tarkibini o'zgartirganda gazning issiqlik 
o'tkazuvchanligi va ipning qarshiligi o'zgaradi; 
 tashuvchi gazning issiqlik o'tkazuvchanligi qanchalik katta katarometrning 
sezuvchanligi shunchalik yuqori bo'ladi; 
 aslida eng mos keladigan tashuvchi gaz vodoroddir, lekin xavfsizlik 
maqsadlarida (vodorod portlovchi) geliy tez-tez ishlatiladi. 
Katarometrning afzalliklari: ishda oddiylik, yetarlicha aniqlik va 
ishonchlilik. Biroq, past sezuvchanligi tufayli mikroaralashmalarni aniqlash 
uchun ishlatilmaydi. 


4.4 jadval. Gaz tashuvchilar va moddalar bug'lari issiqlik o'tkazuvchanlik 
qiymati (havo issiqlik o'tkazuvchanligiga nisbatan) 
Modda 
Issiqlik 
o'tkazuvchanlik 
qiymati 
Modda 
Issiqlik 
o'tkazuvchanlik 
qiymati 
Vodorod 
7100 
n-butan 
0.744 
Geliy 
5530 
Methanol 
0.727 
Metan 
1450 
n-pentan 
0.702 
Ammiak 
1040 
CO
2
gazi 
0.700 
Havo 
1000 
Etanol 
0.700 
Azot 
0.996 
n-geksan 
0.662 
Etan 
0.970 
Atseton 
0.557 
Atsetilen 
0.900 
Xlormetan 
0.530 
Propan 
0.832 
trixlormetan 
0.328 

Download 4,55 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   101




Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tahlilning instrumental usullari / Darslik

Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish