4.12 Rasm. Tajribadan keyin YuQX plastinkasida ajratish natijasi
ko’rinishi. x- noma’lum modda, A va B toza moddalardir.
Modda C ikki xil
namunada (C va C’) berilgan.
Yupqa qatlamdagi xromatografiya (YuQX) yordamida quyi hamda yuqori
molekulali birikmalarni ajratsa bo’ladi. Ya’ni ularni rangiga yoki siljish
masofasiga qarab farqlasa bo’ladi. Biror bir kerakli moddani ajratib olish uchun
avvalambor o’sha tur moddalarni tajribada sinab ko’rishimiz lozim bo’ladi. Agar
modda oldindan mahlum bo’lsa, adabiyotlardan foydalangan holda ham ranglarga
va
u moddalarning R
f
surilish masofasiga qarab farqlashimiz mumkin bo’ladi.
Nazariy jihatdan, rangi va siljish masofasi nuqtai-nazaridan
bir-biriga mos
kelayotgan moddalar aynan bir xil modda bo’lishi mumkin deb ayta olishimiz
mumkin.
YuQXning asosiy afzalliklari quyidagilardir:
-
Oddiylik
- Ba’zan o’ta yuqori aniqligi
- Universal proyavitellar borligi
- Juda turli-tuman xossalarga ega moddalarni ajratish imkoniyati.
Asosiy kamchiliklari:
- Samaradorligi pastligi (ba’zan selektivligi)
- Vaziyatga bog’liqlik
- Laboratoriyalararo yomon takrorlanuvchanlik.