Rasm 4.10 Ustunli xromatografiya va elyuvirlanish cho’qqilari (ideal holat
tasvirlangan).
4.11 rasm. Yupqa-qatlam xromatografiyasi (YuQX)
Bunday qattiq moddaning atalasimon aralashmasi yupqa va bir xilda shisha
plastinka yuzasiga surtiladi va quritishga qoldiriladi.
Plastinkaning bir uchiga
yaqin joyiga adsorbent qatlamiga tadqiq qilinayotgan eritmaning kichik tomchisi
dog’ tariqasida qo’yiladi. Komponentlarni identifikatsiyalashni osonlashtirish
uchun bu dog yonida oldindan ma’lum birikmalarning dog’lari ham qo’llanilishi
mumkin. Plastinkadagi dog’lar qurigandan so’ng plastinka shu uchi bilan shisha
yoki idishga quyilgan oz miqdordagi erituvchiga tushiriladi (4.11 rasm),
keyin
erituvchi bug’lanishini oldini olish uchun bir qopqoq bilan berkitiladi. Erituvchi
kapillyar ta’sir natijasida plastinkaga asta-sekin ko’tariladi. Erituvchi fronti
dog’lardan o’tganda ularda erigan moddalarning harakati boshlanadi.
Ularning
harakat tezligi ularning taqsimlanish koeffitsientlariga bog’liq bo’ladi.
Erituvchining old qismi plastinkaning yuqori chekkasiga ko’tarilganda stakandan
chiqariladi va quritiladi. Rargli aralashmaning turli tarkibiy qismlari vizual
aniqlanishi mumkin. Aralashmaning tarkibiy qismlari rangga ega bo’lmasa,
plastinka proyavka qilinishi (rang paydo qilish maqsadida ishlov berilishi) kerak.
Plastinkaning namoyon (proyavka) bo’lishiga unga ayrim bo’yovchi
reagent
purkash, ultrabinafsha nur bilan nurlantirish, yod bug’lari
kabi har qanday gaz
atmosferasida qizdirish yoki ushlab turish orqali erishiladi.