(Qog’ozdagi
xromatografiya),
ion-almashinuv,
eksklyuzion
va
affin
xromatografiyalari farqlanadi.
Adsorbtsion xromatografiyada statsionar
faza qattiq moddadan iborat
bo’ladi. Bu qattiq modda harakatchan tahlil etilayotgan aralashmadagi har bir
komponentning bir qismini adsorbtsiyalaydi. Ajratish moddalar aralashmasining
adsorbentda turlicha so’rilish darajasiga asoslangan bo’ladi.
Biror moddaning
adsorbtsiyasi boshqa moddaning sirtiga yutilganda sodir
bo’ladi. Adsorbtsiyani bir modda boshqa
modda hajmiga diffuziyalanib, o’sha
ikkinchi modda sirtigagina emas, balki butun hajm bo’yicha
yutilganda sodir
bo’ladigan yutilish (absorbtsiya) bilan adashtirmaslik kerak (4.5 rasm).
4.3 rasm. Tahlil etilayotgan namuna tarkibiy qismlarining harakatchan va
statsionar fazalarda taqsimlanishi.
4.4 rasm. Xromatografiya usullari klassifikatsiyasi
4.5 Rasm. Adsorbtsiya va absorbtsiya