karbonati (CaSO
3
) ya’ni bo’r bilan to’ldirilgan kolonkadan (ustundan) o’tkazish
jarayonida kashf etilgan (4.1 rasm). Ushbu tajriba natijasida
ustunda bir qator
bo’yalgan joylar hosil bo’ldi, usulning nomi ham shundan olingan.
Xromatografiya so’zi yunon tilida rangni yozish (tasvirlash) ma’nosini anglatadi.
Olimning o’zi esa usulni xromatografiya usuli deb
nomladi va hatto rangsiz
moddalarni ham ajratish mumkinligini ta’kidlab o’tgan. Tsvet o’z
usuliga
bag’ishlangan bir qator maqolalarni e’lon qildi, lekin ularga 1931 yilgacha e’tibor
berilmay qoldi.
M.S. Tsvetning tajribalarini 1931 yilda nemis
kimyogari Rixard Kun va
hamkasblari (Xaydelberg universiteti) tomonidan takrorlab, bu usuldan sabzidan
ɑ- va β- karotinlarni ajratib olishda foydalanish mumkinligini isbotladilar.
Zamonaviy xromatografiya 1941 boshlab rivojlana boshladi.
Shu yili
amerikalik
olimlar:
Archer
Martin
va
Richard
Singe
hamkorlikda
xromatografiyaning yangi turini nazariy va amaliy
asoslarini ishlab chiqishdi,
uning negizida aralashmaydigan ikki suyukliq o’rtasida
ajraladigan moddalar
taqsimlanish koeffitsentini aniqlash yotardi. Usul "taqsimlanish xromatografiyasi"
deb nomlandi. Ular gaz-suyuqlik xromatografiyasiga
imkoniyati borligini ham
ta’kidladilar. 1952 yilda esa ushbu olimlar xromatografiya
usuli uchun ximiya
sohasida Nobel mukofotiga sazovor bo’lishdi. 1970 yillarning o’rtalaridan
boshlab eng ommaviy zamonaviy usullardan biri
- yuqori samarador suyuqlik
xromatografiyasi jadal rivojlandi.