kashf etilishi.
Hozirgi davrda ekologiya
va atrof-muhit muxofazasini, meditsinani,
ko’pchilik fanlarning rivojlanishini, ayniqsa biotexnologiya, bioorganik va fizik
kimyoni, farmatsevtikani, hattoki ko’pchilik ishlab-chiqarish
maskanlarida ham
xromatografiyadan mahsulot sifatini nazorat qilishda keng miqyosda
foydalaniladi (4.2 rasm). Ko’pgina sohalardagi,
jumladan, bioorganik
kimyodagi 70-80% tadqiqotlar xromatografik usullar hissasiga to’g’ri keladi.
Atrof-muhit ifloslanishi monitoringida ko’pchilik noorganik va organik
ifloslantiruvchi moddalarning REKlari judayam
past kontsentratsiyalarda
(mikrogramm ulushlarida) o’rnatilgan va ularni aniqlash uchun yuqori sezgirlikka
ega bo’lgan xromatografiya usullari juda qo’l keladi. Ilmiy-uslubiy adabiyotlarda
xlorlangan, fosforlangan, azotli pestitsidlar, polixlor va polibrom bifenillar,
nitroaromatik
birikmalar, poliaromatoik uglevodorodlar va boshqa minglab
element va birikmalarning xromatografik usulda aniqlash ko’rsatmalari yoritilgan.
Yupqa qatlamli xromatografiya yordamida tuproqdagi pestitsidlar va ularning
metabolizmi
maxsulotlarini, ichimlik suv sifatini va boshqalarni aniqlanadi
(Karimov et al. 2014). Quyida ekologiya va atrof-muhit muxofazasida asosiy va
eng ko’p ishlatiladigan xromatografik usullar bayon etiladi.
Archer John Porter Martin va Richard Laurence Millington Synge –
taqsimlanish xromatografiyasi uchun 1952 yil kimyo Nobel mukofoti laureatlari.
Xromatografik tadqiqot va tahlil usullarining eng muhim yutuqlari sifatida
bir vaqtning o’zida unda ajralish,
identifikatsiya, miqdoriy baholash va
moddalarni toza holda ajratib olish bilan bir qatorda sorbat va sorbentlarning
fizik-kimyoviy xossalarini ifodalovchi bir qancha ma’lumotlarni
olish
imkoniyatini qayd etish mumkin. Buning isboti sifatida yuqori samarador
suyuqlik xromatografiyasi va boshqa usullarni dunyo aeroportlarida,
chegara-nazorat punktlarida va boshqa kerakli joylarda narkotik va boshqa ma’n
etilgan
moddalar
savdosi
va
iste’moliga
qarshi kurash maqsadida
ekspress-aniqlash maqsadida ishlatilishini keltirish mumkin. Ushbu instrumentlar
uchun odatda narkotik moddaning kiyimlarda, qo’llarda yoki asboblar
tutqichlarida qolgan izlari ham kifoya qiladi.
Albatta, xromatografik tahlilni oxirgi natijasiga yetishguncha ancha oraliq
operatsiyalarni bajarishga to’g’ri keladi, masalan,
namunalarni kontsentrlash
(quyultirish), tozalash, quritish, o’lchash va h.k. Lekin bu xarajatlarning hammasi
usulning yuqori samaradorligi va imkoniyatlari tufayli qoplanib ketadi.