moddaning ajratilishi aralashmadagi molekulalar
farqlanishi tufayli gelning
(statsionar fazaning) yoriqlariga turlicha kirib qolish xossasiga bog’liq bo’ladi.
Affin xromatografiyasi molekulalarning ajoyib xususiyati – ularning
biologik ixtisoslashganligidan foydalanadi (4.4 rasmga qarang).
Bu usul yuqori
molekulyar birikmalarni tozalashda juda qo’l keladi.
4.3 Xromatografik ajratilish nazariyasi haqida qisqacha ma’lumot
Xromatografik ajratish printsipi shundan iboratki, xarakatlanuvchi faza
doimiy ravishda statsionar faza ustida harakat qiladi va bunga statsionar faza ta’sir
etgani uchun unga aralashma komponentlari ajratiladi.
Harakatchan faza ikki
ko’rinishda bo’lishi mumkin:
1. Gaz - gaz xromatografiyasida
2. Suyuqlik – yupqa qatlamli, ustunli, suyuqlik va yuqori samarador
suyuqlik xromatografiyalarida.
Statsionar faza analitik ustun (kolonka) ichiga joylashtiriladi (4.6 rasm).
4.6 rasm. Ichiga statsionar faza to’ldirilgan
oddiy va ichki devoriga
statsionar faza o’rnatilgan kapillyar xromatografik ustunlar.
Bu asosiy xromatografiya usullarining har ikkalasi ikkita asosiy bosqichni
o’z ichiga oladi: 1) aralashma komponentlarining ikki faza orasida taqsimlanishi;
2) aralashma komponentlarining statsionar fazada yoki unda harakatchan fazaning
uzluksiz oqimi ta’siri bilan ajralishi (yuvilishi).
Aralashma komponentlarining ikki faza orasida taqsimlanishi taqsimot
koeffitsienti D bilan aniqlanadi. Uning kattaligi tadqiq etilayotgan moddaning
statsionar (adsorbent) va harakatchan (elyuent) fazalarga
nisbatan tabiatiga
bog’liqdir (4.7 rasm).
4.7 Rasm. Namunaning ustun bo’ylab harakatlanishida taqsimot
koeffitsienti.
𝐷 =
𝐶𝑐
𝐶𝑥
=
komponentning statsionar
fazadagi kontsentratsiyasi
komponentning harakatlanuvchi fazadagi kontsentratsiyasi
Katta taqsimot koeffitsientiga (D) ega aralashma komponenti asosan
harakatlanuvchi fazada erigan holatda qoladi va shuning uchun statsionar faza
ustidan tez harakat qiladi. Taqsimlanish koeffitsienti D dan past bo’lgan
komponent asosan qattiq statsionar fazada adsorbsiyalanib
qoladi yoki suyuq
statsionar fazada so’riladi (xromatografiya turiga qarab). Xarakatlanuvchi faza
statsionar faza ustida harakatlanar ekan, bu komponent statsionar faza bo’ylab
sekin harakatlanadi.