xromatografiya ma’nosini beradigan usul adsorbtsion
xromatografiyaning eng
oddiy variantidir. Suyuq va qattiq aralashmalarni ajratish uchun ishlatiladi.
Statsionar faza sifatida qattiq adsorbent, masalan glinozem (alyumin
oksidi), xarakatlanuvchi faza sifatida esa ma’lum erituvchi ishlatiladi.
Silindrsimon shisha ustuni avval shu ikki fazaning atalasimon aralashmasi bilan
to’ldiriladi. Ustunning pastki qismida aralashma oqib
ketishining oldini olish
uchun shishapaxtadan qistirma qo’yiladi (4.10-rasm). Aralashma cho’kib
o’rnashgandan so’ng, ustundagi erituvchini uning sathi qattiq faza sathidan bir oz
yuqoriroq qolgunicha chiqarib yuboriladi. So’ngra tadqiq qilinishi lozim bo’lgan
qattiq aralashma oz miqdorda erituvchida eritiladi va hosil bo’lgan eritma
yuqoridan ustunga quyiladi. Eritma ustundan o’tgandan so’ng erituvchi sathining
statsionar faza sathidan yuqoriligicha qolishiga ishonch hosil qilish uchun biroz
sof erituvchi qo’shiladi. Erituvchini ustundan o’tkazish
jarayoni elyuvirlash
deyiladi. Elyuvirlash uchun ishlatiladigan erituvchi
elyuyent deyiladi, xuddi shu
erituvchi elyuvirlash tugagandan keyin ustundan chiqishida
elyuat deb ataladi.
Aralashmaning turli komponentlarga ajratilishi ular asta-sekin ustun bo’ylab
harakat qilishida sodir bo’ladi. Aralashmaning tarkibiy qismlari pigmentlar yoki
bo’yoqlar kabi rangli bo’lsa, ularning ajralishi vizual kuzatilishi mumkin.
1-komponent yuqoriroq taqsimlanish koeffitsientiga
ega va shuning uchun
ustundan tezroq o’tadi. Aralashmadagi biron komponentni ustundan o’tishi uchun
zarur bo’lgan vaqt komponentning
elyuvatsion vaqti deyiladi. Elyuvirlangan
komponentlarning ketma-ket portsiyalari kolba yoki probirkalarga to’planadi.
Erituvchi distillash yo’li bilan yo’qotilib, toza komponent ajratib olish mumkin.
4.10-rasmda ikki komponentli aralashmaning qanday taqsimlanishi va to’liq
ajratishning ideal holati ko’rsatilgan.