4.14 Rasm. Qog’ozda quyi oqim xromatografiyasi.
4.7 Gaz xromatografiyasi
Gaz xromatografiyasi bug’lantirilganda
yoki gazga aylantirilganida
parchalanmaydigan moddalarni tahlil etishda ishlatiladigan universal usuldir. Bu
usul birinchi marta 1952 yilda Djeyms va Martin tomonidan uchuvchan yog’
kislotalarini ajratishda ishlatilgan. Gaz xromatografiyasida
harakatchan faza
sifatida gaz ishlatiladi. Gazning yopishqoqligi suyuqlikka qaraganda
ancha past
bo’ladi va yuqori diffuziya tezligiga ega bo’ladi. Uning ikki varianti mavjud.