xromatografiyasining bir turidir.
Qaynash harorati qancha past bo’lsa, shuncha ushlanish sust bo’ladi.
Qancha statsionar fazada yaxshi erisa, shuncha kuchli ushlanadi. Ushbu usuldagi
statsionar faza sifatida yuqori qaynash nuqtasiga ega bo’lgan (Tqaynash = 200
o
C)
suyuqlik
xizmat qiladi, masalan uzoq uglerod zanjiriga ega bo’lgan qandaydir
alkan kabi. Bu fazani qattiq tashuvchi (sorbent)
- tor spiralsimon ustunga
to’ldirilgan aktiv ko’mir, glinozem yoki kremniy oksidi kabi ba’zi g’ovak
kimyoviy inert va barqaror modda yordamida uning yuzasiga surtilgan holatda
ishlatiladi. Shuning uchun u tashuvchini yaxshi namlash xususiyatiga ega bo’lishi
(yupqa plenka hosil qilishi) lozim. Xarakatlanuvchi faza sifatida gaz ishlatiladi -
odatda azot, vodorod, geliy yoki argon. Bu gaz
tashuvchi-gaz deb ataladi.
Namunani kameraga kiritish uchun yuqori aniqlikdagi maxsus shprits ishlatiladi.
Namuna bug’latiladi va tashuvchi gaz bilan kolonna bo’ylab harakatlanadi.
Aralashmaning har xil tarkibiy qismlari har xil taqsimlanish koeffitsientlari
bilan xarakterlangani uchun ustun bo’ylab har xil tezlikda harakatlanadi. Har bir
komponent
oxir-oqibat detektorga kiradi, bu esa yozuvchiga signal uzatadi.
Natijada cho’qqilar ketma-ketligidan iborat gaz xromatogrammasi hosil bo’ladi
(4.16 rasm). 4.16-rasmda gazlar aralashmasining gaz-suyuqlik xromatogrammasi
ko’rsatilgan. Bu xromatogrammadagi in’yektsiya cho’qqisi namuna
xromatografga kirgan paytga to’g’ri keladi. Har bir keyingi cho’qqi
sinov
aralashmasi keyingi komponentiga mos keladi. In’yeksiya cho’qqisidan har bir
komponentning cho’qqisigacha bo’lgan masofa (vaqt shkalasida)
tegishli
komponentning saqlanish vaqti deyiladi. Saqlanish vaqti muayyan birikmaning
kimyoviy tarkibi va tajriba sharoitlari bilan belgilanadi. Bu sharoitlarga harorat,
tashuvchi gazning oqim tezligi va statsionar fazaning tabiati va konsentratsiyasi
kiradi.
Zamonaviy
gaz
xromatograflari
ancha
murakkab
instrumentlar
kompleksidan iborat, detektorga borib yetgan
signal ulangan maxsus
kompyuterlarda qayta ishlanib, tadqiqotchiga yakuniy natijalarni o’zi
hisoblab
beradi (4.17 rasm).