Endi tadqiq qilinayotgan aralashmadagi (eritmadagi yoki namunadagi)
komponentlarning
miqdoriy tahliliga kelsak, u har bir cho’qqining intensivligi
(ya’ni balandligi va yuzasi kengligi) uning aralashmadagi kontsentratsiyasiga
proportsional degan taxminiy xulosaga asoslanadi. Odatda cho’qqining
maydonini (S) topish uchun uning balandligini (h) cho’qqi
balandligining qoq
o’rtasida o’lchangan kengligiga (w) ko’paytiriladi (S=h · w). Bunday tahliliy
hisob-kitoblar zamonaviy xromatograflarda to’liq kompyuterlashtirilgan holda
statistika asosida amalga oshiriladi (4.25 rasm).
Boshqa instrumental usullarda bo’lganidek,
xromatografiyada ham
kalibrovkadan foydalanish zarur. Buning uchun bir qator usullar bor. Eng aniq va
ishonchli kalibrovka metodi - bu absolyut kalibrovka usulidir. Bunda har bir
komponent uchun tajriba yo’li bilan ushlanish vaqti, cho’qqi
balandligi va
yuzasining kontsentratsiyaga bog’liqligi xromatogrammasi aniqlanadi, bu
kalibrovka xromatogrammasi bo’lib xizmat qiladi. Keyin esa tadqiq qilinayotgan
noma’lum tarkibli aralashmani (namunani) ham xuddi shu tartibda tahlil qilinadi
va kalibrovka bilan solishtirgan holda aniqlanayotgan modda kontsentratsiyasi
topiladi. Bu usul ayniqsa mikroaralashmalarni tahlilida qo’l keladi.
Shunisi
yaxshiki, bunda aralashmadagi komponentlarni ajratishning keragi bo’lmay
qoladi, faqat kerak bo’lgan moddani aniqlash bilan kifoyalanadi.
4.24 rasm. 3 komponentli aralashmaning (eritmaning) xromatogrammasi: 0
– namunani shprits orqali ustunga kiritish fursati, 1, 2, 3 – komponentlarning
xromatografik cho’qqilari,
𝑡
𝑟1
, 𝑡
𝑟2
, 𝑡
𝑟3
– komponentlarning
ustunda ushlanish
vaqti. O’ng tarafda – cho’qqi maydoni yuzasi (S).