• Koaksial kabel
  • BNC-konnektor.
  • 1-amaliy mashg’ulot Mavzu: Kompyuter tarmoqlarida qo’llaniladigan kabellar va ularning xillari. Tarmoq kabelini tayyorlash. Qisqacha nazariy ma’lumot




    Download 1,26 Mb.
    bet1/3
    Sana15.01.2024
    Hajmi1,26 Mb.
    #137384
      1   2   3
    Bog'liq
    1-amaliy mashg\'ulot


    1-amaliy mashg’ulot
    Mavzu: Kompyuter tarmoqlarida qo’llaniladigan kabellar va ularning xillari. Tarmoq kabelini tayyorlash.
    Qisqacha nazariy ma’lumot.
    Lokal tarmoqlarning rivojlanish vaqtida tarmoq kabellarining yetarlicha ko’p
    turlari paydo bo’ldi va ularning barchasi standartlar talablarining natijasidir.
    Ularning ba’zilari tarixda qoldi, ba’zilari esa endi qo’llanilmoqda va ular tufayli
    biz o’zimizga kerakli bo’lgan yuqori tezlikda ma’lumotlar almashish imkoniyatiga
    egamiz.
    Kompyuter tarmoqlarida eng ko’p qo’llaniladigan kabellar: koaksial kabel,
    o’rama juft kabeli va optik tolali kabellardir.
    Koaksial kabel – tarmoqlarini qurishda ishlatiladigan eng dastlabki
    o’tkazgichlardan biri. Koaksial kabel qalin izolyatiya bilan o’ralgan markaziy
    o’tkazgich, misli yoki alyuminli o’ram va tashqi izolyatsiya qobig’idan tashkil
    topgan (1.1-rasm).

    1.1-rasm. Koaksial kabelning tuzilishi.
    Koaksial kabellar bilan ishlash uchun turli tipdagi bir qancha razyomlar
    qo’llaniladi.
    BNC-konnektor. Kabelning oxiriga o’rnatiladi va T-konnektorga va barrel
    konnektorga ulash uchun xizmat qiladi.

    BNC T-konnektor. Kompyuterni asosiy magistralga ulash uchun ishlatiladi.
    Uning konstruktsiyasi uchta razyomdan iborat, ulardan biri razyomni tarmoq
    kartasiga, qolgan ikkitasi magistrallarning ikki oxirini ulash uchun xizmat qiladi.

    Eng ko’p uchraydigan kabel – bu mis o’rama juft kabelidir. U signallarni
    elektr signallar yordamida uzatadi. O’z nomidan kelib chiqib, ushbu kabel birbiridan
    izolyatsiyalangan bir nechta juft o’ralgan o’tkazgichlardan foydalanadi.
    Simlarni o’rash tashqi manbalar elektromagnit maydon ta’sirini kamaytirish
    imkonini beradi. Bugungi kunda eng ommaviy kabellar 5 va undan yuqori
    kategoriyali kabellardir. Aynan ushbu kategoriyalardan boshlab juft o’tkazgichalar
    har xil intensivlik bilan o’raladi, bu simlarning o’zaro ta’siri va bir biriga xalaqit
    berishini kamaytirish imkonini beradi. O’rama juft ekranlashgan va
    ekranlashmagan bo’ladi. Agar kabel markirovkasi U harfidan boshlansa, bu kabel
    ekranlashmaganligini bildiradi. S harfidan boshlansa, bu ekran sifatida simli o’ram
    ishlatilayotganini anglatadi, agar F harfidan boshlansa ekran sifatida folgadan
    foydalanilganligini anglatadi.
    U/UTP (Unshielded Twisted Pair) markirovkasi – bu oddiy ekransiz o’rama
    juft. Masalan, F/UTP (Shielded Twisted Pair) kabel folga bilan ekranlashganini,
    lekin o’ralgan o’tkazgichlarning o’zi ekranlashmaganini anglatadi. Ya’ni birinchi
    harf kabelning umumiy ekranini, “/” belgisidan keyingisi esa o’tkazgichlarning
    o’zilarining ekranlashganini ko’rsatadi. F/FTP markirovkasi har bir juft folga bilan
    ekranlashganini va qo’shimchasiga barcha juftlar folgali ekran bilan o’ralganini
    anglatadi.

    Agar kabelning kategoriyasi qanchalik yuqori uning bo’lsa uzatish tezligi va
    o’tkazuvchanligi shunchalik yuqori bo’ladi. Quyida kabel kategoriyasining
    tezlikka va o’tkazuvchanligiga bog’liqligi bo’yicha qisqacha ma’lumot keltirilgan.

    Download 1,26 Mb.
      1   2   3




    Download 1,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-amaliy mashg’ulot Mavzu: Kompyuter tarmoqlarida qo’llaniladigan kabellar va ularning xillari. Tarmoq kabelini tayyorlash. Qisqacha nazariy ma’lumot

    Download 1,26 Mb.