|
1-amaliy mashg’ulot Mavzu: Kompyuter tarmoqlarida qo’llaniladigan kabellar va ularning xillari. Tarmoq kabelini tayyorlash. Qisqacha nazariy ma’lumot
|
bet | 3/3 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,26 Mb. | | #137384 |
Bog'liq 1-amaliy mashg\'ulotAmaliy qism.
To’g’ri ulanish. To’g’ri ulash kabelini tayyorlash uchun quyidagi ishlar
bajariladi:
1. Kerakli uzunlikda kabelni qirqib oling. Kabelning ikkala uchlari
tozaligiga va to’g’ri burchak ostida kesilganligiga e’tibor bering.
2. Qirqilgan kabelni taxminan 2,5 sm o’lchamda himoya qobig’ini ajrating.
Himoya qobig’ini ajratayotganda ichki simlariga shikast yetkazmang.
5-rasm. Himoya qobig’ini ajratilgan kabel.
3. Simlarni rang bo’yicha juftlarga ajratib chiqing. Agar e’tibor bergan
bo’lsangiz 4 juvt rangi simlar bor. Bu simlarni quo’idagi ranglar bo’yicha saralang:
ko’k/ko’k-oq, to’q sariq/to’q sariq - oq, yashil/yashil-oq, jigar rang/jigar rang-oq
(6-rasm).
6-rasm. Simlarni rang bo’yicha juftlarga ajratish.
4. Endi simlarni qo’yidagi ketma-ketlik bo’yicha tartiblang (chapdan o’nga):
1- to’q sariq – oq, 2 - to’q sariq, 3 - yashil-oq, 4 - ko’k, 5 - ko’k-oq, 6 – yashil, 7 -
jigar rang-oq, 8 - jigar rang.
5. Simlarni bitta chiziq bo’yicha tartiblang va simlar bir xil uzunlikda bo’lishi uchun taxminan bir millimetr qirqib tashlang.
7-rasm. Simlarni bir xil uzunlikka keltirish.
6. RJ-45 konnektorini oling, bunda plastik ilgich qismi pasga qarab tursin.
7. Saralangan va tartiblangan simlarni RJ-45 konnektor ichiga extiyotlik
bilan joylashtiring. Simlarni tartibli ushlab turish bir muncha qiyin bo’lishi
mumkin, shuning uchun ko’proq shug’ullaning. RJ-45 konnektori ichida xar bir
simga tegishli yo’naltiruvchi yo’llari mavjud bo’ladi. Bu yo’llar yordamida
simlarni yo’ulni oxirigacha taqab olib borish mumkin.
To’g’ri bajarilgan ish: Kabelning himoya qobig’i RJ-45 konnektori ichiga
kirgan bo’ladi. Bundan tashqari sakkizta sim o’z o’rnida turganiga va ularning
tartibi o’zgarib ketmaganligiga ishonch xosil qilish zarur. U qo’yidagi ko’rinishda
bo’lishi zarur:
Kross-kabel. Kross-o’tkazuvchi kabelini tayyorlash yuqoridagi kemaketlikda
asosida amalga oshiriladi. Bunda to’g’ri ulashdan farqli tomoni shundaki,
rangli simlarning tartibi o’zgaradi. To’g’ri ulashda simlar tartibi kabelning ikkala
uchida xam bir xil bo’ladi. Kross-o’tkazuvchida kabelning ikkinchi uchida birinchi
uchiga qaraganda rangli simlar ketma-ketligi turlicha bo’ladi.
Kabelning birinchi uchidagi simlar ketma-ketligi to’g’ri ulanishdagidek
bo’ladi, ya’ni:
10-rasm. Kross-kabelning birinchi uchi:
1- to’q sariq – oq, 2 - to’q sariq, 3 - yashil-oq, 4 - ko’k, 5 - ko’k-oq, 6 – yashil, 7 -
jigar rang-oq, 8 - jigar rang.
Kabelning ikkinchi uchining rangli simlari qo’yidaricha tartiblanadi:
10-rasm. Kross-kabelning ikkinchi uchi:
1- yashil-oq– oq, 2 – yashil, 3 - to’q sariq oq, 4 - ko’k, 5 - ko’k-oq, 6 -to’q sariq, 7- jigar rang-oq, 8 - jigar rang.
Agar e’tibor bersangiz yashil va to’q sariq juftliklar (xuddi kesishshigani
kabi) o’rin almashishadi. Ayna shuning uchun ham kross-o’tkazuvchi deb
nomlanadi. Tayyorlangan kross-o’tkazuvchi kabeliga to’g’ri o’tkazuvchi kabeldan
farq qilishi uchun marker yordamida belgi qo’ying.
Kabelni tekshirish. Tayyorlangan kabelni tekshirib ko’rish zarur.
Tekshirish tester yordamida amalga oshiriladi. Kabelning ikki uchi testerga ulanadi
va lampochkachalar orqali kelaytgan xabarlar kuzatib boriladi. Agar ularning
barchasi yonsa, u xolda barchasi to’g’ri bajarilgan.
11-rasm. Tester.
Standartga ko’ra xab va kompyuter o’rtasidagi masofa 100 metrdan
oshmasligi lozim. Agarda 3Com tarmoq kartalaridan foydalanilsa bu masofa 175
metrgacha uzayishi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-amaliy mashg’ulot Mavzu: Kompyuter tarmoqlarida qo’llaniladigan kabellar va ularning xillari. Tarmoq kabelini tayyorlash. Qisqacha nazariy ma’lumot
|