|
1-amaliy mashg’ulot Mavzu: Kompyuter tarmoqlarida qo’llaniladigan kabellar va ularning xillari. Tarmoq kabelini tayyorlash. Qisqacha nazariy ma’lumot
|
bet | 2/3 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,26 Mb. | | #137384 |
Bog'liq 1-amaliy mashg\'ulot1-kategoriya (o’tkazuvchanligi 100 Hz) – 56 Kbit/s gacha.
2-kategoriya (o’tkazuvchanligi 1 MHz) – 4 Mbit/s gacha.
3-kategoriya (o’tkazuvchanligi 16 MHz) – 10 Mbit/s gacha.
4-kategoriya (o’tkazuvchanligi 20 MHz) – 16 Mbit/s gacha.
5-kategoriya (o’tkazuvchanligi 100 MHz) – 100 Mbit/s gacha.
5e-kategoriya (o’tkazuvchanligi 125 MHz) – 2 ta juftdan foydalanilganda
100 Mbit/s gacha va 4 ta juftdan foydalanilganda 1 Gbit/s gacha.
6-kategoriya (o’tkazuvchanligi 250 MHz) – 4 ta juftdan foydalanilganda 1
Gbit/s gacha va kabel uzunligi 55 metrdan oshmaganda 10 Gbit/s gacha.
6e-kategoriya (o’tkazuvchanligi 500 MHz) – 4 ta juftdan foydalanilganda 1
Gbit/s gacha va kabel uzunligi 100 metrdan oshmaganda 10 Gbit/s gacha.
7-kategoriya (o’tkazuvchanligi 600 MHz) – 4 ta juftdan foydalanilganda 10
Gbit/s gacha.
7e-kategoriya (o’tkazuvchanligi 700-1200 MHz) – 4 ta juftdan
foydalanilganda 10 Gbit/s gacha va kabel uzunligi 50 metrdan oshmaganda 40
Gbit/s gacha va kabel uzunligi 15 metrdan oshmaganda 100 Gbit/s gacha.
Ularning soniga qaramasdan, hozirgi kunda 5e va 6-kategoriyalardan
foydalanilmoqda. Bu foydalanuvchilarni zamonaviy infratuzilmaga ulash uchun
yetarli. Oxirgi yangiliklarga ko’ra, yangi 802.3bz standarti tasdiqlangan. Bu
standart 5e va 6-kategoriyali kabellardan foydalanib uzatish tezligining maksimal
chegarasini 2.5 va 5 Gbit/s gacha oshirish imkonini beradi. Bu ularning hali
kelajagi bor ekanligini anglatadi.
O’rama juftning oxiriga ko’pchilikka RJ-45 nomi bilan ma’lum bo’lgan
8P8C (8 pozitsiyada 8 kontakt) konnektori biriktiriladi.
RJ-45 konnektori ko’rinishi
U kabel bilan maxsus siquvchi uskuna yordamida ulanadi
Kabelning keying turi oltik tolali kabellar (ing. Optic fiber cable). Hozirda
ular zamonaviy Intenetning asosi hisoblanadi. Ular ma’lulotlarni uzoq masofalarga
yo’qotishlarsiz uzatish imkonini beradi. Uning tuzilishi quyidagicha:
1) Markazda o’zak (серцевина) (yadro deb ham nomlanadi) joylashgan. U
asosiy yorug’lik uzatuvchi qism hisoblanadi. U kvars oynadan
tayyorlanadi.
2) Keyin qobiq (оболочка) keladi. Uning asosiy vazifasi – bu nurning yadro
chegarasidan chiqib ketishiga imkon bermasilik. Ya’ni bu o’ziga xos
chegara. O’zak kabi u ham kvars oynadan tashkil topgan, ammo
qobiqning sindirish ko’rsatkichi pastroq. Bu unga nurni toliq qaytarishi
uchun kerak.
3) Va oxirgi qism – bu himoyalovchi qobiq (оплетка).
Yuqorida aytilganidek, optik tolali kabellar amalda shishadan tashkil topgan,
demak u mo’rt. Agar, misol uchun, o’rama juft kabeli tashqi izolyatsiyasi
zararlanib 10 joyidan egilganda ham o’z sihini davom ettiraveradi, bu esa optik
tolali kabellar uchun juda kritik holdir. Egilish kabel uzunligiga qarab belgilangan
burchakda bo’lishi lozim. Uning kamchiligi shunda. Lekin ulkan afzalliklarga ham
ega. Agar o’rama juft kuchaytirgichsizlarsiz maydonlarda 100 metrdan oshmasa,
optik tolali kabellarda bu 10 km gacha yetadi.
Kompyuter tarmoqlarida foydalanish maqsadiga ko’ra tarmoq kabellarning
ikki turidan foydalaniladi: to’g’ri va kross-o’tkazgich (cross-over cable, nul-xab).
Bunday xollarda zamonaviy qurilmalar avtomatik aniqlash xususiyatiga ega
bo’ladi yoki tarmoq kartasida MDI/MDIX so’zi yozilgan bo’lsa, qurilma qaysi
juftliklar bo’yicha signallarni o’tkazishni o’zi aniqlaydi.
To’g’ri ulanish quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi:
Bir tomonda – ShK, printer, televizor;
Ikkinchi tomonda – router, switch.
Kross-o’tkazgich xabdan foydalanmagan xolda ikki kompyuterni bir-biriga
to’g’ridan-to’g’ri ulash uchun foydalaniladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-amaliy mashg’ulot Mavzu: Kompyuter tarmoqlarida qo’llaniladigan kabellar va ularning xillari. Tarmoq kabelini tayyorlash. Qisqacha nazariy ma’lumot
|