• Additivlik
  • Antropogen omil
  • Atrof-muhitning sifatiy ko’rsatkichlari
  • Tahlilning instrumental usullari / Darslik




    Download 4,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet86/101
    Sana08.01.2024
    Hajmi4,55 Mb.
    #132176
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   101
    Bog'liq
    ber burger formulasi

    Abiotik omillar – muhitning jonsiz tarkibiy qismlari va jismlari, misol uchun, 
    havo, toshlar, tuproq, suv, torf va boshqalar; 
    Absorbtsiya [lot. absorbtio – yutilish, singish] – 1) suyuq eritmalar va gazlar 
    aralashmalaridagi 
    ifloslantiruvchi 
    moddalarning 
    suyuqliklarning 
    (absorbentlarning) butun massasi (hajmi) tomonidan yutilishi; 2) yorug’likning 
    (yoki radioto’lqinlarning, tovushlarning) absorbent orqali o’tganda yutilishi. A. 
    sanoatda zararli chiqindilarni tozalashda keng qo’llaniladi; 
    Additivlik [lot. additio – qo’shilish] – modda yoki omillar guruhi 
    xususiyatlarining oddiy arifmetik jamlanishi; 
    Adsorbtsiya [lot. ad – ustida va sorbere – yutish, so’rish] – moddaning eritma 
    yoki gazdan ma’lum (adsorbent deb ataluvchi) qattiq jismlar sirti tomonidan 
    yutilishi; biologik jarayonlarning kechishida, moddalarni tozalash jarayonlarida 
    va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalarida muhim ahamiyatga ega. 
    Antropogen omil – inson va uning faoliyati tomonidan organizmlarga, 
    biogeotsenoz, landshaft, biosferaga ko’rsatiladigan ta’sir. 
    Atrof - muhit – tabiatdagi barcha tirik organizmlarga, jumladan odamlarga va 
    ularning xo’jaligiga birgalikda va bevosita ta’sir etuvchi abiotik, biotik va ijtimoiy 
    muhitlar majmuasi; 
    Atrof-muhitning sifatiy ko’rsatkichlari (mezonlari) - atrof-muhitning umuman 
    yoki alohida komponentlari sifatini baholashdagi qo’llaniladigan parametrlar va 
    alomatlar. 
    Geokimyo – erning kimyoviy tarkibi, unda kimyoviy elementlarning taqsimlanish 
    qonuniyatlari va migratsiyasini o’rganadigan fan. Atama 1838 yilda K.F. 
    Shyonbeyn tomonidan kiritilgan; 
    Degazatsiya [lot. de – bekor qilish, olib tashlanishni bildiruvchi qo’shimcha va 
    gaz] – 1) ifloslangan joy, transport vositalari, oziq-ovqat mahsulotlaridan 
    ifloslantiruvchi moddalarni olib tashlash, neytrallash; 2) suvga eritilgan gazlarni 
    yo’qotish uchun suvni tozalash; 

    Download 4,55 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   101




    Download 4,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tahlilning instrumental usullari / Darslik

    Download 4,55 Mb.
    Pdf ko'rish