• Jadvalga satr qo`shish.
  • Table
  • TaHrirlovchi programmalar Microsoft Word matn tahrir dasturi. Word oynasining tuzilishi Wordda menyular bilan ishlash. Wordda klavyatura kombinatsiyalari




    Download 92 Kb.
    bet12/19
    Sana21.12.2023
    Hajmi92 Kb.
    #126338
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
    Jadvallarni qayta ishlash Winword da jadvalni tahrirlash va formatlashning ikki usuli bor: sichqoncha yoki meny buyrug`i orqali. Uning qaysi birini tanlash foydalanuvchiga havola.
    Sichqoncha bilan ishlash ishni tezlashtiradi. Jadvalni yangi ma'lumot bilan to`ldirish, uni olib tashlash, bir necha yacheykalarni birlashtirish, ustun qo`shish va olib tashlash uchun meny buyruqlaridan foydalanish qulay hisoblanadi.
    Jadvalga satr qo`shish.Tayyor jadvalga doim o`zgartirish kiritish mumkin. Jadvalga bir necha satr qo`shish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak.
    • Sichqoncha yordamida:
    Qancha satr qo`shish kerak bo`lsa shuncha satrni markirovkalash (belgilash) lozim. Buning uchun kursorni jadvalning chap tomonidagi markirovka yo`liga qo`yish kerak. Shunda u o`ng va yuqoriga yo`naltirilgan strelka tusini oladi. Va chap klavishani qo`yib yubormasdan, yuqoriga ajratilmoqchi bo`lgan satrga yo`naltirish lozim. Tasvir o`zgaradi.
    · Klaviatura yordamida:
    Table menysidagi Insert Rows buyrug`ini tanlang. Agar menyda bunday buyruq bo`lmasa markirovka xato bajarilgan bo`ladi. Winword da yangi satrlar markirovkaning yuqori qismiga qo`yiladi. Agar satrni jadval oxiriga qo`ymoqchi bo`lsangiz, jadvaldan keyingi kiritish kursorini abzats boshiga qo`yish lozim va Table menysidagi Insert Rows buyrug`ini tanlash kerak. [Insert Rows] satr qo`yishdagi muloqotli oynada nechta satr qo`yish kerakliligini ko`rsatish mumkin.Qo`shilayotgan satrdagi yacheykalar formati ustun yacheykalari formatiga to`g`ri keladi.
    Ustun qo`yish.Jadvalga yangi ustun qo`yish orqali o`ngga yoki chapga kengaytirish mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak.
    •Nechta ustun kerak bo`lsa shuncha ustunni markirovka qiling. Buning uchun kursorni ustun yuqori chegarasiga qo`ying. U pastga qaragan qora strelka tusini oladi. Sichqonchani chap klavishasini bosing va qo`yib yubormasdan nechta ustun kerak bo`lsa, shuncha yon tarafga kursorni yurgizing. Markirovkalangan ustunlar ajraladi.
    • Table menysidagi Insert Column buyrug`ini tanlang. Yangi ustunlar jadvaldagi markirovka bo`lgan ustunlarining chap tomonida paydo bo`ladi.
    Agar ustunlarni o`ng tarafga qo`yish yo`li bilan jadvalni kengaytirmoqchi bo`lsangiz, kursorni birinchi satrdagi oxirgi yacheykadan keyin qo`yish kerak. Table menysidagi Select Column buyrug`ini tanlab, Insert Column buyrug`ini bajaring. Shundan so`ng Winword jadval o`ng tomondagi birinchi ustundan keyin bir ustun qo`yadi.

    Download 92 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




    Download 92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    TaHrirlovchi programmalar Microsoft Word matn tahrir dasturi. Word oynasining tuzilishi Wordda menyular bilan ishlash. Wordda klavyatura kombinatsiyalari

    Download 92 Kb.