• Microsoft Word ning imkoniyatlari
  • Microsoft Word matn tahrir dasturi.
  • TaHrirlovchi programmalar Microsoft Word matn tahrir dasturi. Word oynasining tuzilishi Wordda menyular bilan ishlash. Wordda klavyatura kombinatsiyalari




    Download 92 Kb.
    bet1/19
    Sana21.12.2023
    Hajmi92 Kb.
    #126338
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

    TaHrirlovchi programmalar
    Microsoft Word matn tahrir dasturi.
    Word oynasining tuzilishi
    Wordda menyular bilan ishlash.
    Wordda klavyatura kombinatsiyalari.
    Word ishini tugatish
    Worddamenyular sarti bilan ishlash
    Maxsus tahrirlovchilar
    Equation Editor
    Microsoft Word ning imkoniyatlari
    Tahrirlovchi programmalar 2 ta guruhga bo`linadi:
    - sistemada mavjud ichki tahrirlovchi programmalar;
    - sistemadan tashqi tahrirlovchi (protsessor) programmalar.
    Hozir foydalanuvchilar ko`proq Windowsda ishlashga o`tayotgani munosabati bilan quyida undagi mavjud ichki va tashqi muharrirlarni keltiramiz.
    Ichki muharrir misoli sifatida Write (yozuv) ni keltirishimiz mumkin. Bunday muharrirlarning tahrirlash imkoniyatlari yetarlicha bo`lmagani uchun undan odatda oddiy xatlarni va turli matn hujjatlarni tayyorlashda foydalaniladi.
    Tashqi muharrir misoli sifatida hozirda eng ko`p tarqalgan Word (so`z) tahrirlovchisini (bunda albatta nisbatan eski hisoblangan Leksikon, Chiwriter va boshqalarni ham unutish kerak emas) keltirishimiz mumkin. Albatta bu tahrirlovchi o`zining imkoniyatlari jihatidan boshqalaridan ancha ustun turadi. Uning inglizcha va ruscha versiyalari mavjud bo`lib, u doimo rivojlanib, yangi versiyalari paydo bo`lmoqda. Avval u MS Word 6.0 nomi bilan (Windows 3.X uchun) atalgan bo`lsa, Windows 95 da MS Word 7.0 nomi bilan ishlatiladi, shuningdek Windows 97 da Word 97, Windows 98 da esa Word 98, Windows 2000da Word 2000 deb ataladi. Tashqi tahrirlovchilar (protsessorlar) formatlash imkoniyatiga ega. Ichki tahrirlovchilarda bunday imkoniyat yo`q.
    Microsoft Word matn tahrir dasturi.
    Word oddiy rejimda ishlash bilan birga, ikkinchi tomondan chegaralanmaganlik imkoniyatlariga ega. U boy shriftlarni, shu jumladan, milliy shriftlarni osongina ishlatish imkoniyatini beradi. Hozircha ingliz va rus hamda xorijiy tillarida yozilgan jumlalarning orfografik va semantik xatolarini avtomatik ravishda tuzata olishi, matnlarni istalgan ko`rinishda va o`lchamda chiqarishi, matnlar bilan ishlashni tez amalga oshirishi, texnikaviy matnlardagi formulalar bilan ishlashning osonligi va yana juda ko`p boshqa jihatlari bilan boshqa matn tahrirlovchilaridan farq qiladi. Uning yana muhim bir xususiyati, agarda turli jadvallar, diagrammalar va grafiklar matnda ishlatilishi talab qilinsa, boshqa amaliy programmalardan foydalanish (OLE texnologiyasi) imkoniyatini beradi, masalan:
    · elektron jadvallardan Lotus 1, 2, 3, Excel;
    · grafik tahrirlovchilardan CorelDraw, Paint Brush;
    · taqdimot uchun foydalaniladigan Power Point;
    · berilganlar bazasidan Access, Visual FoxPro;
    va boshqalardan foydalanib, ularda olingan obyektlarni Wordda tayyorlangan hujjatlar tarkibiga kiritish mumkin.
    Xullas, Wordning imkoniyatlari kengayib borib, hozirda u ajoyib chop qiluvchi sistema tarzida shakllandi desak yanglishmaymiz. Shuni aytish lozimki, Word 6.0, Word 7.0, Word 97 Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo`lsa, Word Perfect firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan shu nomli tahrirlovchi programmalar ham hozirda keng qo`llaniladi. U ham o`z imkoniyatlari jihatidan Wordga yaqin.

    Download 92 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    TaHrirlovchi programmalar Microsoft Word matn tahrir dasturi. Word oynasining tuzilishi Wordda menyular bilan ishlash. Wordda klavyatura kombinatsiyalari

    Download 92 Kb.