|
TaHrirlovchi programmalar Microsoft Word matn tahrir dasturi. Word oynasining tuzilishi Wordda menyular bilan ishlash. Wordda klavyatura kombinatsiyalari
|
bet | 6/19 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 92 Kb. | | #126338 |
Orfografiyani tekshirish
WinWord da matnni kiritish davomida orfografiyani tekshirish funksiyasi kiritilgan bo`lib, u xato so`zlar ostiga to`lqinsimon qizil rangdagi chiziq tortib qo`yadi. Holatlar satridagi kitob tasviriga sichqoncha yordamida ikki bor shiqillatsak, dinamik meny ochilib, u yerda xato terilgan jumlani mumkin bo`lgan almashtirish ko`rinishini tanlashimiz yoki shu jumlani lug`atga kiritib qo`yishimiz mumkin bo`ladi. Dinamik menyni ochish uchun ostiga chizilgan jumla ustiga sichqonchani kelitrib o`ng klavisha bosilsa ham bo`ladi.
Holatlar satrida foydalanuvchi uchun ma'lumot ham keltiriladi. Agar foydalanuvchi meny satridan element tanlasa, u holda holatlar satrida shu meny yoki buyruq haqida qisqacha ma'lumotnoma beriladi. Holatlar satri amallarning qisqacha ta'rifini ham berishi mumkin. Masalan, hujjatning saqlanish vaqtida ushbu buyruqni bajarilishi, hujjatning nomi va hajmi haqidagi ma'lumot paydo bo`ladi.
WinWord ishini tugatish
Buning bir necha usuli mavjud:
-menyning «fayl» bo`limidagi «vixod» ni tanlash;
-Alt+F4 ni bosish;
-sistema klavishasiga ikki marta sichqoncha bilan shiqillatish.
Agar bir yoki bir nechta hujjatga o`zgartirish kiritilgan bo`lsa, u holda programma yopilishi oldidan shu ma'lumotlarni saqlab qo`yishni tasdiqlovchi so`rov oynasi paydo bo`ladi. Unda «Da», «Net» yoki «Otmena» javoblaridan biri tanlanishi talab etiladi.
Fayl menysi.
WORD ning fayl menysi hujjatlar bilan ishlovchi quyidagi buyruqlarni o`z ichiga oladi (8.15-rasm):
Sozdat buyrug`i - yangi hujjatlar yoki shablonlarni ochish uchun xizmat qiladi. Yangi hujjatlar hosil qilish standart shakldagi Obichniy shablonlarga asoslangan bo`ladi va bular «Shablonlar» oynasidagi Normal.dot faylida saqlanadi. Boshqa shablonni tanlash esa Sozdaniya oynasida amalga oshiriladi.
Bu amaliyot fayl menysida Sozdat buyrug`i yordamida olib boriladi. Standart muloqot oynalari yangi hujjat tuzishda bir qancha shablon turlarini, funksional belgilar qo`yilmasini, ya'ni umumiylikni, xatlar, fakslar, hisobotlar, publikatsiyalarni, boshqa hujjatlarni va WEB-sahifalarini o`zida mujassam etadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
TaHrirlovchi programmalar Microsoft Word matn tahrir dasturi. Word oynasining tuzilishi Wordda menyular bilan ishlash. Wordda klavyatura kombinatsiyalari
|