|
Gorizontal koordinatalar chizg`ichining funksiya va piktogrammalari
|
bet | 4/19 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 92 Kb. | | #126338 |
Gorizontal koordinatalar chizg`ichining funksiya va piktogrammalari Varaqning yozuv boshlanadigan chap chegarasidan boshlab tabulyatorlar odatda har 0,5 dyymga joylashtirilgan bo`ladi. [Tab] klavishasi bosilsa, hujjat matniga chop etilmaydigan tabulyatsiya belgisi qo`yiladi va ko`rsatkich navbatdagi tabulyatsiya xonasiga ko`chib o`tadi. Tabulyatorlar holatini o`zgartirish, shu chizg`ich bosh qismida joylashgan klavisha orqali amalga oshirilishi mumkin.
Abzatsni formatlash uchun klavishalar kombinatsiyasi
klavishalar vazifasi kombinatsiyasi
Ctrl + L ajratilgan matn fragmentini yoki ko`rsatkich turgan abzatsni chapga tekislash
Ctrl + E ajratilgan matn fragmentini yoki ko`rsatkich turgan abzatsni markazga tekislash
Ctrl + R ajratilgan matn fragmentini yoki ko`rsatkich turgan abzatsni o`ngga tekislash
Ctrl + J ajratilgan matn fragmentini yoki ko`rsatkich turgan abzatsni ikki tarafga tekislash
Ctrl + M chap maydondagi chetlanishni ko`paytirish
Ctrl + Shift + M chap maydondagi chetlanishni kamaytirish
Ctrl + T abzatsga manfiy chegara qo`yish
Ctrl + Shift + T abzatsdagi manfiy chegarani kamaytirish
Ctrl + 1 satrlar orasiga 1 interval qo`yish
Ctrl + 5 satrlar orasiga 1, 5 interval qo`yish
Ctrl + 2 satrlar orasiga 2 interval qo`yish
Ctrl + 0 abzats oldidagi intervalni 12 punktga ko`paytirish
Ctrl + Q ishlatilayotgan usulda berilmagan abzats parametrlarini o`chirish
Ctrl + Shift + N doimiy parametrlarni qayta tiklash
Ajratishlar ustuniAjratishlar ustuni satr, abzats yoki butun hujjatni ajratish uchun ishlatiladi.
Ajratishlar ustuni funksiyalari
ajratiladigan bajarish usuli obyekt
bir satr sichqoncha bilan belgilash
bir nechta satr sichqoncha klavishasi bosilgan holda yuqoriga yoki pastga harakatlantirish
bir abzats sichqoncha bilan bajarish
bir nechta abzats sichqoncha bilan bajarish amalga oshirilgach sichqoncha klavishasi bosilgan
holda yuqoriga yoki pastga harakatlantirish
Butun hujjat Ctrl klavishasi bosilgan holda sichqoncha bilan belgilash
Ish sohasi Ish sohasi WinWord oynasining katta qismini egallaydi. Bu sohada matnlarni kiritish va formatlash, bezaklarni (illustratsiya) joylashtirish va jadvallar tashkil qilish mumkin.
Ish sohasida hujjat tasviri ko`rinadi, bularga misol uchun: matn, grafika, jadvallar, ro`yxatlar, annotatsiyalar va raqamlar, shuningdek chop etishga tayyor hujjatlarni keltirish mumkin. Ish sohasi ichida ko`rsatkich sichqoncha yoki klavishalar orqali harakatlantirilishi mumkin.
|
| |