|
Numeratsiya bo`limida abzatslarni nomerlash, harflarni katta-kichik qilib yozish;
Obramleniye
|
bet | 9/19 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 92 Kb. | | #126338 |
Numeratsiya bo`limida abzatslarni nomerlash, harflarni katta-kichik qilib yozish;
Obramleniye i Zapolneniye (ramkalash va to`ldirish) yordamida quyidagilar bajariladi:
1. Ramkalash uning uch xil usuli mavjud, ya'ni: Net (ramkasiz), Ramka (ramkali), va Ten (soyali). Yozayotgan matnlarni shu bo`lim orqali ramkalay olamiz va namuna orqali esa qanday shaklga keltirilganligini batafsil ko`rib boriladi.
2. Ramkani chizig`ini o`zgartirishda (qalin yoki ingichka, shtrixli yoki nuqtali, ikki chiziqli bo`limlardan) foydalaniladi. Chiziqlar o`lchamini esa oldindan tanlanadi;
3. Svet (rang) orqali- chiziqlar rangini o`zgartirish;
Zapolneniye (to`ldirish) bo`limida chizilgan ramka foni rangini, Uzor (naqshi)ni o`zgartirish; Uzorni 5% dan boshlab xohlagancha qalinlashtirish; Bajarayotgan amallar shu muloqot oynasida kuzatib turiladi.
Kolonki (ustunlar) bo`limida matnlarga ustun (kolonki) tanlaymiz. Ustunlar matnni ikkiga, uchga va hokazo bo`laklarga ajratadi. Chizmada ko`rsatilgan ramkalarni sichqoncha yordamida tanlashimiz mumkin. Tanlaganimizdan keyin ekrandagi yozuv tanlagan ramkaga tushadi. Bu yerda ustunlarga ajratibgina qolmasdan ularga nomer qo`yish va tanlagan ustunlarimiz oralig`ini kengaytmasini toraytirish mumkin.
Bukvitsa (harf) buyrug`i harflar turini, ularni katta-kichikligini, bosh harflarni kattalashtirib yozish imkonini beradi.
Spisok (ro`yxat) buyrug`ining uch bo`limi: Markerovanniy (markerlash), Numerovanniy (raqamlash), Mnogourovneviy (ko`p darajali) bor.
Ro`yxatlarga belgi qo`yish (Markerlash).
WORD turli ro`yxatlarni har bir satri boshiga qo`shimcha simvollarni qo`yish imkoniga ega. Bu amallar belgilash buyrug`i ostida amalga oshiriladi. Oddiy holda bu belgilar qora doiracha shaklida bo`ladi. WORDda bezak uchun ishlayotgan belgilarni o`z xohishimizga ko`ra ularning o`lchovini, shaklini va rangini o`zgartira olamiz.
Standart belgilar (Markerlar).
Ular ro`yxatda markerlar bilan bezash uchun quyidagilarni bajaradi: Ro`yxatdagi belgi qo`ymoqchi bo`lgan abzatsni sichqoncha bilan belgilaydi; Instrumentlar panelidan quyida ko`rsatilgan belgilash yoki markerlash klavishasini bosiladi.
Bu klavisha yordamida Ro`yxat (Spisok) muloqot oynasi mavjud bo`lgan belgilarni qo`ya oladi. Agar biz belgilarning o`lchami va shaklini o`zgartirmoqchi bo`lsak, quyidagilarni bajarish kerak:
a) Ro`yxatdagi abzatslarni tanlash;
b) Format ro`yxat buyrug`ini bajarish va belgilash (markerlash) bo`limini tanlash;
v) Biz ishlamoqchi bo`lgan belgi turini tanlab, OK klavishasi bosiladi.
Ro`yxatlarni raqamlash (Numerovanniy):
Biz WORD yordamida hech qanday qiyinchiliksiz ramkalangan ro`yxatlar tuzishimiz mumkin. Raqamlangan ro`yxatdagi abzatslar o`chirilganda, qo`shilganda yoki joyi o`zgartirilganda, WORDning bu ro`yxat (spisok) buyrug`i avtomatik ravishda raqamlar ketma-ketligini to`g`rilaydi.
|
| |