• 9.2. Axborot oqimi tavsifi
  • Tajriba ishi Lokal tarmoq marshrutizatorlari va ularni qo’llash. Kommutatsiyalash tavsifi




    Download 142.45 Kb.
    bet1/4
    Sana19.10.2023
    Hajmi142.45 Kb.
    #88776
      1   2   3   4
    Bog'liq
    4-тажриба
    maktab-o-quvchilarini-kasbga-yo-naltirishning-ayrim-jihatlari-haqida, 2, Д Ә П Т Е Р И, 5 тақырып Дыбыстық сөйлеудің автоматты анализі мен синтезі, Statistika nazariyasi (Yo.Abdullayev), ingliz tili, Balalarda qawmettin formalaniwi ham kemshilikleri, opom javob, rytghлазер физи-WPS Office, 1-bap juwapsiz, Ç 9 Lek IKINJI JAHAN URŞY DÖWRÜNIŇ ÇAGALAR EDEBIÝATY, 6-sinf (7), mezonul avon, Маълумотлар тузилмаси узб 93

    Tajriba ishi-4.
    Lokal tarmoq marshrutizatorlari va ularni qo’llash.
    Kommutatsiyalash tavsifi

    Kompyuterlar ayrim topologiyaga muvofiq o’zaro fizik bog’langan va manzillashtirish tizimi tanlangan bo’lsin (9.1-rasmga qarang). Eng muhim muammo echilmasdan qolayapdi. Oxirgi tugunlar orasida ma’lumotlarni qnday usulda uzatish kerak?



    9.1-rasm. Tranzit tugunlar tarmog’i orqali foydalanuvchilarni kommutatsiyalash.


    Tranzit tugunlar tarmog’i orqali oxirga tugunlarning bog’lanishi kommutatsiyalash deyiladi. Jo’natuvchidan oluvchiga yo’lda yotadigan tugunlar ketma-ketligi marshrutni hosil qiladi.


    Masalan, 9.1-rasmda keltirilgan tarmoqda 2- va 4-tugunlar to’g’ridan-to’g’ri o’zaro bog’lanmagan va ma’lumotlarni tranzit tugunlar, masalan 1- va 5-tugunlar orqali uzatishga majbur. 1-tugun o’z A va V interfeyslar orasida, 5-tugun esa F va B interfeyslar orasida ma’lumotlarni uzatilishini bajarishi kerak. bu holatda marshrut 2-1-5-4 ketma-ketlik hisoblanadi, bu erda 2 – jo’natuvchi tugun, 1- va 5 – tranzit tugunlar, 4 – oluvchi tugun.
    Umumiy ko’rinishda kommutatsiyalash masalasi quyidagi o’zaro bog’langan xususiy masalalar ko’rinishida berilishi mumkin:

    1. Ular uchun marshrutlar hosil qilinishi talab qilinadigan axborot oqimlarini aniqlash;

    2. Oqimlarni marshrutlashtirish;

    3. Oqimlarni harakatlantirish, ya’ni oqimlarni tanish va ularni har bir tranzit tugunda lokal (ajratilgan) kommutatsiyalash;

    4. Oqimlarni multiplekslash va demultiplekslash.



    9.2. Axborot oqimi tavsifi

    Bitta tranzit tugun orqali bir necha marshrutlar o’tishi mumkin. masalan 5-tugun orqali (9.1-rasmga qarang) 4-tugun qolgan tugunlarning har biriga jo’natadigan barcha m’lumotlar, shuningdek 3, 4- va 10-tugunlarga keladigan barcha ma’lumotlar o’tadi. Tranzit tugun kerakli tugunga olib boradigan aynan o’sha o’z interfeysiga ma’lumotlar oqimlaridan har birini uzatilishini ta’minlash uchun unga keladigan ma’lumotlar oqimlarini tanishni bilishi kerak.


    Axborot oqimi yoki ma’lumotlar oqimi deb ma’lumotlarni umumiy tarmoq trafigidan ajratadigan umumiy belgilar to’plami bilan birlashtirilgan uzluksiz ma’lumotlar ketma-ketligiga aytiladi.
    Masalan, bitta kompyuterdan keladigan barcha ma’lumotlar – oqimni qanday aniqlash mumkin. birlashtiruvchi belgi manbaning manzili hisoblanadi. Bu ma’lumotlarni bir necha nimoqimlar yig’indisi sifatida tasavvur qilish mumkin, belgi yuborish manzili hisoblanadi. Nihoyat, bu nimoqimlardan har birini, o’z navbatida, turli ilovalar – elektron pochta, fayllarni ko’chirish dasturi, veb-server hosil qilgan maydaroq nimoqimlarga bo’lish mumkin. Oqimni hosil qiladigan ma’lumotlar turli ma’lumotlar axborot birliklari – paketlar, kadrlar yoki yacheykalar ko’rinishida bo’lishi mumkin.
    Kommutatsiyalashda oqimning majburiy belgisi ma’lumotlarni yuborish manzili hisoblanadi. Yuborish manziliga asoslanish orqali tranzit tugunga kiradigan butun ma’lumotlar oqimi nimoqimlarga bo’linadi, ulardan har biri ma’lumotlarning harakatlanishi marshrutiga mos interfeysga uzatiladi. Manba va yuborish manzillari mos oxirgi tugunlar juftligi uchun oqimni aniqlaydi.



    Download 142.45 Kb.
      1   2   3   4




    Download 142.45 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tajriba ishi Lokal tarmoq marshrutizatorlari va ularni qo’llash. Kommutatsiyalash tavsifi

    Download 142.45 Kb.