• Kurs ishining maqsadi
  • Kurs ishining obyekti
  • Kirish Kurs ishining dolzarbligi




    Download 53,79 Kb.
    bet2/12
    Sana27.12.2023
    Hajmi53,79 Kb.
    #128686
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Takomillashgan ilk qadam-fayllar.org

    Kirish
    Kurs ishining dolzarbligi: Dastur yaratish (tanlash) zarurligini asoslash. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim dasturining muayyan turini ishlab chiqish yoki tanlash uchun nima asos bo‘ladi?
    ● bolalar kontingentining ehtiyojlari;
    ● ota-ona, mahalla buyurtmasi;
    ● hududning madaniy-ma’rifiy xususiyatlari;
    ● pedagoglar tomonidan ishlab chiqilgan mualliflik uslubiy ta’minot orqali guruhda amalga oshirilayotgan ta’lim mazmunini kengaytirish imkonini beradigan maktabgacha ta’lim tashkilotlari mutaxassislari faoliyatining xususiyatlari, ularning malaka darajasi.
    Kurs ishining maqsadi:
    ● bolalar bilan pedagogik ishlarni insonparvarlashtirish;
    ● "kattalar - bola" munosabatlarini insonparvarlashtirish;
    ● o‘yin – bu bolalar hayotini tashkil qilish usuli;
    ● kognitiv-nutq, ijtimoiy va shaxsiy rivojlanish, bolalarning ijodiy, badiiy qobiliyatlarini namoyon qilish va rivojlantirish uchun muqobil sharoitlarni yaratish;
    ● bolaning hayotini, rivojlanish sharoitlarini maqsadga muvofiq tashkil etish;
    ● "oila – MTT – maktab" o‘rtasidagi uzluksizlik.
    Kurs ishining obyekti: Takomillashtirilgan “Ilk qadam” dasturi maktabgacha ta’lim tizimidagi barcha muassasalar uchun bajarilishi zarur bo’lgan dastur
    Kurs ishining predmeti: Tayanch dasturining maqsadi maktabgacha yoshdagi har bir bolani maktab ta’limiga sifatli tayyorlash: odobli, aqlli, xushmuomala, o’ziga ishongan, o’z oldiga qo’ygan maqsadini amalga oshirishga intiladigan, mustaqil fikrlaydigan, milliy va umummilliy qadriyatlarni qadrlaydigan, jismonan sog’lom bolani tarbiyalashdan iborat.
    Dasturning vazifasi bolani jismoniy, aqliy hamda ijtimoiy-hissiy jihatdan kamol toptirish va sog’lig’ini muhofaza qilish; erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, axloqiy va ma’naviy jihatdan barkamol, shuningdek, kelajakda mustaqil va ongli yashaydigan komil inson qilib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
    Dasturning mazmuni quyidagi tamoyillarga tayanadi:
    - maktabgacha ta’limning davlat va jamiyat talablariga mosligi;
    - maktabgacha ta’limning demokratikligi;
    - bola shaxsiga yo’naltirilganligi;
    - bolani sog’lomlashtirishga qaratilganligi;
    - bolaning qobiliyati, ehtiyoji, imkoniyatiga mosligi;
    - maktabgacha ta’limda o’yin faoliyatining yetakchiligi;
    - maktabgacha ta’limning insonparvarligi;
    - maktabgacha ta’limning ijtimoiy turmush bilan mosligi;
    - maktabgacha ta’limning oila va boshlang’ich ta’lim bilan uzviyligi.

    Download 53,79 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 53,79 Kb.