|
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim va tarbiya jarayonining maqsad va tamoyillari
|
bet | 8/12 | Sana | 27.12.2023 | Hajmi | 53,79 Kb. | | #128686 |
Bog'liq Takomillashgan ilk qadam-fayllar.org2.2. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim va tarbiya jarayonining maqsad va tamoyillari
Davlat o‘quv dasturini o‘zlashtirishdan kutilayotgan ta’limiy natija maktabgacha ta’lim tashkilotini bitiruvchi bolaning tayanch kompetensiyalari (kommunikativ, ijtimoiy, shaxsiy, bilish)ning shakllanganligi hisoblanadi.
Ta’lim va tarbiya jarayonida pedagog kuzatishlar yordamida har bir bolaning rivojlanishini davlat talablarida qayd qilingan rivojlanish sohalari va kichik sohalar bo‘yicha barcha yosh guruhida bolaning mumkin bo‘lgan yutuqlarining ijtimoiy-me'yoriy yosh xususiyatlarini kuzatib boradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining individual xususiyatlari maktabgacha yoshdagi bolaning davlat talablariga to‘liq mos keladigan ta’lim yutuqlariga qo‘yiladigan talablarni cheklaydi va ta’lim dasturini o‘zlashtirishda kutilayotgan natijalarshaklida aniqlash zarurligini belgilaydi.
Davlat talablariga muvofiq kutilayotgan natijalar:
● to‘g‘ridan-to‘g‘ri baholanmaydi, ya'ni bolalarning haqiqiy yutuqlarini davlat talablari bilan rasmiy taqqoslashga yo‘l qo‘yilmaydi (bunda bolalarning sinovdan o‘tishlariga yo‘l qo‘yilmaydi);
● pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish, davlat o‘quv dasturini o‘zlashtirish sifatini baholash kabi boshqaruv vazifalarini hal qilish uchun rasmiy asos bo‘la olmaydi;
● bolalardan kutilayotgan natijalar direktor va pedagoglar uchun maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim va tarbiya jarayoni va MTT jamoasining kasbiy faoliyatini tahlil qilishga yordam beradi.
MASHG’ULOT ISHLANMASI
Til va nutq o‘stirish mashg‘uloti loyihasi:
(Tayyorlov guruhi uchun )
Mavzu: Bosh va kichik “Dd” harflari bilan tanishtirish.
Ta`limiy maqsad: Bolalarni ,,D” harfi bilan tanishtirish
Tarbiyaviy maqsad: Bolalar m,ashg`ulotdfa o`zini yaxshi tutish,o`quv qurollarini avaylab-asrash,do`stona munosabatni shakllantirish
Rivojlantiruvchi maqsad:Bolalar lug`atini boyitish,dunyoqarashini o`stirish,yozish ko`nikmalarini shakllantirish.
Vazifalar:
a)“D” tovushining undosh tovush ekani haqida tushuncha berish, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini aytish,uning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish,
b)“D” tovushli so‘zlar bilan bolalar lug‘atini boyitish.
c)“D” tovushli so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish
d)Bo‘g‘inlardan so‘z tuza olish
|
| |