|
-rasm. Talab va narx o’rtasidagi bog’liqlik grafigi
|
bet | 6/8 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 66,25 Kb. | | #238013 |
Bog'liq moliyaviy tahlil mustaqil ish7-rasm. Talab va narx o’rtasidagi bog’liqlik grafigi
Shunday qilib, ko’p omilli talab funksiyasi yordamida, talab miqdorining unga ta’sir qiluvchi omillar (yoki bir qator omillar ta’siri o’zgarmas bo’lganda qolgan omillar) ta’siri bo’yicha o’zgarish qonuniyatlarini tahlil qilish mumkin.
Talab qonuni bo’yicha narxdan boshqa omillar ta’siri o’zgarmaganda, narxning o’sishi bilan talab miqdori kamayib boradi (ya’ni, o’smaydi).Bozor talabi chizig’ini aniqlash uchun, birinchi navbatda statistik ma’lumotlar va iste’molchi didi hamda odatiga ko’ra, alohida xaridorning talab funksiyasi aniqlandi va undan keyin ushbu individual talab chiziqlari gorizontal qo’shiladi.
Taklifning taklif chizig’i bo’yicha o’zgarishiga, taklif miqdorining o’zgarishi deyiladi. Taklif miqdorining o’zgarishi, ya’ni taklifning taklif chizig’i bo’yicha o’zgarishi, faqat narx ta’siri ostida bo’ladi. Narxdan boshqa taklifga ta’sir qiluvchi omillar taklif chizig’ini unga pastga yoki chapga-yuqoriga siljitadi. Taklif chizig’ining o’zini o’ngga yoki chapga siljishiga taklifning o’zgarishi deyiladi.
Muvozanat - bu tizimning shunday bir holatiki, agar unga biror bir tashqi kuch ta’sir qilmasa, u o’zining ushbu holatini saqlab qoladi.
Talab va taklif modelida talab chizig’i bilan taklif chizig’ining kesishgan nuqtasi bozor muvozanatini bildiradi. Demak, bozor muvozanati talab hajmi bilan taklif hajmining tengligini ta’minlaydigan narx darajasi va tovar miqdori bilan aniqlanadi. Talab va taklif qonuniga ko’ra shuni ta’kidlash mumkinki, agar bozor muvozanat holatida bo’lsa, u holda, uning qatnashchilari tovar narxini yoki tovar miqdorini o’zgartirishga hech narsa sabab bo’lmaydi
Tovarning maksimal va minimal bahosi. Ba’zi vaqtlarda bozor narxi davlat tomonidan o’rnatiladi. Narx maksimal deyiladi, agar o’rnatilgan narx muvozanat narxdan kichik bo’lsa ( - muvozanat narx) va narxni maksimal narx dan yuqori belgilash ta’qiqlansa. Maksimal narx ba’zi bir mahsulotlarga aholini ushbu mahsulot bilan ma’lum darajada ta’minlash maqsadida davlat tomonidan o’rnatiladi. Talab va taklif nazariyasiga ko’ra, maksimal narxning o’rnatilishi mahsulot tanqisligiga olib keladi.
|
| |