-rasm. Talab va taklif chiziqlari




Download 66,25 Kb.
bet2/8
Sana16.05.2024
Hajmi66,25 Kb.
#238013
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
moliyaviy tahlil mustaqil ish

1-rasm. Talab va taklif chiziqlari
Yuqori narx, mavjud firmalarni ishlab chiqarishni kengaytirishga da’vat etadi, bozorga yangi firmalarni o’z mahsuloti bilan kirib kelishini ta’minlaydi, ular ishlab chiqargan Yuqori xarajatli rentabel bo’lmagan mahsulotlari Yuqori narxda rentabel bo’ladi. Bunday holda, firmalarda ishlab chiqarishning kengayishi qisqa vaqt oralig’ida intensiv bo’lsa, uzoq muddatda esa ekstensiv amalga oshiriladi.
Talab chizig’i (Demand) iste’molchilarning berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotib olish mumkinligini bildiradi. Talab chizig’ining pastga ketishi, iste’molchilarning narx qancha past bo’lsa, ular shuncha ko’p mahsulot sotib olishini anglatadi. Past narxlar, xaridorlarga yanada ko’proq miqdorda tovarlar sotib olishiga hamda ilgari sotib olaolmayotgan iste’molchilarga esa hozir u tovarni sotib olishga imkon yaratadi. Bu ikki egri chiziq talab va taklifning muvozanat nuqtasida kesishadi. Muvozanat bozor tizimining shunday holatini bildiradiki, bu holatda talab va taklif bir-biriga teng bo’ladi. Muvozanat nuqta muvozanat narxni va muvozanat mahsulot miqdorini bildiradi. Faraz qilaylik, narx muvozanat narxdan yuqori bo’lsin ya’ni Bu holda ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar sotib olishi mumkin bo’lgan miqdordan ko’proq mahsulot ishlab chiqarishga harakat qiladi. Natijada ortiqcha mahsulot to’plana boshlaydi, mahsulot to’planishini kamaytirish yoki ularni sotish uchun ishlab chiqaruvchilar narxini kamaytirishi lozim bo’ladi. Bu holda narx pasayadi, mahsulotga talab esa o’sadi, bu o’z navbatida taklif qilinadigan mahsulotning miqdorini kamayishiga olib keladi, bunday holning takroran davom etishi toki muvozanat narx o’rnatilguncha davom etadi.Bu erda biz har bir narxga ma’lum miqdorda mahsulot to’g’ri keladi va sotiladi hamda u yagona deb faraz qilamiz. Bu faraz, bozor erkin raqobatlashgan bo’lgandagina ma’noga ega bo’ladi, qachonki bunday bozorda sotuvchi va xaridor bozor narxiga ta’sir qila olmaydi. Agar taklif yagona ishlab chiqaruvchi (monopolist) tomonidan belgilansa, narx bilan, taklif qilinadigan mahsulot miqdori o’rtasidagi moslik bir qiymatli bo’la olmaydi. Nima uchun deganda, monopolist talabning o’zgarishiga qarab, narxni o’z foydasiga moslashtirib o’zgartirishi mumkin. Shu sababli biz talab va taklif chizig’ini chizganimizda, oshkora bo’lmasada, bozor erkin raqobatlashgan deb faraz qilamiz.
Talab va taklif chiziqlari, raqobatlashgan ishlab chiqaruvchilarga berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotishi mumkinligini va iste’molchilarga esa berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotib olishini ko’rsatib beradi. Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, talab bilan taklif narxdan tashqari boshqa sharoitlarga ham bog’liqdir. Masalan, ishlab chiqaruvchining qancha miqdorda mahsulot sotishi uning narxidan tashqari ishlab chiqarish xarajatlariga (ish haqi, xom ashyo narxi) ham bog’liqdir. Tovarga bo’lgan talab esa iste’molchining byudjetiga (daromadiga) va boshqa omillarga bog’liqdir. Shu sababli biz talab va taklif egri chiziqlarining, ish haqi stavkasi, kapital xarajatlar va daromadlar o’zgarganda qanday o’zgarishini qarab chiqamiz.




Download 66,25 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 66,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Talab va taklif chiziqlari

Download 66,25 Kb.