• 9-rasm. Narx minimal bo’lganda mahsulot otiqchaligi.
  • -rasm. Narx maksimal bo’lganda mahsulot tanqisligi




    Download 66,25 Kb.
    bet7/8
    Sana16.05.2024
    Hajmi66,25 Kb.
    #238013
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    moliyaviy tahlil mustaqil ish

    8-rasm. Narx maksimal bo’lganda mahsulot tanqisligi.
    Tovar tanqisligini davlat o’z zahirasidan mahsulotni bozorga chiqarish yo’li bilan echadi, ya’ni o’z zahirasidagi miqdorda mahsulot chiqarib talab va taklifni tenglashtiradi. Agar sotuvchilarga tovarni maksimal narx dan yuqori narxda sotishga ruxsat bo’lmasa, taklif miqdor bilan chegaralangani uchun, norasmiy bozor (xufiyona bozor) vujudga keladi (rasmda bu nuqta orqali ifodalangan va bu bozorda tovar norasmiy bozor narxi da sotiladi; muvozanat narxdan ancha Yuqori bo’lishi mumkin).
    Mahsulotning narxi minimal narx deyiladi, agar minimal narx muvozanat narxdan katta bo’lsa, (Re-muvozanat narx) va narx ni pasaytirish mumkin bo’lmasa.


    9-rasm. Narx minimal bo’lganda mahsulot otiqchaligi.
    Bunday minimal narx davlat tomonidan, ushbu mahsulotni ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish uchun o’rnatiladi. Minimal narxning o’rnatilishi, ortiqcha mahsulotning vujudga kelishiga olib keladi yoki mahsulotlar sotilmasdan omborlarda to’planib qolishiga olib keladi. Bu vaziyat 9-rasmdagi grafikda keltirilgan, ortiqcha mahsulot hajmi ga teng. Agar davlat mahsulotni minimal narxdan past narxda sotishga ruxsat bermasa, bu erda ham norasmiy bozor vujudga keladi. Grafikdagi nuqta ortiqcha mahsulotni norasmiy ravishda muvozanat narxdan past narxda ( narxda) sotilishi mumkin bo’lgan vaziyatni ko’rsatadi. Shunday qilib, talab va taklif modeli orqali bozor narxlarini o’zgartirishning oqibatlarini chuqur tahlil qilish mumkin. Ma’lumki, tovarga bo’lgan talab, uning narxiga, iste’molchi daromadiga va boshqa tovarlar narxiga bog’liqdir. Xuddi shunday, taklif tovar narxiga va tovarni ishlab chiqarish xarajatiga bog’liq.
    Masalan, olmaning narxi oshsa, unga talab kamayadi. Lekin, biz shu tovarga talabni yoki taklifini miqdoriy jihatdan o’sishi yoki kamayishini bilmoqchimiz. Agar olma narxi 15% ga oshsa, unga bo’lgan talab qanchaga o’zgaradi? Yoki daromad 10% ga oshgandagi talab qanchaga o’zgaradi? Bunday savolga javob berish uchun, elastiklik tushunchasidan foydalanamiz.
    Elastiklik - bir o’zgaruvchining boshqa bir o’zgaruvchi ta’siri ostida o’zgarishini o’lchaydigan o’lchov; aniqroq qilib aytganda, biror o’zgaruvchining bir foizga o’zgarishini natijasida boshqa bir o’zgaruvchining ma’lum foiz miqdorga o’zgarishini ko’rsatadigan sondir.
    Bunga eng muhim misollardan biri bo’lib, narxga bog’liq bo’lgan talab elastikligidir. Bu elastiklik tovar narxining bir foizga o’zgarishi, unga bo’lgan talabninng necha foizga o’zgarishini ko’rsatadi.
    Kesishgan talab elastikligi. Bitta tovarga bo’lgan talabga boshqa bir tovarning narxi ta’sir ko’rsatadi. Masalan, pivo bilan vino ma’lum ma’noda bir birini o’rnini bosadi, agar vinoning narxi oshsa pivoga bo’lgan talab oshadi. Bunday bog’liqlikdagi talab o’zgarishiga narxga bog’liq kesishgan talab elastikligi deyiladi.
    Kesishgan talab elastikligi - bu boshqa tovarlar narxi bir foizga o’zgarganda, talab qilinadigan tovarga talabning necha foizga o’zgarishini bildiradi:
    Yuqorida keltirilgan misolda pivo bilan vino o’zaro bir-birini o’rnini bosadigan tovarlar bo’lgani uchun, narx bo’yicha kesishgan elastiklik musbatdir, ya’ni bittasining narxini oshishi ikkinchisiga talabni oshiradi. Lekin, har doim ham shunday bo’lavermaydi.
    Ba’zi bir tovarlar, to’ldiruvchi tovarlar hisoblanadi va ular birgalikda ishlatiladi, shu sababli birortasining narxini o’sishi, ikkinchi tovar iste’molini kamaytiradi. Bunga misol tariqasida benzin bilan avtomobil motori yog’ini olish mumkin. Agar benzin narxi oshsa, benzin iste’moli kamayadi, nima uchun deganda, avtomobil haydovchilar mashinada kamroq yura boshlaydi. Ammo, motor moyiga ham talab kamayadi (Motor moyiga talab egri chizig’i chap tomonga siljiydi). Shunday qilib, motor moyining benzinga nisbatan elastikligi manfiydir. Yana bir eslatib o’tamiz, bozor talabining asosiy determinantlari, ya’ni talab chizig’i holatini o’zgartiruvchi, yoki talabdagi o’zgarishni keltirib chiqaruvchi determinantlar quyidagilar: iste’molchining didi va afzal ko’rishi; bozordagi iste’molchilar soni; iste’molchilar daromadi; bir-birini o’rnini bosuvchi, to’ldiruvchi tovarlar; kelajakda bo’ladigan narx va daromadlarga nisbatan iste’molchining kutishi.
    Taklifning narx bo’yicha elastikligi - bu narxning bir foiz o’zgarishiga javoban, taklif qilinadigan tovarning miqdorini foiz bo’yicha o’zgarishini bildiradi. Bunday elastiklikning qiymati musbat bo’ladi, nima uchun deganda, ishlab chiqaruvchilar uchun yuqori narx, ularni ko’proq mahsulot ishlab chiqarishga rag’batlantiradi.
    Bu erda ham, taklif elastikligi ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi omillar bo’yicha qaralishi mumkin: foiz stavkasi; ish haqi; xom ashyo, yarimfabrikatlar narxi. Masalan, ko’pgina sanoat mahsulotlari uchun xom ashyo, yarim fabrikatlar narxiga nisbatan taklif elastikligi manfiydir. Xom ashyo narxining oshishi firmalar xarajatlarining oshishini bildiradi, shu sababli boshqa shart-sharoitlar o’zgarmaganda taklif qilinadigan mahsulot miqdori kamayadi.
    Taklif chizig’i holatini siljishiga olib keladigan determinantlar quyidagilar: resurslar narxi; ishlab chiqarish texnologiyasi; soliq va dotatsiyalar; boshqa tovarlar narxi; narx o’zgarishini kutish; bozordagi sotuvchilar soni.
    Soliq yukini iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o’rtasida taqsimlanishini tovar elastikligiga ko’ra tahlili. Elastiklik nazariyasi firmalar va davlatning iqtisodiy siyosatini belgilashda muhim qurol bo’lib hisoblanadi.
    Ma’lumki, talab va taklif chiziqlarining yotiqligi, ularning elastiklik koeffitsientlari miqdorining qzgarishiga ko’ra o’zgaradi. Talab va taklifning elastik yoki elastik bo’lmasligi soliq yukining iste’molchi va ishlab chiqaruvchilar o’rtasida qanday gaqsimlanishini, ya’ni soliqning qancha qismini iste’molchi va qancha qismini ishlab chiqaruvchi to’lashini aniqlab beradi.
    Faraz qilaylik, davlat bir-birlik tovarga ma’lum t miqdorda (o’zgarmas) soliq belgilasin. Bu o’z navbatida taklif chizig’ini S holatdan yuqoriga S’ –holatga siljitadi Umumiy soliq iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o’rtasida taqsimlanib, o’z ichiga soliq yuki ortiqchaligini oladi. Ushbu soliq yuki ortiqchaligi “O’lik yuk” bo’lib, jamiyat uchun sof yo’qotish hisoblanadi.
    Xulosa
    Raqobatlashgan ishlab chiqaruvchilarga berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotishi mumkinligini va iste’molchilarga esa berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotib olishini ko’rsatib beradi. Taklifning taklif chizig’i bo’yicha o’zgarishiga, taklif miqdorining o’zgarishi deyiladi. Taklif miqdorining o’zgarishi, ya’ni taklifning taklif chizig’i bo’yicha o’zgarishi, faqat narx ta’siri ostida bo’ladi. Narxdan boshqa taklifga ta’sir qiluvchi omillar taklif chizig’ini unga pastga yoki chapga-yuqoriga siljitadi. Taklif chizig’ining o’zini o’ngga yoki chapga siljishiga taklifning o’zgarishi deyiladi.
    Bozor muvozanati bozor tizimining shunday holatini bildiradiki, bu holatda talab va taklif bir-biriga teng bo’ladi. Muvozanat nuqta muvozanat narxni va muvozanat mahsulot miqdorini bildiradi. Bu nuqtada tovar tanqisligi ham, ortiqcha tovar ham bo’lmaydi.Elastiklik - bir o’zgaruvchining boshqa bir o’zgaruvchi ta’siri ostida o’zgarishini o’lchaydigan o’lchov; aniqroq qilib aytganda, biror o’zgaruvchining bir foizga o’zgarishini natijasida boshqa bir o’zgaruvchining ma’lum foiz miqdorga o’zgarishini ko’rsatadigan sondir. Ma’lumki, talab va taklif chiziqlarining yotiqligi, ularning elastiklik koeffitsientlari miqdorining qzgarishiga ko’ra o’zgaradi. Talab va taklifning elastik yoki elastik bo’lmasligi soliq yukining iste’molchi va ishlab chiqaruvchilar o’rtasida qanday gaqsimlanishini, ya’ni soliqning qancha qismini iste’molchi va qancha qismini ishlab chiqaruvchi to’lashini aniqlab beradi.


    Download 66,25 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 66,25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Narx maksimal bo’lganda mahsulot tanqisligi

    Download 66,25 Kb.