5
Tayyorlangan keyslarning muvaffaqiyati quyidagi uchta mezonlarga mos kelishiga
bog’liq:
1. Boshlang’ich ma’lumotlar bazasining yetarli hajmda ekanligi.
2. Keyslarni ishlab chiqishda amaliyotdan mutaxassislarning ishtirok etishi.
3. Muammoning yechimini izlab topishda tahlilning turli usullarini qo’llashga imkon
beruvchi vaziyat yoki muammoli holatning mavjudligi.
Keys-stadilarni adabiyotlar, jurnal va gazetalarda e’lon qilingan vaziyatlar, maqolalar va
ma’lumotlar asosida tayyorlash ham mumkin. Ammo, real hayotdan olingan va real
vaziyatlarga asoslangan keyslar qimmatli bo’lib, talaba keysni yozish jarayonida
mutaxassislar bilan muloqot o’tkazishi hamda hisobotlardan foydalanishi juda muhimdir.