|
Talabalar mustaqil ta’limini loyihalashtirishBog'liq Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishReferat tayyorlash
– mazkur fan bo’yicha o’tiladigan seminar mashg’ulotidagi
chiqishga qaraganda mazmun va sifat jihatdan yuqori bo’lib, shubhasiz katta foyda keltiradi.
Talaba auditoriya oldida referatda bayon qilingan qoidalarni himoya qilishga, yoqlashga
tayyorlanishi kerak, Qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatini tashkil etish va boshqarishni
o’rganishda bu muhim ahamiyatga ega.
Referat - bu talabalar mustaqil ishlarining samarali shakllaridan biridir. Mazkur shakl
talaba tomonidan referat mavzusini tanlash, unda yoritiladigan masalalar mazmunini oldindan
rejalashtirish, referatni tayyorlash va muhokama qilishning barcha bosqichlarida fan bo’yicha
mashg’ulot olib boruvchi kafedra professor-o’qituvchilarining tashkiliy-uslubiy yordami va
maslahati asosidagina samarali amalga oshishi mumkin. Bu yerda professor-o’qituvchi
tomonidan talabalarning referat ishlariga rahbarlik qilish qanchalik batafsil va malakali
amalga oshirilganligi va referatlarga talablar mezoni qanchalik to’g’ri qo’yilganligi albatta,
hal qiluvchi rolь o’ynaydi. Topshiriq talabalarning referat yozish ko’nikmalarini, ilmiy
qiziqishlari va bilim darajasini hisobga olgan holda berilishi juda muhim.
Referat tarkibiy jihatdan titul, mundarija, kirish, asosiy qism, xulosa va tavsiyalar,
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalardan tashkil topadi.
Kirish qismida talaba referat mavzusining dolzarbligi, uni yoritishdan ko’zda tutilgan
maqsad va vazifalar hamda referatda ochib beriladigan savollarni qisqacha yoritadi.
Asosiy qismda mavzuni ochib berishga xizmat qiladigan savollar (paragraflarni) rejada
keltirilgan ketma-ketlikda, talabaning o’z mustaqil mushohadasi va fikrlariga tayangan holda,
adabiyotlardan olingan ilmiy va nazariy materiallar (ularga havola keltirilgan holda), turli
statistik va operativ ma’lumotlar (ularning manbalari ko’rsatilgan holda) asosida batafsil
yoritiladi.
Xulosa va tavsiyalar qismida talaba o’z mustaqil yondoshuvi va ijodiy fikrlashini
namoyon etishi hamda qisqa satrlarda mavzuni yoritish jarayonida olingan xulosalari va
tavsiyalarini tartib bilan rejada keltirilgan ketma-ketlikda ifodalashi lozim.
|
| |