• Mavzuni mustaqil o’zlashtirish
  • Talabalar mustaqil ta’limini loyihalashtirish




    Download 236,74 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/7
    Sana18.05.2024
    Hajmi236,74 Kb.
    #241076
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish

    Mustaqil 
    ishlarning 
    shakllari
    Mustaqil ishlarning turlari
    1. 
    Reproduktiv 
    shakldagi 
    mustaqil ishlar 
    - fanning ayrim mavzularini o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil 
    o’zlashtirish, o’quv manbalari bilan ishlash va konspekt qilish; 

    O’zbekiston 
    Resublikasi 
    Qonunlari, 
    O’zbekiston 
    Resublikasi 
    Prezidentining asarlari va ma’ruzalarini, Prezident qarorlari, farmonlari, 
    Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlarni mustaqil 
    o’rganish va konspektlashtirish; 
    - ma’ruzalarni video hamda audio orqali ko’rish, eshitish va konspekt qilish; 
    - multimedia vositalari orqali slaydlar, video materiallarni ko’rish, eshitish va 
    o’zlashtirish; 
    - o’quv materiallarini qaytarish, yod olish va boshqalar. 
    2. 
    Anglash-
    izlanish 
    (qidirish) 
    shaklidagi 
    mustaqil ishlar 
    - mustaqil ravishda axborotlar, ko’rgazmali vositalarni tayyorlash, 
    ma’ruzalar va boshqa materiallarni o’rganish; 
    - hisob-kitob va analitik ishlarni bajarish, testlar yechish; 
    - seminar, amaliy va boshqa mashg’ulotlarda ma’ruzalar bilan chiqishlar 
    qilish; 
    - uy ishlari, nazorat ishlari, taqdimotlar, referatlar, keys-stadilar va 
    boshqalarni bajarish. 
    3. 
    Ijodiy 
    ish 
    shaklidagi 
    mustaqil ishlar 
    - esse, kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari tayyorlash va himoya qilish; 
    - ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etish va ilmiy hisobotlar tayyorlashda 
    qatnashish; 
    -talabalarning ilmiy to’garaklarida ishtirok etish; 
    - ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etish, ilmiy maqolalar tayyorlash 
    hamda chop ettirish. 
    Mavzuni mustaqil o’zlashtirish
    . Fanning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va 
    qobiliyatiga qarab ishchi o’quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil 
    ravishda o’zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va 
    ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat 


    4
    qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy hamda qo’shimcha adabiyotlar va axborot 
    manbalari ko’rsatilishi lozim. 
    Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o’quv adabiyotlaridan 
    foydalanib, ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch iboralarning mohiyatini anglagan 
    holda mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o’zlashtirish qiyin 
    bo’lsa, savollar paydo bo’lsa, kerakli adabiyotlarni topa olmasa, mavzuni tizimli bayon eta 
    olmasa va h.k.) fanning professor-o’qituvchisidan maslahatlar oladilar. Mustaqil 
    o’zlashtirilgan mavzu bo’yicha tayyorlangan matn professor-o’qituvchiga himoya qilish 
    orqali topshiriladi. 

    Download 236,74 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 236,74 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talabalar mustaqil ta’limini loyihalashtirish

    Download 236,74 Kb.
    Pdf ko'rish