• Bitiruv malakaviy ishi tayyorlash.
  • Ilmiy maqolalar, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash




    Download 236,74 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet6/7
    Sana18.05.2024
    Hajmi236,74 Kb.
    #241076
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish

    Ilmiy maqolalar, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash.
    Talabaga biron-bir mavzu 
    bo’yicha (mavzuni talabaning o’zi ham tanlashi mumkin) ilmiy maqola, tezis yoki ma’ruza 
    tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o’quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, 
    dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga 
    tegishli bo’lgan materiallar to’playdi va bular asosida ilmiy maqola hamda ma’ruza tezislari 
    tayyorlaydi. 
    Bitiruv malakaviy ishi tayyorlash.
    Bitiruv malakaviy ishi-oliy o’quv yurtlaridagi 
    uzluksiz ta’limning bakalavriat yo’nalishida talabalarni o’qitishning yakuniy bosqichidir. 
    Bitiruv malakaviy ishida talabaning oliy o’quv yurtida o’qish davomida to’plagan barcha 


    6
    nazariy va amaliy bilimlari yuzaga chiqadi, talabaning nazariy bilimlar bilan qurollanish 
    darajasi, uning olgan bilimlari va ko’nikmalarini ilmiy-ishlab chiqarish vazifalarini yechishga 
    qay darajada qo’llay olishi namoyon bo’ladi. Bitiruv malakaviy ishini bajarish talabadan 
    universitetda olgan nazariy va amaliy bilimlardan foydalanishni talab etadi, talabaning o’qish 
    davomida olgan bilimlarini umumlashtirishga, chuqurlashtirishga va mustahkamlashga, 
    ularni amaliyotga qo’llashga imkon beradi. 
    5.
    Mustaqil ishlarni va talabalar bilimini tekshirish Talabalarning bilimini tekshirish
    ya’ni aniqlash, yangi materialni mustahkamlash vaqtida, o’tilgan o’quv materiallarini
    o’zlashtirish, hisoblash grafik ishlarini va uy topshiriqlarini bajarishlari jarayonida 
    talabalarning bilimlari tekshiriladi va unga ball qo’yiladi.
    Nazorat turlari - Reyting tizimida o’quv rejasiga kiritilgan har bir o’quv fani bo’yicha
    talabalarning bilimi sifatini baholash uchun quyidagi nazorat turlaridan foydalaniladi:
    Joriy nazorat (JN)
    Oraliqnazorat (ON)
    Yakuniy nazorat (YaN)
    Joriy nazorat (JN) - og’zaki so’rov, kollokviumlar, seminarlar, yozma ishlar,
    laboratoriya ishlari, texnikaviy diktant, kurs loyihalari, uy vazifasi va hokazolar, ya’ni 
    talaba o’z amaliyotida ko’llaydigan barcha so’rov turlarini o’z ichiga oladi.
    Joriy nazoratda o’tkaziladigan so’rov turlarini quyidagi qisqartirilgan kodlar bilan
    belgilashni tavsiya etamiz: Test (T); Og’zaki (O); Laboratoriya ishi (L); Masala
    yechish (M); Uy vazifasi (U); Kurs loyihasi (KL); Yozma ish (Yo); Nazorat so’rovi (Ns); 
    Texnikaviy diktant (Td); Amaliy ish (A); va h.k.
    Joriy nazorat o’quv dasturlari bir yoki bir necha mavzularini o’rgangandan so’ng
    o’tkaziladi.
    Oraliq nazorat (ON) - o’quv fanining alohida maqsadga qaratilgan katta va 
    tugallangan hajmidan keyin o’tkaziladi. Bu o’quv dasturining bir yoki bir necha bo’limidan 
    keyin bo’lishi mumkin. ON semestr davomida har oy yakunida o’tkazilishi maqsadga 
    muvofiqdir.
    Yakuniy nazorat (YaN) - semestr davomida o’tilgan barcha bob va mavzularga
    taallukli asosiy savollarni qamrab olishi kerak. Bu nazorat semestr yakunida test yoki 
    yozma ish asosida o’tkaziladi.
    Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning ma’ruzasini 
    tinglaydilar, misol va masalalar yechadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga 
    tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan misol va masalalarni 
    yechadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha 
    adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar yechadi. Mustaqil 
    ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
    Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi 
    tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa 
    ma’ruza darslarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
    Hozirgi kunda kompyuter bilimlariga ega bo’lish zamon talabiga aylandi, bunga sabab 
    kompyuter savodxonligiga ega bo’lgan kadrlarga bo’lgan talabning kundan-kunga ortib 
    borayotganligidir. SHu nuqtai nazardan qaraganda, o’qitishning turli shakllarida - nazariy, 
    amaliy, seminar va boshqa mashg’ulotlarda zamonaviy kompyuter dasturlari 
    imkoniyatlaridan foydalanish XXI asr “texnika davri” talabiga javob berishi zarur. SHu 
    sababli ham talabalarning mustaqil bilim olishi va o’zlashtirish darajalarini aniqlashda 
    kompyuterdan o’qitishning texnik vositasi sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir.


    7
    Ta’lim jarayonida o’qitiladigan turli fanlarda kompyuterdan keng va samarali 
    foydalanish uchun o’quv nazariy va amaliy dasturlar tizimi yaratilmoqda. Bizning 
    fikrimizcha, mustaqil ta’lim mashg’ulotlarini tashkil etishda asosiy e’tiborni amaliy 
    topshiriqlarni bajarishga qaratish maqsadga muvofiq. CHunki, talabalarda kompyuter va 
    uning amaliy dasturlari bilan ishlay olish malakasini oshirishga e’tibor bugungi kunning 
    dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Talabalarning zamonaviy axborot va kommunikatsiya 
    vositalari bilan ishlay olish malakalarini egallashlari, dunyoda bo’layotgan voqea-
    hodisalardan xabardor bo’lishlarida, o’z bilim darajalarini yanada boyitib borishlarida 
    Internet tarmog’i bilan ishlay olish malakalarini egallashgan bo’lishlari muhim hisoblanadi.
    Talabalarning fanlardan mustaqil ta’limini tashkil etish va ularning mustaqil bilim 
    olishlari uchun dastlab, ularning pedagogik-psixologik xususiyatlarini hisobga olish zarur. 
    Mustaqil ta’limni tashkil etishda kompyuter texnologiyasidan foydlanishni amalga oshirish 
    uchun avval quidagi ishlarni bajarish zarur:
    1.
    Mavzudagi asosiy tushunchalarning o’zlashtirilish sifatini baholash mezonini ishlab 
    chiqish.
    2.
    Mavzudagi asosiy tushunchalarning talabalar tomonidan mustaqil o’zlashtirishlari 
    uchun maxsus kompyuter dasturlarini ishlab chiqish.
    3.
    Talabalarning fandan mustaqil bilim olishiga zarur, kerakli kompyuter jihozlarini 
    tayyorlash.
    4.
    Oliy o’quv yurtlarining o’quv-tarbiya jarayonida talabalarning o’zlashtirish 
    darajalariga mos ravishda bilimlarni egallashida zamonaviy kompyuter dasturidan 
    foydalanishning samarali yo’llarini izlab topish.
    Talabalar mustaqil ish topshiriqlarini tayyorlashda, bajarishda quyidagilarga amal 
    qilishlari lozim:
    • 
    ma’ruza mashg’ulotiga oid mustaqil ta’lim topshiriqlarini tanlashda ularning 
    auditoriyada o’rganiladigan mavzular bilan uzviyligini ta’minlash;
    • 
    uyda mustaqil ravishda o’rganiladigan mavzularning va o’rganilishi lozim bo’lgan 
    asosiy savollarning aniq bayon etilishiga erishish;
    • 
    amaliy mashg’ulotlar topshiriqlarini o’rganilayotgan nazariy o’quv materiallari bilan 
    mutanosib bo’lishini hisobga olish;
    • 
    amaliy ishlarni, mustaqil ishlarni bajarishga oid mavjud metodik ishlanmalar 
    yaratilganligini hisobga olish;
    • 
    mustaqil ravishda yechilishi lozim bo’lgan misol va masalalarning aniq ro’yxatini 
    tuzish;
    • 
    mustaqil ish topshiriqlarining axborot ta’minoti, jumladan adabiyotlar ro’yxati, 
    betlari ko’rsatilgan holda, elektron o’quv qo’llanmalar va Internet manzili ko’rsatilishiga 
    erishish va h.k.
    Talabalarning o’quv malakalari o’quv materiallari bilan mustaqil ishlash jarayonida 
    hosil bo’ladi. Boshqacha aytganda, o’quv malakalari o’quv materialini qabul qilish, qayta 
    ishlash, uning muhim jihatlarini ajratish, yangi o’zlashtirgan bilimlarni avvalgilari bilan 
    bog’lash, o’quv bilimlarini umumlashtirish, takrorlash va ularni amalda tadbiq qilgan holda 
    masalalar hal qilishda egallanadi. SHunday qilib, o’quv malakalari talabalarning ta’lim 
    jarayonidagi barcha o’quv-bilish faoliyatlari bilan bog’liqdir.
    O’quv ishlarining har qanday shakli o’quv-malaka talab qiladi, masalan, o’qituvchi 
    ma’ruzasini eshitish, amaliy topshiriqlarni bajarish, test topshiriqlari bilan ishlash, mustaqil 
    ishlash malakasi kabilar. Talabalarning fandan mustaqil bilim olishlari jarayonida birinchi 
    navbatda mustaqil ishlash malakasi talab etiladi.Bunday malaka o’quv materiallari bilan 
    mustaqil ishlash jarayonida hosil bo’ladi. Boshqacha aytganda, o’quv malakalari o’quv 


    8
    materialini qabul qilish, qayta ishlash, uning muhim jihatlarini ajratish, yangi o’zlashtirgan 
    bilimlarni avvalgilari bilan bog’lash, o’quv bilimlarini umumlashtirish, takrorlash va ularni 
    amalda tadbiq qilgan holda masalalar hal qilishda egallanadi.
    Talabalarning mustaqil ishlash ko’nikma va malakalarining shakllanganligining to’rt 
    darajasi.
    1-daraja. Quyi darajaga ega bo’lgan talabalar, ular mustaqil ta’lim olishning 
    ma’naviy va ijtimoiy ko’rsatkichlarini hisobga olish bilangina cheklandilar. Mustaqil ta’lim
    darajalarini baholashda qiyinchiliklarga duch keldilar. Mustaqil ishlash turlaridan
    namunalar bo’yicha mustaqil ishlar bajarish ko’nikmalarigagina ega bo’ldilar. Mustaqil
    faoliyat olib borish malakalari darajalaridan; materiallarni o’rganishda umumiydan
    muhimlarini ajratib olish malakasiga ega bo’ldilar. Mustaqil ishlashga etarlicha vaqt
    ajratmaydilar, berilgan vazifani o’kituvchi topshirig’i va kuzatuvi asosidagina bajaradilar.
    2-daraja. O’rta darajaga ega bo’lgan talabalar - mustaqil ish bajarish uchun lozim
    bo’ladigan shart-sharoitlar va imkoniyatlardan foydalanishga harakat qilishdi. Formulalarni 
    keltirib chiqarish, berilgan namunalarga asoslanib mantiqiy yechimlarga kelish, 
    rekonstruktiv -variativ mustaqil ishlarni bajara olishdi. Mustaqil faoliyat olib borishda 
    o’qish, yozish, chizish, sxemalar tuzish jarayonlariga ijodiy yondasha olish mahoratiga
    ega bo’ldilar. Mustaqil ish bajarishga muntazam kirishib ketolmadilar.
    3-daraja. Yaxshi (ya’ni yetarli) darajaga ega bo’lgan talabalar, mukammal bilimga
    ega bo’lish uchun mustaqil ta’lim bilan shug’ullanish lozimligini anglab yetdilar.
    Texnik-metodik muammolarni yechishda ijodkorlik darajalari yetarli. Evristik turdagi 
    mustaqil ishlarni bajara oldi. Axborotni ahamiyatiga ko’ra tabaqalashtirishdi. Mustaqil
    ta’lim olishni o’quv mashg’ulotlarida va mashg’ulotdan tashqari vaqtlarda samarali tashkil 
    qila oldilar hamda ushbu darajada mustaqil ta’lim bilan muntazam shug’ullandilar.
    4-daraja. Yuqori darajaga ega bo’lgan talabalar, ular mustaqil ta’lim olish 
    metodlari, vositalari hakida to’lik ma’lumotga ega, olingan ma’lumotlarni tahlil qila
    oldilar. Yangiliklar, ixtirolar yaratishga, ijodiy tadqiqot ishlari va tanqidiy sintez
    amallarini bajara oldilar. Ushbu talabalar mustaqil ta’lim bilan muntazam shug’ullangan
    holda, mustaqil ta’lim olishining yanada samarali yo’llarini o’zlashtirishga ishtiyoqmand 
    bo’ldilar.

    Download 236,74 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 236,74 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilmiy maqolalar, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash

    Download 236,74 Kb.
    Pdf ko'rish